610 marta körilgan

Men axir gullarning jamolidirman

Guljamol Asqarova

Bitta Vatan

Odamlar begona ellarda yurib,

Sayohat zavqidan aylarmiş huzur.

Eng gözal ölkaga yöllasalar ham,

Men bunday huzurni tuymadim, uzr.

Yaxşidir ehtimol begona elda

Baland binolardan hayrat topmoqlik.

Men uçun yaxşidir öz uyginamning

Eşigini har kun oçib-yopmoqlik.

O derlar, voh derlar özga yurtlarni,

Sayr ila sayohat aylagan döstlar.

Ular aytadilar ğalat emişman,

Feʼlimda bor emiş köp kamu köstlar.

Bilaman, öz yurtin telbadek sevgan

Bitta bemorman men döstlar nazdida.

Ha, menga şarafli jimgina yaşaş,

Vatanni asrabon yurak ostida.

Aytarlar: istasang, hamma yurt – vatan,

Makon aylaş mumkin har ne çamanni.

Yöq! Men Xudoyimdan sörab olganman

Bitta peşonamga bitta Vatanni.

Dilozorning qöşiği

Dilozorman, dilozor,

Ey, mendan hamma bezor,

Menga insof ber özing,

Tözim ber, Parvardigor.

Dilozorman, dilozor,

Boşimda salanglar dor.

Ayting, keskir qiliçdan

Mening nima farqim bor?

Dilozorman, dilozor,

Könglim özimdan ham xor.

Şunçayam berahmmi

Mening kabi bir dildor?

Dilozorman, dilozor.

Içimda bir ilon bor.

Şu ilonni öldirsam,

Olam böladi gulzor.

Dilozorman, dilozor,

Ruhimga yoğadi qor.

Qahratonni tugatsam,

Boşlanadi gulbahor.

Dilozorman, dilozor,

Heç kimga emasman zor.

Şu zulmkor dildorga

Bormi biror xaridor?

Dilozorman, dilozor,

Özimdan qilaman or.

Yomon bölsam ham nega

Sevasan, Parvardigor?

Mensiz ham

Balki farişta ham asramas meni,

Yomonman-ku, balki urmas meni jin.

Lekin, iltimosim, heç qaçon aytma,

Mensiz ham hayoting çiroyliligin.

Mensiz ham baxtiyor, şod yana xurram,

Közingda quvonçlar bilan yaşasang.

Mensiz ham xotiring bölsa agar jam,

Boğingda gullasa gullar turfa rang.

Mensiz ham har kuning ötsa osuda,

Mensiz ham baxtdan şod va mamnun kulsang.

Agarki sen meni soğinsang juda,

Jannat çorlasa ham bormasman, bilsang.

Sevmay qoldim dema, bu sözdan qaytgil,

Bilaman bu taqdir azalligini.

Faqat qandoq qilib tuşunay, aytgil,

Mensiz ham hayoting gözalligini.

Şoir

U nurlar bağriga kiradi sekin,

Ilohiy harflar köringaç zarhal.

Şeʼr uni bağriga oladi sokin,

Ruhida vulqonlar uyğongan mahal.

Işq kelib qalamni tutar qöliga,

Boşlanar oğriqlar, dod solar ğamlar.

Yaqinroq boradi olis ölimga,

Dengizlar tubida yonadi şamlar.

O, bu şeʼr azobi, tölğoqlarida

Bilinmas ranglarning qönğir, oqlari.

Hayot va ölimning qirğoqlarida

Bong urar ruhining qönğiroqlari.

Nihoyat, tuğilar muqaddas sözlar,

Yuz berar hayot va ölim visoli.

U endi lazzatli uyquga ketar,

Közlari yorigan ona misoli.

Oşiqlik

Yuragida azoblar ulğaygan beşikdirman,

Ostonasi ğam kirgan, baxt kirgan eşikdirman,

Avji sen bilan baland betakror qöşiqdirman,

Işq bölmasa olammas, şunçaki böşliqdirman,

Sen Xudoga oşiqsan, men senga oşiqdirman.

Ayoldir ilk bor Odam Atoni sevgan odam,

Sevaman degan sözni, sadoni sevgan odam,

Xatolardan dars olar, xatoni sevgan odam,

Bandani sevmaydimi, Xudoni sevgan odam?

Sen Xudoga oşiqsan, men senga oşiqdirman.

Ruhimni telba etdi ruhingdagi oppoq nur,

Işq dengizidan paydo böyningdagi oppoq dur,

Kel, baxtiyor yaşaylik, Isrofil çalgunça sur,

Ey, zimiston ruhimni oq nurga töldirgan hur,

Sen Xudoga oşiqsan, men senga oşiqdirman.

Şaʼn davralar

Bir joyda depsinib turganim yetar,

Men şaʼn davralarga ketmoğim kerak.

Kengliklar bağriga bağrini bosib,

Olis manzillarni soğindi yurak.

Xandon kulgularim, özimga keling,

Yaşamoq zavqiga töldi borliğim.

Naqadar şarafli, qançalar yaxşi

Bu yoruğ dunyoda mening borligim.

Şukr, oğriqliman işq dardi birlan,

Ruhimning osmondan homilasi bor.

Ne uçun çaraqlab yonmasin közim,

Yuzimdan bösalar olganda bahor.

Yölimni tösmangiz, qoçing, böhtonlar,

Men bitim tuzganman qayğular bilan.

Va butun umrimni yaşab ötarman,

Eng yoruğ, eng gözal tuyğular bilan.

Ey, kir qöllaringni tort mendan, fosiq,

Qoç, çöçitma nurni, tösma ziyoni.

Men axir GULlarning JAMOLidirman,

Gullarga töldirib ketay dunyoni!

Safarda

Ketişimga ozgina qoldi,

Öz yurtimning diydorin körgum.

Köz yoşlarim ariydi endi,

Çin kulguga aylanar kulgum.

Öz tilimda sözlayman endi,

Zavqu şavqlar, bahralar bilan.

Bugun qutluğ uçraşuvim bor

Fayzli, oçiq çehralar bilan.

Soddaginam, munisim xalqim,

Tomçi-tomçi singding qonimga.

Qandoq qilib örnaşib olding

Bor borliğim, jon-jahonimga.

Özbekiston degan ismni

Manglaydan yurakka köçirdim.

Diydoring körmagan kunlarni

Umr daftarimdan öçirdim.

Fidolikda topay özimni,

Qolayin  Vatanning yodida.

Çunki faqat tiz çökiş mumkin

Xudo va Vatanning oldida.

Onasin soğinganlar

Soğindim onamni, mustarginamni,

Munisim, muşfiqim, rangparginamni,

Sölimim, çiroylim, dilbarginamni,

Yöl bering onasin soğinganlarga.

Soçiga oq gullar ekibdi hayot,

Yuziga imzolar çekibdi hayot,

Onam xöp çökibdi… tökibdi hayot.

Qöl bering onasin soğinganlarga.

Köp mehr bermadim, xizmat qilmadim,

Qaçon xizmat qilsam, minnat qilmadim?

Balki puşaymonim şundan, bilmadim.

Dil bering onasin soğinganlarga.

Juda köp yurdim men özimni sevib,

Endi köz yoşlarda qolayin ivib,

Yurak zanglarini olsinlar yuvib,

Kul bering onasin soğinganlarga!

Har tirik jon borib onasin körsin,

Keçikib qolmasin, ildamroq yursin,

Qabrigamas, borib qöliga bersin,

Gul bering onasin soğinganlarga.

Yöl bering onasin soğinganlarga,

Soğindim onamni…

Guljamol ASQAROVA

1978-yili tuğilgan. ÖzMUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Dil fasli”, “Uyğotuvçi alla”, “Oşiqlar tumori”, “Erkalik imtiyozi” singari kitoblari naşr etilgan. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Nodira Nazar

    Guljamol Asqarova şe'riyati judayam gözal. Samimiyatdan iborat satrlari kişini gözal xayolot sari yetaklaydi…

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.