Yil söngida barça sohalar böyiça körsatkiçlar sarhisob qilinadi. Aytaylik, sport sohasini oladigan bölsak, kim çempion böldi, qaysi jamoa kubokni qölga kiritdi, xalqaro sovrinlar kimga nasib etdi… singari savollarga javob topamiz. Xuddi şunday, dunyoda adabiyot yönalişida ham turli-tuman mukofotlar mavjud. Xöş, bu tanlovlar qanday qoidalar asosida ötkaziladi? 2015-yilda qaysi adiblar bunday nufuzli mukofotlar bilan siylandi? Quyida ayrim xalqaro adabiy tanlovlar haqida qisqaça töxtalar ekanmiz, uşbu savollarga bir qadar javob topgandek bölamiz.
Nobel mukofoti (adabiyot yönalişi böyiça) – Nobel fondi tomonidan har yili adabiyot sohasidagi yutuqlar uçun beriladigan sovrin. Alfred Nobel tomonidan 1895-yili taʼsis etilgan beş sovrindan biri. Adabiyot böyiça ilk Nobel mukofotini şoir va esseçi Rene Fransua Arman Syulli-Pryudom olgan.
Ötgan davr mobaynida 107 ta adabiy sovrin öz egalariga topşirildi, faqat 7 marta tanlov ötkazilmadi. Bu 1914, 1918, 1935, 1940 – 1943-yillarga töğri keladi. Tört marta – 1904, 1917, 1966 va 1974-yillarda mukofot ikki adibga bölib berilgan. Ğoliblarning örtaça yoşi – 65 yoş. Eng yoş sovrindor Redyard Kipling (42 yoş, 1907-yil), eng keksa sovrindor – Doris Lessing (88 yoş, 2007-yil). Nomzodlar va bölajak ğolibning nomi eng sönggi daqiqalargaça sir saqlanadi
* Nobel mukofotining adabiyot yönalişi böyiça sovriniga 2015-yili belaruslik yozuvçi Svetlana Aleksiyeviç loyiq körildi.
Buker mukofoti (Booker Prize) – ingliz adabiyoti olamidagi eng obröli mukofotlardan biri. 2013-yilgaça mukofot Britaniya Millatlar Hamdöstligi davlatlari, Irlandiya yoki Zimbabveda yaşaydigan yozuvçilarning ingliz tilida yozilgan romanlari uçun berilgan. 2014-yildan buyon muallifning qaysi davlat fuqarosi ekanidan qatʼi nazar, mazkur tilda bitilgan eng yaxşi roman uçun berilmoqda. Ğolib 50 ming funt sterling bilan taqdirlanadi. Ilk mukofot 1969-yili topşirilgan. 2002-yildan boşlab Buker mukofotiga “Man Group” kompaniyasi homiylik qilmoqda, şu bois mukofotning töliq rasmiy nomi – “The Man Booker Prize”.
* 2015-yili mazkur mukofotga yamaykalik yozuvçi Marlon Jeyms “Yetti qotillikning muxtasar bayoni” asari bilan sazovor böldi.
Gonkur mukofoti (Prix Goncourt) – aka-uka Gonkurlar şarafiga taʼsis etilgan, eng yaxşi roman uçun beriladigan Fransiyaning eng yuksak mukokoti. Ğolib Gonkur akademiyasi aʼzolari tomonidan “Druan” restoranida taşkil etiladigan maxsus bazm paytida ovoz beriş yöli bilan aniqlanadi. Mukofot 1903-yildan buyon har yili öz egasiga topşiriladi. Mukofot miqdori ramziy körinişga ega (ayni paytda 10 dollardan iborat), biroq, odatga köra, mukofotga erişgaç, romanning savdosi çaqqonlaşib ketadi va muallif Fransiyaning peşqadam yozuvçilari safidan joy oladi.
Nizomga köra, Gonkur mukofoti yozuvçiga faqat bir marta beriladi. Yagona istisno – yozuvçi Romen Gari bölgan. U ilk bor 1956-yili uşbu mukofotni qölga kiritgan bölib, 19 yildan söng Emil Ajar nomi bilan ikkinçi marta Gonkur mukofotini qozonadi. Garining adabiy uddaburonligi ğoliblik eʼlon qilingandan söng maʼlum böladi.
* 2015-yil uşbu mukofot bilan yozuvçi Matyas Enar “Kompas” (“Boussole”) romani uçun taqdirlandi.
Finlandiya mukofoti (Finlandia-palkinto) – Finlandiyaning badiiy adabiyot sohasidagi nufuzli mukofoti, 1984-yildan buyon Finlandiya kitob fondi tomonidan taqdirlanadi. Sovrin puli miqdori 100 ming findlandiya markasi (26 ming yevro) deb belgilangan bölib, 2008-yildan boşlab 30 ming yevroni taşkil qilmoqda.
Qoidaga köra, faqat Finlandiya fuqarosi bölgan yozuvçilargina tanlovda iştirok etişi mumkin. Faqat 2010-yili bu qoidaga amal qilinmagan: öşa yili Slovakiya fuqarosi bölgan yozuvçi Aleksandra Salmel fin tilidagi “27 Eli kuolema tekee taiteilijan” romani uçun taqdirlangan edi. Fin yozuvçisi Bu Karpelan esa uşbu mukofotni ikki marta (1993 va 2005-yillar) olgan yagona adib sanaladi.
* 2015-yili bu mukofot Laura Lindstedtga “Oneyron” romani uçun berildi.
Georg Byuxner mukofoti (Georg Büçner Preis) – Germaniyaning yirik adabiy sovrini. 1923-yili Gessen federal maʼmuriyati tomonidan Georg Byuxner şarafiga taʼsis etilgan bölib, har yili adabiyot va sanʼatning ikki yorqin vakiliga beriladi. 1933-yildan 1944-yilgaça sovrin heç kimga berilmagan. 1947-yili uni Anna Zegers qölga kiritgan.
1951-yildan mukofot sof adabiy sovringa aylanib, Darmştadtdagi Nemis tili va şeʼriyati akademiyasi tomonidan öz ijodining obraz kuçi orqali nemis tili va madaniyatiga katta hissa qöşayotgan adiblarga berila boşladi. Mukofot puli miqdori ayni paytda 40 ming yevroni taşkil qiladi.
* 2015-yili uşbu sovrin yozuvçi Raynald Gyotsga nasib etdi.
“Katta kitob” (Bolşaya kniga) – Rossiya milliy adabiyot sovrini. Rossiyadagi eng katta adabiy mukofot, mukofot puli miqdori böyiça Nobel mukofotining adabiyot sovrinidan keyingi örinda turadi (umumiy summa – 6,1 million rubl). Tanlovga prozaning barça janrlariga oid asarlar, jumladan, yodnomalar va boşqa hujjatli asarlar ham qabul qilinadi. Nafaqat eʼlon qilingan asarlar, balki qölyozmalar ham körib çiqiladi. Taqdim etilgan asarlar ötgan yili yoki şu yilning 28 fevraligaça, yaʼni qabul jarayoni tugagunça eʼlon qilingan bölişi lozim.
* “Katta kitob” mukofotining 2014-2015-yil mavsumi boş sovrini “Zulayho közini oçmoqda” romani uçun yoş yozuvçi Gözal Yaxinaga topşirildi.
Sanjar JAVLON tayyorladi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

