Jannatmakon ustozimiz Zulfiyaxonim, tom maʼnoda, ulkan şaxs edi. Biz – şogirdlari uçun heç qaçon odatiy, oddiy odamga aylanib qolmasdilar. Har safar huzurlariga borganimizda (garçand baʼzan har kun diydorlaşiş nasib etsa-da) xuddi imtihonga, sinovga borayotgandek hayajon bilan borardik. Çimkent köçasidagi xonadonlariga borganimizda (köpinça dugonam Muhtarama bilan borardik) uçinçi qavatga kötarilgaç, eşiklari oldida birpas turib, bir-birimizga:
– Töxtang, qönğiroqni bosmay turing, sal hayajonimizni bosib olaylik, – degan paytlarimiz bölardi.
Holbuki, Zulfiya opam bilan suhbatlaşiş juda maroqli edi. Şaxsan men opaning suhbatlaridan söng ijodga iştiyoq bilan çiqardim. Çunki u kişi baʼzi ayollar davrasiga xos mayda gaplardan gapirmas, adabiyot maydonida nima gaplar, yoşlar nima yozyapti – şu mavzular atrofidagi gap-sözlarga qiziqar edilar.
Bir gal aynan yoşlar şeʼriyati haqida gap ketganda Xurşid Davronning yangi kitoblari, Gulandom Toğayevaning “Şarq yulduzi” jurnalida çop etilgan turkumi haqida iliq fikrlar aytgandilar.
– Ijodkorlarning tasavvurlari keng böladi. Lekin bu qizning şeʼrlari bizning tasavvur doiramizdan ham çiqib ketganga öxşaydi. Oxirigaça hamma maʼnosini anglab yetolmaysan-u, anglaganing özingga yoqadi, – degan edilar Gulandomni öqiganda.
Ustoz hamişa yaxşi ijodkorlar haqida mehr va havas bilan gapirardilar. Bunday deyişimga sabab bor. 80-yillar arafasi edi, adaşmasam. Arman şoirasi Silva Kaputikyansning Moskvada bir neça tomdan iborat saylanmalari çop etilgan edi. Şoiraning özlari (ular qadrdon edilar) Zulfiyaxonimga öşa kitoblarni yuborgan ekanlar. Opa ularni varaqlab ötirib:
– Qarang, qanaqa çiroyli kitoblar bölibdi. Faqat şeʼriyat, ijod dardu quvonçi bilan yaşagan-da, bunaqa hayot har kimga ham nasib qilavermaydi, – degan edilar. Opaning bu sözlarida davrdoş şoira ijodiga ehtirom bilan birga har doim ham şeʼriyat dardu quvonçi bilan yaşay olmagan onlari uçun armon ham bor edi, albatta.
Zulfiya opa, odatda, sahar turib, bir finjon qahva içib ijod stoliga ötirardilar. Biror şeʼrni köngildagidek yakunlasalar, öqib berardilar. Opaning şeʼr öqigan onlarini juda yaxşi körardim. Közlari çaraqlab ketardi.
Men opaning ijodiy jarayonlariga, ayniqsa, ijodlarining gultoji bölgan “Xotiram siniqlari” dostonining yoziliş tarixiga guvoh bölganimdan nihoyatda faxrlanib yuraman.
Ustoz tavalludining 80 yillik tantanalariga tayyorgarlik boşlangan kunlar edi. Gazeta, jurnallar materiallar söraşar, opa har kuni xazinasini varaqlardi.
Galdagi şunday jarayonlarning birida:
– Qizimjon, (opa meni köpinça şunday çaqirardilar) davr yangilandi. Butunlay boşqaça ruhdagi zamon kelyapti. Men ham boşqaça bir narsa yozişga burçliman, – dedilar. (Ehtimol, ustoz aynan şunday demagandirlar, lekin suhbatimiz şunday mavzuda boşlangani aniq).
– Bir narsam bor-u, lekin soçilib yotibdi, yiğa olmayapman. Har gal qölimga olganda yuragim tugatib taşlaydiganga öxşaydi-yu, boşim çarçab qoladi, – dedilar.
– Qani öşa yozganlaringiz? – dedim.
Opa oddiy iş daftariga eski yozuvda (ustoz odatda qoralamalarini şu yozuvda yozib, söng kirilçaga köçirardilar, “Menga şunisi qulay”, derdilar) yozilgan qoralamalarini öqiy boşladilar. Oxirigaça “qilt” etmay ötirib eşitdim.
– Axir, bu bir narsa emas-ku, Zulfiya opa, bu zör doston böladi, – dedim. – Faqat bandlarni joy-joyiga qöyib çiqiş kerak.
Şoir yozganlarining bahosini yaxşi biladi, lekin kimdir fikrdoş bölsa, baribir boşqaça kayfiyatda böladi. Hatto, öşa kimdir menday havaskor şogird bölsa-da…
– Sen şunday öylayapsanmi? – dedilar. Ovozlari boşqaça jaranglab, közlari boşqaça çaqnadi.
– Albatta! Siz aytib turing, men kirilçada yozaman, – dedim.
Ustoz divanga bemalol ötirib olib qoralamalarini öqiy boşladilar. Köçirib bölgaç, men baland ovozda hayajon bilan öqib berdim. Opa:
– Eşitganda aniq bilinar ekan, mana bu bandni oldinga oliş kerak, bunisini orqaga, – deya baʼzi bandlarning örnini almaştirdilar.
– Men ertaga sahar turib yana bir qarab çiqaman, keyin yana bir öqiymiz, – dedilar…
Ertalab işga ketayotib, Çimkent köçasidagi uylariga kirdim. Ustoz horğin, lekin juda baxtiyor edilar. Keça öqigan dostonga bir neça bandlar qöşilgan edi. Jumladan, birinçi öqiganimizda mana bu bandlar yöq edi. Bu betakror satrlar bugungi saharning – istiqlol saharining bergan imkoni tufayli dunyoga kelgan edi.
Hurriyat, keldingmi – nahotki kelding,
Pinhona soğindim, pinhona kuydim.
Yomğirga bağrini tutgan sahrodek –
Sening nasimingga qalbimni tutdim.
…Yodim siniqlari, qalq, ovoz beray
Qalqdi, yuragim, çida, ber bardoş,
Qaragin titroqda – hammasi jonli,
Qara, hammasining yuzi qontalaş…
Men bor ovozim bilan hayajondan titrab, közimda yoş bilan dostonni öqir ekanman, ustozning yillar davomida xotiralariga çökib yotgan, zamon tölqinlarida qalqib çiqqan armonlarining suvratini körardim.
…Aka, jonim akam – jondoşim akam
Oltmiş yil izimga qaytib, yiğlayin.
Böğzimda toş bölgan yöqlovlarimni
“Oh”larim eritar – aytib yiğlayin.
kabi satrlarni takror va takror öqirdim. Ança payt doston taʼsirida ötirdim.
– Bu dostonni nima deb ataymiz endi? – dedilar va özlari:
– Xotiram parçalari… – dedilar. Indamay qarab turgandim:
– Yöq. Xotiram siniqlari… – dedilar…
Sarlavhadagi “siniq” sözida jarohat ham bor, söz juda joyiga tuşgan edi.
“Xotiram siniqlari” köp ötmay matbuotda çop etildi. Doston samimiyati, insoniy dardning çin inʼikosi sifatida adabiy jamoatçilik, şeʼriyat muxlislari tomonidan juda iliq qarşi olindi. Va bu asar istiqlol tufayli hayrati, jasorati yana bir boş balandlagan Zulfiyaxonimning gözal imkoniyatlarini namoyon etdi. Ustozning tavallud kunlari poytaxtimizning “Turkiston” saroyida nişonlandi.
Opa tantana yakunida minnatdorçilik sözlarini şeʼrga uladilar.
Şeʼrdagi:
Sakson yil lovullab sönmagan ötman…
…Baxtim şul, özbekning Zulfiyasiman… satrlari u kişi hayotligida ham, keyin ham qança çiroyli davralarga boş söz böldi.
Dunyoda heç narsa mangu emas. Davrlar ötadi, köp narsa unutiladi, hatto, öz davrida yaxşigina vazifa bajargan asarlar ham qaçondir ohorini yöqotişi mumkin. Lekin xalq, millat oğriğiga, quvonçiga daxldor asarlar xalq va millat bilan birga yaşab qoladi. Ustoz Zulfiyaxonimning “Xotiram siniqlari” dostoni ana şunday ölmas asarlardan biri sifatida xalqimiz, kelajak avlodlar uçun ham qadrlidir.
Qutlibeka RAHIMBOYEVA
1952-yilda Toşhovuz şahrida tuğilgan. Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi. Farğona pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. «Uzun kunduzlar», «Uyğoniş fasli», «Ozodlik», «Köksimdagi Tangritoğ» kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan. L. Ukrainka, M. Svetayeva kabi şoirlarning asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 11-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


