Bu dunyodagi barça xatti-harakatlarimizning ibtidosi yaşaşga bölgan intilişga borib taqaladi. Aslida esa yaşaş uçun unçalik köp narsa zarur emasdek guyo. Lekin inson ongli mavjudot bölgani bois şunçaki yaşaş, havo, suv, ozuqa, issiqlik, yoruğlikka bölgan ehtiyojlarini qondiriş bilangina kifoyalana olmaydi. U yaxşi yaşaşga intiladi, ehtiyojlarini imkon qadar töliqroq qondiriş payida böladi. Xullas, inson aynan şu mayli – yaxşi yaşaşga intiliş tuyğusi bilan boşqa mavjudot va maxluqotlardan farqlanadi.
Odamzod dunyoga kelibdiki, yaxşi yaşaş yöllarini izlaydi. Bu esa unda olamni bilişga, özligini anglaşga intiliş, qavmdoşlari bilan özaro muloqotda böliş va maʼlumot almaşiş kabi maʼnaviy ehtiyojlarni ham vujudga keltiradiki, bugun endi aynan şu ehtiyojlar qay darajada qondirilayotgani farovon yaşaş şarti, tökin-soçinlikning asosiy omili hisoblanmoqda.
Xöş, inson yaşamoqda, boringki bekamu köst yaxşi yaşamoqda. Lekin bundan maqsad bormi özi degan savol barçamizni muşohadaga çorlaydi. Darhaqiqat, inson butun hayotini, umrini yeb-içişga, kiyinişga, molu dunyo töplaşga, farzandlar tarbiyasiga, töyu maʼraka qilişga, hordiq çiqarişga, sayru sayohat qilişga va boşqa işlarga sarflaydi. Va keyin umr yölimizning neçoğlik mazmunli ötgan, ötmaganligini sarhisob qila boşlaymiz. Kundalik yumuşlardan ham taşqari piçoqqa ilinadigan biron bir iş qildimmi özi degan savol köpçilikni öylantirişi tabiiy hol, albatta.
Keling, yaxşisi umrimiz sarhisobini bugundan boşlaylik. Kun böyi qilgan işlarimizni ikki bölakka ajrataylik: xayrli va befoyda amallarga. Şunda umrimizning bir kuni mazmunining formulasi kelib çiqadi. Natija sizni qoniqtirmasa, demak, maqsadsiz yaşamoqdasiz.
Aslida esa yaşaşdan maqsad nima? Nima qilsak biz bosib ötgan umr yölimizdan mamnun bölamiz, hayotimizdan qoniqiş hosil qilamiz. Qanday yöl tutsak ikki dunyomiz obod böladi. Oxiratda yaratgan huzuriga qay ahvolda boramiz.
Şu taxlit öy-xayollar girdobida yurib bexosdan savobli işlarni köproq qilişga kirişib ketamiz. Qilgan yaxşiliklaringiz evaziga yomonlik körganingizda, savob umidida bajargan amalingiz ortidan taʼnayu daşnomlar eşitganingizda yana boşingiz qotadi. Nima qiliş kerak özi? Odamlarga nima kerak özi? Hatto salomingga alik ham olgisi kelmaydi-ya. Yana boşingiz qotgan.
Atrofingizdagi odamlar bilan iliq samimiy munosabatlar, tinçlik-totuvlik aloqalarini örnatişni istasangiz, unda eng avvalo kuçingiz özingizga yetsin! Boşqalardan ranju alam körsangiz ham siz ularga faqat yaxşilik, ezgulik bilan javob qaytaring. Öqrayganga jilmaying, muşt kötarganga taʼzim qiling, sökkanga sukut qiling, birortasi sizdan noörin ranjigan bölsa uzr söraşdan orlanmang.
Xalqimizda «Savobning tagi teşik» degan ibora mavjud. Haqiqatan birovga yaxşilik qilasiz, ammo undan javob qaytmaydi, kelsa ham yaxşiligingiz evaziga yomonlik körasiz. Birovga rahm qilib qarz berasiz, ololmay qiynalasiz, hatto unga duşmanga aylanasiz. Birovga yordam qiliş uçun bitmayotgan işiga yelka qöyib yuborasiz, evaziga kinoyali «minnatdorçilik» ila siylanasiz.
