51 daqiqada öqiladi

694 marta körilgan

Bir tomçi yoş

Luqmon Börixon

(Qissa)

 

Umid – yerda yotgan polapon.

Rasul Jumayev

 

I

Bu gal ham qarz undira olmadi. Şaharning qoq kindigidagi gavjum bozorda  dökon oçib, oldi-sotdiga köngil qöyib ançagina boyib qolgan, talabalik taʼmini birga totgan dösti Öktam ham mijğovlanib bir dunyo bahonani qalaştirib taşladi. Şu kunlarda kiçik korxona oçiş taşvişida yurganini, xarajat ustiga xarajat jabrini çekayotganini, tağin tört-beş taniş-biliş olti oyça burun bir hafta içida qaytarişga qasamlar içib ançagina qarz olişganini, lekin hali-hanuz qaytarmay kuydirib yurganini ayta-ayta hasrat qildi. Yaʼnikim, igna-ip tilanganning qarşisiga yirtiq işton bilan çiqdi.

Baxtiyor qarz undira olmaganidan ham köra döstining nigohlaridagi ifodadan xafa bölib ketdi. Bu qaraşlarda istehzo, masxara qalqib turardi. Öl, bu kuningdan, degan maʼno, dösti harçand yaşirişga urinsa-da, qoraçiğlar tub-tubida yiltillab körinardi. Har holda Baxtiyorga şunday tuyuldi.

U uvuşgan barmoqday böşaşib köçaga çiqarkan tomoğiga tiqilgan xörlikni arang içiga yutdi.

Endi nima qiladi? Unga rahmi kelib, safarga birga olib ketişga  köngan haligi brigadirga endi nima deydi? Yölkira topolmadim deydimi sönarib? Qarindoşlardan ham baribir naf yöq. Yo narigi mahalladagi sudxördan qarz kötarsamikan? Bir oz taniş-bilişligi bor, balki qarz foizini arzonroq qilib berar?

Baxtiyor göyo qayon yurişini bilmagandek böm-böş çöntaklarida qöllarini muşt qilib tukkan köyi köça boşida ivirsib turib qoldi. Söng sal naridagi tanalari quruqşab, burişib ketgan qari tutga behol suyandi.

Çor-atrofdan bahor nafasi ufurardi. Yam-yaşil yaproqlarga burkangan dov-daraxtlar yengil epkindan ohista çayqalib turardi. Köça böylab uzalib ketgan beton ariq lablari ham rango-rang çeçaklar, öt-ölanlar bilan qoplangan.

U beixtiyor özi unib-ösgan Arpasoy adirlarini esladi. Qöy-qözilar ortidan böyinsalari bilan çopqillaşib yurişlari köz öngidan lip-lip ötdi. Yuragida silqib turgan xörlikka soğinç hislari ham qöşilib közlari namlandi.

Bepoyon kengliklar, yulduzli, sohir keçalar, goho qayğu, goho quvonç qalqqan qiyofalar, bir söz bilan aytganda, tevaragida tovlanib turgan tiriklik öşa kezlar Baxtiyorda ğalati tuyğular qözğardi, köngli baʼzan maʼyus tortib, baʼzan şodlikdan tölqinlanar edi. Közi körib, köngli sezgan barça-barça manzaralarni qoğozlarda tasvirlagisi kelardi. Yaʼnikim, musavvirlikka işqi tuşmiş edi. U sinfxonadan öğirlab çiqqan bör bölagi bilan qir etagidagi xarsangtoşga har xil narsalarning rasmini çizib taşlar, tevaragiga tappiday tizilgan teng-töşlari tek qotib uning qöl harakatlarini havasmand kuzatişar, ahyon-ahyon qoyil qolgannamo boş çayqab, rasm roppa-rosa asliga öxşaganini eʼtirof etişar edi. Köp ötmay Baxtiyorning iqtidori maktab böyiça tan olindi. Har bayram arafasida muallimlar devoriy gazetalarini bezab berişni undan ötinib söraydigan bölib qolişdi. Maktab endi-endi bitay deb turgan ajoyib kunlarning birida  soç-soqollari ösiq, kulrang kepkasini boşiga bostirib kiygan Georgiy ismli rassom qişloq biqinidagi tevaragi yulğunzor, qamişzor zovur böyida paydo bölib qoldi. U rassomçilik aşqol-daşqollarini oldiga yoyib, arzon nav sigaretini tutatgan köyi kengliklar uzra şom quyilişini soatlab tomoşa qilib ötirar, ahyon-ahyon  qarşisidagi molbertiga allanimalarnidir çizgilab qöyar edi.

Baxtiyorning otasi uning oldiga ikkita aroq, bir toğora qovurdoq kötarib bordi. Öğlining qoğozga tuşirgan rasmlarini körsatdi. Öğlingiz böladigan bola, unda daholik alomatlari bor, dedi Georgiy  böşagan şişalarga qöşilib özlari ham yumalab qolişgan bir paytda. Ketar çoği poytaxtlik rassom özining telefoni raqamlarini berdi, maktabni bitirgaç, meni topsin, dedi.

Ammo taqdir yöllanmasi boşqaça ekan. Amakilaridan biri Baxtiyorni qöyarda-qöymay viloyat markazidagi muhandislar tayyorlovçi institutga yetaklab bordi. Zör oşnolarim bor, seni öqişga kiritib qöyişadi, dedi. Lekin Baxtiyor yiqildi. Talaba böla olmadi. Va öşa kuz harbiy xizmatga çaqirildi. Odatda askarlikdan yigitlar çiniqib, qotayib, qayralgan qiliçday çatnab qaytişadi.  Baxtiyor esa kasalmand ahvolda qişloğiga kirib keldi. U xizmat qilgan quriliş batalyoni zavodlarning biridan zaharli çiqitlarni vagonlarga yuklaş bilan şuğullanardi. Baxtiyor dam sayin özini behol sezar, ahyon-ahyon boşi aylanib, közi tinib yiqilib qolar edi. Xizmat tugaş arafasida askarlarni körikdan ötkazgan vraç ana şu çiqitlar kasofatidan Baxtiyorning yuragida illat paydo bölganini taʼkidladi. Senga  qayğuriş, qattiq hayajonlaniş mumkin emas, dedi u bir dunyo dori-darmonlar röyxatini qöliga tutqazar ekan. Vraçning öşa ogohlantirişlarini Baxtiyor keyinçalik eslar ekan, goh kulgisi qistar, goh ensasi qotar edi. Axir bu dunyoda  hayajonsiz, qayğusiz yaşab bölarkanmi?

Harbiylikdan keltirilgan yöllanma şarofatidan Baxtiyor öşa muhandislar tayyorlovçi institut talabasi böldi.

“Quruq çiziş-miziş bilan bundan buyon tirikçilik qilib bölmaydi, – deya yana peşgirlik qildi öşa amakisi, – kelajakda non topib bera oladigan kasbning etagidan tutgan maʼqul. Juda çizging kelsa, injener bölib ham böyoq-möyoğing bilan şuğullanib yuraverasan.”

Avval boşida amakisining nasihatlari Baxtiyorga ham jöyali tuyuldi, keyinçalik esa xato qilganini angladi. Musavvirlik sanʼatining sehri yigitni betinim öziga çorlardi. Baxtiyor ijara uyini kiçik bir ustaxonaga aylantirdi. Öqişlar ölda-jölda qoldi. Goh u, goh bu domlaning könglini topib kursdan kursga ötib yurdi. Ammo çizganlari ham tuzuk baholanmadi. Töğriroği, viloyat miqyosida uning işlarini tuşunib, munosib qadrlaydigan odam topilmadi. Poytaxtga qatnab asarlarini muhokama qildirişga unda na pul, na fursat bor edi. Şu orada uzoq bir qarindoşlaridan birining qiziga uylandi. Öz-özidan böyniga olaxurjun osilib rözğor bilan andarmon böldi-qoldi. Amal-taqal erişilgan mutaxassisligi böyiça iş sörab bir-ikki idoraga boş suqdiyu, ammo hafsalasi pir böldi. Iş yöq. Dimoğdor boşliqlar oldida har egilgan çoği çöntagidagi diplomining qattiq qirralari köksiga botib-botib ketgani qoldi, xolos. Şu orada harbiylikdan orttirgan kasali yana bir bor yengil xuruj qilib ötdi. Uç-tört kun davolangan böldi. Nihoyat, Arpasoyning latlangan qovuniday böşaşib yurgan şunday kunlarning birida omadi çopib qoldi. Öşanda lölilar mahallasiga yaqin joyda, befayz, arzon oşxonada ilimiq şörva içib ötirardi. Özidan andak naridagi, aftlaridan quruvçi ustalarga öxşaş xörandalar diqqatini tortdi.

 “Xöjayin haqimizni bermayapti,” – dedi ulardan biri non bölagini oğziga solarkan.

Şerigi unga taajjublanib köz taşladi.

“Nega, uyini boş-adoq qurib berdilaring-ku?”

“Beş xonaga ham gul çizib çiqişimiz kerak ekan.”

“Içimizda rassomimiz yöq demadingmi?”

“Brigadada hamma mutaxassislikdan odam bölişi şart emiş.”

Baxtiyorning quloği ding qotdi. Hatto, şundoqqina qanşariga kelib qöngan noyob tur kapalakni çöçitib yuborişdan qörqqandek bir nafas damini içiga yutib ötirdi. Söng sekin ularning yoniga ötdi, özini taniştirib bexos ularning gapiga quloq solgani uçun uzr söradi…

…Bir ozdan söng dovdiranib-ğudranib yonlarida  ötirgan, qoramağiz, soçlari hurpaygan, ozğin yigit rassom ekanligini bilib quruvçilar avvaliga ajablanib köz uriştirişdi, söng babbaravar iljayişdi.

Öşanda quruvçilar emas, aslida taqdir tabassum qilgan ekan. Baxtiyor öz işini topib oldi. Quruvçilar töpidan rassom maqomida joy olib ne bir uylarning devoriga manzaralar, naqşlar çiziş bilan şuğullandi. Nozik did, betizgin xayolot mahsuli bölgan çizmalar qaraganni bir zum öziga sehrlab qöyardi. Baxtiyor yon-atrofga tez tanildi. Unga uyini bezatişni istaganlar navbat talaşib qoladigan bölişdi.

“Sening isteʼdodingni ilgari heç tan olmagandim, – dedi öşa rahnamo amakisi, kunlardan bir kuni Baxtiyor uning yangi qurgan imoratiga çizib bergan naqşlarga mahliyo tikilarkan, – ana endi hunaringga beş ketib ötiribman, uka. Avval boşidayoq seni Toşkentga olib bormaganimdan afsusdaman. Sening joying poytaxtda, uka. Ha, mayli, heçdan köra keç degan örislarning maqoli bor. Endi Toşkentga borasan. Eng zör rassomlar bilan tanişib aka-uka kirişasan. Öşa yoqda işlaysan. Men özim senga yordam beraman. Ketişga taraddud köraver…”

Baxtiyor amakisining mehribonçiliklariga iljayibgina qöydi. Uning endi Toşkentga borgisi yöq edi. Töğriroği, bu yerdagi işini, tuzukkina tuşumni, izzat-obrösini közi qiymadi. Axir poytaxtga borsa hammasini nöldan boşlaşi kerak. E-he-ye, katta musavvirlar davrasiga kirib olgunça yana qança ter tökişi kerak. Ayni paytda Baxtiyorning bunga tobu toqati yöq edi. Axir bu yerda pul topayapti, pul!  Ham otasining rözğorini, ham özini boqayapti. Hiylagina xarob bölsa-da, viloyat markazidan kiçkinagina hovli sotib oldi. Özi ham ançagina tölişib qoldi. Eski kasali tuzalib ketganday böldi.

“Siz yurak xastaligi böyiça hisobimizda turasiz, tez-tez bizning körigimizdan ötib turing,” – deya zorlangan mahalla vraçining gaplariga quloq solmay qöydi. Hatto baʼzi bir boyvaçça buyurtmaçilar işdan söng beradigan ziyofatlardan gandiraklab arang qaytadigan bölib qoldi. Mayxörlikka örgana boşladi.

Bir gal badavlat bir qassobning imoratini poydevoridan tortib tomiga dovur bitirib, yaxşigina daromad qilgan brigada şaharning ovloq bir çoyxonasiga boş suqdi. Tevaragi quyuq dov-daraxt bilan öralgan bu göşa bir qaraşda xuşmanzara, toza-ozoda körinsa-da, aslida isqirt, qölansa isli joy ekan. Quruvçilar oçiqişgan edi. Boşqa çoyxona topişga xafsala qilişmadi. Tubida beş-olti çelak qoramtir suv qalqib turgan hovuz böyidagi çorpoyaga ötirişdi. Köp ötmay taom izidan taomlar tortildi, böşagan may şişalari birin-ketin çorpoya tagiga yumalay boşladi. Hovuz böyini ğala-ğovur, mastona qiyqiriqlar, kulgilar tutdi. Şom qönar-qönmas boşlangan bazm to tun yarmiga dovur davom etdi.

Öşa kuni Baxtiyorning taʼbi mayga köp tortmadi. Ikkov ora-ikkov ora bölib, allaqanday ikir-çikirlar haqida gaplaşib, bahslaşib yotgan davrani maʼyus kuzatib ötirardi. Nogoh uning közi hovuz tubidagi kölmakda balqib turgan yulduzlarga tuşdi. Isqirt bir kölmakda balqib turgan yulduzlar! Tun! Qop-qora, motamsaro daraxtzor! Körganlari Baxtiyorga sirli bir hikmatlar söylardi, fikratiga sirli bir işoralar qilardi. Uning yuragida taniş, juda taniş tölqin kötarildi. Lazzatli bir iztirob butun şuuriga silqib kirdi.

“Buni qarangla-ar!” – Beixtiyor qiçqirib yubordi u.

Tevaragidagilar avval rassomga, söng u işora qilib turgan tomonga köz taşlaşdi.

“Nima? Nima gap?”

“Tinçlikmi?”

“Biror nima hovuzga tuşib ketdimi?”

Ayniqsa eng sönggi sörov Baxtiyorni battar hayajonlantrib yubordi:

“Ha, qaranglar! Kölmakka bir hovuç yulduz tuşib ketibdi!”

“Eh, bor-yöği şumi, men nima balo ekan deb öylabman,” – deb mastona pönğilladi brigadir.

Boşqalar ham hafsalasi pir bölgan köyi ğudranib qöyişdi.

Şu tob… şu tob Baxtiyor teran bir tuyğudan titrab ketdi: hamişa hamdam, hamqadam, hamşişa mana şu odamlardan u naqadar uzoq! Naqadar begona bular unga!

Baxtiyor bir intilib dasturxon örtasida turgan, içidagi içkilik yarimlab qolgan şişani böğzidan tutdi, çetlari uçgan piyolaga tökib-soçib aroq quydi. Söng dovdiragan köyi taxir taʼm suyuqlikni sipqorib yubordi. Öz-özlari bilan ovora, bir-biriga quloq solmay gapirib yotgan şeriklari unga deyarli eʼtibor berişmadi.

Baxtiyor qarşisidagi qop-qora böşliqqa maʼyus-mahzun tikilgan köyi jim qoldi. Bir piyola limmo-lim içkilik ham u istagan möjizani bermadi. Yolğizlik, tevarakka begonalik hissi uni tark etmadi. Böğzini kuydirib xörlik, alam toshib kela boşladi. Baxtiyor höngrab yubormaslik uçun lablarini qimtib, qult-qult yutindi. Ammo urinişlari besamar ketdi. Avvaliga közlaridan aççiq yoş sizib oqdi, söng… tuyqus böğzidan böğiq bir sas otilib çiqdi. Mast-alast şeriklar yalt etib u tomon ögirilişdi.

“Ha, nima gap?! Tinçlikmi?”

“Biror joyingiz oğriyaptimi?”

“Kayfi oşib qoldimi deyman.”

Hamşişalarning biri qöyib-biri olib ketma-ket söroqqa tutişlari, turtkilab-tortqilab ovutişga  urinişlari  Baxtiyorning battar xörligini toşirdi. Yoğ, böyoq isi qorişib ketgan kaftlarini yuziga bosib baralla höngraşga tuşdi.

“Nima balo, aqldan ozdimi bu?!”

“Maişatning ham beliga tepdi.”

“Töğrisi, şu rassomimizga umuman tuşunmadim. Bir qarasang soatlab laqillab gurung beradi, bir qarasang kun böyi miq etmay xayol suradimi-yey, ğamga botib yuradimi-yey….”

“Kim biladi, içida bir dardi bölsa kerakda beçoraning.”

“Davay, uni höngillatmay tezroq uyiga olib borib taşlaylik.”

Öşa tunda Baxtiyorning kasali yana xuruj qildi.

“Ana aytmadimmi, tez-tez körikdan ötib turiş kerak deb. Siz esa bökib içib yuribsiz” – dedi mahalla vraçi, uning tovuşida bezovtalikdan köra tantana köproq edi.

Baxtiyor ön kunça viloyat kasalxonasida davolanib çiqqan böldi. Ketar çoği döxtirlar odatdagiday tayinlaşdi: “Sizga qattiq taʼsirlaniş  taʼqiqlanadi. Spirtli içimliklardan mutloq uzoqroq yuring.”

Baxtiyor odatdagiday boş irğab qöydi. Öşa tunda körgan manzarasi hali-hanuz uning köz öngida turardi. Kasalxonadan çiqiboq möyqalam tutişni möljallab yurardi.

“Agar şuni ham eplasam, ikkita zör kartinam bor böladi!” – xayolidan ötkazdi u. – Keyinroq Toşkentga olib boraman. Eng maşhur rassomlarga körsatib maqtanaman. Yöq, yöq, bira töla poytaxtga köçib ketaman. Faqat ijod bilan şuğullanaman. Ungaça iqtisodni tiklab olaman, uç-tört yil işlamasam ham rözğorim keçadigan darajada mablağni ğamlayman.”

Baxtiyor viloyat markazidan olgan uy boloxonali edi. Unga ayniqsa şunisi maʼqul bölgandi. Baxtiyor boloxonani hafsala bilan taʼmirlab, öziça ustaxonaga aylantirib oldi. Ahyon-ahyon yelkasiga tönini yelvagay taşlab uning yoğoç zinalarini ğijirlatib yuqoriga kötarilarkan, özini daho musavvirlardek his qilar edi.

Ammo Baxtiyorning öylaganlari orzuligiça qolib ketdi. Oradan bir yil ötar-ötmas quriliş-taʼmirlaş olamida “yevroremont,” “turkça fason,” “yaponça fason” degan usullar keng urf böldiyu, uylarga gul çizdiriş, naqş urdiriş eʼtibordan qoldi. Baxtiyorning bösağasidan mijozlarning oyoği uzildi. Tirikçilik taşvişi butun zalvori bilan yana uning ustiga quladi. Hovli-joyni qayta qurib oliş niyatida yiğib qöygan jamğarmalari ham yil ötar-ötmas  sob böldi. Baxtiyor gangidi. Qişloği sari jonsarak yuzlandi. U bir paytlar, toparmon-tutarmonlik paytlari, xotinining ne bir hay-haylaşlariga qaramay  qavmu qarindoşlariga saxovat körsatgan, töyyu maʼrakalarida oçiq qöllik bilan xizmat qilgan edi. Ammo ulardan muruvvat bölmadi. Hatto katta yangasi bezrayganiça çaqib oldi:

”Pul topib biz bilan beminnat bölişgansiz deb quvoniblar yurgandik, lekin… bir kun kelib bergan uç-tört sömingizni peş qilib kelasiz deb öylamagandik…”

Baxtiyor  yalt etib yangasiga, uning yonida sönarib turgan akasiga qaradi. Axir u bir paytlar körsatgan kömagi haqida oğiz ham oçmagan edi! Şunçaki, ozgina qarz söragan edi, xolos! U çuqur bir xörsinib, heç nima demay, uydan çiqib ketdi.

Öşa rahnamo amakisi esa uning ozğin-tözğin loşini körgandayoq sergak tortdi. Işi yurişmay, tirikçiligi keçmay qolganligi haqidagi uzundan-uzoq şikoyatini oh-voh bilan eşitdi. Söng közlarini yarim yumib, xumday boşini ohista çayqagan köyi minğirladi:

“Seni dunyoga maşhur rassom bölib ketasan deb öylagandim. Lekin görga ham bormading. Böş-bayovliging pand berdi…”

Amakining iddaolari jon-jonidan ötib ketdi. Ammo qaysarlarça örnidan turib ketişga nimalardir monelik qildi. Göyoki yelkasidan ulkan toğ bosib turgandek edi.

“Mayli, urib-sökib bölsayam ozroq pul bersin,” – xayolidan ötkazdi u yerdan köz uzmay. Ammo bu öydan yuragining qay bir nozik tomiri çirt etib uzilganday böldi.

Amaki Baxtiyorning könglidagini payqadi-yov, har qalay aft-angorini tiriştirib çöntak kavladi. Baxtiyor qarindoşinikidan quvonib qaytdi.

Otasi esa uning yöqlab borişini kutib ötirmadi. Nevaralarini köriş bahonasida şaharga tuşdi. Ammo esi-dardi öğlida ekanligi şundoqqina yuz-közidan bilinib turardi.

“Bolam, qöramda uç-törtta kötaram qöyim bor, xohlasang bir oz boqib semirtir, xohlasang şu holiça sotib yubor, tirikçiligingni öngla,” – dedi u öğliga beadoq hasrat bilan tikilib.

Baxtiyor şu alfozda olti oyça kun kördi. Söng eski bir tanişlarini örtaga qöyib, yalinib-yolvorib şahardagi qöşma korxonalardan biriga madaniy-maʼrifiy işlar bölimiga örnaşdi. Har xil şiorlar, hikmatnamo, maqolnamo gaplar bitilgan panolar tayyorlaş, lozim joylarga suratlar, yöriqnomalar çiziş kabi mayda-çuyda vazifalar uning zimmasiga yuklatildi.

“Hozirça sinov muddati bilan olamiz, maoşingiz kamroq böladi, – dedi xöppa semiz, yuz-közlariga ayovsiz upa-elik çaplangan ayol, – işingiz maʼqul bölsa, uç oydan söng ştat böyiça haqingizni olaverasiz…”

Öşanda keç kuzning izğirinlari izğib turardi. Sovuq. Lekin Baxtiyor quvonçdan qoni qizib, közlarida öt porlab uyiga qaytdi. Xotiniga köngli iyib, mehr bilan tikildi: “Matluba, senga rahmat. Qiyinçiliklarga sabr qilding, kamimni yaşirib, köpimni köpirtib körsatding.”

“Qöying-ye, – deb piçirladi Matluba, erining erib, erkalab qaraşlaridan xijolatlanib. – Non topib kelayotgan siz-ku, men bir taşvişingizni mingga köpaytirişdan boşqasiga yaramayotgan bölsam…”

Öşa qöşma korxonaga işga örnaşgan kuni Baxtiyor uçun çinakam bayram böldi. Xotini ikkisi bolalarni sayrboqqa olib çiqişdi. Keçqurun uyda oş damlandi. Xuş hol örin-töşakka çözilişdi, ammo… tun yarmida tuyqus Baxtiyorning uyqusi qoçdi.

Kun böyi yuragi toshib, quvonçga qorişib, hayajonga kömilib yurdi-ya?! Nega?! Nima uçun?! Bor-yöği allaqanday korxona böyoqçilikka olgani uçunmi?! Nahotki, şu darajada maydalaşib ketdi?! Nahotki, şu qadar ojiz va notavon odamga aylandi? Çiziş-böyaş yumuşini eplaydigan kadr kerak ekan, ana, işga olişdi, şunga nima? Manglayida daholik yulduzi porlab turgani uçun unga talpinişgani yöq. Aksinça, u talpindi, yalinib-yolvordi öşalarga! Qanday minnatdorçilik izhor qilişni bilmay qiynaldi, qiypangladi! Öşa mutasaddilar uni iqtidori, isteʼdodi uçun arşi aʼloga kötarişgani yöq, şunçaki, sinov muddati bilan xizmatga olişdi, xolos. Tinkangni quritib işlatişadi, minnatu iddaolar, betiyiq amru farmonlar bilan xörlaşadi, söng xuddi layça oldiga suyak taşlagandek, qölingga öşa moyanangni tutqazişadi. Sudralib uyga qaytasan! Sudralib yana işga borasan! Bir umr şunday! Bir umr sudralib ötasan! Şuning uçun behad quvonib yuribsanmi?! Orzularing şumi sening!

Baxtiyor şunday iztirobli öy-xayollar iskanjasida ezilib örnidan turdi. Kuyovlikdan qolgan töniga burkanib taşqariga çiqdi. Quruq sovuq beayov zabtiga olardi. Ayoz qisgan osmonda yulduzlar diydirabgina körinardi.

Baxtiyor yoğoç zinalarni ğijirlatib yuqori kötarila boşladi. Boloxona! Mana uning dunyosi! Mana orzulari olami! Tovuq qönoğidek kiçkinagina ustaxona! U paysallanib lampa-chiroqni yoqdi. Pastak, har xil böyoq va qirindi isi qorişgan hujra tilla tusda yorişib ketdi. Bu yerda musavvirlik aşqol-daşqollari tözğib yotibdi. Örtada molbert. Çekkada çang bosgan, uyning avvalgi egasidan qolgan divan. Çala çizilgan surat. Huvv, çoyxonada hayajonlantirgan manzara. Baxtiyor uni tugatişga ulgurmagan, yana tirikçilik taşvişlariga andarmon bölib ketgan.

Baxtiyor xuddi birov körib qolişidan qörqqandek tevaragiga tezgina alanglab oldi-da, burçakda qiyşayibgina turgan, tokçalariga kitoblar, jurnal-gazetalar taxlangan javon ortiga qöl çözdi.

U hamişa şunday qiladi. Horigan, bezigan, ezilgan kezlari xuddi şunday boloxonaga çiqib keladi. Javon ortiga yaşirib qöyilgan, bözga öroğliq kartinani hujra örtasiga ohista olib, ohista oçadi. Köngli yorişib, yuz-köziga tabassum yoyiladi.

Mana, uning bebaho boyligi! Yuragi! Quvonçi! Soğinçi! Najoti! Orzu-umidlari! Uning umri!

Baxtiyor bu kartinasini talabalikning sönggi yilida, bir oyça ijara uyidan çiqmay çizgan edi. Garçand bu işini hozirça heç kimga körsatmagan, heç kimga baholatmagan bölsa-da, favqulodda noyob bir sanʼat asari yaratib qöyganini iç-içida his etardi. Asarini har gal körganida könglida hayotga işonç va umid qabarardi. Horğinlikda çarçoği tarqab, tuşkunlikda ruhi kötarilib, kuçiga kuç, ğayratiga ğayrat qöşilardi. Şuning uçun ham ğam-ğussa iskanjasida qolgan kezlari, yelkasiga tönini taşlab, xuddi kök toqiga yöl olganday, viqoru salobat bilan sekin boloxonaga kötarilar edi.

Uning boloxona tomon yuzlanayotganini körgan xotini ham iç-içida quvonadi. Çunki u tuşkun, aftodahol eri yuqoridan yengil tortib, közlari ilhomdan çaqnab tuşişini, xuddi sehrli giyohlar şarofatidan soğaygan bemorday yaşnaşini juda yaxşi biladi.

Ammo öşa tun Matluba erining tuyqus boloxonaga çiqib ketganini payqab ajablandi. Axir işga kirib, dimoği çoğ, vaqti xuş bölgan edi-ku?! Nega yana taşvişlanib qoldi?

Özi bilan özi andarmon Baxtiyor albatta, xotinining bezovtaligini payqamadi. Öşa tun boloxonada odatdagidan köproq qolib ketdi.

Afsuski, qöşma korxonadagi faoliyat ham uzoqqa çözilmadi. Endigina sinov muddati tugab, oğzi oşga yetgan mahali, arzimagan anglaşilmovçilik kasofatiga yöliqib işdan haydaldi.

Falokat bahorning ilk kunlarida röy berdi. “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni! Ayyom muborak ayollar!” degan bitik tayyorlab peştoqqa ilib qöyiş maʼmuriyat tomonidan buyurildi. Baxtiyor tuni bilan işlab hammasini risoladagidek bajardi. Ammo… çarçoq kasridanmi, yo odatdagi parişonlikdanmi, har neçuk uzundan-uzoq bitikdagi suv-havoday zarur yakkayu yagona “z” harfi tuşib qolibdi! Bu kasofat yetişmovçilikni ertasi kuni maʼmuriyat payqab qolganda… ança keç bölgan, korxona eşigidan kirib kelgan har bir odam bitikka köz taşlab ulgurgan edi. Darhol rassomning arizasi olindi.

Baxtiyor korxona darvozasidan sönggi bor munğayibgina çiqarkan öşa tungi iztirobli yozğirişlari lop etib esiga tuşdi: “Noşukurçiligim uçun Xudo meni jazoladi-yov…”

Jazoning beayovlari hali oldinda ekan. Baxtiyor uçun yana jonsarak kunlar boşlandi. Qarzga botdi. Qarindoşlar oldida sönardi. Şu orada kimdir biror bir tahririyatga iş topişni maslahat berdiyu, Baxtiyor öşanday joylarga boş suqib kördi. Boş suqdiyu tahririyatlarda rassomlarga u qadar ehtiyoj yöqligiga tezgina amin böldi.

“Ilgargi zamon bölganda sizni bajonu dil işga olardim. Ammo-lekin… hozir hammayoq kompyuterlaşib ketdi. Menga kompyuterlarni zör biladigan dizaynerlar kerak…”

Baxtiyor bu ğaroyib anjomning siru sinoatidan bexabar edi. Lekin bir oz qunt bilan harakat qilsa, tuzukkina örganib olişiga işonardi. Hatto şu niyatda kompyuter markazlari tevaragida timirskilanib kördi. Va bildiki, bu ham  ançagina vaqt, xarajat talab qiladigan  maşğulot ekan. Hafsalasi pir böldi-qoldi.

Egni tuşib, etagi sudralib yurgan şunday kunlarning birida kutilmagan uçraşuv röy berdi.

Öşanda Baxtiyor eski quruvçilar brigadasi bilan topişib, ularning baʼzi bir yumuşlariga qaraşib, ikki-uç tanga çoy puli işlab, tinka-madori qurib uyiga qaytib kelmoqda edi.

Yoz çillasi hovur purkardi. Şahar öt yoqilgan tandirday qizib yotardi. Tirik jon özini soya-salqinga urgan. Yöllarda qatnov siyrak.

“Baxtiyarçik!”

Muyulişlarning biridan endigina qayrilgan Baxtiyor öz ismini eşitib atrofiga alangladi. Odatdagi parişonligi kasridan avvaliga dabdurustdan heç kimga közi tuşmadi, söng… pastqam dökon biqinida bir burdagina bölib ötirgan nusxani payqab, unga taajjublanib tikildi.

“Çto, menya ne uznayoş, – deya tağin gap qotdi öşa nusxa. – Ya je Georgiy, uznal. Nu-ka, podaydi ko mne.”

Georgiy! Nahotki manavi tasqara öşa rassom! Aft-angori kir-çir, soç-soqollari ösiq, ustida çuvrindi kiyim.

“Meni bolaligimda bir martagina körgan, – öyladi Baxtiyor böşaşib yurinarkan, – E-he-ye, oradan qança yillar ötib ketdi. Qiziq, meni qanday tanidi u?!

Georgiy yalpaygan joyidan jilmay unga tikilib turardi. Baxtiyor odatdagi takalluf yuzasidan iljaydi, quyuq salomlaşiş uçun oğiz juftladi.

“Кажется, ты удивляешься, что я узнал тебя? – deb qoldi dabdurustdan Georgiy, – iskra genialnosti tebya na lbe blestit!

Baxtiyor rusça gapirişga nönoq bölsa-da, lekin tilni tuzukkina tuşunardi. Daydining eʼtirofi unga moyday yoqdi.

“Zdrastvuyte, Georgiy aka,” – dedi körişiş uçun qöl çözib. Lekin daydi alik olmadi. Hatto Baxtiyorning uzatgan qöli havoda muallaq qoldi.

“Risuyeş?” – deya yana dabdurustdan söradi Georgiy, unga sinçkov-savolçan tikilib.

Baxtiyor kalovlandi. Nima deb javob berişini bilmadi.

“Oz-moz harakat qilyapman,” deyişga oğiz juftlab rusça kerakli sözlarni izladiyu, ammo… qarşisidagi bir juft közlardan sehrlanganday lol qotib qoldi. Ular heç qaçon allaqanday isqirt daydinikiga öxşamas edi. Bu közlar mavjlanayotgan moviy dengizdek edi. Yöq, bir juft gavhar misol tovlanib, porlab turardi. Ğuborsiz osmonday tip-tiniq edi bu közlar! Hoynahoy, hayotidan mamnun-masrur odamning közlarigina ana şunday çaraqlab turadi.

“Çto umolk? – dedi Georgiy bir ğimirlab qöyarkan, – ya sprosil: рисуещь ili net?”

“Da…” – Baxtiyor ahyon-ahyon möyqalam yurgizib turganini amal-taqal tuşintirgan böldi.

“Gotovaya kartina yest u tebya?”

Baxtiyor yana sarosimalandi. Bir dona bor deyişdan uyaldi, qolaversa, uni birovlarga körsatişni istamasdi, qandaydir qizğanardi. Lekin şu tobda şundoqqina paydo bölib qolgan yetuk musavvirga işini körsatib, uning fikrini biliş istagi ham könglida ğimirlab qoldi. Şuning uçun ham:

“Ha, bir dona bor,” – dedi ğudranib.

Georgiyning közlari moviy-yaşil ranglarda tovlanib ketdi.

“Mojno mne posmotret, pokajeş?”

Baxtiyor uning isqirt ust-boşiga kişi bilmas razm solib çiqdi. Bunday daydinamo nusxa bilan şahar köçalarida yetaklaşib yurişga iymandi. Biroq baribir öşa qiziqişi qitiqlab qöymadi.

“Böpti, yuring uyga boramiz,” – dedi andak ikkilanib turgaç.

Georgiy bir qaraşda bir paytlar otasi oldiga solib bergan kötaram, qötir qöyga öxşab körinsa-da, favqulodda tetiklik bilan dik etib örnidan turdi.

Xayriyat, öşa kuni xotini, bolalarini olib qişloqqa töy-töylab ketişgan ekan. Yöqsa, eri ergaştirib kelgan mavjudotni körib esidan ayrilişi mumkin edi.

Georgiyga Baxtiyorning xarobgina hovlisi, ayniqsa, boloxonasi yoqib qoldi.

“Самое подходящее место для творчество, для художника,” – dedi tevarakka alanglab.

Baxtiyor uning sözlariga deyarli eʼtibor bermadi. Hayot-mamoti hal bölayotgan mahbusdek titrar, yuragi gurs-gurs urar edi.

“Vot… – dedi u arang, lablari hayajondan quruqşab, javon ortidan kartinasini olib, eski divanda yalpayib ötirgan Georgiyning qarşisiga qöyarkan.

Keksa musavvir aftidan Baxtiyorning hol-ahvolini payqadi.

“Idi, poka pogulyay gde-nibud minut desyat, – dedi hamdard bir ohangda, –  sam razvernu i posmotryu.”

Bu taklif hayajon va hadikning zöridan içaklari böşaşib bezovta qilayotgan Baxtiyorga ayni muddao böldi. Şu zahotiyoq yelka qisib, yuz-közlarini kafti bilan bekitib pastga otildi. U bir paytlar öziga ardoqli bölib qolgan uloqni qurbonlik  uçun şaylaşgan çoğ şunday ahvolga tuşgan va şu holatda daşt tomon çopib ketgan edi.

Yöq, oradan ön emas, ön beş daqiqalar ötdi. Hojatdan çiqib, özini ança bosib olgan Baxtiyor bir-bir bosib yana boloxonaga kötarildi. Georgiy öşa kartina qarşisida yonib ado bölayotgan şamdek qiyşaygan köyi qotib ötirardi. U botinmaygina boloxonaga boş suqqan Baxtiyorni payqamadi. Şu alfozda tağin ikki-uç daqiqa turdi, söng tuyqus uyğongan kabi ilkis biqiniga ögirildi. Ösiq soqol-möylov orasida ğira-şira körinib turgan oğzini nim oçib, Baxtiyorga umrida ilk bora körib turgan möjizaga boqqandek boqdi. Söng ohista piçirladi:

“Nu-ka, day lapu.”

Baxtiyor indamay öng qölini uzatdi. Georgiy uni ohista oğziga yaqinlaştirib ğudrandi:

“Nado selovat takiye ruki…”

Yoqimli mujdadan mumday erigan Baxtiyor Georgiyning ösiq tuklari qöliga ignadek sançilganini u qadar payqamadi.

Keksa musavvir bir oz surilib yoniga işora qildi. Baxtiyor eski divanni ğijirlatib ötirdi. Georgiyning andak namlangan közlari yanada tiniq tortib, şişaday yiltillab turardi.

“Prekrasnaya rabota! Bessennaya kartina! Kogda narisoval eto?”

“Davno…” – dedi Baxtiyor minğirlab.

Georgiy öng biqinini kovlaştirib çuvrindi kiyimlarining qay bir teşigidan iyğalangan sigaret qutisini oldida, andak titrayotgan barmoqlari bilan uni oçdi. Quti içida, aftidan, u-bu yerdan terib olingan bölsa kerak, uç-törtta çala çekilgan sigaret qoldiği qalaşib turardi. Georgiy ulardan birini şoşilmay labiga qistirib tutatdi.

“No… ya ne mogu tebe çego-nibud posovetovat… лишь одно могу сказать: ты должен работать, ты должен творить.”

Baxtiyor rusça kerakli sözlarni tergilab, tirikçilik qiynab qöyganini, özini moddiy jihatdan önglab, söng butkul ijod bilan şuğullaniş niyatida ekanligini, lekin hozirça heç imkoniyat bölmayotganini aytişga çoğlanib emrandi.

Georgiy boş çayqadi. Aftidan, u Baxtiyor oğiz oçmasdanoq nima demoqçi ekanligini anglagan edi.

“Sluşay… – dedi u öyçan tebranib, – krasota, iskusstvo trebuyet jertv…  Художник всегда должен быть готовым этому… Tak sujdeno Bogom. Настоящий, гениальный художник не должен искать, ждать благ от жизни. Его талант, его свойство есть благо, есть дар Бога.”

“Bunday marhamatning menga nima nafi bor, – deb yubordi Baxtiyor xörligi kelib, – şaxsan özim uçun heç qanday  talabim yöq, lekin bola-çaqamni boqişim kerak.”

Georgiy unga xayolçan termilib qoldi. Uning haligina çaqnab  turgan közlari allaneçuk xira tortgan edi. Bir ozdan söng oğir xörsinib örnidan turdi.

“Ladno… по-моему, ты ешё не осознал смысл искусства, творения. Da, kstati, – keksa musavvir Baxtiyor şoşa-pişa matoga örayotgan kartinaga işora qildi, – ne smey eto prodat ili komu-libo podarit, ved eta tvoya jizn.”

Georgiy ketdi. Baxtiyor unga narigi muyulişgaça kuzatib qöygan böldi.

Şahar hali-hanuz haroratdan hansirab yotardi. Katta yöl böylab yelib ötayotgan avtolar, ğira-şira hovur ortida xuddi erib borayotganday tuyuladi. Qay bir hovli oldiga köloblatib sepilgan suvdan namiqqan tuproq isi dimoqlarga uriladi.

Baxtiyor uyiga köngli xijil bölib qaytdi. Şunday musavvirni mehmon qilolmadim, ahvolini köra-bila turib, heç qursa, qöliga uç-tört tanga tutqazolmadim degan öy uni qiynardi. Keyin angladiki, butkul boşqa narsa uni iskanjaga olib ezğilayotgan ekan: Georgiyning tuyqus sönargan közlari, xörsiniqlari!

Baxtiyor böşaşib hovlisiga kirarkan, qariya işora qilgan öşa xatolarini anglab olişga urinar, lekin tuzukroq xulosaga kelolmay tajanglaşar edi.

“Aslida Georgiyni uyga boşlab kelmasligim kerak edi,” – deb öyladi dahlizdagi körpaça ustiga behol çözilib u.

Ha, ha, yöl qöyilgan eng katta xato şu! Fikr olmoqçi böldilar, töğriroği, eʼtirofini eşitmoqçi böldilar. Ana, asarini maqtadi, köklarga kötardi. Nega endi quvonçdan irğişlamayapti, osmonu falakka parvoz qilmayapti? Darvoqe, asari Georgiyga yoqmaganda-çi, deylik, rassom uni yerga urib tanqid qilganda-çi? Xöş, öşanda qanday çora körardi? Suratni olovga taşlarmidi? Yo burdalab uloqtirarmidi?!

“Yöq, aslo! – Baxtiyor beixtiyor ğudranganiça qad rostladi, yuragi gurs-gurs urardi, – axir u mening hayotim, borliğim! Georgiy ham şunday dedi. Şu gapning özi asariga eng aʼlo baho.”

Baxtiyor yana körpaçaga çözildi. Xom ğiştdan qurilgan, pasttakina dahliz ança salqin edi. U bir oz mizğiş ilinjida ğujanak tortdi. Çindan ham közi ilingan ekan. Qança uxlaganini bilmaydi, bir payt yengil ğala-ğovurdan uyğonib ketdi. Qarasa, bolalari tevaragida ötirib, uning uxlaşini tomoşa qilişyapti. Öğilçasi qiqir-qiqir kulyapti. Katta  qizi uni jim bölişga undayapti.

“Dadajon, biz keldi-i-ik!” – deya qiyqirganiça kiçik qizi uning bağriga otildi. Qolganlari ham şöx-şodon uning böyniga osilişdi.

Bolalar! Uning bolalari! Qançalar nodon, qançalar olçoq u! Boyagina allaqanday daydiga şu jajjilarni boqayotganini aytib hasrat qildi-ya?!  Şu dardisarlar bölmasa, zör rassom bölib ketardim, deb ökindi-ya?! Minnat qildi-ya?! Qançalar yovuz, qançalar xudbin u?!

Baxtiyorning közlariga beixtiyor  yoş qalqdi. Höngrab yubormaslik uçun qizçasining patila-patila soçlariga yuz bosdi.

Öşa tun kasallik yana xuruj qildi. Saharga yaqin uni “Tez yordam” olib ketdi. Xotini oyoği kuygan tovuqday u yon-bu yonga çopdi. Yordam söradi. Öşa eski brigadasi oqibat körsatdi. Baxtiyorni yolğiz taşlab qöyişmadi. Rözğoriga ham ğamxörlik qilişdi.

Baxtiyor bu gal ança uzoq davolandi. Muolajalar tugagaç, olib ketiş uçun xotini keldi. U ança tuşkun va bezovta edi. Baxtiyor ajablanib uni savolga tutdi. Matluba hiq-hiq yiğlaşga tuşdi. U palataga kirişdan avval vraçga uçraşgan edi.

“Eringizni ehtiyot qiling, agar kasali yana xuruj qilgudek bölsa… hayotiga kafolat yöq,” – dedi davolovçi vraç ming bir çaynalib…

 Şu narsa uni qattiq qayğuga solgandi. Ammo Matluba eşitganlarini eriga aytmadi. “Şunçaki, sizsiz qiynalganimizdan yiğlayapman,” deb minğirlab qöydi.

Baxtiyor yana öşa brigadaga borib qöşildi. Qöşilarkan bir paytlar ularni öziga begona sanab ökiniblar yurganidan uyaldi. “Şular kuningga yaradi-ku, şulargina senga, oilangga parvona böldi-ku?!” – degan içki xitob bilan tez-tez özini tergab, tanbeh-doşnomlarga kömib taşlardi. Ammo bu hol iştaha tortmagan taomni soğliqqa foydali deb yeganday bir gap edi. Baxtiyor böyniga böyinturuq solingan qirçanğiday arang sudralib işga borar, quruvçilarning sayoz-siyqa gurunglaridan darrov zerikar, bir yoqlarga boş olib qoçib ketgisi kelar edi. Ammo… naçora. Osmon uzoq, yer qattiq. “Yöq, buning hammasi vaqtinça, – deb goho öz-özini ovutardi u,  mahmadona suvoqçiga yordamlaşib yurarkan, – tez orada ketaman bu yerdan! Özimga  munosib iş topamanu, ketaman.”

Ha, ha, tez orada bu yerlardan ketişi tayin bölib qoldi. Lekin… brigada bilan. Aftidan, qismatida quruvçilik qayd etilganga öxşaydi.

