Bu savolning javobini bundan salkam olti asr oldin buyuk mutafakkir Alişer Navoiy hazratlari aytib ketgan edilar:
Odamiy ersang demagil odamiy,
Oniki yöq xalq ğamidin ğami.
Insoniylik mezoni – aql
Insoniylik mezoni – ilm
Insoniylik mezoni – işq
Insoniylik mezoni – dard
Insoniylikning mezoni şu! Har bir kişi modomiki, inson degan buyuk rutbaga munosib bölişni istar ekan, unda özgalar dardiga şerik, hamdard va hammaslak bölişga mahkumdir.
Insoniylikka xos xususiyatlardan yana biri aqldir. Inson boşqa yaralmişlardan aqli bilangina mukarram hisoblanadi. Baʼzi kitoblarda insondagi oliy tuyğular: mehr-muhabbat, sadoqat va adolat singari xususiyatlar insoniylikning yuksak fazilati sifatida tarannum etiladi. Vaholanki, inson bilan boşqa jonzotlarning tafovuti aqlidadir. Bizning nazdimizdagi bunday oliy tuyğular özga jonzotlarda ham bor. Misol uçun, itdagi sadoqat bilan otdagi vafoni insonlardan ham topiş maholdir.
Insoniylikning yana bir mezoni ilmdir. Insoniylik taʼlimoti hisoblanmiş Qurʼoni karimda “Biluvçilar bilan bilmaydiganlar bir bölurmu?”, “Ilm zulmatda nur” mazmunida önlab oyatlar bor. Bu muborak kalomlar ilmning fazilatini ifodalamoqda.
Insonning maqomini belgilab beruvçi xususiyatlardan yana biri uning qalbidagi dard va ğamdir. Hazrat Navoiy aytadilar: “Köngilda ğam yöqliği daği bir ğamdir”. Bir inson bölsaki, unda tiriklik ğami, oxirat qayğusi, el-yurt dardi bölmasa, bu endi qanday odam böldi? Şuning uçun ham Hazrat boşqa misralarida lutf etadilarki:
Har kimgaki ulum bölsa vosil,
Gar dardi-yu holi yöq – ne hosil?!
Inson bir neça ilmlarga ega bölsa-yu, unda dard, hol bölmasa bunday ilmdan ne foyda? Muborak manbalarda ilmiga ixlos bilan amal qilganlargina najotga erişişlari taʼkidlangan. Ehtimol, Navoiy nazarda tutayotgan dard, hol şudir?
Insoniylik mezoni haqidagi köngilga yaqin javobni yana şoirlar sultonidan topganday böldim:
Bölmasa işq ikki jahon bölmasin,
Ikki jahon demaki, jon bölmasin.
Işqsiz ul tanki, aning joni yöq,
Husnni netsun kişikim, oni yöq.
Demak, işq uluğ tuyğu, ganjina, oşiqlik uluğ martaba. Zulayhoni Yusufga, aniqroği yuksak maqomga yetkazgan işq emasmi? Onani bolaga boğlab turgan işq – sevgi tuyğusi emasmi? Mumtoz şoirni diyor-diyor kezdirgan işq-muhabbat emasmi?
Men yurarman yona-yona,
Işq böyadi meni qona.
Na oqilam, na devona –
Kel, kör meni işq nayladi.
Goh esarman yellar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Goh tözarman yöllar kabi –
Kel, kör meni işq nayladi.
Işqni bir söz bilan taʼriflaş muşkul. Yaxşi taʼrifni yana Hazrat Navoiydan eşiting: “Işq – porloq yulduzdir, başariyat közining nuru ziyosi şundan. Işq – tovlanib turuvçi gavhardir, insoniyat tojining ziynati va bahosi şundan. Işq – toleʼ quyoşidir, qayğuli dillar tikanzori undan gulşan. Işq – balqib turgan tölin oydir, qoronği köngillar keçasi undan ravşan…” (“Mahbub-ul qulub”dan)
Inson qalbini oynaga mengzatişadi. Uluğlar har sodir etgan qabohati tufayli kişi qalbiga bir doğ tuşişini, bu holat davom etaversa, qalb qorayib, “koinot gultoji” deya şaraflangan insonning “tubanlik içra tanho” yaratiqqa aylanişini aytadilar. Bu halokatdan-da najot sohiliga çiqişning yöli bor. Qalbni işq-muhabbat-la töldirmoq, begona tuyğularni bu uydan çiqarmoq:
Ey Navoiy, boda birla xurram et könglung uyin,
Ne uçunkim boda kelgan uyga qayğu kelmadi.
Işq-muhabbatning faqat dunyogagina yönalgani qoralanadi. Şuning uçun uluğ allomalardan biri deydi: “Duyoni kör, sayr qil, içiga kir, ammo ehtiyot böl – dunyo sening içingga kirmasin”.
Inson dunyo atalmiş dengizda sayru safar qilişga – Ibtido bandargohidan Intiho bandargohiga ötişga mahkum. Ammo u safar davomida qayiq içiga suv kirgizib qöysa, halokatga yuz tutadi – qayiq çökadi. Suv qayiq taşida qolsa, kemaning suzişiga yordam beradi.
Xullas, “mening jaydari falsafam” şu – INSON nomiga loyiq böla olmoqning asosiy şarti, insoniylikning tamali – IŞQ. Har köngilga işq tuyğusi oşno bölsin. Işq-muhabbat nuri qalbingizni, yölingizni, uyingizni va öyingizni yoritib yursin.
Abdumurod Tilavov,
filologiya fanlari nomzodi
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 4-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

