15 daqiqada öqiladi

799 marta körilgan

Beşinçi unsur

Ibrohim Ğafurov

Har qanday ğoya öz fidoiylari bilan tirikdir. Ana şu fidoiylikning neçoğligi ğoya umrini belgilaydi. Bu aqida bevosita adabiyotga ham tegişlidir. Şu maʼnoda heç bir mubolağasiz aytiş mumkinki, adabiyotşunos, munaqqid va tarjimon Ibrohim Ğafurov adabiyotning tom maʼnodagi fidoiylaridan biridir. U tufayli özbek kitobxoni dunyo adabiyotining eng sara namunalaridan bahramand böldi. Adabiyotşunoslikka oid yuzlab maqolalari orqali Navoiyni angladi, Oybekni örgandi, Dostoyevskiyni tanidi. Özbek adabiyoti “Mansura” deb atalmiş yangi bir janr bilan boyidi.

Sönggi yillarda Ibrohim Ğafurovning bir qator diniy-maʼrifiy mazmundagi maqolalarini ham öqişga muvaffaq böldik. Buyuk Qurʼoni karim oyatlari qatidagi mohiyatlar, söz jilvalari, maʼno tovlanişlari zakiylik bilan tadqiq etildi. Demak, öqiş, örganiş, örgatiş – saboq hamon davom etmoqda.

– Buyuk mutasavvuf olim, “Şayxi Valitaroş” bölgan zot Najmiddin Kubro hazratlari “Faqirlik haqida” risolasida yozibdilar: “Umr va dunyodan köra tez ötib ketadigan, ölim va oxiratdan köra yaqinroq, orzudan köra uzunroq, xotirjamlikdan köra gözalroq narsa yöq ekan”.

Hazrat anglamiş ana şu haqiqatlar uni ruhan mislsiz yuksaltirdi. U özi aytmoqçi mohiyatni ilmdan, tafakkurdan topdi va bu fano daştidan sohibi hikmat bölib çiqib ketdilar.

Ming vahki, bu saodat hammaga ham nasib etavermaydi. Biroq bu saodatga intiliş, talpiniş har kimning öziga tan. Men bir kişini sal kam yigirma yildan beri kuzataman. U poytaxtimizdagi gavjum bekatlardan birida yaşaydi desak ham bölaveradi. Uning işi oddiy: ertalabdan keçgaça bekatda “Ippodirom… ippodirom… ippodirom” deb turadi.

Men bu kişini ilk körgan paytlarimda 25 yoşlarda, böy-basti kelişgan, toğni ursa talqon qiladigan yigit edi. Hozir yoşi ellikni qoralab qoldi. Yelkalari çökib, yuzlariga ajin oralabdi. Ajab, şu odam butun umrini “Ippodirom”ga odam yöllaş bilan ötkazib yubordi. Öylab qolasan kişi, agar bu kişi ertalabdan keçgaça “Ippodirom”ning örniga “Ilohiy söz”ni zikr qilganida 20 yillik bu riyozatdan söng qip-qizil avliyo bölardi. Agar şu ötgan yillarini kitob titkilaş bilan ötkazganida şu kunlarda benazir olim bölardi. Yoki…

Xullas, nima bölganda ham bir umr ötdi. Insonlar bir-biriga öxşamagani kabi umrlar ham turfa keçar ekan-da.

Ibrohim aka, siz yozibsizki, “Yoşligimdan özbek xalq dostonlari, ertaklari, qöşiqlarini qöldan qöymayman”. Demak, butun umringiz kitoblar içida keçdi. Siz uçun adabiyot tiriklikning mazmuniga aylandi. Siz bu keçmişdan bugun qançalik rozisiz?

