9 daqiqada öqiladi

428 marta körilgan

Pillapoya

Uluğbek Hamdam

(Hikoya)

 

Ustozlarimga bağişlayman

 

Agar haqiqat mening yuzimga oyoq bosib            

  ötişni taqozo etsayu, sen buni qilmasang,

aslo rozi emasman.  

  

Bahouddin Naqşband.

                                               

 Pillapoya böldim senga, azizim,

Sen ham gal kelganda pillapoya böl!

                                                                                                Erkin Vohidov. 

Odamlarning oqimi xuddi pişqirib oqayotgan daryoni eslatardi. Kimdir qaddini tik tutgan holda örtada gerdayib borar, kimdir egilib-mayişgangança çetda, pillapoya tutqiçiga suyangan köyi arang harakatlanardi. Hamma öz kuçi yetgança kötarilib borardi-da, uzun yölakdan boşlangan qavatlarga kirib közdan ğoyib bölişardi. Ammo köpçilik, baribir, imkon qadar yuqoriroq çiqişga orzumand edi. Atigi bir qavat bölsa ham teparoqqa ilaşgisi kelardi ularning. Şuning-çun ham vujudini kuç-quvvat butunlay tark etgunga qadar kötarilib kelib, nihoyat, holi öziga ayon bölgaçgina qarşisidan çiqqan qavatga çor-noçor özini topşirardi. “Çekimizga tuşgani şu ekan, nimayam qilardik, peşona…”, deya özaro ğudranişadi odamlar qavatlariga kirib ketişarkan. Ammo yana şundaylar bor ediki, ular öz hollarini bilmasdilar: çarçab, harsillab, tili bir qariç bölib osilib qolganiga qaramay, közlari yuqorida olma terar, yonidan ötib ketayotgan har qanday bir yölovçining qöltiğiga bezbetlarça kirib, tağin bir neça zina teparoqqa çiqib olişardi. Lekin “özingda yöq, olamda yöq” deyişganidek, hatto miskanadek yopişqoq va sur mana şular ham birovning kömagida uzoqqa borişolmay, zinada yoki biron qavatning kirişida yiqilib, yerlarda xor bölişardi. Ularga qarab tursang, nigohlaring bulğanib ketadi. Yaxşisi, közni  pok tutmoq kerak, deysan özingga özing uluğlarga ergaşib.

Zinalar böylab kötariliş, bir qaraşda, sport musobaqasini yodga solardi: hamma birinçilikni olişni, ğolib bölişni istab, göyo jon olib, jon berardi. Kuzatib qarasam, izdihomning bunday kayfiyati menga yoqmadi. (Özi şunaqaman: köpçilik istagan narsalardan qoçib yuraman. Musobaqa ruhini yoqtirmayman). Inçunun, oqimning içidan ayrilib çiqdimu pastga, kelgan joyimga qaytib tuşa boşladim…

Tuşiş yomon bölarkan. Çiqayotganda hansirab, toliqib, öpkam şişgan ediyu, baribir, köpçilik hosil qilgan katta oqim kömagida unça malollik sezmagan ekanman. Enişda esa nafasim ravon, yengil bölib qolganiga qaramay, oqimga qarşi borayotganim uçun bölarim böldi: hali u, hali bu yelkalaru ömganlarga urinib çirpirak böldim. Ayniqsa, odamlarning savolçan nigohlari, “jinnimi bu?” degandek jirkanib qaraşlari serandişa tabiatimni  nayzalab taşladi. Lekin nima qilay, tuşişdan boşqa ilojim yöq, tepadagi talaşib-tortişiş menga manzur kelmadi. Yana deng, umuman, pillapoyaga duç kelganimdan buyon ixtiyorim özimdadek tuyulgani bilan juda unaqa emasdi. Mening menligim şu bilan, pillapoya bilan tirik edi. Şu maʼnoda men unga boğliq edim…

Şunday qilib, men zinaning eng quyi qismigaça inişga qaror qildim. Qani, u yerda nima bor ekan?..  Tepadan pastga qarab kelayotganda yakka özim edim. Menga şunday tuyulgandi. Bir neça zina pastga tuşganimdan keyin ortimga boqib, menga öxşaganlar ançagina ekanligini kördim. Yana bir oz ötgaç esa “men” “biz”ga, “biz” esa “oqim”ga aylanganini bildim. Demak, oqimga qarşi oqim. Biri tepaga, boşqasi esa pastga qarab oqadi…  

