13 daqiqada öqiladi

1 387 marta körilgan

Til – ruhimiz tarjimoni

Vahob Rahmonov

Adabiyotşunos olim Vahob Rahmonov bilan muloqot

 

– Har bir millatning mavjudligini, yaşayotganini namoyon etadigan omillar böladi. Til ana şunday mavjudlik hodisasidir. Til şunçaki sözlaşiş vositasi emas. Til millat maʼnaviyati va madaniyatining toşoynasidir. Modomiki, millatning öz tili bor ekan, demak, uning dunyoga aytar sözi ham bordir.

Şu tiriklik dunyosining bir qismi ölaroq asrlar oşa jahonga öz sözimizni aytib keldik. U uzoq asrlar naridan goh Örxun-Enasoy bitiklari, goh “Devonu luğatit turk”, goh “Qutadğu bilig” bölib jaranglab turibdi. Çunki bu tilni yöl-yölakay ne-ne uluğ zotlar tengsiz zakosi va fidoyiligi bilan asrab keldilar, sayqalladilar. Zero, Vatanning çegaralari qay darajada himoyaga muhtoj bölsa, uning maʼnaviy boyliklari ham şu qadar himoyaga muhtojdir. Şu maʼnoda, milliy tilimiz qarşisida har doim masʼuliyatli böliş majburiyatidamiz.

Milliy tilimiz jozibasi, imkoniyatlari va muammolari haqida gapiriş uçun 21-oktyabrni kutiş şart emas. Modomiki, u bizning tiynatimiz közgusi, ruhimiz tarjimoni, tarbiyamiz hosilasi ekan, unda unga hayot-mamot masalasi sifatida qaraşga örganişimiz lozim. Uluğlarimiz bu haqiqatni heç qaçon unutmaganlar.

Vahob aka, uşbu sönggi gapimizga tarixdan bir-ikki misollar keltirsangiz…

– Har bir millatning uluğ vakillari öz tili va adabiyotini şu xalq yo millatning, avvalo ğururi, şu bilan birga muomala vositasi deb hisoblaydilar va ularning taraqqiyoti uçun kuraşadilar. Şunday millat fidoyilaridan biri XI asrda yaşab ötgan Xoja Ahmad Yassaviy bölib, u turkiy til mavqeini baland kötargan edi. U xuddi Alişer Navoiy kabi turkiy oiladan çiqqan olimlarning öz ona tilini mensimaganligini yoqlamadi. Alişer Navoiy “Turkiston mulkining şayxul-maşoyixi” deb taʼriflagan bu zot hatto Qurʼoni karim va hadisi şariflarning ham ona tili – turkiyda yangraşini istagan edi:

Xuşlamaydur olimlar bizni aytgan turkini,

Oriflardan eşitsang, oçar köngil mulkini.

Oyat, hadis maʼnosi turkiy bölsa muvofiq,

Maʼnisiga yetganlar yerga qöyar börkini.

Bilasizmi, davr tili va adabiyoti taraqqiyoti davlat tepasiga qaysi xalq vakili kelişi bilan uzviy boğliq bölgan. Misol uçun, Örta Osiyoda hukmronlik qilgan Qoraxoniylar davrida Ahmad Yassaviyning turkiy tildagi ijodi gullab-yaşnagani maʼlum. Şuningdek, sohibqiron Amir Temur va temuriyzodalar hukmronlik qilgan yillarda adabiyot, şu jumladan, til masalasi kun tartibiga çiqdi. Alişer Navoiy köngil tuğyoni mahsuli bölgan “Muhokamat ul-luğatayn”da maxsus qayd etadi: “Hukmronlik tizgini arab va fors sultonlaridan turk xonlariga ötganidan söng, Halokuxon zamonidan sulton sohibqiron Amir Temur Köragon zamoniga qadar turkiy tilda ijod qilgan maqtovga arzigulik şoirlar paydo bölmadi. Ammo Sohibqiron Amir Temurning izdoş farzandi Şohrux Sulton zamonining oxirigaça turk tilida ijod qilgan şoirlar zuhur etdilar. Hazratning avlod va nabiralaridan ham xuştabʼ sultonlar yetişib çiqişdi. Şoirlardan Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Yaqiniy, Amiriy va Gadoiylar yaşab ijod etdilar. Biroq ularning safida nomdor forsiy şoirlarga badiiy mahorat va qudratda yuzma-yuz böla oladigan kişi paydo bölmadi. Birgina mavlono Lutfiyni aytişimiz mumkinki, isteʼdod egalari qoşida öqişga arziydigan bir neça matlaʼlari – boşbaytlari bor. Şu jumladan, biri budirki:

Bayt:

 

Ulki husn etti bahona elni şaydo qilgali,

Közgudek qildi seni özini paydo qilgali”.

Hazrat Navoiyning bu gaplarini muşohada qiladigan bölsak, uning nazarida XIV-XV asrlargaça yirik forsigöylarga teng kela oladigan turkigöy ijodkorlar bölmagan yoki buyuk ijod namunalari saqlanib qolmagan.

Ha, Alişer Navoiy öz ona tili va adabiyotining hayotiyligini mustahkamlaş va uning rivoji uçun qayğurib, astoydil muntazam kuraşgan buyuk tilşunos olim ham edi. Öz xalqi adabiyotini ravnaq toptiriş va til boyligini rivojlantiriş har doim Alişer Navoiy faoliyatining diqqat-markazida turgan dolzarb muammolaridan biri bölib kelgan. Şu bois öz xalqi oldida turgan bu muammoni hal qiliş maqsadida «Muhokamat ul-luğatayn» asarini öz davrining ijtimoiy-siyosiy va madaniy talablaridan kelib çiqib yozişga qaror qilgan.

– Domla, uzr, gapingizni bölaman. “XIV-XV asrlargaça yirik forsiygöylarga teng kela oladigan turkiygöy ijodkorlar bölmagan yoki buyuk ijod namunalari saqlanib qolmagan” degan sözlarni eşitiş kişiga juda alam qilarkan. Çunki Hazratning özlari “Majolis un-nafois” tazkirasida önlab turkiygöy şoirlarning nomini keltiradilar. Taʼbi nozik temuriy şahzodalarni qöying, öz davrining fozillari sanalmiş Mavlono Lutfiy, Gadoiy, Atoiy, Yaqiniy, Haydar Xorazmiy, Mavlono Sakkokiy, Muhammad Ali Ğaribiy, Muhammad Solih, Mavlono Latifiy, Mavlono Hoji Abul Hasan singari öttizdan ortiq şoir va adiblarning nomi zikr qilingan. Nima, ular turkiy tilni bilmaganmi? Yoki turkiyda yozgan şoirlarga qandaydir moneliklar bölganmi?

– Navoiy bayonotidagi oğriqli nuqta şundaki, zamonning navqiron şoirlari, özlari özbek oilasidan bölsalar-da, zamon anʼanasi va özlarini elga tanitişday şuhratparastlik tufayli, asosan, forsiy tilda ijod qilganlar. Albatta, fors adabiyoti hukmronligi anʼanasi taʼsiridan yoş Navoiyning özi ham çetda qolmagan. Dahoning “Muhokamat ul-luğatayn”dagi öz eʼtirofiça ilk şeʼriy maşqlari forsiy tilda bölgan. Faqat kamolot bosqiçiga yuksalgani sari öz asarida qayd etgan qoidaga amal qilgan: özbek oilasi farzandi bölgani uçun ona tilida köproq, forsiy tilda ozroq asarlar yaratgan.

Siz hozir tazkirada sanoqqa kirgan şoirlarni sanab ötdingiz. Bilasizmi, ularning ozginasi sohibdevon bölganlar. Şuning uçun ham Alişer Navoiydek turkiy til va adabiyot bayroqdori nazarida turkiygöylar juda oz bölib köringan.

Bu xususda şoir öz armon va istaklarini şunday izhor etadi: “Endiki, turkiy tilning çeksiz imkoniyatlari şunçalik dalillar bilan isbot qilindi, kerak edikim, bu xalq orasidan çiqqan isteʼdod ahli salohiyat va qobiliyatlarini öz tillari turganda özga til bilan zohir qilmasalar va işga solmasalar edi. Agar ikkala tilda ijod etiş qobiliyatlari bölsa, öz tillarida köproq yozsalar edi va ikkinçi tilda ozroq aytsalar edi. Agar mubolağa qilgudek bölsalar, ikkala tilda baravar yozsalar edi”… (“Muhokamat ul-luğatayn”).

Haqiqatdan ham Sulton Husayn Mirzo zamoniga kelib manzara bir munça özgardi. Xuroson adabiyot va sanʼat jannatiga aylandi. Husayn Boyqaro Xurosonning şoir, adib va olimlar mamlakatiga aylangani bilan faxrlanadi. U öz zamonidagi adabiyotning umumiy ahvoli, hatto şoirlarning sanoğigaça sinçkovlik bilan qiziqib maxsus “Risola” ham yozgan edi. Sulton Husayn – Husayniy öz risolasida Xuroson mamlakatida mingga yaqin kişilar qalam tebratayotganlarini ğurur bilan qayd etadi va bu hodisani öz zamonining baxt-saodati deb ataydi. Şu barobarinda, “Risola”da mavzuimizga aloqador yana bir gap bor. Yaʼni Sulton Husayn Mirzo risolasida buyuk turkiygöylar yöqligidan ökinadi: «…Lekin maʼnolarning bokira tanasiga (işlatilmagan nozik maʼnolarga) heç kişi turkona libos kiydirmagandi (turkiy tilda yozmagandi) va öşa nozaninlarni bu zebo kiyim bilan jamolini namoyon qilişgaça olib kelmagandi va bu muşk hidli raʼnolar yalanğoçlikda panada qolganlar va bu hurdek zebolar kiyimsizlikdan yuzlarini namoyiş qila olmaganlar».

Bu şohona afsuslar birdan Alişer Navoiy zikrini boşlaş bilan faxru iftixorga öz örnini böşatib beradi: «… Mir Alişer «aslahallohu şonahu»kim, «Navoiy» taxallusi bilan (el orasida) maşhur bölgan va şeʼrlarida bu taxallusni qöllaydi. U turk tilining ölgan jasadiga Masih nafasi bilan jon kirgizdi, bu ruhni topganlar turkiy söz öriş-arqoğidan töqilgan kiyim va yengil köylak kiydilar. Söz gulistonida şoirlik navbahoridan jonga rohat bağişlovçi yoğinlar bilan rang-barang gullar oçdi va şeʼriyat daryosiga fikrlar bulutidan parvarişlovçi tomçilar bilan turli durlar soçdi».

Xöp, savolingizning yana bir muhim javobi: Alişer Navoiy davrida özbek şoirlarining köproq boşqa tilda ijod qilişlariga asosiy sabab şu bölganki, ular özbek tilining ifoda imkoniyatlaridan bexabarliklari tufayli boy adabiy anʼanalari davom etib kelayotgan va nisbatan oson bölgan fors tilida ijod qilişgan. Bu hol forslarning özbek tili ijod uçun noqis til degan fikrga kelişlariga sabab bölgan. Aslida esa bunga asosiy sabab özbek tili qonuniyatlarining töla işlab çiqilmaganligi, özbek tilining fors tiliga xos bölmagan, lekin ijod uçun muhim bölgan öziga xos xususiyatlari oçib berilgan nazariy asoslari yaratilmaganligidadir.

– Tuşundim. Demak, Navoiyning “Muhokamat ul-luğatayn” asari hayotiy zarurat tufayli dunyoga kelgan. Xususan, uning yaratilişiga maʼlum maʼnoda zamon podşohi Sulton Husayn mirzoning, asosan, Alişer Navoiyga bağişlangan “Risola”si ham maʼlum maʼnoda turtki bergan körinadi.

Domla, endi öz-özidan savol tuğiladi: “Muhokamat ul-luğatayn” asari öz davri ijodkorlari uçun muhim qöllanma sifatida özbek tilining öziga xos xususiyatlarini qay darajada oçib bergan? Özbek tili va adabiyotining susaygan badiiy mavqeini kötarişda ona tilimizning qaysi jihatlariga ahamiyat bergan?

– Alişer Navoiy bu asarida asosan özbek tilining fors tiliga xos bölmagan, lekin ijodkor uçun muhim bölgan xususiyatlarni oçib bergan. Şulardan biri özbek tilida fors tiliga nisbatan umumiy tuşunçalarni anglatuvçi sözlardan taşqari, juzʼiy tuşunçalarni bildiruvçi sözlarning köpligi va ularning ayrimlari fors tiliga ham ötgan, ikkinçisi şakldoş sözlarning köpligi, bunday sözlar tajnis va iyhom sanʼatlari uçun zarur, uçinçisi özbek tilida fors tilida bölmagan, lekin nutq uçun zarur bölgan grammatik şakl va unsurlarning mavjudligi, misol uçun özbek tilida kelişik kategoriyasi bor, fors tilida esa yöq. Törtinçisi, özbek tilining fonetik xususiyati qofiya uçun fors tilinikiga nisbatan qulayroqligidir. Asarda şoir özbek tilining ijod uçun muhim bölgan qirralari haqida mukammal bayon qiladi.

Bu asarning yozilişida rasmiy ravişda amalga oşirilgan qator siyosiy islohotlar ham maʼlum ahamiyat kasb etgan. Yaʼni, Alişer Navoiy suyangan toğ – Husayn Boyqaroday maʼrifatparvar hukmdor bölsa-da, turkiy til va adabiyot taraqqiyoti uçun kuraşiş va yana kuraşiş lozim edi. Navoiy amalda öz ona tilining mislsiz boyligi va adabiyotining qudratli ekanligini öz badiiy va ilmiy ijodi bilan döndirib qöygan bölsa-da, “Oldingdan oqqan suvning qadri yöq» deganlaridek, nafaqat forsiygöylar, baʼzi turkiygöylar ham Alişer Navoiy dahosini u tirikligida aniq tasavvur eta olganlar, deb bölmaydi. Şuning uçun Navoiy öz tilida sözlaşuvçi qalam ahliga, ziyolilarga “Muhokamat ul-luğatayn” nomli bayonnoma bilan yuzlandi. Ularga özbek tilining mislsiz boyligi, badiiy söz yaratiş uçun qulay imkoniyatlari çeksizligini jonbozlik bilan kaşf qilib berişni öz oldiga uluğ maqsad qilib qöydi va bu buyuk himmati uning uzil-kesil muvaffaqiyatini taʼminladi.

Özbek tili olami neçoğlik hayratlarga arzirli ekanligini Alişer Navoiy ijodkorga şunday manzur etadi: “Şuur yoşiga qadam qöyilganda Haq subhona va taolo taʼbimga ğaroyibotlar sari maylni zotiy, diqqat va zahmatkaşlikka jasoratni tuğma qilgani uçun muşohada va mulohaza meni turkiy tilga yölladi: şunday zeb-ziynatli bir olam köz oldimda namoyon böldiki, ön sakkiz ming olamdan ortiq va tabʼimga şunday fazlu yuksaklik osmon tabaqasi oçildiki, töqqiz falakdan ortiq hamda bir xazina uçradiki, durlari yulduz gavharlaridan ham yoruğroq, bir gulşan yöliqdi: gullari osmon sayyoralaridan porloqroq, maskani atrof-tevaragi el oyoği yetmakdan foriğ va ğaroyib narsalari begona qöllar daxlidan omonda. Ammo xazinasining iloni qonxör va gulşanining tikanlari son-sanoqsiz. Xayolga keldiki, bu ilonlar nişi naştaridan qörqib isteʼdodli oqillar bu xazinadan bahra topmay ötiptilar va könglimdan şunday keçadiki, göyo bu tikanlar ninalari zararidan nazm ahli guldastaçilari bazm tuzişga yetarli gul teraolmay çetlab ketib qolibdilar”.

Savolingizning ikkinçi qismiga kelsak, “Muhokamat ul-luğatayn” asarini çuqur tadqiq qilgan akademik Alibek Rustamovning qayd qilişiça, Alişer Navoiyning özbek xalqiga til jihatidan körsatgan bebaho xizmatlaridan biri şu bölganki, u özbek tilini öziga qadar özbek adabiy tilida işlatilmagan turkiy lahjalardagi sözlardan unumli foydalanib, ularning adabiy tilda saqlanib qolişiga erişgan va bu bilan adabiy tilni yangi sözlar bilan yanada boyitgan. Ikkinçi xizmati şuki, u mavjud sözlar va qöşimçalar asosida öziça yangi sözlar yaratgan va badiiy talablarga javob beradigan luğaviy birliklarni hosil qilişning nozik va ajoyib usullarini kaşf qilgan. Uçinçisi turkiy lahjalar va folklordan unumli istifoda qilib adabiy tilda özigaça işlatilgan sözlarni yangi maʼnolar bilan boyitgan.

Alişer Navoiyning törtinçi buyuk xizmati şundan iborat bölganki, u til luğat fondi va şeva sözlari hisobiga adabiy tilning söz şakllari, sintaktik gap tuzilişlarini köpaytirib ularning maʼno va qöllaniliş doiralarini kengaytirdi. Mana şu xizmatlari tufayli özbek adabiy tilining istifoda imkoniyatlari kengaygan, estetik qimmati yuksak darajaga yetgan, qolaversa, ilmiy-badiiy qudrati ham oşgan.

– Alişer Navoiy Sohibqiron Amir Temur saltanatining tiklanişi bilan özbek tiliga davlat va adabiyot tili sifatida keng imkoniyatlar eşigi oçilgani, ammo tuzukkina turkiy şoirlar bölmagani, faqat Şohrux Mirzo zamoniga kelib Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Muqimiy, Amiriy, Yaqiniy va Gadoyidek bir guruh yaxşi turkiygöy şoirlar yetişib çiqqanini qayd etadi.

Amir Temurning öz farmonlarini ona tilida yozdirgani Muhammad Haydar mirzoning “Tarixi Raşidiy” nomli fors tilida Kaşmirda yozgan (1541–1546) tarixiy asarida aniq körsatilgan. Davlat hujjatlarini uyğur baxşilari yozişgani inobatga olinsa, bu asardagi uşbu buyruq parçasiyoq Sohibqiron farmonining ona tilida yozilganiga şak-şubha qoldirmaydi. Çunki forsiy tilda bitilgan kitobga, agar Amir Temur farmoni-hujjati hurmati bölmaganda Sohibqiron buyruği tuğrosida “Suyurğatmiş yorliğidin Temur Köragon sözum” singari özbek tilidagi sözlar kiritilmas edi. Ammo Husayn Boyqaro davrida til masalasi davlat siyosati darajasiga yetgan ekan-da.

– Xuddi şunday. Sulton Husayn mirzo Şohrux Mirzo davlatidagi özbek tili va adabiyoti taraqqiyotini endi öz davrida yanada yangi, yuksak bosqiçga kötarişga harakat qildi. Alişer Navoiy saʼy-harakati, öz ona tili bölgan özbek tiliga hurmat va eʼtiqodi tufayli özi ham turkiy tilda ijod etib, sohibdevon şoir sifatida nom qozondi va özbek tili va adabiyotiga davlat ahamiyatiga molik iş sifatida qarab, maxsus buyruqlar çiqarib, özbek oilasidan çiqqan isteʼdodlarni ona tilida ijod qilişga çorladi.

U yoki bu tilning söz boyligi, til qonuniyatlarining mukammalligi va qudratli adabiyot yaratiş imkoni muayyan til boyligi, sözlarning yaqin maʼnoli yoki maʼnodoş sözlarga boyligi hamda bir sözning bir neça maʼnoda kelişi bilan ham izohlanadi. Navoiy “yiğlamoq” tuşunçasi forsiyda “giristan” bölsa, özbek tilida uning yaqin maʼnodoşlaridan yiğlamsinmoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, ökurmak, inçkirmak singari şakllari borligi va ularning har biri yangi-yangi maʼno va taʼsirçanlik ifodasi bilan tafovutli ekanligini uqtiradiki, bu hisobda forsiy va turkiy tildagi söz nisbati yettiga bir bölgan.

“Muhokamat ul-luğatayn” muallifi nazariyotçi va amaliyotçi tilşunos sifatida özbek tili luğat boyligi, fonetik va morfologik hodisalar tufayli tuşunça ifoda va maʼno imkoniyatlari çek-çegarasizligini birma-bir dalillar ekan, turkiy tilining mislsiz boy va taʼsirçan, badiiy qudrati ortiq ekanligini öz ijodi tahlilida namoyiş etib ulgurgan. Navoiy ijodining birinçi buyuk tadqiqotçisi Sulton Husayn mirzo bölib, unga “Risola” bağişlagan bölsa, ijodining umumlaşma bahosini Navoiyning özi uşbu asarida ikkinçi bölib bergandir. Savol tuğiladi: nega Navoiyning özi “Muhokamat ul-luğatayn”da öz ijodining özbek adabiyotidagi örnini bunçalik jonkuyarlik bilan tahliliy aniqlaştirişga urindi?

Xuddi Abulğozi Bahodirxon “Şajarayi turk” asarida ota-bobolari va öz tarixini özi yozganidek, Navoiy ham uning ijodiga Sulton Husayn mirzo “Risola”sidan keyin maxsus tadqiqiy yondaşuvçi asar özbek tilida yozilmasligini xuddi bilgandek, bu işni qildi. Töğri, Alişer Navoiy hayoti, faoliyati, şaxsi, siymosi, ijodiga doir tavsifiy-tahliliy talqinlar Ğiyosiddin Muhammad Xondamirning “Makorim ul-axloq” asarida maxsus, Abdurahmon Jomiyning öndan ortiq asarlarida, Zayniddin Mahmud Vosifiyning “Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ” esdaliklarida, Muhammad Haydar Mirzoning “Tarixi Raşidiy”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Vaqoyeʼ” (“Boburnoma”) singari memuar va talay tarixiy asarlar, dostonlarida ham mavjud. Biroq “Boburnoma”dan boşqalari, hammasi forsiy tildagi asarlar ekanligini inobatga olsak, Navoiyning öz ijodiga tahliliy-nazariy daxli juda töğri bölgan. Negaki daho Navoiy ijodining şu darajadagi tahliliy maʼrifati, kim biladi, XV asr ziyolilari, xususan özbek adib va şoirlari uçun maʼlummidi yo yöqmi…

Bundan-da muhimi: özbek tilining jahonşumul asarlar yaratişga qodir buyuk söz xazinasi ekanligini Navoiydan boşqa qaysi söz sanʼatkori ijodida isbotlaş imkoni bor edi?

Şunga köra Navoiy öz ijodi ona tili va adabiyotining oliy namunasi ekanligini yaxşi bilardi. Şuning uçun ham asar muallifi öz oliy maqsadi – özbek adib va şoirlarini ona tilida yozişga rağbatlantiriş va çorlaş uçun öz-özini, öz ijodini tahliliy kaşf etişga burçli ham edi.

– Rahmat, domla. Biz til haqidagi muloqotimizga asosan Hazrat Navoiyning “Muhokamat ul-luğatayn” asarini asos qilib olişimizdan maqsad şu ediki, Hazrat ona tilimizning barça yutuqlarini nazariy jihatdan muxtasar tahlilu talqin etib, nohaq hasadgöylar daʼvolarini çilparçin qilib, bu masalaga uzil-kesil nuqta qöydi. Bu ulkan muammoni u quruq daʼvo bilan emas, balki çuqur asosli dalillar, yoruğ fikrlar, teran ilmiy mulohazalar bilan hal qilib berdi. Buyuk dahoning bu jonbozligi asrlar oşa bizga ibrat bölib kelmoqda.

Suhbatdoş: Alişer NAZAR

 

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 10-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)