Olimjonning uşbu asarini öqiyotib, xayolimdan yaqin yigirma-yigirma beş yilning avvalida mahallamizda sodir bölgan ayrim voqealar esimga tuşdi.
Öşa paytlar mamlakatimiz endigina istiqlolga erişgan, sobiq tuzumdan qolgan barça tutumlar özgargan kezlar edi. Eski “sovxoz”, “kolxoz” degan tizimlar tamomila tugatilib, örnini yangiça boşqaruv usuli egallayotgandi. Aslida ham mustaqil bölgaç, maʼmuriy boşqaruv batamom özgaça usulga ötişi tarixiy zarurat edi.
Ammo meni boşqa holat öylantiradi.
Öşa paytlar öta tezlaşgan ötiş davri bölgan ekanmi, bilmadim, eski “sovxoz”lar bilan birga davlatning mulki hisoblangan uyur-uyur yilqilar, poda-poda qoramollar, sanoği yöq otarlar bir-ikki yilning içida yerga singdimi, kökka uçdimi, yöq böldi. Hatto tört ming-beş ming tuyoq siğadigan molxonayu qöyxonalar, tovuqxonalar, ulkan maşina-traktor parklari, garajlar buzilib, ğiştlarigaça “abjir işbilarmonlar” tomonidan taşib ketildi. Har kim qöliga ilinganini, eplaganini özlaştirdi. Oxirgi damlarda “sovxoz”ning sönggi raisi kutubxona va klubning örnini odamlarga uy qilib sotdi…
Endi esa davr özgargan. Odamlar öşanday molxonayu qöyxona qurib tuyoq sonini köpaytiriş, gavjum joylarda klub yoki tomoşaxonalar qurib, iqtisodiy naf oliş uçun harakat qilayapti.
Olim Jumaboyevning qissasida xuddi şunday ijtimoiy jarayon, faqat “özim bölsam” degan toifaning tuban xatti-harakatlari badiiy ifodasini topgan. Umumiy voqelik uzoq bir qişloqdagi eski va taşlandiq hovli ustida boradi. Asarda öquvçini öyga toldiradigan ötkir syujet yoki real voqelikning töliq tahlili yöq hisobi. Muallif qovurçini qotmagan bolakay tilidan taşlandiq hovli, egasi va uning ikki farzandi (qizi va öğli) taqdiridan ayrim parçalar keltiradi. Va şu jarayonda qişloqdoşlarining eski imoratga bölgan munosabatlari orqali umumiy syujetni şakllantirib boradi. Ana şu şakllanuv jarayonida personajlarning feʼl-atvori yuzaga çiqaveradi. Boşqaça aytganda, kimsasiz va beega hovliga hamma köz tikib turgani, baʼzi ğirromçilar til biriktirib özaro bölişib olgani maʼlum böladi. Qişloqdoşlar köplaşib uyni buzadi. Har kim qöliga ilinganini oladi. Qişloqning eng insoflisi sifatida gavdalangan personajlardan biri – usta Nizom öğriligini yaşiriş uçun uy egasi Suyarga qarata:
– Özimiz – usta, amallab kötarib berardik. Oxiri quladi. Qarovsiz yotgandan keyin şu-da! Omonating bizda. Devor ostida yöqolib ketadi. Uying bitganda qaytaramiz. El şunday dedi, – deya özini oqlamoqçi böladi.
Yoki xurjuniga köp narsani tiqib ketayotgan personaj (Qadam aka) öğrilikdagi şeriklaridan biri – Nizom ustani quvvatlab:
– Eski-tuski nima kerak özi, töğrimi, Suyarjon? Hemiriga yangisidan beradi-a? Eskini tuzatgunça esing ketadi, – deb hamyurtlarining “böl-böl”çiligi va taşmaçiligini xaspöşlaydi.
Qissaning umumiy syujetiga sinçiklab nazar solgan öquvçi qişloqdoşlarning bir zamonlar elni oçlikdan saqlab qolgan Şodmonboy otani yuzxotir qilmaganiga, har kim “özim bölay” degan aqidaga mukkasidan ketganiga, faqatgina asosiy qahramon ahyon-ahyonda eslab turganiga guvoh böladi. Aniqroq aytganda, arzimas xoda, böyra yoki bir parça yerga ega çiqiş uçun bir-birlari bilan “sen-men”ga borganini köradi.
Taʼkidlaş kerak, asarning umumiy ruhi inson deb atalmiş muborak zotning boylik ilinjidagi pastkaşliklarini foş etgani bilan ahamiyatli. Şu maʼnoda “Uy”dagi umumiy syujet va yuqorida keltirilgan mahallamizdagi voqealar örtasida öxşaşlik borday tuyuldi menga.
Ha-ya, qissani öqiyotib, badiiy tilining özgaçaligi – baxmalliklarga xos muomala tilining sayqal berilgan şaklda asarga köçganligi eʼtiborimni tortdi. Töğri, baʼzi joylarda şevaçilikka berilib ketgan, voqealar bir-biriga ğaliz ulangan, oqibatda öquvçi ifodani tuşunişi qiyin keçgan örinlar bor. Bular muttasil davom etadigan maşqlar natijasida barham topadigan nuqsonlardan. Lekin personajlarning ijtimoiy holati va qiyofasini ifodalaşda yoki ularning ruhiyati tasvirida: “Rözğori bitta kök sigirning yeliniga qaragan-u dağdağasi olamni buzadi-ya!”, “Yeganimiz özimizga yuqmay yuribmiz”, “Bir-ikki söm bersang, orqasi öçoqdek bölib qoladi”, “It talaşmay işi bitmas”, “Sening beting bilan keting bir”, “Qaynatsa qoni qöşilmaydi”, “Ruhi tuşganning oti ham yurmaydi”, “Qöl uçida kun köradiganning egni qisiq böladi”, “Otasiz ösgan uysiz ösgandan yomon”, “Kampiri çimildiq körpasi titilmay beva qoluvdi”, “Ota moli qöşilmasa, bola boyimas” kabi şevadan ötgan jumlalar işlatilişi asarga zeb bergan.
Aslini olganda, bularning bari özimizning gaplar. Har kuni yoki kunora bilib-bilmay, sezib-sezmay işlatadigan jumlalarimiz. “Uy”da bu kabi ohorli, hali badiiy adabiyotda işlatilmagan söz va iboralar serob. Ularning adabiy muomalaga kirişini, şubhasiz, muallifning sinçkovligi, söz ustida yaxşi işlaganligi bilan boğlaş kerak.
Bilişimça, uşbu qissa Olimjonning dastlabki yirik asari. Keyingi bitiklarida ham ana şunday real voqeliklar ustida qalam tebratişiga, kitobxonni dunyoni keng muşohada etişga çorlovçi asarlar bitişiga, şu bilan birga, bizdan oldingi avlodlarning oğzida qolib ketayotgan kamyob söz va iboralarni adabiy taomilga olib kirişiga tilakdoşman.
Anvar SUYUN
yozuvçi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