Men pastdagi yalanglikka qadar enib bordim va negadir ilkis töxtadim. Çunki… çunki yerga tuşgandan keyin ortga, tepaga qaytgim kepqoldi. Buning sirini sizga tuşuntirib berolmayman. Tepada ekan, birdaniga pastga tuşgim kelgandek böldi hozir ham. Nima qilay, aytdim-ku, heç bir narsa mening ixtiyorimda emas edi deb, şunga. Qolaversa, u yer zerikarli tuyuldi menga. Qiladigan iş ham yöq, boradigan joy ham. Ammo men bilan tuşganlarning asosiy qismi yalanglikda qolib ketişdi. Töğriroği, bepoyonlikka özlarini topşirişib, közdan yitişdi. Demak, qismat bölsa, kiradigan teşik hamişa topilaqolarkan-da… Sarsor solsam, ularning orasida qariyalaru betoblar köpçilikni taşkil qilar ekan… Men va yana bir neça kişilargina ortga qaytib, yana özimizni boyagi pillapoyaga urdik…

Endi men ilk safargidek imillamasdim, balki tez va şiddat bilan kötarilardim. Şunçalar tezki, haş-paş degunça bir özim oqimning içida oqim paydo qildim. Heç kim men bilan tenglaşa olmas, hatto pastdagi yalanglikdan birga qaytganlar ham hu-u-uv qayoqlardadir qolib ketişgandi. Oqimning içida oqim paydo qilişning ham gaşti, ham azobi bölarkan. Çunki umumiy katta  oqimning surʼati senikidan past bölgaç, istaysanmi-yöqmi, u senga xuddi qarşi tomondan kelayotgandek tuyularkan, töğriroği, şunga yaqin bir tösiqni yuzaga keltirarkan. Pastga tuşib borayotganda yuqoriga kötarilayotganlar bilan qanday töqnaşgan bölsam, hozir ham şunday, töğriroği, şunga yaqin tarzda çarpişib turdim. Buning oqibatida esa tezligimga putur yetar, yana zör berib avvalgi, öz könglimga uyğun surʼatni topişga, topib olgaç esa buning adoqsiz gaştini surişga muvaffaq bölardim. Bilasizmi, men mudom hayotning maʼnisini qidirib yurgiç odamman. Şu tobda, şu pillapoyadan şiddat bilan yuksalib borayotgan onlarimda öşa maʼni men bilan birga edi. Balki şu odamning özi maʼni edi. Demoqçimanki, öşa maʼni mendan ayro emasdi yoki men maʼnodan. Xullas, siz meni tuşundingiz…

Şu yangliğ juda köp yölni ortda qoldirdim. Men atrofga çalğimas, aksinça, dadil kötarilib borardim. Odamlarning yuziga qaramas, fikru yodim yanada jadalroq harakatlaniş bilan band edi. Galdagi zinani orqaga taşlab, yangisiga oyoq qöyişim bilan közim zinaning bitta poyasiga ötirib olgan ayolga tuşdi. Uning yuz va közlarida horğinlik alomatini aniq kördim. U ham allaqanday nomaʼlum tomonlarga umidsiz boqib, öz-öziga: “Çarçadim, quşga aylangim kelyapti, quşga!..” der va “uh” degança uzun-uzun nafas çiqarardi. Ayol ikki qavat örtasida ötirardi. Nazarimda uning kuçi na yuqoridagi qavatga çiqişgayu va na pastdagi qavatga tuşişga yetardi. Ayolning yonginasida, şundoq odamlarning oyoq ostida qöl telefoni yotardi. Undan: “Alo, Tez yordam” eşitadi, gapirsangiz-çi!” degan ovoz tinimsiz takrorlanardi. Ammo aftidan ayolga endi kömak kerak emasdi. U çorasiz nigohlari bilan nuqul pastni közlardi… Şu lahza ortimdan kelayotgan odamlarning qudratli tölqiniga doş berolmay munkib ketdim va yiqilib tuşmaslik uçun oldinga odim otdim…

Yölda, pillapoya zahmatlaridan çarçagan şörlik ayolning qiyofasi ançagaça xayolimni tark etmadi. Yuzlab zinalarni bosib ötgaçgina uni unutgandek böldim. Yöq, balki xotiramning allaqaysi ğaladoniga berkitib qöydim, şekilli. Qaçonlardir öşa ğaladonni oçib qolsam, röbarömdan tuyqus çiqib qoladi hali…

Yura-yura bulutlarga yondoş joyga çiqib bordim. Hatto parquv bulutlarning qança-qançasi poylarim ostida qoldi. Pillapoya bölsa bitay demas, men ham çarçaşni bilmas, şiddat-la ildamlardim. Yana yon-verimga boqmaslikka, xayolimni bölmaslikka, butun kuç va ğayratimni yölga sarflaşga tirişardim. Bir vaqt kelib, xuddi anavi ayolni körib qolganimdek,  endi bir erkakning yuziga közim tuşdi va şu zahotiyoq allaqayday sirli-sehrli kuç ostida uning ötmişi kinolentadek botinimning allabir kunjida aylanib ulgurdi. Unga köra, erkak ham birmunça avval zinalardan yuksaklikka kötarilib ketgan köp muborak zot ekan. Mana, endi safardan qaytibdi. Uning ham qadamidan öt çaqnagan ekan öşa paytlar. Şiddati haddi aʼlosiga çiqqan kezlar birgina özi butun boşli tölqinni hosil qilgança oldinlagan ekan. Öşanda uning ortidan yetib yurişga harakat qilgan qançadan-qança odamlar bölib, ular ham muborak zotning panasida öziga xos oqimçalar hosil qilgan va bundan bağoyat mağrurlangan ekanlar. Lekin şu tobda uning bir özi edi. Angoridan xuddi ayolga öxşab toliqqan körinardi. Men uning yuziga qarab, butun ötmişini öqib-uqib turganim uşbu lahzalarda u ham menga boqib hammasini – keçagi kunimniyu, ayni damdagi yurak holimni, yana qolmişiga, ertamni ham tuşunib-tuyib turarkan. Keyin men unga yana sinçkovroq tikildim. Negadir uning maʼyus çehrasida öşa maʼnoni, menga kerak, men talpinayotgan maʼnoni uqmadim. Maʼnoki, mening nazarimda pillapoya hadya qilişi kerak bölgan va men, siz, u… hamma-hammamiz şoşayotgan, oşiqayotgan. Maʼnoki, zinalar böylab umid bilan yuksalib borayotgan inson zahmatlarini oqlaydigan. Maʼnoki… qisqasi, siz meni yana tuşundingiz… Erkakning hayot aççiq-çuçuklarini obdan sinagan nigohida boşqa mazmun xira tortib turardi. Men unga tikilib, “qança yuksaklikka kötarilganing bilan, baribir, u yerda şu tobdagi köngil holingdan yanada balandini topolmaysan, bötam. Sen qidirayotgan narsa, aslida, seni manzil sari oşiqtirayotgan öşa holingdan özgasi emas” degan hikmatni öqidim, xolos. Ajablandim. “Şunday muborak zotning menga aytadigan gapi bor-yöği şumi?” dedim özimga özim alam bilan…

Söng biz bir-birimizning yonlarimizdan heç nima bölmagandek, xuddi begonalardek ötib ketdik. Hatto ismlarimizniyam söramadik, bilmadik. Bizni uçraştirgan yöl mana şunday qilib, bizni yana ayirdi…

Yöl yurdim, ertaklarda aytilgandek, yöl yursam ham möl yurdim. Endi xayolimni öşa zot band aylagandi. Bir vaqtlar ayolning qiyofasidan anglaganlarimni unutganimdek, erkakning nigohidan uqqanlarimni ham unutaman, deb öylagandim. Ovora bölganim qoldi, xolos. Anglaganlarim oğir yuk kabi ustimdan bosib keldi. Men esa undan qoçiş uçun zör berib yuqoriga intilardim. Mana şu tarzda minglab zinalarni bosib ötsam hamki, öşa zotdan eşitganlarimni unutolmadim. Çunki u menga öxşardi, yöq, töğriroği, men unga öxşardim. U qaçonlardir bosib ötgan yölni men hozir bosar, u qaçonlardir tuygan tuyğularni men endi könglimdan ötkazardim. Men ham unga öxşab şiddatli edim, mening ham bu pillapoyada öz tölqinim, öz olamim bor edi. Men ham heç kimning ortidan yurmas, kimningdir tölqini panasiga yaşirinmasdim. Bu mening Tangri ato qilgan tabiatimga zid edi. Yana şuki, vaqti-soati kelib, men ham u singari  şu pillapoyadan pastga tuşişimni bilar, hatto buni iç-içdan his qilar edim. Şunda mening ham ortimdan odamlar hozirgidek ergaşmas, balki bir özim öz xayollarim bilan enib borişimni aniq-tiniq tasavvur qilardim. Xuddi unga öxşab… Demak, u menga ustoz ekan, deb öylab qoldim navbatdagi zinadan kötarilarkanman. Şu çoqqaça heç qaçon mening ustozim bölmagan edi, u bilan öşa birgina, bir zumgina davom etgan nigohlar mubohasasidan söng, töğriroği, bu haqdagi tinimsiz muşohadalarimdan söng uni özimga ustoz, deb bildim. Hatto uning nomini bilmasam ham. Şunda men ustozning kim va qanaqa bölişini bilib oldim…

Ustozni topganim yaxşi ediyu, uning közlaridan uqqanim öşa huzunli maʼno meni qiynay boşlagandi. Aqlim “unga işon!” derdi. Çunki men pillapoyaning ilk zinasidan boşlab neça mingtasini bosib ötganim bilan heç qaysisida qönim topmagandim. Bas, şunday ekan, netib yana huv osmondagisidan umidvor bölay?! Meni öşa yoqqa boşlayotgan kuç ustozim aytganidek, faqat va faqat könglimning şu ondagi holati, xolos. Bor-yöği – şu! Olamning mazmuni bizning öz könglimizdagi mazmun bilan qoimdir! Axir men hozir yoş va ğayratliman, umid va orzu içimda bolalab yotibdi. Ular-çi, ular – öşa ayol, ustoz? Ularning tanalari qaridi. Içlaridagi orzu-umidlar esa quş misol birin-sirin uçib ketdilar. Şuning uçun ham közlarida tiklab bölmas horğinlik aks etgan. Axir, ularning qiyofalaridagi surunkali çarçoq, aslida, köngillarining ifodasi emasmi? Ustozning “yuqorida heç narsa yöq”, degani aslida, şu tobdagi böm-böş könglidan çiqayotgan sado edi-da!.. Ammo… ammo bilasizmi, ustoz endi pastdan – pillapoya ibtidosidan nimadir kutayotgan edi. Nazarimda, bu uning yuragini tark etmagan yakkayu yagona ilinji edi… Axir, men kuni keça öşa quyiga tuşib borganim bilan köpçilik kirib közdan yöqolgan joyga, pardaning ortiga ötmadim-da! Ustozning umidi öşa pardaning orqasidagi dunyo bilan boğliq edi endi…  Har holda uning közlarida şu maʼno ham bor edi…

Lekin men davom etardim. Aytdimu boya, men heç kimning soyasida namoz öqimayman, deb. Yana mingta erkagu ayol yölimdan çiqib, nigohlari orqali menga öşa birgina haqiqatni uqtirişga urinişsa ham, men, baribir, öz yölimdan qolmasligimni bilardim. Çunki mening içim, muborak zotning huvillab qolgan botinidan farqli ölaroq, orzu-umid bilan töla edi. Nazarimda, ular allaqanday, özim ham tuzukroq anglamaydigan ğaroyib bir möjizaga qaratilgan edi. Bu möjiza özimgaça mavjud bölgan har qanday haqiqatdan yuksakroq va kuçliroq tuyulardi men uçun. Möjizani esa özgalar bosib ötgan yöl emas (hatto ular ustoz bölsa ham), balki oldimda qaddini ğozdek kerib turgan mana şu pillapoyagina hadya qilişi mumkin edi. Garçand u hamma yuradigan, hamma bir-bir bosib ötadigan bitta, yagona pillapoya bölsa ham. Kim biladi deysiz, ehtimol, men ustozim çiqib ulgurgan zinalarning yarmini ham bosolmasman, balki undan ikki hissa balandroq kötarilarman. Bunisi nomalum va bilasizmi, xuddi mana şu nomaʼlumlik meni öziga ohanrabodek tortardi. Şu sabab men ustozim  ögitini bağrimga mahkam bosib, Xudo degança pillapoya böylab oldinga – yuqoriga talpindim…                                                                            Uluğbek HAMDAM  

“Yoşlik” 2012/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)