Uçinçi xulosa
bu rasmni sevaman uyğoq,
bu rasmda yiğlamli alam:
bola
qölida non.
qonagan
labi qizil va alvon non ham.
xulosalar ingiçka ötkir
yoki keskir ustaradek tan,
tamakini çekib kuzatib,
xulosalar urçir
masalan:
qiyinçilik qobirğasi-la
qismatining ipi bitişgan.
gung oçlikning nihoyasida
labi qonab nonga yetişgan
yoki boşqa xulosa mana:
sağirlikda qolgandir omon,
labi maysa kabi yumşoqdir…
lablarini kesgan qattiq non.
uçinçi xulosa qörqinçli
(siğmay qolar yuvoşroq ongga)
millatini sotgan yovni öldirib,
söng
botirgan nonini qonga!..
bu rasmni sevaman uyğoq…
Yiğilişdan söng…
Majlis tugaydi.
Farroş
kirib kelar katta saroyga
polyuvgiçini olib
qarsaklarni yiğa boşlaydi.
xom, çala pişgan
pismiq qarsaklar.
nomiga yangragan va yoki
ikki kaft orasida yorilib
şu zahoti jon bergan qarsaklarni
artib olar stollar aro.
minbar ustida esa
pastroq parvozlagan yalonğoç ovoz
turadi hanuz…
Dilparçalar
1
Ikki közing – ikkita quduq:
Biriga gul ekdim,
Biriga esa taşladim tanga…
Gul söldi…
Tanga esa hanuz yaltirar…
Tubda…
2
Xuş köraman
Çuqur kissali kiyimni.
Köproq narsa yaşirsa bölar,
Kömib qöysa bölar kaftimni.
Çöntakka yaşirilgan narsa
Bilinmasligi kerak.
Yoki jim bölmoği lozim…
Oğzim – yonboşlagan çöntak.
3
Qoronği va sovuq uyda
Eʼtiqod kuçayar.
Issiq bölsa gunoh istagi…
Yuz yil yoruğlik körmagan odam
Kalit teşigidan tuşgan nurni
Xudoning yolqini deb öylar tayin…
4
Tongda oyna oldida turib
Ayolingga qilgan xiyonating
Yodingga tuşsa.
Galstuk boğlayotgan qöllaring
Titrasa –
Siqişi kerak bölgan boğiçni
Bor kuçing bilan tortsang…
…işga ketasan galstuk boğlamay…
Bor kuçi bilan seni tortar
Yana xiyonat…
5
Bekatlarni kuzatsang. Ketsang.
manzil istagan odam – çiroyli.
Odam – çiroyli.
Bekatlarni kuzatsang. Tuşsang.
Ketayotgan odamlar – gözal.
Odamlar – gözal.
Bekatlarni kuzatsang. Kutsang.
Kelmasa sen kutgan avtobus.
Kutişga aylansang…
Faqat kuzatsang gözal odamlarni…
Seni payqamasa heç kim…
6
Yoniq bölsa sening çiroğing
Quş bölsamu oynangga ursam,
Ğussadan ezilgan vujudni.
Ayoz bölsa taşqari. Sovuq.
Derazangni oçsang baribir.
Qöllaringga olsang ohista
Ğussadan ezilgan vujudni.
Mehribon közlaring yumilib
Qöllaring boylansa böyniga
Ğussadan ezilgan vujudni…
Qora paltoimga örab şaharni
Darbadar aylantirib qaytaman
Ğussadan ezilgan vujudni.
Sovuq töşagimga yotqizib
Uxlaşin kutaman tun böyi
Ğussadan ezilgan vujudni…
Abdulazizxon Akramov
1987-yili tuğilgan. Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Şeʼrlari matbuotda eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida