ILK UÇRAŞUV
Suratdagi toşiqib ketgan qalin qora soçlari boşiga siğmay, tutaş qoşlar tagidagi közlaridan öt çaqnab turgan yöl-yöl köylakli dehqonbiçim yigitni, şundoqqina qöşni tumanlarda yaşagan bölişimizga qaramay, oldin köriş u yoqda tursin, eşitmagan ham ekanman. Lekin almanaxning ilk betidagi “Jiyronim” degan şeʼrning nomi va unda aks etgan tuyğular dilimga juda taniş hamda yaqin edi. U paytlar özim ham xuddi şu şoir yigit kabi tizgin bilmas orzular qanotida uçib, qaçon, qaysi qönalğada, qay yösin qönim topişimni bilmay yurardim. 1977-yilning köklamida çiqqan “Yoşlik” almanaxining men körib turgan 2- soni Muso Abdurazzoq degan sirdaryolik şoir yigitning surati va şeʼrlari bilan oçilgan bölib, undan şu viloyatlik uç nafar yoş ijodkorning asarlari ham joy olgan ekan.
Aniq esimda, avvalo, öşa şeʼrning taʼsiri, söng şu almanaxda ğazallari çiqqan jonday jigarim Xayrulla Sulaymonning dilbar bitiklari bahona “Yoşlik ohanglari” nomi bilan olti qoğozlik taqriz yozdim. Maqola qurmağur uç oy intizor qila-qila, har tomondan çöqilanib, muallifning nima demoqçiligini anglab bölmaydigan holda “Sirdaryo haqiqati”ning 1977-yil 20-avgust sonida bulbulning köziday bölib çiqdi. Undan aniq tuşunsa böladigan narsa uç yoş şoir va maqola muallifining ismu familiyasi edi. Nima bölganda ham, men Abduxoliq Abdurazzoq bilan ilk bor şunday uçraşgan va uning bitiklari töğrida şu tariqa yozgan edim.
Körinadiki, köpçilik ijodkorlarning köpçilik muxlislari kabi men ham şoir va publitsist, “Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist” Abduholiq Abdurazzoqning özini körişdan, şaxsiyatini bilişdan oldin şoir sifatida taniganman. Zero, ijodkorning bitgani özidan oldinroq yuradi va bu tabiiydir. Oradan yigirma yillar ötgandan keyin özini kördim. Uni şaxs sifatida bir qadar tanişim uçun esa yana beş-olti yil kerak böldi. Lekin yozuvçining bitiklari heç qanday vositaçilarsiz uning tabiatini tuşunişimga kalit böldi.
Bugungi odam ijtimoiy munosabatlar oğuşida yaşaydi. Haqiqiy yozuvçi faol inson va haqiqatni aytişga masʼul oydin sifatida öz yaratiqlarida ana şu munosabatlarni aks ettirişga mahkum. Bu jihat adiblar fikriga salmoq, qaraşlariga eʼtibor, bitiklariga ijtimoiy-maʼrifiy yuk bağişlaydi. Isteʼdodli şoir va jurnalist Abduxoliq Abdurazzoq şoirning publitsistikasi publitsistning şeʼrlari bilan birgalikda kelgan “Kuzdagi köklam” kitobida bir özbek oydinining hayot yöli misolida millatning keçasi, buguni hamda ertasi haqidagi kuzatiş va öylarlarini bayon etgan. Kitobga özi, yurti va yurtdoşlarining ijtimoiy örni haqida fikrlaydigan odamning öziga xos bir hisoboti, bosib ötilgan tiriklik yöli haqidagi öylari tarzida tartib berilgan. Asarning arxitektonikasi şunga muvofiq qurilgani uning öqişli bölişini taʼminlagan.
Kitobni istiqlolda yaşayotgan, uni mustahkamlaş haqda tinimsiz öylayotgan kişining dil izhorlari deyiş mumkin. Muallif bugunga quruq maddohlik qilmagani kabi, keçagi kunni ham yoppasiga inkor qiliş yölini tutmaydi. U egamanlik tuyğusining bir odam, bir avlod, bir millat qalbida qanday paydo bölib ulğaygani, qay tarzda reallikka aylagani va u berayotgan mevalarni öz hayoti misolida körsatişga harakat qilgan.
Maʼlumki, har qanday yozuvçi qaçon, kim töğrisida qalam surmasin, aslida özini yozadi. “Kuzdagi köklam” kitobida ham muallifning bolalik, talabalik, yigitlik çoğlarida körgan-keçirganlari bugunning fonida jonli tasvirlangani uçun köpçillikka qiziq hamda öqişli çiqqan. Çunki bu bitiklarda yurt ahlining taqdiri bir kişi hayoti misolida körsatilgani kabi bir kişi qismatiga yurt taqdiri qanday tamğa bosgani ham aks etadi. Kitobga kirgan barça bitiklar muallifning öziga xos şaxsiyati va yorqin isteʼdodidan dalolat beradi.
isteʼdod
Şoir Muso Abdurazzoq va publitsist Abduxoliq Abdurazzoqni yaqindan taniganim va bir qadar bilganim natijasida u ğoyat isteʼdodli odam degan töxtamga keldim. Uning isteʼdodi hayotining bosqiçlari bölmiş: öquvçiligi, talabaligi, şoirligi, jurnalistligi, rahbarligi, otaligi va hatto… ulfatligi kabi köp jihatlarda namoyon böladi.
Abduxoliq maktabni oltin medal bilan bitirgan. Jurfakning kunduzgi bölimiga kirgunça, özbek filologiyasi fakultetining sirtqi, meditsina institutining kunduzgi, jurnalistika fakultetining sirtqi bölimlariga qayta-qayta öqişga kirgan va azaliy orzusiga erişmagunça, yaʼni şoirlar tayyorlaydigan jurnalistika fakultetining kunduzgi bölimiga kirmagunça, urinişlardan çarçamagan.
Uning şoirlik isteʼdodi “Kuzdagi köklam” va “Siz otamni taniysiz” kitoblariga kirgan şeʼrlarida yaqqol körinadi. Uning publitsistik iqtidori ham şu kitoblardan joy olgan maqolalarda aks etadi. Bundan ikki-uç yil oldin taniqli yozuvçi Abdusaid Köçim “El suv içgan daryolar” otliğ yangi kitobiga sözboşi zarurligini aytib, kimga yozdirganim tuzuk, deb sörab qoldi. Men: “Abduxoliq akaga aytib körsak-çi?” – deb taklif kiritdim. Şunday deyişga dedimu, ammo gapning çini biroz çöçidim. Sababi, bilardimki, yaxşi sözboşi kitobning darajasini kötargani kabi, unça çiqmagan sözboşi uni tuşirib yuborişi ham mumkin. Buning ustiga, vaqt masalasi ham doimgiday tiğiz. A. Abdurazzoq tomonidan bir haftaga yetar-yetmas vaqt içida yozilgan sözboşi Abdusaid Köçimning kitobini nurlantirib yuborganiga hammamiz ham qoyil qoldik.
Ikkinçi voqea, şu yilning fevralida hazrat Alişer Navoiy tuğilgan kun munosabati bilan ötkazilgan tantanalarda qatnaşiş uçun Omon Muxtor, Abduxoliq Abdurazzoq uçovmiz Sirdaryoga borganda yuz berdi. Viloyat teatrida ötkazilgan tantanali yiğindan söng A. Abdurazzoq Sayxunobod va Guliston tumanlarida köçat ekiş qanday borayotganligi bilan qiziqdi. Bizni ham ergaştirib, bu ikki tumandagi uç-tört qişloqqa, bir neça maktab va kollejga, bir qança odamlarning uylariga kirdi. Safardan horib-çarçab, yarim keçasi qaytdik.
Könglimdan şu işlarni birorta muxbiriga topşirsa bölardi-ku, deganga öxşaş öy ham ötdi. Öşa kuni seşanba edi. “Işonç” gazetasining payşanba sonida esa Mirzaçölni boğ-roqqa aylantiriş va viloyat hayotiga doir bir qator dolzarb masalalar kötarib çiqilgan ikki betlik juda qiziqarli maqola çop etildi. Orada yarim kungina vaqt bor edi, xolos. Çuqur tahlillarga töla şunday kerakli va qiziqarli maqolani qisqa vaqt içida yoza biliş uçun isteʼdod kerak böladi odamga…
iroda
Lekin, agar kişida iroda va qatʼiyat bölmasa, har qanday isteʼdod işga solinmay qolib ketaverişi ham mumkin bölgan şunçaki bir imkoniyatdir. Abduxoliq Abdurazzoq imkoniyat sifatida berilgan isteʼdod olovini öçirmay, alangalatişga özida kuç, qatʼiyat va iroda topa bilgan şaxsdir. Iroda va qatʼiyat olti yoşga ham tölmay maktabga borgan, şu bois nomi jurnalga tirkalmagan bolakayning yaxşi öqib ketişi va öquv yili oxiriga borib, jurnalga yozilişiga sabab böldi. Ayni şu qatʼiyat va iroda törtinçi sinfni bitirgan, lekin hali ön yoşga ham kirmagan bolakayning özlari yaşayotgan Farmonqörğondan yetti çaqirim naridagi maktabga goh yayov, goh velosipedda qatnab saboq olişini taʼminladi. Xuddi şu sifatlar oltinçi sinfga ötgan ösmirga ota-ona bağridan uzilib çiqib, Boyovut tumaniga qaraşli “Taraqqiyot” qişloğidagi yotoqmaktab (internatmaktab)da yotib öqişga kuç berdi.
Abduxoliq ham hamma bolalarga öxşagan bola edi. Ayni vaqtda hammaga öxşamasdi ham. Çunonçi, köpçilik bolalar bir narsaga berilsa, bolaligiga borib, butun dunyoni unutib qöyardi. Uning esa bolalikdan vaqti qatʼiy taqsimlangandi. Dars qiladigan vaqt kelişi bilan u hamma narsani, hatto, öyinni ham yiğiştirib, dars tayyorlaşga ötirar, boşqa har qanday yumuş ikkinçi darajali hisoblanar va kutib turardi. Bolalikdan şakllangan mana şu intizom va qatʼiyat Abduxoliqqa bir umr yöldoş hamda uning hayotdagi barça zafarlariga asosiy omil böldi.
Respublikaning turli joylaridan kelgan çölquvarlarning bolalariga möljallab oçilgan “Taraqqiyot” qişloğidagi yotoqmaktab şunisi bilan eʼtibor qozongandiki, unga Toşkent oliy maktablarini endigina bitirgan yoş muallimlar jönatilardi. Ularning çuqur bilimi, boşkentda öqigan yoşlarga xos dunyoqaraş va hayotbaxş jöşqinliklari öquvçilar şaxsiyati şakllanişiga jiddiy taʼsir körsatardi. Abduxoliq 6-8-sinflarni şu yerda öqidi. Yotoqmaktabning yonginasidagi oddiy maktabda, undan uç sinf yuqorida bölajak ulkan şoira Halima Xudoyberdiyeva öqirdi. Viloyat gazetalarida şeʼrlari çiqib turadigan bu qiz öquvçilar orasida juda maşhur edi. Yotoqmaktabda işlaydigan qöşqandlik şoirtabiat Mirzabek muallim yoş qalamkaşlar tögaragini taşkil etgan va unga Halima ham qatnaşar, kiçkina Abduxoliq esa, şu tögarakning faollaridan edi.
A. Abdurazzoq yotoqmaktabning 8- sinfini bitirgan paytga kelib, özlarining qişloği Farmonqörğonda örta maktab oçildi. Yigitçadagi iroda va qatʼiyat şu bilim maskanini oltin medal bilan bitirişga omil böldi. Suyukli muallimi Olimjon akadan ötgan bilimga çanqoqlik, Toşboy ötinçidan köçgan kitobga muhabbat, onasidan yuqqan körkam sözga oşuftalik kabi sifatlar yigit tabiatidagi qatʼiyat va iroda tufayli sayqal topib bordi hamda Abduxoliqning şaxsiyatiga joziba, insoniy taqdiriga esa maʼno bağişladi. U şoir bölmoqçi edi va buning uçun, öşa paytdagi tuşunçasiga köra, albatta, jurfakda öqişim kerak deb öylardi. Hali ösmirligida “Lenin uçquni” gazetasida şeʼri çiqqandi. Maqolalar ham yozib turardi. Lekin umri turli qişloqlardagi turli maktablarga soçilgan yigitçaning maqolalari jurfakka kirişga yetadigan darajada köp emasdi. Şu bois örta maktabni bitirgan 1967-yilda uning hujjatlarini ToşDUning jurfagiga olişmadi. Negaki, jurfakka hujjat topşiriş uçun oltita maqola kerak bölib, uniki törttagina edi. Şu bois Abduxoliq özbek filologiyasi fakultetiga hujjat topşirdi. Imtihonlarning ikkitasidan “beş”, ikkitasidan “tört” olsada, tojikistonlik bölgani uçun kunduzgi bölimga ötolmadi, sirtqiga qabul qilindi. Ularning qişloği Tojikistonga ötkazib yuborilgan ekan. U diplom emas, bilim olmoqçi edi. Şu bois faqat kunduzgi bölimda öqişga intilardi.
Keyingi yili Tojikistonda öqimoqçi böldi. Hujjatlarini tayyorlab, Duşanbe şahriga bordi. U yerda matematikadan Moskva davlat universitetiga ikkita odam qabul qilinişi töğrisidagi eʼlonga tasodifan közi tuşib qoldi. Maktabni oltin medalga bitirgan romantik yigitçaning endi Moskvada öqigisi kelib qoldi. MDUga qabul imtihonlari 25 iyulda tugaydi, mabodo, u yerga ötolmasam ham, boşqasiga topşirişga ulguraman deb ham öyladi. Opasi Şarofat uning eng yaqin maslahatçisi edi. Duşanbedan qişloğiga telefon qildi. Poçtadagi kamutatorlar Şarofatni uyidan aytib kelişdi. Ini Moskvaga ketsam maʼqul bölarmikin, deganga öxşaş gap qildi. Undan ikki yoşgina katta bölsada, juda mulohazali opa: “Özing kunini zörğa körayotgan suvçining öğli bölsang, Moskvada qanday öqiysan, yeyiş-içişing, kiyiming nima böladi?” – dedi.
Abduxoliq qatʼiyatli va qaysar edi, ammo jöyali gapni tan olişga özida kuç topdi. Şunday qilib, u hujjatni meditsina institutiga topşirdi. Medali bölgani uçun bitta imtihondan ötişi kerak edi. Öşa bitta imtihon u azaldan eng yaxşi biladigan, har qanday murakkab masalalarni köz oçib-yumgunça işlab taşlaydigan fizika fanidan ekan. Öziga tuşgan çiptadagi ikkita savolni ham yaxşi bilardi, masalani-ku öylanib ham ötirmay, birpasda yeçib qöydi. Abduxoliq: “Tayyorman!” – degaç, imtihon olayotgan domlalar uning oldiga kelişdi. Ulardan birni yigitning qölidagi masala va misollar işlangan qoğozga köz taşlab, quvonib ketdi:
– Iye, juda zör-ku, çiroyli işlabsan. Medaling bormi? – dedi.
– Ha! – javob berdi Abduxoliq.
