Hayrat
Erta bilan hovliga
Çiqib, qaradi Bilol.
Yoğar edi oppoq qor,
Uni körib, böldi lol.
Dedi u ukasiga:
– Köçaga qara, Akbar,
Osmondan yoğayapti
Töxtamasdan köp şakar!..
Bahoroyning savoli
– Oyi, nega ismimni
Qöygansizlar Bahoroy?
Qanday maʼno bor bunda,
Oddiymasdir, hoynahoy?
– Nafis, nozik bölsin deb
Şundayin nom qöyganmiz.
Doim quvnab yursin deb
Şu ismni suyganmiz.
Sen tuğilding bahorda,
Isming qöydik Bahoroy.
Unutma, ona qizim,
Bu isming maʼnoga boy.
– Nega unda, oyijon,
Sizni derlar Gulçiroy?
Tuğilgansiz-ku yozda,
Ismingiz emas Yozoy?..
Eʼzoza ALIMOVA,
1997-yili tuğilgan. Guliston 1-akademik litseyi 2-bosqiç öquvçisi.
Olmaxonga
Yonğoq çaqmay tişingda,
Bir özingga qara san.
Bunaqada yaqinda
Tiş döxtirga borasan
Baliq
– Nega baliq uxlasa,
Közin oçib oladi?
– Çunki kelsa baliqçi,
Zumda qoçib qoladi.
– Yaxşiku-ya qoçişi,
Ammo tuşadi laqqa:
Oçiq bölsa ham közi,
Ilinadi qarmoqqa.
Yerga taʼzim qilaman
– Binafşaxon, binafşa,
Özing juda erkasan.
Lekin nega doimo
Yerga boşing egasan?!
– Töğri aytding, dugona,
Erkaligim bilaman.
Axir, men onajonim –
Yerga taʼzim qilaman.
Dilnavoz NAJIMOVA,
Toşkent kimyo texnologiyalari instituti qoşidagi Çirçiq akademik litseyi öquvçisi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida