4 daqiqada öqiladi

219 marta körilgan

Domla uçun tuzoq

(Hajviya)

Auditoriya talabalar bilan töla, kimdir konspekt töldiriş, kimdir qöl telefoni bilan gaplaşiş, yana kimlardir uç-törtta bölib hangomalaşiş bilan band.

Kiriş uçun qönğiroq çalinganiga ön daqiqadan oşyaptiki, hali Asloniy deganlaridan darak yöq. Joyimga ötirib, darsni takrorlaş, imtihonlar vaqtida yanada baholarni oşiriş ilinjida daftarimga köz yugurtira boşladim. Şu mahal, eşikning “taq-q” etib yopilganidan talabalarning huşi uçdi. Qarasak, qöllarini çöntagiga solgança, Asloniy kirib kelyapti. U stol oldiga kelib bir zum kiçkina közlari bilan talabalarga qirğiy qaraş qildi-da, söng guruhdoşimiz Şerzodga dedi:

– Xöş, hammasi joyidami? (hamma talabalar demoqçi böldi çoği).

– Hammasi yest, domla, – dedi Şerzod ham beöxşov tirjayib.

Asloniy javobdan qoniqdi şekilli, uzun bir xomuza tortgaç, saboqni boşladi. Qani, yozişga  ulgurlaring, deya tönğillab qöydi u kitobga qarab maʼruza qilarkan. Yana öşa-öşa  naq qirq daqiqa qölimiz tolib, konspekt yozdik, qolgan yigirma daqiqada uning özi nimalarnidir daftariga qayd etib ötirdi. Bu orada avjlangan talabalarning “piçir-piçir”, “qiqir-qiqir”ini Asloniy domla odatiga köra stol ustiga “taq-q” ettirib kaft bilan urib göyoki tinçlantirgan bölardi. Nihoyat u qöllarini çöntagiga tiqib, talabalar oralab yurdi:

– Xöş, ötilgan mavzu böyiça kim bizga gapirib beradi? Hmm… demak, heç kim talabgor emas, şundaymi?

Asloniy domla darğazab holda jurnal varaqlaşga tuşdi.

–  Men gapirmoqçiman, – arang sas berdi  Muqaddas.

–  Davay, boşla.

U ötilgan darsni qöşimça maʼlumotlar asosida aytib berdi. Biz esa uni öqituvçidan eşitgandek, çanqoqlik bilan tingladik. Keyin men va boşqalar ham çiqib baholandik. Şundan söng tanaffusga qönğiroq çalindi. Asloniy xonaga qançalik bemalol, xotirjam kirib kelgan bölsa, endi aksinça tezlik bilan oldi-orqasiga qaramay “zip” etgança çiqib ketdi. Ortidan bir guruh bölib ergaşgan biz talabalarni guruhboşimiz eşik oldida töxtatdi.

– Özim gaplaşdim, ovora bölib yurmanglar.

U irşayib, barmoqlarini sanoq soni qilib körsatdi.

– Voy, bunça qimmat, – deya çinqirdi kimdir. Yana kimdir minğirlagan köyi çöntak kavlaşga tuşdi.

– E, qöyib bersa böldi-da. Biz uçun heç sarson bölib yurmang, özimiz eplaymiz, – dedik dugonam ikkimiz Şerzodga, söng kafedra tomon ildamladik.

Borsak, Asloniy domla kafedrada talabalarni qabul qilmasliklarini aytişdi. Bir auditoriyaga borganimizda u yerdan ham hozirgina çiqib ketganini aytişdi. Şu bilan uç-tört kun Asloniy bizga qorasini körsatmadi. Körsa ham körmaganga yöyib, oldimizdan “şip” etib ötib ketadigan bölib qoldi. Qarasak, sessiya deganlari yakunlanayapti hamki, biz hali ham Asloniy bilan göyo quvlaşmaçoq öynab yuribmiz. Oxiri, bir kun uning yölini tösdik.

– Domla, bahoyimizni qöyib bersangiz qöyib bering, bölmasa, arz qilamiz,– dedik dangal.

– Kim qöymayman deyapti? – Asloniy özini beparvolikka soldi. – Nima, Şerzod bilan gaplaşmadinglarmi?

– Yöq, siz domlamizsiz, biz siz bilan gaplaşamiz;

Asloniy bir oz öylanib turdi-da, keyin, imo qildi:

–  Qani, yuringlar-çi.

Biz binoning burçagidagi xonalardan biriga borib Asloniy bilan röparama-röpara ötirdik.

– Xöş, nimani gapirasizlar, – dedi u kesatiq ohangda.

– Nimani yozdirgan bölsangiz şuni-da, – dedim men.

– Siz savol bering, biz javob beramiz, – dedi dugonam ham. 

Şundan keyin Asloniy domla ezmalanib savol bera boşladi. Biz ham böş kelmadik. Söng çarçadimi yoki özi öylagan natija çiqmasligiga közi yetdimi, harqalay:

– Özi sizlarga neççi baho kerak? – dedi  tajanglanib.

– Albatta beş-da, –  dedik bir ovozdan.

– Yöq, tortmayapti, beşga tortmayapti, – dedi salmoqlanib Asloniy.

– Nimaga endi, axir hamma darsingizga qatnaşgan bölsak, konpektlarimiz töliq, baholarimiz yetarliça bölsa, –  dedi dugonam biroz qizişib.

– Gap undamas. Bu fanni heç kim beşga bilmaydi, bu şunaqa murakkab fan, buni tuşuniş qiyin, –  dedi domla faylasufona boş çayqab.

– Bizga talabalar darajasida baho qöying-da…

Domla hanuz minğirlaşdan qolmadi.

– Tortmayapti, baribir tortmayapti…

Men endi uning özini taroziga solib ötirişiga toqat qilolmay şart örnimdan turdim.

– Mayli, domla, bölmasa men hozir çiqib birortasidan qarz olib kelay. Tuşunarsiz, talaba zoti özi şunaqa-ku, bir-biridan oldi-berdi qilib yaşaydi.

Asloniy menga sinovçan köz taşladi:

– Yaxşi, özlaringdan qolar gap yöq. Boraqol, faqat boşqalarga aytib yurma, yana talabalar içida har xil gap tarqalib yurmasin.

– Yöğ-ye, domla, öylamanmang, axir ustoz Mansur Ergaşoviçdan sörasam yöq demas, ular talaba xalqini juda yaxşi tuşunadilar-ku, töğri emasmi? – dedim eşikni taşqariga oçarkanman.

Prorektorimizning ismi şarifini eşitib Asloniyning rang-quti öçdi. Peşona çakkalari börtib, qizirib, örnidan sekin, lekin vajohat bilan turarkan:

– Nima-a! – deya çinqirib yubordi. Söng böşaşibgina sinov daftarçalarimizga qöl çözdi. – Qani, qizlar, bera qolinglar. Mansur Ergaşoviçni bezovta qilişga heç hojat yöq.

Nargiza ASAD

“Yoşlik” jurnali, 2011-yil 9-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)