3 daqiqada öqiladi

541 marta körilgan

Xalqning umrboqiyligi – uning tili bilan

Çingiz Aytmatov

Çingiz Aytmatov xulosalaridan

Uluğ qirğiz adibi. “Birinçi muallim”, “Erta qaytgan turnalar”, “Yuzma-yuz”, “Sarvqomat dilbarim”, “Somon yöli”, “Momo yer”, “Alvido, Gulsari”, “Oq kema”, “Sohil yoqalab çopayotgan olapar”, “Qiyomat”, “Asrga tatigulik kun”, “Kasandra tamğasi”, “Qulayotgan toğlar” kabi asarlari maşhur. Kitoblari adadiga köra, dunyoda eng sevib öqiladigan ön adibning biri.

Yozuvçi Özbekiston Respublikasining “Döstlik” (1995), “Buyuk xizmatlari uçun” (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.

* * *

Döst yomon kunda bilinadi, deyişadi. Menimça, ularning qandayligi yaxşi kunda ham bilinadi.

* * *

Juda köp odamlar kasalliklar sababligina emas, özlarini aslidagidan köra uluğroq körsatiş degan dardi bedavodan halokat topadilar.

* * *

Oşqozon miyadan aqlliroq. Çunki u qayt qilişni biladi. Miya esa har qanday çiqindini qabul qilişi mumkin.

* * *

Muhabbat bu – özingni boşqa odamda yöqotişdir.

* * *

Ernest Heminguey menga bolaligimdan katta taʼsir körsatgan… Jahon adabiyotidan Markes, Joys va Prust ijodimga yaqin. Özimizning yozuvçilardan esa – Fozil Iskandar.

* * *

Xalqning umrboqiyligi – uning tili bilandir.

* * *

Elçilikni köpçilik ayyorona iş deb tuşunadi. Yöq, men hamişa oçiq-oşkora, samimiy yöl tutaman. Agar qinğirlik yöqligini, köngil tozaligini his qilib tursa, odamlar sizga albatta işonadi. Menimça, insoniy va diplomatik aloqalar örnatişimda menga aynan şu sifat juda qöl kelgan.

* * *

Katta adabiyotda umrboqiy mavzular aks etişi kerak.

* * *

Çinakam öquvçi kitobni qöliga olgaç, özini kaşf etadi, özidagi ilohiy isteʼdodni  – hamdardlik, odamiylik isteʼdodini yuzaga çiqaradi. Agar baʼzi-baʼzida şu hol yuz beradigan bölsa, demak, kitob öz işini bajaribdi – boşqalarning fikri, tuyğusi, orzusi va xatti-harakatiga aylanibdi. Demak, u öquvçilarning intiliş va irodasi bilan nimalardir qila oladi – xalq, hayot va dunyoni yaxşi tomonga siljita biladi.

* * *

Uluğ adiblarning asarlarida katta kuç bor. Ularni oçarkansan, ular ham sendagi qirralarni oçadi.

* * *

Ommaviy madaniyat qançalik kuç-qudratli bölsa, unga şunçalik jiddiy qarşi kuraşiş kerak. Bunga yangi badiiy qadriyatlarni yaratiş va borlarini asrab-avaylaş bilan erişiladi.

* * *

Har bir yangi egallangan til har qanday odamning bebaho boyligidir.

* * *

Men barçaga – ğarbliklarga ham, şarqliklarga ham birday taalluqli mavzularga qöl urişni istayman.

* * *

Totalitar şaroitda qalb çanqoğimizni mutolaa qondirdi, oğriqlarimizga malham böldi.

* * *

Ideal ayol deganda men hamişa ziyolilik darajasini birinçi öringa qöyganman. Aqliy salohiyatini ham, albatta. Umuman, ideal bosqiçma-bosqiç, uzoq va köp sonli kuzatişlar asosida şakllanadi.

* * *

Real hayotda sevgi-muhabbat munosabatlari yöq bölişi mumkin. Ammo uning fantaziyamizda, tasavvurimizda borligi katta ahamiyatga ega. Albatta, bu ijod uçun ham katta turtki beradi.

* * *

Zamonaviy jamiyat öta mört. Hamma narsa universallaşayotgan globalizatsiya zamonida milliy madaniyatlar juda köp jabhalarda imkoniyatini boy beryapti. Bu manqurtlikka olib kelişi mumkin. Barça milliy madaniyatlar bitta totalitar ommaviy madaniyat siquvi ostida qolişi ehtimoli bor. Demokratik tamoyillar bizni taraqqiyotga olib boradi va qörquv-xavotirlar amalga oşmaydi, deb umid qilaman.

* * *

Tez olovlanib ketişdan, birovni ayblaş va janjal kötarişdan özimni tiyaman. Doim oğir-bosiq bölişga intilaman.

* * *

Deyarli har bir asarimda mifologik mavzularga murojaat qilganman. Çunki u juda boy manbadir.

Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)