Imtihonçi domla komissiya raisini çaqirtirdi. Rais kelib, Yerning Oyga taʼsiri nimaga tengligi töğrisida savol berdi. Abduxoliq biroz öylanib turib, agar 90 gradusli burçak ostida bölsa, nolga teng bölişini aytdi. Rais imtihon varağiga şartta “5” baho qöyib:
– Tabriklayman, siz öqişga kirdingiz, – dedi.
Şu tariqa Abduxoliq Duşanbe medinstituti talabasiga aylandi. Meditsina institutlarida mutaxassislik fanlari faqat rus tilida ötilar, birgina tarix fani özbekça öqitilardi. Birinçi semestrni aʼloçilar safida bitirdi. Lekin içi qizib ketardi. Özbekça sözlaşgisi kelardi. Tilni soğinardi. Şeʼr yozgisi, öqigisi, eşitgisi kelardi. Ikkinçi yarim yilga kelib, öqişdan sovidi. Şunga qaramay, birinçi kursni yaxşi bitirdi.
Yaxşi bitirdi-yu, kursdoşlari taʼtilga ketişganda, u heç kim bilan maslahat ham qilib ötirmay, hujjatlarini qaytarib olib, Toşkentga, orzusi bölmiş jurfakka jönadi. Imtihonlardan yana ikkita “beş” va ikkita “tört” oldi. Mandat bölay deb turganda opasi Şarofatning ölimi haqida xabar kelib qoldi. Heç narsaga qaramay, qişloğiga yöl oldi. Opasini tuproqqa topşirib qaytib kelsa, mandat ötib bölgan ekan. Olgan baholariga qarab, uni sirtqiga qabul qilişdi. Öqişga kirganligi töğrisidagi maʼlumotnoma bilan Boyovut tuman gazetasiga adabiy xodim bölib işga joylaşdi.
Şu yilning kuzida harbiy xizmatga çaqirildi. Bir vaqtlar meditsina institutida öqigani uçun ikki yil davomida Qozoğiston çöllari va Murmansk örmonlarida saninstruktor bölib xizmat qildi. Xizmatni bitirib, töğri Boyovutga “Lenin yöli” gazetasi redaksiyasiga kelsa, özi işlagan adabiy xodimlik örni band, masʼul kotiblik böş ekan. Harbiyda çiniqqan qatʼiyatli yigit masʼuliyatidan qörqib ötirmay, masʼul kotib sifatida işga tuşib ketdi.
1972-yilning yozida sirtqidagi hujjatlarini qaytarib olib, yana jurfakning kunduzgi bölimiga topşirdi. Hujjatini qabul qilayotgan dömboqqina domla: “Hoy yigit, masʼul kotib ekansiz, kunduz öqib nima qilasiz? Bitirganingizdan söng masʼul kotib bölasizmi-yöqmi, Xudo biladi”, – dedi. “Men bilim olmoqçiman, domla. Katta möljallarim bor. Ularga yetişim kerak”, – javob qildi Abduxoliq. Yigit yana özining doimiy baholari: ikkita “5”, ikkita “4”ni oldi. Lekin endi u harbiy xizmatni ötab kelgan odam sifatida jurfakning kunduzgi bölimiga qabul qilindi. Yigitning bukilmas qatʼiyati uni, nihoyat, orzusiga yetkazdi. Bu vaqtda Abduxoliqning tengdoşlari allaqaçon institutlarni bitirib, işga ham joylaşib bölişgandi.
Jurfakda öqiş bilan birga radioda işlay boşladi. Bitirgaç, Sirdaryoga ketdi. Bu orada otadan ajralişgan, oila amakilar yoniga, Sirdaryo viloyatiga köçib kelgandi. Boyovut tuman gazetasida, yil ötmay, Jizzax viloyat radiosida işladi. Yurt kezdi, çölquvarlarni örgandi. Ajoyib kunlarning birida Respublika radiosining qişloq xöjaligi bölimi mudiri Ortiqboy Tilovberdiyev “Bizga keling, sizbop iş bor”, – deb qoldi. Boyovutdan Jizzaxga qatnab işlayotgan yigit yölni Toşkentga burdi.
Mustaqillik arafasida yurtimizda Prezidentlik boşqaruvi joriy etilgaç, fidoyi mutaxassislarga ehtiyoj paydo böldi. A. Abdurazzoq Prezident devoniga işga çaqirildi. Söng respublika prokuraturasi qoşidagi “Huquq” gazetasi va “Qonun himoyasida” jurnaliga asos solib, qator yillar bu qöşaloq naşrni boşqardi. Keyinçalik respublika kasaba uyuşmalari federatsiyasi muassisligidagi “Işonç” va “Işonç-Doveriye” gazetalariga Boş muharrir bölib ötdi. Mana beş muçal keçdi hamki, xayoliga adoqsiz rejalar, qöliga qalam, ruhiga qatʼiyat va iroda yor.
tuyğular yolqini
Şaxsiyatidagi öziga xoslik ijodiga ham köçgani uçun Abduxoliq Abdurazzoqning şeʼrlari ifoda yösini va tuyğular samimiyati bilan köngilni rom etadi. Ularda muallifning poetik iqtidori yorqin namoyon bölgan deyiş mumkin. Kitobdagi “Qalbing yaşnatmasa rayhonning isi, Dardkaşlik kelmaydi sening qölingdan”, “Parişon hayotga isyonmi çora?! Olovli vujudga çorami gavron?!” singari misralar muallifning olamni şeʼriy idrok etiş salohiyati neçoğlik ekanidan dalolatdir. U şeʼrlaridan birida: “Yuragimda soğinç otliğ daryo oqar”, – deydi. Soğinçday mavhum tuyğuni şu qadar mahorat bilan moddiylaştira oliş uçun kişida tiyrak poetik nazar bölişi zarur.
