Amerikalik nevrolog olima, adib va ilm tarğibotçisi Marianna Vulf jahon olimlari orasida “Prust va kalmar: tarix va mutolaa qilayotgan miya tadqiqotlari” (“Proust and the Squid: The Story and Ssience of the Reading Brain”) asari bilan tanilgan.
Muallifning “Hamburger Abendbiatt” va “Suddeutsçe Zeitung” gazetalariga bergan intervyulari asosidagi suhbatini eʼtiboringizga havola qilyapmiz.
– Hozir köpçilik, ayniqsa, yoş bolalar matnni ekrandan öqişga örganib qoldi. Siz esa mana şundan xavotirdasiz. Nega?
– Raqamli vositalar, aytaylik, internet matnni yuzaki öqişga bizni örgatib qöydi. Biz nihoyatda ulkan hajmdagi axborotlarni iloji boriça tez surʼatlarda qabul qilib olişga intilamiz; goh elektron poçtamizni nazoratdan ötkazişimiz, goh feysbukdagi sahifalarni közdan keçirişimiz kerak; goh saytlardan saytlarga sayohat qilişimizga töğri kelyapti. Diqqatimiz esa tutunday tarqalib, tözğib ketyapti. Kitob bölsa buning aksi – u bizga diqqat-eʼtibor bilan öqişimizga imkoniyat yaratadi, olgan bilimlarimiz xotiramizda qoladi; kitob öqiş jarayonida alohida sözlarga, iboralarga eʼtiborimizni qaratib, diqqat markazimizda tutib tura olamiz, turli söz birikmalariga, jumlalarga, sözlararo uyğunlik va aloqalarga eʼtibor qilamiz – miyamiz bundan faqat rohatlanadi, bilsangiz…
– Nahotki? Qanday qilib?
– Kitob öqiyotgan lahzalarda odamning miyasidagi avval bir-biridan yiroqda bölgan, ajralib qolgan asab hujayralari jipslaşa boşlaydi, tamomila yangiça tuzilma (struktura)larni vujudga keltiradi.
– Mana şu jarayonni batafsilroq tuşuntirib bering, iltimos…
– Miyamiz “reprezentatsiya” (namoyiş) holatida turibdi, deylik. Orqa miyadagi hududlar faoliyati tufayli, biz bir paytlar körgan, eşitgan yoki his qilgan taassurotlarni bir-biri bilan boğlay olamiz, ularni yangi axborotlar bilan töyintiramiz, şu asnoda hujayralarimiz jipslaşadi. Kitob öqiyotgan lahzalarda miyamizning köriş bilan boğliq qatlamlariga körganlarimiz – harflar, sözlar haqidagi signallar yetib boradi. Bu qatlamda mana şu signallarni qabul qilib, şu asnoda özlari ham faollaşib oladigan tuzilmalar mavjud. Masalan, ingliz tilidagi “jat” sözi özining asl maʼnosi – “marmelad”, “jem” maʼnolaridan taşqari, xotiramizda “music jat” musiqiy orom yoki tiqilinç yöl, köçalardagi maşinalar tizimi maʼnosidagi “traffic jat” tasvirini ham yetkazadi. Matnni öqiş jarayonida maʼnolarning uyqaşib, bir-birini taqozo qilib kelişini his qilyapsizmi? Matn ekrandan öqilganda esa mana şu maʼnolar aralaşib, asosiy maʼno tuşunilmasdan qolib ketiş hollari kuçayadi.
– Boş miyadagi yangi neyronal aloqalar faqat bolalarda, ular öqişni örganayotgan lahzalarda şakllanadimi?
– Yöq, bu hodisa katta yoşlilarda ham sodir böladi. Bu narsa qator-qator ilmiy tadqiqotlarda öz isbotini topgan. Masalan, olimlar bir guruh kişilarni sinovdan ötkazdilar, ularda adabiyotga oid taʼlim yöq edi, kam mutolaa qilardilar. Tadqiqot iştirokçilariga adabiy asarlarni köproq öqiş tavsiya qilindi. Ularning hammasiyam topşiriqni bajaravermagan, albatta. Ammo (şunisi qiziq!) tomografik tadqiqotlar şuni körsatdiki, adabiy asarlarni köp mutolaa qilgan odamlarning boş miyasida yangi neyronal aloqalar, jipslaşişlar sodir böla boşlagan va miyalari avvalgidan köra faollaşgan, yaʼni rivojlangan; topşiriqni bajarmaganlar (kitob öqimaganlar) miyasidagi hujayralar esa avvalgi holatda qolib ketavergan.
– Kitob mutolaa qilganlarning miyasi bundan qanday naf körgan?
– Qarang, biz kitob öqiyotgan paytimizda mutolaa sayin ona tilimizni çuqur örgana borar ekanmiz. Bu paytda bizning söz zaxiramiz kengayib, jumla tuziş layoqatimiz takomillaşar ekan, eng murakkab va nozik maʼnolarni ham çuqur anglab yetişga qobillaşib borarkanmiz. Kitob mutolaasi bizni çuqurroq va foydaliroq öylaşga örgatar ekan. Tajribali kitobxonlarga razm soling, ular matnni tuşunibgina qolmaydilar, balki tuşuntirib-izohlab berişga ham, matnga tanqidiy nuqtayi nazardan yondaşişga ham moyil böladilar. Kitob öqişning yana bir fazilatli tomoni – mutolaa insonga hayajon bağişlaydi, vujudimizga ezgulik nurlarini singdiradi, qaçonlardir boşdan keçirgan, bizga taniş hissiyotlar bilan qayta uçraştiradi, mutolaa qilgan inson maʼnan boyiydi. Bolalar kitob öqimas ekan, adabiy qahramonlarning keçinmalaridan bebahra qoladilar, “qissadan hissa çiqarolmay”, fikriy qoloqlik botqoğiga botadilar, muşohada yuritiş imkonlari çeklanadi. Bu mahdudlik, biqiqlik insonning özini çeklab qöyadi.
– Kitobni internetdan bölsa ham, öqiyapmiz-ku axir, buning nimasi yomon? Öqiş bölgandan keyin hammasiyam öqiş-ku…
– Töğri. Lekin inson internetdan öqiyotgan paytda vaqt omili uni yelkadan bosib turadi. Yaʼni, biz internetda ötirib hamma axborotni şoşa-pişa qabul qilib olişga, miyamizga çala-çulpa tiqiştirişga örganib qolamiz. Şuning uçun ham, hammasini öqidim, tuşunib yetdim, bilib oldim, degan hissiyot vujudimizga singadi. Ilgari odamlar kitob öqiş uçun kutubxonaga maxsus tayyorlanib, maşaqqatlar çekib yetib borar, butun diqqat-eʼtibor mana şu yumuşga yönaltirilgan bölardi. Hozir esa butun kutganlaringizni internet uç sekund içida oldingizga çiqarib qöyadi, maşaqqat-zahmat çekib yurmaysiz. Farqini his qilyapsizmi – qiynalmasdan erişilgan bilimlar bir zumda uçib keladi-yu ketadi, miyangizga, xotirangizga joylolmay ham qolasiz…
– Demak, bolani öqişga örgatiş mobaynida ham matn maʼnosini tuşunib öqişga, ham öqilganlarni tahlil qilib, xotiraga joylab öqişga örgatişimiz kerak ekan-da?
– Albatta-da, hamma gap mana şunda. Farzandlarimiz qanday intellektual qobiliyatlarga ega ekanliklarini bilib olişimiz juda muhim. Ularni tevarak-atrofdagi narsalarga qarab bexato yönaliş olişga, axborot va maʼlumotlarni samarali tahlil qilişga örgatişimiz zarur.
– Siz, mana, internet odamlarni şoşilişga majbur qiladi, olgan axborotlarimiz xotiraga çala örnaşadi yo örnaşmasdan uçib ketadi, deb yozğiryapsiz. Öqiladigan matn esa köp, hammasini körib çiqişga, xotiraga joylab olişga esa vaqt yöq, ulgurmaymiz. Şoşilişimiz balki şundandir? Internetning özi zamondagi şiddatkorlikni, surʼatni aks ettirib, bizni tezlikka undayotgandir?
