Tilga inson tarbiya körganligining, maʼnaviyatining közgusi sifatida qaraladi. Nutq madaniyati mumtoz adabiyotimizda alohida eʼtiborda turganligini taʼkidlaş joiz.
Örta asr şaroitida notiqlik sanʼati tarmoqlanib rivojlangan. Alişer Navoiyning fikriça nutq sözlayotgan kişi şunday bölişi kerakki, uning majlisiga böş kirgan kişi tölib çiqsin, töla kirgan kişi esa yengil tortib qaytsin. Bu borada Navoiy haq edi. Nutq mahoratining asosida ikkita omil bor. Biri nutq xususiyati bölsa, ikkinçisi uning texnikasiga amal qilişdir. Ayrim hollarda esa tafakkurning tiniqligi talaffuzning aniqligini ham bildiradi. Inson nimani yaxşi tasavvur qilsa, aqlan idrok etsa şuni aniq va ravşan ifodalay oladi. Şunday ekan, nutq mahoratini oşiriş böyiça nazariy maʼlumot va amaliy maşğulotlar yetarli bölişi kerak.
Nutq orqali fikr beriş, maqsadni aniqlaştiriş birlamçi vazifa bölişi lozim. Maʼlumki, yaxşi natijaning 99 foizi mehnat orqalidir. Ayni damda öqituvçilar orasida ham, öquvçilar orasida ham şevada gaplaşiş holatlari köp kuzatiladi. Öz nutqimiz ustida işlaş, dars ötiş jarayonida yangi uslubda yondaşiş holatlari kuçaytirilsa, izlaniş va maşqlar orqali içki ilohiy tuyğularni namoyon etgan bölar edik.
Nutq madaniyatini özlaştirişga ilmiy yondaşar ekanmiz, maktabgaça taʼlim muassalarida bolalarning nutqi ösişiga alohida eʼtibor beriş zarur. Ayni paytda badiiy kitob öqiş, nutq madaniyatiga eʼtibor beriş, öz nutqi ustida işlaş, nutqni aniq va tiniq yetkazib beriş uçun maşq qiliş zarur nazarimda.
Til bilgan el biladi, degan naql bor xalqimizda. Öz tilida aniq va tiniq sözlaşiş esa tilga hurmat, eʼtibor, madaniyatni bildiradi. Ammo hozirda bu narsaga eʼtibor qaratilmayotgandek. Hamma özi xohlagandek sözlaşadi. Ayniqsa yoşlar orasida talaffuzning özgarib ketgani açinarli hol, nimaga yoşlarda bunçalik talaffuz aniqligi özgarib ketdi, bunga aynan nima taʼsir qildi va qilyapti? Balki baʼzi bir maʼno va mantiği yöq qöşiqlarimizdir. Yoki zamonaviy tarzda işlanayotgan köçirma, yaʼni çet el filmlariga taqlid qilib olinib, ularda meyoridan ortiq şeva, köça sözlaridan, hattoki odob doirasidan çiqib ketayotgan gaplardan ham foydalaniş, tomoşabinga maʼno-mantiğini tuşunib bölmas tarzda işlanayotgan kinofilmlarimizdir. Aslida kinolarimiz bizning maʼnaviy binolarimiz emasmi? Baʼzi bir filmlarimizda millatimizning özigagina xos bölgan soddaligi, anʼanalari, fazilatlari körinmay ketayotgandek. Bugungi kinolarimiz özbekning yuzi bölişga haqlimi? Kelajakda farzandlarga, xalqqa bular bizning kino deb ayta olamizmi?
Yoşlarimizga bu kinolar virusday taʼsirini körsatayotgani ham ayni haqiqat. Oxirgi paytda işlanayotgan baʼzi kinolarimiz umuman körişga arzigulik emas.
Kinofilmlarimiz soni tobora ortib bormoqda, kinolarimiz orasida sifatli, körişga arziguliklari ham yöq emas, film ijodkorlari öz filmlarida talaffuz, nutq aniqligiga eʼtibor berişsa film sifati yana yaxşilanarmidi? Yoşlarimiz orasida ham öz adabiy tilimizga eʼtibor köproq qaratilardi. Közimiz oq va qora rangdan taşkil topganligi sabablimi, atrofimizdagi borliqqa salbiy yoki ijobiy nazar bilan qaraşga odatlanib qolganmiz. Ammo nimanidir tanqid qiliş uçun yetarli sabab bölmoği kerak. Men bu bilan qaysidir filmni maqtaş, boşqasini yerga uriş fikridan yiroqmann.
Aksariyat filmlarimizda sözlaşuvning özgarib ketganligi atrofdagilarga taʼsir körsatmasdan qolmayapti, eng açinarlisi ham şu bölsa kerak.
Bugungi kunimizning mavzulari ham aynan kinolarimizda aks etadi. Tarbiyaviy ahamiyati kam, har tomonlama mukammal ssenariyning yozilmayotgani bunga sababdir, balki rejissiyorlarning öta sayoz fikrlaşi kinolarimizning saviyasini tuşirib yuborayotgandir. Tomoşabin vaqt ajratib kinoteatrga boradi yoki kino tuşirilgan tasmani olib tomoşa qiladi, biror filmni körişdan inson madaniy hordiq çiqaradi hamda tomoşa qilayotgan filmidan qandaydir foydali jihat axtarişi tabiiy hol. Filmlarda foydali jihat bölmasa-çi? Unda u film faqat ermak uçun körilgan kino böladi. Bundan kimga foyda?
Abdulla Qodiriyning «Ötkan kunlar» romani asosida işlangan filmini köring. Bugun körsangiz ertaga yana köriş istagi paydo böladi sizda. «Töylar muborak», «Mahallada duv-duv gap», «Sen yetim emassan», «Kelinlar qözğoloni» va yana bir qator özbek filmlarini eng sara filmlar sirasiga kiritiş mumkin, ularni körib tomoşabin madaniy hordiq çiqariş bilan birga tegişli xulosa ham çiqara oladi.
Biz nima sababdan Bollivud filmlarini yoki koreys seriallarini yaxşi körib, qiziqib tomoşa qilamiz? Kimgadir ularning kuy-qöşiqlari, raqsi manzur bölsa, yana kimnidir film qahramonlari tomonidan aytiladigan falsafiy jumlalar hayratga soladi, qalbni tölqinlantiradi. Koreys seriallarida romantikaga boy, biz uçun yangi bir ijodiy kaşfiyot bölgan kiçik lavhalar ham kişi xotirasida öçmas iz qoldiradi.
Muhimi, kino va sahna asarlarida şevada emas, sof badiiy tilda sözlamoq kerak. Axir, bizning şakllangan boy adabiy tilimiz mavjud-ku. Nega endi ekranga çiqib olib mahalliy şeva, lahjada sözlab adabiy tilni ğariblaştirişimiz, suisteʼmol qilişimiz kerak?
Öylab köring: borib turgan madaniyatsizlik emasmi bu?!
Nafosat TOJIBOYEVA
“Yoşlik” 2010/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

