16 daqiqada öqiladi

381 marta körilgan

Qamiş qayiqçalar

Qamiş qayiqçalar

(Hikoya)

Ayvon xarilarida uyalagan qaldirğoçlarning «vijir-vijir»i uyğotib yubordi. Atrof nim qoronği. Yana biroz mizğiş niyatida körpaga burkandim. Eşik oçilib, polda oyimning şippagi şipilladi. Körpa kötarildi.

− Yozning issiq kunida bunçalik öranmasang. Tur, bolam, akangning mazasi qoçib qoldi. Darmon opangga borib kelmasang bölmaydi. − Oyim tuni böyi uxlamagan şekilli, ovozi horğin eşitilar, qaboqlari şişinqiragan edi. − Tez bor, öğlim! Akang qiynalib ketdi. Uyini bilarsan, Beştomda, «Zarif traktorçiniki qaysi» desang, hamma körsatadi.

Apil-tapil kiyinib, taşqariga otildim. Akam ayvonda körpasidan yarim çiqqaniça yonboşlab yotar, boşini bir qöliga tirab, öxçiq aralaş yötalardi. Yuzi-közi qizarib ketgan… Salomimga sölğin bir qaraş bilan javob berdi.

Kanal böyidagi yöldan velosipedga «qamçi bosdim».

Beştom − qöşni ovul. Kattagina-yu, neçundir şunday nomlanadi. Bizning ovul − Qöşterak bilan mana şu kanal boğlab turadi Beştomni. Ilgari yöl ança aylaniş edi. Töğridan mana şu kanal olingaç, beştomliklarga qulay böldi. Ular kolxoz markazi va Kökköldagi maktabga mana şu yöldan qatnaydilar. Bu kiçik uç ovul kolxoz markazidan ança olis bölgani uçun ularga bir hamşira − Darmon opa birkitilgandi. Uning işxonasi yöq, bemorlarga uyma-uy yurib qarardi.

Zarif traktorçining uyi xuddi biznikiday kanal böyida ekan. Uyining töğrisida xuddi biznikiday poyapul[1]. Zarif aka işga çoğlanayotgan bölsa kerak, traktori yonida kuymalanib yurardi. Kelişimning sababini bilgaç, qizini çaqirib çiqdi.

Darmon opa qizğiş-sarğiş ranglar qorişgan atlas köylak ustidan yaşil nimça kiyib, tillarang simli römolini ingiçka iyagi tagidan tanğib olgan edi.

Velosipedga mingaşib oldik. Yöl sertuproq bölgani uçun men haydolmadim. Strelizatorni menga tutqazib, velosiped rulini Darmon opaning özi oldi.

− Qaysi akang oğridi?

− Mening bir akam bor. Qodir akam.

− Ha-a, sen hali Salima xolaning öğlimisan? Tunov kuni armiyadan kelgan akangmi mazasi qoçgan?..

Darmon opa jim qoldi. Çunki bir oylarça avval dadamning vafot  etganini bilardi u. Dadamning heç qanday kasali yöq edi. Bir kuni keçqurun daladan qaytdilar-u, yuvinib, dasturxon boşida yonboşlaganlariça… qayta turmadilar. Kutilmagan yöqotişdan qarindoşlar dovdirab qolişdi. Qodir akam xizmatning sönggi oyini ötayotgan edi. Uni marosimga çaqiriş heç kimning xayoliga ham kelmabdi. Ertasiga xola-amma, amaki-toğalar maslahatlaşib, akamga xabar berişmaydigan bölişdi. «Biratöla xizmatini tugatsin endi. Marosimdan  avval bölsa boşqa gap edi» deyişdi. Oyimning dardi bolaladi. U deyarli har kuni akamni eslar, «yurakkinasi yoriladi endi bolamning» deb, közyoşlarini daryo qilardi. Mana, beş kun böldi akam uyda. Oyim qayğurganidek uning yuragi yorilmadi. Oldiga yiğlab çiqib, huşsiz yiqilgan oyimni dast kötarganida közidan tökilgan yoş oldin özining, keyin oyimning yuzlarini yuvdi.  Oldiga kelgan taʼziyaçilar bilan sovuq-salqi söraşib, uç kun uyda yotdi. Törtinçi kun özi yolğiz baliqqa ketib, mana şu dardga çalingani…

− Neçançi sinfda öqiysan, polvon? – Ertalabki salqindan bölsa kerak, ovozi titrabroq çiqdi Darmon opaning.

