Bolalik – beğuborlik. Har qanday orzular, öy-xayollar şu faslga yaraşadi. Şuning uçun ham yoşi katta bölsa-da, xayoliy narsalarni közlayotgan odamni körsak, içimizda “Haliyam ulğaymabdi şörlik”, deb qöyamiz. Men ham qölimga qalam olib, ilk qoğoz qoralagan paytlarim, ul-bul maşqlarim bilan uç-tört kişining, masalan, ota-onam, opa-singillarim eʼtiborini qozonganimda, bola ekanman-da, zavqim içimga siğmay, hayqirib yuboribman: “Bir kun kelib Nobel mukofotini olaman!”.
Yillar ötdi. “Maktab”, “Universitet” degan bekatlar oralab hayot daryosining serqatnov özaniga qöşildim. Qança zarra, qança pufak, qança nuqtalar. Köpinça özim bilan özim ovora bölib, bolalik orzularini, boringki, beğuborligini unutdim. Ammo har yili Nobel mukofotiga sazovor bölgan adabiyot vakiliga zoriqib qarayman. Xuddi tengdoşining qölida muzqaymoq körib, tamşangan bolakay kabi…
Bu safar ham britaniyalik adib Kazuo Işiguro nomini öqidim-u, öşa taniş holatga duç keldim. Asli Yaponiyaning Nagasaki şahridan bölgan bu ulkan yozuvçi suratidagi nigohlarni bir qaraşda tuşuniş muşkul. Olis yöl, vatandan ayrolik va omonat baxt iztirobi aks etgan qaraşlar… Nahot bu nufuzli xalqaro sovrin visoli kindik qon tökilgan muqaddas zamindan ayroliqni taqozo etadi? Yöq, deyman. Yasunari Kavabata, Kenzaburo Oe kunçiqar yurtda yaşab, öşa yerda ijod qilib, bu “marra”ga yeta olgan. Yöq-yöq! Bunin, Brodskiy, Pasternak, Soljenitsin degan röyxatni tuziş şart emas. Hammasi joyida. Sizning şuuringizdan ötgan “nohalol öyin” tuşunçasi Kazuo Işiguroga aslo tegişli emas. Aytiş joizki, uşbu ulkan eʼtirof çinakam sohibini topdi.
Unga Nobel mukofoti, Şvetsiya akademiyasining doimiy kotibi Sara Daniusning aytişiça, “öz romanlarida xayoliy hissiyotlar hamda dunyo örtasidagi yaşirin boğliqlikni, tubsizlikni katta emotsional kuç bilan oçib bergani uçun” taqdim etilmoqda. Adabiyotşunoslar şu paytga qadar Nobel olgan-u, biroq oradan öttiz yil ötib asarlari ommalaşgan bir neça ijodkorlarni körgan. Kazuo esa noodatiy syujet hamda kutilmagan yeçimlari bilan millionlab öquvçilar qalbini rom etgan, aksariyati kino tasmalariga köçgan kitoblari orqali jahon adabiyotidan munosib örin egallaşga ulgurgan adib, barkamol yozuvçi! Har holda, ötgan yilgi amerikalik taniqli qöşiqçi-şoir va sozanda Bob Dilanga öxşamagan siymo.
Qiziq jihati şuki, ana şu Bob ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida boşqa yapon yozuvçisi Haruki Murakamiga “ovoz” berib, uni navbatdagi Nobel sovrindori sifatida taniştirişga ham ulgurgan ekan. Ötgan yili aynan Murakami Nobel olişini dunyo adabiyot ixlosmandlari kutişgandi. Bu yil ham kutişdi. Uning yoniga suriyalik şoir Ali Ahmad Said Asbar (Adonis), keniyalik novellaçi Ngugi Va Txiongo, somalilik yozuvçi Nuruddin Farah, kanadalik yozuvçi Margaret Etvud, isroillik jurnalist Amos Oz, hatto amerikalik repper Kanye Uest ham qöşildi. Biroq “nobelçilar” öz bilganidan qolmadi.
Kazuo Işiguro 1954-yili 8 noyabrda (63 yoş) Yaponiyada ummonşunos Şizuo Işiguro oilasida tuğilgan. 1960-yili Britaniyadagi Okeanografiya milliy universiteti taklifi bilan oilasini olib, Surrey grafligi maʼmuriy markazi bölgan Gilford şahriga köçib ketadi. Bölğusi adib savodini Staftondagi maktabda çiqargan bölsa, keyin taʼlimni Surreydagi Grammatika gimnaziyasida davom ettirdi. Maktabni bitirgaç, bir yilga akademik taʼtil olib, AQŞ va Kanadaga sayr qilib keladi. Aslida uning orzusi navozanda böliş edi. Kazuo bu yölda hatto bir qator demo-yozuvlarini qudratli prodyuserlarga taklif qilib ham körgan. Ammo u kutgan natija bölmadi.
1974-yili Kazuo Kent universitetiga kirib, tört yildan söng ingliz tili va falsafa böyiça bakalavrlik diplomiga ega böldi. Londonda duç kelgan işni qildi. 1980-yili Şarqiy Angliya universitetini tamomlab, sanʼat yönalişi böyiça magistrlik diplomini oldi. Aynan öşa talabalik yillari mahalliy adib, taniqli yozuvçi Anjela Karter yoş Kazuoda adabiyotga mehr uyğotdi. Oradan uç yil ötib, Işiguroga Britaniya fuqaroligi pasporti berildi.
Garçi filologiya yönalişida tahsil olsa-da, Kazuoning sanʼatga mehri bir zum ham sönmadi. Aksinça, tobora olovlanib boraverdi. Bu çinakam isteʼdodning ulğayiş iztirobi yangliğ holat edi – hayot yerda-yu, xayol fazo bağrida.
Darvoqe, Ishiguro amerikalik jaz ijrochisi Steysi Kentning 2007-yilgi “Tonggi tramvaydagi nonushta” (“Breakfast On the Morning Tram”) hamda 2013-yilgi “Özgaruvçan çiroqlar” (“The Çanging Lights”) albomlaridan joy olgan bir qator qöşiqlar matnining hammuallifi sifatida ham nom qozongan. U qöşiq uçun yozilgan matn(şeʼr)lari haqida sözlarkan, murakkab yoziş uslubini hatto omma uçun atalgan oson şou-mahsulotlarga ham singdirganini yaşirmaydi: “…işqiy, maxfiy, öta şaxsiy, bir qaraşda aniq közga taşlanmaydigan sözlar. Ular qandaydir tumanli, sizni satrma-satr öqişga majbur qiladi”.
Bölğusi yozuvçi 1986-yili Lorne Makdugall bilan turmuş qurdi. Eʼtiborlisi, ular sotsial işçi bölib yurgan kezlari Notting-Xilldagi uysizlarga beriladigan boşpanada körişib, tanişib qolgandi. Ayni kez rafiqasi, qizi Naomi bilan birga Londonda istiqomat qilayotgan Kazuo öşa paytlarda bugungi omad haqida öylaganmikan?
Kagio Işiguro adabiyot va sanʼat haqida öylarkan, bu ikkisi aslida bir-birisiz mavjud emasligini anglab yetdi. Ammo bu ikki qudratli tölqin birlaşuvi, uyğunlaşuvida iştirok etiş uning ham çekiga tuşganini sal keçroq, 27 yoşida ilğadi. Ilk hikoyalaridan uçtasi 1981-yili “Muqaddima 7: yangi yozuvchilarning hikoyalari” (“Introduction 7: Stories by New Writers”) bayoziga kiritildi. 1982-yili birinchi romani – “Tepaliklarning xira körinişi” (“A Pale View of Hills”)ni yozdi va u bir yil ötib çop etildi. Bu asari uçun unga “Britaniyalik eng yaxşi yoş adib”lardan biri sifatida grant ajratildi.
