6 daqiqada öqiladi

728 marta körilgan

Salomga yaraşa alik bormi?

Salomga yaraşa alik bormi?

Musiqa sanʼati bizda azaldan ilm sifatida çuqur örganilgan. Abu Nasr Forobiy bobomiz maxsus risola yozib, muayyan kuy kunning qaysi qismida qay pardalarda çalinganda tinglovçiga qanday taʼsir qilişigaça batafsil bayon etgan.
Musiqa biz uçun şifo bölgan. Abu Ali Ibn Sino bobomiz bemor qontomirini uşlab, yurak urişiga mos ohang bilan xastaliklarga davo topgan.
Musiqa köhna Şarqda şonu şavkat ifodasi sanalgan. Sohibqiron bobomizning dovyurak navkarlarini ğalabaga çorlagan karnay-noğora sadolari ğanimlar qalbiga ğulğula solgani ayon. Yoxud Samarqand boğlarida uyuştirilgan musiqa bazmlari Amir Temur saltanatining mahobatini namoyon qilgani bor gap.
Bizda musiqa köngil ehtiyoji, gözal tuyğularni tarannum etuvçi latif sanʼat namunasi sifatida yuksak qadrlangan. “Köngil quvvati – xuşnavozdin, ruh quti – xuşovozdin”, deb yozadi hazrat Alişer Navoiy bobomiz “Mahbub ul-qulub” asarida.
Yuqoridagi tört tasnif musiqaning kundalik turmuşimizdagi, madaniyatimizdagi örni qançalar muhim ekanligini  yaqqol anglatadi. Mazkur sanʼat namunasi boşqa turlarga qaraganda hayotimizga, ruhiyatimizga, kelajak avlod tarbiyasiga biz öylagandan köra çuqurroq taʼsir körsatayotgani sababli ham davlatimiz rahbari uning bugungi ahvoli va ertangi istiqboliga hamişa alohida eʼtibor qaratib kelyapti. Şu yil 3-avgust kuni bölib ötgan ziyolilar bilan uçraşuv va ayni anjumanda bildirgan mulohazalar fikrimizni tasdiqlaydi. Prezidentimizning “Örtada begona yöq” lutfi asosida ötgan samimiy suhbat çoğida musiqa sanʼati vakillari oldida turgan katta masʼuliyat borasidagi jiddiy tanqidiy tahlili hammani yana bir bor çuqur öylaşga çaqiradi.
Davlatimiz rahbari eʼtirof etganidek, “Albatta, sanʼatkorlarimiz örtasida xalqimiz oldidagi maʼnaviy va ijtimoiy burçini, farzandlik qarzini çuqur anglab, özini ayamasdan mehnat qilayotgan, jamiyatimizning oldingi saflarida bölib kelayotgan insonlar oz emas”. Lekin “Yurtimizdagi bugungi ijodiy muhitni kuzatsak, u qandaydir turğunlikka tuşib, bir joyda depsinib turganday, köpçilik ijodkorlarimiz öz taşviş va muammolari bilan öralaşib qolganday taassurot qoldiradi”. “Ayniqsa, madaniyat sohasidagi tijoratlaşuv, şaxsiy manfaatning birinçi öringa çiqayotgani, ğoyaviy-badiiy jihatdan sayoz asarlarning bozori çaqqon bölib borayotgani taşviş uyğotmasdan qolmaydi”. Bu holatning sabablari haqida fikr bildirarkan, davlatimiz rahbari yaratilayotgan asarlarni prinsipial baholaş,   matbuotda xolis va haqqoniy retsenziyalar, xulosalar bildiriş tobora kamyob hodisaga aylanib borayotganiga urğu berdi. Şu kunga qadar Ğarbdan kirib kelayotgan xatar deya ayyuhannos solayotganimiz “ommaviy madaniyat” tahdidi baʼzi klip va qöşiqlar, raqslar misolida özimizda urçib borayotganiga hammaning eʼtiborini qaratdi.
