FERNANDO RENDON
Şoir va publitsist, yirik jamoat arbobi Fernando Rendon 1951-yilda Kolumbiyaning Medellin şahrida tuğilgan. Erkparvar şoir “Prometeo” nomli adabiy jurnalga asos solgan va uşbu jurnalga muharrirlik qilgan. Ayni paytda Fernando Medellin Xalqaro Şeʼriyat Festivalining direktori vazifasida samarali faoliyat olib bormoqda. Bu şeʼriyat anjumani dunyodagi eng yirik va nufuzli şeʼriyat bayramlaridan biri sanaladi. U 1991-yilda Janubiy Amerikada joylaşgan Kolumbiya mamlakatining Medellin şahri yer kurrasidagi eng xavfli va dahşatli şaharga aylangan bir davrda taşkil etilgan. “Sanʼat va Prometeoda şeʼriyat” deb nomlangan taşkilot rahbari sifatida Fernando Rendon “Gulliver loyihasi” hamda bolalar uçun şeʼriy mahorat maktabini ham boşqaradi. U talabalar, öquvçilar va keng jamoatçilik uçun köplab adabiy öquv kurslari, anjumanlar, maʼruza va simpoziumlar ötkazgan. Qolaversa, u Lotin Amerikasi Şeʼriyat Festivali Tarmoğini taşkil qilgan. Uning şeʼrlari özbek tilida öquvçilar eʼtiboriga ilk bora havola etilmoqda.
* * *
Bir lahzada sarob toş kabi qotdi. Kunduzning eng oxirgi nuriga çulğangan odam öz tobutida törtta kişining oğirligiga teng bölib qoldi. U öz-özini işğol qilib, öz qoronğuligi ila yöl oçmiş bir navdagi zamin misol ustimizga örladi.
Bizni qoq tuş ostida qapiştiruvçi tortişiş kuçi biror kimsa tiklanişidan umid qilmagan taqiqlanmiş afsonaning yuz tomonidir. Ammo boşqa xarsanglar ayni şu osmonning ostida Milet qalandarining tovuşiga ketdi aylanib.
Almisoqdan qolgan dengiz qumloq sohilga aylangan mahal suvning şartli ovozi-la quramiz suhbat, söng tutqiç bermas modda quriydi qumda, et hamda sertola, özgaruvçan hayotning suyuq xayoliga aylanar.
Ölib qayta tiriluvçi bu abadiy şuvoq koinot suyuqlikda yöqotadi mohiyatini yoxud öz öçoği içiga kirar, negaki u bilmaydi yo har doim qarşi turolmas yengib bölmas vaqtning izmiga. Derlar-ku, şayton çidaganda yuz yil azob çekiş unça osonmas. Havo, bir qism qaro tuproq va olovdan sözlar yasaladi, ular şamol va yo hali ölim öçoğiga yorib kirolmagan ifodasiz kattakon loy ohanraboday öziga tortgan qum kukunlaridir. Sözlar yana birdaniga uloqtirilgan qoyalarga öxşab zil-zambil yoki xotiraga töliq zaminda jipslaşgan çang-tözon misol.
Ammo biz bir kun qayta nurga aylanuvçi toşning tilida ham sözlamoğimiz darkor. Kelajak almisoqdan qolgan toşning ustiga yoziladi. Qayta tuğiliş ana şu toşdan özimizning yaltiroq tabiatimizga qaytiş demakdir.
Fransisko de Asis Fernandes
Şoir va madaniyat tarğibotçisi FRANSISKO DE ASIS FERNANDES 1945-yilda Nikaraguada tuğilgan. “Şeʼriyat, muhabbat va ölim”, “Hayot daraxti”, “Sanʼatkor öylari”, “Tinmay oqib turar qon” kabi önga yaqin kitoblarning muallifi. Asarlari bir neça tillarga tarjima qilingan. Fransisko köplab xalqaro adabiy taşkilotlarning aʼzosi va şeʼriyat bayramlarining faxriy iştirokçisidir. Ayni paytda u Markaziy Amerikada joylaşgan Nikaraguaning Granada şahrida yirik şeʼriyat anjumanini boşqaradi.
ŞOIR ILA KÖZGU
Bir inson bor mudom közgumda yaşar,
menga boqqan ondan olguvçi bahra,
istarkan göyoki öz yoşi uçun
injiq va behayo xayolim asrar.
Avvalroq hammasi özgaça edi,
uni özgartirdi vaqt deganlari,
endi u raddiya berar har nega,
yoşlik, gözalligi çekindi nari.
Göyoki izğirin u yaşar joyda
yomğir ham boşlagan unda bemalol.
Közgudagi odam sirli va öyçan
sözimni qaytarar gung sado misol.
Afsus, uning şavqi dönmiş ajinga
yolğizlik va mungdan tekkanday qarğiş
terisi bujmayib ketibdi, e voh,
oyoqlar qiyşaygan, köz – çuqur gardiş.
Tanbehnamo nigoh etadi taʼqib,
şodligu yolğonga şerikmas aslo.
Vujudini çirmab olarkan xayol
eşitmas sozimdan çiqqanda sado.
Kundan kunga öxşab borar otamga
unda ğamga botgan otam çehrasi.
Iş va kunlarimdan qoniqmaydi ul,
istar köproq bölsa sadoqat sasi
uyimda va yorqin orzularimda.
Akslardan iborat öz dunyosin ham
soliştirib körar meniki bilan:
Ölçovi yöq dunyom, na quvonç, na ğam,
na haq va na yolğon, na nasr, na şeʼr,
toşloq va tikanzor aro adaşgan
buğu bolasiga köp öxşaysan der.
Qölin taroq qilib soçin tararkan,
Öxşaşligimizning ildizin tortib
Özi çekingani yolğiz uzlatning
Zavqini dafʼatan buzmoqçi bölgan
Dunyoviy qiyofam istamas ortiq!
GLORIYA GABUARDI
Şoira va adiba Gloriya Gabardi 1945-yilda Markaziy Amerikada joylaşgan Nikaragua mamlakati poytaxti Managuada tuğilgan. Şu şahardagi Markaziy Amerika Universitetida doktorlik unvonini olgan. 1974-1979-yillarda u Meksikada yaşagan. Keyinçalik ona yurtiga qaytib, jamoat işlarida faol iştirok etiş bilan birga badiiy ijodga katta eʼtibor qaratadi. Bir neçta kitoblar muallifi sanalgan Gloriyaning asarlari nemis, italyan va rumin tillariga tarjima qilingan. U 1982-yilda yirik adabiy mukofot sohibi bölgan. 2004-yildan buyon Granada şeʼriyat anjumani koordinatori vazifasida faoliyat olib bormoqda. Gloriya Gabuardi şeʼrlari özbek tiliga ilk bor tarjima qilinmoqda.
SÖZ SALTANATI
Bir makon istaram – söz saltanati,
Kalomlar nahriga köngil ilhaqdir.
Insoniy dardlarni yuvib taşlolsam,
Ildizin ruhimga qadasa taqdir.
Kimga öxşar edim – tilla izlovçi,
Xomxayol bahrida suzgan bir şovvoz
Va yo hurriyatni sevuvçi jonboz.
Kalom saltanati
Qanotli döstlar
Şoxdan şoxga qönsa öynoqlab, nafis,
Yulduzning tusi-yu şamol taʼmini
Yigit ehtirosin samimiyligin
Qila olsam his.
Insonni boriça anglaşga,
Dengiz va yulduzdan örgulib,
Ruhu tan bilan ul barobar
Jonimga faroğat bergulik.
Ruhga söz dunyosi istaram,
Qalbimning xohişi keng yurtday
Barça el izlagan noqaram
Injular tizmasi misoli
Yurtimning qoronğu şomida
Tilimdan taşqari otilmiş
Bir dunyo – kalomlar jomida,
Qirğoğidan oşgan
Daryo – söz bahri,
Oldidan ne çiqsa etar zumda ğarq,
Aldaguvçi umid suzar oğzimda,
Tirik orzularni öldirguvçi şavq.
Lablarimni kuydirmoq uçun
Tasavvur kalitin,
Amboniya, Banda, Ternat va Tidor
Orollarin rangi va nordon taʼmin
Yöllari, fojia, sarguzaşti‑la
Vespuççi va Magellanning oh daryosida
Taqdim etmoq uçun menga bus-butun
Qarşimda sönggi bor töxtamoği-çun
Birgina közingning nuri deb xorman,
Çayqalişing orzu ostonasida,
Saçraşingga oppoq sahfaga zorman.
RODRIGO BERDUGO
Rodrigo Berdugo Pisaro 1977-yil 9 yanvarda Çili poytaxti Santyago şahrida tuğilgan. Bir neça yildan buyon ispan tilida naşr etiladigan “Oqim” va “Aqiq lablar” jurnallarining hammuharriri vazifasida işlab kelmoqda. Ilk şeʼriy töplami “Parda ortidagi yalanğoçlar” deb nomlanadi. Şeʼrlari italyan, portugal, polyak, arab va fransuz tillariga ögirilib, turli antologiyalarda bosilgan. Rodrigo “Şeʼriyat döstlari” nomli uyuşma taşkil etgan tanlov ğolibi bölgan. Jahon şoirlari uyuşmasi aʼzosi sifatida u çet mamlakatlarda ötkaziladigan şeʼriyat bayramlarida faol iştirok etib kelmoqda. Şeʼrlari özbek tiliga birinçi bor ögirilmoqda.
U KUNDAN SÖNG
Duşmanona sayohat uçun zamin musiqasin çalarkan
Ular narsalarning örnin özgartdi
Dengiz kötarila boşladi asta,
dahşatli davralar qolmoqda ortda
Yölimiz közlarni izlaydi, izlayur toşlarni bir yösin.
Qandoq jör bölişni biladi ular,
Voqif har narsaning teskarisidan
Boşlandi barçasi tomçi-tomçilab, yana nomma-nom
Uydirma yaproqdek oyoq ostida.
Ular yaxşi bilar, ölgan kimsalarni tasvirlaşmaydi
Yetarli dunyoning nargi tomoni
qözğalaii daraxt va suvlarga qarşi
Aşyolaru hayotga hamda
Yulduz jasorati bölmagan istalgan oğriqqa qarşi.
Ular yaxşi bilar,
Nimanidir tölab
Bolişlar içida yongan qalamlarni tutarkan,
xulosalab tasavvurlarni
Şu tariqa kelişgan edi
Şu tariqa joylaşişgandi
tomçima-tomçi, nomma nom
Narsalar odamlar-la çeklanmasdan avval
Ammo vaqt toş bilan, nur bilan ölçangan mahal
Toş va qon nurni qoğozga muhrlaşni öylardi
Gözallik daryolarni kavlagan zamon
Va nihoyat
qöllarida tasodiflar novdasin uşlab
Parvardigor kutardi bizni.
Ingliz tilidan Aʼzam OBID
tarjimalari
“Yoşlik”2010/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

