20 daqiqada öqiladi

561 marta körilgan

Dunyo asbobi

Dunyo asbobi

Agar kişi Iso kabi yukini köçaga olib çiqqanda ham, igna uning yölini tösişi mumkin. Zero, igna dunyo asbobidir.

Jaloliddin RUMIY

Bu mangu obod maskan Hisor toğlaridagi Hazrati Sulton, Xöja pirpiroq çöqqilarining etagida, ular bağrida erimay yotadigan, yaxmalak yopunçuği sariq saraton oftobidagina zör-bazör köz yoş tökkanida uning ğoyat musaffo şahdu şiddatini bir tomonda hamişa oftobga tikilib yotadigan Muqanna ğoridan tortib, narigi tarafdagi Samarqand dalalarini ham fayziyob etar, bor böyi bilan Yaşil vodiyga intilgan çaşmalar jon riştasi kabi yetib borgan joyini gullatib, yaşnatib yotadi. Şukrona ulki, Tangri taolo haybatidan qörqib, qoqilgan qoziqday qaqqayib turib qolgan Hisor – qörğonli toğning öngu sölida abadiy sukunat emas. Bu xilqat gung va soqov bölgani bilan öz bağriga Qaqnus kabi ilohiy zotlarni, boylik, şonu şavkat, dabdabali hayotni heç, deb bilib, Uvays kabi yöqlik qaʼridagi mangu borliqqa intilib, Tangriga döst tutingan aziz-avliyolarni imlab çaqirgani tasodifiy emas. Eng qiziği, ummonida yutişga tayyor yuho nafsini yengib, özini anglaşi hamono Yaratganning dargohiga tobora yovuqlaşgan avliyo zotlar aynan şahri azim yoki daştu biyobonga emas, Kurrayi Zamindan yuksak bölgani bilan Falak va Koinot hukmdoriga ançayin yaqin toğ-toşlar, ğorlar bağriga umtilgani bor gap.

Asli ğilonlik, keyinçalik Boşqofda yaşagan Mulla Qosim Boşqofiyni oladigan bölsak, ul zot «Dil ba yoru dast ba kor» maqomida iş tutib, oddiygina xivçindan savat-gajava töqiş hunari bilan tirikçilik qilib, toş toqatu toat-ibodati bilan «Kalom» ilmini egallab, talab vodiysiga sayru sayohat qilib, yuz yoşining yuzini körib, pirlik maqomiga erişdi. Şayx foniy dunyodan ötganidan keyin ham, uning xilxonai-tuproğini ham közga tötiyo qildilar. Tangrining xohiş irodasi bilan Şayxning jonini tark etgan tanasi qabrga kirgaç ham, Alloh zikrini aytişdan tinmadi. Zikri samo gulxani har oqşom lovullab yonib, qabr tuproğini qaynatib, kuydirib, laʼl-yoqutga aylantirdi. Uning tuproği Tangri dargohiga olib boradigan yöl ustida bölgani uçun Davri Qiyomatgaça yöqlab turiladigan böldi. Bulbul tört-beşta tuxum qöyib, bola oçib, bor-yöği bittasi sayroqi bulbul bölib yetişib, qolgani jirtaki quş bölib ketganiga işonadigan bölsak, Şayxning uç-törtta farzandi ham oddiy tirikçilik girdobiga singib ketib, otadan meros mahzumlik ham ularning belini mayiştirib yubordi. Olti yoşligida otasidan saboq olib, ön yetti yoşida qorilik martabasiga erişgan kenja öğil Aʼlam Boşqofiy inçunun tiriklik deya yigirma yoşida uylanib, bir öğil, bir qizlik bölganida oilasi bilan Sibirga badarğa qilindi. Salkam ön yil surgun azobi uning jufti halolini ham, ikki norasida gödaklarini ham bağridan yulib oldi.

Berganiga ham, olganiga ham ming bora şukrona aytib, faqat Kalom sehru-sinoatiga suyanib yaşagan Aʼlam Mahzum qişloğiga qaytib kelganida soç-soqolini qirov qoplagan, endi qirqdan oşgan bölsa ham, qaddi qomati asoning boşiday taʼzimga çoğlanib ulgurgan edi. Qişloqdoşlar uni qöyarda qöymay tengu-töşidan orqada qolib ketgan, endi hur qizlik sari yuz burib turgan namozxon bir qizga uylantirib qöyişdi. Mahzum ham otasi kabi azizlik dargohiga yöl olib, uning qulfi kaliti darvozasini oçib, endi bu dargohga böylamoqçi bölib turganida ajal paykonidan otilgan öqqa nişon bölib, jonini jabborga topşirdi. Xayriyatki, Mahzum otasi tuproği yonidan joy oldi. Otani Vatan deydilar. Mahzumdan qolgan uçtagina zurriyodning birovi öğil bola edi. Ena tarbiyasini körib, undan «Haftiyak» savodini olgan Abdulhamid xuddi otasi kabi esini tanigani hamono toat-ibodatga berildi. Lekin uning ösmirlik, baloğat pallasida «Qizil» hukumat tazyiqi bilan eng çekka qişloqda ham namoz öqiydiganlar soni siyraklaşib, yakkam-dukkam bölib qolgan, bu toifaga yotsirab qaraş avjiga çiqib borayotgan edi. Şul boismi, Abdulhamid ön yetti yoşida ariza berib, harbiyga ketdi. Xuddi otasi kabi Novosibir örmonida yoğoç kesiş gavdasi kiçik, ammo miltiqning öqiday şipillaydigan mulla yigitçaga ham nasib etdi. Bunday xizmat heç kimga naf bermaydigan, uç yillik umrni behuda ötkazişdan boşqa narsa bölmasa ham, Mahzumning biroz böyi çözildi, oq yuzi badtar oqarib, qoş-kipriklari baayni qunduznikiday yaltirab, qoraydi. Mahzum xizmatda har qança qiyinçilik bölsa ham beş vaqt namozu, rözani tark etmadi. «Oq qöyning göştidan yemasang, bu yerlarning sovuğiga çidaş berolmaysan, öpkangni sovuqqa oldirib qöysang, bir umr ranging somon bölib ötadi» deya içi açib, nasihat qilgan jöralari, «çurban, чёрный, ещь na zdorovye» deya komandirlar tomonidan göyo rahm-şafqat pardasiga öralganu aslida taʼna daşnom va kamsitişdan iborat ögitlar unga kor qilmadi. Bu öziga xos soldat bir bölak nonu ikki bölak çaqmoq qandga göşt töla kosasini almaştirib, şunisiga şukr qilib yuraverdi. Бора-бора унга «бывает такой веруший» deya heç kim eʼtibor bermay qöydi. Tojikzabon bölgani uçun rus tilini ham tez özlaştirdi. Xizmatning ikkinçi yili öng oyoğiga oğir yoğoç tuşib ketib, qirq kun kasalxonada yotib, soğayganidan söng ham unga javob berişmadi. Biroz yengilroq xizmat, yoğoç taxta omboriga qorovullikka qöyişdi. Faqat farz namozlarini öqib yurgan Mahzum endi sunnat namozini ham tökis öqiydigan böldi. Kam-kam xörak qilgani uçun ham tahoratni mahkam uşlar, tong payti oyoğini yuvib, qalin paytavali etigini kiyib, beş vaqt namozni şinel ustida öqir, tez aytiş kabi jadal öqilgan namozni birov bilib, birov bilmay qolardi. Niyat qilib yuz burgan tomonini qibla, deb öylaganidan Kaʼbatulloh ham öşa tarafdan böy körsatar, çap yelkadagi gunoh yozadigan farişta bemajol harakatsiz qolar, öng yelkadagi fariştaning hisob-kitobiga baraka enib borardi.

Kolya Mahzum namoz sönggida nohaq ayblanib, Sibir körgan begunoh ota jonining jannati bölganiga işonsa ham, qisqa tilovat bilan yetti puşti, ayniqsa, şayxil maşoyix bölib ötgan bobojonini qöşib, duoyi xayr qilardi. Faqat şom namozi bundan mustasno. U har kuni bomdod namozidan foriğ bölgaç, çin dildan piçirlab «La ilaha illalloh» kalimasini ming marta takrorlar va buning savobini otajonining ruhi-pokiga bağişlar edi. Xullaski, Mahzum öz umrini behuda ötkazdi, deyiş noqulay bölar, ammo musofirlik çin musulmonlik eşigining möjazgina kalitini hadya etdi deyilsa, maʼqul bölardi.

Ayni may quyoşi Miroqi toği etaklarini, zörğa bir arava siğadigan toşli toğ yöllarining atroflarini boşiga yalliğ çöğ qöndirgan alvon lolalarga töldirib taşlaganida, bir qöliga askar şapkasini olib, ikkinçi qölida paner jomadon kötargan, onajonini tezroq körmoq ilinjida şoşilib örmalab ketayotgan harbiyni körganlar Otinça ammaning öğli armiyadan qaytibdi-da, deya bir entikib quvonganlar ança-munça bölgani rost gap. Otinça amma – onaizor öğlim otasizligidan öksinmasin, deya yugurib-yelib, qöşnisining bir uloğini qarzga olib, qon çiqardi. Öşa paytlar uç yillik armiyadan qaytiş salkam uruşdan soğ-omon qaytiş bilan böylaşar, kolxoz noçor bölsa ham Kolya Mahzumning «soldat töyi» uçun bir qozon oş damlab, töyga, deb ot qöyib çaqirgani köpçilikning yodida qolgan.

Endi buyoğini eşiting. Indamaygina yurib yigirma ikki yoşni bosib qöygan ibodatgöy yigitning köngliga Tangri taolo işqi allaqaçon kirib ulgurgani va tobora zörayib borayotganini kuzatib kelayotgan bölsangiz kerak. Tavba degulik, qişloqda çakana qöy-eçki boqib yuradigan Hayit çöponning şöx-şaddod qizi Gulbahorning işqi ham joy talaşmay kira qolganiga hayron bölarlik.

Öşa kuni yozning yozilmagan pallasida Mahzum peşin namozini öqib, onajoniga rahmi kelib suvga yöl olgandi. Yolğizoyoq söqmoq töppa-töğri Burgut qoyaning naq kindigidan qiqirlab qaynab çiqadigan «Bibo» (tojikça – yana keling) deb ataladigan çaşma böyiga eltadi. Mahzum söqmoqdan marjon topib olmoqçiday yölga tikilib ketaturib, boşiga mis köza qöygança ikki qölini qanot qilib, xayol surib kelayotgan Gulbahorga urilib ketib, har ikkisining ham esi oğib qolayozdi. Qizning boşidagi köza tuşib, söqmoqda yonboşlab olib, içidagi suv qiqir-qiqir qilib oqib yotganida, toğ lolasidek kiyinib olgan qiz bir çimirilib oldi-da: «Pisar garang şudage yo suqir», deya yigitga qarab noliş va noz qilayotir. Qizning közlariga yigitning közi tuşganda keçirim söraş örniga tili tutilib, duduqlanib qolganiga nima deysiz? Yigit endi kipriklari bir-birini açomlab, qalb közi bilan köra boşlagan yuragining tub-tubida bir piçirlaş sado berayotgandi:

– Men bu qizni ön tört yoşimdan beri har doim tuşimda köraman. Baʼzan qiblaga yuzlanganimda ham joynamoz ustida paydo böladi. Bu xuddi öşa. Öşaning özginasi.

Qiz köngli: – O, bunaqasi, qayda yurgandi? Bu jodu közlar jonni oladi-ya. Anovi qaldirğoç qanotiday möylab ostidagi yoqut lablar çaşmada urçigan zulukday bunça bösaxör!.. Essizgina man görsöxta, bekordan bekorga anovi xumkalla yigitga bor-yöği bittagina nuqra uzuk olib bergani uçun ikki marta bösa berib, quçoğiga kiribman. Voy, biyijon, man möram!..

Buni bir körişda suyib qoliş desak, andak xatoga yöl qöygan bölamiz. Suymoqqa yöyadigan boşqa bir iddao ham bor. Ular bir-birlaridan tamoman bexabar köz-közga tuşmay, tasodifan omadli oqquşlar kabi qanotlarini yozib kelib, ömganlari bilan bir-biriga urilgan ikki tarafning ham börtgan kökraklari zarbidan oğizlar oçilib, beixtiyor «xih» deb yuborgan va bu ovozga omixta nafas tölqinlari zarb bilan uçraşgani ayni muddao bölib, yuraklardan ham avval baloğatning muattar hidlari bir oniy visolga yetib ulgurganini aytmasdan bölmas. Işqilib bu ikki jinsning tasodifan töqnaşib ketişidan Hisor toğ bağrida çinakam çaqmoq sodir bölmasa ham qisqa tutaşuvdan çiqqan bir qatim uçqun ham pişib-qovjirab qolgan xas-çöpni birdaniga olovga aylantirgani kabi ikki yurakni yondirişga qodir gulxanga aylangani rost. Bölmasa Abdulhamidday xudojöy, dunyo körgan yigit bor-yöq bisoti, onajoni, Gulbahor bölmaydi, oti çiqqan qiz, deya yalinib-yolborganiga qaramay «U bölmasa dunyodan toq ötaman», deya oyoq tirab olganini qanday tuşuniş mumkin?..

Oçiği xuddi öşa nikoh lahzasidan boşlab, Abdulhamid (yaʼni Allohning quli bölib, unga hamişa hamd-sano aytuvçi) bilan Borliqning egasi örtasida botiniy parda hosil bölganini fariştalardan özga heç kimsa sezmadi. Mulla yigit bir paytlar xuddi şaxmatga öxşab ketadigan bu öyinni ösmirlik çoğida Aspiduxtar qişloğidagi maçit ayvonida öynab körgan edi. Çamasi bu öyin «Arşi aʼlo» deb atalardi. Narda toşi kabi tört burçakli toşda 1 dan 4 gaça raqam yozilgan bölib, taxta ustiga taşlaganda qaysi raqam çiqsa, öşa raqam joylaşgan katakda «savob» yoki «gunoh» sözlari yozilgan bölib, «gunoh» katagida ilon va ilonçalar bölib, ularga tuşgan yutilib, «gunoh» katagiga tuşib ketar, agar raqamingiz «savob» katagiga töğri kelsa, unga qöyilgan narvon orqali yuqorilab, bora-bora Arşi aʼloga yöl olişingiz mumkin. Yoki aksinça, öyin davomida omadingiz kelmasa, mayda-çuyda gunohlar qurşoviga tuşib qolib, Oliy dargohga sira çiqa olmasligingiz ham mumkin. Abdulhamid ham xuddi öşa öyin maydoniga tuşgan öyinçi kabi Alloh dargohidan köz uzmay, ammo tiriklik zavqi-şavqidan ham bebahra qolmay, hamma qatori sinov dunyosini ğaribgina boşidan mardona keçirmoqqa bel boğlagan edi. Şoyadki, taqvoning barokotli qöli uning ham yoziqlarini önglab yuborsa? Yo baxtki, Abdulhamidning çekiga tuşgan pattaning savollari şu qadar oğir ediki, bu imtihondan eson-omon ötiş tugul, unga köz qiring tuşişi hamono özingdan ketib qolişing heç gap emas.

Öşanda Abdulhamid qizning yengil tabiati haqidagi yaqinlarining, hatto onaizorining gap-sözlariga ham qayrilib boqmadi. Majnunning devonaligi, Laylining beqiyos işqiga mubtalo bölganidan bizning mulla yigit ilon avragan çumçuq kabi Gulbahorga intilar, tahorat olib namozga çoğlangani sajdayi zaminga egilgani hamono Gulning közlariga töqnaş kelar, tillari Allohni uluğlaşga çoğlansa ham, yuragi titrab-entikib, uning nomini takrorlaşdan çarçamas edi.

Bu yil toğda dölana möl böldi. Toğolça esa undan-da serob. Armiyada çiniqiş maktabini yomon tugatmagan sobiq askar yulduzli kamarini belidan yeçmay, amakisining qop-qora taxta eşigini va bir juft kajava savatini ijaraga olib, toğ oralab dölana qoqib, şaharga optuşib, kötara sotib, pulini olib qaytaverdi. Oşiqlik dardini boşidan ötkazgandan söra. Uylanaman degan yigitning ğayrati jöşib, ön yigitning kuç-qudratini öziga jamlab olişini heç kuzatganmisiz? Ayniqsa, yoqtirgan qizingga «non uşatib» qöyişgan bölsa… Qahramonimiz jussasi kiçikroq bölsayam, ilvirsday çapdastu çaqqonlik bilan işga kirişib, onasini ham dölana terişga jalb qilib, bozorga qirq marotaba qatnab, töyga pul yiqqanini, qiş-qirovli kunlarga qolmay bir uy, bir dahlizni paxsadan kötarib, arça yoğoçdan ustiga tösin taşlab, vassajuft terib, ğarov qamiş bilan yopib olganini, tep-tekis qilib şuvoqdan çiqarib, qölbola eşik va rom örnatib, oqlab çiqqanini, dahlizga albatta taşnob örnatganidan bilsa böladiki, bu uy kelinpoşşaga atalgan.

Toğliklar töy dasturxoniga yegulik va içgulikni möl-köl qilmasa ham, nikoh töyini eplab, eʼzozlab, şodu xurramlik ila kaştasini keltirib ötkaza oladi. Möminqobil yigit bilan şaddod qizning töyi ham heç kimdan kam bölmadi. Lapar va öyinda, yor-yor aytişda, oyoq bosişda qiz tarafning yutib çiqqani köpçilikning yodida qoldi.

30-yilning «quloqlaştiriş» davrida qizil hukumat «yot unsur»lardan tozalaş tadbirida son ming oilalarni begona ölkalarga köçirib yuborgan edi. 50-yillardagisi burungisiga ança öxşasa ham biroz yumşoq bölib, toğli vodiylardan xavorga, faqat paxta ekadigan yangi yerlarga köçirişni boşladi. Endigina çillasi çiqib ulgurgan yoş oila ham köpçilik bilan yangidan taşkil etilgan paxtakor xöjalikka kelib joylaşdi. Omadni qarangki, bir oilaga möljallab qurilgan turna qator uylar tödasi bir-biriga öxşar, raqamlab qöyilmasa adaşib ketiş heç gap emasdi. Bu xuddi öşa hammani majburan teng qilib bir xilda öylab, bir xilda boş qotirişga daʼvat qiladigan Qizil hukumatning azaliy taomiliga judayam yaraşib tuşgani qiziq.

Gulbahor birinçi farzandini tuman markazida oçilgan tuğruqxonada topdi. U paytlar çaqaloq tuğilganidan keyin birdaniga onasiga körsatişmas, keyinroq emizdirib ketişsa ham alohida xonada saqlaşardi. Yetti kunligida öğlini qöliga olib, Ramazon deb quloğiga azon aytib, ism qöyib bölgan. Ota kördiki, bolasi aynan xabaşga öxşaş qop-qora. Tavba deyişdan özga çora yöq. Hammamiz oq tanli, heç bölmagani ham buğdoy rang. Gulbahorning nasl-nasabida ham bunaqasi yöq. Bu kimga öxşadiykan? Yo qudratingdan! Gumon imondan ayiradi, deganlaridek, yoş otaning duşman köngliga nimalar kelmadi? Gulbahor xotirjam, uning bu holatini körib, yoş ota ham bir töxtamga keldi. Allohning irodasi, berganiga şukur! Ilk bora Azonni joriya aytgan Hazrati Bilolday musulmon bölsa bas. Öşa kuni Ramazonning oxirgi kuni edi. Ertasiga hayit. Abdulhamid hayit namozini öqib kelib, öz-öziga söz berdi: «Endi qolgan umrimni kunduzi rözadorlik bilan ötkazaman, Alloh özi kuç-qudrat bersin!».

Gulbahor erining nega bunday qilganini qança yalinib-yolvorib sörasa ham aytmadi. Abdulhamidni saratonda suvsizlikdan lablari tars yorilib ketar, taşnalik azobi yengay-yengay deb xuruj qilardi. Xuddi şunday holat qattiq qiş paytida ham sodir bölib, oq yuzlari kökarib, mijozi sovib ketar, bu qiynoqlardan baribir ötib ketaman, bolam özimga öxşamasa ham özim-özimga öxşaşim kerak, degan tuşunça jismi jonini egallab olgandi. U tirikçilik deya qişloq örtasidagi paxta punktida qorovullik qilardi. Qirqdan oşib, qirçillama paytida nuroniy möysafid bölib qolgani uçun qişloqdoşlari töy-maʼrakaga, ayniqsa, azador joyga köproq aytar, mulla heç narsa taʼma qilmay hokisor ötirib, duoyi fotiha öqir, ketişda nimani ep körib qöliga tutişsa, köziga surtib olib, nafaqayi rözğor deb uyiga eltardi. Bu orada mullaning çalpakxörlari 3 nafarga yetgan, tönğiçdan kiçiklari otasiga ham, onasiga ham quyib qöyganday öxşardi. Katta öğil esa uydan köra köchani yaxşi körar, bir iş qiladimi-yöqmi, daydib yurişni odat qilgandi. Bu orada röy bergan yana bir körgulik mullani enasidan qayta tuğilgandek qilib qöydi.

Gulbahor köçib kelgandan beri brigadir qöşnisining paxta dalasida işlar, topgan-tutgani ketmon, tutolmagani armon bölib yaşardi. Lekin uning bir tomoniga yangi qişloqlik hamma ayollar havas qilişar edi. Bu ayol uç bolaning onasi bölib, yana ketmonga bölsayam kelinçaklik davridan qolgan har doimgi odati ertalab va keçqurungi pardoz-andozini taşlamas edi. Uning maydalab örilgan qirq kokili işlagan paytida qoşiga çambarak qilinmasa, turgan-bitgani malol. Ikki zulfining qarmoqi gajaklari, ösma va surmaga töyingan qoş-közlar yolğonçi söqir dunyoning közlarini oçib qöyişga qodir. Uni eridan qoniqmay, brigad bilan don olişadi, deguvçilar haqu nohaqligini isbotlaş minnatidan yiroqda. Er ham nimanidir sezganday böladi-yu, köz bilan körib, qöl bilan uşlab olmasa, nohaq tuhmatga aylanadi, deya özini işontirişga urinadi.

Zamoni kelib, paxtani «qöşib yoziş» boşlanganda, baʼzi birovlarning nafsi öpqoniga aylanib, bosar-tusarini bilmay qoldi. Qöşni brigad ham öşa kasofatdan quruq qolmagan edi. Çöntagi suyaksiz göşt kabi luğur pul körganidan har kuni burni qizarib yuradigan, biroq qoşi kabi qalin möylovi battar kattarib, quloği tagini qitiqlaydigan bölib qolgandi. Harom luqma – harom hissiyotni tarbiyalab, urçitib beradi. Yana bir naqlni eslaş joiz: «Funajin közini suzmasa, juvona ipini uzmaydi». Har ikkisini ham unutmagan holda aralaşiş nojoiz bölsa ham, bu oqşomgi voqeadan ogoh etişga jazm qildik.

Brigad keça keçqurun plani yarim bölsa ham, avans puliga paxta punktidan «köpik» sotvolib, rejani bajargan, yöq paxtaning yarim pulini çöntakka olib, şaharga tuşgan, zahri qotildan beş-ön qultum yutib, bozor oralagan, bir kiyim xon atlasu farangi atirdan sotvolib, uyiga kelmay, keç bölişini kutib, Gulbahorning uyidan çiqişini poylagan. Gulbahor köça boşidan bittayu-bitta jömrak quvurdan suv olgani kelganida sovğa-salomni topşirgan, qoq yarim keçada qöyningga kiraman, deya izini qumga solgandan keyingi Gulbahor öziga keldi.

– Yöğ-e, erim bilib qolsa nima böladi? Bolalar-çi, kattarib qolgan. Aytsa nima böladi, kattasi qöyvoradi… Xotinim bormi-yöqmi, demaydi. Kunduzi röza tutib, keçasi qorovullik qiladi. Mijoziyam kun ba kun sovib borayapti. Meniyam tanim bir qörğon, gul qörğon, uniyam birov qöriqlab turişi kerak. U kişim bölsa yöq paxtani qöriqlab tong ottiradi. Uzun keçalarda tong ottiriş qanday qiyin? Faqat qoravoyim bilib qolmasa böldi.

Abdulhamid şunça yildan beri pokiza yurib, toat-ibodat qilsa ham, ğayb ilmidan bexabar edi. Biroq qorovulxonada xufton namozidan keyin uzundan-uzoq duoyi xayr qilib, örnidan turayotganda yuragi allaneçuk gupurib ketdi. Ayni şu paytda suyukli xotin ham, qöşniçilik tufayli bir-birovidan kamida ikki haqi bir «mömin va mömina» ham xiyonatning iflos töşagi tomon intilayotgan, eng qiziği, ularga xalaqit beradigan birorta yovvoyi kuç bu yoruğ dunyoda körinmayotgan edi. Hovli bilan punkt orasi odimlasa ming qadamga yetmaydi. Heç narsadan bexabar qorovul yaqinda bozordan olgan talğir hökizçasi ipga öralib qolmadimi, deya xavotir olib, uyiga yöl olganida, paxta ortgan traktorlarning ham qadami uzilgan, qoq yarim keça bölgani uçun köçadagi elektr çiroqlari ham öçib qolgandi. Abdulhamid qölidagi xitoy fonarini yoqib, töğri molxonaga bordi-yu, hökizçadan xabar oldi. Oxuriga xaşak taşlab, yelkasini qaşlab qöydi. Xotirjam iziga burilib, indamay çiqib ketsa bölardi. Negadir oşxona tomonga ötib, bir krujka suv olib içmoqçi böldi. Yo tavba, içkarida erkak va ayol ovozi. Pardalar tuşirilib ingiçka şam yoqib qöyilgan şekilli, ğira-şira yoruğ xiyonatning zil-zambil yukini kötarolmay butun uyni, hovlini ham zulmat çohi sari sudramoqçi böladi. Fonar yoruğida begona erkakning brezent etigi ham, xotini uyda kiyadigan kovuşi ham alkaşib bir-biriga mingaşib turardi.

– Bu öşa, enağar hamsoya brigad! Xah, kusfuruş, xotintaloq, özingniki yetmaganday endi tortinmay menikiga keldingmi?! Endi bularni joyida «harom şayit» qilib öldirmoqdan boşqa iloj yöq!

Saratonda ham, qahratonda ham nafs jilovini mahkam tutib yuradigan zot, har ikki nafsi undan doimiy norozi bölsa ham, ruhi va jismiga öçakişmoqçi bölgan şaytoni laʼinning böynini har lahzada sindiradigan odamning qarori töğriga öxşab körinadi.

Xullaski, mulla xizmat çoğida aloqa qilib turadigan bor-yöği ikki raqamni terib, navbatçi xodimga ulandi-da, «Ikki odamni jinoyat ustida tutib oldim, töppa-töğri paxta punktiga yetib kelinglar», deya tayin qildi. Keyin xotirjam bölib, qöştiğdan öqni olib, kamarga joylab, taşqariga çiqib kutib turdi. Töğrisi, bu musiça kabi beozor mullani tumanda kattayu kiçik birday tanir, izzattalablikdan holi bölgan nurli yuziga qarab köngli yorişar, ayniqsa, melisalar uning gap-söziga öziga işonganday işonardi.

Haş-paş degunça ikki xodim beli boğliq maşinada yetib kelib, xizmatga tayyorligini aytişdi. Ular birgalaşib mullaning hovlisiga yetib kelib, içkari kirganda fahş töşagida andarmon juftlik ğaflatda qolib, yarim-yalanğoç titrab-qaltirab, boş egib turardi. Qiyomatli qöşniçilikning naq yuragiga tiğ sançgan brigadirning qölini orqaga boğlaşib, bölimga olib kelişdi. Gulbahor esa bor böyi bilan özini mullaning oyoğiga taşladi. Mulla etagini qoqib «osmondagi yulduzça taloq» deya kufr sözni aytib yuborsa bölardi. Lekin bunday qilmadi.

– Bilasan, haromdan judayam hazar qilaman, – deya gul örnida badböy hid çiqaradigan qora qönğizni körganday jirkanib, etagini bir siltab taşqariga otildi.

Har narsaning davosi vaqt. Oradan qirq kunça vaqt ötdi. Mulla öşa nobakor qöşnining sudiga ham bormadi. Javobgar bor-yöği ön beş sutka «mehmon» bölib qaytib keldi. Biroq u qaytganda xotin, bola-çaqasi butunlay toqqa – ota-onasinikiga ketib qolgan, qança yalinib-yolvorib borsa ham uyga qaytmaganidan mulla kabi kulbasida yolğiz tunab, içkilikdan boş kötarmay qolgandi. Brigadirlikdan esa haydab yuborişdi. Oradan ikki-uç oy ötib «qöşib yoziş» jinoyati ham oçilib ketib, qamoqqa olindi-yu, öşa yoqlarda qiynoqqa doş berolmay olamdan ötdi.

Ayol şörlik bola-çaqa deb har narsaga könadi. Gulbahor yiğlab-sixtab qayta-qayta boş egib, erining huzuriga bordi. Mullaning toş qotgan yuragi erimadi. Oxirgi borişda mulla ayolning afti-angoriga zimdan qaradi. Ozib-tözib ketibdi. Bevaqt ajinlar, soçlariga oq oralagan, pardoz-andozdan darak yöq, usti boşi ham noçor, rözğordan qiynalayotgan bölsa kerak.

– Anovi hökizçani sotinglar-da, rözğorga yaratinglar, özinggayam, bolalarga ham issiq kiyim-boş olinglar. Oylik maoşimni olsam yana pul yuboraman. Endi mening oldimga kelma! 

Gulbahor heç narsa deya olmay ökirib-ökirib yiğlab ketdi…

Oradan uç yumalab uç oy ötganda qorovulxonaga löli ayol keldi. Qiziği, uning qölida törvasi ham, tayoği ham yöq edi. Qölida sumkaça, kiyinişi esa epini keltira olmagan. Bir qaraşda xuddi Gulbahorga ham öxşab ketadi. Yo tavba, Gulbahor tilançiga aylanib kelmadimi, işqilib…

– Mulla aka, mana eşiting, bitta gap aytaman, jahlingiz çiqmasin…

Abdulhamid şoşilib çöntagini kovlay boşladi.

– Yöq, yöq, man xayr sörab kelmadim. Ay, mayli, Xudoning yöliga bitta söm bersangiz böladi. Iloyi baraka toping. Mulla aka, mani bir katta folbin Xumor degan ammam bor. Ötgan yili özidan-özi fol oçib, bitta gap aytgan edi, man işonmagan edim. Xotiningizning oti Gul, Gul, Gulbahormidi? Mana endi özingizni körib çippa-çin işondim. Tuğuruqxonada maning baçam sizning baçangizga almaşib ketgan. Jon mulla, şu baçalarni qaytariş qilsak. Bizning otamiz ham şunga qistayapti.

– Man, man hali rözğorda emasman, bilmadim…

– Buld-e… Ertaga baçani opkelib körsataman…

«Aytdima, öylovdima, Gulbahor bu habaşni qayerdan orttirdi». Mulla iç-içidan allaneçuk bölib örtanib ketdi. Ertasi kuni löli baçani öz közi bilan körgaç esa, töla iqror böldiki, bu özining bolasi. Quyib qöyganday özining yoşligi. Biroq Ramazonga oq sut berib katta qilgan Gulbahor nima deydi?

Ha, Gulbahor qaysarlik qildi. Bolalarni almaştirib olişga qöymadi. Çunki Abdukarim löli xotinni emib katta bölgan. Undan orlanib turardi. Öğil bolasi turmaydigan şörlik ayollar öğil tuqqani hamono unga Turdi, Tursun, deya ot qöyib, baʼzisi begona xotinga emizib, ayrimlari eşak suti içirib, eçki yoki sigir suti bilan katta bölganlari ham ota-onasiga mehr qöyib ketganini Gulbahor qaydan bilsin? U öziça qilgan gunohlarimga Allohning ğazabi, deb öylab iç-içini yeb bitirmoqda edi.

Löli xotin oxirgi marta bolani olib kelganida mulla çidab turolmadi. Barça taʼna-malomatlarni begunoh böyniga ğulday osib, uyiga bordi. U xuddi aybdor kabi suyukli xotinining yuziga qaray olmasdi. Gulbahorni bir oğiz gapirtirmay, tomdan taraşa tuşganday şart qöydi:

– Agar Ramazonni öz onasiga qaytarsang, men sen bilan yaraşaman!

Ikkilanib qolgan ayol hamma ayb özida ekanini anglab yetdi-yu, özingiz bilasiz, deya boş egişdan boşqasiga yaramadi. Onasi emas, xuddi otasining qöltiğidan tuğilgan kabi unga judayam öxşaş Abdukarim namoz farz bölgan yoşga kirib qolgandi. Uni ibodatga tortiş oson bölmadi. Qolaversa, bolakay löli mahallasida maktabga ham bormagan. Biroq zehni tez bolakay maktabda alifbo saboği bilan otasidan ibodat saboğini olib ulğaya boşladi. Ota unga şunday deb quloğiga quydi:

– Yaratganning haqiqiy quli bölişga erişiş inson bolasini ozod va erkin yaşaşiga yöl oçadi. Qolaversa, har mömin yetti puştini bilişi kerak.

Otaning şajara saboği ham besamar ketmadi. Abdukarim özidan özligini qidirib topmoqqa kirişdi. Albatta, maktabni bitirsa, diniy madrasaga kirib öqimoqni ixtiyor qildi. Abdulhamidning ham yagona orzusi şu edi. Otasi barvaqt ölib ketmaganida taqdir yozuği boşqaça bölarmidi? Haliyam ming qatla şukurki, ota-bobolari orzulab ötgan, ammo körmagan yurt ozodligini kördi. Körgan-tutganini mahkam quçoqlab bağriga bosdi. Hurriyat şukronasi uning har tongi duolarining sarlavhasiga aylandi. Bunday ozod va farovon yurt yana qayda bor?

Gurkirab, gullab tugayotgan qovun palakning aynan tomiridan uni sölitmoqçi bölib nofarmon şumğiya törsayib boş kötargani kabi dinni niqob qilib olgan şumğiya oqimlar unda-bunda portlab çiqa boşladi. El-elat, mahalla köy köziga surtadigan mullani ham, uning öğlini ham öşa oqimlar rosa aylantirib qöydi. Avval «vahhobiylar», keyin «xizbutçi»lar. Asl aynimas, deydilar. Şarofatli avliyolar naslidan bölgan, hamişa nafsiga hukmini ötkazib kelgan şayxsifat odamni yengib bölarmidi? Yetti puştidan meros qolgan dinga eʼtiqod qöygan Rasululloh (s.a.v) millati firqalarga bölinmas. Yurtini jon kabi suygan odamning imoni hamişa soğ-omon.

Öşa noxuş voqeadan keyin ham ikki qiz tuğib kattartirgan Gulbahor ança-munça songa kirib qolgan, kelin-kuyov töyida «Salomnoma» kitobini xuşovoz ohangda öqib yurib, keyinroq «Bibi seşanba»ni ham örganib olib, ayollar kayvonisiga aylandi. Maşoyixlikka intilib, unga yetolmayotgandan unçalik nadomat çekmayotgan qahramonimiz mahzumlik merosini binoyi uddalab, oxirat safari ozuqasini möl-köl qilayotganidan mamnunlik şukronasini qilsa böladi.

Ğozi RAHMON

 “Yoşlik” jurnali, 2011-yil 6-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)