18 daqiqada öqiladi

307 marta körilgan

Xolis eʼtirof ehtiyoji

Xolis eʼtirof ehtiyoji

Adabiyotşunos olim, professor Qozoqboy YÖLDOŞEV bilan muloqot

 

– Odamiyat jannatdan quvilgandan beri özining mohiyatini axtaradi. Bu izlaniş esa unga hayot, zavqu şavq va halovat beradi. Inson özini anglaş yölida köp şarafli yöllarni bosib ötdi. Zamon tili bilan aytganda yuksak taraqqiyotga, sivilizatsiyaga erişdi. Lekin… bilasizmi, insoniyat muammolarining kölami heçam özgargani yöq. Aksinça, bu muammolar asrdan-asrga ulkanlaşib, boşi berk köçaga kirib bormoqda. Keling, kiçginagina bir misol keltiramiz: tasavvur qiling, zarurat bölsa bugun ekranda tanamizning har bir hujayrasini kuzatiş, uning ustida tajriba ötkaziş va hatto harakatlanişini taʼminlaş imkoni bor. Lekin şu apparatlarga yaraşa kasalligimiz ham bor-da! Muammo hamon öşa: xastalikdan qutuliş! Insonning muammosini hal etolmagan “qulaylik” qanday qilib taraqqiyot böladi? Mening nazarimda, insoniyat asli taraqqiyotdan quyiga qarab harakatlanayotgandek.

Şu maʼnoda aytadigan bölsak, insoniyatning badiiy tafakkur tarzi ham asrdan-asrga sayozlaşib, ğariblaşib, siyqalaşib borayotgandek. Axir buyuk Navoiy SÖZining qudratini beş asrdan beri şarh qilamiz. Hazratning sözi önlab, yuzlab adabiyotçilarni professor qildi. Lekin naçora, boşqa Navoiy tuğilmadi.

Ming vahki, badiiy tafakkurning sayozlaşişi azaliy özanlarni ham özga tomonlarga burib yubormoqda. Aslida yuksak xayolot mahsuli adabiyot – insonning haqir dunyo taşvişlaridan, şafqatsiz hayot sinovlaridan ötişida eng yaqin kömakçi, sirdoş va maslahatçidir. Biroq XXI asrga kelib, tom maʼnoda adabiyot ham “yer”ga tuşdi. Tirikçilik manbaiga, turmuş dastyoriga, ğoyaviy qurolga va hakozolarga aylanib bormoqda.

Qozoqboy aka, bu tarzda adabiyotning sayozlaşişida adabiy tanqidçilikning hissasi katta desam mubolağa qilmaymanmi? Çunki adabiy tanqidsiz adabiyot rivojlanmaydi. Adabiy tanqidçi, adabiy yaratuvçi hamdir.

– Javobni oxirgi ikki gapingizga töla qöşilişimni aytişdan boşlaganim maʼqulga öxşaydi. Aslida-ku, yuqoridagi daʼvolaringizda ança oşirib yuborayotganingizni özingiz ham bilib turibsiz. Suhbat sal keskinroq bölişi uçun şunday jurnalistik usul qöllayapsiz, şekilli. Ilmiy taraqqiyotning juda şitob bilan borayotgani odam umrining uzayişida, bevaqt ölimning kamayişida, bir odamning öz umri davomida juda köp işlar qilib qoliş imkoniyati oşib borayotganida körib-bilib turibmiz. Ehtimol, inson maʼnaviyati borasida tanazzul keçayotgani haqida gapirilsa, jöyalidir.

Endi salkam olti asrdan buyon boşqa Navoiy tuğilmaganiga kelsak, boşqa Navoiy heç qaçon tuğilmaydi. Buning keragi ham yöqdir. Zero, çin sanʼat va çinakam sanʼatkor betakrorligi bilan qadrlidir. Bobur ham, siz biladigan Maşrab ham, Ğafur Ğulom ham, Abdulla Orif ham heç qaçon qaytarilmaydi. Sizning badiiy tafakkur sayozlaşib borayotgani borasidagi xavotiringizga ham qöşiliş juda qiyin. Negaki, hazrat Navoiy Alişer Navoiyni öqimay ijod qilgan bölsa, undan keyingilar Navoiy badiiyatidan bahra olib ulğayişyapti. Buning ustiga, hozirda oçun kiçrayib, axborot oliş osonlaşib, özga ellarning badiiy tafakkuridan ham bahramand bölinmoqda. Bu hol, sözsiz, badiiy tafakkur teranlaşuviga xizmat qiladi.

Sizning adabiyot töğrisidagi “…insonning …eng yaqin kömakçi, sirdoşi” degan fikringizga töla qöşilaman, lekin “maslahatçi”ligi borasida şubham bor. Asl adabiyot, menimça, maslahat bermaydi, yöl körsatmaydi. U köngilni izlaydi, uni taftiş qiladi, köngil holatlarini bildiradi. Şu yöl bilan öqirman köngliga ham taʼsir körsatadi. Qöpolroq qilib aytgudek bölsak, odam tirikçiligi uçun adabiyot mutlaqo keraksiz hodisa. Ammo şunday keraksiz narsaki, usiz odam töla maʼnoda odam bölolmaydi. Inson tirikçiligi uçun bevosita kerak bölmagan narsalarga intilgani sari odamlaşib boraveradi. Oziqlaniş, çanqovni bosiş, uxlaş, köpayiş uçun qöşiliş kabi tirikçilikka kerak narsani hayvon ham qiladi. Odam ana şulardan boşqa yuksakroq narsalarga ehtiyoj sezganda, tanning emas, köngilning, ruhning talablarini qondiriş zaruratini tuyganda, gözallikka intiliş mahsuli ölaroq adabiyot kerak böladi. Şukurki, hozir ham odamlarda şunga intiliş seziladi. Hayot yaxşilanavergani sari bu intilişi kuçayaveradi deb öylayman.

Adabiyotning öz kökidan yerga tuşib, “tirikçilik manbaiga, turmuş dastyoriga, ğoyaviy qurolga” aylanib borayotgani borasidagi xavotiringizda, afsuski, jon bor. Olamdagi barça narsaning ikki jihati bölgani kabi adabiyot ham bundan mustasno emas. Odamzod hamma narsani öziga xizmat qildirgisi keladi. Lekin bu muammoni ham börttirib yubormagan maʼqul. Hozirgi kunda ham gözal badiiy asarlar köplab yaratilayotganini özingiz bilasiz.

Endi adabiyotning sayozlaşuviga adabiy tanqid sababçi deganga öxşaşroq fikringizga kelsak, unga qöşilmasligimni aytay. Adabiyot sayozlaşayotgani yöq, aksinça, teranlaşmoqda. Oldinlari asarlarda köproq qahramonlarning boşidan ötgan voqealar tasvirlansa, endilikda odamning ruhiy tölğanişlari, köngil keçinmalari, soniya sayin özgarib turadigan sezimlari ham körsatilayotirki, uni sayozlaşiş deb bölmaydi. Lekin adabiy tanqid – sinçilik köngildagiday taʼsir kuçiga ega bölmayotgani bor gap. Özbek sinçiligi özbek adabiyotining oldida borolmayapti, hatto, yonma-yon ham ketolmayapti, ortidan borayotir. Ammo badiiy adabiyotga yetib olay deb juda halloslab yugurayotgani ham yöq. Çunki keçim öz holiga taşlab qöyilgan. Yönaltiriş, rağbat yöq darajada.

Bundan keyin bu ahvol yanada oğirlaşsa kerak deb öylayman. Çunki kelajakda sinçilikka tayyorlanişi zarur bölgan aspirantlar soni öta qisqartirib yuborildi. Ilmiy daraja uçun yoqlanadigan dissertatsiyalar yöliga şunday tösiqlar qöyilganki, köpçilik isteʼdodlarning ularni bartaraf etişga kuçi yetmay qolyapti.

– Qozoqboy aka, men sivilizatsiyani yoki uning olamşumul imkoniyatlarini rad etmoqçi emasman. Aytmoqçi bölganim: biz mahliyo bölayotgan bu taraqqiyot insoniyat muammosi kölamini kamaytirmadi, köpaytirdi, xolos. Hazrat Navoiyning qayta tuğilmasligini esa hamma yaxşi biladi. Ammo bu uluğ zotdek söz sanʼatkorlari yana paydo bölsa, bu adabiyotimizga “oğirlik” qilmaydi. Buni orzu qiliş va bu istakning amalga oşmayotganidan ökiniş ham yaxşilikdan nişonadir.

Albatta, aytib ötganingizdek endilikda adabiyotning teranlaşayotgani, inson ruhiyatiga kirib borayotgani bor gap. Ammo men aytmoqçi bölgan sayozlaşuv oldida bu “teranlaşiş” andak ğarib bölib qolayotgandek. Sizning bunga adabiy tanqidning köngildagiday taʼsir kuçiga ega bölmayotganini sabab qilib körsatişingiz, adabiy tanqid sohasini bir oz ayaganingizdan darak beradi.

Mening nazarimda, sönggi yillarda jild-jild “Tanlangan” va “Saylangan” asarlarning paydo bölişiga aslida adabiy tanqidning oqsab qolgani sababçidek tuyuladi. Endilikda istagan odam roman yozişi, şeʼr yozişi, kitob çiqarişi mumkin bölib qoldi. Hatto, bunday tasodifiy kitoblarga katta-katta “Sözboşi”lar ham ilova qilinmoqdaki, beixtiyor öqiyotganing rostdan ham “asar” ekaniga işonging keladi. Ming afsuski, bu holatga bizning tayyor javoblarimiz bor: hammasini vaqt körsatadi! Vaqtning körsatişini kutib ötiriş şartmikin? Axir qaçongaça adabiy asarlarni vaqtga saralatamiz. Vaqt asarlarni saralagunça minglab kitobxonning badiiy didi nima böladi?

Birinçi sinfda öqiydigan qizim bor. Yaqinda derazadan taşqariga qarab: “Dada, ana, tentak qor yoğayapti”, dedi. Men unga dakki berdim: “Qizim, qorni tentakka öxşatib bölmaydi”. “Bizning “Musiqa” kitobimizda şunaqa şeʼr bor”, dedi. Işonib-işonmay kitobni varaqladim:

 

Dehqonlarga tilak qor,

Paxtaoyga kerak qor.

Goho meni quvalab.

Uyga qamar tentak qor.

 

O-la! Qaysidir bir kinoda qahramon aytadi-ku: “Bu olamda nimalar bölyapti özi?” Aka, darslikda bundan battarlari ham bor ekan. Qolganini aytib nima qildik, şunisini “hazm” qilib olaylik. Mayli, bu tizmadagi dastlabki ikki qatorni bir amallab tuşunişga harakat qilamiz, ammo odamni “qorning quvalab ketişi”ni, “uyga qamab qöyişi”ni eng xayolparast bola ham tasavvur qilolmasa kerak. Lekin bu bola özi tasavvur qilolmaydigan “şeʼr”ni qöşiq qilib aytişga mahkum! Ehtimol, “aldagani bola yaxşi”dir, lekin bu bolalar özimizniki-ku! Bunday munosabat bilan ularni maʼnaviy mayib qilib qöymaymizmi? Axir bolalik qöşiqlari bir umr insonning köngliga muhrlanib qoladi. Gap yoqmasa, bugun öqib ertaga taşlab yuboriladigan kitob haqida emas, yuz minglab bolalarning qölidagi darslik haqida ketyapti. Tağin kitobga nima deb yozib qöyibdi, deng: “Töldirilgan 10-naşri”! Yaxşiyam bunisi töldirilgan(!) ekan. “Töldirilmagan”lari qanaqa bölgan, Xudo biladi.

Qozoqboy aka, siz adabiy maqolalaringizdan birida: “…muayyan millatning badiiy-estetik tafakkuri darsliklar yordamida şakllantiriladi va şunga muvofiq böladi”, – deb yozgan edingiz. Modomiki, masala şu qadar jiddiy ekan, bu boradagi loqaydlikni qanday tuşuniş mumkin? Bunga bugungi adabiy saviyaning nazoratsizligi sabab emasmi?

– Juda nazoratga havasmand yigit ekansiz-da, Alişerbek! Taraqqiyot yuksalgani sari muammolarning köpayişi bor gap va şunday bölişi ham kerak. Odamning aqliy-maʼnaviy saviyasi ösgani sari uning talablari köpayib boraveradi. Bilasizki, talabning köpayişi muammoni urçitadi. Bizning qişloqda bir oqsoqol kimga bölsa ham: “Taşvişing köp bölsin!” – deb duo qilardi. Undan: “Taşvişning köpini nima qilaman?” – deb sörasak, bobo: “Hayoti yaxşi, soğliği joyida odamning taşvişi köp böladi. Baxtsiz odamda taşviş bitta böladi: kasal bölsa, faqat tuzaliş, oç bölsa, faqat töyiş, qamoqda bölsa, faqat ozod böliş taşvişini çekadi. Hayoti yaxşi odamning taşvişida sanoq bölmaydi”, – derdilar. Şunga öxşab muammoning köpligi muammo emas, ularning yeçilmayotgani muammo.

“Tanlangan asarlar” va “Saylanmalar” köpayib ketişida men unçalar qörqqulik jihat körmayman. Yozuvçi bölmagan biror odamning “Mukammal badiiy asarlari” çiqib qolişidan qörqsa böladi. Bu muammoga keragidan ortiq eʼtibor qaratiş kişini asl masaladan, yaʼni badiiy asar mohiyatini anglatiş zaruriyatidan çalğitadi. Oydinlarning işi millat ahlini tanlab kitob bosişga emas, balki tanlab kitob öqişga yönaltirişdan iborat.

Yoşlarda badiiy did zörlik yoki qorovullik bilan emas, tabiiy ravişda şakllantirilişi kerak. Adabiy sinçilar jangovarroq bölib, saviyasi past asarlarni “urib” turişsa, ular kamroq yaratilgan bölardi degan fikr juda jön qaraşdir. Ijod erkinligi istaganday yoziş va çiqariş erkinligi hamdir. Ayni vaqtda har bir öqirmanda tanlab öqiş hurligi borligi ham esda turişi kerak.

Sizning millat yoşlari badiiy didini qaror toptirişi kerak bölgan darsliklarning saviyasi töğrisidagi kuyinişingizda, ming afsuski, haqiqat keragidan köproq. Siz keltirgan misol judayam qörqinçlisi emas. Istalgan sinfdagi köpçilik öquv fanlaridan tayyorlangan darsliklar bundan köra ança ayançli misollarni keltiriş imkonini beradi. Haqiqat şundaki, millat ahlining badiiy saviyasi darsliklar saviyasida böladi. Çunki millatning intellektual-maʼnaviy qiyofasi şu darsliklar vositasida şakllantiriladi. Binobarin, darsliklar nimaga xizmat qilişi kerakligini biladigan odamlar tomonidan yaratilişi lozim. Maʼlumki, adabiyot – öquv fani, yozuvçi-şoir tayyorlaş uçun öqitilmaydi. Menimça, rasm va musiqa kabi saboqlar ham yoşlarda rassomlik yoxud qöşiqçilik qobiliyatini hosil qiliş uçun emas, balki ularda rasm sanʼati va musiqani tuşunişga xizmat qiladigan didni şakllantirişga yönaltirilişi zarur.

Darsliklar tender deb atalmiş usul asosida tanlanadigan bölgaç, umrida birovga biror soat saboq bermagan odamlar ham darslik yozadigan bölib ketişdi. Oldinlari öquvlik yoziş metodist olimlarning işi bölardi, endilikda işbilarmonlarning “biznesi”ga aylandi. Bundaylar darslik yozişni qoyil qilişmasa ham tovarni taqdim etiş mahoratini yaxşi egallagan bölişadi. Natijada, ularning darsligi tenderda yutib çiqadi. Tanlovga bir narsa deb böladimi?

Eng yomoni, öqituvçilar tobora darsliklarning yaxşi-yomonini farqlamaydigan, ularning saviyasiga qiziqmaydigan bölib qolişyapti. Ular nimani, qanday öqitişni öylaşdan köra, adoği yöq qoğozlar oqimi içida çökib ketmaslik töğrisida köproq qayğuradigan holatga kelişdi.

Akademlitseylar va kollejlarning ayrim bosqiçlari uçun şu vaqtga qadar “Adabiyot” darsligi yaratilmaganini qanday izohlaş mumkin? Lekin adabiyot saboqlari ötilyapti. XXI asrda, taʼlim uçun trillionlab mablağ sarflanayotgan yurtda adabiyotsiz adabiyot öqitilayotir.

Ahvol şu darajaga yetganki, adabiyot haftasiga uç soatdan öqitiladigan töqqizinçi sinf “Adabiyot” darsligining hajmi adabiyot predmeti haftasiga ikki soat öqitiladigan sakkizinçi, yettinçi, oltinçi, boringki, hatto, beşinçi sinf darsligidan ham kiçik. Butun jamiyat maʼnaviyat uçun kuraşiş hayot-mamot masalasi ekanini tan olib turgan bir pallada bitiruvçi sinf öquvçilari adabiyotdan mahrum etilayotir. Tegişli mutaxassislardan nega şundayligi söralsa, örta maktab darsliklarining oğirligi normadan ortiq bölmasligi kerak deb javob berişadi. Lekin töqqizinçi sinfdagi öspirinlarga beşinçi sinf ösmirlaridan kamroq yuk kötariş belgilangan bunday mantiqsiz normani bartaraf qiladigan biror odam yöq.