– Öttizinçi yillarning ikkinçi yarmida hayot biroz Özbekistonda önglangan bölsa-da, lekin turmuş qaşşoqlikdan unça ham yuqori kötarilmagandi. Şuni yaşiriş uçun Markaz repressiyalarga zör bergan, xalqning ongini uyğotişi mumkin bölgan fikrlovçi kişilarni turli bahonalar bilan zulm va zöravonlik iskanjasiga olgandi. Qaşşoqlik deganim biz öşa zöravonlik yillari böyra va namat ustida dunyoga kelganmiz. U paytlar qiş, bahor, kuz oylari yoğingarçilik köp bölar, surunkali davom etar, somon suvoqli uylarning baridan uç oy çakka ötib yotar, şipga eski-tuskidan çodir yasab beş-olti jondan iborat butun oila kaftdek quruq joy – u ham tançaning ustida jon saqlardik. To oltmişinçi yillarning boşigaça uylarimizda gilam zotini uçratmaganman. Kigiz va namat bizni zax-namliklardan saqlardi. Ammo atrofimiz bari bir-biriga tutaş boğlar, kökalamzorlar. Qiçqiriq, Yangiariq, Kalkovuz suvlari, mahallalarning hovuzlari – közlarimizni yaşnatar, boğlar, kökliklar yilning tört faslida ham çiroyli va serbaraka bölar va qaşşoqlik boğlar tufayli bizga bilinmas, qaşşoqlik bölib körinmasdi. Hayotda ibtidoiy zamonlar, örta asrlar va atom bombasini yasaşga urinilayotgan zamon bari tutaşib, bir-birining içiga kirib ketgandi. Hozir ham insoniyat yaşab ötgan va yaşayotgan barça asrlar bir-biriga çambarças tutaşib yotadi, bir-biridan ajratib bölmaydi. Eng zamonaviy odamlarda, kompyuter va internetdan bahramand kişilarda ham eng ibtidoiy hissiyotlar, qaraşlar jamuljamligini har qadamda kuzatiş mumkin. Men hozir ham öşa namat, öşa böyra, öşa çakkalarni heç unutolmayman. Ular gödaklikdan hissiyotlarim, közlarim, şuurimga ötirib, qattiq örnaşib qolgan – eslamay deganda ham, doim özini eslatib turadi. Uruş paytlari va undan keyingi yillar mahallamiz markaziga – guzar demoqçiman, guzarlarimiz, hovlilarimizga qora silliq kartondan yasalgan radiolar örnatişdi. U tinmay gapirar, muzika çalar, pyesalar öynar, eski hofizlarning qöşiqlarini qöyardi. Şuning uçun kitobdan burun ham radio quloğimizga kirgan. Ön yoşimda kitob öqiy boşladim. “Öqiş kitobi”, Mirkarim Osim, Oybekning “Qutluğ qon”, Ğafur Ğulomning benazir şeʼrlari…

Kitobga birov ermak, birov ovunçoq, birov bilim va birov hayotning hikoyasi deb qaraydi. Kitoblarda yolğon gaplar yoziladi deb öylaşadi. Yolğonlikka yolğon, lekin bir farqi kitoblarning yolğoni rostdan yaxşi. Men kitob öqiş maqtanarli bir narsa deb bilmayman. Odam non yeyişi, suv içişi, havo olişi bilan heç qaçon maqtanmaydi-ku, töğrimi? Ammo men uruş va ayniqsa, uruşdan keyingi elliginçi yillarda nonni avval köziga surib, qança oç bölmasin, uni nihoyatda avaylab, bir uşoğini ham yerga tuşirmay yegan, yeydigan odamlarni körganman. Bu hollarni garçi tuşunmasam ham, lekin bu narsada tuşunib bölmaydigan muqaddaslik yaşirinib yotganligini yurakdan tuyganman. Bir kuni devor kavagiga non parçasi qistirib qöyilganligini körib özimdan özim yiğlaganman. Bu nimaning nişonasi bölib köringan, yomonlikka bölsa kerak deb öylaganman. Kitoblar ham odam uçun şunday: nonday, suvday, havoday, ötday zarurat. Odam şu tört unsur bölmasa yaşolmaydi. Hayot yöqoladi. Kitob esa beşinçi unsur. Kitobsiz yaşab böladi, ammo bu yaşaş yovvoyi yaşaş böladi. Kitobga men tarbiya deb qaraganman. Hozir ham tarbiya deb qarayman. Ota-onam, öqituvçilarim, murabbiylar, donişmand kişilardan, mehribon odamlardan behad minnatdorman. Ammo meni kitob tarbiyalagan, mening birinçi ustozim hali-hanuzgaça kitob. “Tiriklikning mazmuni” deyapsiz. Qanday yaxşi söz. Hayot mazmuni boşqa, turmuş mazmuni boşqa, tiriklik mazmuni boşqa. Keçmişimda kitob hamroh bölmagan on yöq. Şuning uçun ham keçmiş könglimdan uzilmay uni töldirib turadi. Kitoblarimga qarab ötirib bular mendan qoladi deyman. Ularni mendan keyin kim öqiydi? Holi nima keçadi? Şuning uçun çarçagan paytlar: “Ölim, nari tur. Hali işim köp. Hali ularning jamoliga töymadim. Mendan keyin ularni kim öqiydi? Kim ardoqlaydi? Kim ularning yoniga yana boşqa çiroyli kitoblarni qöşadi?” – deyman. Şu menga tiriklikning mazmuni bölib körinadi.

– Sönggi paytlarda asardan-da yozuvçi, şeʼrdan-da şoir köpayib ketgandek. Kitob rastalariga nazar taşlasangiz, umringizda biror marta eşitmagan ism-şariflarning “Tanlangan asarlar”ini körişingiz mumkin. Bu holga sözamol adabiyotçilarimiz “Bozor adabiyoti” deb nom qöyib olibdilar. Ajoyib, lekin mantiqsiz atama. Nazarimda, Söz, Tuyğu – adabiyot moddiy qiymat bilan ölçanmaydi.

Nima deb öylaysiz, ehtimol bu “ijodiy jarayon” ham davr talabidir. Agar şunday bölsa, bu hol öquvçi didini, saviyasini sayozlaştirib qöymaydimi? Badiiy adabiyot mezonlari buzilişiga olib kelmaydimi? Har qalay, hazrat Alişer Navoiy darj etibdilar:

 

Qilsa menga ming jafo – bir qatla faryod aylamon,

Elga qilsa bir jafo – ming qatla faryod aylaram.

– “Bozor adabiyoti” bozor iqtisodi bilan birga kirib kelgan tuşunça. Tuşunçaning tagidagi falsafa şuki, u kitobga tovar deb qaraydi. Kitob doim bozor bilan boğliq bölgan. Kitob bozordan ötib tarqaladi, öz egasini topadi. Odam qadr-qimmat topgisi keladi. Qadr-qimmat topgisi kelgan odamlar kitob yozişadi, öz yonlaridan pul sarflab kitoblar çiqarişadi, qalamkaşlarga aytib öz tarjimayi hollarini kitob qilib yozdirişadi. Yoki şoirlarga havas qilib ergaşib, şaklan şeʼrga öxşagan narsalarni jild-jild qilib yozişadi. Şu bilan özlarini mangulikka muhrlab qöyganday, sira tinçlik bermagan şuhratparastlik, orzu-havaslarini qondirganday bölişadi. Köngil-da. Lekin şoir, adib, olim – qismat – qoçib qutulib bölmaydigan tole. Odamlar haqiqiy adabiyot bilan soxta “bir kunlik” adabiyotni yaxşi taniydilar. Soxta yiltiroq kitoblar içida kömilib yotgan oltinni topib oladilar. Bunda did, farosat, qiziqişlar qanday va qaysi yönalişda şakllanganligiga boğliq. Öqituvçilar, ota-onalarga kanda qilmay murojaat qilişimiz kerak: siz bolalarga kitob öqişni örgatyapsizmi? Ularni kerakli kitoblarni öqiş va örganişga qiziqtiryapsizmi? Kitob öqiş intensivligi doim şularga boğliq. Kitob öqişni şular tarbiyalaydilar va yölga qöyadilar. Şular kitob öqiş muhitini yaratadilar.

– Agar inson vaqtida oziqlanmasa uning hayotidagi muvozanat buziladi. Boş oğriydi, mador ketadi, pirovardida holdan toygan jism unga böysunmay qoladi. Şunday ekan, inson jismi mutassil oziqlanib turişga, parvarişga muhtojdir.

Xuddi şu yangliğ, inson ruhi ham mutassil parvarişni talab qiladi. Ruhning oziği ilm, ibodat va tafakkurdir. Bu borada inson ruhini yuksaltiradigan bebaho manba badiiy adabiyot bölsa kerak. Har qanday badiiy asar zamirida inson maʼnaviyatiga ijobiy taʼsir etadigan, ruhiy ozuqa vazifasini bajaradigan ğoyalar böladi. Ğarb adabiyotşunoslari bu ğoyalarni “najotkor ğoyalar” deb ataşgan. Sizningça, zamonaviy özbek adiblarining asarlarida bunday ğoyalar mavjudmi?

– Olamlar bari, kavnu makonlar bari ilm bilan qamrab olingan va ilm bilan yaratilgan. Jumladan, odamzot, hayvonot va nabotot bari ilm bilan qamralgan. Ilmdan xoli heç narsa yöq. Odamzot neça ming yillardan beri bor va neça ming yillardan beri ilm izlaydi. Ilmga intiladi. Ilmni yer yuzidan, koinotdan va öz-özining içidan qidiradi. Ilm izlaş – XXI asrning şu kunlarida ham najotkor ğoya. Bundan keyin ham şunday bölib qoladi. Çunki ilm haqiqatga yetiş yöli. Inson esa haqiqatsiz yaşolmaydi.

Şu kungaça faylasuflar hamma narsani ajratib keldilar. Hamma narsadan ajraliş qidirdilar. Yagona Xudo önlab dinlarga ajraldi. Bular insoniyat tarixida heç töxtamagan qon tökişlar bilan bordi. Odamzot sinflar, toifalar, çegaralarga ajraldi va bular ham tinimsiz qon tökişlarda davomat etdi. Tabiat rang-barang saralangan. Irqlar saralangan. Mahluqlar saralangan. Ranglar saralangan. Şakllar saralangan. Ammo bu saralanişlar tamomila tabiiy. Olam rang-baranglikdan iborat bölmasa, unda turib bölmasdi. Yer kurrasi. U boşdan oyoq çeksiz möjiza. Yer kurrasi. Muz içida olovini saqlaydi. Yer olov. Lekin uni ikki qutb muzlari saqlab turadi. Olov esa öz navbatida muzni saqlaydi. Olov va muzdan havo va suv bino böladi. Tazod. Olamning bari tazod asosiga qurilgan. Hammasi hammasi bilan ajralmas aloqada. Lekin tinmay ajratişga urinadilar. Ajratiş asosida uruşlarni keltirib çiqaradilar. Ajratiş uçun qirğinlar qiladilar. Ajratiş uçun kuçlilar kuçsizlar örtasida hukmronliklar örnatadilar.

Ajratiş ğoyasi insoniyat boşiga çeksiz falokatlar keltiradi. Ajratişning markazida men afzalman! – degan öta ketgan vahşiy nido-hayqiriq, vahşat vasvasasi turdi.

Ajratiş bois har bir din özini eng afzal deb çiqdi. Har irq özining boşqalardan afzalligini isbotlaşga urindi. Isbotlaş esa faqat özi kabi issiq jonlarni qiriş, qonini oqiziş bilan böldi. XXI asrga kelib ajraliş va ajratiliş ğoyasi eskirdimikin? Qonli tarix sahifasidan anaxronizm sifatida tuşib qoldimikin? Insoniyat ajraliş va ajratiliş ğoyasidan xalos bölsa, kelajakda oltin asrlarda istiqomat qiladi. Ajratiş, ajraliş ğoyasi kuçlimi yo birlaşiş, birlik ğoyasi kuçliroqmi? Insoniyat şu ikki savolga aniq javob berolsa va oğişmay borsagina kelajak asrlarda bexavotir umrguzarlik qiladi.

Özim şaxsan köplar qatori birlaşib ahl yaşaşga özga alternativa yöq deb hisoblayman. Çunonçi Markaziy Osiyo xalqlari uçun ham ittifoq bölib birlaşib öz hayotlarini ixtilofsiz quriş ularning dunyoda qadr-qimmat topişi, kuç-qudrat kasb etişiga olib boradi. Ularning heç qanday talaşadigan narsalari yöq. Ajratadigan narsalari yöq. Özbek adabiyotida birlaşiş, ahllik, xalqlarning inoqligi yuksak darajada badiiy falsafiy ifodasini topgan asar bu – Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonidir. Abdulla Oripovning “Hakim va Ajal”, “Jannatga yöl” asarlarida ham şunday konseptual ğoya yaratişga uriniş közga taşlanadi. Halimaxon Xudoyberdiyeva va Usmon Azimning turkum şeʼrlarida umumbaşariy ahamiyatga ega universal ğoyalar ehtirosini kuzatiş mumkin.

Tonglarning birlaşişi, ozodlarning birlaşişi va farqlarni rökaç qilavermaslik öz navbatida tenglik va ozodlik iqlimlarini yaratadi.

– Buyuk olmon adibi Tomas Mann dunyo klassiklarini ikki guruhga ajratdi. Birinçi guruhni “ruhiyati soğlom adiblar”, ikkinçisini esa “bemorlar” deb atagan. Tomas Mann nazdida buyuk dramaturg Shiller va siz ijodi bilan uzoq vaqt hamnafas bölganingiz – Fyodor Dostoyevskiy “bemorlar” guruhiga mansub. Stefan Sveyg esa Dostoyevskiyni “buyuk haqiqatgöy” deya taʼriflagan. Uning esdaliklarida “Dostoyevskiyning koinoti – fazo emas, insondir” degan qaydlar bor. Siz Dostoyevskiy asarlarining tarjimoni sifatida bu ikki daho adibdan qay birining fikrini quvvatlagan bölardingiz?

– F.M.Dostoyevskiy yaqinlari va zamondoşlarining xotirlaşlariça, epilepsiya (tutqanoq) bilan oğrigan. Özining aytişiça, ilhom guvillab kelib miyasi çaqmoqdek yorişganda tutqanoq boşlanarkan. Soğlik holati bilan tutqanoq tutişi orasidagi uç soniyada u özini dunyodagi eng baxtiyor odam deb sezar, özini hamma narsaga qodir deb his qilar, xayoli köklarga parvoz qilarkan. Lekin F.M.Dostoyevskiyning “bemorligi” uning aql bovar qilmas darajada işçanligida. U juda qattiq işlar va ikki keça-kunduzda uç-uç yarim bosma taboq hajmida asar yozardi. Birinçidan, u muhtojliklardan qutuliş uçun şunday mehnat qilsa, ikkinçidan, eng yuksak maʼnoda ijodga, yozuvçilikka mubtalo bölgan favqulodda inson edi. Umr böyi muttasil şunday muk tuşib işlagan, sonsiz-sanoqsiz kitoblar öqigan, son-sanoqsiz muloqotlarda bölgan, farzandlar östirgan va katta oilasining, Dostoyevskiylar xonadonining katta-kiçik taşvişlari bilan yaşagan odamning soğligi qanday bölgan ekanki, bularning barini öz yelkasida kötargan. F.M.Dostoyevskiy birinçi yirik asari “Kambağal odamlar”dan to umrining oxirida yozgan “Oğayni Karamazovlar”gaça muttasil, ha, muttasil bir zum ham tanaffus qilmay öz öquvçilarini larzaga solib turgan. Gegel: “Dunyoda heç bir narsa ehtirossiz sodir bölmaydi” deydi. F.M.Dostoyevskiy asarlarida ehtiroslar misoli quyunday aylanadi. Özining eʼtirofiça, “odamda odamiylikni izlardi”. Yozuvçining özi ham, uning barça asarlarining qahramonlari ham ideal qidirgan va bu yölda mislsiz fojialarni boşlaridan keçirgan edilar. Dostoyevskiy inson qalbining heç kim tuşolmagan qaʼrlariga tuşdi. Heç kimga muyassar bölmagan ruhiy hodisalarni kaşf etdi. U çinakam haqiqatgöy adib edi. “Haqiqat Nekrasovdan yuksakroq, Puşkindan yuksakroq, xalqdan yuksakroq, Rossiyadan yuksakroq, hamma narsadan yuksakroq va şuning uçun faqat haqiqatni demoq va uni izlamoq kerak…”, deb yon daftarçasiga yozib qöygan va özi bunga hayotida ham, asarlarida ham qatʼiy amal qilgandi.

– Buyuk ijod zamirida buyuk fojea yotadi. Bunga misol qilib hozirgina aytib ötganingiz Dostoyevskiyni, Sveygni, Nitşeni keltiriş mumkin. Xususan, Nitşe hayoti va ijodi haqida juda köp bahslar, tortişuvlar mavjudki, ular kitobxon aqlini şoşirib qöyadi. Siz esa özbek kitobxoniga Nitşe ijodi, umuman buyuk faylasufning mavhumotga yöğrilgan haqiqatlari haqida yangiça tasavvur bera oldingiz.

– Nitşe F.M.Dostoyevskiyning kiçik zamondoşi. Ularning dahosi bir xil tabiatga ega. Nitşe azbaroyi köp öqigani, azbaroyi köp yozgani bois oğir boş oğriği va şu bilan birga epilepsiya kasaliga giriftor bölgan edi. U öz dösti G.Brandesga yozgan maktublaridan birida: “Kasallik menga juda uluğ foyda keltirdi, u meni boşqalardan ajralib turişim va matonat, mardonalik kasb etişimga yordam berdi”, deb yozgandi. U xuddi Dostoyevskiy kabi ijod dunyosida va ijod bobida tom maʼnoda telba edi. Uning barça asarlari va ayniqsa, “Zarduşt tavallosi” nasriy-falsafiy dostoni inson, hayot, falsafa kaşfiyotlari bilan limmo-limdir. Nitşe: “Biz qandaydir fikrlovçi qurbaqalar emasmiz, biz tinimsiz öz fikrlarimizni öz dardlarimizdan tuğib boramiz va ularga xuddi onalardek nimamiz bölsa barini – öz qonimiz, yuragimiz, ötimiz, şöxligimiz, ehtirosimiz, azobimiz, vijdonimiz, qismatimiz, toleymizni bağişlaymiz”, deb aytadi.

– Italiyan adabiyotşunosligida “Tarjimon xoindir” degan atama bor ekan. Buni qanday tuşuniş kerak?

– Bu gap töğri maʼnoda emas, majoziyroq qilib aytilgan va u qadar jiddiy eʼtiborga ham loyiq emas. Urğu berib ötirişga arzimaydi. Tarjimon bir manbaning maʼlumotlarini ikkinçi manbaga yetkazadi. Matnlarni bir tildan ikkinçi, uçinçi tillarga ögiradi. Yetkaziş vazifasini öz ustiga oladi. Bir çekkasi şuni nazarda tutib va ikkinçi tomondan, tarjimon matn ustida bir qator transformatsiyalarni amalga oşiradi. Professional tarjimonlar tarjima asarni qanday öquvçiga yetkazayotganlari, bu öquvçining dunyoqaraşi, saviyasi, maʼlumot darajasi, aqidalari, urf-odatlari ustida ham qayğuradilar. Öquvçining boşqa madaniy muhitda yaratilgan asarni qanday qabul qilişi ustida boş qotiradilar. Tarjimaga özlaridan qöşmaganlarida ham, ayrim qisqartişlar, tahrirlar kiritadilar, baʼzan keskinliklar, yalanğoçliklar, badaxloqliklarni yumşatadilar. Professional tarjimonlarning bu işlari yuzaki qaralganda muallif haqiga tajovuz bölib körinişi mumkin. Lekin tarjima öquvçisi mentalitetini öylab bunday narsalarga berilgani bois tarjima nazariyasi ularni öz qoidalari doirasiga kiritadi va qonuniy zarurat deb qaraydi. Aytaylik, “Slovo o polku Igoreva” asarining nomi özbek tiliga “Igor jangnomasi” deb ögirilgan va bu juda çiroyli. Lekin asliyatda “jangnoma” deyilmagan-ku? Ammo öylab qaraganda, “Slovo”dan köra “jangnoma” töğriroq, maʼqulroq va şarqona anʼanalarga muvofiqdir. Xuddi şuningdek, Yuxan Smuulning “Ledovaya kniga” romani “Muznoma” deb özbek tiliga ağdarildi. Tarjimon Usmon Şamsimuhamedov bu nomni “Muzlik kitobi” deb ögirgandi. U hayron böla-böla işonib-işonmay “Muznoma”ga rozi bölgandi. Qarang, “Muznoma” qanday yaxşi va qanday topildiq. Xöş, bunday söz sanʼatiga xos hodisalarni “xiyonat” deb böladimi? Yöq, tarjimon söz sanʼatkori.

– Maʼlumki, XIX asrning oxiri, XX asrning boşlarida Özbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-madaniy jarayonlar qadim va boy özbek adabiyoti tarixida ham ğoyat muhim davrlar böldi. Xususan, adabiyotdagi zullisonaynlik anʼanasi yonida asta-sekin tarjima maktablari paydo böldi. Ayniqsa, noşirlik va gazetaçilikning paydo bölişi tarjima sanʼatining paydo bölişiga olib keldi. Dastlabki tarjima işlari rus tilidan boşlandi. 1880-90 yillarda özbek öquvçilari L. N. Tolstoy, A. S. Pushkin, A. A. Krilov singari buyuk adabiyot namoyondalarining ijod namunalaridan bahramand böldilar.

