Buyuk yozuvçi Lev Tolstoy 22 yoşida özi uçun hayotiy tartib-qoidalar tuzadi va unga butun umr amal qiladi. Iroda, faollik, xotira va aqliy qobiliyatni rivojlantiradigan bu yöriqlar sizu bizga ham katta foyda berişi aniq.
Har qanday jismoniy maşaqqatga çida, qiynalganingni boşqalarga bildirma.
Har kun zaifroq biladigan tilingda şeʼr yodla.
Qölingdagi mulkning öndan birini ehson qil.
Ön barobar boyib ketsangda, hayot tarzingni özgartirma.
Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham kör.
Özing bilmagan yoki yoqtirmaydigan odamlarning maqtovini olişga urinma.
Har tong kunlik reja tuz va uni albatta bajar.
Boşqalarning fikrini öylab ötirgandan köra öz ustingda köproq işla.
Şuhrat uçun sarf-xarajat qilma.
Özing uçun iloji boriça köp maşğulot öylab top.
Bir özing yakunlaşing mumkin bölgan işga yordamçi talab qilma.
Heç qaçon hissiyotlaringni oşkor qilma.
Yaqin kişingni özingday yaxşi kör, ikki yaqin kişingni esa özingdan ham köproq yaxşi kör.
Iloji boriça kam uxla.
Har tun kunduzi örganganlaringni takrorla.
Ortiqça narsangni özing uçun emas, jamiyat uçun işlat.
Yaxşilik qilişga imkon izla.
Yaxşi böl va sening yaxşi ekaningni heç kim bilmasligiga intil.
Hammani birday yaxşi kör, bu muhabbatdan özing ham çetda qolma.
Elning muhabbati uçun mayda tuyğulardan voz keç.
Şaroit qança yomon bölsa, harakatni şunça kuçaytir.
Bor narsalarga qanoat qil.
Biror işni boşlasang, oxiriga yetkazmay taşlab ketma.
Yaqinlaringning hayoti şirin bölişiga hissa qöş.
Orif Tolib tayyorladi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