Yuqoridagi kabi holatlar sizni aslo çiroyli işlarni tark etişga, boşqalarga yaxşilik va yordam qilmaslikka daʼvat bölib tuyulmasin. Yaxşiliklaringiz barbod bölib, irodangiz çilparçininganida evaziga xazinasi tugamaydigan Zot tomonidan savob, yaʼni mukofotlar berilişini öylang-da, qilgan işingizdan faxrlanib, xursand bölib yuravering.
Agar sizda ğam-alam paydo bölib qolsa özingizdan boşqalarga yaxşilik qiling va gözallikni hadya eting, şunda qiyinçilik va maşaqqatni unutasiz va ajoyib rohatni his etasiz. Demak, mahrumlarga narsa ulaşing, mazlumlarga yordam bering, qiyinçilikka tuşib qolganni qutqaring, oçni töydiring, kasalni borib köring, jabrlanganlarga yordam qölini çözing, şunda sizni hamma tomoningizdan baxt-saodat va xotirjamlik örab oladi.
Aslida ham yaşaşdan maqsad şu emasmi.
Yaxşiliklarni bajarib yuriş xuddi xuşböy bir narsaga öxşaydiki, uning kötarib yuruvçisi, sotuvçisi, sotib oluvçisi, qöyingki barça undan naf oladi.
Gohida muammolar girdobidan horib-çarçab, yolğizlikni istab qolamiz, toğu toşlarga çiqib, uzlatga çekinib ketgimiz keladi. Aslida esa odamlar bilan munosabatda uzlatga çekiniş ham insonga ruhiy xotirjamlik baxş etadi. Bu narsani tarkidunyoçilik, hammadan uzilib, bir uyda biqinib yaşaş, deb tuşunmaslik kerak. Uzlat degani yomonliklardan, yomon odamlardan özni tortiş, uzoqlaşişdir. Bekorçi bilan qöşilsangiz, uning bemaʼnilarça vaqtni sovurişiga şerik bölasiz. Bezoriga yaqinlaşsangiz, bir kuni uning «qorasi» albatta sizga ham yuqadi, jinoyatiga tortadi, jazoni ham birga ötaşga töğri keladi. Qimorboz bilan ulfat bölsangiz, yana hayotingizdan fayz, faroğat ketdi, deyavering. Içkilikboz yoki giyohvand kimsa bilan oşno tutinsangiz-ku, umuman turmuşingiz zahar-zaqqumga aylanadi, özingiz xaroblik çohiga qarab yöl olasiz. Yaşaşdan maqsadingiz qolmaydi.
Ana şunday kişilardan yiroqlaşgandagina fikringiz tinçib, xotiringiz rohatlanadi, zehningiz hikmat durlari bilan jilolanib, közingiz maʼrifat böstonida sayr qilib yuradi.
Oqil, zakovatli insonlar kulfat va ziyonni foydaga yönaltiradi. Har bir yomonlik gözal bir intihoga olib borişi mumkin. Bir falokat ezgu, xayrli oqibat olib kelişi mumkin.
Oqil va dono insonlar har bir balo-musibatdan, boşlariga tuşgan muşkulotdan hikmat izlaşadi, yöqçilik va yöqotişlardan ibratlanişadi. Zamonamizning yetuk allomasi Sadriddin Salim Buxoriy domlaning “Qalb gavhari” atalmiş
Illat izlaganga illatdir dunyo,
Ğurbat izlaganga ğurbatdir dunyo.
Kim neni izlasa topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo – törtligini mutolaa qilar ekanmiz, bu misralar zamirida buyuk kaşfiyotlar zohir ekanligiga guvoh bölamiz.
Bu dunyoda yaxşiligu yomonlikdan, baxtu kulfatdan, soğlik va xastalikdan, boylik va faqirlikdan, xullas barça amallardan hikmat izlagan va uni topgan kişigina hayotning asl mohiyatini anglab, umrining mazmunini çaqa boşlaydi va şu taxlit yaşaşidan maʼno va maqsad topadi.
Qalbimizdagi ezgulik va çin eʼtiqodimiz barçamizni yuksak maqsadlar sari yetaklasin. Zero ana şu yuksak maqsad va unga intilib yaşaş maxluqotlar içra azizu mukarram sanalgan inson atalmiş xilqatga yaratgan tomonidan ato etilgan buyuk bir neʼmatdir.
Akbarxon MAGDIYEV
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 5-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

