(Hikoya)
Qahraton avjiga çiqqan kunlar edi. Oqsuvdaryo böyida otam Niyoz çöpondan qolgan qöra bor. Qiş oldi qöylarni öşa yerga haydab tuşgandim. Odatda suruvni Söqori toğlarida boqaman. Erta bahordan to keç kuzgaça toğdan beri kelmayman. Köçar çöponni kimdir yöqlasa, toğdan izlasin. Xotinim Dildoraga şunday deb tayinlayman. Ha, endi çöpon-çöliqning hayoti şunday bölar ekan-da. Qiş payti toğlarga qor köp tuşadi. Xudoning bergan kuni yoğaveradi-da. Qalin qor ostidan qöylar ozuqa topib yeya olmaydi. Otamiz şuni bilgani uçun Oqsuv böyiga, töğriroği, daryodan bir neça çaqirim beriga qöra qurgan edi. Qöra biqinida toşqoloq qöton ham bor. Içkari issiqlik qilsa, qöylar qötonga çiqib oladi. Sovuq paytlari esa, aksinça, hammasi içkariga kirib ketadi. Biz havo haroratini şunga qarab tusmollaymiz. Xullas, özi bilan özi ovvora bölib yurgan odamlar edik. Tavba, birov bilan işing bölmasa ham, birovning sen bilan işi bölar ekan. Buni qanday ataş mumkin, bilmadim. Balki körolmaslikdir, yana kim biladi deysiz?! Köçar çöponning ming qöyi bor, meniki yöq, deyişsa kerak-da?! Fermerlik harakati boşlangandan buyon, bilasizlar, hamma yerlar egalik bölib ketgan. Söqori toğlarida ham hozir böş yerning özi yöq. Odamlar özlariça çegara qilib olişgan. Mavsumga qarab xiylagina haq tölab qöylarni şu yerlarda boqamiz. Buni töğri tuşunamiz. Öşa yerlarni olgan odamlar ham davlatga soliq tölaydi axir. Lekin daryo böyi, bilasizlar, bu boşqa masala. Bu joylar irrigatsiya hududlari. U yerlarni istalgan paytda sel olib ketişi mumkin. Davlat bunday joylardan soliq olmaydi. Bu töğri ham, çunki, sel olişlar bilasizlar, unda-munda takrorlanib turadi. Şuning uçun bu yerlarga miroblar belgilangan. Köpçilikka maʼlum, Oqsuvdaryoning yuqori tarafida ham, örmon ortidagi qişloq tarafda ham uç-törtta kanal bor. Toşqin paytlari şu kanallardan suv toşişi mumkin. Miroblar şuning uçun ham bu yerlarda juda kerakli odamlar hisoblanadi. Şunday miroblardan biri biz tomonga kelib qoldi. Uni goh Azim mirob, goh Azim qorovul deyişardi. Közi içiga botgan, ösiqqoş, sersoqol, pismiqroq odam edi. Pismiqdan qörq deb xalq töğri aytgan ekan. Şu odam menga negadir yopişib oldi. Sirasini aytganda, mening u bilan işim yöq edi.
Qöylarni Söqori toğlaridan daryo böyidagi qötonga haydab tuşgandim. Özim bu yoqda, qöton yonidagi vagonda yaşayman. Xotinim va bolalarim bu yerga tez-tez kelib turişardi. Har holda, Söqori toğlaridan köra, bu yer uyimga yaqinroq edi. Bahordan kuzgaça qöylarni boqişadigan ikki çöliqqa qişda javob berib yuborardim. Çunki öğillarim va xotinim bu vaqtda menga qaraşib turişadi. Yoğinsiz kunlari qöylarni daryo böyidagi yaylovga qöyib yuboramiz. Qor tuşgan kunlari esa yozda ğamlab qöyilgan xaşaklardan qöraning içiga taşlaymiz. Xullas, jonivorlarni oç qoldirmaslikka harakat qilamiz.
Öşa kuni osmonning qovoği soliq edi. Aftidan, keçga yaqin qor yoğsa kerak. Qöylarni qöraga qamab, vagonda issiq çoy içib, kitob öqib ötirardim. Bir mahal itlar akillab qoldi. Jonivorlar biror qorani körmasa, özidan-özi hurmaydi. Taşqariga çiqdim. Qarasam bir kişi turibdi. Qöra atrofidagi simlarga boğlangan itlar unga qarab hurişardi. Kimsa meni köriboq döq urdi:
– Itlaringizga qarasangiz bölmaydimi?..
– Qörqmang, boğlangan. Yeçilmaydi.
U kelib men bilan salomlaşgan böldi. Biror iş bilan kelgandir deb içkariga, vagonga taklif qildim. U atrofga alang-jalang qilib kirarkan:
– Men sizga bir gapni aytib qöyiş uçun keldim. Meni tanisangiz kerak-a?..
– Közimga biroz issiq körinayapsiz-u…
– Unda tanişaylik, – menga qölini uzatdi u. –Azimman. Yuqori kanalda mirobman.
– Men Köçar çöponman. Otamiz Niyoz çöpon qöylarini toğdan Oqsuvdaryo böyidagi mana şu otarga köçirayotgan mahal onamni dard tutib qolib men tuğilgan ekanman. Şunga ismimni Köçar deb qöyişgan. Meni Köçar çöpon deb çaqiravering. Xafa bölmayman. Men ham sizni mirob deb ötirmay, oddiygina qilib suv qorovul deyman. Nima dedingiz?..
– Menga qarang, – dedi u yuzi tirişib. – Men siz bilan hazillaşiş uçun bu yerga kelganim yöq. Suv qorovulligingizga tupurdim, men mirobman. Siz bilan jiddiy bir masalada gaplaşib olmoqçiman.
– Könglingizga tekkan bölsam, uzr, – dedim men. – Xöş, nima ekan öşa jiddiy masalangiz?
– Özingizdan qolar gap yöq, – dedi böğiq bir tovuşda u. – Siz qöra qilib olgan bu joylar suv xöjaligi boşqarmasiga qaraydi.
– Xöp, buni bilaman.
– Bilganingiz uçun otangizga rahmat, ammo siz bu yerlardan, bilişimça, köp yillardan buyon qöton sifatida foydalanarkansiz?..
– Bu yerni otam Niyoz çöpon qurgan. Taxminan öttiz-qirq yillar oldin. Toşloq bir joy bölsa, şu yerni qöra qilganmiz-da…
– Lekin şunça yillardan buyon bu yerlardan tekin foydalanasizlar. Birov pişagingizni pişt degani yöq.
– Menga qarang, – dedim qizişib, – siz menga qonunni örgatmang. Çöpon bölsam ham, qayerdan tekin, qayerdan pullik foydalanişni juda yaxşi bilaman.
Azim mirob ham xezlandi.
– Indamaganimga ovozingizni kötarib qörqitaman, deb öylamang. Bu yerlarga hozir men xöjayinman. Agar istasam, qöra-pörangizni buzib, ertagayoq qöylaringiz bilan bu yerdan çiqarib yuboraman.
– Menga qarang, nimalar deyapsiz? Şu paytgaça bizga heç kim daxl qilmagan. Sizning maqsadingizni tuşunmayapman.
– Keling, yaxşisi kelişa qolaylik, – dedi Azim mirob kutilmaganda. – Menga har mavsum uçun ikkita qöy berasiz. Şunda sizni tinç qöyaman.
Uning borib turgan sulloh va muttahamligini körib qonim qaynab ketdi. Özimni tutolmay qoldim. Mirobning quloq-çakkasiga şapati tortib yubordim. U ham menga taşlanib qoldi. Surbetlik qilgani yetmaganday, yana menga qöl kötargani hammasidan oşib tuşdi. Ablahni xumordan çiqqunça urdim. Axiyri menga kuçi yetmasligini tuşunib qoçib qutuldi. Endi mendan uzoqroq yursa kerak deb öylagandim. Lekin ustimdan militsiyaga şikoyat yozib beribdi. Özi esa kasalxonaga yotib olgan ekan. Bir kuni meni söroqlab militsiya xodimlari kelib qolişdi.
– Qölingizga zanjir taqaylikmi, yo öz oyoğingiz bilan borasizmi?
Xotinim va öğillarimni çaqirtirib, qöylarga köz-quloq bölib turişni tayinladim-da, militsiya xodimlarining maşinasiga çiqib ularning idorasiga bordim. Azim mirob bilan örtamizda bölgan vaziyatni imkon qadar tuşuntirişga harakat qildim. Bir Qutboy degan kapitan bor ekan. Boşliqlari bölsa kerak. Öşa kişi aytdi:
– Köçar aka, sizni yaxşi tuşundim. Ammo Azim mirobga tan jarohati yetkazilgan. Uning burnini sindirgansiz. Sizdan pora söragan bölsa, nega qonunga murojaat qilmadingiz?
– Ha, endi jahl çiqqanda, aql ketadi-da.
– Siz xato qilgansiz, – dedi Qutboy. – Azim mirob ustingizdan ariza taşlagan. Sizni ön beş sutkaga qamaşga majburmiz.
Men nima ham derdim. Qança tuşuntiray, foydasi bölmadi. Ön beş sutka ötirib çiqdim. Men yöq paytda xotinim va bolalarimning rosa bölari bölibdi. Mingta qöyga qaraş oson deysizmi?..
Lekin bu hali hammasi emas ekan. Azim mirob menga qasdlaşib qolibdi. Men buni keyin bildim. Yöq vaqtimda yuz bergan muhim voqealardan biri, ikkita itimning birdaniga ölib qolgani böldi. Bittasi ölganda, ha, endi biror baloga yöliqqandir-da deb öylardim. Ikkita it nobud böldimi, demak bu yerda bir gap bor. Mening fikrimça, itlarimni kimdir zaharlab öldirgan. Endilikda birgina itim qolgani uçun yanada sergak bölişim lozim edi. Albatta, itlarim öldirilişida öz-özimdan Azim mirobni ayblay olmasdim. Biroq uning qasdlaşib qolgani rost ekan. Uni döpposlaganim mirobga qattiq alam qilgandi. Ön beş sutkaga qamalganim ham xumorini bosolmagan. U qanday qilib bölmasin, özi miroblik qiladigan hududdan meni köçirtirib yuborişni maqsad qilgan ekan. Ammo buni na aql, na kuç bilan qila olişiga qurbi yetmasligini sezgan. Şuning uçun mendan börilar vositasida öç oliş payiga tuşadi. Qanaqa qilib deysizmi?! Buning yöli oson. Oqsuvdaryoning narigi sohili örmon bilan tutaşgan. Örmonda nima köp, böri köp. Ayniqsa, qiş paytida ovga çiqsangiz, nuqul böriga duç kelasiz. Örmonga qor tuşgan paytlari börini izidan ham topib olasiz. Azim mirob ham şunday qilgan. Uni qişloqdagilar miltiqdan yaxşi otar ekan deyişgandi. U börilar bilan mening qöramga hujum uyuştirmoqçi böladi. Itlarimning zaharlab öldirilişi ham şu maqsadda amalga oşirilgan. Azim mirob örmonda uçta böri bolasini otadi. Keyin öldirilgan böri bolalarining ikkitasini keçasi mening qöram oldiga olib kelib taşlaydi. Buni tirik qolgan yolğiz itim sezib akillaydi. Men taşqariga çiqib qaradim. Ammo heç narsani sezmadim. Itimni har ehtimolga qarşi zanjirdan böşatib yubordim. Keçasi bilan ğingşib çiqdi jonivor. Uning bunday odati yöq edi. Öşa tun ertalabgaça mijja qoqmadim. Ertalab çiqib atrofni kuzatsam, qöra orqasida ikkita böri bolasi ölib yotibdi. Hayron böldim. Yaxşilab qarasam, bittasining oyoğida boğloğlik sim ham bor. It hurib qolgani tufaylimi, yo qörquv sababmi, bu işni qilgan odam simni yeçib olişga ulgurmagan. Itim qor ustida ölib yotgan böriçalarni hidlab körardi. Men ham ularga yaxşilab razm soldim. Şunda böri bolalari miltiqdan otilganligini payqadim. Vagondan belkurak olib çiqib, ularni qöradan uzoqroqqa olib borib kömdim.
– Endi bu yerlar yana ham xavfli bölib qoldi, – dedim bolalarimga. – Ehtiyot bölinglar, böriçalarning ota-onasi endi bizdan öç olişi mumkin. Ular bolalarining öligini qöramiz atrofida körgan bölsa, aniqki, bizga zarar yetkazmasdan qöymaydi.
– Buni kim qilgan bölsa ham, yomonligi özining boşini yesin, – qarğandi xotinim.
Tuşlikni vagonda birga qilganimizdan söng, ularni qişloqqa yetiş joyigaça kuzatib qöydim. Oyoğing ostidagi qor ğarç-ğurç qiladi. Osmon qovoği soliq. Hamma joy qor bölgani uçun qöylarni taşqariga çiqarmadim. Qöton taşqarisida ğaram qilib bosib qöyilgan bedalardan ellik-oltmiş boğ olib içkariga taşladim. Qöylar beda bilan andarmon bölib qolişdi. Taşqaridan qöraning oçiq sahnidan oqib ötadigan ariqni oçib qöydim. Suvsagan qöylar çanqoğini qondirişdi. Şunaqa işlar bilan band bölib keç tuşganini ham sezmay qolibman. Taşqarida, itga ovqat berayotganimda yirik-yirik laylakqor yoğa boşladi. Daryo tarafdan sovuq şamol esdi. Sovuqdan qoçib özimni vagonga urdim. Doimo tokka ulangan holda turadigan elektr peç vagon içini issiq saqlardi. Issiq elitib uxlab qolibman. Allamahalda it hurganidan çöçib uyğondim. Xotinim tuşlikda qilib bergan ovqatdan qozonda bor edi. Dasturxon töşab, ovqatni isitib içdim. It yana ğingşiy boşladi. Taşqarining çiroğini yoqdim. Derazadan atrofni kuzatdim. Çiroq yoruğida qor yoğayotganligini aytmaganda, atrof deyarli jimjit tuyulardi. Ammo könglim tinçimadi. Miltiqni olib taşqariga çiqdim. It akillagança yonimga keldi. Qöradan unça uzoq bölmagan joyda, qoronğulikda, közlari yongan jondor men tomonga qarab turardi. It bekorga ğingşimayotgan ekan. Öqlangan miltiqni otişga çoğlagan holda, itni oldimga çorlab mudofaaga hozirlandim.
– Qoplon, beri kel!
It oldimda dumini likillatgança ğingşirdi. Biroq jondorlar örnidan qözğalmay turardi. Ularning ikkita ekanligiga şubham yöq edi. Men ortga tisarilgança, vagonga çiqib oldim. Öşa yerdan börilarni kuzatib turdim. Bir muddat ötmay ular közdan ğoyib bölişdi. Har holda, ularning men tomonga boqib turgan qizğiş közlari körinmay qoldi. Vagon eşigini yopib derazadan taşqariga qarab yotdim. Uxlab qolmaslik uçun xotinim tuman kutubxonasidan olib kelib bergan kitoblardan birini davomidan öqiy boşladim. Öqiy turib közim ilinibdi. Bir mahal, juda kuçli çinqiriqdan közlarimni katta-katta oçgança uyğonib ketdim. It vagon oldida ğingşigansimon akillardi. Örnimdan turib şoşilinç kiyimlarimni kiydim. Çoponni yelkamga ilib, miltiqni tutgança taşqariga çiqdim. Ammo çinqirgan ovoz qanday tez eşitilgan bölsa, şunday tez jimib qolgandi. Ovoz egasi, nazarimda mening ismimni aytib çaqirgandi. Balki xayolimda şunday tuyulgandir deb öyladim. Çamamda bu ovoz menga qandaydir taniş edi. Bir muddat taşqarida turarkanman, etim sovuqdan junjikdi. Laylakqor esa endi yoğişdan töxtagandi. Men vagonga qaytib kirdim. Miltiqni joyiga osib, yeçinib uxladim. Şu uxlagança, ertalabgaça toşdek qotibman. Bir payt, vagon eşigini kimdir betinim taqqillatayotganidan uyğonib ketdim.
– Kim u?
– Otasi, men Dildoraman, – taşqaridan xotinimning taniş ovozi eşitildi.
Vagon eşigini oçdim. Dildoraning rangida rang qolmagandi. Uni içkariga kiritar ekanman:
– Dildora, sovuq qotdingmi? – dedim. – Ertalabdan nega kelding?..
– Otasi, – dedi u zörğa. – Keçasi bilan aloq-çaloq tuşlar körib çiqqandim. Şuning uçun sizdan xavotir olib yölga çiqqandim. Anovi yoqda bir odamning burdalangan jasadini körib qörqib ketdim. Uning yonida böri bolasining öligi ham yotibdi…
Xotinim yiğlab yubordi. Bu gapni eşitib mening ham yuragim qinidan çiqib ketgandek böldi.
– Dildora, nimalar deyapsan? – şoşib qoldim men. – Qayoqda?..
Dildora meni öşa joyga boşlab bordi. Ne köz bilan körayki, oqşom yoqqan laylakqor ustida Azim mirobning böğizlangan jasadi yotardi. Yonida esa, oyoğiga sim boğlangan böri bolasining pajmurda tanasi…
– Bu kimning işi, otasi? – söradi xotinim mendan.
– Börilarniki, – dedim men dirdiragança. – Ular bolalari uçun öç olişgan.
Xotinimga oqşom mahali quloğimga çalingan çinqiriq haqida aytib berdim. Dildora mirobning jasadiga qarab batamom esankirab qoldi. Uni yelkasidan tutgança vagonga olib bordim.
– Sen şu yerda qöylarga köz-quloq bölib tur. Men bir joyga borib kelaman.
– Qayoqqa borasiz? – söradi xotinim.
– Militsiyaga, – javob berdim men. – Bölgan voqeadan ularni xabardor qilişim kerak.
– Buni sizdan körişsa-çi? – xavotir oldi xotinim.
– Sen qörqma. Hammasi joyida böladi.
Xullas, militsiyaga borib bölgan voqeani aytib berdim. Kapitan Qutboyning şaxsan özi tegişli odamlari bilan yetib keldi. Atrofni tekşirişdi. Töğri, bizdan ham şubhalanişdi. Xotinim va mening qöl izlarimizdan ekspertiza uçun nusxa olişdi. Men militsiya idorasiga borib bir neça marotaba tegişli körsatmalar berdim. Xudoga şukr, aybimiz yöqligi maʼlum böldi. Kapitan Qutboy meni kuzatib qöyarkan, şunday dedi:
– Köçar aka, kördingizmi, haqiqat baribir qaror topadi. Qonun bor-da…
– Ha, şunday şekilli, – dedim men.
Mana şunga ham ança böldi. Börilar bizni boşqa bezovta qilişmadi. Men esa hali ham toğda qöy boqib yuribman. Oqsuvdaryo böyidagi qöra ham turibdi. Borsangiz, bir qöy söyib beraman. Tandir kabob qilamiz. Mehmon bölib ketasizlar. Yaxşi niyat bilan borgan odamga eşigimiz hamişa oçiq…
Şyerzod Xalil
1982-yilda Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida tuğilgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan. Hikoyalari respublika matbuotida çop etilgan.
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 11-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


