(Hikoya)
* * *
Uşbu hikoyada ön bir yoşli bolaning futbol böyiça jahon çempionatining final matçi ötkazilgan kun – 1954-yil 4 iyulda könglidan keçirgan his-tuyğulari qalamga olingan. Germaniya terma jamoasining venger futbolçilari ustidan qozongan kutilmagan ğalabasi hikoya qahramonini tölqinlantirib yuboradi, unda Vatanga muhabbat hamda faxr-iftixor tuyğularini uyğotadi.
Men jahon çempioni bölgan yakşanba, xuddi odatdagi yakşanbalarga öxşab boşlandi: jom sadolari meni uyğotib, tuşlarimni ham uzuq-yuluq bölib yubordi, noğoraning ikkala tarafiga ham daranglab zarb urilganidan quloqlarim qomatga kelib, butun tanam zirqirab ketdiki, noiloj devor tarafga ögirilib oldim. Butxona minorasi men yotgan karavotdan unça uzoq bölmagan joyda edi, bunda na adyol, na boliş yordam beraolar, jom sadolari derazalaru eşiklar, darçalar va devorlar oşa ötib, xonani töldirib yuborar, çiroqlar, oynalar, közgularni zirillatar, garçi qönğiroq sadolari butun qişloq, vodiy va çor-atrofdagi örmonlarni ham kömib yuborayotgan bölsa-da, baribir mening quloqlarimdan boşqa joy qurib ketganday, nuqul ular atrofida aylanişar, har qanday şovqin-suronni bosib, har qanaqangi fikrni çippakka çiqarişdan boşqa maqsadlari yöq edi göyo. Yuqoridan quyiga qarab taralayotgan oğir, vazmin, kuçli zarbalar menga kelib urilar, tepalik manzarasida közim ilğagan muallaq vaznsiz, quşday yengil bir siymoning xira, tussiz qiyofasini betinim yulqilar, şovqin-suronlar uni ayamay mayda-mayda qilib parçalar, göyoki biron-bir man etilgan narsa, biron-bir nozik nimarsa göyoki kuç bilan miyamdan çiqarib, suğurib taşlanişi lozimdek körinardi.
Ertalab soat yettida çalingan qönğiroq sadolari yakşanba ekanligidan darak berardi, ön beş daqiqa mobaynida ular izmida qoldim. Biroq men norozi bir kayfiyatda ğoyib bölayozgan suratlarni eslab qolişga urinardim, menimça, öşa yengil şarpa, ehtimol qiz bolaning surati edi, uning yonida, dengizda bobomni ham körganday böldim, u özinning suvosti kemasisiz, qöllarini havoda silkib turardi. Bilmadim, uning uçun biron-bir xavf tuğilganmi, balki şuning uçun u meni yordamga çaqirganday böldimi, harholda film uzilib, kadrlar öçgan, men bölsam quruqlikda edim, meni uyğotib yuborişgandi.
Men endi öşa özimga taniş şovqin-suron, tös-töpolon uzra engaşib, muqarrar bir holatga bardoş berib, birin-ketin yangrayotgan oğir, vazmin, salmoqdor uçtovuşlikdan lazzatlanişga, musiqaga öxşaş bir nima, metallar jarangining ohangimi yoki loaqal vazn, marom, maqommi, şunga öxşaş nimanidir kaşf etişga urinardim. Katta jomdan çuqur ohang asta-sekinlik bilan taralar, kiçigi esa tez, yangroq jaranglar, örtadagisi jiddiy, tiniq, murosasozlik ohangiga moyil ovoz çiqarardi, uççala tovuş betinim, birin-ketin va ayni paytda dam özgaruvçan, dam hatto sanasa böladigan darajada ketma-ketlik bilan yangrardi. Menga qolsa, hozir meni behuş qilsalar-u, kötarib olib ketsalar, tovuş tölqinlari uzra öşa, oçiq dengizda, ummondaligiga qaramasdan mundir(libos)i höl bölmagan bobom ortida, köm-kök manzara ortiga singib ketgan öşal qiz ketidan suzi-ib ketsam… Lekin bir maromda yangrayotgan jom sadolari taʼsirida suratlar tinimsiz tebranar, çayqalar, ularga monand men ham tebranardim, ammo baribir, tuşimning davomini yöqotib qöydim, uni tiklaşga qançalik urinmay, köm-kök ufq bağriga singib, közdan ğoyib bölgan ul çehrani, dengizda, ummon bağrida turgan bobomni afsuski qutqara olmadim.