– Men sizlarga öz boşimdan keçgan bir holatni gapirib beray. Tajribamdan ötgan. Internet mening xulq-atvorimni qançalar özgartirib yuborganini aytmoqçiman. Men hozir şeʼriy kitoblarni kam mutolaa qiladigan bölib qoldim. Matnni, murakkab romanni öqişga çoğlanayotib, yana öylanaman: buni öqib çiqişga vaqt qayda endi? Kördingizmi, vaqt masalasi yelkamdan bosib, şu savolning özi mutolaaga yöl qöymayapti… Buning örniga falon-falon işlarni qilib olişim kerak, degan hissiyotni könglimga quygan – internet. Hatto kompyuterdan uzoqlaşgan paytlarda ham mana şu hissiyot meni tark etmayotir. Demak, bir menda emas, hammadayam ahvol şu. Internet – jamiyatimizning qora örasi, sizu bizning vaqtimizni yamlab-yutib boryapti.
– Biz kitob öqimay qöydik, deylik. Mana, internet bor, şundagi matnni öqib olsam, şuning özi yetarli deb yuraversak, unda nima böladi?
– Inson miyasi azaldan öqiş uçun moslanmagan edi. Miyamizning turli hududlaridagi hujayralarni joylaştirib, birlaştirib, mutolaaga masʼullik qiladigan “bölinma” yaqin-yaqinlarda paydo böldi, şu “bölinma”da mutolaaga masʼul bölgan maxsus neyronal tarmoq şakllandi. Bu tarmoqniyam aʼlo darajada, ideal işlaydi, deb bölmaydi, aslida. Lekin şunisi aniqki, matn içiga çuqur kirib borişni istasak, miyamizning ikkala yarimşaridan teng foydalanişimiz kerak. Agar matnga loqaydgina, şoşa-pişa, çala-çulpa, yuzaki qaraydigan bölsak – men internetning bizga örgatgan öqiş texnikasini nazarda tutayapman – miyamiz ham befarq-loqayd, “tepsatebranmas” bölib qoladi, yarim kuçini sarflab, istar-istamas işlaydigan böladi, yaʼni özidagi bor resurslardan töliq foydalangisi kelmasdan işlay boşlaydi. Mana, internetning “karomat”i.
– Döstlar bilan keçadigan suhbatlar payti olingan axborotlar mutolaa örnini bosa oladimi?
– Baʼzan şunaqayam böladi. Lekin bu suhbatlar ham köpinça şunçaki turmuş ikir-çikirlaridan, çala-yarim taassurotlardan iborat bölib qoladi-da, şu tomoni bor. Mutolaa paytida biz kitob içiga kirib, öz xayollarimizga bemalol erk berişimiz, bizni öylantirayotgan narsalar haqida obdon mulohaza yuritişimiz mumkin. Xayol esa çegara bilmaydi: goh özimizni qotil deb tasavvur etişimiz, goh şoh, goh gado bölib “kun keçiriş”imiz mumkin. Internetdagi köz yugurtirişlar, çala-çulpa, yuzaki öqişlar bizning xayolan qilayotgan “parvoz”larimizni çippakka çiqaradi.
– Siz aytayotgan holatlar qoğoz kitoblarni mutolaa qiliş paytidagina yuz bersa kerak. Elektron kitoblarni (men internetni nazarda tutyapman)öqişdayam şunaqa holat yuz bermaydimi?
– Biz qoğoz kitoblarni öqiganimizda qanday ijobiy hissiyotlarni boşdan keçirsak, balki hozir yoşlar ham – bolaligidan kompyuter va planşetlarga tikilib örgangan avlod öşa holga oşno tutinar, balki. Qoğoz kitobga tikilib, şundan zavq tuygan katta avlod, yaʼni bizlar elektron kitoblarni öqiganda öşa zavqli onlarni, hayajonlarni tuymaymiz, elektron kitoblar içiga singişib ketolmaymiz. Umuman, mutaxassis olimlar mana şu masalalarni maxsus tadqiq qilib, xulosa çiqarsalar yaxşi bölardi: buning sabablari nimada ekanligi, qoğoz kitobni öqigandagi zavq-şavq, lazzatlar qanday-u, elektron kitoblar mutolaasi paytida odamda qanday his-tuyğular uyğonadi, uyğonadimi-yöqmi özi – mana şularni bir aniqlaştirib bersalar yaxşi bölardi.
– Mutolaaning kelajagi qanday bölar ekan? Şular haqdayam fikr bildirib ötsangiz…
– Elektron axborot vositalari hayotimizga juda çuqur singib boryapti, yoş avlod gödaklikdanoq elektron asbob-uskunalar orasida ösadi. Ular yangi-yangi texnologiyalar orqali informatsiyalarga ega bölar ekan, öşa olingan bilimlar biz qoğoz kitoblar orqali olgan bilimlar kabi xotiralarida saqlanib qoladimi-yöqmi? Mana bu – boş masala! Mening fikrimça, bolalar internet bilan çeklanib qolmasligi kerak, ularga qoğoz kitoblarni ham öqib berişimiz zarur. Hozir yangi texnologiyalar kirib bormagan yer yöq, bu borada uning imkoniyatlari juda katta. Bugun jahonda 100 million bolakay maktabda böliş imkoniyatidan mahrum, ular köçada tentirab yurib kunni keç qilişadi. Ehtimol, kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlarini ularning savodini çiqariş, bilimli-maʼrifatli qilişga safarbar etsa bölar?
– Bu texnologiyalarni hayotimizdan, kundalik turmuşimizdan haydab-supurib çiqarolmaymiz. Şunday ekan, nima qiliş lozim?
– Hozir hammamiz uçun muhim masala bu – örta yölni topib, muvozanatni saqlaş… Nima qiliş kerakligini öylab, bir xulosaga keliş, qaror çiqariş uçun ham vaqt kerak, sokinlik kerak, xotirjamlik kerak. Internet deganlari – şovqin-suronning uyasi, unga kirdingizmi – xotirjamlik yöq, nimanidir izlaysiz, nimanidir topib, yengil-yelpi öqib ötasiz, yodingizda qoldimi-qolmadimi, bu yoği bilan işingiz yöq, barmoqlar muntazam harakatda, u saytga sakra, bunisiga öt… va hokazo. Biz-ku kitob öqib tarbiyalangan avlodmiz, internetga tikilib ötirib ösayotgan avlodning kelajagi nima böladi? Ularning xotirasiga, miyasiga nimalar örnaşib qoladi, tarbiyasi nima böladi, könglida nima gap, kayfiyati, xulq-atvori, maʼnaviyatiyu madaniyati nima böladi – mana şular haqida hamma-hamma öylaşi kerak.
– Bola tarbiyalayotgan, parvariş qilayotgan odamlarga nimalarni tavsiya qilgan bölar edingiz?
– Mening ota-onalarga maslahatim hozirça şu: “Uyingizda kitob köp bölsin, köpdan-köp qoğoz kitoblar bölsin, javonlaringiz kitobga tölib tursin! Bolangiz beş yoşga tölgunça har kuni keçqurun kitob öqib bering, ularning quloqlari siz talaffuz qilgan sözlarga qonib össin! Agar ular ulğayib, yoşlari kattargan bölsa ham, kitob öqib bering, öqing, öqing”.
Men ikkala farzandimga ham kitob öqib, öqitib östirdim. Biri ön yoşga, ikkinçisi ön ikki yoşga tölgunça kitobni özim öqib berardim. Mana bu sözlarni quloğingizga quyib oling: quloqdan kirgan söz, ovoz bola miyasining rivojida juda katta ahamiyatga ega. Agar siz özingiz kompyuterga yopişib olib, undan beri kelişni istamasangiz, bilingki, bolangiz ham kompyuterga yopişib ösadi, undan nari ketmay qoladi.
Internetning makrigiyohi şunçalar ötkir, şunçalar jozibador, bolangizni ehtiyotlab-ehtiyotlab örgata bormasangiz, keyin keç böladi. Buning oqibati nima bilan tugaşini hali heç kim bilmaydi. Yaxşisi, bolaga kitob öqib berib, boşqa işlarga qiziqtirib, çalğitib, kompyuter saboqlarini esa oz-ozdan, kam-kamdan berib boriş maqsadga muvofiqdir. Farzandlaringizning bolalik davri kompyuterga qurbon bölib ketmasin!
Marianna Vulf
“Znaniye – sila” jurnalining
2016-yil 11-sonidan Muzaffar Ahmad
tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


