Lui Aragon hikmatlaridan
* * *
Men bu kitobni ikkita bir-biriga öxşamaydigan davrni qiyoslab bölmasligini körsatiş uçun yozdim. Ötmişni bugungi kundan kelib çiqib muhokama qiliş yoki izohlaşdan köra johilona iş yöq.
* * *
Quyoş hamişa işqibozlarining közini qamaştirgan.
* * *
Agar köksimni tilsangiz, u yerdan Parijni topasiz.
* * *
Adabiyot mamlakat uçun juda muhimdir, mohiyatiga köra, uning yuzi deyiş mumkin.
* * *
Biz köpinça yöq joydan muammolar öylab topamiz.
* * *
Ajoyib keçalarning birida kelajak ötmiş deb nom oladi. Bu payt ortingga qaraysan-da, olislayotgan yoşligingni körasan.
* * *
Baʼzida ğolib böliş uçun çekinişga, qölga kiritganingdan voz keçişga töğri keladi.
* * *
Odam nimadan hayratlansa, öşani köngliga yaqin oladi.
* * *
Optimizm buyuk kişilarning ziynatidir.
* * *
Dunyo yolğonçi guvohlarga töla.
* * *
Raşk bu – jon joyingga töxtov bilmay sançilayotgan ignadir.
* * *
Odamlar köpinça özlarining vaqtinçalik baxtsizliklarini dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblaydilar.
* * *
Faqat mehnatgina insonning qiyofasini özgartira oladi.
* * *
Davrimizning ziynati yorqin şoirlardir. Angliyada – Kipling, Fransiyada Apolliner va Elyuar, Germaniyada Rilke, Rossiyada – Mayakovskiy va Yesenin, Armanistonda – Çarens va Isaakyan. Bu mayoqlar bir-bir sönganda göyo dunyo zulmatga çömganday böldi.
* * *
Tanqid muddatsiz surgundir.
* * *
Taʼlim beriş – umid uruğini ekiş demakdir.
* * *
Töğrilik köpinça muhokama qilinmaydi.
* * *
Yoşlar orzu qiladi. Qarilar eslaydi.
* * *
Hayotda heç bir narsa biz tasavvur qilgandek bölmaydi.
Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