“Kelgusi yil may oylarida Rossiyaga jönaymiz, – deb qoldi bir kun brigadir, – xohlasangiz biz bilan yuring. Siz bop yumuş ham topilib qolar. Faqat xayolparastlikni taşlasangiz böldi.”

Baxtiyor manglayida qotib qolgan qorişma yuqini öyçan işqalarkan, boş irğab roziçilik bildirdi. Hatto bu safardan qança daromad qilişini çamalab ança hovliqib qoldi. Ammo oldida turgan olis safarning ham nağmalari köp edi. Avvalo yöl kira uçun pul topiş kerak. Rözğorga ham ikki-uç oyga yetgulik mablağ  taşlab ketiş zarur.

Brigadir lutf etgan paytlar hali bahorgaça uzoq edi. Baxtiyor möjiza röy berişini, közlagan mablaği topilib qolişini kutdi. Ammo möjiza röy bermadi. Lop etib bahor ham kelib qöydi. Butun borliq yaşillikka burkanayotgan bir paytda Baxtiyor goh uning, goh buning eşigida sarğaya boşladi.

Mana, bugun qadrdon, hamsaboq dösti Öktamni közlab kelgan edi. Bundan ham qarz undira olmadi. Dösti yiğlab kelganning oldiga höngrab çiqdi.

Baxtiyor şunday ezgin va oğir xayollar oğuşida köça böyida, qari tut daraxtining qurigan, burişgan tanasiga suyangan köyi ança turib qolganini payqadi. Ilkis uyqudan uyğongan odamday közlarini katta-katta oçib tevarakka alangladi.

Bahor quyoşi şitob bilan ufq sari oğib borardi. Osmonning u yer-bu yerida yaraga bosilgan paxtaday pağa-pağa bulutlar suzib yuribdi. Köça-köyda qatnov avj. Avtolar çinqirib ötib-qaytardi.

Baxtiyor narigi tarafdagi bekat tomon ötişga şaylandi. Şu payt orqa tarafda, hozirgina u çiqib kelgan darvoza darçasi ğiyqillab oçildi.

– Ey, Baxti, şoşma!

Bu Öktamning ovozi edi. Baxtiyor yalt etib unga qaradi. Közlarida umid uçqunlandi.

“Baribir döstim-da, – xayolidan keçdi uning, – quruq qaytarişga közi qiymadi-yov…”

Öktam lapanglagan köyi yetib keldi.

– Xayriyat, hali uzoqlaşib ketmapsan…

– Şoşilayotgan joyim ham yöq.

Öktam oppoq, semiz barmoqlarini muşt qilib dahaniga bir-ikki tekizdi. Odatda u göyoki muhim biror gap aytmoqçi bölsa şunday qilardi. Baxtiyor buni öşa talabalik davrlaridanoq yaxşi biladi, sergaklanib döstining oğzini poyladi.

– Bilasanmi… – dedi Öktam allaneçuk iymangan ohangda, – sen çiqib ketgan paytingda Toşkentdan yaqin jöram qönğiroq qilib qoldi. Öta işonçli biznes hamkorlarimizdan. Gap aylanib bugungi yangi boylar hayotiga borib taqaldi. Döstim aytdiki, bugun elita örtasida sanʼat asarlarini yiğiş anʼanaga aylanibdi. Qölda töqilgan gilamlar, taqinçoqlar deganday. Ayniqsa rassomlarning kartinalariga qiziqiş katta emiş. Hatto, eng noyob, eng haligi… nimaydi… xullas, eng zör suratlarni kim köproq yiğiş böyiça musobaqa bor emiş…

Öktam muştini yana dahaniga tegizib yengil tomoq qirib qöydi. Döstiga sinovçan-savolçan tikildi.

– Şu gapni aytiş uçun ortimdan yugurib çiqdingmi? – dedi Baxtiyor hafsalasi pir bölib.

– Öylovdimki, bu xabar seni qiziqtiradi deb… axir, bir paytlar çizarding, balki hozir ham çizib yurgandirsan.

– Xöş, şunga nima?

– Nima emiş… Tayyor asarlaring bölsa sotamiz.

Baxtiyorning nogoh köz öngida öşa kartinasi jonlandi. Badanidan nimadir örmalab ötganday böldi.

– Yö-ö… sotmayman, – deb yubordi u beixtiyor. Ammo tovuşi şu qadar zaif va işonçsiz çiqdiki, undan özi ham qörqib ketdi. Odatda çarçagan, ezilgan va bezigan kişining ovozi şunday çiqadi.

– Nahotki menga işonmasang, – dedi Öktam döstining qarşiligini öziça tuşunib, – narsangni sotsang, bir tiyiniga ham köz olaytirmay qölingga tutqazaman. Sen meni töğri tuşungin, men… prosto senga yordam bergim kelyapti.

–  Yö-ö… sotmayman.

Baxtiyorning bu gal ham sasi avvalgisidan battar ojizona eşitildi. U xuddi najot söraganday orqaga tisarilib yana öşa bukçayib-burişgan tutning tuya örkaçiday turtib çiqqan tanasiga suyanib oldi.

Döstining tipirçilab tirişişlari Öktamning tağin ham qiziqişini orttirdi.

“Bu xumparda bir gap bor-ov,” – deb öyladi u tajribali savdogarlarga xos sezgirlik bilan Baxtiyorni zimdan kuzatarkan.

– Baxti, namunça qaysarlik qilmasang… Neçta tayyor kartinang bor özi?

– Bitta…

– Bittami?! Atigi-ya? – Öktam pixillab kulganiça tizzalariga şapatiladi. – Şunga şunça tarang qilyapsanmi? Men öylabmanki…

– Uni jonimdan ortiq köraman, sotolmayman.

– Baxti, bunday örlik qilma. Aqlingni işlat, quruq havoga qiliç sermamagin. Seni töğri tuşunaman… Har holda öz vaqtida imkoning yetmay yaxşi ijod qilolmagan bölişing mumkin. Balki hozir boşingda çinakam baxt quşi aylanayotgandir. Şu kartinani sotsang, balki işlaring yurişib ketar. Tösatdan maşhur, boy bölib ketişing mumkin, bildingmi? Yurtning eng zör boylaridan, balki korxonalardan senga ketma-ket zakazlar oqib kelar. Ana öşanda bemalol ijod qiladigan bölasan. Ana öşanda hamma qadr-qimmatingga yetadigan böladi…

Öktam tuyqus jim qoldi. Çunki u bilib-bilmay öz biznes loyihasini, döstining isteʼdodidan foydalaniş rejasini ham aytib yuborgan edi. U labini qimtigan köyi iztirobli öylar iskanjasida zabun bölib turgan Baxtiyorga sinovçan köz taşladi.

“…Payqadimikan? Yö-öq, u bunday tadbirkorlikni tuşunmaydi. Lekin… uni bir amallab köndirişim kerak.”

– Xöş, Baxti, nima deysan? Gapirsang-çi, – dedi Öktam göyo horğin tin olib.

Döstining qizişib tuşuntirişlari Baxtiyorga ötkir malhamdek taʼsir etmoqda edi. Uning xayollari alğov-dalğov bölib ketdi.

“Öktamning gaplarida jon borga öxşaydi. Çin-da, dunyoda maşhur, boy rassomlar köp-ku! Ularning asarlarini badavlat kişilar sotib olişgani uçun ham şunday bölgan-da! Esam, pulni havodan olişganmi? Men… men nega asarimni sotmasligim kerak? Agar u çinakam sanʼat asari bölsa, odamlar bahramand bölsin, zavqlansin, isteʼdodimga qoyil qolişsin! Uni uyda saqlab ötirganimdan nima naf?”

Döstini zimdan kuzatib, uning taft tekkan muzday erib borayotganini payqagan Öktam tağin avraşga zör berdi.

– Kimki uyidagi biror jihozni muqaddas sanab, unga siğinib yursa, öşa jihoz uyning rizq-nasibasiga töğanoq bölarkan. Bir duoxon mulla menga şunday degan…

Baxtiyor yalt etib döstiga ögirildi. Qoq köksiga öq sançilgan jonivorday közlari bezrayib, rang-röyi bözdek oqardi.

– Şundaymikan…

– E, öşa mulla heç qaçon aldamaydi, şuning uçun mijozlari köp, har tarafdan oqib kelişadi.

Baxtiyor Öktamning gaplarini deyarli eşitmadi. Iç-içidan qözğalgan bir tovuş “Xuddi şunday, ana, hayotingda körib turibsan-ku,” deya butun ong-şuurida aks-sado berardi.

– Endi buyoği özingga havola, – dedi Öktam döstining muqarrar taslim bölişini payqab özini ketayotganga solarkan. – Sotsang sot, istasang quçoqlab yot… Men şunçaki senga yordam bermoqçi edim.

Baxtiyor u tomon ilkis intildi.

– Töxta!.. Dösting bilan şu haqda gaplaşganing çinmi?

– Seni aldab menga zarilmi?

– Narxlari… qanday ekan?

– Qörqma, seni heç kim çuv tuşirolmaydi, örtada özim turibman. Yaxşigina narxga sotamiz. Nasib bölsa keyingilarini bundan ham qimmatga pullaymiz.

– Menga pul juda zaril-da, esam… – deb minğirladi Baxtiyor.

– Agar çindan ham sotişga köngan bölsang… mayli, men senga zaklat beraman.

Baxtiyorning çehrasi yorişdi.

– Rahmat… kelişdik.

– Gap bunday, Baxti, – Öktam döstining yelkasiga qöl taşladi, – men ertaga Toşkentga ketaman, juda muhim işlarim bor. Sening öşa narsangni ham olib boraman. Menga bir hafta muhlat berasan…

– Bir hafta?!

– Ha, nima deb öylaganding, boyvaççalar qaçon Baxtiyorning asarini opkelişarkan deb kutib ötirişmagandir. Borib unga-bunga körsatiş kerak, munosib mijoz topişim kerak.

– Xöp…

– Böpti, men hozir maşinamni olib çiqaman, ğirra senikiga ötamiz, qani, qölni taşla.

Baxtiyor böşaşgança qöl çözdi.

II

Bu qizni husndan ham ismdan ham qisgan edi. Semiz, besönaqay gavdasini goh u yon, goh bu yonga taşlab ona ayiqday lapanglab yurar, göyo dördoq lablarini, oytaboq yuzini, göştdor burnini birov körib qolib qörqişidan qörqqandek boşiga oftobdan sarğaygan oq römolini mahkam örab olar edi. Aslida uning çaqqongina, saranjom-sariştali qiz ekanini birov bilib, birov bilmasdi. Tevarakdagi qiz-juvonlar uning ğaşiga tegiş uçun atay ismini baland ovozda tilga olişardi: “Rajab!” Baʼzilar azbaroyi qizni xafa qilmaslik uçun  qöşimçaga zör berardi: “Rajaboy… Rajabgul.” Lekin bu ham quloqqa “Rajabboy, Rajabqul” deganday eşitilar, polvon qiz xijolatdan battar besönaqaylaşar edi. Aytişlariça, şunday noqulayliklar kasridan qiz maktabda ham yolçitib öqimagan ekan. Bolalardan tortib kattalargaça uni mazax-masxara qilişaverganidan yettinçi sinfni bitirib-bitirmay maktabdan oyoğini uzibdi. Hatto bir-ikki bor öz joniga qasd qilişga uringan ham emiş. 

Baxtiyor ana şu qizni sevib qoldi. Öşanda u boşni tap-taqir qirtişlatib harbiy xizmatga çoğlanib yurgan edi. Bir kuni daydib ketgan ola sigirini topib keliş ilinjida qişloq biqinidagi paxta paykaliga oraladi. Bu paytlar yiğim-terim avji ança pasaygan, paykallarning u-bu yeridagina qiz-juvonlar kösak çuvib, tökilgan tolalarni terib yurişar edi.           “Ey, rassom, bizning rasmimizni çizib be-yer!” – deya çinqirib qöl silkitardi uni körib tanib qolganlari.

Baxtiyor ham xuşhollik bilan boş irğab qöyardi.

Öşa kuni u xayollarga ğarq bölib, mol izlaşni ham unutib paykalda xöb tentidi. Tevarakdagi manzaralar, ranglar uning yuragini örtab, ilhom zavqini solardi. Tik turgan köyi hamma-hammasini qoğozlarda tasvirlagisi kelardi.

Bir payt u taxtaday qotib qoldi. Attigi uç-tört qadam narida, baland ösgan ğözalar orasida bir xilqat uzun, qop-qora soçlariga kömilib, allaqanday aşulani xirgoyi qilgan köyi kösak çuvib ötirardi. Nogoh şarpani ilğab u ilkis boş kötardi. Çehrasini tösib turgan parişon soçlari ikki yonga siltanib ketdi.

Oq römol ostida kun körmagan yuzlar köpçigan xamirday oppoq edi. Bir juft qahrabodek közlar hurkaklik bilan boqar, qalin, dördoq lablar nim oçilib titranar, göyo nelardir demoqqa çoğlanar edi.

Baxtiyor xuddi jodulanganday ança payt qotib qoldi. Qizning yirik-yirik közlaridan köz uzolmasdi. Aʼzoi-badani jimirlab, yuragi gurs-gurs ura ketdi. Qiz ham şu alfozda bir muddat tek qotdiyu söng, “Voy” deganiça örnidan irğib turdi, kalovlanib yerdan römolini olib boşiga ildi.

Şundagina baxtiyor qarşisidagi Rajab ekanini bildi. Töğriroği, böyi-bastidan tusmolladi. Çunki u ilgari qöşni qişloqlik bu qiz haqida köp eşitgan bölsa-da, heç özini bu qadar yaqindan körmagan edi.

“Keçirasiz, sizni bezovta qildim – dedi yigit allaneçuk hislardan tomoqlari quruqşab, – şu atrofdan sigirimni izlab yurgandim.”

Rajab kösak qobiqlari soçilib yotgan jöyak tomon tisarildi, qat-qat, keng kiyimlarining u yoq-bu yoğini orastalagan böldi.

“Siz ham şu brigadada işlaysizmi?” – deb yana gap qotdi Baxtiyor.

“Yö-öq, biz oltinçidanmiz. Bir haftaga haşarga keldik,” – dedi Rajab. Şunday böyi-bastiga qaramay, uning ovozi çinniday jarangdor, momiqday mayin edi.

“Nörma juda kattami?”

“Yö-öq, kuniga ön kiloça çuvima topşirsak böldi.”

Baxtiyorning ketgisi yöq edi. Gapni gapga ulab turaverişni istardi. Şu sabab jöyaliroq gap izlab piça ğimirlab qoldi. Şu payt qizning özi jonga oro kirdi.

“Armiyaga ketyapsizmi?” – deb söradi u qiya köz taşlab.

“Ha, – dedi Baxtiyor taqir boşidagi bir parça kepkani piypalab. – Öqişga kirolmadik, endi armiyasini ham bir körib kelaylik-çi.”

“Öqişga kirolmay ökingandirsiz-a?”

“Unçalikmas… şu institutga özi köp ham huşim tortmadi.”

“Nega birdan yoqqaniga bormadingiz, masalan, rassomçilikka…”

Rajabning özi haqida bilişini payqab Baxtiyor negadir sevindi. Lekin amakisi zörlab şu institutga olib borganini aytgisi kelmadi. Negadir qiz oldida şumşuk, birov yetaklagan tomon ketaveradigan laqma bölib körinişni istamadi.

“Bu yil şunçaki maşq qilib kördim-da,” – deb qöydi çaynalib.

Rajab tez-tez tevarakka alanglab qöyardi. Aftidan, u yigit kişi bilan turganini birov körib qolişidan çöçirdi.

“Sigiringiz bu atrofda körinmayapti?”

Qizning ojizona aytgan bu gapi, “Endi bu yerdan keting,” deganday tuyuldi Baxtiyorga. Lekin uning hanuz ketgisi yöq edi. Ajib, huzurbaxş hislar oğuşida mastona turardi.

“Sigir ham uyga yetib olgandir, – dedi Baxtiyor qişloq tomon erinibgina köz taşlab, söng jöyak içiga tökib qöyilgan kösak uyumiga işora qildi. – Keling, sizga çuvişga yordam beraman, şunaqasigayam köp gapirib sizni işdan qoldirdim.”

Rajab yelka uçirib, sarosimali jilmayarkan, yana tevarrakka tezgina alanglab qöydi.

Kösak uyumi yoniga ötirdilar. Rajabning tözğin soçlari amal-taqal öralgan römol qirralaridan köpirib-toshib yengil epkinda öynoqlab turardi. Baxtiyorning tobora qoni qizib, yuragi hapqirib borar, kösak tutgan qöllari bir oz titrar edi.

“Boşqalardan ajralib qolibsiz,” – dedi u qizga savolçan köz taşlab. Va sörovidan puşaymon böldi.

Rajabning tuyqus rang-röyi tundlaşib bir oz jim turdi, söng öz-öziga gapirgandek piçirlab qöydi:

“Köpçilik içida yuragim siqiladi.”

Baxtiyor önğaysizlikdan çiqiş ilinjida qizga yoqadigan gap topişga urindi.

“Xayol surişni yaxşi körasizmi deyman menga öxşab?.”

“Qanday bildingiz?”

“Yuzlaringiz juda tiniq ekan, xayolkaş qizlarning yuzlari şunday nurlanadi.”

Rajab eʼtiroz bildirişga urindiyu, ammo eplay olmadi. Maqtovdan masrurlanib beixtiyor jilmaydi. Börtiq yonoqlariga andak qizillik indi.

“Qöying-ye… rassomsiz, şuning uçun çiroyli gapirasiz.”

Maqtovdan moydek eriş gali endi Baxtiyorga keldi.

“Rassomligimni qayerdan bilasiz?” – dedi u oğzining tanobi qoçib.

“Juda maşhursiz. Qişloğimizdagi maktabda ham sizni örnak qilib köp gapirişardi.”

Şu asno ğözalar şitirlab ketdi. Har ikkisi ham boş kötarib şarpa sasi kelgan yoqqa yuzlanişdi. Ne köz bilan körsinlarki, şundoqqina röparada yöqolgan ola sigir kavşangan köyi ularga termulib turardi.

Ular bir-biriga yalt etib qarab bab-baravar kulib yuborişdi. Qahqahaning zöridan Rajabning römoli sidirilib tuşib soçlari tağin tözib ketdi. Jarangdor, tiniq tovuşi  iliq kuz oftobi nurlariga qorişib keng paykallarga singib ketganday böldi. Kulgi barobarida iç-içidagi gözallik, latofat sirtga silqib çiqdiyu, yalpoq yuz, dördoq lab, yirik burun bir zum jilvalanib ketdi.

Baxtiyor qizga lol qarab turardi.

Öşa kuni u ola sigirini oldiga solib, paykaldan mast odamday dovdirab qaytdi. Yuragi hali heç qaçon his etmagan allaqanday sururdan mavjlanar, butun vujudida yoqimli bir titroq kezinar edi. Öşa keç kamgap-kamsuqum Baxtiyor uyida ham, döst-yoronlar davrasida ham köp gapirib, köp kuldi. Hamma hayron. Hatto otasi kişi bilmas oğzini hidlab kördi. Yöq, mayxörlik qilmagan.

Öşa keç Baxtiyor huzurlanib töşagiga çözilarkan, Rajabning közlari taʼqib qilib turganini payqadi. Nogoh yuragiga ğussa qalqdi. Uyqusi qoçdi. Qah-qah urib kulayotgan qizning közlari bot-bot xayolida jonlandi. Rajabning közlari kulmas edi! Ha, kulmas edi, ular ğamgin va öyçan boqib turardi. Qiz yonida lol qotib turarkan, Baxtiyor buni aniq kördi, musavvirlik sezgisi bilan teran sezdi! Xuddi şu maʼyus nigohlar uni butkul jodulab olgan edi.

“Közlaringni sevaman, Rajab,” – deya piçirladi yigit, qop-qora tun qarab turgan derazaga tikilib.

Öşa paytlar askarlikka çaqirilgan yoş-yalanglar arzanda töpga aylanar, ertayu keç öyin-kulgi qilib, köça-köyda mast-alast izğib yurişar edi. Baxtiyor har xil bahonalar bilan ulardan taysallay boşladi. Har xil bahonalar bilan paykal tomon oşiqar böldi. U Rajab bilan deyarli har kuni uçraşardi. Har uçraşganda qiz qalbining nozik qirralarini kaşf qilib, olam-olam zavq-şavqqa tölardi.

Rajab yettinçi sinfdan bu yoğiga maktab betini körmagan bölsa ham, ança öqimişli qiz ekan. U tilga olgan kitoblarning köpini Baxtiyor, hatto, nomini ham eşitmagan bölib çiqardi. Goho, qiz şunday faylasufona-şoirona gaplar aytardiki, Baxtiyor ularning mazmunini çaqolmay xijolatlanar edi.

“Qöyavering, mening yoşimga yetganda bilib olasiz, – deb kulardi Rajab, uning kalovlanişlarini payqab. – Axir sizdan ikki yoş kattaman-a…”

Şunday şavqli uçraşuvlarning biridan qaytib kelayotgan mahal paykal boşida Şoyimga yöliqib qoldi.

Şoyim ulardan uç yil avval maktabni amal-taqal bitirganlardan edi. Toşkentda öqiyapman deb hammani laqillatib, harbiy komissariatni ham çalğitib yurgan ekan. Oxir-oqibat siri foş böldi. Baxtiyorlar qatori xizmatga çaqiriq qoğozi oldi.

“Bizni isnodga qöyding, ukang tenggilar bilan armiyaga ketyapsan,” – deb katta akasi boplab savalagan emiş. Lekin Şoyim sirtiga suv yuqtirmay, köça-köyda kerilib, huda-behuda laqillab yurar edi.

“Qayerdan kelayapsan, – deb söradi u tarğil közlarini makkorona qisib, paykal çetida uçrab qolgan öşa payt, – Rajabning oldida böldingmi?”

“Ha, bir oz kösak çuvişdim,” – dedi Baxtiyor istar-istamas.

Şoyim uyatsizlarça tirjaydi.

“…kördingmi, zör narsa ekanmi?”

“Oğzingizga qarab gapiring, aka… – Baxtiyor böğziga tiqilgan ğazab va alamdan bir zum gap topolmay entikib qoldi, söng sekin qöşib qöydi, – u siz öylagan qizlardan emas.”

“Qöysang-çi, Rajabning oldi oçiq, men bilaman, uni Bolta mudir buzib qöygan.”

Baxtiyorning qöllari muşt bölib tuguldi. Şoyimning qizil donaça toşgan başarasini möljallab urişga şaylandi, lekin botina olmadi.

“Menga bunaqa gaplarni gapirmang,” – dedi alamdan yiğlagudek bölib nari ketarkan.

Biroq Rajab haqidagi sassiq safsata şu bilan tugamadi. Ertasi kuni ketarmanlar safdoşlaridan birining uyiga yiğilişgan keç dasturxon tevaragidagi gurung yana öşa qizga borib taqaldi.

“Bekorga u çekka-ovloq yerda kösak terib yurmaydi,–deya hiringladi Şoyim, uy törida yonboşlab yotarkan, – talabgorlarni ovlaydi, mazaxörak… şuning uçun semirib ketyapti.

Uning ğiybatlarini kimlardir qiyqirib quvvatlagan böldi. Çoy suzayotgan Baxtiyor köz ostidan safsataboz tomon bir öqrayib qöydiyu, uydan çiqib ketişga şaylandi.

“Manavi safdoşimiz ham… – Şoyim jonsarak Baxtiyorga işora qildi, – taʼmini tatib körgan.”

Davrada kulgi-qiyqiriq avjlandi. Baxtiyorning qizarib-bözarib,”Bekor gap” deya pönğillaşi ğala-ğovur içida deyarli eşitilmadi.

Şirakayf ketarmanlardan biri şu orada ovozini baralla qöydi.

“Juda töğri qilgan. Axir bu rassom. Rassom odam şunday-şunday körib turmasa, yalanğoç ayolni qanday çizadi?!”

Gurr etib kötarilgan kulgidan mehmonxona vassajuftlarigaça zirillab ketdi.

Baxtiyordan “ğing” degan sado çiqmadi. Avvaliga bir-ikki norizo tipirçilab qöygan bölsa-da, keyinçalik kulgilarga iljaygan köyi qöşilib ötirdi. Rajabni oşkora himoya qilişga botina olmadi. Balçiqday bijğib turgan mana bu gap-sözlar erta-indin çin çiqib, el-ulus oldida şarmanda bölişidan qörqdi.

“Bular bekorga bunday dadil gapirmaydi-ku, – deb öyladi u öşa keç ğaşlanib uyiga qaytarkan, – rostdan ham Rajabning bir balosi borga öxşaydi.”

Öşa tun Baxtiyor tölğanib çiqdi. Xayolida qarama-qarşi öylar çarx urar, köngli alğov-dalğov edi. Qizni har eslaganida vujudida yoqimli hislar junbişga kelardi. Oxir-oqibat könglining tub-tubida ğimirlab, payt poylab yurgan asl niyat otilib yuzaga çiqdi.

“Şu paytgaça biror qizni öpib ham körganim yöğ-a, – deb öyladi u yostiqni töşiga tortib, – agar anavi gaplar çin bölsa…uni men ham…”

Ammo Baxtiyor öz xayolidan özi uyalib körpaga burkanib oldi.

Ertasi kuni tağin Rajabga röbarö bölgan payt, qizning maʼyus-mahzun qaroğlariga közi tuşdiyu, tun böyi tölğab çiqqan fitnakor öylaridan battar uyalib, öz-özidan nafratlanib ketdi. Ammo bu köpga çözilmadi. Suhbat qizigan sayin yigit qoni ham qizib, qizning goh böliq kökraklaridan, goh tiniq, löppi yuzlaridan köz uzolmay, gapidan adaşib, duduqlanib qolar edi.

“Toşkentga toğamnikiga borganimizda muzeyga kirganmiz, – deb eslab qoldi Rajab iymanib, – yalanğoç xotinlarning portretini körib rosa uyalganmiz, qayoqqa qoçarimizni bilmay qolganmiz.”

“Ularni rassomlar asliga qarab çizişgan, – deb bilağonlik qildi Baxtiyor, – sanʼatda şunaqa usul bor…”

“Ölsin-ye, bunaqa usuli…”

Bir payt ular çuviyotgan kösak sob bölib qoldi. Rajab yana terib keliş uçun örnidan turdi. Biroq uvuşib qolgan böğinlari oğirlikni kötara olmay nogoh ortga qalqib, jöyak içiga gursillab yiqildi.

“Iya, ehtiyot böling!” – deb irğib örnidan turdi Baxtiyor kömakka oşiqib. Lekin hovliqqanidan ğözapoyaga qoqilib… uzun etaklariga öralaşgan köyi örnidan turişga urinayotgan qiz quçoğiga quladi. Şusiz ham butun gurung davomida butun vujudi tarang tortib, ehtirosi jöşib turgan navqiron jon ortiq çidayolmay, börtiq yonoqlardan öpib oldi! Va yana lablar sari talpindi. Ammo Rajab bir siltanib Baxtiyorni osongina ustidan sidirib taşladi.

“Haddingizdan oşmang,” – dedi qiz qizarib-bözarib. Söng  gandiraklagan köyi örnidan turib, ust-boşlarini orastaladi.

Baxtiyor nima qilarini, nima deyarini bilmay qoldi. Uning közlari hirsdan yonib yana Rajabga taşlangisi kelardi. Ammo jurʼat etolmadi.

“Sizning suratingizni çizmoqçi edim,” – deb ğudrandi arang.

Rajab yalt etib unga yuzlandi.

“Nimaning evaziga? – Söng ğamgin piçirlagan köyi qöşib qöydi. – Mening suratimni çiziş sizning qölingizdan kelmaydi.”

Qiz çuvima solingan etakni yelkasiga taşlab nari ketdi.

Baxtiyor tağin uç-tört kun Rajabning köziga körinişga uyalib yurdi. Lekin keçayu kunduz u haqda öylar,  qandaydir ohanrabo uni qiz tomonga tobora tortqilardi.

Tiz çökib keçirim söraşim kerak, sevişimni aytişim kerak, degan öy uning ong-şuurida izğib yurardi. Bu orada askarlikka jönash muddati ham yetib keldi.

Baxtiyor tuman markazidagi harbiy idoradan qaytib keldiyu, yana paykal oraladi.

“Bugun çiqmagan bölsa-ya?! Ularni boşqa paykalga olib ketişgan bölsa-ya?!” – degan xavotirdan yuragi hapqirar, negadir ökirib yiğlagisi kelar edi.

Baxtiyor tevarakka jonsarak alangladi. Şip-şiydam, pati ketgan palosdek paykalning kun botar tomonida tözib yurgan qiz-juvonlarga közi tuşdiyu, köngli bir oz taskin topdi. Söng katta zovur yoqasidagi ğözalar baland va quyuq ösgan qarta yoqqa yuzlandi. Çunki Rajabni odatda şu tarafda köproq uçratardi. Baxtiyor qadamini tezlatdi.

Kuz oftobi horğin va öyçan yiltillab turardi. Göyo undan nur örniga zang yoğilayotgandek, dov-dalalar sarğiş-qizğiş tusga qorişib mahzun yastanib yotardi. Xazonlar şitirlab-şivirlab, havoda bir zum muallaq qotgan köyi ohista yer bağirlaydi.

Ana, ana u! Rajab jöyaklar oralab xayolçan kösak terib yurardi. Baxtiyor qiyqirib qiz tomonga qöl siltadi. U ham tovuş taralgan tarafga tikilib turdi-da, qölini havoda tölğadi. Söng etaklarini yiğiştirib peşvoz yurganday böldi.

Baxtiyor quvonçdan göyo qanot qoqib uçdi.

“Mendan xafa emassiz-a, xafa emassiz-a, Rajab! Siz har qanday gözaldan gözalsiz, Rajab! Bir umr yoningizda bölsam deyman! Bir umr közlaringizga termilib ötirsam deyman! Men sizni sevaman! Hoziroq borib oldingizda tiz çökaman, yuragimda borini tökib taşlayman!…”

Baxtiyor iç-içida şunday hayqirib, ikki közini qizdan uzmay yugurgilar ekan, ğadir-budir egatlarda bir-ikki qoqilib ketdi.

Havo allaneçuk iliq va mayin edi. Unda-munda ilaşib qolgan mezonlar şöx-şodon öynoqlardi.

Ular yuzma-yuz keldilar. Oraliq uç-tört qadam qolganda xuddi birov buyruq berganday baravariga töxtaşdi. Baravar jilmayib bir-biriga boş irğab salomlaşgan bölişdi.

“Hormang.” – dedi Baxtiyor tovuşi titrab.

“Bor böling, özingiz hormang,” – dedi Rajab göyoki şivirlab.

Baxtiyor tuyqus böşaşib, sarosimalanib qoldi. Boyagina iç-içida çarx urgan xitoblari qaylargadir tumanday tözib ketdi. Örnini allaneçuk hadik-hayajon egalladi.

“Men… biz ertaga jönayapmiz,” – dedi u bir dona qovjiroq ğöza bargini qölida ezğilab.

“Qayoqqa?! Armiyagami?!”

“Ha.”

Rajab nogoh kiçrayib ketganday böldi. Yuz-közida siniq bir tabassum qotib qoldi. Titrayotgan qöllari bilan kofta tugmasini ğijimlab, közlarini uzoq-uzoqlarga olib qoçdi.

“Oy borib omon kelingizlar.”

Baxtiyor dovdiragan köyi qiz tomon yurdi. Rajab unga çöçib bir nazar taşladiyu, avval andak tisarildi, söng öq ariq böyiga, ajriqzor ustiga ötirib qoldi.

“Sizga xat yozib tursam maylimi?” – dedi Baxtiyor uning röparasiga çökib.

Rajab maʼyus boş çayqadi.

“Yöq, akamlarning qöliga tuşib qolsa yomon böladi. Xat yozib sizga zarilmi?”

“Men sizni sevib qoldim… sizni soğinaman.”

Baxtiyor şunday dediyu, yuragi gurs-gurs urgan köyi közlarini çirt yumib oldi. Nazarida, Rajab, irğib turib yuziga tarsaki tortib yuboradigandek edi. Lekin qiz horğin, ezgin bir tarzda kuldi.

“Sevgi nimaligini bilasizmi özi, yigitça?”

“Bilmasdim… endi bildim. Sizni soğinaman.”

Rajab xayolçan jilmaydi. Söng çirmab öralgan römolini yeçib, boşini bir tölğab soçlarini tözğitib yubordi.

“Mana, soğinsangiz, yaxşilab körib oling.”

Baxtiyorning tomirlariga olov örmaladi. Qizning yuz-közlariga termilib, uni xayolan erkalab piçirladi.

“Siz çini bilan suluvsiz, Rajab…”

Qiz öziça şaraqlab kuldi. Ammo bu kulgisi allaneçuk soxta, zöraki ekanligi şundoqqina sezilib turardi.

“Men sizning suratingizni çizaman,” – dedi Baxtiyor entikib.

“Mening suratimni?! Huv, öşa kungiday usulda çizmoqçimisiz?”

“Yö-öq, nimalar deyapsiz, Rajab, – deya Baxtiyor hovliqqança eʼtiroz bildirişga kirişdi. – Ölay agar, siz tengsiz gözalsiz, siz… – Baxtiyor qay bir kitobdan öqib yoqtirib qolgan iborani eslab, sekingina qöşib qöydi. – Siz mangulikka daxldorsiz. Odamlar sizning suratingizni körib çinakam gözallikni his etişadi.”

“E-e, Baxtiyor, juda olib qoçasiz-a, erta-indin öladigan heç bir tirik jon mangulikka daxldor bölolmaydi. Şular qatori men ham…”

Rajabning sönggi sözlari şu qadar söniq va ğamgin eşitildiki, Baxtiyor bir oz çiroyli gapiraman deb qizga ozor yetkazganidan afsuslandi.

“Keçirasiz, bilmabman.”

Rajab keng manglayini qoplab turgan soçlarini siltab taşlab, yana siniq jilmaydi.

“Mangulikka daxldor narsalarni çizgingiz kelyaptimi?”

“Ha.”

“Unda sevgining suratini çizing. Boya özingiz aytgan soğinçning suratini çizing. Şafqatni çizing. Ana şular abadiy. Ana şular hamişa qadrli.”

Baxtiyor nima deyarini bilmay qoldi. Qizning dono malikalarga xos jumboqli gaplari uni yana bir karra dovdiratib qöygandi.

“Töğrisi… bunga hali yoşlik qilaman-ov… lekin qaçonlardir çizişga sizga vaʼda beraman.”

“Men esa çiza olaman… xohlasangiz hozir çizib körsataman,” – dedi Rajab kaftlari bilan yuzini yaşirib.

“Qani endi şunday qilsangiz.”

“Kulmaysizmi?”

“Yöq, nega kularkanman.”

“Heç kimga aytmaysizmi?”

“Qasam içib…”

“Bir umr eslab yurasizmi?”

“Bir umr…” – deb ğudrandi Baxtiyor allaqanday sohir hislardan yuragi toshib.

“Mana, sizga öşa surat,”  – dedi Rajab ilkis boş kötarib, yuzini qoplab turgan soçlarini siltab taşlarkan.

Nogoh qizning yirik-yirik, tip-tiniq qoraçiqlari suv tekkan qahraboday yiltillab turardi. Dördoq lablari qimtilib, göştdor burni titrab, közlaridan marvariddek yoş tomçisi silqib çiqdi. Silqib çiqqan yoş börtiq yonoqlar ustida durday tovlanib bir zum turdiyu söng oqib ketdi. Tağin közlaridan şaffof tomçi sizib çiqib, tağin yonoqlarda qalqib qoldi.

Lol qotib turgan Baxtiyorning yuraklari örtanib beixtiyor qiz tomon qöl çözdi.

“Rajab, yiğlayapsiz-ku, Rajab?!”

“Tegmang menga… Iltimos, endi keting…”

“Sizni yiğlatib…”

“Iltimos, keting… meni desangiz, keting.”

Baxtiyor dovdiragança örnidan turdi. Turdiyu, yana yalt etib Rajabga yuzlandi.

Qiz közidan tomçi-tomçi yoş silqib, dudoqlarida bir zum-bir zum durday tovlanib turib qolardi.

Xuddi şu manzara olis bir ölkada xizmat qilib yurgan askarni ikki yil taʼqib qilib turdi.

Ikki yil Baxtiyor öşa marjon-marjon yoşlar taʼmini tanglayida tatib yurdi.

Harbiylikdan qaytib kelgaç, Baxtiyor zimdan Rajabni suriştirdi. Ular bir yilça avval ota yurti bölgan Jambulgami, Tarozgami köçib ketişgan ekan. Askar yigit manzilga eltuvçi yakkayu yagona ulovdan qolib ketgan yölovçiday “uh” tortib töşakka quladi. Öşa kuni uning harbiylikdan orttirib kelgan kasali  yengil bir xuruj qildi.

Oradan yillar ötdi. Biroq öşa paykalda keçgan kunlar qançalar uzoqlaşgan sayin, qiz dudoğida qalqqan öşa marjon-marjon yoş şunçalar yaqin kelar, şunçalar rangli, şunçalar tiniq körinar, Baxtiyorga sevgi va soğinç, şafqat va umid haqida teran hikmatlar söylar edi. Oxir-oqibat, dard-iztiroblar silsilasida unga möyqalam tutqazib, molbert yoniga haykalday turğizib qöydi. Talabalikning sönggi yilida Baxtiyor  özining “Bir tomçi yoş” deb nomlangan kartinasini yaratdi…

…Sarğiş-qizğiş ranglar. Qaqrab-qurib, tars-tars yorilgan Yer şari. Yer şari ustida bir yonini bulut tösgan Quyoş balqib turibdi. Bulut tösgan Quyoşu Yer örtasida bir tomçi obi-rahmat billurday tovlanadi.

…Yöq, yöq! Bunda mutlaq boşqa manzara. Körib turganimiz Yer şari emas, qaqrab-qurib, tars-tars yorilgan, tomirlari börtib çiqqan Yurak. Yurak ustida bulut tösgan Quyoşmas, bulutdek tözğin soç bir yonin tösgan Köz! Sevgi, soğinçga, şafqat-umidga limmo-lim Köz! Köz va qaqroq Yurak örtasida… olmosday tovlangan Yoş!..

Baxtiyor ana şunday sermazmun, serhikmat asar yaratgan edi! Unda ranglar ingroği baralla taralardi. Unda abadiyat, mangu dard, mangu savol ğujanak bölib yotardi. Bu asar körgan közdan bir tomçigina yoş talab qilardi.

Baxtiyor buni jonu jahonim, umrim mazmuni deb bilardi. Hatto, Georgiy ham közlari köm-kök dengizday mavjlanib xuddi şunday degan edi.

Ana endi bu asar yöq! Baxtiyorning baxti, oğir damlarida umid-işonç baxş etuvçi, yupatib ovutuvçi sirli dunyosi yöq endi! Öktam boyvaçça uç kun burun avrab-aldab Toşkentga olib ketdi. Ayyor tulkining xaridori ham tayin bölsa kerak, kiprik qoqmay yuz dollar garov puli ham uzatdi. Mana uç kundirki Baxtiyorning halovati yöq. Axir uy böm-böş, boloxona böm-böş, yurak böm-böş! Butun dunyo huvillab qoldi. Ammo Baxtiyor ana şunday böm-böş, huvillagan dunyolarga siğmaydi. Ovunç izlab, yupanç izlab ertayu keç, köça-köyda izğiydi, tunlari bolaxonaga qamalib öz-özini söroq qilib çiqadi.

Mana, hozir ham öşa eski divanga yalpayib, bir paytlar çala-yarim qolgan suratiga maʼyus termilib ötiribdi. Lekin u qarşisida çala-yarim umrini, çala-yarim baxtini körib xörsinadi. Öktam boyvaçça bergan pulni olib quvonçdan yal-yal yaşnagan Matluba  ham endi erining hol-ahvolidan xavotirda, vraçning vahimali sözlari quloğida bot-bot jaranglab, goh u, goh bu bahona bilan boloxonaga tez-tez çiqib qöyadi. Öylovdan çalğitiş ilinjida erini gapga solişga urinadi. Baxtiyor köngil uçun soxta iljayib, bir balolar degan böladiyu, ğussa qalqib turgan közlarini olib qoçadi.

Mana, Matluba hozirgina tuşib ketdi. Baxtiyor zina tomon öğrinça alanglab, javon ortiga yaşirib qöygan aroğidan quyib içdi. Iç-içiga örmalagan olovdan dard-alamlari yana ham ravşan körinib ketdi.

“Men xiyonat qildim! Özimga, Xudo bergan isteʼdodimga xiyonat qildim. Sanʼatga xiyonat qildim!” – deya xayolan xitob qildi u, çala yongan taraşaday tirişarkan.

Bu körgulik qaçon boşlandi? Ha, esladi, amakisining uyiga gul çizib bergan kundan boşlandi. Öşa kuni sotqinlik butun böy-basti bilan namoyon böldi. Poytaxtga ketişga amakisi daʼvat etganida, uning ustidan iç-içida kuldi, jaraq-jaraq pul topayotganidan kibrlandi. Yöq, yöq, xiyonat ança avval, ana şu asarni yaratgan paytiyoq niş körsatgan ekan! Axir, “Bir tomçi yoş” Rajabniki-ku?! Öşa qizning qordan toza qalbi, sevgisi uçun tökkan közyoşlari şarofatidan paydo böldi-ku bu asar! Evaziga nima bera oldi şörlikka? Hatto öşa ketarmanlar yiğinida mardona turib uni fisqu fasoddan himoya qila olmagandi. Öşanda ham özini , faqat özini öylagan edi! Yöq, Rajab uning marhamatiga zor emas. U öşa köz yoşlari bilan baxtli! Bunda  esa öşa narsa ham yöq.

Baxtiyor andak dovdiragan köyi aroqdan yana quyib içdi. Xira tortgan közi öngida tuyqus Georgiy jonlandi. Hatto, uning ust-boşidan anqiyotgan qölansa hid dimoğiga urilganday böldi.

Georgiy! Donişmand qariya, çinakam sanʼatkor! Endigina uning gaplari maʼnosini teran anglab turibdi. Muyulişda uçraşib qolişgan payt, u Baxtiyor bilan salomlaşmadi, hol-ahvol söraşmadi. “Risuyeş?” – uning ilk savoli xuddi şunday jarangladi. Çiziş – Georgiyning nazarida çin sanʼatkor uçun soğ-salomatlik belgisi, qolganlari mayda-çuyda, xolos. Bu-çi, nima qildi? Qariyani ilk körgandayoq undan jirkandi, içkilikka pul, boşpana sörab dardisar böladi, deb öyladi. Asarini maqtaganda esa olçoqlarça iljaydi, unga hatto bir piyola çoy quyib uzatmadi. Eh, Georgiy! Közlariga qara uning, közlariga! Taqdiridan mamnun-masrur porlab turibdi! Yaratganga bergan isteʼdodi uçun şukronasi bu! U öz isqirt aft-angori, qölansa isi bilan hayot ustidan, soxta, ğirrom, nafsi öpqon jamoat ustidan ğalaba qilgan! Bu-çi, bu? Göyoki oilaparvar er, mehribon ota! Öz ojizligini, noşukurçiligini tirikçilik tirriqligi bilan xaspöşlaşga uringan notavon! Böpti, şunday ham böla qolsin, sakkiz yildan beri farovonlik uçun kuraşgan bölsin, lekin nimaga erişdi? Qani öşa tökin-soçin rözğor? Qölidan heç narsa kelmadi-ku, turmuşini önglay olmadi-ku?! Bu ham kamday, özi jonu jahonim, umrim mazmuni deb yurgan asarini ham sotdi! Arzimagan çaqaga sotdi!..

Baxtiyor istehzoli iljaygan köyi yana şişa tomon intildi. Şu payt darvoza ortiga allaqanday yengil maşina şitob bilan kelib töxtadi.

“Kim bu yarim keçasi kelgan, – xayolidan ötdi Baxtiyorning, – Öktammi? Yö-öq, bir haftaga muhlat olgan u. Demak… ha, anavi brigadir bölsa kerak, safarga hozirligini biliş uçun kelgan.” – Baxtiyor şişani  şoşa-pişa yana javon ortiga yaşirib, divanga ötirdi. Göyo, çala-yarim surat ustida işlayotgan kişi böldi.

Darvoza taqilladi. Maşina şarpasidan sergaklanib allaqaçon hovliga çiqqan Matluba ojizgina “hozir” dediyu borib temir eşikni oçdi.

– Rassom uydami?

– