26 daqiqada öqiladi

1 017 marta körilgan

Modernizm: ildiz, mohiyat va belgilar

Kunbotiş ölkalaridagi nazariy tipologiyaga köra badiiy adabiyot taraqqiyotining tarixi şartli ravişda a) klassik adabiyotgaça bölgan bosqiç; b) klassik adabiyot bosqiçi; v) noklassik adabiyot bosqiçi; g) postklassik adabiyot bosqiçi singari bosqiçlardan iborat ekani qayd etiladi. Agar estetika tarixi va nazariyasida aristotelça-gegelça-kantça yondaşuv klassik yönaliş deyiladigan bölsa, ungaça, yaʼni antik davrgaça bölgan bosqiçning klassik adabiyotgaça deyilişida mantiq borligi körinadi. Modernizm esa aynan ana şu klassik qaraşlardan yuz ögiriş, uni inkor etiş natijasi ölaroq yuzaga kelgan ilmiy-estetik qaraşlar tizimi bölgan edi. Dastlab modernizm özini eng sönggi badiiy-estetik yönaliş tarzida taqdim etdi, ammo vaqt bu daʼvo töğri emasligini, adabiyot va sanʼat hodisalariga yondaşiş hamda izohlaşning şu vaqtgaça bölgan barça yönalişlaridan tamomila farq qiluvçi postklassik bosqiçi ham borligini körsatdi.

Juda uzoq yillar mobaynida amalda bölib kelgan klassik yönalişning örnini egallagan noklassik falsafiy va badiiy tafakkur tarzining ifodasi bölmiş modernizm yönalişiga xos yetakçi belgilar nimalardan iborat ekanini aniqlaş ğoyat muhim ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Modernizmning nazariy qaraşlar tizimi va badiiy amaliyotida aristotelça-gegelça-kantça klassik qaraşlarga zid ravişda faqat borliq hodisalari hamda odamning muayyan maqsadga yönaltirilgan faoliyatigina emas, balki insondagi zerikiş, siqiliş, tuşkunlik, qörquv singari anʼanaviy klassik sanʼat eʼtiboridan çetda bölgan ruhiy tuşunça va holatlar ham badiiy tasvir obyekti maqomiga kötarildi; sinkretizm kuçaygani sabab falsafa badiiylaşdi, musiqada ohang uyğunligidan yuz ögirildi, tasviriy sanʼatda taşqi öxşaşlik va şakliy garmoniyadan voz keçildi, adabiyot, teatr va kinoda hayotiy haqqoniylik örniga absurd, noşayin, erotik hamda jirkanç holatlar tasviriga ustuvor maqom berildi. Ayni vaqtda, modernistik sanʼatning yuksak namunalari yaratilib, ular XX asr estetik tafakkurining öziga xos klassikasi bölib qoldi. Negaki, har bir modern asar oldindan puxta öylab olingan qonun-qoidalar, talabu tartiblar asosida yaratildi. Hatto, har qanday azaliy qolipu tartiblarning inkori ölaroq dunyoga kelgan asarlarda ham muayyan içki badiiy-estetik intizom mavjud edi.

Modernizm – falsafa, sanʼat va adabiyot sohasidagi noklassik qaraşlar tizimini umumlaştiruvçi atama. Kunbotiş mamlakatlarida 19 asrning sönggi çoragida yuzaga kelgan va fransuzça “eng yangi”, “zamonaviy” maʼnolarini anglatuvçi modernizm özini öşa zamon hamda kelajakdagi yagona haqiqiy estetik va falsafiy yönaliş hisoblab, olamni falsafiy hamda badiiy idrok etiş, izohlaş va tasvirlaş borasida mavjud bölgan anʼanaviy yondaşuvlarni inkor qilişi bilan ajralib turadi. Modernizm olam hodisalari va odamga munosabat, ulardagi turli-tuman holatlarni izohlaş hamda tasvirlaşda öziga xoslikka intilib, klassik yondaşuv yösinini inkor etiş yölidan borgan ğoyat köp tarmoqli falsafiy-estetik hodisadir.

Modernizm klassik falsafadagi sanʼatga real voqelikning inʼikosi tarzida qaraşdan voz keçib, borliqqa qatʼiy boğlanib qoliş sanʼatkorni çeklab qöyadi, u öz öyu xayollari bilan voqelikdan taşqarida turganida köproq ijodiy imkoniyatga ega böladi deb qaraydi. Realistik nazariya sanʼatning yagona obyekti borliq deb bilgani sababli ham undan yuz ögiriş kerak deb hisoblaydi. Sanʼat borliqning nusxasi emas, balki uning özi alohida mustaqil borliq deb biladi. Modernistik adabiyot va sanʼatning barça yönalişlarda yaratilgan asarlarda unga qadar qöllanib kelingan anʼanaviy badiiy vosita va usullar yo butunlay inkor qilinadi, yoxud ulardan tanib bölmaydigan darajada özgartirilgan holda foydalaniladi.

Maʼlumki, sanʼat va adabiyotdagi klassik qaraşlar tizimi şaroitida badiiy yaratiqning aqlga muvofiqligi (ratsionallik), ijodiy tajriba davomida şakllangan badiiy qoliplarga rioya qilişi (normativlik), tasvir vosita va unsurlari orasida uyğunlikning mavjudligi (garmoniya), badiiy ifodaning aniq, oson va bir xil tuşuniladigan bölişi, kompozitsiyaning formal insoniy mantiqqa muvofiq qurilişi, har qanday badiiy asarning real hayotga muvofiq keladigan yösindagi muayyan taxminiy sxematik modelga egaligi, idealni tasvirlaş kerakligi, tilning oddiy sözlaşuv nutqidan farq qiladigan tarzda silliqlangan bölişi lozimligi singari talablar qöyilar edi. Badiiy ijodni muayyan talablarga böysundiradigan bunday klassik yondaşuvlarga isyon ölaroq yuzaga kelgan modernizm turli-tuman körinişlarga ega serqatlam falsafiy-estetik qaraşlar tizimidan iborat bölib, bu yönalişdagi izlanişlar jamiyat hayotida keskin töntarişlar hamda qaltis kataklizmlar yuz bergan şaroitda, ayniqsa, kuçayadi. Negaki, inson ijtimoiy turmuşidagi keskin çayqalişlar uning tuyğularini muvozanatdan çiqarib, taʼsirlaniş va bu taʼsirni ifodalaş yösinlariga tahrir kiritadi, qaraşlar tizimini özgartirib yuboradi. Bu özgarişlar esa odamning badiiy didini yangilaydi.

Modernizmning akmeizm, simvolizm, dadaizm, futurizm, imajinizm, syurrealizm, ekspressionizm, fovizm, şoizm, suprematizm, absurd kabi oqimlari turli ijtimoiy-maʼnaviy qalqişlar davrida yuzaga kelib, badiiy adabiyotda yorqin namoyon bölgan yönalişlardir. Taʼkidlaş kerakki, agar oldinlari bu xildagi ijtimoiy-axloqiy silkinişlar başariyat uçun har zamonda yuz beradigan tasodifiy holat hisoblangan bölsa, endilikda tobora doimiylik kasb etib bormoqda.

Modernistik hissiy-intellektual yondaşuvga köra hayot hamişa tartibsiz va beboşvoq; inson tirikligining tiyiqsiz va tayinsizligi odamning hayotdan öz örnini topolmay yolğizlanib qolişiga olib keladi; insonning hayoti yeçimi heç qaçon topilmaydigan ziddiyatlardan iboratdir. Bunday kayfiyat modernçi ijodkorlarda sanʼat hayotga ijobiy taʼsir körsatib, unga tartib va maʼno baxş eta olmaydi degan umidsiz töxtam şakllanişiga sabab böladi. “Sanʼat sanʼat uçun” çaqiriği modernistik yönalişdagi barça adabiy oqimlarning asosiy şiori ekanining boisi şunda. Hamonki, sanʼat asari ijtimoiy borliqni özgartiriş va unga muayyan tartib berişga qodir emas ekan, hayot va uning muammolarini aks ettirişdan maʼno yöq deb qaraldi. Şuning uçun modernizmda köproq badiiy yaratiqning ifodaviy jihatlariga eʼtibor qaratilib, obyektiv olam hodisalari va unda qatnaşadigan timsollarni tasvirlaşdan köra obyektiv dunyo töğrisidagi subyektiv taassurotlarni, ongosti impulslarning öyinlarini aks ettiriş muhimroq sanaladi. Bu xil yondaşuv sanʼat va adabiyotga heç kim va heç narsa oldida burçli bölmagan idtimoiy-estetik fenomen tarzida qaraş imkonini beradi.

Modernizm özining ilmiy-nazariy asosi sifatida F. Nitsşening mençilik (individualistik) falsafasiga tayangan bölsa, badiiy ijod mohiyatini tuşuniş va izohlaşda Z. Freydning psixoanalitik qaraşlariga suyanadi.

F. Nitsşening mençilik falsafasiga köra jamiyat hamişa şaxsga qarşi turadi, individ va uning manfaatlari jamiyat tomonidan doim kamsitiladi, axloq va qonun köpçilik tomonidan alohida şaxsning erkini zanjirband qiliş uçun öylab topilgan ijtimoiy-etik böğovlardir. Demak, jamiyat mavjudligining özi bilan alohida şaxsning erkiga daxl qiladi, uning öylari, tuyğulari va amallarini çeklaşga urinadi. Holbuki, odam heç qanday sababga köra öz istaklarini jilovlamasligi kerak. Insonni suyiş, yaʼni gumanizm şuni taqozo etadi. Insonparvarlik darajasi şaxsga berilgan erk miqyosi bilan ölçanadi.

Odam ruhiyatidagi turli-tuman oğişlar jarayonini sinçiklab örgangan Freyd insonda sodir böladigan juda köpçilik intellektual-ruhiy munosabat (reaksiya)lar uning ongiga boğliq emas, odamning “men”i tabiiy ravişda hamişa köngilsizliklardan nariroq bölib, imkon boriça köproq lazzat olib qolişga moyil degan xulosaga keladi. U inson xatti-harakatlarining köpçiligi ongosti mayllari tufayli yuzaga keladi va ularning mohiyatida asosan qörquv, oçlik hamda hirsiy xohişlarni qondiriş istagi yotadi deb hisoblaydi. Şu tariqa Freyd ijtimoiy hayot hodisalari yuzaga kelişini ham ongosti mayllari bilan tuşuntirib, inson xulqi va ruhiyati şakllanişida ijtimoiy omillarning örni kattaligini inkor etadi.

Minglab yillar mobaynida maʼrifat va ilmu fan taraqqiyotiga köz tikib, ilmiy-texnik rivojlaniş insoniyat hayotini farovonlaştirib, odamlararo munosabatlarning ezgulaşuviga xizmat qilişidan umidlanib yurgan ijodkorlar XIX asr oxiri va XX yuz yillik boşlarida fanning şiddat bilan ösişi ular kutganidan butunlay teskari natijalar berganini körib, tamomila hafsalalari pir böldi. Birinçi jahon uruşi keltirgan vayrongarçiliklar falsafa va sanʼatda modernistik kayfiyatlar avjlanib, mustaqil yönaliş darajasiga kötarilişiga sabab böldi. Oçun miqyosidagi uruş tufayli odatiy hayot normalarining buzilişi yangiça qaraş va munosabatlar tizimining yuzaga kelişi tafakkur va ijod odamlarining köpçiligida falsafa va sanʼatni ham yangilaş maylini yuzaga keltirdi. Zero, falsafa va sanʼat borasida şakllangan aqidalar başariyatning ayni zamondagi fikriy va ruhiy holatlariga mos kelmay qolgandi.

Modernistik sanʼat jahon uruşi sababli ijodkorlarning odatiy özanidan çiqarib yuborilgan kayfiyati hamda umumiy ijtimoiy negizlarning tuşunarsizligi aralaşuvidan yuzaga keldi. Çunki keçagina ijodkorlar uçun ğoyat tuşunarli va töliq izohlaş mumkin bölgan dunyo bu davrga kelib butunlay çigal va tuşunarsiz bölib qolgan edi. Qandaydir nomaʼlum kuç ijodkorni qonga botgan odamlar tödasi va maʼnili yösinda izohlab bölmaydigan tizginsiz hodisalar öpqoniga uloqtirib yuborganday edi.

Modernçilar özgargan davrda yaşayotgan kişilarning yangilangan estetik taʼbiga muvofiq keladigan tamomila yangi sanʼat, adabiyot yaratiş niyatida ratsionalizm, normativlik va garmoniyaga tayangan va borliqqa boğlanib qolgan mumtoz badiiy-estetik anʼanalardan voz keçdilar. Anʼanaviy sanʼat va adabiyotda qaror topgan qaraşlardan keskin farq qilaroq, badiiy tasvirda hayotga muvofiqlik emas, balki har bir sanʼatkorning olamni boşqalarga öxşamagan tarzda individual köra bilişi boş estetik qadriyat sanaladigan böldi. Çunki modernçi ijodkorlarning köpçiligi şaxsdan taşqarida va hammaga tegişli haqiqat bölişi mumkin emas deb hisoblardilar. Boşqaça aytganda, ular haqiqatning obyektivligini inkor etişardi. Modernçilar har bir şaxsning haqiqati alohida böladi deb hisoblardilar. Şuning uçun ham ong bilan ongsizlik hamda ularning özaro munosabatlari tasviri modernçilar uçun eng sevimli va doimiy mavzuga aylandi. Modernçilar adabiyot taraqqiyotining oldingi davrlarida ijodkorlar nazaridan butunlay çetda qolgan, boşqalardan ajralib turmaydigan ğoyat oddiy, elqatori (srednestatistik) odamlarning hayoti va içki dunyosini körsatişga ayriça eʼtibor qaratdilar: modern asarlarda bunday şaxslarning ruhiyatidagi ğoyat içkin tuyğular, öta nozik sezimlar mayda ikir-çikirlariga qadar batafsil qalamga olina boşladi. Personajlar hayoti va ruhiyatining oldinlari tasvirlaş ayb sanaladigan xunuk va uyatli jihatlariga qadar avra-astari ağdarib körsatiladigan böldi.

Modernçi yozuvçilar badiiy tasvirga yangiça köriniş beriş, bir-biriga öxşamaydigan odamlar ruhiyatining qaytarilmas manzarasini çiziş uçun şakl, vosita, usul, uslub ustida adoqsiz ijodiy tajribalar ötkazişdan erinmadilar. Ammo ular boş qahramonni jamiyat qarşisida gangib qolgan yoxud unga qarşi botiniy yoxud zohiriy noroziligi bor şaxs sifatida tasvirlaş borasida bir-biriga yaqin pozitsiyalarda edilar. Şafqatsiz borliq qarşisida yolğiz va himoyasiz qolgan bu kimsaning tuyğular olami uni örab turgan voqelik qarqini (surʼati) bosimiga doş berolmasligi oqibatida jamiyatdan begonalaşib abgor bölişini tasvirlaş ğoyat keng yoyildi.

Özigaça bölgan barça adabiy yönalişlardan farqli ravişda aynan modernizm öz eʼtiborini oddiy odamning içki olamini tasvirlaşga qaratdi. Modernçi ijodkorlar insonni örab turgan voqelik va ijtimoiy muhitni yo tasvirlamasdilar, yoxud uni özlarining badiiy niyatlariga mos keladigan tarzda istagança özgartirib körsatiş yölidan borişardi. Bunda hayotiy aniqlikka amal qilmaslik, anaxronizm oddiy hol sanalardi.

Köpçilik adabiyottanuvçilar modern adabiyotni kişida qayğu, çorasizlik va zulmat tuyğularini uyğotadigan badiiy hodisa hisoblaydilar. Aslida bunday tasavvur uyğotadigan bitiklar köpinça tiriklik mohiyatini töla anglab yetmoqçi bölgan va bunga erişolmagani uçun dunyoi dun tartibotlaridan norozi holatda yuradigan mualliflarning kayfiyatlari natijasi ölaroq yuzaga kelgan böladi.

Modern adabiyotning öziga xosligi, birinçi navbatda, oldin şakllangan adabiy anʼanalarda talab qilingani kabi badiiy tasvirda muallif va öqirman qaraşlarida uyğunlik bölişiga urinişdan voz keçişda namoyon böladi. Agar klassik adabiyot bosqiçidagi badiiy tasvirning hayotga öxşaşligi, voqelik va odamlararo munosabatlarni sabab-oqibat boğlanişlari oğuşida körsatiş modernçi nosirlar tarafidan rad etilgan bölsa, modern şeʼriyatda qatʼiy poetik tizim va mavjud ifodaviy arsenallar erkin şeʼriy şakl hamda ifoda xilma-xilligi tomonidan inkor qilindi. Modernçi yozuvçilar oldingi badiiy qadriyatlarni uloqtirib taşlab, öquvçilarni ham çuqur öylanişga, ham qaysidir darajada muallifga şerik bölişga majbur etadigan murakkab va yangi adabiy şakl hamda usullar qöllaşga urindilar. Modernçi adiblar badiiy asarlardagi voqealar rivoji tasvirining xronologik tartibdagi ifoda yösinini ham buzib yubordilar. Köpçilik modernistik asarlarda tartib bilan keçadigan voqealar emas, balki odamning boşi-keti yöq öy-xayollari va çigal keçinmalari oqimi aks ettirilardi. Tuyğular va öy-xayollar keçimi tasviri ham oldingi kabi içki intizom bilan emas, balki betartib yösinda yopirilib keladigan ong oqimi tarzida beriladigan böldi.

Klassik adabiyot namunalarida olam va unda sodir bölgan hodisotlarning muayyan darajada tugallangan universal obrazi yaratilgani sababli ularni borliqning öziga xos badiiy maketi örnida qabul qiliş mumkin edi. Çindan ham har qanday odam uçun xaos (tartibsizlik) bölib körinadigan borliq klassik badiiy asarlarda muayyan boşlaniş va tugallanişga ega kosmos (tartib) holatida tasvirlanardi. Modernizm esa oçun va unda umr keçirayotgan odam hayoti anglab yetilişi heç qaçon mumkin bölmaydigan tartibsizlikdan iboratdir va ijodkorning vazifasi real xaosdan sunʼiy ravişda estetik kosmos yaratiş emas, balki xaos holatining özini mavjudlikning universal va doimiy şakli sifatida badiiy tasvirlab bera olişdan iborat deb hisobladi.

Mençi (individualist) yakka şaxs ongi hamda ruhiyatining çeksiz olam va tartibsiz (xaotik) hayotdagi örni, qimmati nimadan iborat ekanini tuşuniş hamda tasvirlaşga modern adabiyot va sanʼatning boş masalasi deb qaraldi. Modernçi sanʼatkorlar olam va odamning mavjudlik tabiati uşbu masalaning mantiqiy ratsional yeçimi bölişi mumkin emasligini taqozo etgani sabab uni hal qilişning irratsional yöli samaraliroq böladi deb qaraydilar. Boşqaça aytganda, modernçilar olam va odamga doir holatlarni tuşuniş hamda tasvirlaşda ratsional tafakkurning ijtimoiy qolipga solingan sovuq, hissiz va zerikarli fikrlaş yösiniga individual şaxsning ongosti va xayoliy bölgani bois ğayriixtiyoriy, irratsional öylaş tarzini qarşi qöyadilar.

Ayni şu sabab modernçi ijodkorlar öz badiiy yaratiqlarida turli möjiza, rivoyat, sirli mifologik hodisalar tasviridan möl-köl foydalanişadi. Taʼkidlaş kerakki, şu kabi modernça yondaşuvlarning islomiy Kunçiqiş adabiy tajribalariga yaqinlaşuvi közga taşlanadi. Negaki, islomiy-turkiy adabiyotda azal-azaldan insoniy aql bilan izohlaş va anglaş mumkin bölavermaydigan ilohiy holatlar tasviri öta muhim örin tutib kelgan. Faqat birgina va asosiy farq şundaki, turkiy-islomiy mumtoz adabiyot namunalarida aql bilan izohlaş muşkul bölgan ğaybga doir tasvirlar muşkulotlarning yeçilişi va qahramonlar işining önglanişiga xizmat qilsa, modern asarlarda personajlar qismatini yanada oğirlaştiriş, ular urinib-surinib topayotgan yölni yöq qilişga qaratilgan böladi. Masalan, “Malika ayyor” dostonida Şozargar mahbubasini olmaga aylantirib yonida, mahbubasi esa öynaşini ignaga aylantirib, yoqasida olib yursa, Nazar Eşonqulning “Bahovuddinning iti” hikoyasida maʼnaviyatsiz odamlar bilan yaşaşdan qiynalgan ovoz rejissyori itga aylanib, ular orasida umr keçira boşlaydi. “Alpomiş” dostonida toşga çandib boğlab taşlangan Qorajon Alpomişning piri Rajabxöjaning ruhunati yordamida tutqunlikdan xalos bölsa, “Jarayon” romanidagi Yozef K. ğayriixtiyoriy tarzda işga ketayotib, suddan, sudga ketayotib, ibodatxonadan çiqib qolaveradi. Yaʼnikim, folklor yoxud mumtoz adabiyot namunalarida mistik tasvirlar qahramonning holatini yengillatişga xizmat qilsa, modern asarlarda ularning qismatini oğirlaştiradi. Ayni şu mistik holatlar tasviri aks etgan örinlarda hamişa Yaratganga işonib, unga tavakkal qilgan va butun ixtiyorini bergan mömin bilan Kunbotişning har bir qadamini öz tafakkuriga tayanib bosadigan va şunga yaraşa natijaga erişişni kutadigan odami ruhiyati va qismati örtasidagi keskin ayirma namoyon böladi.

Botiş adabiyotida, ayniqsa, maʼrifatçilik davridan eʼtiboran, olam va odamga doir barça holatu hodisalarni inson aqli bilan izohlaş mumkin va lozim, odamning tafakkuri har qanday muşkulotni yeçişga qodir degan qaraş qaror topgan edi. D. Defoning “Robinzon Kruzo”, J. Sviftning “Gulliverning sayohatlari”, J. Russoning “Emil yoki tarbiya”, “Yangi Eloiza” singari köp asarlarda fikr odami öz yölida duç keladigan barça muşkulotlarni bartaraf qila olişi aks ettirilardi. Adabiyot rivojining romantizm, tanqidiy realizm va realizm singari bosqiçlarida ham insoniyat taqdirida tafakkur beqiyos katta örin tutişi tasviriga alohida eʼtibor berildi. Juda köpçilik ijodkorlar har qanday jamiyatni razolatu yovuzliklardan aynan aql qutqarişiga işonar edilar va bu inonçlarini badiiy yaratiqlarida aks ettirardilar. Şuningdek, adabiyot ahlida hayotning badiiy tasvirga tortilgan qismi şartli bölsa-da, butunlik xususiyatiga ega holda aks ettirilişi kerak degan qaraş hokim edi. Modernistik adabiyot badiiy tasvirning makoniy va zamoniy doirasini çeklaydigan ana şu qaraşlarni inkor etiş orqali badiiy adabiyotning imkoniyatini yanada kengaytirmoqçi böldi. Yaʼni, modern adabiyot insoniyat tafakkurining yuksalişi unga baxtu saodat emas, balki azobu uqubat olib kelişi ham mumkinligini konkret insoniy taqdirlar misolida körsatib berdi. Şuningdek, modernizm borliq va hayotga heç qanday tugallikka ega bölmagan, son-sanoqsiz umr va taqdirlarni öz gumiga tortib ketaveradigan uzluksiz oqim tarzida yondaşiş tajribasini boşlab berdi.

Modernçilar klassik sanʼat asarlaridagi barça tarkibiy tuzilmalarni isloh qildilar. Bu hol har qanday badiiy asarda muhim örin tutadigan obrazlarga xarakteristika berişning örni va usullariday masalada, ayniqsa, yaqqol namoyon böladi. Modernistik adabiyotga personajlar ruhiyatining universal tasvirini berib ötirmaslik yoki antipsixologizm xosdir. Yaʼni, klassik adabiyotda odamga uning ruhiyatidagi muayyan belgilarga tayanib, keyingi xatti-harakatlarini başorat qiliş mumkin bölgan yaratiq sifatida yondaşiş xos edi. Modern adabiyotda esa, odamni har bir konkret holatda özgaça ruhiy jarayonlar oğuşida böladigan yaratiq sifatida  tasvirlaş qaror topdi. Negaki, modernizmda odam programmalaştirib qöyilgan mexanizm emas, balki ongosti yoxud ongdan taşqaridagi impulslar taʼsirida ham iş körişi mumkin bölgan yaratiq ekani közda tutilardi. Modernçilar odamning holatiga doir barça örinlarda sabab-oqibat munosabatlariga rioya etuvçi deterministik yondaşuvga qarama-qarşi ölaroq, adabiy timsollarga ijtimoiy tavsif beriş yoki ularning ruhiy holatlari sabablarini ularning özidan taşqaridagi omillar bilan izohlaş adabiyotning ratsional fanlar bilan kelişuvi oqibatidir va ayni şu bois ğayriinsoniydir deb hisoblaydilar.

Modernçilar tomonidan sevib tasvirlanadigan timsollar: Kafkaning “Evriliş”idagi xizmatçi Gregor Zamza, Joysning “Uliss”idagi Makler Blum, Kamyuning “Begona”sidagi Klerk Merso singari favqulodda yorqin xislatlarga ega bölmagan “kiçik odam”lardir. Ular – intellekt yo eʼtiqod kuçi, yoki xarakter xususiyati bilan taşqaridan böladigan zuğumlarga yetarliça qarşilik körsata olmaydigan kimsalar. Bu obrazlar adabiyottanuvçilar aytadigan “qahramonlar” emas, balki aynan qahramon bölmagan va bölolmaydigan köpqatori oddiy odamlardan çiqqan adabiy personajlardir, xolos. Oila, davlat, jamiyat, işxona ular uçun heç qaçon anglab bölmaydigan begona, hatto, duşmanlik qiladigan ijtimoiy institutlardir.

Adabiy personajga modernistik yondaşuv bayon yösinining makon va zamon jihatdan izçilligi va voqealarning xronikal ketma-ketlikda tasvirlanişi şartligi talabiga ham barham berdi. Modern ijodkorlar bayonning içki va taşqi ritmini bir-biridan ajratib, badiiy hamda birlamçi real zamon örtasidagi farqni özaro yaqinlaştirib bölmaydigan darajada çuqurlaştirib yubordilar. Birlamçi real vaqt bu tarixiy zamondir. Tarix anglamsiz va odamlarga öz mavjudlik sirini oçmagani uçun modernçilarning qahramonlari tarixiy zamonda yaşamaydilar yoki yaşay olmaydilar. Ular köproq ötmiş va hozir yonma-yon bölgan hamda kelajakdan ajratiş mumkin bölmagan öziga xos şartli xayoliy zamonda hayot keçiradilar. Modernistik asarlarda nimaiki tasvirlangan bölsa, u hamişa sodir bölgan va heç qaçon sodir bölmagan; hamma yerda yuz bergan va heç qayerda yuz bermagan hodisalardir deyiş mumkin.

Modernizm badiiy adabiyot ixtiyoridagi tasviriy vositalar tizimini ham tubdan yangilaşga urindi. Adabiyotning ifodaviy ufqini kengaytirgan, odamni idrok etiş va tasvirlaş maromini tamomila yangilagan “ong oqimi” uning asosiy kaşfiyotidir. Modernizm badiiy asarning makoniy va zamoniy çegaralarini xayol yetmas darajada kengaytirdi. Agar oldinlari badiiy asarlarda bir-ikki, oşib borsa, uç-tört syujet çiziği tasvirlangan bölsa, modern yaratiqlarda köplab syujet çiziqlarining özaro birlaşuvi, kesişuvi, qorişib-çatişuvi, ayriluvi tasvirlanaveradigan böldi.

Modernistik asarlarda qahramonning içki monologi, uning öylari, iztiroblari tasvirining mavqei misli körilmagan darajada ösganligi badiiy yaratiqlarda muallif nuqtayi nazari va uning nutqi ahamiyatining pasayişiga olib keldi. Modernistik adabiyot uçun hayot haqiqati va anʼanalarga muvofiq amalga oşirilgan tasvirga nisbatan olam hamda odamni öz xohişiga muvofiq tarzda tasvirlay oladigan sanʼatkorning erkin nazari ustuvor hisoblanadi. Muallifning nimani nazarda tutgani emas, bitganida nimalar tasvirlangani muhim sanaladi.

Sanʼatning ijtimoiy, siyosiy, diniy, mafkuraviy kabi turli nobadiiy böğovlardan ustun turadigan erkin va ozod hodisa ekaniga ustuvorlik beradigan estetik strategiya modernistik yönalişning asosiy belgisi sanaladi. Modernizmda klassik sanʼatdagi mimetik (taqlid) prinsipidan butunlay voz keçilib, badiiy mazmundan köra şaklga birlamçi ahamiyat qaratildi, şaklning öziga mazmundan aslo kam bölmagan mohiyat tarzida yondaşiladigan böldi. Natijada, badiiy yaratiqning köriladigan (vizual) hamda eşitiladigan (audial) jihatlari mutlaqlaştirilib, u boşqa estetik hodisalar tomonidan qöllab-quvvatlanişga ehtiyoj sezmaydigan, özi öz borligini oqlaydigan tamomila öziga xos badiiy-estetik borliq tarzida taqdim etiladigan böldi.

Modernizmda yuzaga keltirilgan badiiy yaratiqlarning adabiy tur va janrlar borasidagi odatiy qoliplariga muvofiq kelişiga köpda eʼtibor qilinmaydi. Bunda sanʼat bilan borliq örtasidagi çegara buzilib, öqirmanni estetik isteʼmolçidan ijodiy keçimning iştirokçisiga aylantirişga uriniladi. Modernizmda adabiyot va sanʼat zimmasiga ortiqça noestetik yuk ortiş közda tutilmaydi. Bu qaraşga köra yozuvçi  va badiiy asar heç kimning oldida burçli ham, heç kimga xizmat qilişga majbur ham emas. Bu xil yondaşuv modern va postmodern yönalişlaridagi asarlari bilan nom qozongan hamda modernizmning nazariy asosini yaratgan italiyalik adib Umberto Eko 1980-yilda bildirgan fikrda yaqqol közga taşlanadi: “…faqat zamonni hisobga olib va dunyoni özgartiriş möljali bilangina yoziş mumkin degan qaraş mavjud edi. Ön yildirki, yozuvçi şaxsining erki borligi hamda azbaroyi yaratiş keçimiga muhabbat tufayli ham asar yozsa bölişiga köpçilik könikib qoldi” . Şu vaqtga qadar badiiy adabiyot jamiyatni özgartiriş, davrni yaxşilaş, odamlarning hayotini töğri yölga soliş singari buyuk niyatlarga xizmat qilişi lozim bölgan hodisa tarzida qarab kelinardi. Ayniqsa, bizda adabiyot “adab”dan olingan va u, albatta, öqirmanga odob örgatişi kerak degan yondaşuv hukmron edi (bu qaraş hozirda ham öz mavqeini yöqotgani yöq). Modernistlar yozuvçi ham köp qatori xom sut emgan banda va u öz bitiklarini yuqoridagiday olamşumul maqsadlarni közda tutib ötirmay, şunçaki özining yozişga bölgan içki ehtiyojini qondiriş uçun ham yaratişi mumkin degan qaraşga tayanadilar.

Modernizmda badiiy ijod turli darajadagi ijtimoiy muammolarni kötariş va hal etiş uçun emas, balki, avvalo, sanʼatkorning yoziş keçimining özidan bahra olib, içki bezovtalikdan xalos bölişi, ikkinçidan, dunyoga kelgan asarning retsepiyent (öqirman, istemolçi)ga zavq beradigan gedonistik funksiyani bajara olişi ijodkorning asosiy vazifasi hisoblanadi. “Sanʼat sanʼat uçun” degan qaraş ham aynan şu yondaşuvdan suvlanadi. Modernizmda sanʼat asari yaratilişining özi muhimdir, undan muayyan maʼno keltirib çiqariş yoki çiqarmaslik öqirmanning taʼbi va intellektual darajasiga boğliqdir deb qaraladi.

Modernizmning, birinçi navbatda, ilmiy nuqtayi nazar, falsafa va psixologiya ekani, sanʼatdagi turli körinişlar modernistik qaraşlar tizimining amalda namoyon bölişi ekanini közda tutiş uni tuşuniş sari yöl oçadi. Köpçilik özbek olimlari va ijodkorlarida şakliy-mundarijaviy jabhadagi har qanday yangilikni modernizm hisoblaşga moyil yondaşuv qaror topganki, buni aslo töğri deb bölmaydi. Modernizm uzoq vaqt davomida maʼrifat yuksalişi, ilm-fan va texnika taraqqiyoti insonning hayotini farovonlaştirib, odamning tabiatiga ezgulik bağişlaşiga işongan Kunbotiş oydinlarining fan-texnika rivojining insoniyat boşiga solgan dahşatli fojialaridan voqif bölgandan keyin pir bölgan hafsalasi, singan köngli va umidsiz tafakkuri mahsulidir.

Ezgulik, olijanoblikning yomonlik va yovuzlik tomonidan jahoniy miqyosda mahv etilişi ijodkor kişilarda qadriyatlarga munosabatni özgartiriş zarur degan fikrni keltirib çiqardi. Bunda insonning özi boş qadriyat ekani, u heç kim va heç narsa oldida burçli bölmasligi, öz köngil mayli va xohiş-istaklarigagina böysunib yaşaşi maqsadga muvofiq degan töxtam ustuvor böladi. Modernizmda har bir odamga alohida yaratiq sifatida qaraladi, har qanday odam ham odamdir va uning atrofidagi tabiiy hamda ijtimoiy borliq uning istagu manfaatlariga muvofiq bölişi kerak degan qaraşga asoslangan mençilik falsafasiga tayaniladi. Olami sağir bölmiş inson aqlining olami kabir sanalmiş ön sakkiz ming olamdagi xaotik hodisalarni töliq idrok qiliş, bexato izohlaş va başorat qila olmasligi modernizmda tartibsiz dunyoni tuşuniş mumkin emas, binobarin, olam va odamga tegişli hodisayu holatlarni boşu oxiri bor mavjudlik sifatida körsatiş sunʼiylikdir degan töxtamni yuzaga keltirdi.

Freyd tomonidan ilgari surilgan ong oqimi tuşunçasi insonning nafaqat ijtimoiy turmuşi, balki aqliy faoliyati ham xaosdan iboratdir degan qaraşning qaror topişiga xizmat qildi. Bu taʼlimot taʼsirida insonni harakatlantiradigan yolğizgina omil libido, yaʼni hirsiy mayldir, odam umri davomida nimalarni öylar, söylar yoki qilar ekan, aslida, ehtimol, özi ham bilmagan holda hirsiy mayllar yetovida yurgan, öşa mayllar istagini bajarayotgan böladi degan töxtam şakllandi. Öz navbatida bu qaraş insonga ijtimoiy-biologik jihatdan maʼqul bölgan barça narsa töğridir va odam öziga maqbul bölgan biror narsadan uyalmasligi, xijolat çekmasligi kerak tarzidagi yondaşuvni yuzaga keltirdi. Modernizmda yalanğoç tasvirlar köpayişi, erotik sahnalar badiiy tasvir obyektiga aylanişining sababi şunda. Bu mayl, ayrimlar aytayotganidek, insoniyatning axloqini buzib yuboriş niyatida öylab topilmadi, balki inson erkini har qanday çeklaş zulmdir, insonga maʼqul har qanday tutum esa axloqiydir degan maksimalistik qaraş tufayli dunyoga keldi. Bunday yondaşuvning yuzaga kelişiga sabab mençilik falsafasiga köra individning istaklariga ötkazilgan har qanday zuğum zulmdir, har bir odam betakror bölgani uçun ham şaxsning xohişlarini har qanday qolipga soliş unga qilingan zörlik böladi. Bu falsafa nazarida, hatto, axloq ham, jamiyatda örnatilgan maʼnaviy normalar ham inson şaxsiga qilingan zörlikdan boşqa narsa emas.

Şu xildagi qaraşlar tizimi modernizm falsafasini yuzaga keltirdi. Körinib turibdiki, u adabiyot va sanʼatdagi şakliy tajribalardangina iborat emas, balki asosan olam mohiyatini anglaş yölidagi falsafiy-ruhoniy izlanişlar natijasidir. Şu izlanişlarga muvofiq olam va odamga özgaça köz bilan qaraş, özgaça körilganlarni özgaça yösinda izohlaş va tasvirlaş tamoyil hamda tizimlari yuzaga keldi. Umumlaştirib aytganda, modernizmni insonning Alloh va U yaratgan olamni tuşuniş hamda izohlaşdagi qonuniy ojizligidan tabiiy ravişda kelib çiqqan isyon natijasidir deyiş mumkin. Ilohiy tartibotga qilingan har qanday isyon kufrdir. Odam tafakkuri kuçiga ortiqça baho beriş insonda kibr paydo qilib, uni kufrga yetaklaydigan asosiy omil ölaroq yozğirişga loyiqdir. Ayni vaqtda qandayligidan qatʼi nazar modernizm falsafa, sanʼat va adabiyotda ança çuqur tomir otgan hodisa, binobarin, ilmning vazifasi ana şu hodisa mohiyatini töğri izohlaşdan iborat.

Millat taraqqiyotining muayyan davridan eʼtiboran özbek sanʼat va adabiyotida ham modernistik yondaşuvlar böy körsata boşladi. Şuni aytiş kerakki, özbek modernizmi bir qator öziga xosliklarga egadir. Eʼtibor qilingan bölsa, uşbu maqolaning boşida “Modernizm özining ilmiy-nazariy asosi sifatida F. Nitsşening mençilik (individualistik) falsafasiga tayangan bölsa, badiiy ijod mohiyatini tuşuniş va izohlaşda Z. Freydning psixoanalitik qaraşlariga suyanadi”,- deyilgan edi. Özbek modernizmining öziga xosligi ayni şu hal qiluvçi ikki jihatga munosabatning boşqaça ekanligida namoyon böladi. Yaʼni har qanday özbek sanʼatkori şaxs bilan jamiyatni bir-biriga mutlaq va özgarmas qarama-qarşi bölgan hodisalar tarzida qaramaydi. Şuningdek, özbek borliqqa şaxsni mahv etişgagina xizmat qiladigan yaratiq sifatida yondaşmaydi. Özbek ijodkori minglab yillik etno-genetik xususiyatlariga köra va eʼtiqod jihatidan mömin bölgani sabab u odam deb atalmiş yaratiq aqlan qançalik yetişmasin, maʼnan neçoğlik kamolotga erişmasin, olam hodisalari mohiyatini heç qaçon töliq anglab yetolmasligini biladi. Şuningdek, özbek odam qançalik urinmasin, u töla mukammal bölolmasligi va insonlikning eng muhim belgisi uning mavjudligi özga odamning mavjudligiga xalal bermaslikda ekanini tabiiy hisoblaydi.

Köpçilik özbeklar Yaratgan amridan taşqari tikan ham kirmasligiga işonadi va umri davomida şunga könikib boradi. Uning qaraşlar tizimi şunga mutanosib tarzda şakllanadi. Xuddi şu jihatlar millat falsafiy qaraşlar tizimida modernistik yondaşuv yetakçi bölolmasligini keltirib çiqaradi. Kunbotişliklar esa olamda tasodif borligiga işonişadi. Muayyan hozirliklar bilan öşa tasodiflarning oldini oliş yoki uning taʼsir kuçini kamaytiriş mumkin deb hisoblaşadi. Ularning, hatto, qiyomat qoimdan çetda qoliş mumkin deb öylaşlari 2012-yil 21 dekabrda yuz berişi kutilgan “apokalipsis”ga munosabatda yaqqol namoyon böldi. Ayrimlarning ğorga, baʼzilarning yertölalarga, kimlarningdir yerosti yölaklariga kirib jon saqlamoqçi bölganliklaridan ularning bu boradagi tuşunçalari ayonlaşdi. Musulmon dunyosida esa, avvalo, bunday “aniq”likka işonilmadi. Ikkinçidan, kimningdir qiyomatdan çetda qolişi mumkinligini xayolga ham keltirilmadi. Töğri, özbeklar orasida ham tamomila kunbotişça öylaydigan ijodkor şaxslar bölişi mumkin. Ammo ular heç qaçon butun bir falsafiy-estetik yönaliş mavqeiga erişa olmaydilar.

Aytilgan sabablarga köra özbek adabiyoti hamda sanʼatida modernizm olam va odamga tegişli hodisayu holatlarni izohlaşda oldin mavjud bölgan qaraşlarni inkor etiş tarzida emas, balki ularni köriş va badiiy aks ettirişning bir qadar özgaçaligida namoyon böladi. Şu tufayli özbek modernizmini Kunbotiş modernizmidan farqli ölaroq, olam tartiboti va uning Yaratuvçisiga ijodiy isyon natijasi emas, balki ayni şu ijodkor şaxsda keçayotgan inja ruhiy-intellektual holatning ifodasi tarzida yuzaga kelgan holatdir deyiş töğriroq böladi. Modernça yozayotgan özbek sanʼatkorlari mumtoz tajribalarga tayangan holda modernizmning falsafiy postulatlariga emas, balki köproq ifoda yösinidagi injalik va kutilmaganlikka eʼtibor qaratişyapti.

Özbek oydinlari orasida modernizmga isteʼdodsizlikni yaşiriş vositasi deb qaraş ança keng yoyilgan. Holbuki, aynan modernizm badiiy adabiyotni isteʼdodsizlik va qolipdan xalos etiş maqsadida yuzaga kelgan hodisadir. Aynan modernizm badiiy yaratiq mavzu dolzarbligi, fikr yangiligi, ifodaning tuşunarliligi singari taşqi belgilar sababli emas, balki çindan ham betakror va original bitilgani uçun öqilişini istaş oqibatida paydo bölgan. Şuningdek, ijodkor va sinçi-adabiyottanuvçilar orasida modernizmga ommaviy madaniyatning yoyilişi va milliy didning pasayişiga sabab böladigan falsafiy-estetik hodisa tarzida qaraş ham bir qadar tarqalgan. Aslida aynan modernizm çinakam badiiy ijod heç qaçon ommaviy bölmagan va bölmasligi ham kerak degan qaraş natijasi ölaroq yuzaga kelgan. Modernistik sanʼatning önlab oqimlaridan birortasi badiiy ijod jarayoni va bu keçim mahsulining ommaviy bölişini talab qilmaydi. Modernizm uzoq yillar davomida aynan ommaviy bölmagani, köpçilik tomonidan tuşunilmagani uçun tanqid qilib kelindi. Hatto, bugungi kunda ham modern yönalişidagi bitiklarning keng omma orasida yoyilmayotganligi, u hamişa özining xos öqirmanlarini közda tutişi maʼlum-ku?!

Modernizm özining barça turli-tuman körinişlarida real borliqdan yuksak mavjudlik yoki ongosti makoni singari hodisalarni bilib oliş va tatbiq etişga intiladi. U asl haqiqat, hayotning mohiyati aynan öşa real borliqdan yuksak mavjudlikda yaşiringan deb hisoblaydi. Şuni ham alohida taʼkidlaş kerakki, garçi, modernizm badiiy tilga köp özgaçaliklar kiritgan, tasviriy ifoda borasida jiddiy islohotlar qilgan bölsa-da, mavjud badiiy tilni mutlaqo inkor etmaydi. Lekin u badiiy asar tili şaxsning ongli, ong osti va ong oqimi taʼsiridagi ruhiy holatini ifodalaydigan bölişi kerak deb hisoblaydi.

Özbek adabiyottanuvçiligida modernizm hodisasi va şu yönalişda bitilgan asarlarga munosabat ham öziga xos taraqqiyot yölini bosib ötdi deyiş mumkin. Keyingi yarim asr mobaynida modernizm “Bu adabiy oqim xalqqa yot bölgan mazmunsiz sanʼatni tarğib etiş, mistikani, fahşni kuylaş, adabiy formalarning taşqi bezaklariga berilib ketiş kabi burjua adabiyotiga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi”  yösinidagi siyosiy ayblovdan “…obyektiv voqelikning tasviri örniga uning ijodkor tasavvuridagi badiiy modelini yaratişni maqsad qiladi. Yaʼni …voqelikni aks ettiriş emas, ijodkorning öz-özini ifodalaşi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ijodda subyektivlikning oldingi öringa çiqarilişi mantiqiy bilişdan intuitiv bilişning yuqori qöyilişi, inson içki olamida keçuvçi tizginsiz evrilişlarga ayriça eʼtibor berilişi, ijodkor şaxs taxayyuli va u aks ettirgan voqelikning betakror hodisa sifatida tuşunilişi, öz öy-hislarini heç qanday (maʼnaviy, axloqiy, siyosiy va h.) çeklovlarsiz ifodalanişi huquqining eʼtirof etilişi modernizmga xos xususiyatlardandir”  tarzidagi ilmiy eʼtirof darajasiga ösib yetildi. Garçi, bugungi kunda ham “Modernizm – aşaddiy nigilist, heç qanday qonun-qoidani, aqidani, jamoani va jamiyatni tan olmaydi. Heç narsaga işonmaydi, buning ustiga behayo, surbet. Diqqatini ğoyaviy mazmunga emas, asosan şaklga, mavhum şaklbozlikka qaratadi. Simvolizm, impressionizm, syurrealizm, modern, ekspressionizm deganlari ham modernizmning turli tarmoqlaridir. Barçasi realizmga qarşi, barçasiga tuşkunlik xos ” tarzidagi hamda modernistik yönaliş özbek adabiyoti uçun mutlaqo begona, milliy adabiyotimizda bu yölda yaratilgan birorta ham asar yöq, u ayrim ijodkorlarning öz isteʼdodsizliklarini yaşiriş vositasidan boşqa narsa emas qabilidagi yondaşuvlar mavjud bölsa-da, adabiyot jabhasida yuz berayotgan özgarişlarga soğlom va xolis nazar bilan qaraydigan köpçilik mutaxassislar tomonidan “Modernizm hayotni yuzaki, naturalistik …qolipda tasvirlaşdan köra voqea-hodisalarning falsafiy mohiyatini oçiş, içki jarayonini yoritişni afzal bilgan adabiy oqim”  ekani qayd etilmoqda. Ayni vaqtda, modern yönalişning mohiyatini “…modernizm tanqidiy realizm, xususan, sotsialistik realizm aqidalariga qarşi turgan adabiy oqim bölib, asrning oltmişinçi yillarida öz umrini yaşab böldi va örnini postmodernizm deb ataluvçi yangi oqimga böşatib berdi”  tarzida biroz şoşqaloqlik bilan izohlaşga urinişlar ham barham topgani yöq.

Milliy adabiyottanuv ilmida modernizmni faqat turli şakliy izlanişlarni amalga oşirişdangina iborat keçim tarzida tuşuniş ham keng yoyilgan. Bunga köra, badiiy ifodada mavjud anʼanalardan har qanday çekinişga modernizmning yuzaga kelişi tarzida qaraladi. Umuman olganda, juda teran yozilgan bir maqoladagi: “Salim Aşur ijodida şakliy, mantiqiy tajribalar, yaʼni modern şeʼrlar salmoqli örin tutadi. Ayni paytda şaklbozlikka, eksperimentlarga mahliyo bölib, şeʼrning asosiy şarti – tirik qalbning tirik tuyğularini çetlab ötmaydi”, – şaklidagi qaraşlar bitilgani fikrimizning asosidir. Modernizmday serqirra estetik hodisani bu qadar jön va yengil izohlaşga doir misollarni köplab keltiriş mumkin.

Yondaşuvlar tizimidagi bunday xilma-xillikni tuşuniş mumkin. Çunki jarayon töxtagani yöğu hamon keçmoqda. Töxtamagan keçim borasidagi töxtamlar ham xilma-xil bölişi tabiiy. Şunga tayangan holda badiiy ijodda paydo bölgan biror yönaliş, jumladan, modernizm ham izsiz yöqolib ketmaydi. Insoniyatning badiiy didi takomillaşib borgani sari ijod keçimi ham borgan sari turfalaşib boraveradi deb öylaymiz.

 

Qozoqboy YÖLDOŞ

“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 9-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)