“Tepaliklarning xira körinişi” romani Yaponiyadan Angliyaga köçib kelgan beva Etsuko haqida. AQŞ tomonidan Nagasaki şahri yadroviy bombardimon qilingan ilk davrlar dahşati eridan ayrilgan, qizi öz joniga qasd qilgan, özi esa quvğinga uçragan Etsuko fojiasi orqali gavdalantiriladi.
Yozuvçi mazkur mavzuni keyingi, 1986-yili yozgan ikkinçi romani – “Beqaror dunyo musavviri” (“An Artist of the Floating World”)da ham davom ettirdi. Asarda yapon askarlarining jangovar ruhini tadqiq etiş va janggohdan turib “jonli” rasm çiziş iştiyoqida öz ixtiyori bilan Ikkinçi jahon uruşiga borgan musavvir Matsui Ono haqida hikoya qilinadi. Yapon ommasining uruş haqidagi tasavvuri, ongi inkişofiga bağişlangan romanda yadro bombardimonidan bir neça yil ötib, vatanidan vaqtinça ayro yaşaşga majbur bölgan Işiguro nişonga bexato urdi. Insonning eng jiddiy va nozik tuyğulari torini çertuvçi uşbu roman Buyuk Britaniyada “Yil kitobi” deya uluğlandi, Buker mukofotining birinçi nominatsiyasiga loyiq körildi.
Eʼtiborlisi, şu vaqtga qadar Kazuo özini angliyalik deb bilmagan ekan: “Ota-onam yapon, uyda yapon tilida suhbatlaşardik. Ular bu mamlakatda qança qolişimizni bilmagani uçun meni ham yapon qadriyatlari ruhida tarbiyalagan”. Aslida-çi? U na yapon, na ingliz – tobora madaniyatlar qorişib, çegaralar nisbiylaşib, irqlar, millatlar va xalqlar orasidagi tafovut xiralaşib borayotgan “yangi dunyoning zamonaviy fuqarosi” sifatida yaşay boşladi.
Taniqli adabiyotşunos Sara Danius uning mahoratiga taʼrif berarkan: “Frans Kafka va Jeyn Ostin qorişmasiga biroz Marsel Prustdan qöşamiz, balki şunda Işiguro paydo bölar. Balki bölmas”, deganiça bor.
Kazuo Işiguro 1989-yili nihoyat yapon libosini yeçdi va sof inglizça, boringki, Ğarb anʼanalariga mos romani – “Kunning qolgan qismi” (The Remains of the Day)ni yozdi. Monolog-esdalik tariqasidagi bu asarda Ikkinçi jahon uruşi boşlangungaça bölgan davr va faşizm qulatilgan yillar aks ettirilgan. Bu roman muallif hayotida özgaça qiymatga ega. Işiguro uni bir oyda yozib tugatdi. Haftaning olti kuni mobaynida erta tongdan qaznoqqa biqinib olib, aqlga siğmas şiddat bilan işlagan, tanaffusda yengil tamaddi va keçki ovqat bilan qanoatlangan adibga “Kunning qolgan qismi” romani ulkan şuhrat keltirdi.
Özga millat, özga qaraş va özga dunyo vakilining ingliz tilida yaratgan sanʼat asari tomirida haqiqiy ingliz qoni oqayotgan yozuvçilarni ham titratib yubordi. Tanqidçilar bu romanga yuksak baho berib, “XX asrning eng sara inglizça romanlaridan biri” deyişdi, muallifni esa polyak adibi Jozef Konrad va rus yozuvçisi Vladimir Nabokovga (mazkur adiblar ham öz ona tilida ijod qilmagan) tenglaştira boşlaşdi. Işiguro kolleksiyasiga yana bir Buker mukofoti qöşildi. Qolaversa, roman asosida “Kun poyonida” badiiy filmi suratga olinib, boş rollarni maşhur aktyorlar Entoni Xopkins va Emma Tompson ijro etdi.
