Sönggi yillar özbek adabiy tanqidçiligida modernizm va modern adabiyoti haqida köp yozişayapti, bahs-munozaralar bildirilmoqda. Aslida, ötgan asr Ğarbiy Yevropa va Amerika adabiyoti va sanʼatida yetakçi oqim sanalgan modernizm tanqidiy realizm, xususan sotsialistik realizm aqidalariga qarama-qarşi pozitsiyada turgan adabiy oqim bölib, asrning oltmişinçi yillarida öz umrini yaşab böldi va örnini postmodernizm deb ataluvçi yangi oqimga böşatib berdi. XX asrning oxiriga kelib postmodernizm ham inqirozga yuz tutdi. Endilikda jahon adabiyotidagi avangard doiralar yana yangiça uslublarni kaşf etişga urinmoqdalar.
Modernizm XX asr ğarb adabiyoti va sanʼatining umumiy tavsifi tarzida bir neça ölçovlarda mavjud bölib, bizningça ularni quyidagi mazmunda xulosalaş mumkin.
Birinçidan, modernizm – bu zamonlar oraliğidagi tafovutni, «eskilik» va «yangilik» örtasidagi ixtiloflarni öz ğoyaviy qaraşlari boş mezoni qilib olgan yuz yillikning maʼnaviy qiyofasidir. Uning ortida F.Nitsşening «xudolar ölimi» falsafasi, Yevropa xaritasini qayta tuzgan siyosiy inqiloblar va ilmiy kaşfiyotlar, totalitar tuzumga asoslangan diktaturalar, xunrezlik uruşlari, informatsion portlaşlar, sivilizatsiyaning koinotga çiqişi kabi global özgarişlar yotibdi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bölsak, uning ortida «markazsiz dunyo» (U.B.Yeyts)-ning yuzaga kelişiga sabab bölgan obyektiv borliq qonuniyatlarining insoniyat tarixida çuqur ildiz otolmaganligi, mustahkam örnaşib ololmagani, epis-temologik dudmolligi hamda muayyan şaklga keltirilgan utopik (ilmga asoslanmagan, amalga oşmaydigan, xomxayol) orzu-umidlar bilan şaklsiz, noaniq antiutopik voqelik örtasidagi hal qilib bölmaydigan ziddiyatlarning mavjud ekanligida edi.
Dastavval başariyatni oçarçilik va qaşşoqlikni yengişga daʼvat qilgan yigirmançi asr vaqt ötib özining insonparvarlik, yuksalişga intiliş, jamoatçilikka tayaniş, ilmiy-texnika taraqqiyotining çeksiz rivojlanişiga xayrixoh böliş kabi tamoyillariga qarşi turdi, amalda «eskirgan» bölib çiqdi. Ayni paytda, umuminsoniy tamoyillarning ğayriinsoniy tuzum qonunlari oldida erksizligi, voqelikning hardamxayolligi, siyosiy yolğon safsatalar, jamiyatning haddan taşqari himoyasizligi va hattoki beʼmaniligi röparasida tizilgan odamlarning fojeaviy yolğizligi zamoni bölib qoldi.
XX asrning halokatga yuz tutişi muallifning “metafizikaga iştiyoqini» kuçaytirgan, yakka tartibda ijod qilişga undagan bölsa, uşbu idealizmning dardu ğamini ham şu alfozda belgilab berdi. Bunday muhitda «şeʼriyatga örin yöqligi»(G.Adamoviç)ni jahon uruşlarida halok bölgan, totalitar tuzum tarafidan otib yuborilgan yoki surgun etilgan, aqldan ozib öz hayotiga suiqasd qilgan, alamzada holatda ijoddan voz keçgan qator qalamkaşlarning fojiali qismatidan, deb tuşunmoq lozim böladi. Asrning şu kabi ruhini nemis faylasufi T.Adorno quyidagiça taʼriflangandi: «Osvensimdan keyin şeʼr yoziş – bu badaviylik (varvarlik) hisoblanadi…» (Minima Moralia. Majruh hayot haqida öylar, 1951).
Ikkinçidan, ötgan yigirmançi yuz yillikda keçgan adabiy jarayon köpgina raddiyalarga qaramasdan modernizmni inkor etib, bir çetga surib taşlagani yöq, aksinça, uni inkor qiliş orqali yanada davom etişiga yordam berdi va öz doirasiga «modernizmdan taşqaridagi modernistlar» deya hisoblagan mualliflar. S.Kyerkegor, H.Ibsen, G.Melvill, Sh.Bodler, A.Rembo, S.Mallarme, F.Nitsshe, F.Dostoyevskiy, G.Jeyms, A.Strindberg, J.Konrad va boşqalarning asarlarini oğdirib oldi. Аксинча, айрим буюк номлар (В.Скотт, В. Gyugo, A.de Vini, Ç.Dikkens, A.Tennison, G.Longfello)ning badiiy ijoddagi qadr-qimmati pasaytirildi, boşqalari (G.Flober, E.Zolya, J.Elliot, U.Uitmen, P.Verlen) esa asos-isbotsiz jahon adabiyoti peşsahnasiga çiqarib qöyildi. Eng muhimi, modernizm XX asrning asosiy ijodiy kaşfiyoti – subyektivlikni tadqiq qilişda davom etdi va tezis-antitezis, «modernizm»-«kontrmodernizm» vositasida individual uslubning stilistik imkoniyatlarini amalga tadbiq qildi. Postmodernizm davriga kelib u uslubdan köra köproq sifat körinişiga ega böldi.
Uçinçidan, modernizm – aslida bu bir-biri bilan kuraş olib borgan, öziça mustaqil harakat qilgan alohida modernistik uyuşmalar, manifestlar, dasturlar (masalan Lotin Amerikasida simvolizm öziça modernizm nomini olgandi) majmuasidir. Modernizmning bir jabhasi avangardizmga, yaʼni lingvistika nuqtayi nazaridan ilmiy tajribalar ötkazişga, sanʼatlar va diskurslar sinteziga, polistilistika (futurizm, dadaizm, syurrealizm, imajinizm, vortitsizm, fransuz «antiromani», Lotin Amerikasi «sehrli realizm»)ga moyillik bildirgan bölsa, boşqa bir körinişi ekspressionizm tarafdorlarini barokko va romantizm anʼanalari bilan, ingliz-amerika modernizmini (J. Joys, V.Vulf, E.Paund, T.S.Elliot, U.Stivens) simvolizm bilan, J-P.Satr va A.Kamyu prozasini ekzistensializm falsafasi bilan yaqinlaştirişga intildi. Bizningça, faqat modernizm va uning taraqqiyoti kontekstida u inkor etgan «realizm», «sotsialistik realizm» (A.Barbyus, L.Aragon, I.R.Bexer, M.Andersen-Neksyo, A.Zegers) va postmodernizm fenomenlari adekvat baholanişi mumkin, xalos. Ayni paytda şuni ham taʼkidlaş joizki, modernizm adabiyoti matni özining stilistikasi jihatdan ham köp qiyofalidir. Bir jihatdan, u XIX asr adabiy oqimlari (romantizm, naturalizm, simvolizm va hokazo) dan uzoqlaşgan bölsa, ikkinçidan ularga yangi urğu va ohanglar (J.Romen, J.Dyuamel) olib kirdi, naturalistik, yaʼni voqelikni tasvirlaşda maişiy tafsilotlar, ikir-çikirlar bilan çeklanib, umumlaşmalardan qoçadigan tasviriy uslub (J.-P.Sartr)ni singdirdi, zarurat tuğilganda esa, biroz töğrilab naturalizmni (R.Marten dyu Gar, J.Steynbek) yanada sayqallaştirdi. Şu taxlit traditsionalizm (anʼanaviylik)ning turli körinişlari modernizm bilan olib borgan bahsida modernizmga zarardan köra köproq foyda keltirdi, şuningdek undagi strukturaviy ölçovlar: “klassika” va “romantika”, “realizm” va “abstraksiya”, “milliy” va “baynalmilal”, “şimoliy” va “janubiy” kabi tamoyillarning mavjudligiga diqqat-eʼtiborni qaratdi.
Törtinçidan, modernizm – bu J.Joys va G.Stayn, F.Kafka va G.Kayzer, L.Pirandello va Yu.ÖNil, T.Mann va U.Folkner, A.Dyoblin va J.Dos Posos, B.Brext va E.Ionesko, X.L.Borxes va G.G.Markes, A.Myordok va G.Grasslarning modernizm ruhidagi matnlaridan iboratdir. Ularning barçasi modernizm nuqtayi nazaridan öziga xos, boşqalarga öxşamaydigan, ularning har biri alohida yondaşişni, modernizmning butun tipologiyasiga, terminologik va stilistik tavsiflariga aniqlik kiritişni taqozo etadi. J.Joys qalamiga mansub «Uliss» romani ham simvolizm, ham avangard, ham «yuksak modern», ham «postmodern» qolipidagi asardek öqilişi mumkin. Şunga yaraşa mazkur romanning adabiy jarayondagi mavqei va tutgan örni unga hamohang özgarib borişi ham muqarrardir.
Alhosil, beşinçidan, modernizm – bu parallel ravişda mavjud bölgan matnlarning polifoniyasi (köpovozliligi)dir. Uşbu inkor etişlar va tasdiqlarning öta murakkabli maydoni noklassik bölgan masofani hosil qiladi, öz makoniga oid çegaralarini doim aniqlab turuvçi qandaydir bir öziga xos adabiy jarayonga öxşaydi. Uni şartli ravişda subyektivlikdan uzil-kesil ozod etuvçi, markazdan qoçiradigan kuç, yaʼni girdibod bilan qiyoslaş mumkin. Jamiyatning barqaror muvozanatdan çiqqanligi, undagi subyekt va obyektning bir-biriga mos kelmasligi, his-tuyğular taʼsirida yaşayotgan şunday ramziy faollikning dastlabki kötarilib tuşişi fransuz adabiyotining XIX asr oxiriga töğri keladi. Aslida milliy adabiyotlar nazdida mavjud böla turib, maʼlum maʼnoda ularning hal qiluvçi, muhim voqea va hodisalarini özaro qoriştirib yuboradigan uşbu «tölqin» özini goh XX asr boşlaridagi nemis ekspressionizmi, goh 20-yillar ingliz-amerika modernizmi, goh 1930-1940-yillar fransuz ekzistensializmi andozasidagi proza, goh 1950-yillar «absurd teatri» orqali namoyiş qilib, 1960-yillarda Lotin Amerikasigaça yetib bordi-da, öşa yerda inqirozga yuz tutib, öz kuçini yöqotdi. Modernizm yöriqlarining «kötarilişi» va «pasayişi» kabi holatlarni özida jamlagan bu kabi inqilobiy harakatning davrlarga bölinişi öta darajada şartlidir. Qolaversa, modernizm taxminan uç ijodiy muhit bilan vobasta keçdi. Bular: postsimvolizm va avangardizm (1910-1940 y.); ekzistensializm (1940-1960 y.) va postmodernizm (1980-2000 y.)dir. Ularning har birida öz tipologik belgilarining özaro uyğun birikmasini, öz faollari va muşohada qiluvçilarini, oşkor va nooşkor «modernist»larini, «modernizm» zamondoşlari va «kontrmodernist»larini alohida ajratib körsatiş mumkin.
XX asr adabiyotida modernizmdan ustun turuvçi yana biror ijodiy oqim mavjudmidi, degan savolning bölişi tabiiy. Bu savolga ijobiy yoki salbiy maʼnoda javob topiş osondek tuyulsa-da, fikrimizça, modernizm adabiyotni örganiş doirasidan çiqib ketdi. Aslida modernizmning özi va uning qonun-qoidalari aniq kaşf qilinmagan bir holatda XX asr qalamkaşlarining qariyb barçasi u yoki bu taqlidda “modern kasali”ga mubtalo böldilar.
Nafsilamr, badiiy adabiyot 1930-yillarda inson intellektual hayotidagi böş vaqt ustidan yuz yillab davom qilgan öz hukmronligini kinematografiyaga böşatib bera boşladi. Ikkinçi jahon uruşidan söng kitob egallab kelgan ijtimoiy öringa texnik sanʼat turlari: televideniye, mass-medialarning turli şakllari daʼvogar bölib çiqdi. Asr oxiriga kelib esa bunga kompyuter ham qöşildi. Endilikda gap jiddiy mafkuraviy davlat tangligi haqida emas, öz manfaatlari yölida badiiy qadriyatlar bilan hiyla va nayrang qilayotgan mafkuralar tangligi haqida emas, borgan sari eklektizmga asoslanayotgan, mutaxassislarga, universitet professor-öqituvçilariga, gumanitar fakultet talabalariga möljallangan jiddiy mazmunli adabiyot haqida emas, balki adresat tangligi, kitob bilan şaxsiy munosabat tajribasini yöqotayotgan kitobxon inqirozi xususida bormoqda. Şuningdek, adabiy jarayonda çinakam informatsion bosim, yaʼni majburiy plyuralizm va relyativizm (lot. relativus – nisbiylik) ötaketgan zamonaviylik oqibatida paydo bölayotgan xiraxondon hissiyotlar ostida qolib borayotgan kitobxon tanqisligi yuzaga kelmoqda.
Axborot kommunikatsiyalarining qudratli kuçi xususida 1960-yillardayoq amerikalik tanqidçilar qayd qilganidek, endilikda eng topqir yozuvçining ham gazetada bosilgan, televideniyeda berilgan, internet orqali uzatilgan axborot bilan bellaşişga qurbi yetmaydi, bu uning kölidan ham kelmaydi. Gazeta, televideniye va internet xabarlari istalgan töqima va uydirmadan iborat bölsa-da «şubhasiz töğri», «mohirona işlangan», odamlarda «kuçli taassurot qoldiradigan» yangilik bölib bormoqda.
Darvoqe, XX asr oxirlaşib qolgan bir paytda uning yana öz boşiga qaytganidan darak beruvçi alomatlar sezila boşlagandi. Yaʼni yuz yil burun aytilgan «Ğarb sivilizatsiyasining poyoniga yetganligi» mavzusiga yana qaytildi. Fransuz şoiri Şarl Bodlerning «Biz hammamiz göyoki abadiy dafn marosimida qatnaşayotgandekmiz» mazmunidagi hikmatli sözlarini anglab olişga, mağzini çaqişga qaytganligimiz bilinib qoldi. Ayrimlari, J.Papini qalamiga mansub «Oxirgi odam», O.Şpenglerning «Yevropa zavoli», A.Blokning «Gumanizm halokati», P.Valerining «Ruh tangligi», E.Gusserlning «Yevropa odami va falsafasining tangligi» boşqa nomlar, yaʼni Romano Gvardini qalamiga mansub «Yangi zamon oxiri», Daniel Bellning «Mafkura intihosi», Rolan Bartning «Muallif ölimi», Ixab Xasanning «Orfey halokati», F.Fukuyamaning «Tarix xotimasi va oxirgi odam», Semyuyel Xantingtonning «Sivilizatsiyalar töqnaşuvi» bilan almaşdi. Baribir ham, Zigmund Freyd aytganidek, şartli ravişda «madaniyat qanoatlanganligi» deb nom olgan tamoyil özgarmasdan eskiça holida qolaverdi. Gap şundaki, ilğor ğarb madaniyati özining liberalizm ruhidagi ideallariga sodiq qolib, kelajak loyihalarini tuzişni, tarixning u yoki bu «xato»larini tuzatişni davom ettirgani bilan, ayni vaqtning özida, inson erkinligi muammosi bilan boğliq ziddiyatlar hal qilinmaganligi tufayli, baribir orqaga qaytişga majbur böldi.
Şunday qilib, XX asr modernizm adabiyoti ham xuddi XIX asr romantizm adabiyoti singari madaniy maʼno doirasiga aylandi, uning içida ğarb dunyosi qadriyatlari tanqidiy jihatdan tekşiruvdan ötkazildi. Ular jahon adabiyoti tarixida yaşab qolişga, XX asr adabiyotida yalovbardor bölişga loyiqmi yoki yöqmi – buni kelajak körsatadi.
Muhammadjon Xolbekov,
filologiya fanlari doktori, professor
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 4-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