Mazkur muammolarni körib körmaganga, bilib bilmaganga olib ketaversak, ertaga özbek sanʼatidan, madaniyatidan asar ham qolmay, duragay tuşunçalar taʼsirida ulğaygan avlod kimlarningdir yetoviga tuşişi va bu qaramlik oxir-oqibat mamlakat qismatini hal qilib qöyişi heç gap emas. Hozirda sanʼat olamidagi jaholat diniy mutaassiblikdan ham xatarliroq tus olayotganiga köz yumib ötyapmiz. Mavridi kelgani uçun bir misol aytay. Şu yil “Istiqlol” sanʼat saroyida berilgan konsertlarning birida sahna madaniyatidan mutlaqo bexabar qizning oğzidan behayo sözlar çiqib ketadi. Sanʼat saroyi rejissyori, yoşi oltmişga yetgan jonkuyar ustoz unga “hay-hay”lab bildirgan eʼtiroziga javoban qizaloq hammaning oldida “toşingni ter” deb javob beradi. Öşa lahzada heç kim ustozning yonini olmaydi, adolat, madaniyat, sanʼat yakkalanib, mulzam bölib qoladi. Mana şu emasmi jaholat! Ne-ne ustozlar köziga tötiyo qilgan tabarruk sahnalarimizni nima uçun alifni kaltak deydigan johillarga qöş-qöllab topşirib qöydik? “Istiqlol” sanʼat saroyida xalqqa peşvoz çiqayotganlarning bunga maʼnaviy haqqi bor-yöqligini qaçon jiddiy öylab köramiz? “Falonçi töraning pistonçisi konsert qöyişiga ruxsat beringlar” kabi iltimos ohangidagi buyruqlarga qaçon qatʼiy yöq deyişni örganamiz? Davlatimiz rahbari ziyolilar oldiga qöygan hayotiy savollarning mantiqiy davomi şu tarzda jaranglayveradi.
Prezidentimiz taʼkidlagan yana bir oğriqli jihat ijodiy dangasalik masalasidir. “Estrada sanʼatidagi kamçiliklarning asosiy sabablari heç kimga sir emas. Köpçilik qöşiqçilar masʼuliyatni unutib, öz ustida işlamay qöygan, izlaniş, mahoratini oşiriş, yangi ijodiy ğoyalar bilan yaşaş, sanʼat dunyosiga, muxlislarga hurmat kabi tuşunçalar ularga begona bölib qolgan, desak, qançalik aççiq bölmasin, bu ham haqiqat”.
Uşbu tanqid tasdiğini “Özbekkonsert”dagi litsenziya oliş jarayonida ham kuzatiş mumkin. Ayni muassasa huzuridagi ijodiy kömaklaşuvçi vakillar guruhi oldida jonli ijro asosida layoqatini körsatişga kelgan yoş ijroçilarning aksari kitobbexabar. Qöşiq deb aytayotgan yaratiğining matni ham, musiqasi ham öziniki, ijroçi ham özi. Sanʼatga, ustozlarga, tinglovçilarga hurmatni, ijodiy izlaniş yöqligini şu birgina misol  aniq-tiniq körsatib turibdi. Agar ularga matnni özlari yozmay, kitobdan yoki professional şoirlardan oliş zarurligini aytsangiz, darhol ijod erkinligini rökaç qilişadi. Şundaylarga donişmand Kaykovusning “Qobusnoma”sini qayta-qayta öqitging keladi: “Hofizlik qilsang, şeʼr yozmoqni ham bilsang, öz şeʼringni aytmoqqa haris (berilib ketuvçi) bölmağil, nedinkim, sening şeʼring özingga xuş kelsa ham, boşqaga xuş kelmasligi mumkin, çunki hofizlar xalq şeʼrining roviysidir, öz şeʼrining roviysi emas”.
Eng yomoni, aksar ijroçilar sanʼat rivojini közlab emas, qöpol qilib aytganda, jiğildonini öylab, maşhurlikni, yengil-yelpi şuhrat qozonişni istab harakatga, aniqroği, talvasaga tuşgan. Prezidentimiz uqtirganidek, bundan buyon sanʼatni şou-biznesga qoriştirayotganlar bilan murosasozlik yöq: “Özbekistonda adabiyot va sanʼat, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat biznesga aylanmasligi şart va biz bunga heç qaçon yöl qöymaymiz.
Kimda-kim bu sohalarga faqat pul işlaş, faqat iqtisodiy foyda köriş maqsadida kirayotgan bölsa, ular, marhamat, tadbirkorlik, biznes sohasiga borsin. Mana, bu borada qança-qança imkoniyat va imtiyozlar yaratib beryapmiz – şu sohaga ötib işlasin. Lekin ijodiy işlarga aralaşib, özini ham, sanʼat degan muqaddas tuşunçani ham beobrö qilmasin. Buni heç kim heç qaçon unutişga haqqi yöq”.
Teran tarixiy ildizlarga ega sanʼatimizni, madaniyatimizni zavolga boşlayotgan eng katta omillardan biri töylar bölib qoldiki, bu masalaga ham davlatimiz rahbari alohida töxtalib ötdi. Xonandalar muntazam töy oliş, davradagilarni köproq öynatiş maqsadida turkça, eronça, arabça kuylarga hamda Lotin Amerikasi musiqalariga almoyi-jalmoyi sözlar qöyib kuylaşga odatlanişgan. Nima deyayotganlarini na özlari, na şataloq otib öynayotganlar tuşunadi. Davrada şovqin-suron avjga çiqsa bas, hamyon qappaysa böldi! Şunday paytda yana “Qobusnoma” ögitlari yodga tuşadi:   “Hofiz bölsang arbada (töpolon, qiy-çuv) qilğuvçi bölmağil, toki arbada sababidin hofizlik tangasi qölingdan ketmasin va boşing yorilib, töning yirtilib, tanburing sinib, uyingga qaytib bormağil…”. Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Albatta, sanʼatkorda ham oila, bola-çaqa bor, ularning ham hayotiy ehtiyojlari bor. Buniyam töğri tuşunamiz. Lekin ijodni pulga, mol-dunyoga almaştirgan odamdan sanʼat şafqatsiz öç oladi. Oxir-oqibatda har qanday yorqin isteʼdod ham sönib, el-yurt nazaridan qoladi”.
Ziyolilar bilan uçraşuvda kötarilgan mavzular orasida yana bir muhimi borki, bu borada har kun, har soat gapiriş va amaliy işlar qiliş mahali allaqaçon yetgan. “Gap sanʼatkor odobi, yuriş-turişi, kiyiniş madaniyati, muomalasi bilan boşqalarga, eng avvalo, yoşlarimizga örnak bölişi zarurligi haqida bormoqda”. Bu borada davlatimiz rahbari teleekranda ham, sahnada ham  iboli özbek qizi timsolini yaratgan Sanobar Rahmonovani yoşlarga ibrat qilib körsatarkan, qaysi soha vakili bölişidan qatʼi nazar hayo-andişa ayollarning eng birinçi fazilati ekanligini asoslaydi. Bugun televideniye orqali berilayotgan baʼzi kliplarni oila, farzandlar davrasida tomoşa qilib bölmay qolgani haqida oçiq eʼtirof etib, taassuf bilan taʼkidlaydi: “…har bir harakatida Ğarbga taqlid sezilib turadigan, oçiq-soçiq kiyingan yoşlarni körib, nahotki şular ham bizning farzandlarimiz, bizning millatimiz vakillari bölsa, deb öylab qolasan kişi”.
Aytib ötilgan muammolarga faol munosabat bildirib boriş, navqiron ijroçilarni çinakam sanʼatga daxldor avlod sifatida tarbiyalaş maqsadida   “Özbekkonsert” qoşida “Özbekiston xalq artistlari” klubini taşkil etiş taklifini bildirdi Prezidentimiz. Uşbu taklif ustoz sanʼatkorlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib, ayni paytda yangi klub öz faoliyatini boşladi. Özbekiston xalq artisti Farrux Zokirov boşçilik qilayotgan jamoa yurtimiz va jahon sanʼat olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni muhokama qiliş, diyorimiz musiqa dunyosidagi mavjud kamçilik va muammolarni yeçiş, yoş isteʼdodlarni tarbiyalaş, madaniyatimizni ravnaq toptiriş jarayonida sidqidildan iştirok etişiga işonamiz.
Anjumanda ham qayd etilganidek, mamlakatimizda ijodkorlarga juda köp imkoniyatlar yaratilgan. Davlat mukofotlari, unvonlar, soliq imtiyozlari, eng eʼtiborlisi, davralarning, köngillarning töri sanʼat ahliga topşirilgan. Muhtaram Prezidentimiz uqtirganidek, endi “salomga yaraşa alik ham bölişi kerak. Xalqimiz sanʼatkorlardan yaratilgan ana şunday imkoniyat va imtiyozlarga yaraşa javob kutişga haqli, albatta”.

Azizbek ANVAR

 1983-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. “Birinçi kitobim” ruknida “Yaxşi kunlar” şeʼriy töplami çop etilgan. “Seni yaxşi köraman juda”, “Osmonning oxiri” kitoblari naşr qilingan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)