Özbekiston tonglarini bedor kutgan közlarim
Ustoz Mirtemir şeʼriga tazmin
Asrlarni kipriklarday qator etgan közlarim,
Asrlarday karvon-karvon qator ketgan közlarim,
Asriy orzu-armonlardan marjon tutgan közlarim,
Asriy ranju sitamlarni içga yutgan közlarim,
Özbekiston tonglarini bedor kutgan közlarim.
Insoniyat tamadduni loy qorgan ilk pallalar,
Tarixning ilk harflariday kelgan qörğon, qalʼalar,
Mangulikday çeksiz bölib yotgan daştu dalalar,
Karvonlarning izlariday mangu qolgan izlarim,
Özbekiston tonglarini bedor kutgan közlarim.
Movarounnahr, yaʼni ikki daryo orasi,
Ikki daryo orasida ming-ming könglim porasi,
Ming-ming asrlarday uning ming-ming dardu yarasi,
Asrlarday oğir keçgan keça ham kunduzlarim,
Özbekiston tonglarini bedor kutgan közlarim.
Men nur istab asrlardan asrlarga talpindim,
Böronlarda tulporlarning yollarini yopindim.
Ne bölsa ham eng avval or-nomusimga topindim,
Mening birlan uyğoq ötgan intizor yulduzlarim,
Özbekiston tonglarini bedor kutgan közlarim.
Jonajonim deymu seni, Özbekiston, jonga jon,
Jonga jonim deymu seni, Özbekiston, jonajon,
Özbekiston, onajonim, Özbekiston, onajon,
Yoruğ kunlar quyoşiday porlab ketgan yuzlarim,
Özbekiston tonglarini bedor kutgan közlarim.
Avaz Ötar
Umr ötar, nafas ötar,
Orzu ötar, havas ötar.
Qasr ötar, qafas ötar,
Qança bek, qança kas ötar.
Hammasi basma-bas ötar –
Abas ötar, abas ötar.
Qolar faqat, qolar abad
Avaz Ötar, Avaz Ötar.
Adabiyot
Birinçi kitobi çiqqan şoir ukalarimga
Garçi bölmas olamda qari, yoş Adabiyot,
Yo beboş Adabiyot yoki Boş Adabiyot.
Köklamday gultaloşu diltaloş Adabiyot,
Ilk kitobingiz körib aytsa bölgay bemalol:
Adabiyot keksaymas, mangu yoş Adabiyot.
Ilk kitob – umringizda bu ilk katta qadamdir,
Inson umri agarçi bir çaqin yo bir şamdir,
Asrlarga yetar Söz – bir nafasdir yo damdir,
Adabiyot – olamdir, Adabiyot – odamdir,
Bor olam ahli bilan qon-qardoş Adabiyot.
“Navodir uş-şabob” bu, yaʼni yoşlik ayyomi,
Navoiy bobolarning Siz xuşxabar, payğomi.
Siz yangi davrlarning ming yillarga salomi,
Hazrati Boburlarning yigitligin davomi,
Siz öşal keskir qiliç – közu qoş Adabiyot.
Ösmirlik kunlarimning tonglarini eslasam,
Ilk kitob deb qon yutib, dilda alam, közda nam,
Qişloqda kutar edi ul kitobimni onam,
Nopisand noşirlarga möltirab misli şabnam,
Öylaganmiz: bunça ham bağritoş Adabiyot.
“Adabiyot ölmaydi!” rost aytmişlar ustozlar,
Çölpon muallim bunda Sizga tilar parvozlar,
Millat yaşar, to yaşar millatparvar ovozlar,
Dil torin yurt qaddiga tor etib çaling sozlar,
Toki el aytsin: eldoş ham dildoş Adabiyot.
Bir söz goh uzun tunlar qöymay qasdi jon aylar,
Bir şeʼr uzra keçgay goh yillardan uzun oylar.
Bir söz Sizni ham yeru ham baland osmon aylar,
Bir şeʼr Sizni bir tongda sohibi jahon aylar,
Oftob misol nurpoşu mehrpoş Adabiyot.
Dunyo hali but emas – riyolik, yolğonlikdir,
Bir qölida qurolu bir qöli Qurʼonlikdir,
Toki başar farzandi közi yoş, armonlikdir –
Adabiyot – fidolik. Şeʼriyat – qurbonlikdir,
Joningizni aylar goh ayirboş Adabiyot.
Yangi qaddu qomatda kelgandayin yillarim,
Mening törğay dillarim, bulbulzabon tillarim,
Şeʼr öqisa mavjlanib jimirlar köngillarim,
Zebunnisolardan kam emas bu singillarim,
Ön sakkizga kirgan gul, qalamqoş – Adabiyot.
Termizda bayt aytsangiz – yangragay Farğonada,
Aks sado bergay söng har maktab, sinfxonada.
Şahru qişloqlar bölib har kuy, har taronada,
Ulğayar Adabiyot har uy, har koşonada,
Urganç, Samarqand, Nukus, Toşkent, Şoş – Adabiyot.
Şu zangor kitobingiz Sizga jonu tan bölgay,
Sahfa-sahfa, betma-bet şaraf bölgay, şan bölgay,
Zangori ufqlarga uzangan çaman bölgay1,
Yaşnagan Vatan bölgay, yastangan Vatan bölgay –
Özbekiston misoli serquyoş Adabiyot.
1 Ustoz A.Oripov satri.
Onamning kulçalari
Keltirdi tong çoği bir
sabo va bir quş xabar:
Oçilmiş bahorning ilk
boyçeçak – gulçalari.
Lekin men uçun eng zör,
eng quvonçli xuşxabar –
Onamning kulçalari,
Onamning kulçalari.
Ming çaqirim yöl bosib
kelgan sovğa-salom bu,
Mehr bilan boylangan
töşa-tugunçalari.
Har biri quyoş yangliğ
çaraqlagan olam bu –
Onamning kulçalari,
Onamning kulçalari.
Porlab ketar rözğorim,
yorişgay iliq-iliq
Könglimning muzlab yotgan
eng tiyra göşalari.
Har gal umid keltirgay,
keltirgaydir tiriklik –
Onamning kulçalari,
Onamning kulçalari.
Ayriliq, hijronlarga
töluğ umrim maktabi,
Ravşan tortgay uning eng
zim-ziyo köçalari.
Qirq yilkim taskin bergay
eng tansiq diydor kabi –
Onamning kulçalari,
Onamning kulçalari.
– Onangdan xabar olgil,
Siroj, sen tez-tez borib…
Firoqlardan kiçraygan
jussasi, qölçalari,
Sizni köziga surtgay
ustoz Abdulla Orif,
Onamning kulçalari,
Onamning kulçalari.
Qismatimdan şodman-u,
ammo Vaqtdan xafaman,
Yuzimga urilganda
köklamning dölçalari.
Sizning nazdingizda lek
men hamon talabaman,
Onamning kulçalari,
Onamning kulçalari.
Umr ber ham soğlik ber,
nur bergil közlariga,
Xudoyim, bir ayolga
dard, zahmat şunçalarmi?
Mehru soğinç bobida
öxşaydi özlariga –
Onamning kulçalari,
Onamning kulçalari.
* * *
Sen ado qilguvçisan, men-çi – ado,
Jon olursan hamda qilgung jon ato.
Xolu zulfing öldurur hukm etmayin,
Qoşu közda qançalar nozu ado.
Ikki köngil ikki billur jomdir,
Ikkisidin billuriy kelgay sado.
Qölga qöl tegsa jaranglar ikki dil,
Ikki dildan ham salomu ham vido.
Öq urarlar bexato mijgonlaring,
Garçi köp qildim hayotda men xato.
Barça işda Bir ato qilguvçi bor,
Ul ato qilguvçidan sensan ato.
Sen bilan devonayu ham mastman,
Mast bilan devonaning yori Xudo.
Sirojiddin SAYYID,
Özbekiston xalq şoiri
1958-yili tuğilgan. ÖzMUning jurnalistika fakultetini tugatgan. Ilk şeʼrlar töplami – “Ruhim xaritasi” (1985). Şundan keyin “Salqin xarsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil”, “Kuydim”, “Vatanni örganiş”, “Vatan abadiy”, “Ustimizdan ötgan oylar” “Xayyomdan bir kosa, Rumiydan bir jom” kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan. A.Voznesenskiyning “Mangu rizq” asarini özbek tiliga tarjima qilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida