30 daqiqada öqiladi

486 marta körilgan

Safar

Abdusaid Köçimov

(Essedan parça)

Şunday qilib filologiya fanlari doktori, professor Pirmat Şermuhammedovning yetmiş yillik yubileyi munosabati bilan uluğvor Qoraqalpoğiston diyoriga taşrif buyurdik. Yubiley bilan boğliq barça rasmiy–norasmiy tadbirlar yakunlangaç, bu muazzam ölka böylab safarimiz davom etdi. Hamrohlarim – Özbekiston Xalq yozuvçisi Muhammad Ali, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yöldoşev, filologiya fanlari nomzodi Adhambek Alimbekov, taniqli ijodkor, “Işonç” gazetasi Boş muharriri Abduxoliq Abdurazzoqov, Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi Örazboy Abdurahmonov. Tabiiyki, ustoz Pirmat Şermuhammedov hammamiz uçun ham mezbon, ham yölboşçi. Safarimiz, sayru sayohatimiz bir-biridan maroqli keçmoqda edi.

* * *

Amudaryo ustidagi “Jumurtov panton köprigi”dan ötib, öngga qayrildik. Guar qalʼa xarobalari körindi. Qalʼa daryodan yuz qadam berida edi. Uçburçak şaklda, daryo yoqalab şimoldan janubga çözilgan qalʼa atrofi qadimda ikki qator qalin devorlar bilan öralgan. Asrlar böroni tişlab-kemirib baʼzi joylarini yer barobar qilib xarobaga aylantirib taşlagan esa-da, şu qoldiqlarning öziyoq bu devorlar öz zamonida naqadar baland, mahobatli va mustahkam bölganini aytib turgandek edi. Devorlar sirtidan har 20 qadamda burjlar bilan mustahkamlangan. Devor va burjlar böylab maxsus otiş darçalari közga taşlanadi. Devor tepasida qörğon yasovullari va askarlari yuradigan oçiq yer bölib, unga devorga yopiştirib işlangan zinapoyalar yordamida çiqilgan. Qalʼa atrofini öragan va butun bir istehkomlar kompleksini taşkil qilgan bu devorlar duşmanlardan saqlaniş uçun xizmat qilgan…

– Dastlabki tekşirişlarda Guarning qurilgan vaqti milodiy 2 – 4 asrlarga töğri keladi deyilardi. Ammo sönggi tekşirişlar qalʼa miloddan avvalgi 4 – 3 asrlarga taalluqli ekanini isbotladi, – deb tuşuntiriş berdi allaqaçon norasmiy safarboşiga aylanib bölgan Pirmat aka Şermuhamedov. – Ilgari behad katta edi. Devorlarining tuproği juda foydali ekanligi tufayli öğit örnida taşib ketişdi. Ötgan asrning 50-yillarida bu yer qamoqxona va harbiy şaharça edi. Baland vişkalarda qurolli soqçilar turardi. Siyosiy mahbuslar saqlanardi. Arxeologlar harbiy garnizon turgan joyning bir çekkasida muqaddas olov yonib turganini tasdiqlovçi bezakli öçoq, askarlar haykalçalarining parçalari va filning kiçik haykalçalarini topişgan. Olimlar şuningdek, qalʼa içida drenaj-kanalizatsiya ham bölganini aniqlaşdi. Qarang, antik davrda ham suv quvurlaridan foydalanişga eʼtibor berilgan ekan.

Qalʼaga çiqişimiz bilan tasavvurga siğişi qiyin bölgan inja manzaraga yuzma-yuz böldik: bir tomon gözal va bepoyon çöl, bir tomonda sokin, osoyişta oqib yotgan Jayhun, bir tomonda adoqsiz  Bodoytöqay çangalzorlari.

– Bu tomonlarda qaynar buloqlaru zumrad soylar, yaşil arçazorlaru köm-kök ötloqlar kamçil. Körib turibsiz, çöl taraf pastu baland barxanlar, kösa soqolidek dikkaygan saksovul poyalari, çökirtaklar. Ammo, bahorda şunday gözal bölib ketadiki, qip-qizil qizğaldoqzorlar közni qamaştiradi. Şamolga köksini tutib turgan tepaliklar yam-yaşil maysalar bilan qoplanadi.Ösimlik dunyosi şu qadar boy, tizzaga uradigan öt-ölanlari şu qadar rang-barangki, soatlab tomoşa qilsang ham töymaysan.

– Zamonlar böronida toğlar yemirilgan, kentlar xoki turob bölib ketgan, – dedi afsus bilan Muhammad Ali aka. – Bu paxsa devorlar esa hamon tirik, hamon çidab kelyapti hammasiga.

– Guar töğrisida bir qiziq afsona bor. Bu afsonani Rossikova degan olima yozib olgan. Unda aytiladiki, Guar ismli kelişgan yigit Şiş payğambarning ayoliga oşiq bölib qoladi. Va daryoning öng sohiliga, toqqa yaqin joyda ajoyib qörğon va saroy quradi. Yer tagidan daryoning çap sohilidagi seviklisining saroyiga eltuvçi yöl qazadi. Şiş payğambar xiyonatkorlar aloqasi ustidan çiqib qoladi va öz raqibiga taşlanadi. Şunda ayol öz eriga yordamlaşiş örniga uning oyoği ostiga tariq soçadi. Şiş payğambar oyoği toyib tiz çökadi. Şu payt payğambarning iti Guarni oyoğidan tişlab yiqitadi. Raqibini öldirgaç, payğambar ayoliga: “Xöjangga qanday xizmat qilişni itimdan örgan”, deydi. Payğambar dunyoni tark etiş oldidan Guarning oldida tiz çökkani uçun öğillariga ölganimdan keyin oyoqlarimni kesib, faqat tanamni dafn qilinglar, deb vasiyat qiladi va uning vasiyati bajariladi.

– Tayyor kino ekan-ku! – deb yubordi rivoyatdan taʼsirlangan Alimbekov.– Nega kino qilmaymiz? Xöp, avvallari tilimiz kurmovda, ongimiz tuşovda edi. Şörolarga yoqmasdi bobolarimiz ruhiy olamini uluğlaş. Endi-çi? – Alimbekov qizişib ketdi. – Nima tösqinlik qilyapti? Şaroitmi? Mablağmi? Texnikami? Hammasi bor-ku! Prezidentimiz maʼnaviyatni yuksaltiriş töğrisida qançalar kuyunyapti. Heç nimani ayamayapti. Million-million mablağ evaziga texnikalar, asbob-uskunalar olib berilyapti. Kinoçilar-çi? Televizorda turk bilan koreysnikidan bölak odam tomoşa qiladigan narsa bölmasa.

– Savol beriş oson, – dedi göyo uni yupatmoq ohangida Pirmat aka. – Siz kinoçini, kinoçi sizu bizni ayblagani bilan masala hal bölib qolmaydi. Belni ikki-uç joyidan mahkam boğlab hammamiz baravariga bir yoqadan boş çiqarib işlaşimiz kerak. Xöş, mana Muhammad Ali aka, tarixni biladi, qölidan yoziş keladi. Nima uçun yozmaydi? Misol uçun sohibqiron Amir Temur haqida bir neça seriyali film yozib berişi mumkin-ku?

– Hozirgina özingiz aytdingiz, savol beriş oson, deb. Men sizga aytmovdimmi Sohibqiron hazratlari haqida köp qismli kinossenariy yozib, kinokompaniyaga topşirganimni? Ular “zör” deb qabul qilişdi-yu, nima uçundir uşlab-uşlab ikki yil ötgaç qölimga qaytarib berişdi.

– Konservatoriya binosi yonboşida qurilayotgan Mediamarkaz bitay deb turibdi, – deb muloqotga aralaşdim bu sohadan xiyol xabarim borligi uçun. – Markaz işlay boşlaganidan keyin kino oliş uçun juda keng imkoniyat oçiladi. Kinoçilar yil davomida sira qiynalmay sʼyomka qiladigan böladilar. Yuqoriga poyama-poya çiqiladi, uçib emas.

– Qaranglar, – dedi Pirmat aka çöl tomonda yerga sançilgan nayza kabi qaqqayib turgan qator simyoğoçlarni körsatib. – Butalar orasida bözrayib yotgan yolğizoyoq söqmoq, daryoning u sohilida quş uyalariga öxşab möjaz köringan imoratlar, qirmiz rangga böyalgan tomlar, daraxt uçlaridagi yakkam-dukkam yaproqlarning ajib jilvalanişi… Qani endi bir operator bölsayu… Qayerda bor bunday manzara. Eşitişimça, hind kinosanʼatkorlari mana şunday manzaralarni suratga tuşiriş uçun boşqa mamlakatlarga borib, millionlab mablağ sarflar ekan. Bizda esa dehqonçilik, faqat qadriga yetmaymiz, şekilli.

Oxirlab borayotgan kunning hozirgi körinişi haqiqatan ham betakror qiyofada edi. Botayotgan qontalaş oftob daryo betida akslanadi. Yengil şamol, ovulda kimdir tandirga öt yoqayotgan bölsa kerak, öşa tomondan turli giyoh hidlari aralaş kuyuk tezak isini ham olib kelmoqda.

Qöqqisdan tik turgança oftob yonboşlayotgan tepalik tomonga közlarini qisib qarab turgan Abduxoliq Abdurazzoqovning baland ovozi jaranglab ketdi:

Bu yurtda har tepa – bir şahar örni…

Ne-ne boğlar qolgan qumlar tagida,

Кукунларда ухлар не-не саройлар…

Asrlar zarbidan hali çökmagan,

Belin bukmagan –

Minoralar boşlar hu olislarga

Köngil, joy böşatma ğarib hislarga.

Cözlarning jarangiga, tölqiniga zavqlanib quloq solib turgan Örazboy suyunib ketdi:

– Mirtemir domlaning “Qoraqalpoq daftari” turkumiday çiroyli turkum jöq! Bizni yurt töğrisida heç kim Mirtemir domlaçalik sodda va qaynoq şeʼrlar bitgan emas. Qarang, manovi gözal satrlarga qarang:

– Yangajon! – dedim.

– Qaynim-ov! – dedi.

– Berroq kel! – dedim.

– Aynima! – dedi.

Davra quvnoq edi, suhbat şöx edi,

Köngilda zarra ham ğubor yöq edi.

Ana tabiiylik, ana hazil-huzul! Ana soddalik, ana daholik! Sel bölib ketasan, sel!

Endi mana bunisini eşiting:

Böylarida suxsur uçar, ğoz uçar,

Qirğovul, oqquvlar etib noz uçar,

Qişni quvib köklam uçar, yoz uçar,

Kökka tölar savt-sado, yali-yali.

Sira aql bovar qilmaydi-ya! Qança serböyoqlik, xalqçillik, samimiyat, mazmundorlik, nafosat, nafislik, musiqiylik!.. Oqin degani, xalq oqini degani şunday bölsa-da!

– Şunaqa narsani yozib qöyib, bemalol oyoqni uzatib ketvorsang arziydi! – deb qöydi orzumandlik bilan Muzaffar Ahmad.

– Şuning uçun ham domlaning şeʼrlari allaqaçon qöşiqqa aylanib, tom maʼnoda xalq mulkiga aylanib ketgan. Mirtemir domlaning şeʼrlari şunday sehrli bir qudratga egaki, uni aytib, yozib, gapirib beriş qiyin.

– Töğri, Mirtemir domla adabiyotimizdagi baland çöqqi, juda baland!.. Öqiysan, öqiysan… öqigan sayin yana nimadir kaşf etgandek bölaverasan. Ammo Abdulla Qodiriydir, Usmon Nosirdir, Ğafur Ğulomdir, Abdulla Qahhor yoki Oybek domladir, ular haqida ozmi-köpmi bir nimalar qilingan adabiyotşunoslikda. Mirtemir domlaning ijodi esa oçilmagan qöriqday yaydoq yotibdi. Adabiyotşunoslarning katta qarzi bor bu uluğ zot ruhiyati oldida.

Alimbekov gapini tugatar-tugatmas daryo tarafdan:

– Assalom, Amu! Assalom, Jayxun! – degan hayqiriq keldi. Yoppa qaradik: Qozoqboy Yöldoş! Jayxun böyida bizga qarab qöllarini silkityapti: – Bu yoqqa tuşinglar! 

Qalʼadan qaçon daryoga tuşib ketganini sezmay qolibmiz. Zavqim toshib ketdi quloçlarini kerib turişiga qarab. Keçki salqinda sovqota boşlagan iliklarimga olov oqib kirgandek böldi va unga qöşilib hayqirib yuborişdan özimni zörğa tiyib qoldim.

Qalʼaning eng baland nuqtasidan qaçonlardir bolakay Pirmatni öz quçoğida kuniga ön martalab erkalatgan mehribon daryo böyiga endik. Tuşayotganimizda ustozning entikib-entikib nafas olayotganini sezdim.

Amudaryo qadrdon dösti bilan salomla-şayotgandek şöx tölqinlarini qirğoqqa çalpidi. Pirmat aka:

– Salom, ona daryo! – deb qöllarini köksiga qöydi, egilib daryoga salom berdi. Keyin qaddini rostlab, qöllarini keng yozib, ömganini kerib xuddi daryoni quçoqlamoqçi bölganday mehr va içki bir nido bilan: – Dunyoda Amudan çiroyli daryo yöq! – deya xitob qildi. Ustozning bu sözlarida heç qanday şior yo çaqiriq tarzidagi çuçmal ohanjamalik yöq edi. Solih farzandning ota makonga beadoq muhabbati gurkirab turardi bu xitobda.  Ustoz çuqur nafas oldi-da, qamişlar, çeçaklar ösib yotgan narigi qirğoqqa, tepaliklarga, daryo yoqalab ketgan beadoq töqayga suqlanib qarab qoldi.

Daryo ham mungli-maʼyus bölib qolgandek edi. Tölqinlar öşa kunlar qissasini şivirlab aytib bermoqçi bölayotgandek mayin çayqalardi.

– Uçta qöyimiz bölardi. Ötlatiş uçun har kuni qayiqqa mindirib daryoning u yoğidan bu yoğiga olib ötardik. Öt qalin edi bu qirğoqda. Qöy boqib yurganimizda qalʼa devorlari atrofida Iso payğambarga öxşagan soçlari uzun bir çol yurardi Guar qoldiqlarini kovlab-qazib. Qadimda bu zaminda umrguzaronlik qilgan mahalliy aholi – sak-massagetlar Amuni “Ökuz” deganini birinçi marta öşa çoldan eşitgan edik. Ona daryomiz yunon adabiyotida OKS gerkça OKOS şaklida tilga olinişi, Mahmud Qoşğariy luğatida “Ökuz” termini daryo sözini anglatişi, “Avesto”da Ardvi, yana bir manbada Amul ham deyilişi, Jayhun nomi esa Tavrotdagi “Gihon”ning arabçalaşgan şakli bölib, daryo 17-asrgaça öğuz deb kelingani, turkiy tillarda ham öğiz atamasi daryo maʼnosida qöllanganini keyin-keyin kitoblarni öqib bildik. Bilganlarim daryodan tomçi, dengizdan zarradir. Bu zaminda ne-ne siru sinoatlar yaşringani yolğiz Yaratganning öziga ayon.

– Amul degani hozirgi Çorjöy. Amudaryo atamasi adabiyotga ança keç, IX-X-asrlarda kirgan. Akademiklar Bartold va Yahyo Ğulomovning aniqlaşiça, Amul şahri Mavorounnahr bilan Xorazmni boğlovçi yöllar çorrahasida joylaşgan bölgan.

Quyoş toğlar ortiga botib borar, röparadan esayotgan şamol butalarni çayqatar, Pirmat aka hikoya qilayotganda, quruq qamiş poyalari bir-biriga tegib şitirlagan ovozlar eşitilardi.

– Bu dunyo yöriqlarini anglamoq qiyin, – dedi bir daqiqalik jimlikdan keyin Muhammad Ali aka öyçan ohangda. – Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig”ida bir manzara bor. Özğurmiş Ögdulmuşning savoliga javob bera turib deydi: “Qora yer qaʼriga bir nazar solgin, unga ne-ne kişilar kirmagan. Ammo uning öpqoni sira-sira tölmaydi.

Qora yer qaʼrini oçib köriş mumkin bölganda edi, u yerda ne-ne sara, asl kişilar azob çekib yotganlarini körgan bölar eding.

Ne-ne beklar qora yer bilan teng bölib yotibdilar, ne-ne bilağon, donişmandlar yer ostida çirib yotibdilar.

Ularning begini qulidan ajrata olmayman, kambağallarini boylaridan farqlay olmayman.

Mana şunday sara kişilar yer bilan yakson bölganlarida, yo sen, yo men tirik qolarmidik…” Falsafaga qarang…

– Tarixni kovlasang qiziq, – dedi halidan buyon indamay eşitib turgan Qozoqboy aka. – Mana til, özimizning turkiy tilimizning boşidan keçirganlari. Tilşunos olim Baskakov turkiy tillarning şakllanişini uç davrga: xunlar, qadimgi turk, örta turk davrlariga böladi. Eramizning v asrigaça bölgan birinçi davrda avval janub va şimolda, keyin şarq va ğarbda yirik uruğ-qabilaviy birliklar paydo böladi. 6-9 asrlarni öz içiga olgan qadimgi turk davrida ilgari şakllangan qabilalar va uruğlar endi bulğorlar, qipçoqlar, öğuzlar, qorluqlar, qirğiz-qipçoqlar kabilarga bölinib ketadi. Olim 9 -15 asrlarni qamrovçi uçinçi davrni ikkiga: 4-12 asrlarni qamrovçi möğullarga va ulardan keyingi 13-15 davrlarni öz içiga olgan qoraxoniylar, xorazmiylar va ulardan keyingi Oltin Örda davlati, Saljuqiylar ittifoqining taşkil topişi bilan belgilaydi. Baskakovning fikriça öğuzlardan: öğuz-turkmanlar, öğuz-saljuqiylar, öğuz-bölğorlar, qipçoqlardan esa qipçoq-bulğorlar, qipçoq-polovetslar va hokazolar vujudga keladi. Ammo uning tadqiqotida bahsli örinlar köp.

Fayzulla Salayev Qozoqboy akaning mulohazalarini davom ettirdi:

– Ammo bitta haqiqat borki, hamma davrlarda ham bu mintaqada yaşagan ajdodlarimizning obrö-eʼtibori jahon miqyosida salmoqli bölgan. Aleksandr Makedonskiy bostirib kirganda, Xorazm davlatining çegarasi Itil (Volga) va Yoyiq (Urol) böylaridan tortib Dnepr va Qora dengiz qirğoqlarigaça çözilgan edi. Bu yerlarda qipçoqlar, mojorlar, xazarlar, öğuzlar, peçeneglar kabi turkiy qavmlar yaşar edi. Kiyev Rusi davrida ham Xorazm davlatining qudrati baland edi. Bu vaqtlarda hatto Kiyev Rusi davlatining knyazi Vladimir Svyatoslaviç islom dinini qabul qiliş niyatida özining tört kişilik vakilini Xorazmga jönatgan. Rus elçilarini hurmat bilan kutib olgan Xorazmşoh, javob tariqasida maşhur imomlardan birini Rus davlatiga yuborgan, şundan söng ayrim ruslar islom dinini qabul qilgan.

– Yana bir qiziq fakt, – dedi Pirmat aka. – Bundan bir neça ming yillar oldin Amudaryo Uzboy orqali ötib Kaspiy dengiziga quyilgan. Keyinçalik tabiiy kuçlarning qarşiligiga uçrab daryo öz yölini ğarb tomonga burgan va natijada Orol dengizi hosil bölgan. Serunum toğ jinslari-mineral öğitlar çökib-örnaşib qolganidan bölsa kerak, tumanimiz yerlari serhosil. Lekin… – Pirmat aka birdan xayolga çömdi. – Lekin, bu xalqning çekkan azoblariga… Mayli, Iskandaru möğul istilolarini qöya turaylik. Faqat rus imperiyasining özi uç marotaba uyuştirgan bosqini oqibatida ozmunça begunoh insonlar qurbon böldimi?  1717-yilda kelib çiqişi kavkazlik bölgan general Bekoviç-Çerkasskiy, 1839–40-yillarda Orenburg hokimi Petrovskiy, undan keyin Fon Kaufman boşçiligida amalga oşirilgan bosqinlarda şu darajada vahşiyliklar qilganki, tarixçi Bayoniyning “Şajarayi Xorazmşoh” asarida yozilişiça, Manğitni bosib olayotgan rus qöşinlari aholining erkagu ayoli, yoşu qarisiga qaramay beşikdagi bolasigaça ayamay qirib taşlagan. Uylarni yondirib kulini kökka sovurgan bosqinçilar bozor kuni bozorga sotiş uçun keltirilgan çorva mollarini ham otib taşlagan. Rus imperatori qonxör xizmatçilarini ulkan unvonlar, oltin qurollar bilan taqdirlagan.

Unutib bölarkanmi bu fojealarni. Manğitda “Ming yarim şahidlar” qabristoni bor. Öşa dahşatlarda qurbon bölgan eldoşlarimiz taqdirini eslatib turuvçi unsiz xotira bu. Hokimiyat hozir u yerda boğ va muzey barpo qilyapti. 

* * * 

Rasmiy-norasmiy uçraşuvlar adoqlagaç, navbat ovga keldi. Bu jarayon taşabbuskori Örazboy Abdurahmonov edi. U bir neça yillardan beri içimni qizitib kelardi Qoraqalpoq töqayzorlariyu çangalzorlari haqida gapiraverib. Gap şundaki, biz yetti-sakkiz yil bitta taşkilotda – Özbekiston teleradiokompaniyasida yonma-yon xizmat qildik. U “Özbektelefilm”ning Qoraqalpoq bölimini boşqardi. Qoraqalpoğistonning tabiiy boyliklari, qadimiy yodgorliklari, betakror tabiat olamini tasvirlovçi qator hujjatli filmlar yaratdi. “Axborot” teledasturida qöriqxonalardan tayyorlagan qiziqarli lavha va reportajlari berildi. Faqat şu emas, bu oğam bilan juda uzoq, salkam qirq yillik qadrdonligimiz bor.

Oldinda bizning “Gazik”, orqada “Neksiya” – ketib boryapmiz çöl oralab. Manğit orqada qoldi. Kegayli kanalining “Kiyik köprik” degan köprigiga yaqinlaşganda, Örazboy:

– Manov yoqqa bir qaranglar! – dedi katta yölning çap tomonida katta karvon yangliğ tizilib turgan zamonaviy imoratlardan iborat körkam qörğonni körsatib. – Zamonaviy usulda qurilgan yangi posyolka. Yangi Xalqobod deyiladi. Prezidentimizning 2009-yilda qabul qilgan “Qişloq joylarda uy-joy qurilişi kölamini kengaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroridan keyin qurilgan. Şahardagi uylardan kam emas. Hamma şaroiti bor. Bir vaqtlar uy qursak, hovlining yarmini bostirmayu molxona egallardi. Bu uylarda butkul boşqaça – ayvon, dahliz, mehmonxona, yotoqbölma, bala-çaqa xonasi, vanna, garaj – hammasi muhayyo, joy-joyida.

– Şu yerda bir pas töxtab, yangi posyolkani bir köraylik, – dedi qiziqişi ortgan Abduxoliq aka.– Prezidentimizning siz tilga olgan qarori mamlakatda zamonaviy qişloq meʼmorçiligining şakllanişiga asos soldi, qişloq obodligi va taraqqiyotiga zamin yaratdi. Lekin ayrim viloyatlarda mahalliy şaroit, xalqimizning tabiati, mayl-istagi va azaliy anʼnalarini hisobga olişda maʼlum kamçiliklarga ham yöl qöyilganini Pirezidentimiz Andijon viloyatiga borganlarida alohida taʼkidladilar.

– Bizda hammasi odamlar ming yillardan buyon orzu qilib kelganiday! – dedi közlari yonib Örazboy oğa. – Har bir hudud alohida-alohida yaratilgan namunaviy loyihalar böyiça qurilgan. Mana, hozir özingiz körasiz.

Kördik.

Havasimiz keldi.

Qani endi, biz şunday bir imorat qursak, dedik bir-birimizga. Illo, Yangi Xalqobodning köçalari şaharning ravon yöllaridan aslo kam emas, devorlari qizğimtir pişiq ğiştli, ğoyat şinam va bejirim uylar, bu uylardagi qulay şaroitlar, çindan-da havas qilsa-qilgulik edi. Yotiş-turişdan taşqari 12 sotixli hovlida eçki-qöy, tovuq-jöja boqiş, daraxtlardan meva-çeva, tomorqadan sabzi-piyoz yetiştirib, bemalol rözğori dasturxonini obod qiliş mumkin. Şaharça toza içimlik suvi, tabiiy gaz bilan taʼminlangan. Özining boğçasi, maktabi, sport maydoni, supermarketi, maʼraka-mavridlar ötkazuvçi marosimlar uyi bor. Ikki çaqirimça nariroqda yangi kollej binosi bitay-bitay deb turibdi.

– Yangi uy-joylar odamlarning hayotini, orzu-öylarini özgartirib yuboryapti, – deb davom etdi yana katta yölga tuşganimizdan keyin Örazboy oğa. – Hamma işlaydi, tinmay oldinga intiladi. Sababi, bu uylar kreditdan paydo bölgan. Kreditlar imtiyozli – 15 yillik. Qarzdan qutuliş uçun ham astoydil işlamasang bölmaydi. Uy quriş azoblarini uy qurgan biladi. Yoğoç top, taxta top, sement qidir, ğişt opke, usta gaplaş, mardikor opke, haşarçi izla – joningni halqumingga keltirib yuboradi. Qoraqalpoğistonda şuning uçun ham uy quriş paşti töxtab qolgan edi. Hozir-çi, meʼmorlarga borib, könglingga yoqqan loyihani tanlab, buyurtma berasan – tamom-vassalom. Hammasini özi bajarib, qölingga kalitni tuqazadi. Men bitta gazetaning zakazi bilan şu sohada amalga oşirilayotgan işlarni örganib çiqdim. Burnoği yili mamlakatda 6800 ta, bultur 7400 ta mana şunday uy-joylar qurilgan bölib, şularning 500 ga yaqini “Qişloqqurilişinvest” injenireng kompaniyasi Qoraqalpoğiston filiali buyurtmasiga asosan Qoraqalpoğistonda barpo qilingan. Ellikqalʼadagi “Qilçinoq”, Kegaylidagi “Qizil uy”, Xöjaylidagi “Oybek”, Çimboydagi “Tazqora”, Nukusdagi “Uzunköl”, Qönğirotdagi “Guliston” qörğonlarida saf-saf turnalar kabi tizilişib turgan mana şunday binolarni körganda odamning sevinçi içiga siğmay ketadi.

Örazboy oğaning hikoyasi töqayzorgaça davom etdi. U yana barça turdagi quriliş materiallari ham asosan Qoraqalpoğistonning özida işlab çiqarilayotganini, ilgarilari atigi törtta ğişt zavodi bölgan ölkada hozir önlab şunday zavodlar keçayu kunduz tinimsiz işlab turganini ham aytib berdi. Yölning ikki betini qoplab borayotgan çangalzor qalinlaşib-quyuqlaşaverdi.

– Hozir burilamiz, – dedi maşinani haydab borayotgan Örazboyning bojasi – Abduqodir Karamiddinov daraxtlar orasidan oqarib köringan tor köçaga buriliş uçun ulovni yöl örtasiga olar ekan. – Bu yoği öydim-çuqur.

Angladikki, endi ehtiyotroq böliş kerak. Asfalt yöldan çapga burilib çangalzorga kirdik. Tuproq köça töqayzor-örmon içidagi tevaragi çetan devor bilan öralgan hayat-hovliga olib bordi. Ismi Manabay ekan, yoşi 25 larga kirgan sovuqda ham yengil kiyingan yigit bizga peşvoz çiqib qölimizga suv quya boşladi.

– U Abduqahhor akaga ayriça kötarinkilik bilan: – Baliqşörvayam, baliqjarkopam taxt. Qaysidan boşlaylik, oğa?–dedi.

– Ördakşörva-çi? Tayyormi uyam? – deb kuldi Karamiddinov aka. Keyin bizga burilib: – Qoraqalpoq degani töğri tayoq – ayyorlikni bilmaydi, – deb yana yigitga yuzlandi: – Avval uyga kiraylik, ovmin-povmin qilaylik.

Janabay şaraqlab kuldi:

– Böladigan işni jantaqqa sudraş nima kerak, oğa?

Peşonasi yarim aylana ayvonçada poyabzallarni qoldirib, nimyoruğ yölak bilan tördagi köndalang uyga ötdik. Keng va yoruğ edi bu xona. Örtada tuzalgan uzun xontaxta. Xontaxta girdiga yangi körpaçalar töşalgan.

Har kim siyini bilib-bilib ötirdi.

Hassa tayangan esa-da, harakatlari tetik qoraqalpoqaft bir çol kirdi. Körinişiga qarab yetmişlarga kirgandir desak, saksondan oşganiga beş yil bölgan ekan. Esengeldi bobo duoni ham baʼzi çollarga öxşab ezib ötirmadi:

– Olganlaring oltin bölsin. Yurtimiz obodligini, tinçligimizni saqlab turgan davlatboşimizning umri uzoq bölsin. Köz tegmasin mamlakatimizga. Omin, oblohu akbar!

Qoraqalpoq odati böyiça xonadon bekasi çoy opkirdi.

– Kelinim, – dedi çol. – Oti Zebogul. Qizim, uluğ mehmonlar bilan söraş.

Zebogul kelinçaklar kabi egilib sözsiz salomlaşdi. “Xuş kördik, oğa”, deb Abduqodir akaga alohida iltifot qildi. Uy egalarining muomalasidan sezdikki, Abduqodir akaning obröyi baland edi bu yoqlarda. Axir, u kimsan – “Nukus baliq” oçiq aksiyadorlik jamiyati raisining örinbosari-da.

Bir-ikki piyola çoydan keyin, Esengeldi bobo “Sizlar yozilişib bemalol ötiringlar”, deya uzr sörab çiqib ketdi. Karamiddinov Janaboyni çaqirib bunday dedi:

– Mana endi şörvang bormi, qovurmangmi – opkelaver. Faqat tez böl. Qoronğu tuşib qolmasidan kölga çiqib… a? Miltiqlar moylanganmi? Malades. Çeçamga ayt, dajjam-dajjam qimirlasin.

Gap oş-ovqatda emas-u, lekin dasturxon hurmati, mehmondorçilik hurmati – aytişim şart: umrimda yemagandim bunday mazali baliqşörvani – içgan sari içging keladi.

Baliqxörlikdan keyin, ust-boşimizni almaştirib, ovga jönadik

Olti kişimi, sakkiz kişimi, işqilib, Pirmat aka bilan Muhammad Ali akadan (ular ikkovi şu yerda qolişdi. Muhammad Ali aka yaqinda közini davolatgan, ehtiyot qildi. Pirmat aka u kişini yolğiz qoldirib ketgisi kelmadi) bölak hammamiz, va yana ikkita mezbon bola bilan maşinaga joylaşdik. Maşina çetan devor yoqalab biroz yurgaç, çapga – quyuq butazor içiga şönğib ketgan ilonizi köçaga burildi. Oldimizda tramvay yöliday yonma-yon ketgan ikkita iz körinib turardi. Izlarda halqoblanib qolgan loyqa suv pasayib-ğinğillab borayotgan “Gazik” ğildiragi ostida butalarga saçraydi. Maşina muzda ketayotgandek goh oldi, goh keti toyğonib ketadi, ammo ariqçadan çetga çiqolmay, yana biltanglab-biltanglab ketaveradi. Izlarning orasida qurib qolgan öt-ölan çökirtaklari dikkayi körinadi, köchaning ikki yoni uvat – u yoği butazor.

Köp yurmay çangalzor qalinlaşdi. Oldinda qorayib turgan daraxtlar orasida umringda körmagan qanaqadir mubham bir nimalar borday tuyuladi. Ixtiyoringni öğirlab qöygan öşa “bir nimalar” sari zör hafsala bilan intilaverasan, nihoyat sehrli bölib köringan boyagi joyga yetib borasan, qarasang – özing bilgan daraxtlaru butalar, boşqa heç gap yöq. Nadomatli boş çayqab qöyasan. Ammo şu zahoti oldinda yanayam mavhumroq narsalar bordek böladiyu, tağin şiddat bilan yölingda davom etasan. Bizning istqbolimizda ham qandaydir özgaça bir narsa köringandek bölaverdi. Olisda, qalin çangallar orasida allanarsa yaltirab körindi. Butalar ortidagi bepoyon köl ekan bu. Şu ekan Dovudköl deganlari.

Bu yerdagi manzara hayratli edi: botayotgan quyoş nurlari köl betiga qip-qizil gilamday töşalgan – çöğdek tovlanadi, keçki şamolda qamişlar sirli-sirli şitirlaydi, suv çayqalib kelib sohilga uriladi. Bir muddat köldan köz uzolmay qotib turdik. Turgan joyimiz maşina oldinga-orqaga yurib amal-taqal bilan burilişi mumkin bölgan kiçik sayhonlik edi. Oyoq osti loy, şox-şabba va qurigan öt-ölanlar ustidan ehtiyot bölib yurmasang oyoğing loyga kirib ketişi mumkin. Janaboy maşinadan tuşgan zahoti miltiqni yelkasiga taşladi-yu, odam böyi qamişlar orasiga kirib ketdi. Karamiddinov qurigan qamişlarni yonlamasiga tepib-bosib joy tayyorlaşga kirişdi. Örazboy maşina yukxonasidan ul-bul olib “Gazik”ning tumşuğiga qöydi:

– Bu jay savuq, aqsaqallar, badanni qizdirib olmasanğiz şamallab qoluv mumkin.

Töğri edi uning gaplari. Biz – şaharlik soyakilar, köldan kelayotgan muzday şamolning sovuq zahrini allaqaçon sezib bölgan edik. “Badandi qizdirib” olayotganimizda, Janaboy kirib ketgan qamişzor içidan ketma-ket öq tovuşi eşitildi.

– Ikkitasi tegdi, bittasi… yöq, – dedi öşa tarafga quloğini ding qilib turgan Karamiddinov.

– Qayoqdan bildingiz?

– Tegsa “piq” etadi, tegmagani varanglab ketadi.

Abduxoliq Abdurazzaqov:

– Biz faqat varanglatar ekanmiz-da, – deb maşinaga suyab qöyilgan miltiqni qöliga oldi.

– Ovçi aka, miltiq stvolini odatda birovga qaratmaydilar, tepaga kötarvoling! – deb yayrabgina kuldi Örazboy.

– E, darvoqe, – deb Abduxoliq aka miltiğining uçini osmonga önglab, qöğa-qamiş orasida ğoyib böldi.

Qozoqboy Yöldoş bölsa eski ovçi singari beşotarni obdon tekşirib bölganidan keyin şoşilmay, Janabay ketgan tomon yönaldi. Men kölga qarab yurdim. Şox-şabbalarni asta-asta bosib suvga kirdim. Yelkamdagi miltiq sovuq va oğirgina edi. Ehtiyotlik bilan qönji bir quloç rezin etikni sudrab, toyib-toyğonib tobora içkarilab boryapman. Tikkayib turgan qamişpoyalarning böyi pasayib, köl sathi kengayib bormoqda. Suv tizzamni kömdi.

Uzoqdan yana öq tovuşi keldi. Qudalar otdi-yov. Nimadir öldi. Yuragim şuvillab ketdi. Miltiqni avaylab tuşirdim. Yelkamga osdim. Va negadir suyunib ketdim. Rezin etikni sudragança tez yurişga harakat qilib, qirğoqqa çiqdim.

Sohildagilar kula-kula qarşi olişdi:

– Öh-hö! Kakliklar kamarga siğmay ketibdi-ku!

– E-e! Ğozlarni qayoqdan topdingiz?

– Aytsam, işonmaysiz, – dedim Adhambek Alimbekovga qurolni uzatib.– Men umrimda miltiq otgan emasman.

– Qoyilman! – oşkora hayqirib yubordi u. – Qörboşi, ovçilarning qörboşisiman demaysizmi, taqsir! – Keyin maşinaning kapotiga qöli bilan tarsillatib bir urdi-da: – Oling manovini, – deb piyolani qölimga tutqazdi.

Qamişzorni şitirlatib, qudalar va Janabay bilan özimizning ovçilar çiqib kelişdi. Qudalarning qöli belida, ammo Janabayning kamarida beştaça qirğovul osilib turardi.

– Otgan biz bölamiz, Janabay kötarib kelyapti! – deb vah-vahlab kuldi Qozoqboy aka. – Töğrimi, Janabay inim?

– Eh-he ular otgan quşlarning qançasi çakalakzorda qopketdi, topolmay qoldik qoronğida, – deb kulgiga qöşildi mezbon. – Ovçilik havosini olgan, pixini yorgan ekan Qozoqboy ağamiz.

Tik turgança “pixini yorgan” ovçilarni şarafladik, Keyin Karamiddinov töşagan dasturxon tevaragida davra qurdik. Boyagina osmonda emin-erkin uçib yurgan baxtsiz qirğovullar bir çetda – xas-xaşaklar ustida uyulib yotardi. Içim açişib ketdi:

– Har kelgan töda şunçadan otib öldiraversa dunyoda quş zoti qolmasak kerak. Şundaymi?

– Yöq, gap faqat otişda emas, – dedi Karamiddinov. – Xitoyda 1,5 milliard odam bor. Agar ular bittadan quş otganda ham Xitoyda parranda qirilib ketardi. Quşlarni köpaytirişni ham esdan çiqarmaslik kerak, hamma gap ana şunda..

– Nega olov yoqmay ötiribmiz? Şunday joy, oqşom, suvuq…

– Manov başliq ne qilmayatir, – Karamiddinovga işora qildi Örazboy oğa. – Alov töqayğa ötsa, örman janip ketadi, diydimi-ye…

– Gulxanni ertaga, baliq ovida yoqamiz, – dedi Karamiddinov yurt egasiga xos salobat bilan. – Keçki olov apasniy, butalar hali quruq, tangaday çöğ palakatga aylanib ketişi mumkin. Töqayda qamiş köp, yulğun, saksovul köp, qari tollar köp. Salga pov etib ketadi.

Karamiddinov endi bizlarni çalğitmoqçi bölib gap abdavini bu yerlarning tabiatiga burdi.

– Qoraqalpoğistonda örmon-töqay fondi 1129 ming gektardan ziyat. Amudaryo deltasida yetti yuz xilga yaqin gulli ösimliklar ösadi. Şularning 364 turi dorivorlik xususiyatiga ega. Umurtqali hayvonlarning 3500 dan ortiq turi bor. Çölda – ilon, kaltakesak, qumsiçqon, qöşoyoq, jayron, böri, burgut, tuvaloq; töqayda – qirğovul, ördak, ğoz, loyxörak, çiyaböri, töqay muşugi, quyon, qabon; kölda – pilmay, sazan,taran, laqqa…

Örazboy şu yerda bojasining gapini bölib, mavzu jilovini qöliga oldi:

– Eng katta qöriqxona “Sudoçye”. 1991-yilning dekabr oyida Prezidentimizning taşabbusi bilan “Sudoçye” davlat ornitologiya buyurtma qöriqxonasi taşkil etildi. “Bodaytöqay” bilan “Sayğoq” qöriqxonalariyam bepoyon. Bulardan taşqari, 2000-yildan buyon Orol dengizining qurib qolgan özanida örmon barpo etişga oid Özbekiston – Germaniya qöşma loyihasini amalga oşiriş işlari davom etmoqda. Har toyça özi suv içgan buloqni maqtaydi, degan xayolga bormanglar-u, ammo inson uçun tuğilgan yeridan mukarram manzil bölmaydi. Har kökatning özi suygan tuproği böladi.

Qoraqalpoğiston degani – bir yoni Qizilqumga, bir yoni Qoraqumga ulanib ketgan behudud çölu sahrolar orasidagi bir makon aslida. Ammo şu sahroyu çöllar bir kun kelib yurtimizni Quvayt, Dubay degan davlatlar kabi dunyodagi eng badavlat davlatlarga aylantirib yuborişi mumkin.

Halidan beri bojasining gapi tugaşini kutib turgan Karamiddinov allaqanday şişinib, allaqanday boşqaça bölib, mavzuni ilib ketdi:

– Malades! Dunyodagi eng katta sahro Sahroyi Kabirdir. Uning maydoni 700 ming kvadrat kilometr.Undan keyin Markaziy Osiyoda Gobi, Junğoriya, Arabiston yarim orolida Rub ul-Xoliy, Qizilqum bilan Qoraqum ana şu sahrolardan keyingi örinlarni egallaydi. Qoraqum 350 ming, Qizilqum 300 ming kvadrat kilometrdan iborat.

Bojasi sözlayotganda çekib turgan Örazboy yana undan jilovni tortib oldi:

– Şörolar tuzumi ötgan asrda Qoraqalpoq xalqini zörlik bilan Orolidan ayirdi. 5 million gektar maydonni taşkil etuvçi Orolqum sahrosi paydo böldi. Qoraqum Ustyurt va Orolqum orqali Qizilqum bilan tutaşib ketdi. Uç sahro va bir tekislikdan iborat bölgan yangi sahro yer yuzining qança qismiga egalik qilayotganini hali heç kim hisoblab körgan emas. Bu fojea oqibatida faqat ösimliklar dunyosining 220 dan ortiq turi nobud böldi, hayvonot olami boşiga qiron keldi. 1920-yilda Ustyurtda 1 milliondan ziyod bölgan sayğoqlar soni 40 barobar kamayib ketdi. Hali köp kulfatlar keltirişi mumkin insoniyat boşiga bu dahşatli fojea.– Örazboy oğa alanglab sigaret izladi, tönkarilgan piyolada tutab turgan qoldiqni olib, labiga tekizgan edi, barmoği kuydi, uni olovga otib, qutini titkiladi, quti böş edi, uniyam olovga taşladi. Salayev sigaret tutdi. Örazboy oğa yonayotgan çöpni olovdan suğurib olib, tutatdi, kökragini töldirib tutun yutdi. – Zöravonlar elimizni Orolidan ayirsa ham, Olloh xalqimizning nasibasini boşqa tomondan berayotir, – deb bor alamini çiqarib taşlayotgandek içdagi tutunni qattiq pufladi. – 1995-yilda Urğin gaz koni foydalanişga topşirildi. 2005-yilda “Şarqiy Berdaq” gaz koni oçildi. Ustyurt bilan Orol atrofidagi 6 ta kondan sanoatbop gaz oliş yölga qöyildi. “Qönğirot” kompressor stansiyasida har kuni 35 million kubometr gazni quritadigan qurilma bitkazildi. Şu yilning özida Möynoq atrofida “Porlitaö” va “Sohil” gaz konlari oçildi. Qoraözak bilan Taxtaköpirda Janubiy Koreya va Eron mamlakatlari kompaniyalari tomonidan gaz konlarini tadqiq qiliş işlari boşlandi. Prezidentimiz Islom Abduğaniyeviç Karimov Janubiy Koreyaga borganlarida Surgilkon bazasida gaz-kimyo kompleksini quriş va konni özlaştiriş loyihasini amalga oşiriş böyiça 3 milliard 100 million AQŞ valyutasi hajmidagi investitsiya şartnomasini imzoladi. Rossiyaning “Gazprom”, “Lukoyl” kompaniyalari esa Ustyurt tekisliklarida yangi gaz konlarini qidirib topmoqda. Eh-he, yana qaysini aytay, aytib tamomlab böladimi? Davayti, şunday uluğ işlar uçun bir kötaraylik!

Odamning kimligini bilmoqçi bölsang, safarda sina, degan gap çin. Haliroq ja-a maqtanuvdim: Örazboy Abdurahmonov bilan falon yildan beri döstmiz, falonmiz, pismadonmiz, deb. Umuman, olganda, nima degan bölsam, barisi rost. Lekin uning ruhoniyatini bilmasligim ham çin haqiqat ekanki, safar davomida buni yanayam teranroq sezyapman. U nafaqat iqtidorli adib, mamlakatda sodir bölayotgan har bitta özgarişni çuqur his etadigan, tahlil qiladigan, ğalabalardan zavqu şavqqa töladigan ulkan qalb sohibi ekan. Zehn solsang, Örazboy oğa tilga olgan faktlar bor gaplar – bölib turgan işlar, hamma bilişi, ğururlanişi lozim bölgan voqealar. Lekin bu oğamdek yurakdan his qiladimi hamma, şodliklarini içiga siğdirolmay toşadimi, köpiradimi? Siğmaylar ketadimi zaminu falakka? Zamon qançalik tinç, osoyişta, töq va farovon bölmasin, baribir nolib yuruvçi odamlar bor-ku! Xalqimiz undaylarni: “Noşukurda şukur bölmas, nonkörda uzr” deydi.

Quçoqlab, mahkam bağrimga bosgilarim kelib ketdi vatansevar oğamni, va yanayam jöştirgim kelib:

– Qönğirot soda zavodi, “Toşkent – Beynov” avtomagistrali-çi! – dedim uning kayfiyatiga moslab.

Şaşti yanada qöpib, çehrasi yorişib ketdi:

– Aytdim-ku, aytib tamamlalmaysan, deb! – dedi qöllarini havoda silkitib. – Markaziy Osiyoda yakkayu yagona zavod bu! Kaustik, kaltsiylaştirilgan soda, oziq-ovqat sodasi işlab çiqariş bilan birga köp sohaga zarur xomaşyolar ham tayyorlanadi bu korxonada. Bu xomaşyolar şişa va şişa idişlar, yuviş va tozalaş vositalari, qoğoz-karton işlab çiqariş, rangli metallurgiya va yengil sanoatda keng qöllanadi.

Yana bitta zör gap bor. Tabiiy usulda olingan sodaning bahosi jahon bozorida haddan taşqari baland. Mana şunday tabiiy xom aşyo zahirasiga ega davlatlar dunyoda sanoqli. Ularning orasida avvallari Kanada, Meksika, AQŞ, Braziliya, Boliviya, Venesuela, Bostvana, Keniya, Çad, Efiopiya, Nigeriya, Tanzaniya, Uganda, JAR, Xitoy, Hindiston, Pokiston singari davlatlar bölgan bölsa, endilikda bu safga Özbekiston ham qöşildi.

Özga yurtning gulidan öz yurtingning çöli yaxşi. Tuqqan yerda tuğing tik. Mening tuğim şu çölda tik – hilpiraydi. Mening çölim, mening jonim! Çöllaringdan, töqaylaringdan aylanaman, yurtim!

Na kekkayiş, na gerdayiş, na takabburlikni bilmaydigan oğamning böylari çinor bölib ketgandek edi. Bu ğurur oğuşida olam-olam sururni kördim.

– Azim Suyun böl-e! – dedi unga qarab zavqi toşgan Qozoqboy aka.

– Vey, u jöram-ku! Qaraqalpoqning kuyovi. Ayali Törtköldan, – deb darrov Azim Suyunni maqtay ketdi. Qoraqumu Qizilqum tugul Sulton Uvays toğlarida ham Azim Suyunning qadami tegmagan joy yöq emiş. Baliq bölib suzgan emiş Amudaryoda. Badaytöqayda yovvoyi hindular singari çaylalarda yaşagan emiş haftalab. Keçalari gulxan yoqib to tongga qadar “Yaqqu” aytib çiqqan emiş…

Uning sözlariga diqqat bilan quloq solib turgan Qozoqboy aka, şu yerda joyidan irğib turdi-yu:

– Bötalarim! – dedi bir hukmdor alpozda. – Bizni Azim Suyundan kam joyimiz bormi? Olov yoqiş unga mumkin ekan-u, bizga yöqmi! Yoqamiz, gulxan yoqamiz. Ertalabgaça uyqu yöq. Qöşiq aytamiz, şeʼr aytamiz. Hoy, Abduqodir, sen köpam çimirilaverma, örmoningga men kafil, bitta butang yongudek bölsa, yalonğoç kökragim bilan bosib özim öçiraman. Qani, hamma ötinga!

Örmonda ötin qahatmi?

Zumda gulxan gurilladi.

– “Yaqqu” faqat Azim Suyunlarniki emas, biz ham qadim-qadimdan aytib kelamiz, – deb Qozoqboy Yöldoş boşladi:

 

Öçoqda öt beomon,

Qanday zamon bu zamon.

Mansab, puling bölsa bas,

Qibla erur tört tomon.

Yaqqu-yaqqu,yaqqu-yaqqu-yaq!

Yaqqu-yaqqu, yaqqu-yaqqu-yaq!

 

Abduxoliq aka davom etdi:

Etik yeçma – otim yöq deb,

Tomdan keçma – şotim yöq deb,

Omon bölsa xalqing agar

Yiğlamagin zotim yöq deb.

Yaqqu-yaqqu, yaqqu-yaqqu-yaq!  

 

Men urgutça “Beşqarsak”dan oldim:

Nozikdir qor oq bilaging,

Oğir narsa uşlama!

Yolğiz seni men suygan söng

Sen özingni xuşlama.

Va-xu, va-xa-xa!

Olovni aylanib öyinga tuşdik. Uzun-kalta kölankalar çangalzor ustida lopillab turdi.

Aytimlarimiz örmonlardan oşdi, çöllardan oşdi, osmonga tutaşdi, olis qoraqum barxanlari ortida uxlab yotgan turkman qardoşlarimizni uyğotib yubordi… Oyoq tagidagi qamişpoyalar, butalarning çökirtaklari tuproqqa botdi, zax yer bilçillab ketdi. Ammo, mazaning eng zöri Janaboyning erkasi Janatoyda ketdi – quyonçaday sakrab-sapçib toza biti tökildi. Ammo, bir yoği oltmişdan oşgan, bir yoği unga yetay deb turgan odamlarning dikonglaşi qayoqqa ham borardi: harsilladik-halpilladik – birin-sirin tinçidik.

– Zarduştiy bobolarimiz ruhi şod böldi. Ular uç ming yillar burun xuddi şunday qilişgan – olov tevaragida davra qurib, öyin tuşgan, – dedi nafas rostlab, Fayzulla Salayev. Aytmoqçi, bu odamni taniştirmabman-ku! U Qoraqalpoğistonda katta nufuzga ega adabiyotşunos olim, Qoraqalpoğiston Davlat Universitetining professori, adabiyotşunoslikka doir bir neçta kitoblari, şevaga doir luğatlari bor. Kamgap bölgani, oğir karvon köringani uçunmi, negadir taniştirmabman şu paytgaça. Salayev içimdan top qabilidagi pismiq yigitlardan emas, köngli oçiq ekan. Olov atrofida olovga aylanib ketdi: bir öynadi, bir qöşiqlar aytdi, ölanlar, termalar aytdi. – Qadimda jamoat bölib yaşagan bobolarimizning doimo olov yonib turuvçi muqaddas xonalari bölgan, – deb tik turgança tuşuntirişlar berdi. – “Olovxona” deyilgan bu joylar,“Erkaklar uyi” deb ham yuritilgan. Erkaklar olovxonalarda dam olgan, xalfanalar qilgan, yiğinlar ötkazgan, uzoqdan kelgan sayyohlar şu yerda tunab qolişgan.

– “Avesto”da, Abu Rayhon Beruniyda bor siz aytganlar,– deb uning fikrini quvvatladi Adhambek Alimbekov. – Zarduştiylar Yer va olov xudosi hisoblangan Mitraga siğingan.

Alimbekov şu tarzda fikrini yakunlagaç, Salayev yana şoşilmay hikoya qila boşladi:

– “Avesto” bitiklari ajdodlarimiz hayoti, urf-odatlari, diniy eʼtiqodi va aqidalari bilan bir qatorda tarix, falsafa, geografiya, manbaşunoslik, etnografiya, tibbiyot sohalarini örganişda muhim maʼnaviy-maʼrifiy qimmatga ega. Bu muqaddas kitob juda aççiq azoblarni boşidan keçirgan. Manbalarga köra, kitobning uçta nusxasi bölgan. Aleksandr Makedonskiy şularning ikitasini olovda yoqib yöq qilgan. Ön ikki ming buqa terisiga oltin suvi berilgan siyoh bilan yozilgan birinçi nusxani Eronni bosib olganida zarduştiylar ibodatxonasiga qöşib yoqib yuborgan. Miloddan avvalgi 329-yilda Ökuzdan keçib ötib, Xorazm yerlarini istilo qilayotganda, kitobning ikkinçi nusxasini ham ming-ming olomon közi oldida olovga taşlagan. Bir afsonada aytilişiça, bu mudhiş voqeaning tafsiloti bunday: Ortiqça qon tökilişini istamagan Xorazmşoh Makedonskiy bilan bitim tuzmoq niyatida uning huzuriga boradi. Iskandar uni katta tayyorgarlik bilan kutib oladi. Ulkan maydonga minglab odamlarni va laşkarini töplab, katta gulxan yoqadi. «Ey, Baqtriyona xalqi! – deydi Iskandar xaloyiqqa qarab. – Men sizni töğri yölga boşlaş uçun dunyoga kelganman. Siz esa töğri yöl faqat “Avesto”da deysiz. Axir, kim köribdi yurtning hukmdori boşqa dinga, fuqarolari esa boşqa dinga eʼtiqod qöyganini. Hozir siz muqaddas deb hisoblagan kitobni olovga taşlaymiz, agar yonmasa, men ham sizning diningizni qabul qilaman, yonsa, siz menga böysunasiz!»

Muqaddas kitobning ikkinçi nusxasi şu tariqa yoqib yuboriladi. Endi kitobning sönggi – uçinçi nusxasi qolgan edi. Kitob Zardöşt tuğilgan va Axura Mazdadan ilk marta vahiy qabul qilib olgan joy Xodarkatda saqlanayotgan böladi. Xodarkat degani hozirgi Törtköl şahridan 19-20 kilometrlar şimoli-şarqda, qum barxanlari orasida qolib ketgan “Qöy qirilgan qalʼa” xarobalariga töğri keladi. Iskandar  Xorazmşohdan şu oxirgi nusxani talab qiladi.

Xorazmşoh nima qilarini bilolmay boşi qotadi. Mudhiş xabarni xufyona yöl bilan otaşparastlarning fidoyi kişilariga yetkazadi.

Fidoyi otaşparastlar kitobni olib ketayotgan karvonga hujum qilib, 21 jildli kitobning 14 tasini qölga tuşirib Eron toğ yöllari orqali Hindistonga ötib ketişga muvaffaq böladilar. Iskandar isyonçilar izidan Hindistongaça boradi. Ammo, laşkariyam, öziyam bezgakka çalinadi va köp yaşamay vafot etadi. Bu xabardan şodlangan zarduştiylar “Axura Mazda ğazabini keltirgan har qanday nokasning jazosi mana şunday böladi” deya Iskandarning ölimini bir oy tantana bilan nişonlaydi. “Avesto”ning uçinçi nusxasi ana şu tariqa omon qoladi. Kitob keyinçalik Fransiya orqali Yevropaga ötib, butun dunyoga tarqalib ketadi. 1771-yilda Parijda Anketil Dyuperron degan olim kitobni ingliz tiliga tarjima qilganidan keyin buyuk Zarduşt taʼlimotiga, “Avesto”ga qiziqiş Ovrupoda ayniqsa kuçayib ketadi.

Qozoqboy aka Gyote va zarduştlar haqida gap boşladi:

– Gyote aytadiki, Zarduşt şaxsining kaşf etilişi yevropaliklarda Şarq donişmandligining qiyofasini yanada jozibaliroq, yanada qudratliroq, yanada hayratomuz qiyofada tasavvur etişga olib keldi. Gyote ijodida, xususan, “Ğarbu Şarq devoni”, “Faust” dramasi va köplab boşqa asarlarida ham Zarduşt ruhi, Zarduşt taʼlimotining kuçli tasiri yaqqol sezilib turadi.

– Zarduşt taʼsiri Gegelda ham, Nitsşeda ham bor, – dedi Abduxoliq aka. – Fridrix Nitsşe “Zarduşt ögitlari” degan kitob yozgan.

Ajdodlarimizdan qolgan uluğ meros, bebaho boylik – muqaddas “Avesto” kitobi şu tariqa öz-özidan gulxan tevaragidagi tungi gurungning asosiy mavzuiga aylanib ketdi.

Olovni öçirib, nam kul isini qoldirib, qönoqjoyga qaytdik.

Abdusaid KÖÇIMOV

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 4-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)