Abduxoliq Abdurazzoqning şeʼriy iqtidori, ayniqsa, “Havas qilib oy tutardi jom, Tökilardi undan nur – boda”, “Oyning ipak nurlaridan Senga sirtmoq yasarman. Saodatli bir kuningda şu sirtmoqqa osarman”, “Opajonim, ayriliqning ayrisiga osilay”, “Qullik tirik qolsa, Men öldim” singari poetik kaşfiyotlarida töliq namoyon bölgan. Abduxoliq Abdurazzoq bir şeʼrida : “Yillarga yöl bilan qayta bilmadim, Faqat xotiralar unga qaytardi”, – deydi. Çindan ham odamzot keçagi kuni va ajdodlari bilan faqat xotiralar orqaligina boğlanadi. Xotirasiz kişi insonlik qiyofasidan mahrum bölgani kabi keçagi kunini öylamagan kimsa ertangi kuni qanday bölişi töğrisida boş qotirişga ham qodir emas. Demak, kelajagi – qoronğu. Şu maʼnoda A. Abdurazzoqning asarlarini keçagi kun yuksakliklaridan ertaning konturlarini belgilaş yölidagi qadamlar deyiş mumkin.
Maʼlumki, milliy şeʼriyatimizda inson umrini yil fasllariga öxşatib ataş tajribasi bor. Şundan ulgi olib bölsa kerak, Abduxoliq Abdurazzoq ham öz umrining elliginçi dovonini, şoirona tarzda, kuzga, uning istiqloldan keyingi yaşnoq yillarini esa, kuz örniga kelgan köklamga qiyos qiladi va bir kitobini “Kuzdagi köklam” deb nomlaydi. Öz tirikligini millat hayotidan ayri körmagan şaxsning tazarru va badiiy iqrorlari millat ahli uçun ham qiziqarlidir. Uşbu kitobga kirgan bitiklar çindan ham insoniy umrining kuzida ijtimoiy köklamga duç kelgan odamning köngil böstonida oçilgan çeçaklardir. Umid borki, bu çeçaklar ifori öqirmanni uzoq vaqt tark etmagay.
Publitsistikada ikki jihat bor: u adabiyotga jurnalistik xususiyat, jurnalistikaga esa badiiylik sifati bağişlay oladi. Şuning uçun yaqingaça ham publitsistika jurnalistika bilan adabiyotga birday tegişli sanalar edi. Zero, badiiy adabiyotga deyarli hamişa ijtimoiy yuk ortilganidan u, tabiiy ravişda, publitsistik yönalişga ham ega böladi. Eng qadim zamonlarda paydo bölgan ertagu qöşiqlar ham şunçaki badiiy taʼbni qondirişdan köra, ijodkor insonning dardini bölişiş niyatida yaratilgan. Oçiq-oşkora tarğibiy yönalişdagi «Qisasi Rabğuziy», «Ibrohim Adham», «Şoh Maşrab» kabi bitiklar-ku aslan publitsistikaga yovuqdir. Maʼrifatçilar, ayniqsa, jadidlarning asarlari, avvalo, publitsistik ruhi bilan eʼtiborni tortardi.
Keyingi yigirma yil içida azaldan adabiyot bilan jurnalistikani bir-biriga boğlab turadigan publitsistika adabiyotdan bir qadar yiroqlaşib, unga sof jurnalistik janr sifatida qaraladigan böldi. Maʼlumki, şöro adabiyotiga sinfiy tarafkaşlik xos edi. Şöro mafkurasi har qanday asarning oçiq publitsistik yönalişda bölişini talab etardi. Mafkuraviy adabiyot alohida bir odamning ruhiyatini tuymoqçi bölgan öquvçiga yalanğoç ijtimoiy ğoyani tiqiştirar, badiiyatdan köra siyosiy-publitsistik ruhning kuçli bölişi ana şu talabning natijasi edi. Bu hol öqirmanni publitsistikadan bezdirib, odamlarni ijtimoiy yönalişdagi bitiklarni öqimaydigan qilib qöygandi. Şu tariqa publitsistika badiiy adabiyotdan yiroqlaşib, sof jurnalistik janrga aylanib bordi. Ammo har qanday hodisaning asl bahosini beradigan hakam bölmiş vaqt bugunning odami ham ijtimoiy yondaşuvni qömsab qolişini körsatdi va publitsistik bitiklar asta-sekinlik bilan yana badiiylik xususiyatlarini kasb etib bormoqda. Negaki, odamning asl tuyğulari ijtimoiy muammo-munosabatlar oğuşida ham yaqqol namoyon bölişi mumkinligi anglab yetildi.
Abduxoliq Abdurazzoqning «Siz otamni taniysiz» nomli kitobi badiiylik belgilariga ega bölgan ana şunday yangiça maqolanavislikning namunasi böldi. Gap uşbu asardagi har bir maqola, xalq dostonlaridagi kabi şeʼr bilan birga kelganidagina emas. Garçi, bunday tasviriy uslubni şakllantiriş öz holiça ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu örinda asosiy gap muallifning ijtimoiy hodisalar zamiridagi estetik mohiyatni töğri topa olgani va badiiy taʼsirli ifoda eta bilganidadir. A. Abdurazzoq publitsistik asarlarining yo boşi, yo oxiri, yoki örtasida, albatta, şeʼr keladi. Bu hol maqolalarga özgaça joziba baxş etadi. Şeʼrlar maqolalardagi fikriy tölğamlarga hissiy tus berib, tasvirga rang kiritadi. Ayrim holatlarda şeʼriy misralar hikmat kabi jaranglaydi. «Vatan menimdir» maqolasidagi «Yöllar qurgan yölda qolmas» misrasi ifodani çaqiriq emas, köngil izhoriga aylantiradi.
«Ona vatan, onajon Vatan» maqolasida yurtga kör-körona va mutaasiblarça fidoyilik hali çin muhabbat emasligi, uni çinakamiga seviş uçun biliş zarurligi, vatanga manqurtning sodiqligidan uning ötmişi va hozirini biladigan ongli fuqaroning sevgisi bir neça baravar yuksak ekani taʼsirli yösinda bayon etiladi.
Bitiklariga joziba baxş etiş uçun muallif maqolalarda taʼsirli obrazlar, esda qoladigan sifatlaşlar qöllaydi. «Tilak» maqolasidagi: «Yonilği-energiya mustaqilligidan, avtomobilsozlik, maşinasozlik mustaqilligidan fikr, tafakkur mustaqilligi sari ulkan evriliş yuz bermoqda» tarzidagi fikr publitsistning niyatini yodda qoladigan tarzda ifodalaş namunasidir. Unda millatning iqtisodi, ruhiyati va ijtimoiy tafakkurida yuz berayotgan özgarişlar nozik ilğab olingan hamda taʼsirli aks ettirilgan.
Har qanday publitsistik asarga qöyiladigan asosiy talab unda muallif niyatining oçiq va tuşunarli aks etişidir. Maqolada muallifning maqsadi töla tuşunarli bölişi, özgaça talqinga imkon bermasligi kerak. Sof badiiy asar öquvçi tomonidan istagança talqin qilinişi mumkin. Ammo publitsist öqirmanga öz nuqtayi nazarini ötkazişi şart. Zotan, publitsistik asar şu niyatda yoziladi. Abduxoliq Abdurazzoq köpgina maqolalarida kitobxonga öz pozitsiyasini ötkazişga erişadi. Köpçilik publitsistlar «xalqning tili uçida turgan» gapni xalqning nomidan gapirişga urinişadi. Holbuki, ularga xalq nomidan gapiriş vakolati berilgan emas. Abduxoliq oğaning maqolanavis yozuvçi sifatidagi öziga xosligi şundaki, u öz könglini bezovta qilgan narsa-hodisalar töğrisida, faqat özining nomidan yozadi. Ammo davrining ilğor odami, millatning oydini sifatida uning köngli xalqiniki bilan payvasta bölib ketadi.
Şuning uçun ham «Mustaqillik odimlari» maqolasida yurtimizda qurilayotgan yöllarning ahamiyatini tasvirlagan, «Qadim yölga oyoq çözsa ildizlar, Qalb osmonga boşin tirab yöl izlar» misralari öqirman yuragiga egamanlik tuyğularidan töliqqan şaxs könglining çin izhori ölaroq taʼsir qiladi. Bu satrlardagi poetik obrazlar kutilmagan teranligi bilan kitobxon şuurini rom qiladi. Yangi qurilayotgan temir yöl xuddi ildizday bölib tomir yoymoqda, lekin u şunçaki yerga emas, balki «qadim yölga oyoq çözmoq»da, çunki millat uzoq ötmişda ham öz yöliga ega bölib kelgan. Ötmişdagi şonning tiklanişi muallif qalbini osmon qadar yuksaltib, boşini kökka tiraş imkonini beradi.
Hamişa bahs ruhiga egalik ham publitsistik asarlarga xos jihatdir. Publitsist doim qandaydir muxolif bilan tortişayotgan yösinda qalam suradi. Bu ijodkorning sunʼiy tarafkaşligi tufayli emas, balki janrning talabidir. Publitsist xolis bölolmaydi. U nimanidir yoqlab, nima yoxud kimgadir qarşi turişga majbur. Şuning uçun ham A. Abdurazzoqning nafaqat har bir maqolasi, balki köpçilik şeʼrlarida qandaydir opponent bilan bahslaşiş, uning qaraşlarini rad etişga uriniş bor. Köp örinlarda muallif öquvçini öz fikriga işontirib, uni öziga tarafdor qilib oladi, yaʼni bahsni öz foydasiga hal etadi.
Çunonçi, Abduxoliq Abdurazzoq «Özbekistonni tinç qöying» maqolasida qamrovni kengroq olib, çetdan turib yurtimizga toş otayotgan, tuhmat qilayotgan muxoliflar bilan bahsga kirişadi. Jurnalistika nazariyotçisi D. Rendallning: «Yomon jurnalistika voqealarni noxolislik bilan biron-bir qora niyatni közlab» yoritişi borasidagi qaraşiga tayanib: «Dunyoning hamma nuqtalarida vijdon jurnalistikasi uçun eşiklar keng oçib qöyiladi deb işonamiz», – deydi. U «vijdon jurnalistikasi» atamasi bilan jurnalistik faoliyatning maʼnaviy jihati borasida yangi tuşunçani isteʼmolga kiritdi. Maqola söngida keltirilgan şeʼrning
Dunyo juda torayib qolgan,
Heç qayerga siğmaysan bugun.
Kengfeʼlliging qayga yöqolgan?
Yuragingda yurakday tugun.
satrlari Özbekistonning yutuğini körolmaydigan noxolis kimsalarga berilgan keskin savolday yangraydi.
Muallif «Niyat» maqolasini «Zangor qirlarda bir töp bola varrak uçirmoqda. Ularning şöxliklari osmonga siğmaydi. Ularning quvonçi hatto osmonni ham gullatib yuborgan» tarzidagi şoirona tasvir bilan boşlaydi. Bunday sokin va jozibali muqaddimadan söng gapning Andijon voqealariga köçişi ifoda maromining özi bilan dolğali köngilsizlikning butun kölamini öquvçiga sezdiradi.
«Huquqiy tafakkur köklami» maqolasida har bir fuqaro öz erkini özi qozonişga örganişi lozimligi yiğilişda sözga çiqib, tuman kattalarini muammoni hal qilişga majbur etgan ayol misolida juda taʼsirli aks ettirilgan. «Hayot» maqolasida esa muallif axborot globallaşgan zamonda mamlakat çegaralaridan yot va zararli ğoyalarni ötkazmaslik qiyinligini qayd etar ekan, «köngil çegaralarini mustahkamlaş»ga çaqiradi. Maqolada u biqiqlikka daʼvat etmaydi, lekin özlikni anglaş hamda qadimiy milliy qadriyatlarga tayaniş yot ğoya va qadriyatlardan saqlanişning eng samarali yöli ekanini taʼkidlaydi.
A. Abdurazzoqning publitsistik uslubiga xos asosiy jihat şundaki, u maqolalarida turli hodisa va holatlarni bir-biriga qarama-qarşi qöyib, özaro çoğiştirib tasvirlaydi. Har qanday odam va hodisa mohiyati soliştirilganda yorqin oçilişiga işongan muallif tasvirda şu usuldan unumli foydalanadi.
Kitob bejizga «Siz otamni taniysiz» deb nomlanmagan. Maʼlumki, özbekda otaning maqomi yuksak, masʼuliyati ulkan. Bizda otaning kimligi va qandayligi, köpinça, bola kelajagini belgilaydi, taqdirini tayin etadi. Muallif nazarida, otaning qandayligi nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning qiyofasini belgilaydi. Töplamdan joy olgan har bir maqolada otaning bola şaxsi va jamiyat oldidagi burç va majburiyatlari haqida mulohaza yuritiladi. Ular şunçaki mulohazalar emas, balki sinçkov yozuvçining katta-kiçik hayotiy lavhalardan çiqargan xulosalaridir.
«Ota ibrati haqida söz» maqolasida oğir kasalga yöliqqan öğliga jonini baxşida qilib şam kabi söngan yigit yoşidagi Bobur hamda öt içida qolgan uydagi qizini qutqaraman deb yonib ketgan zamondoşimiz bilan şirinlik Abdujabbor hoji va oçunga maşhur qamaylik professor Jumanazar Beknazarlar örtasida öxşaşlik köradi. Garçi, keyingi ikki şaxs favqulodda qahramonlik qilmagan bölsalarda, ularning çin otalarça odamiy tutumlari bolalari uçun namuna maktabi bölgani juda işonarli körsatiladi. Sinçkov nigohga ega muallif kiçik tafsildan katta maʼno topa oladi. Nomi kitobga çiqarilgan maqolasida yozuvçi suhbatdoşiga faxr bilan: «Siz otamni taniysiz», – deb ayta oladigan odam bilan birovga bunday deyolmaydigan farzand ruhiy holatini soliştiriş asnosida bugungi özbek hayotidagi ulkan bir muammo – oilada otalarning mavqei pasayib, hatto, yöqolib borayotganiga eʼtibor qaratadi.
Abduxoliq Abdurazzoqning maqolalarida hissiylik kuçli. Bu tabiiy ham. Çunki publitsist öquvçini öz fikriga işontiriş, pozitsiyasiga oğdiriş uçun uning nafaqat tafakkuri, balki tuyğulariga ham taʼsir körsatişi kerak. «Siz otamni taniysiz» maqolasidan keyin berilgan va muallifning öz otasiga bağişlangan şeʼr hissiyotning kuçli ifodasi bölganligi bilan yodda qoladi. Şoir şeʼrda otaning öziga emas, balki u yaratgan anorzorga murojaat qilib, könglini böşatadi:
Ey anorzor, boğboning qani?
Izlab keldim atay körgani.
Öksik könglim borar örtanib,
Ey anorzor, boğboning qani?
Şoir obrazli fikrlaydi. Şu bois ota yaratgan anorzorda kezinib, oğoçlarga qilgan: «Tuyatişlar, qoraqayinlar, Şoxi tikon, bağri mayinlar», – murojaatida ham anorga xos eng muhim jihatlar, ham otaning sohibkorligi aks etgan. Tasvirning samimiyati şeʼriy murojaatning ayrim örinlarini poetik munojot darajasiga çiqaradi:
Dunyo asli munkillagan çol,
Izlari – gul, manzili – zavol.
Har bir daraxt – javobsiz savol,
Oh, anorzor, boğboning qani?
Bu satrlar ifoda emotsionalligi, har bir poetik obraz va taşbehning örinli qöllanilganligi, har bir tasvirga salmoqli badiiy yuk ortilganligi bilan eʼtiborni tortadi. Hatto, «ey» undovining «oh»ga aylanişida ham poetik maʼno borligi muallifning şoirlik isteʼdodini körsatadi.
«Divandagi er» maqolasida jonining tinçini öylab, erkaklik ori, yigitlik şaʼnidan keçib, xotiniga boqimanda bölib ötirgan, bolalar taʼminoti va tarbiyasini öz holiga taşlab qöygan kimsalar haqida alam bilan qalam suriladi. Öğil bolalarda yigitlik, erkaklik, erlik tuyğularini şakllantiriş uçun maktabda taʼlim-tarbiya tizimini takomillaştiriş, erkak öqituvçilarni köpaytiriş, harbiy xizmatni milliy mentalitetga muvofiq taşkil etiş kabi muammolar kötariladi.
Muallif aksar maqolalarida hikmat bilan sözlaydi. Çunonçi, «Pragmatiklar davri» maqolasida yozadi: «…hadeb yozğiraveriş kişini miskin va hokisorgina emas, balki alamzada va battolga aylantirişi heç gap emas», – deydi. Söng öz fikrini: «Zero, miskinlik inson qonidagi şiddat va ğayratni qirqadi. Alamzada odam feʼlida esa ör-qirni bilmaydigan betizgin sel yoki vahşiy hayvonning telba tölğanişi yaşaydi», – xulosasi bilan asoslaydi. «Yaxşilik» maqolasidagi «Yaxşilikni yöllarga ekkil, Birov bilmas, birov biladi. Yaxşilikni dillarga ekkil, Erta bir kun meva qiladi» kabi satrlarda çöng hayotiy hikmat taʼsirli yösinda ifoda etiladi.
«Jahon özbekça kuylamoqda» suhbat-maqolasida maşhur bastakor Anor Nazarovning şaxsiyati, köngil keçinmalari, ruhiy tölğamlari teran oçilgan. Ayniqsa, kompozitorga bağişlab yozilgan şeʼr qahramon ruhiyatini yorqin aks ettirganligi bilan eʼtirofga loyiqdir:
Taşqarida yoğayotir qor,
Qah-qah urib qiş qasirlaydi.
«Qaylardasan, azizim, bahor?»
Tutqiç bermay ohanglar daydir.
Bu satrlarda qasirlagan qiş qöynidan köklamiy ohang qidirgan bastakorning köngil holati taʼsirli ifoda etilgan. Uning bahoriy gözallikni öz könglidan topganligi «Köçalardan topilmay makon, Sohir hislar qalbga quvilar» misralarida aks etadi.
Gözallik yarata oladigan sanʼatkorning taʼsirçan va himoyasiz qalbi «Yuragimni ğijimlamang, bas, Yöqotişlar yöqolib ketsin» kabi inja satrlarda yaqqol körinadi. Şeʼrning «Gulga tölib borar hamma yoq, Gullab ketar, hatto, qahraton» şaklidagi sönggi misralari özida turli temirdagi bir qança tovuşni gözal yösinda uyğunlaştirgan musiqiy-ruhiy akkord bölib yangragan. Unda yaratgan musiqasi bilan qahratonnida gullatgan bastakor ruhiyati öz ifodasini topgan.
«Rahmat senga, yurak!» maqolasida kelgan «Qorxat» şeʼridagi «Qorxat – elçi, bilamizki, elçilarga ölim yöqdir, Izhori işq aylagali bundan boşqa yölim yöqdir» yoki «Qöşiqning eng qaynoğini, jaranglagan torni sevdim» satrlari olamning gözalligini, odamning azizligini tuyib tepayotgan yurakka xos sifatlarni mahorat ila aks ettiriş namunalaridir.
Abduxoliq Abdurazzoqning istiqlolni mustahkamlayotgan zamondoşlar faoliyati tasvir etilgan haroratli publitsistik maqolalar bilan tafakkur mustaqilligiga intilayotgan bugungi odam kayfiyati va ruhiyati ifodasi bölmiş şeʼrlar ajib yösinda uyğunlaştirilgan asarlari, şubhasiz, adabiy hayotimiz ravnaqi va milliy maʼnaviyatimiz rivojida öz munosib örniga ega böladi.
Qozoqboy Yöldoş
“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 9-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

