* * *
umrimning har lahzasin
ölçab borar vaqt
daqiqa sayin
soniyalar keçadi
öngu sölimdan
odimma, odim…
* * *
odim otarkan
bölib boraman
yölni ikkiga
ortda qolar vaqt
daqiqa sayin
sollagança qöl…
* * *
otlanaman çoğlab
özimni yölga
garçi
yurgan sari
uzayadi yöl
qisqaradi
tobora umr
* * *
noming keçadi
qay bir qöşiqda
biroq
sado beradi
mening qalbimda
yangragan köyi duk-duk…
* * *
vaqt senga kerak
sen vaqtga emas
işi yöq vaqtning
taşvişing bilan
oğrimas boşi
* * *
bari senga oid
sen tufayli barçasi
ostin çizgan jumla –
satrlarimning
* * *
şeʼr – tark etib har tong
keça tağin
qaytgan uyimiz
sira keça olmagan…
* * *
uxladi deb öylarsiz balki
yöq tuş körmoqdaman
öngim davomin
* * *
ayt
yetaklay qayon
sensiz böm-böş yurakni
***
bilmadim
bularni senga aytişning
hojati bormi
bor bölsa aytay
na zamon
na makonni tanlar
kelsa gar ilhom
xabar olgani çiqar göyo tong otib
har sahar bizdan
deraza oşa…
***
şeʼr bitarkan yo
irod etarkan nutq
aytarkan yo dabdurust
yo aylar işora
çarxlayman obdon
fikr damini
misli bir qiliç
yalt-yult porlagan
***
şeʼr mixlab qöyar bizni xonaga
çiqib köring-çi
qöyarmikan dard
nafas olmoqqa
kötarmoqqa boş
* * *
şaxmat donalari kabi
tizaman-da harflarni
oldinga suraman söng söz
fikrlarimni
garçi bunda
ortga qaytmoq yöq
* * *
sözlar mening közgumdir
boqib töymagan…
* * *
siğarmi bu tun
oyning yarim köngliga
* * *
şimoliy qutbdaman
har yonim janub
* * *
hayot öyinin boşlagan menman
bitirgay mamot
* * *
yolğiz yolğiz emas
soyasi bor uning ham
* * *
isteʼfoga çiqar şom
quyoş tonggaça
* * *
yetib bölarmi tongga heç uyğoq
soqit qilmay boşdan uyquni
* * *
nima qöysam ekan şeʼr –
dardim otini
* * *
ha yot emassan menga-da Hayot
Şermurod SUBHON
1966-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)da hamda Istanbul universitetida tahsil olgan. “Özbek modern şeʼriyati” bayozi (hammualliflikda), “Sokin söz suvrati” şeʼriy töplami, “Şeʼriyat iqlimi” nomli ilmiy maqolalar va tarjimalar kitobi çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida