Uluğ yozuvçilar tarixiga nazar taşlasak, isteʼdodning tuğilişi har kimda har xil keçganini köriş mumkin.
Kiçkintoylarning sevimli şoiri Tursunboy Adaşboyev sözni sözga juftlab, öz hayratiyu bor ğayratini qoğozga tuşira boşlaganida 12-13 yoşlarda bölganini soğinç bilan xotirlaydi.
“Kamolning olmasi” nomli ilk şeʼriy töplami eʼlon qilinganida u hali ToşDU (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) talabasi edi.
Tinimsiz ijodiy izlanişni özining aʼmoli deb bilgan şoir Moskvadagi Oliy Adabiyot institutida tahsil körib, jahon bolalar adabiyotining nodir namunalari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldi. Sobiq ittifoq xududidagi tengqur bolalar şoirlari va tarjimonlar bilan ijodiy bahs-munozaralarda qatnaşib, toblandi.
T.Adaşboyev ijodining yetakçi xususiyati haqida gap ketganda, eng avvalo, erişgan yutuqlari bilan xotirjamlikka berilmasligi, behalovat izlanuvçanligini alohida tilga oliş joiz. Negaki, ayrim ijodkorlar maʼlum darajaga erişgaç, mahoratini oşiriş ustida boş qotirmaydi, natijada öz-özini takrorlaşdan nariga ötolmay qoladi. T.Adaşboyev bu yölning ijodkor uçun ğoyatda xatarli ekanini çuqur his etadi.
Ijodiy xotirjamlikka beriliş, öz qobiğidan taşqari çiqa olmasligini badiiy mahorat kuşandasi deb bilgan şoir badiiy ijodda ham öz eʼtiqodiga qatʼiy amal qiladi. Agar uning “Kamolning olmasi”, “Biz sayohatçilar”, “Olatoğliq bölaman”, “Surnay”, “Arslonbob şarşarasi” töplamlariga kirgan beğubor bolalik, Vatan, ona tabiat haqidagi talay şeʼrlarida anʼanaviy tasvir uslubining uluğvorlik qilişi közga taşlansa, sönggi yillarda eʼlon qilingan “Uç baqaloq va sirli qovoq”, “Orzularim – qöş qanotim”, “Oltin yolli tulpor”, “Latifboyning loflari” kabi kitoblaridagi aksariyat asarlarida hayrat aralaş yengil yumor va öyin vositasida öziga xos ezgulikka yöğrilgan hayot falsafasining bolalarbop tilda, ammo kattalarni ham öylaşga undaydigan tarzda ifodalanişini öz ustida işlaş, tinimsiz izlanişlar mahsuli, deb baholaş mumkin.
Törğay yotar tuxum bosib,
Şuvoq bilan sirlaşib.
Qora qönğiz soqqa yasab,
Döngga tortar tirmaşib.
Yumronqoziq serhadik
Iş bitirar yugurib.
Suğur arça ostida
Turar tasbeh ögirib.
Çigirtkalar qamişdan
Nay yasaydi – kertadi.
Kökandagi biyaga
Söna dutor çertadi…
“Toldi buloq”
Tuxum bosib yotgan törğayning şuvoq bilan sirlaşişiyu qora qönğizning soqqa yasaşi, yumronqoziqning hadiksirab, alanglab yurişiyu suğurning arça ostida tasbeh ögirib ötirişi, çigirtkaning qamişdan nay yasaşiyu sönaning biyaga dutor çertişi – dala-daştdagi tabiat manzarasining undagi jonzotlar misolida badiiy obrazli suvratlantirilişi kiçik kitobxon qalbida yorqin hislar tuğdiradi, tasavvurini, ongu şuurini ona tabiat körinişlariga boğlaydi. Katta yoşli kitobxon esa öşa manzara-holatlarni neça martalab körgan, kuzatgan, guvohi bölgan esa-da öz eʼtiborsizligidan hayratga tuşadi. Lirik qahramonning sinçkov nigohi, tabiatga iliq munosabati unga ham köçadi.
Şunisi muhimki, öşa tabiat, öşa yurt – uning Vatani. Öquvçida mana şunday kayfiyat tuğdiriş undagi Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğulariga jon bağişlaydi.
“Uyimiz sovuq edi, – deb yozadi şoira Kavsar Turdiyeva. – Hali “dom” isitila boşlamagandi. Kiçik öğlim esa deraza oynasiga böyoqlar bilan qip-qizil quyoşning rasmini çizibdi. Nimagadir Tursunboy Adaşboyevning “Jönataman quyoşni” şeʼri esimga tuşdi. “Jönataman quyoşni, men kelgusi xatimda”, deb yakunlagan şeʼrida Tursunboy akaning ijodiga xos bölgan psixologizmlar va milliy ruh börtib körinadi.
Bolalar yozuvçisining mahorati – bu faqatgina dunyoni bolalar közi bilan köriş va idrok etişgina emas, balki bu idroki keng öquvçilar ommasiga ana şu tarzda namoyon qilişdir”.
Nazarimda, T.Adaşboyevning badiiy mahorati ham aynan dunyoni bolalar közi bilan körişi, idrok etişi va uni öquvçiga şu tarzda yetkazişi bilan belgilanadi. Boğbonlarning dov-daraxtlarning soç-soqolini qiyişi, oqlangan daraxtlarning oppoq paypoq kiyişi (“Haşarda”), bahorning qişni burnidan tarnovga osib qöyişi (“Sumalak”), çaqmoqning kökda yonğoq çaqişi (“Bahor kelgaç”), Asqar toğdan tuşayotgan suvning qoyalarda yançilişi, qarağayning kökka sançilişi, qorli çöqqining qirğiz tumoğiga öxşatilişi (“Sariçelak”), ayiqning piymasini ivitişiyu quyonning oq tivitdan öziga pöstin tikişi, yaşil taroq arçalarning şamolning soçlarini taraşiyu oq yaktakli qayinlarning zarbaldoq taqişi (“Qiş”) aslida bolalarça tasavvur va idrok mahsulidir.
T.Adaşboyevning bolalar şoiri sifatidagi ijodiy takomilida folklor asarlarining ifoda uslubiyu Qudrat Hikmat, Sulton Jöra, Zafar Diyor singari ustozlar ibrati, jahon bolalar adabiyotining ijodiy anʼanalari bitmas-tuganmas ilhom manbai, tajriba maktabi vazifasini ötaydi. Şuning uçun ham ustozlarini “meni tarbiyalab voyaga yetkazgan boğbonlar”, deya eʼzozlab tilga oladi, jahon bolalar şeʼriyati namoyandalari ijodini esa “men suv içgan çaşmalar” deya hurmat bilan taʼkidlaydi.
Inson tabiat farzandi sifatida bolaligidan boşlab uning sir-sinoatini bilişga qiziqadi. Maysa-kökatlaru dov-daraxtlarning niş urib kökarişidan tortib, to yugurib-qovjirab qolgunigaça bölgan davrdagi turfa holatlari, umuman, quyoş, suv, tuproq, havo uyğunligining öziga xos qonuniyati azaliy muammo tarzida insoniyatni bolaligidan qiziqtirib keladi.
Quddus Muhammadiy va Qudrat Hikmatlarning tabiatdagi ana şunday sir-asrorlar tasviri bilan boğliq ijodiy anʼanalarini izçil davom ettirib kelayotgan Tursunboy Adaşboyev asarlarida tabiatdagi har bir holat-manzara möjizakorlik kasb etadi. Bahor elçisi bölgan boyçeçak özini oftobning parçasi deb biladi. Kuz faslida “oq yaktakli qayinlar” zar baldoqlar taqadi, zarğaldoqlar çağçağlab quşlarga gap tayinlaydi.
Şoirning “Soğiniş” şeʼrida yomğir yoğişi manzarasi har narsaga qiziquvçi bola tilidan özgaça qiyoslar bilan keltirilişi tufayli kiçik kitobxon qalbiga hayrat tuyğusini solişi tabiiy:
Kuni bilan,
Tuni bilan
Yomğir ezib yoğadi.
Bulutlarni tabiat
Erinmasdan soğadi.
Köça-köylar yaltirar
Tuxumdayin arçilib.
Kökning tubi teşilganmi,
Tomçi tuşar yançilib.
Q.Hikmatning yuqorida tilga olingan “Qiş tözğitar momiq par” şeʼrida qor yoğişi qişning bulut töşagini savaşi tufayli momiq parga öxşatilişi bilan Tursunboy Adaşboyevning “Soğiniş” şeʼrida yomğir yoğişi tabiatning bulutlarni soğişiga öxşatilişi örtasida ham ustoz-şogirdlik adabiy aloqalarining ijobiy natijasini köriş mumkin.
Atrofimizdagi turfa olam manzaralarini beğubor bolalik tasavvuri bilan idrok etiş, undan özi uçun mutlaqo yangi bir möjiza kaşf qiliş, eng muhimi, kitobxonni ham şunga işontiriş mahoratini egallaşda Tursunboy Adaşboyev öz eʼtiqodiga sodiq şogird sifatida qalam suradi. Jumladan, bahorda yomğirning yerni iydirişi, yaşil çakmon kiydirişi haqida mustaqil fikrga ega lirik qahramon betizgin xayollari bilan hamma narsani harakatda deb biladi:
Bahor köylak kiydirdi,
Kök egniga bulutdan…
Tursunboy Adaşboyev Sulton Jöraning qalamiga mansub “Tiniş belgilarining majlisi”, “Kimning xati çiroyli?”, “Harflar paradi” kabi asarlardan ilhomlanib “Mening savolim”, “Topqir bölsang”, “Bobo, qança yoşdasiz?”, “Çuğurçuq”, “Topişmoqli alifbe” kabi maʼrifiy-tarbiyaviy xarakterda qator şeʼrlar yaratdi. Lekin ularning heç qaysisi taqlid xarakterida bölmasdan, şoirning kiçkintoylarga aytiş zarur deb bilgan öy-fikrlari, öziga xos “hikmat”lari mahsuli sanaladi.
Bolalar adabiyotining kiçkintoylarni olam jumboqlari, tabiat möjizalari bilan taniştiruvçilik-tarbiyalovçilik aynan şu örinda közga taşlanadi.
Şoir tabiatga muhabbat ğoyasini “Şanbalik” şeʼrida boğbonlarga haşar yöli bilan yordam bergan bolalar mehnatini tasvirlaş orqali ifoda etsa, “Arqitda”da fusunkor ona tabiatni toptab, kakliklarga qiron keltirgan ovçiga nafrat izhor etiş yöli bilan bayon qiladi.
“Şanbalik” şeʼri boğbonlarga haşar yöli bilan yordam bergan bolalar tilidan yozilgan. Şeʼr qahramonlari öz mehnatlari samarasidan mamnun. Bu mamnunlik ularning tasavvurlarini yanada boyitadi. Bolalarning köziga boğbonlarning dov-daraxtlardagi ortiqça şox-şabbalarni butaşi soç-soqolini olişga, daraxtlar tanasining oqlangandan keyingi holati oppoq paypoq kiyganga öxşab körinadi. Bu öxşatiş şeʼrning taʼsirçanligini oşiradi, uni uzoq vaqt esda saqlab qolişga yordam beradi.
Bolalarning olam jumboqlarini tuşunişida narsa-buyumlarni taqqoslaşning muhim vosita bölişi inobatga olinsa, şoir keltirgan öxşatişlarning ahamiyatini anglaş qiyin emas.
Şoir “Arqitda” şeʼrida tabiatning fusunkor manzarasini çizadi. Uning nazdida toğdagi tinç hayot tabiat gözalligiga monand, bu gözallikka alohida fayz bağişlaydi:
Burqir arça buroği
Örmon yaşil, qir yaşil.
Suğur uxlar xotirjam,
Yumronqoziq don taşir.
Sokin va tinç hayot kakliklarga otilgan öq ovozidan buziladi. Bundan faqat kakliklar emas, balki butun tabiat norozi: “Toğu toşlar asabiy, arça yonar tutaqib”.
Bizningça, bu yerda ovçini sökib, laʼnatlab ötirişning hojati yöq. Kiçik kitobxon şusiz ham toğu toşlarning asabiyligi va arçaning tutaşidan ovçining yovuz qilmişi töğrisida maʼlum xulosaga keladi.
Körinadiki, şoir kiçkintoylar qalbida ona yurtga muhabbat uyğotişda uning gözalligini madh etiş yoxud tabiiy boyliklarni sanaş yölidan bormaydi. Aksinça, bu muqaddas tuyğuni dov-daraxtlarni parvarişlab yaşnatişga oz bölsa ham hissa qöşgan bolalarga mehri, tabiat boyliklarini payhon qilgan ovçiga nafrati orqali taşviq etadi.
T.Adaşboyev ijodiga xos xususiyatlardan biri badiiy soddalik va qisqalikka intilişi bilan belgilanadi. Şoirning “Turist”, “Xolis xizmat”, “Kosmonavt”, “Öyin topmay”, “Insof talab”, “Yordam sörab”, “Ölja”, “Kim polvon?”, “Latifjonning loflari”, “Ayamadi möylabin”, “Buğdoy boşoği”, “Oq yol”, “Oltin yolli tulpor qissasi” kabi köplab asarlari buning yorqin dalilidir. Jumladan, “Turist” şeʼrida örgimçakni safar xalta orqalagan turistga öxşatiş orqali köz öngimizda hammaga taniş jonli manzarani suratlantiradi.
Safar xalta orqalagan turistdek,
Dor katagi asfalt yöldan durustdek
Zir yörğalar örgimçak,
Ğir yörğalar örgimçak.
Örgimçak – turqi sovuq haşarot. U bexos közi tuşgan har qanday kişini seskantiradi. Şoir şeʼrning ikkinçi törtligida örgimçakning hayot tarziga işora qiliş bilan kiçik kitobxonning u haqdagi dastlabki noxuş tasavvurini özgartiradi:
Tör xaltaga paşşa, çivin joylanib,
Özi çizgan “yer şari”ni aylanib,
Zir yugurar örgimçak,
Ğir yugurar örgimçak.
Bu yerda örgimçak töqigan törning Yer şariga öxşatilişi şeʼrning obrazliligini yanada oşiradi. Har ikkala törtlikning oxirgi misralaridagi (“Zir yugurar örgimçak”) ohangdorlik, qisqalik, obrazlilik köz öngimizda örgimçakning çopib yurgan holatini közgudagidek aniq gavdalantiradi.
Ifodaning qisqa va nafisligi jihatidan ajralib turadigan “Xolis xizmat” şeʼriga asos bölgan material butun boşli bir ertak bölişi mumkin.
Qari eçkini kana bosdi. U yöqlaguvçi heç kimi bölmaganligidan Çuğurçuqqa borib, kanasini terib qöyişini iltimos qiladi. Çuğurçuq Eçkining iltimosini bajaradi-yu, xizmat haqiga keltirgan oq tivitni qaytarib yuboradi. Eçki endi tuyoqlaridan andoza olib, öşa tivitdan törtta qölqop töqiydi. Çuğurçuq qölqoplarning u yoq-bu yoğini közdan keçirib, bolalarimga in bölar deya olib qoladi va Eçkiga rahmat aytadi.
Bor-yöği ön ikki misralik bu şeʼrdagi qölqop detali şoirning muhim topilmasidir. Eçkining tuyoqlaridan andoza olib töqigan qölqopi, tabiiyki, çuğurçuq inini eslatadi. Qölqop bilan in örtasidagi bunday öxşaşlik asarni hayotga yanada yaqinlaştiradi.
Aytiş joizki, bolalar adabiyotining tarbiyaviy mohiyatini bir yoqlama tuşungan talay yozuvçilar ijodida pand-nasihat alohida örin tutadi.
T.Adaşboyev ijodining yutuğini taʼminlagan omillardan biri pand-nasihatga yöl qöymaslik, aksinça bolalarning betizgin xayollariga oziq beruvçi, tasavvurlarini boyituvçi asarlar bilan belgilanadi desak xato bölmaydi.
Bugungi bolalar şeʼriyatining yetakçi darğalaridan Tursunboy Adaşboyev nafaqat şeʼriy ijodi, balki Rustam Nazar, Erpölat Baxt, Zafar Isomiddin, Sodiqjon Inoyatov, Dilmurod Jabbor, Xudoyberdi Komilov, Maʼmur Qahhor, Qözi Ismoil, Nurillo Oston kabi kenja avlod bolalar şoirlarining ğamxör maslahatgöyi sifatida ham talay ibratli işlarni amalga oşirmoqda. Ularning yangi kitoblariga vaqtli matbuot sahifalarida tegişli munosabat bildiradi, lozim topganlariga xat bilan murojaat qilib, kiçkintoylarni aldamaslikka daʼvat etadi.
Jahon bolalar şeʼriyatining talay namunalari T.Adaşboyev tarjimasida keng kitobxonlar ommasining adabiy mulkiga aylangan. Ularning içida K.Çukovskiyning “Yuvin, dömboğim”, “Moydodir”, S.Marşakning “Ahmoq siçqonça haqida ertak”, “Tentak ovçi”, “Dono siçqon haqida ertak”, S.Aksyonovning “Sehrli qizil gul”, V.Berestevning “Kölmakdagi suratlar”, “Öqişni bilsang özing”, B.Zaxoderning “Samovar”, “Böri maqtasa…”, N.Dumbadzening “Ketino”, “Igna”, Ovsey Drizning “Kutilmagan hodisa”, V.Danʼkoning “Qorbobo bölsam agar”, Yan Bjexvaning “Tuxum va tovuq”, “Tuz haqida ertak”, Uolter Delamerning “Pat saqlanar yostiqda”, “Bekinmaçoq” kabi asarlari bor.
Tarjimonning mahorati şundaki, agar uning nomi yozilmasa, kiçik kitobxon dabdurustdan asarning tarjima ekanligiga işonmaydi. Ovçining öziga miltiq öqtalişdek dahşatli holga yetti puştining duç kelmaganligi yuzasidan Burganing iqror-eʼtirofi şeʼrga milliy ruh bağişlaydi. Natijada asliyat bilan tarjima örtasidagi çegara barham topadi.
T.Adaşboyev ijodini kuzatgan zukko kitobxon uning uçun ona tabiat bitmas-tuganmas ilhom manbayi bölib, tabiatdagi jonli va jonsiz jamiki mavjudotga tegişli har bir holat, manzara tufayli bolalarça hayratlarga çömgan ijodkor tasavvurida özgaça bir olam yaralganiga guvoh böladi. Muhimi, şoir xayolotida yaralgan ana şu badiiy olam boşqalarni ham befarq qoldirmaydi.
Safo MATJON
“Yoşlik”2012/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


