865 marta körilgan

Behzod Fazliddin. Yurgan yöllarimda orzular kulsa

Behzod Fazliddin. Yurgan yöllarimda orzular kulsa

* * *

Körsam közlarimga yoğdular tölsa,

Yurgan yöllarimda orzular kulsa,

Nahot, şunday sehru jodular bölsa…

Bu faqat sevgimi? Bu faqat işqmi?

Lahzada tamoman özni unutsam,

Ham özimga qöşib sizni unutsam.

Barça ikkilikni – bizni unutsam…

Bu faqat sevgimi? Bu faqat işqmi?

Goh mangu yaşagim, goh ölgim kelar,

Birda sulton, birda qul bölgim kelar,

Ruhimning ruhiga kömilgim kelar…

Bu faqat sevgimi? Bu faqat işqmi?

Özim nişon böldim, özim böldim öq,

Jonim qil uçinda, neçun köngil töq?

Sirri holim şarhi ruh ilmida yöq…

Bu faqat sevgimi? Bu faqat işqmi?

* * *

Men emas, xayol u seni öylagan,

Zor közlar – yölingni poylab töymagan,

Köngil u – könglingni qömsab kuylagan,

Men emas.

Qöllarim qölingga bormoq istadi,

Yöllarim yölingdan yurmoq istadi,

Qistasa, har nega yurak qistadi,

Men emas.

Tuşlarim oynayi jahon böldilar,

Vaslingga yöl izlab nihon böldilar,

Ortingda orzular sarson böldilar,

Men emas.

Hamma gap köngilda – köngil qolipda,

Gohida aftoda, gohi olifta,

Köngilsiz könglingga köngil oşufta,

Men emas!…

* * *

Kutganing senga ham intizor bölsa,

Sen uni sevgandek sevolmasa ham –

Sevsa, tuyğulari beğubor bölsa,

Arosat daştida çekmasang alam.

Tizilmasa, mayli, yölingda hurlar,

Faqat bir nurçehra kutsa nigoron.

Bağişlamasa ham şaʼningga şeʼrlar,

Eng halol sözlarin aylasa ehson…

Ammo bu hayotdir – sinov bozori,

Hammasi teskari, barçasi ğalat.

Sen suygan mahliqo boşqaning zori,

Parvo qilmaganing senga bitar xat.

Bu ahli dunyoni tuşunay qanday,

Mudom nasiyaga alişgay naqdni.

Köngil köngil bilan öçakişganday,

Baxtdan töyganlarga ilinar Baxtni…

* * *

Armonqizning közi battar suzuklaşdi,

Şeʼrim öqib kimning holi tuzuklaşdi?

Qalam tutib qölim faqat noziklaşdi –

Uyda ötin yorganlarim yaxşi edi.

Dil bezillar bu bemavrid şamollardan,

Savollardan qoçib bölmas, savollardan,

Çarçadim-ay oğir-oğir xayollardan –

Ketmon çopib horganlarim yaxşi edi.

Öylayversang öydunyoning öyi bitmas,

Qöli uzun taşvişlarning töyi bitmas,

Unda bobom boşlab ketgan uyi bitmas –

Qişloqda loy qorganlarim yaxşi edi.

Tutam umrim tölib borar tumanlarga,

Yomonlarga ölim yöqmi, yomonlarga,

Özim bilan borsa kelmas tomonlarga,

Xudo haqqi, borganlarim yaxşi edi…

* * *

Otamning gapini böldim bexosdan –

Onamning köziga qarab qöydim tik.

Şundanmi, sözlarim qolmiş ixlosdan,

Şundanmi, baxtimning boşlari egik.

Bidirlab akamga gap bermay ösdim,

Mendan oldin bunyod jigar edi u.

Norday inilarim yölini tösdim,

Singlimning könglini ololmadim, uv!

Tağin şu holimda özimga mastman,

Afsus, afsuslardan foyda yöq. Afsus…

Hanuz şoir bölib şoir emasman,

Odam bölib odam emasman hanuz.

Endi kimga ne naf dodu arzlardan,

Qahratonda qolgan quşday qaqşayman.

Uzilib ketmasmi böynim qarzlardan,

Şunça gunoh bilan qanday yaşayman?!

* * *

Neçun bu suronlar, ğavğolar neçun,

Közimga çiqquday yurak qaqşaydi.

Men sizni hayotim deganim uçun,

Hayotning aççiği çiqqan öxşaydi.

* * *

Jim böl, kök uzra bir sado keladur,

Söz ortidan xatar, xato keladur.

Sukutga aylanib tafakkur etsang,

Har zarra qaʼridan Xudo keladur.

Behzod FAZLIDDIN 1983-yilda Çust tumanida tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Muqaddas zamin”, “Boğlaringdan ketmasin bahor”, “Onamning köngliga ketamiz”, “Sen qaçon gullaysan”, “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” nomli şeʼriy töplamlari çop etilgan. Hozirda Özbekiston Fanlar akademiyasida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Malikov Abduğaffor

    Assalomu alaykum. Jurnal xodimlari bilan qanday boğlansam böladi

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.