− Beşinçiga ötdim.

− Soldat ham kasallanarkan-da, a, polvon? – Aftidan Darmon opa mening xomuş tortib qolganimni sezib, könglimni kötarmoqçi edi.

− Qaydam…

Hademay uyga yetib keldik.

− Aynonay döxtir qizimdan! – Oyim Darmon opa bilan açomlaşib, öpişib körişdi. − Şu desang, qizim, keça baliqdan kelib, qöl-oyoği öt bilan olov. Naq qirq daraja. Uxlaydi − sapçib uyğonadi. Uxlaydi − çöçib tuşadi. Yötal aralaş öxçigani yana ortiqça… Baraka topgur qizim, seniyam tong bilan bezovta qildik…

− Heçqisi yöq, bezovtaligi bor ekanmi?.. − Darmon opa şippagini pastda qoldirib, akamning karovati tomon yurdi.

Akam uxlayotgandek közlarini yumib yotar, xörsiniqqa öxşatib nafas olardi. Hamşiraning qöli peşonasiga tekkaç çöçinib közini oçdi. Loqayd nazar bilan atrofga alangladi. Keçagina soppa-soğ akamning bunday ahvolga tuşib qolganini körib xörligim kelib ketdi.

− Ana-ana. Yana alahsirayotir, jon qizim. Yoki kuyukdanmikan, dadasiga kuyadi-da endi esligim… − Oyim yiğlab yubordi, men ham…

Darmon opa oyimga tasalli berib, akamning qöltiğiga termometr qöydi. Yöq, akam alahsiramayotgan ekan.

− Darmon, senmisan? – Bilinar-bilinmas miyiq tortdi u. − Men tuzukman, yaxşiman!

Darmon opa jilmayib salom berdi.

− Xizmatni yaxşi bitirdingizmi?!

− Rahmat! Özing qalay… bitkazdingmi öqişingni?!          

Akam entikib, bazör gapirayotgan bölsa ham, ança tetiklaşgandek edi. Uning lablarida tabassumga öxşagan yengil bir tölqin kezinar, Darmon opaning yuz-közida ham qandaydir bir yoqimli yoğdu borday edi. Buni körgan oyim yiğini yiğiştirib, çoy qöygani ketdi.

− Ozodjon, mollaringga öt-çöp solmading-ku bugun! – Oşxonadan qiçqirdi oyim. Uning ovozida qandaydir mamnuniyat bor edi.

Uyga kelsam, oyim Darmon opa bilan supada çoy içib ötirişardi. Oyim şu orada tuxum qovurib ham ulguribdi.

Darmon opa oyim bilan xayrlaşayotib, akamni quyoş urganligini aytdi. Armiyada salqin yurtlarda bölgani uçun bizning issiqni kötarolmaganmiş. 

− Hozir özim «Tez yordam»ga qönğiroq qilaman. Uç-tört kun içida otday bölib ketadi. Sira bezovta bölmang, xolajon! – deb oyimni ovutdi. 

Oyim endi özini qölga olgan, hatto biroz xursand ham edi. Dadam vafotidan keyin uni birinçi marta xuşnud körişim.

Akam kasalxonada bir haftaça yotib çiqdi. U ança ozgan, biroq özini yengil his qilardi. Oyimning «hay-hay»iga qaramay boğdagi işlarda menga qaraşardi.

Bir kuni akam qölimga lapa[2] tutqazdi.

− Boşim yana oğriyapti, − dedi u peşonasini tiriştirib, − mana şu xatda dorining nomi bor. Darmon opangga oborsang, berib yuboradi!

Qaydasan Beştom deb velosiped popişagini bosdim, jonivor yelday uçdi. Uylarida Darmon opadan bölak heç kim yöq ekan. Lapani qöliga tutqazdim.

− Akam berib yubordi. Dori berarmişsiz!..

− Qaçon çiqdi?

− Tunov kuni. Keçadan oldingida.

Darmon opa negadir ingiçka qoşlarini çimirib qöydi. Lapani oçdi. Mana senga dorining nomi, ikki varaq qoğozga zörğa siğib turibdi. Kim biladi, balki boşining qanday oğriyotganini ham yozgandir.

Darmon opa xatni lablarini sezilar-sezilmas qimirlab öqidi. Nigohlari jiddiy edi. Ikkinçi varaqqa ötgaç, qoşlari orasi oçilib, kipriklari tutaşganday böldi, lablaridan boşlangan tabassum yonoqlariga yoyildi.

Men velosipedim «şox»larini silagança angrayib qolibman.

− Ha, sen nega turib qolding?

− Dori…

− Ha-a, aytganday, esim qursin… − Darmon opa yugurgilagança uyiga kirib ketdi. Zum ötmay qoğozçalarga öralgan dorilarni olib çiqdi…

Ertasiga akam ovuldagi özgarişlarni körib kelaman deb ketdi. Ertalab ketgan odam kun oqqanda qaytdi. Uning ruhi tetik edi. Men bilan keçgaça beda ördi.

                                 *  *  *

Bir kuni tuşdan keyin akam Kökkölga ketdi. Vaqt ötkaziş uçun qarmoq olib, kanal böyiga çiqdim. Uyimizdan ikki yuz qadamça yuqorida, kanalning biz tomon qirğoğida kiçik tolzor bölib, uzoqlardan ham közga taşlanib turardi. Tolliqning bir çekkasiga joylaşib oldim. Borgan paytda unçalik emasdi-yu, keçqurunga qarab «tort-tort» avjiga çiqdi. Yem ilib taşlaysan, beş-ön minut ötmaydi. Pökak avvaliga öynaydi, keyin yarmi suvga botganiça kanal örtasiga qarab keskin suzadi. Tortasan, tirsak böyli laqqa yo sazan!..

Quyoş ufqqa tegar-tegmas paytda yöl tomonda yigit kişining dörillgan sasi eşitildi. Darov tanidim − akam. Yonidagi − Darmon opa. Nima uçundir ularga köriniş berişdan uyaldim. Qarmoq dastagini qirğoqqa suqib, özimni böyonlar[3] orasi − panaga oldim. 

− Uf-f, çarçab ketdim. Mana şu yerda bir nafas dam olaylik!

− Siz-a çarçagan?! Hali dunyoning u burçiga yetmadik-ku?

− Xöp de, Darmon. Birpasgina ötiramiz-u…

Akam velosipedni mendan ikki qadamça nariga yotqizdi. Keyin Darmon opa bilan yetaklaşib kelib, tollarning quyuq şoxlari orasidagi tönkaga ötirdilar. Botayotgan quyoş aksi suv yuzida jimir-jimir öynar, qizarib-bözarib ötirgan Darmon opaning yuz-köziga tuşib, uni yanada çiroyliroq körsatardi. Ular nima uçundir jimib qolişdi. Darmon opa sokinlik bilan oqayotgan suvga tikilganiça ötirar, akam atrofdan çöpmi, kesakçami olib, suvga itqitar, hosil bölgan tölqinlarni tomoşa qilardi. Uzoq davom etgan jimlikni Darmon opa buzdi:

− Gaplaringizga işonmayman! Rost bölsa, yozardingiz. Aqalli bir tabrik ham yubormadingiz-a, bayramlarda… − Darmon opa yiğlagudek kuyunib gapirardi.

Akam qölidagi kesakni zarb bilan suvga urib, qiz tomon yuzlandi. Uning qöllaridan uşlab, közlariga tikildi.

− Nahotki, nahotki Darmon, xatlarimni olmagan bölsang?!.

− Yöq, heç nima olganim yöq! Xudo haqi!..

Darmon opa labini tişlab jimib qoldi. U akamning közlariga sinçkovlik bilan tikilar, ingiçka qoşlarini çimirib, allanimalarni eslaşga harakat qilardi.

– Böldi! Tuşundim, hammasini bildim. Sizga işondim, Qodir aka!

U yoş bolaning yiği orasida sözlaganidek, entika-entika gapira boşladi… Hammasiga aybdor Sotim pöşta ekan… Darmon opa uning öğli taklifini rad etib, sovçilarini qaytargaç…

− Tumşuğini yoraman öşa ukkiyapaloqning!.. – Akam ğazab bilan öng qölini muşt qilib, öz tizzasiga urdi. Uning qöllari qaltirar, ğazab bilan gavdasini har tomonga taşlar, sökmasa ham eng qöpol sözlarni işlatib öşqirardi. – Onasini körsataman, öldiraman öşa qiltiriq bolasini!..

Bir mahal özining qiz bola oldida ekanligi esiga tuşdimi, birdaniga tinçidi. Beozor bir tovuşda:

− Men esam, xatlarimni javobsiz qoldirişing sababini söraşga botinolmay yuruvdim. Darmon… − dedi. Akam qizning oldiga taşlab qöygan soç örimini barmoğiga öray boşladi. − Kap-katta qiz bölib qopsan. Esingdami, Xivaning avtobusida yiğlaganing?..

− Qörqqandim-da, kim biladi öşanda sizlar bölmaganda… − erkalandi Darmon opa.

Akam qöllarini qizning yelkasidan oşirib, gavdasini öziga tortdi. Darmon opa ham qarşilik qilmadi. Ular xuddi mening kuzatayotganimni bilişganday endi şivirlaşib gaplaşa boşlaşdi.

Darvoqe, men nega gap öğirlab ötiribman. Özimdan-özim qisinib ketdim. Onda-sonda çigirtka çirillab qöyadi, «ketar vaqt böldi» degandek. Qimirlasam, kanalga kesak yumalaydi. Ular tomonga qaramaslik va quloq tutmaslikni şart qilib, biroz kutişga qaror qildim. Oyoqlarim oğrib ketdi. Keçqurun iş boşlaydigan çivinlar ham izillay boşladi. Ketmasmikanlar, degan umid bilan yana öşa yoqqa qaraşga majbur böldim.

− Voy-vuy, bunça çiroyli bölmasa! Kimdan örgandingiz? Xuddi qayiqning özi-ya! − Darmon opa qamiş yaproğidan yasalgan qayiqçani qöliga olganiça bolalardek quvonar, suvga qöyvorib, tağin qöliga olardi. – Suzişini qarang, Qodir aka, xuddi katta qayiqlarday…

− Qöyvoraver! Mana, yana bittasi tayyor!

− Bilasizmi, Qodir aka, qaysidir bir yurtda qizlar suvga gulçambar oqizarkanlar. Kimning gullari uzoqqa suzsa, umri uzun, baxtli bölarmiş…

− Kel, bizlaram… Qayiqçalar oqizamiz! 

− Keling, faqat kattaroq yaproqdan, nari-beri tölqinga doş beroladigan qilib yasab berasiz. Yö-yöq, har kim öz qayiğini özi yasaydi!

Darmon opa ham bir zumda qayiq yasaşni örganib oldi. Keyin ikki qayiqni yonma-yon qöyib, oqizib yuborişdi. Qiz qayiqçalarni hayajon bilan kuzatar, suvni qöllari bilan tölqinlatib, ularni kanal örtasiga haydaşga intilardi. Qayiqçalar mening töğrimdan ham bir-biriga tekkaniça qöşaloq bölib, oqib ötib ketişdi.

− Darmon, Darmonim mening! – Akam tik turgan qizni quçdi. − Istaysanmi, men senga har kuni qayiqçalar yuborib turaman! Xuddi şu paytda kutgin! Har kuni…

− Qayiqçalar?!

− Ha, qayiqçalar! Ularga qöşib yuragimni…

Ular öpişa boşlaşdi. Közlarimni çirt yumdim. Quloqlarimga barmoqlarimni tiqdim. Bir mahal «endi ketişgandir-ov» degan umidda közimni oçdim. Hali ham şu yerdalar. Yana tönkaga ötirişibdi.

Tizginga tizib, suvga taşlab qöygan baliqlarga ilon keldimi, suvni şöpirlatib, tipirçilab qöyişdi. Birdan qarmoq esimga tuşdi. Voy, dastak körinmaydi-ku! Böynimni çözibroq möraladim. Pökak butunlay yöq, ip teran tortilgan edi. Yuragim hapqirib ketdi. Tört qadamça yölni bir sakraşda ötib, qiyşayib qolgan dastakni suğurib olib, tortdim. Baliq katta bölsa kerak, ip suvni yorib, u yoqdan-bu yoqqa tortilar, baliqning suvdan çiqqusi yöq edi.

− Qiyalab tort,  qiyalab! Hozir ipni uzasan…

Akam çopib kelib, qölimdan dastakni oldi, baliqni özi suvdan çiqardi.

Tirsak böyli sazan böyon va takasoqollar orasida tipirçilar, akam uni uşlaşga harakat qilardi. Darmon opa joyida turganiça xandon otib kular, kulgidan közlari yoşlanib ketgandi.

− Qaçon kelding bu yerga? – söradi akam baliqni uşlab, öziga kelgaç.

− Hozir… Boya qurib ketgandim qarmoqni. – Öyimga kelgan bahonadan xursand böldim, özimga qoyil qoldim.

Bu voqeadan söng Darmon opani yanada yaqin seza boşladim özimga. U ham körgan joyda biror narsa deb hazillaşib qöyar, oyimga salom aytib qöyişimni taʼkidlardi. Uyga kelgan paytda oyim bilan u yoq-bu yoqdan suhbatlaşib ötirişni yaxşi körardi. Oyim unga örganib qoldilar. Ikki-uç kun köriniş bermasa, «döxtir qizim nega kelmay qöydi» deb, soğinçini yaşira olmasdi.

Akam armiyadan avval biror iş qilib qöysa, oyimga çaqib bermasligimni uqtirib, vaʼdamni olmagunça qöymasdi. Negadir bu safar unday qilmadi. Men oyimga çaqmasam-da, ularni kuzatişni davom ettirdim. Nega şunday qildim, bilmayman. Ularni kuzatiş, ikkisini bir yerda uçratiş menga qandaydir zavq bağişlardi. Quvonardim, Darmon opaga erkalangim kelardi.

Akam tolzorda kelişilganidek, har kuni qayiqçalar oqizib turdi…

Hammasi akam işga kirgandan keyin boşlandi. Bir kuni keçqurun ovqatdan keyin oyim gap boşladilar:

− Bugun dalaga rais keldi. Ayaydi-da, açinadi. Dadang ikkalasi qanday inoq edilar. Qalandarning traktorini öğli haydaydi deb, heç kimning qölini tekkizmay qöyibman, deydi. Kuzda vaʼda qilingan «Moskviç»ni ham öğlingga beramiz, deydi…

− Qöying, oyi. Men kolxozda işlamayman. − Oyimning gapini böldi akam. − Dadamning adoyi tamom bölgani ham yetar kolxozning işini deb.

− Tavba degin, bolam! Mard odam musibatni Xudodan köradi, nomard atrofdagilardan…

− Oyi, xudoyu boşqalarni tinç qöying! – Ovozini kötardi akam. − «Moskviç»mas, «Volga» berişsa ham… Vaqti yöq, soati yöq, bayrami, yakşanbasi yöq…

Xullas, akam köp ötmay rayon markaziga işga qatnay boşladi. U ertalab velosipedda ketganiça keçqurun qaytardi. Unga açinardim. Borişda yetti, qaytişda yetti, kuniga ön tört çaqirim yöl bosiş oson emas-da velosipedda. Yana hamma qatori işlaş…

Dastlabki kunlari akamning çarçagani şunday körinib turardi. Işdan kelgaç, heç kim bilan sözlaşmas,  nari-beri ovqatlanib, yiğma karovatini kötarib, boqqa oşiqardi, uyquning tadorigini körardi. Bu hol uzoq davom etmadi. Ikki haftaça ötgaç, akam çiniqib ketdi şekilli, işdan kayfi çoğ qaytadigan, mening işlarimni suriştiradigan böldi. Biroq u negadir Darmon opa bilan uçraşişga harakat qilmasdi. Bu kunlari Darmon opa deyarli har kuni tuşda uyimizga kelar, oyim bilan yöl-yölakay, baʼzan çoy ustida suhbatlaşib ketardi. U menga yoqimli bir tuyğu bilan qarar, közlari nimadir istab jovdirardi. Men endi hamma narsaga tuşunardim. U mendan öşandagi dorining nomi yozilganga öxşagan biron lapa kutardi.  

− Qiz bola ham bunçalik köhlik bölarkan-a, odobini aytmaysanmi! Onasini köru qizini ol, demişlari şu-da! Gulsara bekorga töyboşi bölib yurgani yöğakan. – Darmon opa ketgaç, öziga-özi gapirib, nima uçundir boş çayqab qöyardi oyim.

Akam köp ötmay kanal böyiga borib, qayiqçalar jönatişni ham unutdi. Qayiqçalar oqizilmagan birinçi kuniyoq yuragimning allaqayerida uvişiq his qildim. Balki esidan çiqqandir? Eslatsammikan? Yöq, unaqada ularni kuzatib yurganim oçilib qoladi. Köz oldimda uyi oldidagi poyapul yonida suvga termulganiça parişon ötirgan Darmon opa gavdalanadi. Akamning yubormasligiga aniq közim yetgaç, özim oqizdim qamiş qayiqçalarni. Ertasiga ham, indiniga ham…

Bir kuni akam işdan vaqtliroq qaytdi.

− Ozod, çopgin! Oyimni aytib kel! Uyga mehmon kelarmiş, degin! – Buyurdi u. – Velosipedga teginma. Magazinga borişim kerak. Yölakay olib kelay desam, bir tiyinsiz çiqibman.

Mehmonlar ikki yigit va uç nafar qiz bölib, ikkita bir-biriga öxşaş kajavali mototsiklda kelişdi. Yigitlarning ozğin va çayir gavdalari, soçlaridan yaqinda harbiydan qaytganlari sezilib turardi. Akam yigitlarni «quroldoşlarim», qizlarni «hamkasblarim» deya taniştirdi oyimga. Keyin nomlarini bir-bir sanab çiqdi. Kun issiq bölişiga qaramay, akam mehmonlarni içkari uyga taklif qildi.

Men odatdagidek, mehmonlarga xizmatga şoşildim. Akam yöldan qaytardi:

− Boşingni suqma xonaga. Bor, oyingga qaraş!

Oşxonaga qaytdim. Oyim öçoq boşida parişonxotir ötirar, tutundanmi, piyoz arçiganmi, közlarida yoş qalqirdi. Meni körib beparvogina:

− Kel, bolam, – deb qöydi.

Bir mahal oşxonaga böş çoynak kötargan akam, ketidan boya «Karomat» deb taniştirgan qiz kirib keldi. Karomat römolini yeçib taşlagan, qop-qora soçlari yelkalarini töldirib turardi. U çoy damlab çiqib ketdi. Oyim nimanidir sezdi şekilli:

− Uyatmasmi, bolam, dadangning tuproği sovumasdan turib… − deb tutilib qoldi.

− Şu yoşingiz bilan kampirning gapini gapirmang, oyi! – dedi akam bamaylixotirgina. − Dadam qaytib kelarmidi içmasam… Undan köra Karomat bilan tanişing! Idoramizda ikkinçi buğoltir. Menam öqiyman, zauşniy…

Oyim indamadi. Akam sigaretini tutatib, çiqib ketgaç, burnini tortib, köz yoşlarini yengiga artdi.

Akam şu kuni yarim tunda mehmonlar bilan birga ketdi. Işxonasi yotoqxona berganmiş. Kiyimlarini olib, biratöla ketdi. Ketayotganida çidab turolmadim:

− Aka, balki Darmon opamga biror gapingiz bordir? Men aytib qöysam…

− Nima?! – Akamning kayfdan suzilgan közlari yirtilib, ğazabdan çaqnadi. Negadir tariqça ham qörqmadim undan.

− Darmon opamga nima deyin?!

Akam kutilmaganda xandon otib kulib yubordi.

− Ey, galvars! Ey, xumkalla!.. Hoh-hoh-ho! Demak, böş emaskan-da bu qovoq! – Taqir boşimni şapatiladi u. – Senga baribirmasmi, Darmon bölmasa, Karomat! Işqilib çeçasiz[4] qolmassan, axir! Şuni ayt qişloqi opaçangga-a! – Akam yana kulganiça öt oldirilib, uni kutayotgan mototsikllar tomon lökilladi.

Yiğlab yubordim. Nega yiğlayotganimni aniq bilmasdim. Göyo kökrak qafasim közyoşi va yana allaqanday oğir narsalarga tölib ketgan, yiğlaganim sari ulardan qutulmoqda edim.

− Ha, bolam? Hali senga işonib akangni yotoqxonaga jönatib yursam… Aytdi-ku, axir, hafta sayin kelib turarmiş… Qöy, yiğlama, bolam! – Oyimning titroq tovuşidan uning ham yiğlayotganini seziş qiyinmasdi.

Ertasiga tuşda Darmon opam yana keldi. Men uning köziga qaray olmadim. Içkari kirib, kitob öqişga unnadim. Kitob sahifasida nigohim sözdan-sözga sakrar, xayolimda qorişiq fikrlar ğujğon öynardi…

Nega men ularni kuzatdim? Nima uçun qayiqçalar jönatdim? Qanday haddim bor edi bunday qilişga? Balki öşa qayiqçalar bormaganida Darmon opam ilgariroq sezarmidi akamning bunaqaligini… Bugun aytaman, hammasini gapirib beraman. Ularni poylab yurganimni ham, qayiqçalar jönatganimni ham! Yalinib-yolvoraman, keçirim sörayman!..

Darmon opa oyim bilan xayrlaşib, deraza oldidan kanal tomon ötib ketdi. Taşqariga otildim. Poyapul ustida ketidan yetdim.

− Darmon opa, töxtang, iltimos! Bilasizmi, men, men sizni… − Tomoğimga allanarsa tiqilib gapirolmay qoldim. – Bilasizmi…

U menga qarab maʼyusgina jilmayib turar, men aytmoqçi gap uni qiziqtirmayotgandek edi. U strelizatorini yerga qöyib, menga intildi. Yuzimni issiq kaftlari orasiga olib, közlarimga tikildi.

− Gapir, polvon!

− Men… men sizni aldadim, Darmon opa! Qayiqçalarni…

Darmon opa pastki lablarini tişlab jim qoldi. Uzun va qora kipriklari orasida yoş tomçilari paydo böldi.

− Aytmay qöyaqol!.. – Haligi munçoqdek tomçilar yonoğiga tuşdi. Keyin iyagi tomon bir-birini quvlab oqa boşladi. – Rahmat senga, uka! – Darmon opa ortiqça gapira olmadi. Meni bağriga tortib, titroq lablari bilan yoş quyilayotgan közlarimdan öpdi. Men uning mehr ufurib turgan oğuşida yiğidan töxtolmasdim.

− Yiğlama, uka! – dedi u. Avval mening, keyin özining yoşlarini artdi. – Şunga ham yiğimi, a, polvon? – U jilmayişga harakat qildi.

− Darmon opa, keçiring meni! – dedim uning közlariga tik qarayolmay.

− Nimani? Sen nima gunoh qilding?!

− Qayiqçalarni… − deyoldim söliğimni[5] bosolmay.

− Nima qayiqçalar?.. Endi oqizmay qöymoqçimisan? – dedi u jiddiy ohangda. − Men esam, har kuni kutaman qayiqçalaringni!

U strelizatorini olib, sekin mendan uzoqlaşdi. Yigirma qadamça yurgaç, qölini kötarib, römolçasini silkidi.

− Mayli, ertagaça! Qayiqçalaringni esa kutaman!           

Men öşa kuni keçqurun Beştomdagi opamga odatdagidan bir neça marta köp qamiş qayiqçalar oqizdim…

                                                                                                       1978-yil. Nukus şahri.

Fayzulla SALAYEV

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 3-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)