Menda faqat birgina imkoniyat bor edi: u ham bölsa, öz boşimdan ötkazayotgan hamlaga öxşaş keçinmalarga könikiş edi. Endi men yuqorida, minora tepasida bölişni xohlardim, u yerda mendan köra kuçliroq, ikki yo uç yoş kattaroq, çerkov ahli qatoriga qöşilgan ösmirlar ibodatxona yuqorisidagi jom çalinadigan joyda turib olişib, uççala qönğiroq arqonlarini birday tortişar, şu tariqa derazalarni zirillatib, butun qişloqni uyğotişardi, qönğiroq ovozlari esa tovuşlar tölqinlariga aylanib, uzoq-uzoqlarga ketardi. Men xuddi öşa joyda – yuqorida bölişni istardim, u yerda şamol oçiq derazalarning ravoqlaridan, şinak va tuynuklardan ğuvillab kirardi, men endi şovqin-suron izmiga berilişdan köra uni özim yuzaga keltirişni maʼqul körardim. Xavf-xatarga töla tom tösinlari, zinapoyalar va narvonlar, çang bosgan, tebranib turgan qirrali yoğoçlar uzra hayajonga tölib turgan köyim arqonlarni birga tortişa boşladim. Avvallari ham, gohi-gohida şanba oqşomlarida, töy-haşamlarda yoki dafn marosimlarida qönğiroq çalişib turardim. Dağal devor toşlari orasidan pastga – omborxonalarning uzun tomlariga, uylarning qizğişrang çerepitsa(tomga yopiladigan sopol – tarj.)lariga, kulrang yoxud qoramtir, qönğir tusli faxverk (sinçli) inşootlarning tösinlari orasidagi oqişrang suvoqli naqşlarga nazar taşladim, şu köyi hovlilar va boğlar böylab kezindim, ayni paytda esa bor kuçim bilan dam bu, dam boşqa arqonga yopişib torta boşladim, göyoki zirillab, dirillab turgan tebranişlar va çayqalişlar bilan özimni özim zörlab, majburan murosaga keltirmoqçi bölardim, göyo qönğiroqlar özim bilgan, udda qila oladigan asboblar bölib tuyulardi şu damda.
Bir neça lahzalar davomida quloğimga ovozlar uyğunligidan boşqa heç narsa kirmay, yuqorida – qönğiroqlar izmida turib qoldim. Söngra jom tovuşlariga qöşilib, uçi-ib ketdim, ostimda uç qavatli mehmonxona joylaşgan köça çorrahasi, musofirxonadagi “çanqasang, pivodan yaxşi narsa yöq” deb yozilgan reklama lavhasi közga taşlanar, men esa traktor mingan odamlar, sut bidonli ayollar, ot-ulovlar, yuk ortilgan aravalar va sigir podalari ustidan uçib ötib, endi örmonlar tomon parvoz qilardim, ostimdagi odamlar tobora kiçrayib borişar, ularning qadamlarini qönğiroq sadolari ostida kuzatib borardim. Şu damlarda könglimda kötarinki, olijanob his-tuyğular tuğyon urar, meni heç kim körmayotgan bölsa-da, göyo men hamma narsalarni körib turganday va qönğiroq zarbalarining bir maromdagi qatʼiy daʼvatlariga oz bölsayam quloq solib, rozi bölişga, yuqoridan kelayotgan jomlar şovqini-yu gumbur-gumbur qilayotgan qudratli kuçni otalarça boşimni silayotgan himoyadek qabul qilişga-da tayyor edim. Bu hissiyot birdan yana özgarib, jurʼatsiz zardaga aylandi-yu, meni öz öy-xayollarimdan uzoq-uzoqlarga olib ketdi va men şunda qönğiroq sadolarida ham unisi, ham bunisi – zöravonlik va xayrixohlik, şapaloq va musiqa mujassam ekanini anglab yetganday böldim.
Qönğiroqlarning osilçoğ tillari beqaror bora-kelarkan, yoqimsiz ravişda uni pasayib, katta jomning sönggi, past, kuçsiz çalingan ovozi havoga singib, oxirgi dirillaşlar ham quloqlarimni tegar-tegmas siypab ötgaç, bir oz yengil tin oldim. Bu ovozdan yana boşqa bir sado sirğalib çiqib yangrar, özimga qolsa, uning uzoqroq yangrab turişiga ham jon deb rozi bölardim, çunki kuçli gumburlagan ovoz bora-bora pasayib, şovqin-suron esa sukunatga singib ketmoqda edi va bu sukunat oğriqdan sönggi rohatbaxşlik singari yoqimli edi.
Uyqu aralaş kerişib, yonboşimga ağdarilib olmoqçi böldim, şu damda meni bitta savol hamon qiynardi: bobom haqiqatan ham suv yuzasida Isoga öxşab, özi sayr qilib yurganmikin yo atay mening qutqarib olişimni kutib turganmikin?.. Ön bir yoşga kirgan bölsam-da, hamon suzişni bilmasdim, şunday bölgaç, uçinçi rang kapitanini qutqarişga menga yöl bölsin, lekin ehtimol, tuşimda balki ğoyibdan favqulodda kuç-qobiliyat ato etilarmidi… Endi u surat, öşa manzara ortiq qayta takrorlanmadi, qönğiroqlar barçasini çil-parçin qilvorgan edi. Asta tonggi sukunatga quloq sola boşladim: qaldirğoçlar va çumçuqlarning çuğur-çuğuriga qöşilib, hozirgina qönğiroq çalgan va bir-birlari bilan hamon yonma-yon turgan ösmirlarning ovozlari butxona eşigi tarafdan hovliga baralla eşitilib turardi. Garçi ularni körmayotgan bölsam-da, kimligini va taxminan neça kişi ekanliklarini ham sezib turardim, ayrimlarini hatto ovozlaridan tanirdim. Otamning ular bilan gaplaşib, hazil-mutoyiba qilgani, söng horğin kulişib, tarqalişgani eşitildi.
Men pastga şönğidim va uyqumni izlay boşladim, biroq öngimda özi menga nima yetişmayotibdi-yu uyqu orasida nimani izlayotganimni özim ham bilmasdim. Barça şovqin-suronlardan qoçib, körpaga burkanib oldim-da, oyoqlarimni uzatdim, boşim ham bolişga singib ketganday böldi. Men bilan bir xonada yotgan ukam ham uyqusini yöqotgan şekilli, örinda u yondan bu yoniga ağdarilardi. Unga indamay, iliqlik, yoqimli bir harorat sari qaytadan singib, jomning ön beş daqiqalik şovqinidan söng asta-sekin özimga kela boşladim. Bunga sabab çarçaganim emasdi, balki bunday kam uçraydigan baxt-omadli daqiqalarning köproq, uzoqroq davom etişini xohlardim. Fursatdan foydalanib, ozgina vaqt bölsa ham, heç kimning tazyiqiga, qatʼiy, talabçan nigohiga röpara bölişni istamas edim.
Bugungi yakşanba men uçun haftaning şunday bir yagona kuni böldiki, meni ertalab barvaqt soat oltida uyğotişmadi, bu şunday bir yagona kun böldiki, bugun meni oyimning sergaklantiruvçi, “u” bilan “o” bir oz çözib, urğu berib talaffuz etiladigan “Guten morgen!”* degan ovozi emas, balki qönğiroqlarning şovqin-suronli sadolari uyğotib yuborgandi. Bu şunday bir yagona kun böldiki, bugun men nonuşta paytidayoq lotin tili yoki matematika hamda oldimda ulkan tösiq bölib turgan maktabga boriş dahşatlarini, sözlarni yaxşi yodda saqlayolmaydigan va hisob böyiça ham noçor bölgan xotiramni, yarim tuşunarsiz formulalarni, yaproq hamda jigar yösini orasida böladigan farq haqidagi çala-yarim qoralamalarimni yoxud biologiyaga bölgan ters xotiramni öylamasam ham bölaverardi. Bugungi kun haftaning şunday bir yagona kuni böldiki, bugun men şundayin bir kaşfiyot oldida özimni bir qadar himoyalanganday sezdim, şunga köra barça narsada özimning qançalik zaif va noqobil ekanligimni, bu dunyoning barça savollariga, agarda ular kattalar tomonidan qatʼiy va amirona beriladigan bölsa, qörquvdan özimni yöqotib, tutilib, duduqlanib javob qaytara olişimni his etişga majbur ekanligimni angladim. Men haftaning odatdagi barça “mahbuslik”laridan qoçib, garçi bugungi kun ham yumşoqqina pöpisalar, topşiriqlar, toat-ibodat hamda muqaddas qonun-qoidalar bilan töla bölsa-da, boşlanayotgan yakşanbaning vaʼda qilinayotgan yengilliklaridan şodlanardim, bu vazifalar esa şanba kuni tuşdan keyinoq boşlangan, ukam ikkovimiz beş çaqa evaziga köça bilan hovlini supurib çiqqandik.
Bu paytda Veyrda, Şletsenrod, Vetsloz, Şterkloz, Kruspis, Holşaym, Hilperhauzen, Kolhauzen, Asbax, Bad Hersfeld bekatlari oraliğidagi toğ va vodiy yöli böylab bir soat davomida yuzlab önqir-çönqir, past-balandlik hamda burilişlarda çayqalib, tebranib borayotgan avtobusda tip-tikka turib, çunki yoş bolaman, buning ustiga pastor** öğli bölaturib, kattalarga joy bermasam bölmaydi, bu ham yetmagandek, lotin tili grammatikasi yoki tarix darsligiga muk tuşib, termilib boriş azobidan qutulişni tasavvur qilişning öziyoq zör ğalaba, tantana edi. Xullas, bu kun sokin, tinç ötişi kutilar, mening savollarga javob berolmay, uyalib, qizarib-bözarişimga töğri kelmas, qörquv aralaş titrab-qaqşab jim turişlarim ham endi göyo barham topganday, hayot bir maromda, sokin va vazmin davom etmoği lozim edi.
Yölakdagi qadam tovuşlari, oyimning zinadan pastga qarab tuşişlari, bobomning suv tölatilgan idiş turgan xonaga kirib, söng öz xonasiga qaytişi, devorlarga örnatilgan suv quvurlari, pastda – hovlida yurgan tovuqlar, daraxtlardagi quşlarning çirqillaşlari, bularning barçasi taniş manzara, taniş ovozlar edi. Bu paytda odatda çöçqalarga yem berilardi, şu boisdanmi, qöşnilarning çöçqaxonalarida suv sepganday jimlik hukm surardi, faqat otning kişnaşi, uzoqdan itning hurgani eşitildi. Sigirlar esa taşqarida – yaylovda, traktorlar garajlar va şiyponlarda edi. Şunda menga faqat birgina narsa – yakşanba manzarasi yetişmayotganini his qildim. Havo oçiq, yoz fasli, quyoş harir moviy pardalar ortidagi yotoğidan asta kötarilib kelardi, biroq men şu payt tuşlarimni qidira-qidira axiyri yana topib oldim, endi bu tuşlarga xalal beradigan barça narsalardan mosuvo bölgim kelar, şunday bölsa-da, baribir yakşanba kunining odatiy tartibotlari ongimga kuçli bir tarzda quyulib kelardi, göyoki qönğiroqlar aks-sadosi yoki bölmasam boşqa bir körinmas kuç meni öz izmiga olib, qatʼiyat bilan kunning muhim vazifasini eslatayotanday bölardi: sen bugungi kunni muqaddas bilib, unga rioya etmoğing lozim!
Nafaqat bolalarning va kattalarning ibodatlari, nainki diniy qöşiqlar kuylaş va tinglaş, balki har bir harakat, har bir qadam bu daʼvatning qatʼiy nazorati ostida edi. “Qaroqçilar” va şunga öxşaş guruh-guruh bölib öynaladigan öyinlarni omborxonalar, köçalar va dalalarda öynaş man etilgani holda uydagi öyinlarga ruxsat berilgan, tortişiş va töpolon qiliş man etilgan, tovuqxona yonidagi qölbola yoğoç uyçada arralaş, bolğa qoqiş taʼqiqlangan, ötirişga esa ruxsat etilgandi. Uy vazifalari, şanba oqşomida lotin tili darsligiga şundoq birrov köz yugurtirib qöyişning özi ham iş hisoblanar, iş esa man qilingandi, çunki Xudo ham haftaning yettinçi kuni dam olardi, biroq boşqa kitoblarni öqişga ruxsat berilgan edi. Çarmdan tikilgan şim kiyiş taʼqiqlangan, çiyduxobadan tikilgan şim kiyişga ruxsat, tuşdan oldin ibodat paytida velosiped miniş mumkin emas, tuşdan söng mumkin, hovlida yoki butxona maydonida tuşgaça yakşanba kungi osoyiştalikni buzmaslik uçun, tuşdan keyin esa yakşanba liboslari bois futbol öynaş mumkinmas, biroq Veyrda futbol klubining birinçi jamoasi har ikkinçi yakşanba tuşdan keyin öyin ötkazadigan futbol maydoniga boriş mumkin edi. Bu qoidalarning barçasi, garçi ular bir oz xijolatli tuyulsa-da, menga yod bölib ketgan edi, çunki men ular bilan birga ösgan, birga katta bölgan edim-da. Ularni yoqtirmasam-da, lekin tan olib qabul qilgandim, şuning uçun örinda qança uzoq yotsam, ular şunça keç kuçga kirar edilar.
Men xohlasam kitob öqişim yoki javondan “konstruktor” (kubikçalardan iborat bolalar öyinçoği)ni olib kelib öynaşim, ukamni ham öyinga jalb etişim yoki u bilan ğijillaşişim mumkin edi, kiyinvolib, uydan qoçib çiqib ketişim ham mumkin edi, biroq örnimda yotaverdim, çunki bu işlarning barçasini qilmaslikdan, heç narsaga özimda majburiyat sezmaslikdan hamda meni heç kim kuzatmayotganligidan allaqanday mamnunlik tuyardim. Ammo bu quvonçga yakşanba qoidalarini galga solib, keyinga surib turgan bu erkinligim daqiqama-daqiqa nihoyalab borayotgani andak soya taşlab turardi, çunki meni uyğotişlari-yu örnimdan turişimga ham biror soatça vaqt qolgan, şundan söng yana hammasi odatdagidek: “nega qöl qovuştirib (bekor) ötiribsan?”, “falon-falon işni qilişing kerak” va hokazo boşlanib ketardi.
Yakşanba men yoki oilamiz uçun emas, balki barçamiz rahmat aytişimiz lozim bölgan, otamizdan ham yuqori turgan sersoqol avliyo ota uçungina kelardi, çamasi. Jom, qönğiroqlar ovozlarisiz, nasroniylarning toat-ibodat va qöşiqlarga töla diniy bayramlarisiz hayotni sira-sira tasavvur etolmasdim. Hammadan yuqorida, osmonning qayeridadir yaşirinib, heç kimga körinmayotgan, biroq hamma narsani körib turgan, har yerda hozir Tangri nazaridan qoçişni-ku, asti gapirmang. Men uning nigohidan qoçişga, yaşirinişga urinib körsam bölardi, biroq bu bilan özimni vijdonan poklay olmasdim, çunki Xudoning közlari otamning, onamning, buvim bilan buvamning közlarida aks etar va juda köp közlar bir bölib menga yuqoridan tikilib qarab turişardi.
Mana şunday mudroq, nazorat qilib bölmaydigan onlarda, garçi taʼqiqlangan biron-bir xatti-harakat qilmagan yoki şunday öy-fikrga bormagan bölsam-da, butun vujudimni tuşunib va tuşuntirib bölmaydigan or-nomus tuyğusi, bezovta, noxuş kayfiyat va falajlik qamrab olardi. Men şunda qörqa boşlardim, kimdan, nimadan qörqayotganimni özim ham bilmasdim, qörquvdan qanday qutuliş yölini bilmay, özimni özim uzundan-uzoq tuşlar bilan himoyalarkanman, öy-xayol, tasavvurlarimning kengligi, çeksizligi sari bölgan kuçlarimning naqadar çeklanganligini his qilib turardim. Miyam va butun aʼzoyi-badanimni Allohning aql bovar qilmaydigan kuç-qudrati çulğab olgandi, u barça fikrlarimni, poyma-poy hayotimni belgilab, boşqarib turar, ayni paytda mehribon va rahmdil, talabçan hamda qattiqqöl bölgan bu kuç-qudrat mehr-muhabbatning eng yuksak poğonasi sifatida ota-onamni ham xuddi qöğirçoqlarday boşqarib borayotgandek bölardi. Samodan turib marhamat qilayotgan yoki bölmasam pöpisa qilayotganday tuyulgan aziz Yaratganni öylaganim sayin özimni maʼyus va horğin his etardim. Siğiniş, ibodat, şukronalik, işonç, diniy qöşiqlar kuylaş bilangina Parvadigori olamga örganib, könikib ketiş sirayam qölimdan kelmasdi çoği, biroq böm-böşlik, tavqi-laʼnatga qoliş, gunohkorlik his-tuyğularini tasavvur etiş undan ham yomonroq edi, çunki itoat qilmasdan majusiyga aylangan bandasini Xudo taʼqib etib, ana şunday köyga solardi. Bunday fikrlar miyamga kela boşlaganidan xijolat bölib, ulardan tezroq qutulişga harakat qildim, çunki şaytonning gapiga kirişni sira-sira istamasdim, buni hatto tasavvur ham qilolmasdim va bunday bölişi mutlaqo mumkin ham emas edi.
Odatdagidan biror soat köproq uxlabman, endi örinda göyo mixlanganday bölib, boşim uzra kezinayotgan turli öy-xayollar va qörquv his-tuyğularining makkor şabadasi girdobiga tuşib, ortiq yotavergim kelmadi. Qöllarim tanamga yengil, mayin tegib turar, badanimdan esa hamon bir oz sovun hidi anqir, u şanba oqşomidagi çömilişni yodga solardi. Özimni uyğoq sezdim, ana, maydonda töp ketidan yugurib boryapman, töpni töxtatib olib, tepdim. Bu yengil va emin-erkin harakatlar bilan özimni özim aldayotganimni sezib turardim. Mening bolalarga xos gavdam hali katta, baquvvat, harakatçan va sportçilarga xos emasdi, şunday bölsa-da, men eng yaxşilar, ğoliblar qatorida bölişni xohlardim, hali endigina maktabimizda bölib ötgan sport bayramida qatnaşib, “Rang-barang bayroqlar hilpiraganda” qöşiğini jarangdor ovoz bilan kuylaganman va söngra ozginagina oçko olganman, oppoq oqarib turgan tirsaklarim-u, tizza va töpiqlarim bilan, meni ğoliblar şohsupasidan ham köra köproq baliqlar, ham suvda, ham quruqlikda yaşovçi hayvonlar va haşarotlar sari yetaklayotgan qörqinçli kasallik – tangasimon temiratki bilan közga taşlanganman, xolos. Va maydon uzra tobora tezroq yugurib, töpni abjirlik va mohirlik bilan olib yura boşladim, toki tizza va tirsaklarimni heç kim körmasin, men qörquv va temiratkini yengişim kerak edi. Kuçli hujumçi emasmanmi, ikki, uç, tört nafar raqibimni aldab ötib, özim, jamoam va Veyrda öquvçilari uçun hal qiluvçi bölgan töpni darvozaga kiritdim… Bundan jamoadoşlarim şodlanib, tomoşabinlarning olqişlari yangragaç, bugun qaysi kun ekanligi yodimga tuşdi – bu kun yakunlovçi öyin böladigan kun edi… Men özimni qora tursi va oq mayka kiyvolgan olmon hujumçilari orasida kördim. Töp dam tez, dam sekin harakatlanar, uni goh boş bilan öynaşar, goh yon qanotdan markazga uzatişar, dam burçakdan tepişardi. Barça harakatlardan şunday bir dadillik va qatʼiyat sezilib turardiki, bu öyinçilarning jahon çempionatining finaliga çiqqanliklari aniq edi. Men özimni ular orasida körardim va doimo ular bilan birga bölişni istardim. Mana, endi harholda tuşdan söng radio orqali beriladigan eşittirişni tinglasam böladi. Nihoyat, örnimdan sakrab turdim, yuvindim-da, yakşanba kunlari kiyiladigan toza kiyimlarimni kiya boşladim.
Yakşanba kunlari kiyadigan havorang köylagini kiyvolgan onam dasturxon atrofida kuymalanadi, ikki yaşar singlim beş yoşli opasi singari yangi dazmollangan köylak kiygan, soçlarini yaxşilab taragan, oq köynak kiygan ukamning esa hozirgina taralgan soçlari namligidan yaltiraydi, ovqat pişirişu uy-rözğor işlarini örganayotgan dömboq yuzli qiz ham şu yerda, barçamiz non qöyilgan dasturxon atrofida jamuljam edik, faqat mening yonimdagi joy böş edi, çunki otam odatda yakşanba kunlari öz xonasida nonuşta qilar va qilajak vaʼz yozuvlarini birrov takrorlab olar, şundan söng mototsiklda bizdan uç kilometr narida joylaşgan qöşni qişloq – Rinaga ertalabki ibodatga jönardi.
Odatda yakşanba kunlari nonuşta oldidan ibodat qilinmas, diniy qöşiqlar kuylanmasdi, şuning uçunmi, bemalol nonuşta qilardim, qolaversa, avtobusga keç qolaman, degan öy-xayol ham bölmasdi. Töqilgan savatdan tekis qilib kesilgan margarin bölagini olib, nonga surardim, tuxumni arçib, sutni kakao şakariga aralaştirardim, şu tariqa mana şu non uşatilgan dasturxon atrofida ötirgan davraga qöşilib ketardim. Boşqalar nima qilişsa, şuni qilardim, plantatsiya içimligi menga ham mazali tuyular, ortiqça bölsa-da, oş bölsin, degan gap-sözlarga indamaygina boş silkirdim. Non hozirgina pişirilgan, tuxum iliq va yumşoq edi, bularni körib, iştaham oçilgandan oçilardi. Yakşanba kunining qoidasi böyiça, “Sanella” noniga qiyom surilmas, men ham bu qoidaga rioya qilardim, boşqalarga öxşab, nonni asta-sekin çaynardim. Endigina ön bir yoşga tölgan bölsam-da, özimni xuddi kattalardek körsata olar yoki közga taşlanmaslik uçun bemalol “soqov” roliga kira olardim, çunki ovqatlanayotganda gapiriş mumkin emasdi.
Barçamiz deyarli baravar, bir maromda bir xil şakldagi, bir-biriga öxşaş qilib yupqa kesilgan non bölaklarini asta-sekinlik bilan çaynardik, talaşib-tortişmasdan yuvoşgina bölib ötirardik. Garçi barça narsa majburiymas, balki odatdagidan köra bir qadar ixtiyoriy bölsa-da, yakşanba kunining qoidalari va liboslari köproq jim ötirişni va azamat bola bölişni talab etardi, çunki oppoq köylaklar murabbo va kakaolarni öziga “tortar” va heç kim ertalabdanoq ularga doğ tekkizib olib, kun böyi mulzam bölib yurişni istamasdi. Nafaqat murabboda, balki gapirişda ham “xavf-xatar” mujassam edi göyo, şuning uçun ovqat paytida, xuddi taom ham içki bir ibodatni talab etadiganday, deyarli heç kim gaplaşmas edi. Nonni çapillatmasdan tanovul qilib, kakao içimligini xörillatmasdan içardik.
Ha, non aziz, tabarruk edi. Har bir dumaloq bölka nonda, garçi u qişloq novvoyxonasida pişirilgan bölsa-da, najotkor aziz-avliyolarning duolari mujassam edi, har bir burdasi göyo Iso payğambar tomonidan uşatilganday, möjizadan darak berardi. Kuniga biz Xudodan iltijo qilib söragan kundalik rizq-rözimiz bölgan non haqiqatan ham har kuni dasturxoniimzda muhayyo edi. Diniy marosimlar paytida ham bu muqaddas neʼmat haqida söz boradi, uning ikki ming yillik tarixi, qolaversa, Injilda tasvirlanganidek, Manna* – sahroyi biyobonda osmondan yoğilgan un yodga tuşadi.
Nonni şu qadar çuqur hurmat va eʼzoz bilan çaynarkanmiz, bu haqdagi ögit va pandu nasihatlar ongimizga şunçalik singib ketgan ediki, yakşanba kungi nonuşta paytidayoq men muqaddas Ruhning nafasini his qila boşladim. Dasturxon ustidagi har bir iltijomiz non bilan Iso payğambar hamda Tangri va öşa muqaddas Ruh örtasidagi birlik şaʼniga qasamyod bölib yangrardi. Uççovlon birgalaşib, bizga rizq-röz ulaşardi, daladagi buğdoy boşoqlarini, ğalla töla qoplarni, oppoq unni, dehqon ayollarning nontaxtalarini körganimizda bu haqda öylab körişimiz lozim bölardi, agar bu haqda öylaşni xohlamagan taqdirimizda ham, baribir nonni tişlayotganimizda, uni çaynayotganimizda bizlarni oç qöymasdan, kundalik rizq-rözimizni yetkazib turgan Allohning marhamatiga şukronalar keltirar edik. Nega deganda, uruş yillaridagi qiyinçiliklar töğrisida, bir burda nonning qançalik aziz bölganligi haqida köp hikoyalar tinglagandik.
Beixtiyor onamga razm soldim, nigohlarimiz töqnaşdi. Onam menga sinovçan nazar taşlarkan, tezda yuz-közlariga mayin tabassum yoyildi. Bu tabassum nafaqat menga, balki törttala farzandiga ham birday tegişli edi. Onam öz quvonçlarini bolalari bilan baham körişni istardi.
U kişining ovozlari, közlari, mehr töla oğuşi biz, farzandlariga nondek aziz ekanligini özlari bilarmikinlar… Onam gapirmasalar ham, mehr töla közlari köp narsani aytib turardi.
Onamga qarab turib, uning çehrasida bobomning yuzini kördim, sokinligida uning baland ovozini eşitganday böldim. Bu ayol yaxşi böliş uçun, yaxşilikka yaxşilik bilan javob beriş uçun qölidan kelgan barça işni qilardi. Özining avvalo onalik, qolaversa, rafiqalik, farzandlik, pastor(ruhoniy)lik hamda uy xizmatçisiga murabbiylikdan iborat beş vazifasini – beşta rolni şunday bajarardiki, bundan uydagilar faqat mamnun bölişardi. Indamay ötirganlarida esa, içida öziça reja tuzar, yakşanba kunining yugur-yugur taşvişlari – bolalar ibodati-yu tuşlik, vaʼz (xutba) muhokamasini öylardilar.
Tösatdan nimadir eslariga tuşib, onam sözlay boşladi, ha, gap bolalar ibodati xususida ekan. Bunga javoban: men ham bugun siz bilan birga ibodatxonaga boraman, dedim. Onam maʼqul degandek, jilmaydi, farqi oçilgan qoramtir soçlari, keng peşonasi ostidagi közlari porlab ketdi, meni özi bilan nainki bolalar, balki kattalarning ibodatiga ham olib boradigan böldi. Men oxirgi tişlam nonni yeb bölgaç, turişga ijozat sörab, otlandim.
Friydrih Kristian DELIUS
Maşhur nemis adibi. 1943-yilda Rimda tuğilgan, Germaniya ğarbida joylaşgan Gesse ştatidagi Verda hamda Korbaç rayonlarida ulğaygan.
Qahramon va uning tabiati (1971), “Körinmas çaqin” (1981), “Men ğolib bölgan yakşanba” (1994), “Cöz gunohi” (1996), “Juvon qiyofasidagi ona portreti” (2006) kabi asarlar muallifi. Qator hikoyalari özbek tiliga tarjima qilingan.
Olmon tilidan Mirzaali AKBAROV tarjimasi.
“Yoşlik” jurnali, 2014-yil 12-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