Bundan taşqari, umumtaʼlim maktablarining adabiyot dasturlariga istisnosiz har yili özgariş kiritiladi. “Adabiyot” darsligi jurnal maqolasi, maktab tajriba maydoni, öquvçilar sinaluvçi obyektlar emasligini taʼlim tizimi mutasaddilari tuşungilari kelmayotganga öxşaydi. Keçirasiz, adabiy keçim va adabiy sinçilik haqida gapirayotib, öqitiş taşvişlariga ötib ketdik. Naçora, bu juda muhim muammo-da!

– Muammo, taʼbir joiz bölsa xumda turgan musallasga öxşaydi. Musallas qança köp vaqt tursa uning taʼsir kuçi şunça ortadi. U şunçalik ortadiki, bir kun kelib xumni yoradi. Bundan çiqadiki, har bir muammo vaqtida anglanişi va öz vaqtida hal etiş maqsadga muvofiqdir.

Qozoqboy aka, “…millat ahlini… tanlab kitob öqişga yönaltiriş…” tadrijiy taʼlim-tarbiya mahsulidir. Saviyasiz ijod namunalari bilan “oziqlanib” ulğaygan bolani tanlab kitob öqişga yönaltirib bölmaydi. Şunday ekan, keçirasizu, baribir yana öşa gapga kelamiz: bu masalada tom maʼnoda adabiyotşunoslarimizning fidoyiligiga muhtojmiz.

Yaqinda Qahramon şoirlarimizdan biri aytib qoldi: Abdulla Qahhor vafot etişidan sal avvalroq öziga yaqin hamkasblaridan birini çaqirib: “Menga qara, mening bu dunyoda döstim ham yöq, duşmanim ham yöq. Nima qilgan bölsam, adabiyot uçun qilganman”, debdi. Ha, har bir soha, jumladan, adabiyot ham özining fidoyilari bilan barhayot. Adabiyotdagi fidoyilik XOLIS eʼtirofdir.

Men yuqorida tasodifiy kitoblar va ularga yozilayotgan katta-katta “Sözboşi”lar haqida aytayotganimda, mana şu xolis eʼtirofning yöqligini nazarda tutgan edim. Bu iddaoga köplab misollar keltirişimiz mumkin. Hatto, sizning ijodingizdan ham. Sönggi yillarda “Sözboşi” yozib bergan önlab kitoblaringizning biridagi mana bu satrlarga va uning şarhiga diqqat qilamiz:

 

Qirq beşga jimgina, yolğiz, benavo,

Xotirjam kiryapman, loqayd, beparvo

Kirgan kabi xuddi qabrga…

 

“Qabrga kiradigan jasadgina yolğiz, benavo, loqayd, beparvo böladi. Qirq beşga kirayotgan odamning şunday xususiyatlarga egaligi ulkan umr fojiasidan dalolatdirki, uni tasavvur qiliş va bu haqda biror töxtamga keliş öqirman şaxsning qançalik balandligiga boğliq”.

Aynan şu misralar taʼsirida yana şunday teran mulohazalarni bayon qilgansizki, rosti, şaxsan men şeʼrdan emas, sizning tahlilingizdan köproq taʼsirlandim. Aytganingizdek, ehtimol bu satrlarni tuşuniş har kimning “baland”ligiga boğliqdir. Lekin bu misralar meni hayajonga emas, taşvişga soldi. Negaligini aytaymi?

 Avvalo, meni mutaassiblikda ayblamassiz degan umid bilan aytmoqçiman: inson zoti borki, qabrga xotirjam, beparvo va loqayd bölib kirmaydi. Qabr – inson uçun eng köp taşvişlanadigan, eng köp diqqat böladigan bir manzil! Bu manzilda heç bir zot beparvo, loqayd bölolmaydi. Biz bunga sidqidildan işonamiz va şuning uçun ham musulmonmiz. Menimça, bu singari misralarni faqat hissiyotga tayangan holda şarhlaş unçalik töğri emas. Qöşimça maʼnolar axtariş esa zörma-zörakilikka öxşab körinadi. Çunki bu misralarga “obyekt” bölayotgan qabr masalasida haqiqat bitta! U heç qaçon ikkita bölmaydi. Bu örinda siz şarhingizda aytmoqçi bölgan “Ruhiy manzara…” haqqoniy emas.

Qozoqboy aka, adabiyot borasida siz bilan bahslaşmoqqa jurʼat qilolmaymiz va bunga hatto maʼnaviy haqimiz ham yöq. Ammo bir istiholam bor: “falon kitobga Qozoqboy Yöldoşev sözboşi yozgan ekan” deyilsa, adabiy jamoatçilik darhol huşyor tortadi. Çunki adabiyot maydonida sizning eʼtirofingizning öz qimmati bor. Aksariyat ijodkorlar sizning eʼtiboringizga tuşişni istaşadi. Adabiyot va adabiyotşunoslik borasidagi fikrlaringiz ham boşqalardan farq qilişini bilamiz. Ammo sönggi paytlarda badiiy asarlar va ularning ijodkorlari haqida fikr bildirganda, bir oz mubolağaga va yuzxotirlikka berilayotgandeksiz…

– Menda gurungimizning şu vaqtigaça bölgan qismi mana şu gaplarni aytişingizga tayyorgarlik, mening etimni “öldirib”, eʼtirozlaringizni bildirişga hozirlikday bölib tuyulayotir va öz soddaligimdan neçançi bor xijolat tortayotirman. Balki, adaşayotgandirman, ammo menga bizning özbek yoppasiga bir-birovini eşitişni istamaydigan ulus bölib tuyulaveradi. Örisda: “Heç qaçon heç qaçon dema”, – deganga öxşaş naql bor. Biz hamma narsani darhol yo u yoqlik, yo bu yoqlik qilib taşlagimiz kelaveradi. Mana, siz ham hadeb: “Har bir masalaning haqiqati bitta böladi”, – deyapsiz. Nega endi bitta bölarkan? Öşa masaladagi siz topgan bitta haqiqat sizning haqiqatingiz. Lekin men nega unga rioya qilişim kerak? Men boşqaça haqiqatni topgan bölsam-u, u birovlarga maʼqul kelmagani uçun özgartirayinmi? Haqiqat bitta böladi degani, butun millatga bitta boş yetarli deganga öxşaş gap. Haqiqatning bittaligini faqat Yaratganning bittaligiga nisbatangina işlatiş örinli. Boşqa har qanday şaroitda öylaydigan odam neçta bölsa, haqiqat ham öşança böladi.

Siz men uçun xijolat bölgan şeʼriy satrlardan men topgan fazilatlar sizga ötirişmagan bölsa, qaraşlarimdan voz keçaymi yoki sizga taʼsir qilişga urinib köraymi? Sizda Qozoqboy domla aytgan bu gaplarni “Sözboşi” yozdirgan şoirning özi örgatgan yoxud uni majbur qilgan degan şubha bormi? Şoir yozganida men aytganlarni öylaganmikan özi? Bunga kafolat berolmayman. Lekin bir öqirman sifatida şu satrlarda men şu ruhiyat mavjlarini tuydim va tuyganimni tuyganimday yozdim.

Siz: “…inson zoti borki, qabrga xotirjam, beparvo va loqayd bölib kirmaydi”, – deb juda töğri aytasiz. Lekin siz tirik odam haqida gapirayotirsiz. Jasadga esa, joyida yotgani-ku tuzuk, lekin qayoqqa olib ketilayotganining farqi yöq. Ruhidan ayro tuşgan jasad buni öylay olmaydi. Şoira aynan ölmay turib, jasadga aylangan, yolğiz, benavo, loqayd holiça umr manzilining qirq beşiga yetib kelgan ayolning oğir bir ruhiy holatini manzaralaştirgan.

Mening adabiyotdagi örnim töğrisidagi iliq gaplaringizga qulluq qilgan holda sözboşilarimning birortasi uçun xijolatlik emasligimni aytaman. Siz aytganlarga öxşaş eʼtirozlarni, sinçi kasbdoşlarim-ku mayli, hatto, sözboşi olgan baʼzi ijodkorlar ham aytişadi. Lekin eʼtirozlarini özgalar haqida yozilganlariga qaratadi, özlariga emas. Bizning adabiyotimiz boşidagi ulkan fojianing ildizi aynan şu yerda, deb öylayman. Yaʼni bizning birovni tuşunişni bilmaganimiz bir sari, ammo tuşunişni ham istamaganimiz, tuşuntirişlarini yoqtirmaganimiz dahşat.

Tuşunmaganimiz uçun bir-birimizni bilmaymiz, bilmasdan turib, tan olmaymiz, inkor qilamiz. Keyin: “Nega özbek adabiyotini dunyo tanimaydi?” – deya çin dildan öksinib ham qöyamiz. Biz özimizni özimiz tuymasak, tuşunmasak, tuşuntirmasak, tanimasak, kim bizni taniydi? Qanday qilib va nega tanişi kerak? Misol uçun, bizda Öktamoy degan şoirani köpçilik bilmaydi. Bilganlarning bir qismi tan olgisi kelmaydi. Holbuki, keyingi tört-beş yilda Hindistonda şu şoira qizning ingliz, panjob va hind tillarida uçta kitobi köp nusxada çiqdi. Hatto, adabiyot masalalari bilan şuğullanadigan Hindiston Saxitya akademiyasi Öktamoyning ingliz tilida çiqqan kitobining yuzoçdi (taqdimot) marosimini ötkazib, öz hisoblaridan şoirani taklif ham qilişdi. Hozir şu şoira internetga kiritilgan oltmiş uç ming dunyo şoirlari orasida 50- örinda turibdi. Körinadiki, bizda bir-birini tuşuniş va tan oliş degan muammo ham bor…

Öylaysizki, men qalam çarxlab, yeng şimarib kim yangi kitob çiqarar ekan-u unga qaçon sözboşi yoki taqriz yozib berar ekanman deb poylab turibman. Men bir narsani bilaman: har qanday odam tuşunilgisi keladi. Ayniqsa, ijodkor. Uni ijod qilişga undagan narsa ham aynan boşqalar tomonidan tuşuniliş istagi emasmi?! Sinçining, umuman, adabiyot tanuvçilikning vazifasi öqirmanga yozarman bitigining diqqatga loyiq joylarini körsatib, nimadan, nima uçun, qanday taʼsirlanişga yönaltiriş deb öylayman. Hamma gap badiiy asardan nima qidirişda, undagi bor gözallik va ezgulikni köra va körsata bilişda. Men heç qaçon, heç bir ijodkorning heç qaysi asar töğrisida özimça, kökka qarab fikr aytmadim. Hamişa matnga, faqat matnga tayandim va undan kelib çiqdim.

Öylamang, Yöldoşev domla har qanday kitobga sözboşi yoki taqriz yoza oladi deb. Köp bölmasayam, heç narsa yozolmagan holatlarim bölgan. Lekin Qahhor domla aytmoqçidek, tuxumdan tuk qidirib, yozuvçining boşiga çertib maqola yozolmayman. Qanday asar haqida yozgan bölsam, uni yaxşi körib qolgaç, yozişga arziydigan jihatlarini topgaçgina, qalam surganman.

Adabiyotga fidoyilik uning darvozasida tayoq kötarib soqçilik qiliş emas, deb öylayman. Adabiyot siyosatning yugurdagiga aylangan, öqirmanlar saviyasi boşqaruvga muhtoj davrlarda soqçiga ehtiyoj bölgan. Şunda ham yuqoridagi boşqaruvçilar uçun. Endi badiiy asar va uning ijodkorini tuşuniş va tuşuntiriş, asarni jozibali qilgan jihatlarga öqirman diqqatini qaratiş davri keldi. Men fidoyilikni şu jabhada köraman. Hali dunyo tajribasida talantsiz adibni tanqid qilib, talantli qilolgan sinçi yo yozuvçi bölgan emas. Fidoyilar köp bölgan zamonlarda ham talantsizlar ulardan kamroq bölmagan. Keyin adabiyot sinçi yoki adabiyot tanuvçining mahriga tuşgan mulk emas, u gözallik çeçakzori. Sayr qilgisi kelgan kişiki bor, unga kirgisi keladi va bunga haqdor.

– Qozoqboy aka, siz bir oz qizişgan mana şu nuqtada muloqotimizni xotimalasak. Lekin aytib qöyay: sizning sönggi mulohazalaringizga unçalik qöşilolmayman. Siz “…negadir özbek yoppasiga bir-birovini eşitişni istamaydigan ulus bölib tuyulaveradi” deb juda töğri aytasiz. Mana sizni olaylik, baʼzi bir şarhlaringizni ozgina noörinroq emasmikin deb fikr bildirgan edik, darrov ayblaşga ötib ketdingiz. Çunki siz ham eşitişni istamaydigan şu ulusning tipik vakilisiz-da!

– Tipik-ku emasman, ammo şu ulusning vakili ekanim çin. Binobarin, uning fazilatu illatlari menga ham begona emasdir. Lekin qizişmadim, balki fikrimni qizğinroq isbotlamoqçi böldim. Lekin men özgalarda özgaçaroq fikr bölişiga aslo qarşi emasman va boşqaçaroq fikrlaşni ayb sanamayman.

– Töğri, aytganingizdek har bir insonning öz haqiqati bor. Ammo bu hayotda insonning aql-zakovati bilan ölçanmaydigan haqiqatlar ham bor-da. Insonning şaxsiy dunyoqaraşi daxl qilolmaydigan masalalar mavjud. Qabr ana şunday masalalardan biridir. Bu masala aqida ilmiga xos bölib, avvalo, şunga öxşagan sözlarni yoki öxşatişlarni keltirayotgan ijodkor bu muhtaşam ilmdan ozgina xabardor bölişi talab etiladi.

– Insonning aql-zakovati bilan ölçanmaydigan haqiqatlarga amal qilinmagani uçun insonlarni ayblaş qançalik aqldan böladi? Şoir beçora qabrni emas, öz könglining ölgani borasida yozğirgan.

– Şoir döstlarimizdan biri matbuotda eʼlon qilgan şeʼrlaridan birida mahbubasining hayotida özini “parvardigorman” debdi. Yana biri mahbubasini Rasulni sevgandek sevişini iddao qilibdi. Töğri, bir qaraganda oşiq şoirlarni tuşunsa böladigandek, biroq har qanday mubolağada mantiq, öxşatişda asos bölişi kerak. Afsuski, sönggi paytlarda ayrim ijodkorlarimizning ijod namunalarida ilohiy atamalarni qöllaş urf bölib qoldi. Bu hol masʼuliyatsizlikdan boşqa narsa emas.

 Siz aytasizki, inson zoti qabrga xotirjam kirolmasligi töğri, lekin “…siz tirik odam haqida gapirayotirsiz. Jasadga esa, joyida yotgani-ku tuzuk, lekin qayoqqa olib ketilayotganining farqi yöq. …Şoir esa aynan ölmay turib ölikka aylangan, …loqayd …ruhiy holatini manzaralaştirgan”. Avvalo, tirik bilan ölik uçun boşqa-boşqa qabr bölmaydi. Har ikki holatda ham köz oldimizda bir xil manzara hosil böladi. Aynan şu bir xillikdan esa ikki xil xulosa çiqarib bölmaydi. Qolaversa, ölik tan uçun qayoqqa olib ketilayotganining juda farqi bor-da! Agar bu haqda gaplaşsak, özimiz ham mukammal bilmagan sohalarga ötib ketamiz.

– Töğri aytasiz, özimiz bilmagan sohalarga ötib ketmaganimiz maʼqul. Alişerbek, gap bahsda yutib çiqişda emas, balki xalqqa foydasi tegadigan fikrga kelişda. Şuning uçun ham mening aytganlarimdan ölik va tirikka boşqa-boşqa qabr böladi degan maʼno kelib çiqqan bölsa, demak, men fikrlarimni tuşuntirib berolmabman.

– Darhaqiqat, adabiyotning millat qalbi va ruhiyati bilan boğliqligi xususida, jamiyat hayotida adabiyotning örni neçoğliq ekanligi haqida hamma zamonlarda bahslar, tortişuvlar bölgan. Bundan bir neça yillar muqaddam marhum adibimiz Şukur Xolmirzayev “Adabiyot öladimi?” degan savol bilan matbuot orqali söz ahliga murojaat qilganini yaxşi bilamiz. Ammo adabiyotning umri uzun bölişini, yanayam töğriroği, bu umrning mangulikka daxldor bölişini istagan, hayotini şu maqsadga safarbar etgan insonlar xoki turobga aylandi hamki, adabiyot yaşaşda davom etayotir va yaşayajak. Ammo mana şu jarayonda adabiy tanqidçilikning ham öz vazifasi borligini unutmaslik kerak. Bu vazifa esa kitobxonga çinakam adabiy asarlarni saralab berişda közga taşlanadi.

 

Suhbatdoş: Alişer NAZAR

“Yoşlik”2012/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)