2 daqiqada öqiladi

308 marta körilgan

Mark Tven. Yaxşi yozay desangiz

Mark Tven. Yaxşi yozay desangiz

 “Juda”, “öta” degan sözni işlatmoqçi bölganingizda uning örniga har safar “haddan ortiq” yoki “behad” iborasini qöllang. Şunda muharrir bu sözlarni öçirib taşlaydi va yozganlaringiz binoyiday böladi-qoladi.

Xulosa: ortiqça sözlarsiz, aniq, ravon, taʼsirli yozing. Örinsiz hayajon yoki yasama mubolağa sunʼiylikka olib keladi.

Sizga birov qalamhaqi taklif qilmaguniça, tekinga yozavering.

Ijodkor bölişni çin yurakdan istang, öz işingizni seving. Faqat pul yo şon-şuhrat uçun yozsangiz, yaxşi natijaga erişa olmaysiz. Bundan hafsalangiz pir böladi va ijoddan tezda könglingiz qoladi.

Maqola yoziş uçun eng qulay fursat – uni özingiz uçun yozib tugatgan paytingizdir. Faqat şundagina asli nima demoqçi ekaningizni aniq-tiniq anglaysiz.

Ilk urinişlar faqat qoralamalar, xolos. Buyuk yozuvçilarning aksariyati asarlarini qayta-qayta yozgan, tahrir qilgan. Işlaşdan, fikrlaşdan erinmang.

Ğoya, fikr hammada bor. Biroq hamma ham uni keragiça ifodalay olmaydi. Bitta xatboşida aytiş mumkin bölgan fikrni uzundan-uzoq çözadiganlar köp.

Sözlarni tejang, lönda yozişni örganing. “Söz bötqasi” heç kimga kerak emas. Ortiqça iboralar tuşunarlilik darajasini tuşirib yuboradi.

Bir safar baxtli tasodif tufayli bir narsani anglab yetdim: yarmiga kelib “töxtab” qolgan kitob – agar ozgina nafas rostlab, unga yangi kuç va ğayrat bilan kirişsangiz – yurişib ketadi. Xom va pala-partiş maqolalarga ham biroz tanaffusdan söng yangi ruh beriş mumkin.

Iş unmay qolişi hammada kuzatiladi. Ijodiy kayfiyat özgaruvçan böladi. Dam oling, boşqa yumuşlar bilan şuğullaning. Biroq tanballaşib qolmang ham.

Buyuk kitoblar uslubi va mohiyatiga qarab baholanadi, qoliplangan grammatikasiga qarab emas.

Diqqatni ğoya, uslub va syujetga qarating. Yozib bölgandan keyingina grammatika, ega-kesimning örni haqida boş qotirişingiz mumkin.

Sifatlar masalasida bir gap: ikkilanyapsizmi, öçirib taşlang.

Sözlarni, ayniqsa, sifatlarni qöllaşda eʼtiborli böling. Maʼnosini yoki örnini bilmay işlatgan sözingiz teskari, kulgili yoki mavhum maʼno keltirib çiqarişi mumkin.

Qisqa ibora va gaplar, oddiy til taʼsirçan ekanini angladim. Çin köngildan yozyapsizmi, şu uslubni mahkam tuting. “Parday mayin va gulday çiroyli” iboralar öquvçini çalğitişiga yöl qöymang.

Qanday usulni tanlaş – özingizga havola. Eng muhimi – mohiyat. Yozganingizni öqigan odam nima deyayotganingizni, nima demoqçiligingizni tuşuna olsin.

“Ayol baqirdi”, demang. Uni şunday vaziyatga olib kelingki, özi baqirsin.

Voqealarni xuddi körib turganday, özingiz qatnaşayotganday tasvirlang. Şunda öquvçi ham şu tarzda mutolaa qiladi.

Bir xil usulda yozadigan adiblarni umuman tuşuna olmayman.

Yangiça usullarni qidiring, söz yasab köring. Tasvir va ifodada tajribalar qiling.

Töğri söz va deyarli töğri söz örtasidagi farq xuddi çaqmoq bilan tillaqönğiz örtasidagi farqqa öxşaydi.

Sözlarni tanlaş va qöllaşga jiddiy ahamiyat bering.

Siz qança köp tuşuntirsangiz, men şunça kam tuşunaman.

Yana öşa gap: ravonlik, löndalik. Ortiqça tafsilotlarga umuman örin bermang.

Mark Tven (1835 – 1910) sarguzaşt romanlaridan taşqari, ötkir hajvi, hikmatli sözlari bilan ham maşhur. Dunyo eʼtirof etgan adibning boşlovçi yozuvçilarga bergan maslahatlari, şubhasiz, maktab vazifasini ötaydi.

 

Orif Tolib tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)