Yozuvçiga ulkan şaraf keltirgan yana bir romani 2005-yili çop etilgan “Meni qöyib yuborma” (Never Let Me Go) böldi. Asar “Time” jurnali talqiniga köra, “Yilning eng yaşi romani” deya eʼtirof etildi. Roman voqealari asosida tajribali rejissyor Mark Romanek badiiy film suratga oldi va asar nomini saqlab qoldi.
Kazuo nozik ruhiyat egasi ekanini mislsiz pörtanalar, dovullarni, haybatli töfonlarni sokinlik, vazminlik bağriga ğoyat işonarli tarzda joylaştira olişi bilan isbotladi. “Meni qöyib yuborma” 31 yaşar Keti Ş. ismli qizning xususiy maktabda taʼlim olgan yillarida sodir bölgan taʼsirçan voqealar va undan keyingi hayoti asosiga qurilgan. Adib şu qadar mahorat bilan asar qahramonlari Tommi va Rutning muhabbati hamda donorlik taqdirini çizib beradiki, natijada Keti ham donorga aylanib, öz tana aʼzolarini kasallarga berişi tabiiy körinadi. Madam nomi bilan yuritilgan öqituvçi nima uçun ulardan ijodiy asarlar talab qilgani, aslida Xeylşemdagi bu bolalar heç qanday klon emas, balki qalbi, yuragi bor insonlar ekanini kimlargadir uqtirmoqçi bölganini asar oxirlarida aniqlaşadi…
Odatda bunday syujetlarni fantast yozuvçilar öylab topişardi. Biroq Kazuo romani snobizmdan, yaʼni oliftagarçilikdan yiroq ekani bilan ham öquvçini mahliyo qilib qöyadi.
Qiziq tomoni, Işiguro roman qahramonlari nega bunday işga kirişganini mukammal tuşuntirmaydi, balki öquvçining mustaqil fikrlaşi uçun, öylaşi imkon uçun qoldiradi. Muallifning fikriça, bu savol yer yuzidagi barça xalqlar uçun xos, begona emas. U öz romani haqida sözlarkan: “Xalqaro roman nima degani? Işonçim komilki, u dunyoning istalgan nuqtasida istiqomat qilayotgan, kelib çiqişi har xil odamlarga birdek muhim, hayotni his ettiradigan darajada oddiy böladi”, deya umumiy javob bergandi.
Kazuo Işiguro asardan asarga ösib boraverdi. Yöl-yölakay, aniqroği, har beş yilda bir yirik ijodiy işi bilan jahon adabiyotini gullatib kelmoqda. Masalan, “Meni qöyib yuborma”dan beş yil oldin “Yetimlik çoğlarimizda” ( When We Were Orphans), besh yil keyin “Noktyurnlar: musiqa va şom haqida besh hikoya” (Nocturnes: Five Stories of Music and Nightfall) asarlari dunyo yuzini kördi. Hatto “Esquire” jurnalida bosilgan hikoyasi asosida yozgan “Oilaviy tuşlik” (A Family Supper, 1990) va “Dardman” (The Unconsoled, 1995) deya nomlangan kitoblari ham beş yillik farq bilan naşr etildi.
Nihoyat, 2015-yili öquvçilar kutgan, ammo kutilmagan mavzudagi romani – “Dafn etilgan bahodir” (The Buried Giant) çop etildi. Uşbu asar Kazuo isteʼdodining hali oçilmagan qirralari borligini körsatib qöydi. Romanda Artur vafotidan keyingi Britaniya hayoti tasvirlanadi. Ogrlar va ajdarlar iştirokidagi mumtoz janrlar bilan qorişiq tarixiy sintezi bugungi Angliya va sehru jodu, Ğarb afsonalari va deyarli samurayça yakkakuraş uyğunlaşuvi, töqnaşuvi asosida yanada jonlanadi.
Tanqidçilar va yozuvçilar Işiguroning bu “yuriş”ini ham qarsak bilan kutib oldi. Nasrni çinakam sanʼat darajasiga kötargan adibning bu romani şeʼriy janrlar va “ulkan” adabiyot birlaşuvidagi ulkan odim sifatida yuksak bahoga sazovor böldi.
Bu asarni bir söz bilan “Tarixni ğoliblar yozadi”, degan jumla orqali ifodalaş mumkin. Zero, asar qahramonlarining Artur zamonida tarqalgan tuman taʼsirida xotirasidan ayrilişi va yöqolib qolgan bir qizaloq bahona, aslida kasallik sababini izlab yölga çiqişi, har kim har xil omillarga duç kelişi, pirovardida tarixdagi real voqealar unutilişi yoki zamonga moslaştirilişi, yaʼni ötmişning “dafn” etilişi hodisasi kitobxonni öylaşga, fikrlaşga undaydi.
Umuman, Kazuoning ijodida tarixiy voqelar, ötmişga murojaat, sirli hodisalar, jumboqlar orqali inson ruhiy olamini taftiş etişga, his-tuyğular tölqinini yuzaga keltirişga, kuzatişga moyillik ustuvor. U har bir asarini özi taʼsirlangan, lol qolgan tarix va uning qatidagi hodisalar asnosida tiklaydi, quradi. Şuning uçun ham Işiguro asarlarini bir öqişda tuşuniş qiyin. Kitob mohiyatini ilğaş uçun avval muallif ruhiyatiga yöl topiş kerak böladi.
Işiguro ayni paytda Qirollik adabiy jamiyati aʼzosi bölib, asarlari dunyoning 30dan ortiq tillariga ögirilgan. “Meni qöyib yuborma” romani ingliz yozuvçilarining eng yaxşi asarlari örin olgan “Yuztalik”ka kiritilgan. Adib, şuningdek, Uinifred Xoltbi, “Uitbred” mukofotlariga sazovor bölgan, Britaniya va Fransiya mamlakatlari oliy unvonlari bilan taqdirlangan.
Oltmiş uçinçi kuzini qarşilagan Işiguro ayni kuç-quvvatga, hayotiy tajriba va ijodiy mahoratga tölgan. Boğbonlar tili bilan aytganda, ğarq yetilib pişgan. Unga nafaqat bu yil, balki umuman Nobel mukofoti berilmaydi, deb öylaganlar ham adibning bunday yuksak mukofot bilan taqdirlanişiga eʼtiroz bildirmaydi. U ingliz tilida qandaydir “inqilob” yasamadi, “yangi davr”ni ham boşlab bermadi. Şunçaki samimiy yozdi, qator sara asarlar yaratdi. Har bir asariga özini, ruhiyatini, qayğu va şodliklarini singdirdi. Aynan şu jihat Işiguro romanlarini birlaştirib, bir-biriga boğlab turadigandek göyo…
Muhimi, 6 yoşida ahvoli tobora tanglaşayotgan Nagasakidan – öz vatanidan özga zaminlarga ketgan oila taqdiri – musofirlik qismati bir buyuk nomni kaşf etdi, yaratdi. Maşhur adib Işiguro garçi bugun oltmişdan oşgan bölsa-da, ammo bir umrga ayrilgan öşa 6 yaşar oddiy bola Kazuoga hamda Yaponiyasiga qayğu va soğinç bilan talpinaveradi. Buni asarlarida hadeb tarix sahifalarini varaqlayverişidan ham, bugungi kuniga – undan faxrlana boşlagan jamiyatga deyarli aloqasi yöqdek ijod qilişidan ham sezsa böladi…
Zohidjon OLOV
1986-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Olamvor orzular”, “Sevaman” şeʼriy kitoblari çop etilgan.
Zomin seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