Töğri, bu davrgaça ham adabiyotimizda bir qator yetuk tarjima işlari amalga oşirilgan edi. Bu borada Xorazmda öziga xos tarjima maktabi şakllangan bölib, bu maktab asosçisi va taşabbuskori şoh va şoir Feruz edi. Maʼlumotlarga köra, XIX asrning örtalarida Xivada saksondan köproq ijodkor tarjimonlik bilan muntazam şuğullangan. Bu tarjimonlar orasida Ogahiy, Komil Xorazmiy, Bayoniy, Tabibiy kabi maʼlum va maşhur şoirlar ham bölişgan. Albatta, bu maʼlumotlar jurnalxonlar uçun edi.

Sizdan söramoqçi bölganim: tarjima jarayonida asar muallifining ruhiyati tarjimon ruhiyatiga taʼsir ötkazadi, degan fikr bor. Buni qanday tuşuniş kerak? Va yana ayting-çi, bugungi özbek adabiyotida tarjimaçilik jarayoni qay darajada?

– Mirkarim Osim, Mirziyod Mirzoidov, Hasan Törabekov singari tarjimonlar faqat özlari sevgan, ruhlariga yaqin asarlarnigina ögirardilar. Asar tanlaşga öta sinçkovlik bilan yondoşar, asarlardan özlariga yaqinlik qidirardilar. Kamina köproq eksperimental qiyin asarlarni özbek tiliga ögiriş yölidan bordim. Özbek tili şunday favqulodda asarlar uslubini qayta yaratib boyişi, toblanişi zarur deb öyladim. Prozamiz baloğatga yetib folklor tilidan yuqoriroqqa, yangi badiiy uslublar tiliga, badiiy uslublariga kirib borişi, jahon adabiyoti uslubiy izlanişlari bilan hamohang bölişi kun tartibida turardi. Eksperimental prozada insonga, uning ruhiy dunyosiga, dunyodagi örniga tamomila yangiça qaraşlar va yangiça şakllarda yoritişlar, tasvir usullari mavjud. Bularni örganmay zamonaviy asar yaratiş, hozirgi öquvçining diqqat-eʼtiborini tortiş, zamon darajasida turişi muşkul. Hozir badiiy tarjimaning sifatiga, bevosita asliyatning özidan amalga oşirilişiga eʼtibor kuçayib boryapti. Tarjimonni bir neça tillarning çuqur bilimdoni, madaniyati va eruditsiyasi yuksak tarbiyalangan odam deb biliş va şunday talab qiliş XXI asr tarjimoni degan mezon va ölçovni şakllantirişga xizmat qiladi.

– Gyote “Sal kam yarim asr kitob öqidim. Biroq umr poyonida heç narsani bilmasligimni bildim” degan ekan. Kitoblarga oşnolik bobida siz Gyote bilan bemalol bellaşa olasiz. Kitoblardan adabiyot, sanʼat uçun nimalarni kaşf etganingizni asarlaringiz vositasida anglagandekmiz. Suhbatimiz söngida özingiz uçun kaşf etgan haqiqatlaringiz haqida sörasam maylimi?

– Kitoblar menga avvalimiz va oxirimiz, botinimiz va zohirimizni tuşunişga yordam berdi. Vaqt bizga berilgan oltindan ham qimmat narsa. Uni isrof qilmaslikka örgatdi, hazrati Sulaymonning: “Behuda, behuda, hammasi behuda”, degan hikmatining tagiga yetiş va vaqtdan maksimal darajada tasarruf etişlikka çorladi. Alloh nurni yaratgan ekan, va Özi ham şu nur içida ekan, kitob ham ilmlar, hissiyotlar, aqllarning nurnomasidir. Mening haqiqatim şuki, odam kitoblar olamiga şönğimaguniça heç qaçon sayqal topmas. Kitoblar inson hayotining xayrli poğonalaridir.

 

Suhbatdoş: Alişer NAZAR

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 2-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)