* * *
Sentyabr tiğ urdi avgust ortidan,
Yaproqlarga saçrab ketdi qon.
Holsizlangan quyoşni sudrab,
Ketib borar edi saraton.
Kuyib kuylar edi xotima kuyin,
Atirgul şoxidan ketolmagan quş.
Navodek havoga ketolmam singib,
U yoği xayol va u tomoni tuş.
Qayta kelaverar armonlar yodga,
Ötmişga intilib tasavvur halak.
Tirama tiğiga urar özini
Saraton qoniga belangan yurak.
* * *
Kelma!
Soğinçni öldirar sening taşrifing,
Diydorga töyişdan qörqaman, kelma.
Kelma!
Hijronning ovçisi bölgan visolga
Öljasin berişdan qörqaman, kelma.
Kelma!
Tuğilmagan şeʼrlar tuğilsin hali,
Uvolga qolişdan qörqaman, kelma.
Kelma!
Bir olam baxt bilan kelarsan, kelsang,
Men baxtli bölişdan qörqaman, kelma.
Kelma!
Mana şu dard bilan, gulim, tirikman,
Davodan ölişdan qörqaman, kelma.
* * *
Derazadan termilar titrab,
Yomğirlardan şalabbo keça.
Javdirab qaraydi xonaga, ammo
Kirolmaydi çiroqdan çöçib.
Men-çi, yetolmayman uyquga tomon,
Har keça ming azob keçib boraman.
Soğinç bu tugundir, mutolaa – yeçim,
Har tunda ming tugun yeçib boraman.
Na kitob yopilar, na yomğir tinar,
Keça tentiraydi ust-boşi ivib.
Sahar yaqin,
sönggi varaqda
Kipriklarim borar ilinib.
Va nihoyat çiroğim öçdi,
Soğinç köçar tuşga öksinib.
Keça kirar xonamga asta,
Tong kelgunça olar isinib.
* * *
Xazon yomğirida kezganmisiz,
xayol yomğirida jiqqa höl bölib.
Armon olis, osmon yaqin –
sezganmisiz,
xazonlar kuylaşin dilga jör bölib.
Agar kezsangiz,
özni unuting.
Dunyoga köz tiking xazonlar oşa.
Bir zum osmon böling,
bir zumga zamin,
bir zum yomğir bölib yaşaşni boşlang.
Xazon bölib köring yerga töş bosgan,
bulbul navosida dilni qiymalang.
Yalpiz böling bir zum kuz fasli ösgan,
sölmoq jafosidan töyib yiğlagan.
Tuymoq bu yaradir,
sezmoq – ezilmoq,
şu yöl azob berar va berar malham.
Faqat özingizga qaramang,
öylamang özni,
bitta hayotida yaşayotgan odam.
Agar qarasangiz çidamoq duşvor,
bir dilga ming bitta azob solasiz.
Bitta tan, bitta jon, bitta hayotda
baxtli yaşaşingiz sezib qolasiz.
* * *
Qor misoli kaftingga qöndim,
Erib ketdi kafting taftimdan.
Tisarilding,
axir bilmasding,
Qorning çöğdek yonişin, erkam.
Men yonardim,
sen hayron eding,
Hadik içra yumding közingni.
Köz örgangan, yurilgan öşa,
Yöllar tomon burding yuzingni.
Ketayapsan,
yonayapman men,
Ortingda qor – oppoq alanga.
Olding sovuq – yoğayapti qor…
Işonç bilan boqding öşanga.
Ranjimagin, yonarkan deya,
Ketavergin sen öşa izdan.
Ranjimayman,
dunyoning sovuq
Qorlariga könikkan qizdan.
* * *
Xayolimni uşlolmayapman,
bir göşadan kelmaydi beri.
U göşada bir qiz uxlaydi,
xayolini tuşga ögirib.
Uyqumni tun berkitib qöygan,
topolmadim qança axtarib.
U göşada bir qiz uxlaydi,
uyqusini husniga çayib.
Yuragimni men topib oldim,
varaqlarga kömilmiş ğarib.
U göşada bir qiz uxlaydi,
unayotgan dardim suğorib…
Najmiddin ERMATOV
1993-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida