Özim haqimda gapirişdan oldin ota-onam töğrisida töxtalmay ötolmayman. Çunki tabiatimda mavjud neki fazilat va qusur bölsa, barçasi avvalo, ulardan ötgan. Buning uçun ota-onamdan minnatdorman va Ollohdan doim ruhlari şod bölişini sörayman. Şunday qilib…
Otam va onam
Otam Solijon Usmonxöja öğli bilan onam Zaynabpoşşa Tojixöja qizi qariyb 60 yil ahil, inoq hayot keçirdilar. Ular 12 nafar farzand körişgan, şundan atigi tört kişi omon qolganmiz: opam, men va ikki singlim. Olti öğilning barçasi nobud bölganligidan köngli öksigan dadam men tuğilganimda Ollohga iltijo qilib, “şu öğlim menga yöldoş bölib yursin” deb tilagan va ismimni Yöldoşxöja deb atagan ekanlar.
Dadamni Buloqboşi deb atalgan qişloğimizda tanimagan odam yöq edi. U kişiga hamma hurmat bilan “Mulla Solijon” deb murojaat qilişardi. Dadam çinakamiga mulla odam bölib, din ilmini ham, zamonaviy yozuv va hisob-kitobni ham puxta özlaştirgan ziyoli odam edilar. Otasi Usmonxöja kattamizning tört gektarlik xususiy yeri bölib, dehqonçilik bilan şuğullangan ekan. Dadam ham mirişkor dehqon edilar. Biroq inqilobdan keyin yerlari davlat hisobiga ötgan, özi kiçkina tomorqamizda işlab, qovun, bulğor qalampiri va boşqa rözğorbop mahsulotlar yetiştirardilar, ortiqçasini bozorga olib çiqardilar. Jamoa xöjaliklari yangi tuzilgan paytdan boşlab öttiz yildan ziyod hisobçi bölib işladilar. Nihoyatda halol odam bölganligidan şaʼniga gard, nomiga doğ yuqtirmay nafaqaga çiqdilar.
Bu halollik menimça, u kişiga dinimiz ahkomlariga qattiq rioya qilişidan, “Qurʼoni Karim”ni bir neça marta xatm qilganligidan bölsa kerak. Har qanday şaroitda ham beş vaqt namozini kanda qilmay öqiganini köp kuzatganman. Oyatlarni tilovat qilganlarida quloğim ostida xuddi mahoratli hofiz qöşiq aytayotgandek huzur qilardim. Uyimizga köpçilik kelib, dadamdan eskiçadan saboq olganlarini körganman. Albatta bu kelişlar yaşirinça bölardi.
Ayni çoğda dadam qattiqqöl va jahldor odam edilar. Yakka öğil deb meni ayab ötirmasdilar. Ertalab işga ketayotib baʼzi işlarni bajarib qöyişimni tayinlar, kelgandan keyin tekşirib körardilar. Mabodo bajarmasam, suvga solib qöyilgan behining xipçinini olib quvalab qolardilar (keyin bilsam bu xipçinlar meni savalaş uçun emas, balki tol novdalari bilan birga turli şaklda savat töqiş niyatida ivitib qöyilar ekan. Dadamning qölidan savat töqiş ham kelardi!). Şunda buvim meni keng etaklari içiga “yaşirar”, dadam esa xuddi körmagandek “qani, qayoqqa qoçdi? Hozir uşlab olsammi, keti yorilgunça savalardim-da!” deganiça göyo meni izlab köçagami, çorboğgami çiqib ketardilar. Biz buvim bilan dadam kelguniça buyurilgan işni apil-tapil bajarib qöyardik. Garçi quruq pöpisa bölsa ham dadamning bu talabçanligi menda boşlagan işimni oxiriga yetkazmagunça tinçimaslik fazilatini şakllantirdi.
Dadam uçta inqilob (1905, 1917-yil fevral va oktyabr), ikkita jahon uruşini, ikki bora oçlikni körgan va ulardan tegişli xulosalar çiqargan odam edilar. Ammo biron joyda siyosat haqida gapirganini eşitmaganman. Şunga qaramay, iç-içidan hukumat rahbarlaridan kimning qandayligini bilib yurar ekanlar. Buni quyidagi voqeadan bilib olganman: 1953-yilning mart oyi boşlari. Biz – sovet öquvçilarining “sevimli dohiysi” Stalin vafot etgan qayğuli kunlarimiz. Men Stalinning qaysidir jurnalda çiqqan generalissimus libosidagi suratini qöldan qöymay, yiğlab yuraman; mol-holni boqiş yöq, aytilgan işlarni qiliş yöq, tomorqaga qaraş yöq… Bir kuni dadam işdan kelganida ham sörida rasmga tikilib xörsinib ötirgandim. “Ha, otasi ölgan yetimçadek mişiqingni oqizib ötiribsanmi? Ölsa-ölibdi-da bitta ablah! Osmon uzilib yerga tuşarmidi?” dedilar va qölimdan suratni yulqib olib, yonib turgan öçoqqa taşladilar. Men “dada!”deb baqirdim-da, yarmi kuygan rasmni qölimga olib höngrab yiğlab yubordim va “Nima qilib qöydingiz? Endi sizni otib taşlaşadi” dedim. Dadam pinagini ham buzmadi, “E, kami bölsa otsa otaversin. Qançadan qança odamlarning boşiga yetdi bu yaramas. Ölgani yaxşi böldi!” dedilar. Dadamning haqligini, nafrati sababini uç-tört yildan keyin tuşundim va mehrim yanada ortdi.
Onam nihoyatda yumşoq tabiatli ayol edilar. Sözlaganda xalq maqollarini möl-köl işlatar, gazeta-jurnallarni köp mutolaa qilardilar (ularni dadam olib kelardi). Buvim menga köp qöşiqlar aytib berardilar. Kap-katta bola bölib qolganimda ham quçoğiga olib, yelkamga ohista urgança alla aytar, xuş yoqqanidan uxlab qolardim. Şukrki, ota-onam yoşlarini yaşab olamdan ötdilar. Men ularning hayotligi çoğida neçoğlik xizmat qildimmi, qilolmadimmi, bilguvçi Ollohdir. Hozir ham ularning qabrini tez-tez ziyorat qilib, bölajak işlarimga madad berişlarini sörab turaman. Ehtimol, işim yurişayotganligi, öylagan niyatlarim öz vaqtida amalga oşayotganligi ularning roziligi va ruhining qöllab-quvvatlab turganligidandir?!
Kitob – doimiy hamrohim
Dadam bizni ham kitob va ilmga oşno qilib tarbiyaladi. Uzun qiş keçalari u kişi sandal atrofiga yiğilgan oila azolariga şirali ovozda goh Ibrohim Adham qissasi, goh Göröğli haqidagi va boşqa turli xalq dostonlarini öqib berardilar. Men ularni yodimda olib qolib, ertasiga örtoqlarimga aytib berardim. Özi öqimişli odam bölgani uçunmi yoki yakka-yu yagona öğlining ham öqimişli, bilimdon odam bölib yetişişini istaganidanmi, har qalay, kitob öqib berişlaridan taşqari menga kolxoz kutubxonasidan köp kitoblar ham opkelib berardilar. Esimda, 6-sinfdaligimda qalin qora muqovali kattakon kitob olib keldilar. Bu Sadriddin Ayniyning 1952-yilda naşr qilingan “Qullar” romani edi. Kitobni harislik bilan juda tez öqib çiqdim. Şu qadar tasirlandimki, muqovadagi eti suyagiga yopişib ketgan odam köz oldimdan ketmay qoldi. Birinçi öqişimdayoq, hayoti nihoyatda oğir keçgan qul Nekqadam-Rahimdodning hayot şaʼmi sönayotgan çoğida ham umid bilan aytgan mana bu qöşiği xotiramga abadiy mixlanib qoldi:
Dodlama, dodlama, dod sasi galdi,
Qarşining çölidan yor sasi galdi.
Ölkadan ölkaga yel kabi uçsam,
Kunlarning birida yor yuzin körsam.
Şunday qilib, mening tarbiyamda kitobning roli katta böldi. Dadam öqib, opkelib bergan kitoblar qatoriga maktab darsliklari, yangi badiiy asarlar qöşildi. Adabiyotning sehrli olami meni köproq torta boşladi. Maktab kutubxonasi kambağal edi, kolxoz kutubxonasini titkiladim. Dadam tufayli bu yerdagi kitoblarning köpini ham öqigan ekanman. Keyin tuman kutubxonasiga qatnay boşladim. Kitoblarning qahramonlari mening hayotimga faol kirib kela boşladilar, yaşaş tarzimga taʼsir etdilar. Men “Uç oğayni botirlar”dek har qanday vaziyatda ham aql-farosat bilan iş körişni, “Söna” singari maqsadidan qaytmaydigan irodali bölişni, Farhodga öxşab köproq bilim olişni va ota-onani qattiq hurmat qilişni, Robinzon Kruzo kabi qiyinçiliklarni yengişni va odamlarga yordam berişni örgandim. Tabiiyki, biz tengi avlodning şakllanişiga “Ona”, “Yoş gvardiya”, “Pölat qanday toblandi”, “Boy ila xizmatçi”, “Qutluğ qon” asarlarining qahramonlari ham jiddiy tasir körsatgandi.
Aslida kitobning yomoni bölmaydi. Çunki har qanday asar ham ijodkor tomonidan yaxşi niyatni közlab, odamlarni ezgulikka davat etiş uçun yoziladi. Faqat uni mutolaa qilgan öquvçining qabul qiliş, tuşuniş iqtidori muhimdir. Xalqimizda “Odobni odobsizdan örgandim” degan hikmatli ibora bor. Asardagi qahramonlarning axloqsizligi, illatlaridan nafratlanib, ularni inkor etişning özi insonni ezgulikka yetaklaydi. Buning uçun kitobxonda fikrlaş qobiliyati kuçli bölişi lozim. Talabalarga “Adabiy tanqid tarixi” fanidan dars berganimda tanqidçilik kasbining xususiyatlari haqida töxtalar ekanman, örtaga şunday savol taşlayman: “Kitobxonlar uç xil toifaga bölinadi: 1. Yuqori saviyali; 2. Örta saviyali; 3. Past saviyali. Xöş, biz – özbek tili va adabiyoti fani böyiça mutaxassis bölib çiqadiganlar, yaʼni bölajak munaqqidlar qaysi toifaga mansubmiz?” Mening talabçanligimni bilgan talabalar “örta” yoki “past” deb javob beradilar. Men esa “Yöq, topolmadilaring. Biz mutaxassis sifatida asarni tanlamay öqişga majburmiz. Şuning uçun biz peşonasi şör kitobxonlar sirasiga kiramiz” deyman. Sababi – öquvçimiz yoki biron tanişimiz “Domla, siz adabiyotçisiz. Men falon kitobni öqib, mana bu joyini tuşunmadim. Yozuvçi nima demoqçi?” deb sörab qolsa-yu, javob berolmasak, bundan xijolatlisi bölmaydi.
Ha, kitob öqişning öziga yaraşa masʼuliyati va albatta, majburiyati ham bor. Buni biz, mutaxassislar, ayniqsa, yaxşi bilişimiz şart.
Ezgu niyat yölida
Dastlabki yillarda men goh uçuvçi, goh şifokor, goh harbiy xizmatçi bölişni orzu qilardim. 8-sinfdan boşlab adabiyot öqituvçisi bölişga qatiy qaror qildim. Bunga quyidagi etibor sabab böldi. Adabiyot öqituvçimiz Umarjon aka Ahmadjonov (Olloh rahmatiga olgan bölsin) mening darslikdagi mavzularni oldindan özlaştirib kelişimni payqab qolib, darsga kirişi bilan yangi mavzuni eʼlon qilardi-da, doskaga çiqarib, “qani, Yöldoşali, javra (biz tomonda gapiraver degani)!” der edilar. Albatta, sinfdoşlarim oldida özimni bilimdon körsatiş uçun iloji boriça köproq “javrardim”. Ustozimiz maqtab-maqtab “5” baho qöyar, boşqalarni ham mendek bölişga undardi. Qariyb ikki yil şu zaylda ötdi, men tuppa-tuzuk dars beradigan “öqituvçi” bölib qoldim.
Öninçi sinfni bitirgandan keyingi uç yillik mehnat faoliyatim mening hayotimda alohida bosqiç hisoblanadi. Qarib, işdan böşab olgan otamning raʼyidan ötolmay öqişga bormadim. Dastlab quriliş brigadasida, keyin aloqa bölimida işladim. Poçtalyonlik kasbi mening ham matbuotga, ham adabiyotga bölgan mehrimni yanada oşirdi. Mamlakatda çiqadigan barça gazeta-jurnallar qölimdan ötar, ularni öqimay turib tarqatmasdim. Özim ham qiziqib, gazetalarga turli maqolalar yoza boşladim. Fikrim çarxlandi, yoziş malakasini egalladim. Tez orada buning foydasi tegdi. Biroq bir tasodifiy hodisa röy bermaganida men bu foydaning natijasini körmay ötardim.
Bilasiz, poçtalyon qişloq kezadi, uyma-uy yuradi. Hamma taniş, hamma narsa köz öngingda. Kimning qanday taşvişi bor – bilasan, qayerda nima bölyapti – körasan. Men ham poçtalyon sifatida kuniga uçta qişloqni aylanib çiqaman, hatto dalalarga borib odamlarga gazeta-jurnallar, xatlar tarqataman. Albatta, yurişim bekor ketmaydi, qanday yaxşi yoki yomon narsalarni körsam, darhol gazetaga yozaman. Bir kuni Pastkibuloqboşi qişloğidagi bir yerda ğözalarni yovvoyi öt bosib ketganini körib qoldim va tumanning “Paxta uçun” deb atalgan gazetasida “Bu yerlarda ğöza östirmoqçi edilar-ku” sarlavhali tanqidiy maqola çiqardim. Brigadir ayol kişi bölib, raisga ustimdan şikoyat qilibdi. Bir kuni rais Imomnazar aka qişloq guzarida meni uşlab oldi-da, “Şu maqolangga qança pul beradi? Ayt, mana men beraman!” dedi. “Menga pul kerakmas (çunki gazetalardan juda köp gonorar olardim-da! Raisning sadaqasiga zormanmi?). Undan köra yeriga işlov bersin. Bölmasa, yana kattaroq gazetaga yozaman” deb şakkoklik qildim (axir, komsomol edim-da!). Ertasiga boş hisobçi meni çaqirib, “Uka, kolxozda poçtalyonlik ştati qisqardi. Siz böşsiz” deb pattamni qölimga tutqazdi. Endi öqimasam bölmasligiga aqlim yetdi.
1960-yili ota roziligini olib, Farğona davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetiga hujjat topşirdim. Birinçi imtihon özbek adabiyoti fanidan yozma-inşo ekan. Omadim yurişganini qarangki, inşo mavzularidan biri “Oybekning “Qutluğ qon” romanidagi Yölçi va Gulnor obrazlariga xarakteristika” deb atalardi. Közlarim yonib ketdi – axir, bu kitobni yodlavorganman-ku! Ozmas-köpmas 14 bet yozibman. Oradan uç kun ötib, meni Hasanxon Rustamov degan domla yöqlab topdi (keyin bilsam u kişi fakultet dekani ekan). Yoniga kirsam, qölimni oldi-da, “E, sizmisiz, tabriklayman, uka! Xatingiz çiroyli, xatosiz yozar ekansiz. Jumlalar töğri va puxta. Bizga şunday savodli yoşlar kerak. Aʼlo qöydik, aʼlo! Qolgan imtihonlarga ham astoydil böling. Muvaffaqiyat tilayman” dedilar. Könglim toğdek kötarilib çiqdim. Öqişga kirganimdan keyin to bitirib ketgunimga qadar dekanatning ştatsiz xodimi bölib qoldim. Öqişdan keyingi paytlarda bu yerdagi maşinkani çiqillatib ötirib, yozişni örganib oldim. Oradan köp ötmay özbekça matnlarni bosiş uçun meni maʼmuriyatga işga olişdi. Ham öqiş, ham iş oğirlik qilardi. Şunda…
…yana adabiyot madadkor böldi. Bilasiz, adabiyot hayotga nekbin köz bilan qaraşni, umid bilan yaşaşni (Uyğunning “Hayot qöşiği” dramasi qahramoni Nurmat otaning yoşlarga qarata aytgan “Umid yaxşi narsa, qoqilsang – suyaydi, yiqilsang – kötaradi” degan gapi quloğim ostida doim jaranglab turardi), irodali bölişni örgatadi. Öşa paytda institutdagi fan kabinetlari, kutubxonaning yozgi va qişki öquv zallari keç soat 11 gaça işlardi. Men bu imkoniyatdan unumli foydalanişga harakat qildim. Kerakli kitoblarni olib qolib, xodimlar ketgandan keyin ham çaroğon bölib turgan yozgi öquv zalida tong otgunça dars tayyorlardim. Bora-bora öqigan kitoblarimni auditoriyada örgangan nazariy bilimlarim asosida tahlil etiş istagi paydo böldi. Esimda, birinçi ilmiy maqolam 3-kursda öqib yurgan paytimda bosilgan edi. Öşa yillari özbek tiliga yangi tarjima qilinib, yoşlar örtasida maşhur bölib ketgan “Söna” romanining muallifi E.Voyniç yuz yoşga tölgandi. Maqolani tayyorladim-da, tavakkal qilib özim sevib öqiydigan “Özbekiston madaniyati” (hozirgi “Özbekiston adabiyoti va sanati”) gazetasiga yubordim.
Qarangki, ozgina muddat ötib, maqolam çiqib turibdi-da! Xursandligimni qöyaverasiz! Keyin yozişmi?! Albatta, hamma yozganlarim ham bosilavermasdi. Ammo yozişdan, fikrlaşdan töxtamadim. Bu menga faqat foyda berdi. Ayni çoğda qanday daraja va mavqega ega bölsam, buni öquvçilik va talabalik yillarimda şakllangan tirişqoqligim samarasi deb bilaman.
Oliy öquv yurtida bizga öz kasbini qadrlaydigan, fanlarni puxta bilgan professor-öqituvçilar dars berişdi. Bulardan ayniqsa, mumtoz adabiyot bilimdoni Akramjon Ibrohimov, jahon adabiyotini çuqur örgangan va özbek adabiyotiga qiyoslab tahlil qiladigan Azimjon Rahimov, savodxon va ilmga intiluvçi yoşlarni nihoyatda qadrlovçi ustoz Hasanxon Rustamovlar menda ölmas taassurot qoldirgan. Akramjon Ibrohimov şeʼriyat şaydosi edi. 1960-yilning 2 sentyabri öla-ölgunimça esimdan çiqmasa kerak. Biz – birinçi kurs talabalari özbek mumtoz adabiyoti fanidan A.Ibrohimov domlaning ilk maruzasini tinglayapmiz. Ovozi nihoyatda yoqimli ustoz öşa kuni heç narsaga qaramay şu qadar köp ğazal, ruboiy, qita, fardlar öqidiki, tasirlanganimdan barçasi xuddi magnit tasmasiga yozilgandek xotiramga örnaşib qolgan (maqtanyapti demang-u, hozir ham öşa şeʼrlarning köpini yodaki öqib bera olaman). Domla öşa nozik zamonda ham Alişer Navoiyning “Aşraqat min aksi şamsil-kaʼsi anvoril-xudo, Yor aksin mayda kör, deb jomdin çiqti sado” misralari bilan boşlangan ğazalini boşdan oxirigaça yoddan öqib, tahlil qilib bergandilar. Şuningdek, u kişi Ahmad Yassaviy, Bobur kabi taʼqiqlangan şoirlar ijodi haqida gapirişdan ham qörqmasdilar.
Men bu bilimdon va ğamxör ustozning nazariga tuşganimdan, u kişining taklifi bilan kafedraga işga olinib, ilm yöliga kirganimdan minnatdorman. Ustozning işonçini oqlaş men uçun şaraf edi. Şuning uçun öz oldimga şunday vazifa qöydim: “Hozir 27 yoşga kirding. Bu yerda işlaşdan maqsad ilmiy iş qiliş bölsa, 35 yoşgaça kandidatlik dissertatsiyasini yoqlasang yoqlading, bölmasa, institutdan ketasan!” Işdan ajralmagan holda dissertatsiya ustida iş boşladim. Şukrki, bu yerdagi yaxşi odamlarning qöllab-quvvatlaşi, ilmiy rahbarim professor Salohiddin Mamajonovning qattiqqölligi va talabçanligi evaziga 32 yoşimda fan nomzodi böldim. Şunday ustozlarning qöliga tuşganimdan faxrlanaman. Çunki avvalo, özining quntsizligi, qolaversa, rahbarining beparvoligi tufayli mendan oldin iş boşlaganlarni ortda qoldirib ketdim. Bu gaplarimni jurnalxon döstim maqtançoqlik deb qabul qilmasligini ötinib sörayman. Tabiatimda şakllangan bu qatʼiylik, intizomlilik, aytgan gapining uddasidan çiqiş fazilatlari adabiyot tasirida şakllanganligini isbotlamoqçiman xolos.
Hayotiy aʼmollarim
Egilganga egilaman – boşim yerga tekkunça. Kekkayganga kekkayaman – boşim kökka yetgunça.
Vaʼda berdimmi, albatta, bajaraman. Qölimdan kelmasa, ming bora xafa bölsalar ham vaʼda bermayman.
Biron işni boşlaşdan oldin tugatiş muddatini belgilab olaman. Aytilgan muddatda bajarmagunça tinçimayman.
Qatʼiy rejim hamda reja asosida işlayman va yaşayman. Har kuni ertalab soat 5 dan 6 gaça badantarbiya bilan şuğullanaman. Soat 6 dan 7 gaça ilmiy-tadqiqot böyiça rejalaştirilgan işlarimni qilaman yoki kitob öqiyman. Mabodo biron sabab bilan ertalab işlay olmasam, öşa kuni boy berilgan vaqtni töldirmagunça könglim örniga tuşmaydi.
Faoliyatimda hazrat Alişer Navoiyning “El netib topgay menikim, men özimni topmasam” degan hikmatli şioriga amal qilaman. Zero, inson özini tanimagunça, qadriga yetmagunça özgani tan olmaydi va qadrlamaydi.
Kattami-kiçikmi, yaxşimi-yomonmi (aslida-ku, ustozning yomoni bölmaydi-ya) barça ustozlarimni hurmat qildim, qadriga yetdim. Ularni tez-tez yöqlab turdim. Institutda menga saboq bergan va işga olib qolgan domlam Akramjon Ibrohimovga “Nutq va uslub” deb nomlangan monografiyamni bağişladim. Ilmiy-tadqiqot işlarimga rahbarlik qilgan ustozim akademik Salohiddin Mamajonov haqida “Olimning olami” deb atalgan kitob çiqardim. I.Sulton, M.Qöşjonov, O.Şarafiddinov, S.Ahmad kabi ustozlarni tez-tez borib körib, duosini olib turdim. Hozir ulkan adabiyotşunoslar Umarali Normatov, Ibrohim Ğafurovlarni ziyorat qilib turaman. Bu uluğ ustozlar bilan ötkazgan damlarim umrimning eng baxtli va lazzatli onlaridir.
Kişining kamçiligi bölsa yoki davrada notöğri gap aytsa, darhol yuziga aytaman. Bu odatim köpçilikka maʼqul tuşmaydi va arazlab yurişadi. Ammo men parvo qilmayman, prinsipimdan çekinmayman.
Hozirgi paytda tört kişilik jamoaga rahbarlik qiliş ham oson emas. Çunki dunyo özgardi, tafakkur özgardi. Şuni hisobga olib men kafedra mudiri sifatida avvalo, özim barça sohada örnak körsatişga, samarali işlaşga intilaman. Buni rahbarning gapi ötişi uçun katta omil deb bilaman.
Menga ixlos bilan yukinib kelgan yoşlarni heç qaytarmay bağrimga olaman. Ularni ğoyat qattiqqöllik va intizom bilan tarbiyalayman. Tinim bilmay işlaşga majbur qilaman. Köp öqitaman, yozganlarini qayta-qayta işlaşga örgataman. Topşiriqni vaqtida bajarmaganlarni qattiq koyiyman. Bunga çidamagan ayrim noşukrlar ustimdan iğvo qilib yurişadi. Çidayman. Nailoj, boşidan ötgan tabib kimga qanday dori em bölişini yaxşi biladi!
Hozirgi adabiy jarayon bilan köproq tanişib borişga harakat qilaman. Talabalarim, hamkasblarim va şogirdlarimning bironta savoliga javob berolmay, tilim qisiq bölib qolişidan uyalaman. Ayni çoğda yaratilayotgan asarlarning aksariyati menga maqul emas. Lekin yaxşi asar öqisam, qöşiqda aytilganidek, özimni töxtatolmayman. Nimadir yozib çiqarişga, fikr bildirişga urinaman. Ruxsatingiz bilan ana şunday yaxşi asarlari bilan öquvçilar mehrini qozonayotgan tabiat şaydosi Normurod Norqobilov ijodining bir fazilatiga bağişlangan maqolamni etiboringizga havola qilsam.
Olim haqida maʼlumot
Yöldoşxöja Solijonov 1940-yilning 11 iyulida Farğona viloyatining Rişton tumanidagi Buloqboşi qişloğida tuğilgan. 1957-yilda tumandagi 5-örta maktabni, 1965-yilda Farğona davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1965-1967-yillarda viloyat “Kommuna” (hozirgi “Farğona haqiqati”) gazetasida işladi. 1968-yildan buyon Farğona davlat universitetida yoş avlodga talim berib kelmoqda. “Özbekiston xalq maorifi aloçisi” unvoniga ega (1991).
Filologiya fanlari doktori, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasining aʼzosi. Ayni çoğda Farğona davlat universitetining özbek adabiyotşunosligi kafedrasi mudiri lavozimida işlaydi.
Hozirgaça olimning “Uluğ sanʼatkor” (Ğ.Ğulom haqida, 1984), “Şeʼriyatning sirli jilvalari” (1986), “Tong yulduzlari” (1995), “Nutq va uslub” (2002), “Olimning olami” (akademik S.Mamajonov portretiga çizgilar, 2004), “Farğona adiblari” (2005), “Zulmatdan nur qidirganlar” (2007), “Men sizdan saboq oldim” (adiblarga maktublar) (2007), “Söz sehrgari” (A.Qahhor haqida, 2007), “Haqiqatning sinçkov közlari” (adabiy-tanqidiy maqolalar, 2009) nomli monografiya va risolalari, 200 ga yaqin maqolalari çop etilgan.
Yöldoş Solijonov badiiy ijod bilan ham şuğullanadi. Uning “Suv keltirgan aziz” (hujjatli qissa, 2004), “Öğlim, senga aytaman” (şeʼriy va nasriy parodiyalar, 2006), “Sen şirmon yuzligim” (şeʼrlar, 2007) kabi kitoblari öquvçilar tomonidan iliq kutib olingan.
Oilalik. Rafiqasi Lolaxon Solijonova oliy maʼlumotli ona tili va adabiyot fani öqituvçisi. Hozir nafaqada. 5 nafar farzandi bor (uç öğil, ikki qiz), barçasi oliy maʼlumotli. 17 ta nabirasi bor.
“Yoşlik” 2010/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


