12 daqiqada öqiladi

616 marta körilgan

Bir tola soç

Bir tola soç

Bugun yana işga keç qoldim. Katta boşliqning qora rangli «Volga»si hovlining törida savlat tökib turibdi. Haydovçi Xurram qölidagi doka bilan avtomaşinaning oynalarini, toza ekanligiga qaramay qayta-qayta artar, goho egilib, qay bir murvatlarini diqqat bilan közdan keçirardi.

Havo sovuq bölsa-da, quyoş çaraqlagan. Tom çetlaridan osilib tuşgan sumalaklar quyoş nurlarini sindirib, har xil tusda tovlanib, Yangi yil arçasining elektr çiroqçalarini eslatadi. Hovli yölagi sirpançiq. Keçasi tuşgan qirov hali erib ulgurmagan. Bir gala çumçuqlar uçib kelib, çorboğdagi daraxtlar şoxiga qönişdi. Muz qotib qolgan şoxlarda turolmadilar şekilli, özlariça çuğur-çuğur qilişib, gur etib osmonga kötarilib, uçib ketişdi.

Xurramga körinmay ötib ketmoqçi edim. Lekin maşinasini aylanib ötayotib menga közi tuşib qoldi.

– E, keçga qolibsiz-ku.

– Ha.

Xurram katta boşliqning şofyori bölgani uçunmi, xizmatçilar undan hadiksiraşar edi.

– Bir hafta – roppa-rosa yetti kun şaharda bölmabmiz. Keça keçasi tumandan qaytdik. Şunga qaramay, «katta» ertalabdan idoraga kelib oldi. Hozir majlis ötkazayapti. Tumanlarda yuraverib, bolalarni ham soğinib ketdi kişi. Bugun yana safarga çiqib ketsak kerak. “Katta”ning kayfiyati yöq.

– Nimaga? Biror gap böldimi?

– Tumanlarda ahvol yaxşi emas. Bu yil qiş erta tuşdi, ustiga-ustak sovuq keldi. Çorvaning ahvoli çatoq. Yemiş, xaşak kam. Texnika ham bahorgi ekiş mavsumiga tayyor emas. Xöjaliklarda traktor-u, seyalkalar qor tagida qolib ketgan. Texnika taʼmiri uçun ehtiyot qism yöq. Qayerga borsak, odamlar ehtiyot qismlar yetişmasligidan şikoyat qilişadi. Taʼmirlaş uçun elektrod, karbid, metall kerak. Xullas, muammo köp. Şularni körib, “katta”ning kayfiyati buzildi. Hozir xodimlarni yiğib majlis qilayapti.

 Men qörqib ketib:

 – Yöğ-yey, – dedim.

 – Ha, ha, şunday.

 Şunday kunda ham işga keçikib kelamanmi? Majlisga kirsam, odamlarning oldida şarmanda qilib, zaldan çiqarib yuborsa-ya. Hayfsan bermasa bölgani. Çunki işga keçikişim birinçi marta emas. Ötgan duşanbada ham “katta”ning majlisiga keçikib kelgan edim. Bugun ham ataylab qilgandek, şunday böldi.

Çap qölimning körsatgiç barmoğiga öralgan sarğimtir, nozik soç tolasiga qarab qöydim. Xayriyat, tuşib qolmabdi. Yölda şoşilganimdan soç tolasi qölimda ekanligi, uning körsatgiç barmoğimga öralgani yodimdan kötarilgandek bölipti. Şu soç tolasini deb işga keç qoldim.

Bekatda odam köp edi. Avtobus kelib töxtaşi bilan odamlar özlarini eşikka urişdi. Men ham amallab, avtobusga çiqdim. Urilib-surilib avtobusning orqa tomoniga ötib, oyna oldidagi tutqiçni uşlab oldim. Havo sovuq, hali qişning avji baland. Avtobus oynasi taram-taram bölib yaxlaganidan taşqari körinmaydi. Men oynaga puflab, nafasim bilan muzni eritdim va erigan muzga qölim bilan özimning va Uning nomini yozdim. Örtasiga esa qöşuv belgisini çizib qöydim. Yurak belgisini ham çizmoqçi bölib muzni puflab eritdim. Keyin qilayotgan işimdan özim uyalib atrofimga alangladim: “Nima qilyapman özi, xuddi yoş bolaga öxşab? Uylangan bölsam, tağin örtada bolalar ham bor. Birorta taniş körib qolsa rosa kuladi-da.”

Avtobus keyingi bekatga yetganida silkinib töxtadi. Tutqiçni tutib turgan qölim toldi. Bu qölimni olib, ikkinçi qölim bilan tutqiçni uşladim. Yengimdagi bir dona uzun, nozik soç tolasiga közim tuşdi.

“E, bu qayerdan ilaşib qoldi?”

Olib taşlamoqçi böldim. Yengimdagi soç tolasini qölimga oldim. Taşlab yubormoqçi böldim. U uzun, sarğiş tusli, mayin edi. Juda-juda taniş! Bu – Uning soçi! Uydan çiqişimda yengimga ilingan. Sinçiklab tikildim. Uning soçlariga öxşatdim. Keyin işonç hosil qiliş uçun burnimga yaqin keltirib hidladim. Bu öşa, menga taniş, qadrdon hid. Adaşmabman. Bu – aniq Uning soç tolasi. Uydan çiqib, xayrlaşayotganimda kurtkamning yengiga ilingan. Uni yana hidladim. Soç tolasidan xuşböy atir hidi anqigandek edi. Şu orada avtobus qattiq silkindi. Men muvozanatimni saqlaş uçun tutqiçni uşladim. Qölimdagi soç tolasi pastga, oyoq ostiga tuşib ketdi. Avtobusda odamlar tirband. Qimirlaşning imkoni yöq. Endi bu soç tolasi odamlar oyoği ostida qoladimi? Uni oyoq ostida toptaydilarmi? Yöq!

 Бир амаллаб энгащдим. Yonimda turgan xotin orqamga bir turtdi-da, şanğilladi.

– Siz nima qilayapsiz, ezib yubordingiz-ku? Nimaga bunça qimirlaysiz? Şusiz ham bazör turibmiz.

– Bunça tipirçilading, örtoq, – dedi yonimda turgan baquvvat yigit, – jonga tegding.

Men turtib-surişlariga eʼtibor bermadim. Soçni topsam böldi, deb urindim. Ana, oldim! Uzun, nozik, sarğimtir soç tolasi. Xayriyat, bosilmabdi. Endi uni qayerga qöysam? Çöntagimga solsammi? Yöqotib qöyişdan qörqdim. Tuşib qolişi mumkin. Öylab-öylab, uni çap qölimning körsatkiç barmoğiga öradim. Barmoqlarimni qisib oldim. Endi u tuşib qolmaydi. U – qölimda. Könglim toğdek kötarilib ketdi. Özimni katta işni döndirgan hisobladim. Qölimdan hamma iş keladi. Göyoki, men bajara olmaydigan iş yöqdek. Ğururlanib ketdim. Tuşadigan bekatimdan ötib, oxirgi bekatga kelib qolganimni ham payqamadim. Işga keç qolsam qolibman-da. Uning soç tolasi oldida hammasi bir pul.

– Yaxşisi, majlisga kirmang.

Xurramning gaplaridan yana özimga keldim.

– Nega?

– Kattaning kayfiyati yöq. Hammaga «qalampir» berayotgan bölsa kerak. Keçikib kirsangiz, sizni ham “soğ” qöymaydi. Kirmasangiz sezmaydi.

Rost. Men oddiy injener bölsam. Yaqinda işga kelganman. “Katta” öziga öxşagan kattalar bilan gaplaşadi. Şuning uçun majlisga kirmaslikni maʼqul kördim. Işxona binosiga kirib, ikkinçi qavatga kötarildim. Kabinetni oçib, stolimga ötirdim. Iş qoğozlarimni olib, tartib bilan oldimga, stol ustiga yozib qöydim. Eşikdan biror kişi kirib kelsa, işlayapti, deb öylaydi.

Barmoğimga öralgan soç tolasini nima qilsam? Fikr-xayolim şu öy bilan band. Meni boşqa narsa qiziqtirmasdi. Qayerga qöysam ekan? Axir keçgaça barmoğimga örab yurolmayman-ku. Tuşib qolişi mumkin. Işdagilar, ayniqsa, xotin-qizlar körib qolişsa, bu nima, nega barmoğingga soç boğlab olding, deb sörab qolişadi. Irim-sirim qilib yuribdi, deb öylaşlari ham mumkin.

Iş stolim tortmasini oçsam, konvertga solingan, zar qoğoziga yozilgan töyxat çiqdi. Qaçondir bir tanişim bergan taklifnoma. Soç tolasini zar qoğoziga öradim. Soçni qoğozga örayapman-u, qöllarim qaltirab ketayapti. Keyin nima uçundir ustiga qizil ruçka bilan yurak rasmini çizdim. Ustidan esa Yangi yil sovğasini boğlagandek zar ip bilan tugdim va yon daftarimning içiga soldim. Şu xayollar bilan band edim, xona eşigi oçilib, Salohiddin bilan Eduard Mixayloviç kirib kelişdi.

Salohiddinning aytişiça, bugun majlis juda jiddiy ötibdi. “Katta” tumanlardagi ahvoldan norozi bölib qaytganmiş. Şuning uçun taʼminot va butlaş boşqarmasi boşliği Anvar Qodiroviçga qattiq hayfsan beribdi. Yangi texnika boşqarmasi boşliği Viktor Nikolayeviçga hayfsan eʼlon qilibdi. Bizning taʼmirlaş bölimimiz boşliği Nikolay Ivanoviçga esa rahmatnoma bildirib, bir oylik maoş miqdorida pul mukofoti beribdi. Çunki yil çoragi böyiça taʼmirlaş rejasi ortiği bilan bajarilgan edi. Buni eşitib, men xursand bölib ketdim. Çunki Nikolay Ivanoviçning kayfiyati yaxşi bölsa, keç kelganimga ahamiyat bermaydi. Könglim joyiga tuşib, kostyum yon çöntagi ustidan paypaslab, yon daftarçaning joyida turgan-turmaganligini tekşirib kördim. Joyida turibdi. Tezroq iş kuni tugasa, tezroq uyga borsam.

Şu orada xonaga Nikolay Ivanoviç ham şoşilib kirib keldi. U doimo şunday şoşilib, tez yurar, iş böyiça ham tez gapirib, topşiriq berar, berilgan topşiriq vaqtida bajarilişini talab qilardi. U eşikdan kirib, menga közi tuşişi hamono:

– Poçemu segodnya opyat opozdal? – deb menga qaramasdan öz iş stoliga ötdi: – Yaxşiyam Artyom Mestropoviç sening majlisda yöqligingni bilmadi. Bilganida meni ham senga qöşib jazolar edi. Bu nima odat, har duşanba keçikadigan bölib qolding? Senga neça marta aytdim, boşqa kun keçiksang ham duşanbada öz vaqtida işda böl deb.

– Nikolay Ivanoviç, bugun şunday bölib qoldi. Boşqa qaytarilmaydi, – dedim ezilgan bir ovozda. Ataylab ovozimni şunday çiqardim. Nikolay Ivanoviçga yalinibroq gapirsang u darrov jahlidan tuşardi.

– Ikkinçi qaytarilmasin! Bugun senga oxirgi bor tanbeh beraman. Senga bir kiçik topşiriq bor.

– Marhamat, qanaqa topşiriq?

– Bugun keçki payt mukofotni yuvamiz. Ötirişni sen taşkil qilasan. Pulini biz beramiz. Hozir bitta maʼlumotnomani boşqarmaga topşirasan-da, bozorga ötasan. Park içidagi çoyxonada ovqat tayyorlab turasan. Biz işdan çiqib boramiz.

– Maʼqul, Nikolay Ivanoviç.

* * *

Ziyofatdan qaçon turganimiz va qanday qilib uyga yetib borganimni bilmayman. Eşikni xotinim oçdi. Qoşlari çimirilgan edi. Nima dedim, xotinim nima dedi – eslolmayman.

Yarim keçada uyğonsam, divanda yotibman. Içim yonib ketayapti.

– Suv-suv! – deb çaqirdim. – Suv beringlar!

Eşik oçilib, xotinim kirib keldi. Oşxonaga ötib, çoynakdagi sovuq çoydan bir piyola quyib tutdi.

– Sovuq suv, – dedim. – Faqat sovuq suv.

Xotinim çiqib, kosada sovuq suv keltirdi. Kosadagi suvni bir kötarişda oxirigaça içdim.

– Çanqoğingiz bosildimi? – yiği va ğazab aralaş söradi xotinim. – Endi öynaş ham saqlaydigan böldingizmi? Buzuq xotinlar bilan bölib, yotoğimni harom qilgingiz kelib qoldimi? Qayerda edingiz? Kimlar bilan bölib, kimlar bilan aroqxörlik qildingiz?

Özimni uning oldida gunohkor hisobladim. Ötgan hafta ham içib kelgan edim. Bugun ham oyoqda turmaydigan bölib keldim. Er içuvçi bölsa, xotinga azob. Yangi joyga işga kirgandan beri, tez-tez içadigan bölib qoldim.

– Xonim, keçiring, işxonadagilar bilan birga edim. Nikolay Ivanoviçning mukofotini yuvdik.

– Sariq soçli xotinlarni ham Nikolay Ivanoviç topib berdimi? – dedi böğilib xotinim.

Men uning nima deyotganligini, qanaqa xotinlar haqida gapirayotganligini tuşunmasdim. Şuning uçun özim bilmagan holda:

– Ha, bugun şunday bölib qoldi. Boşqa qaytarilmaydi. Keçiring, – dedim. Xotinimning fiğoni oşib ketdi.

– Boşqasini boşingizga uring. Siz endi men uçun begonasiz. Öşa sariq soçli xotiningizning oldiga keting.

U yana nimalardir dedi. Boşim larsillab oğrib, könglim aynib, içim öt qöygandek kuyganidan birorta gapi quloğimga kirmadi. Men xotinimning bunday darğazab bölganini heç körmagan edim. Nuqul «Meni keçiring. Boşqa qaytarilmaydi. Bu oxirgisi”, – derdim. Boşqa gap xayolimga kelmasdi. Tavba-tazarrumni takrorlaganim sari xotinim battar tutaqardi.

– Loaqal böyningizga olmasangiz edi. Özingiz tan olib ötiribsiz! Oxirgisi emiş, keçiring emiş! Bungaça ham şunday işlarni qilib yurgan ekansiz-da. Yöq, keçirmayman! Heç ham keçirmayman. Turing! Keting! Uydan çiqib keting! Bölmasa, bolamni olib men çiqib ketaman.

Men xotinimning vajohatini yaxşi bilaman. Agar hozir men çiqib ketmasam, özi qizçamizni olib uydan çiqib ketadi. Şu sovuqda bola bilan qayerga boradi?

Zörğa örnimdan turdim. Stul yelkasiga osib qöyilgan kostyumimni olib kiydim va uydan çiqdim. Taşqari izğirin sovuq. Uyning oldida qayerga borsam, deb öylanib turgan edim, yuqorida uyimiz derazasi oçildi. Xotinim bir narsani pastga qaratib uloqtirarkan:

– Boşingizni yesin daftarçangiz ham, soçlaringiz ham, – dedi.

Pastga qarab otilgan narsani uşlab oliş uçun yugurdim. Bu yon daftarçam edi. Uning içida soç tolasi bor. U yerga tuşmasligi kerak.

Tepadan tuşayotgan daftarçani yerga tuşirmay uşlab oliş uçun jahd bilan intildim. Uni uçib kelişida tutib oldim. Lekin yer usti muz, sirpançiq edi. Toyilib ketdim va boşim bilan yerga qattiq urildim.

* * *

Közimni oçdim. Notaniş joy. Qayerdaman? Öylayman. Uyda emasmanmi? Uyimiz bunaqa emas edi-ku. Karavotimning röparasida deraza yöq edi. Derazaga tutilgan pardalar ham boşqaça. Oq parda tutib qöyilgan. Xonaning şifti ham oppoq, tekis. Şiftga osilgan qandil ham oddiygina. Uyimizdagiga öxşamaydi, boşqaça. Qayerda yotganimni eslolmadim. Qölimni kötarmoqçi böldim. Qimirlatolmadim. Menga nima böldi? Tuş körayapmanmi? Bugun seşanba. Işga borişim kerak-ku. Quyoş ham ança kötarilib qolibdi. Derazadan tuşayotgan quyoş nurlari xonani yoritgan. Xona issiq. Xayolimda xuddi tuş payti bölgandek. Işga borişim kerak. Bugun ham keç qolamanmi? Nega xotinim bugun uyğotmadi? Nima böldi ekan özi? Nega qizçamizning tovuşi eşitilmayapti? Xotinim qayerda ekan? Balki ular biror joyga çiqişdimi? Bunday bölişi mumkin emas. Menga aytmasdan heç qayerga ketişmas edi. Örnimdan turmoqçi böldim. Butun tanam oğir. Toş bostirib qöygandek. Tanamni qimirlatolmadim. Xotinimni çaqirmoqçi böldim. Lekin tovuşim çiqmadi. Közlarimni yumdim.

Avtobus içida, odamlar orasida soç tolasini qidirib yuribman. Soç qani? Soç qani? U oyoq ostiga tuşib qolişi mumkin emas. Fiğonim çiqib, soçni qidiraman. Odamlar oldinga ötgani qöyişmaydi. Yöl berişmaydi. Men soç tolasini topişim kerak. Mana u. Qölimga, barmoğimga öralgan-ku. Xayriyat, özimda ekan. Tinçlanaman. Işda emişman. Öz xonamda. Soç tolasini stolim ğaladonidan qidirayotgan emişman. U yöq. Qayerga qöydim ekan? Mana, uni topdim. U töyxat solingan suvqoğoz içida. Uzun, mayin va sarğimtir soç tolasi. Soç tolasi bayroqdek hilpirar, sarğimtir nur taratar emiş. Nurga tikilaman. Közim qamaşar, közlarimni kattaroq oçişga nimadir tösqinlik qilar emiş.

– Özlariga keldilar. Közlarini oçdilar.

Mehrli tovuşdan uyğonib ketdim. Közimni oçsam tepamda xotinim ötiribdi. Oq xalat kiyib olgan. Boşida ham oq römol. Nima gap özi? Nega xotinim oq xalatda? Tuşim bölsa kerak. Közimni yumdim.

– Közingizni oçing, dadasi! Közingizni oçing! – qörqqan va yalingan ovozda gapirdi xotinim. – Xudoyim-ey, özing şifo bergin şu kişiga.

Nima gap? Tuşunmadim. Közimni oçdim. Tepamda xotinim ötiribdi. Tuş emas. Oq xalatda. Közlari qizargan. Qovoqlari şişgan. Qölimni qöllariga olib, silab ötiribdi. Atrofimga qaradim. Boşqa heç kim yöq. Öşa, derazasiga oq parda tutilgan, şifti tekis oppoq xona. Xotinim menga javdirabgina qarab ötiribdi. Qölimni qöyib yubormaydi. Mayin va nozik qöllari bilan silaşda davom etib söradi:

– Yaxşimisiz endi, dadasi? Boşingizning oğriği qoldimi?

U men bilan birinçi marta şunday mehribon ovozda gaplaşayotgan edi. Men erib ketdim. Göyoki bahorda yoqqan qor uçqunidek. Qayerda yotganimni ham öylamay qöydim. Xotinim oldimda. Menga baribir, qayerda bölsam ham. Faqat uning qöllarinigina his etardim. Bu qöllardan butun tanamga harorat oqib kirar, orombaxş bir tuyğu butun vujudimga tarqalardi.

– Dadasi, dadajonisi, qandaysiz? Yaxşimisiz? Nega gapirmayapsiz? Bizlarni juda qörqitib yubordingiz-ku.

Xotinimning iltijoga töla, mehribon tovuşidan özimga keldim. Yana begona joyda yotganim esimga tuşdi.

– Qayerdamiz? Qayerda yotibman? Işga ham keç qoldim, şekilli?

– Işdan xavotir olmang. Özingiz tuzuk bölsangiz, böldi. Boşingiz oğrimayaptimi? U iliq qöllarini boşimga qöydi. Keyin avaylab, soçlarimni siladi. Men huşimni yöqotay dedim. U soçlarimni silayapti. Qanday baxt! U engaşdi. Yuzimdan öpib oldi. Men baxtdan behuş edim. Butun dunyoning baxti menga nasib etgandek edi. Közimni oçişni heç istamas edim. Gapirsam, göyoki hammasini yöqotib qöyadigandek edim. Şuning uçun ham közlarimni oçmasdan maza qilib yotaverdim.

– Daftarçangizni uşlab olaman deb, şu ahvolga tuşdingiz, – dedi xotinim muloyim bir tovuşda.

Tuyqus miyamda çaqmoq çaqqanday böldi. Ilkis boş kötardim.

– Qani daftarçam?!

– Daftarçangiz şu yerda. Menda. Huşsiz yotganingizda ham uni bir neça marta söradingiz. Soçni topib beringlar, deb qayta-qayta, kimlar bilandir urişdingiz. Şuning uçun sörasangiz beraman deb olib kelgan edim.

– Soç turiptimi? Içidami?

– Soçingiz içida, – tovuşi qaltirab javob berdi xotinim.

– Xayriyat, – dedim men. – Tuşib qolmabdi.

– Sizga şu soç şunçalik azizmi? – alam va iztirob bilan söradi xotinim.

– Ha, albatta! Sizning har tola soçingiz men uçun aziz…

 Xotinimning yuzi birdan yorişib ketdi.

– Nima?! Bu mening soç tolammi?

– Ha, – boşimni qimirlatdim men.

– Nega öşanda aytmadingiz?

U höngrab yiğlab yubordi.

Men mamnun iljaydim.

Narzullo Botirov

Kattaqörğon tumanida tuğilgan. Toşkent Politexnika institutida, Militsiya Oliy maktabida tahsil olgan. Muallifning qator hikoyalari respublika matbuotida eʼlon qilingan.

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 10-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)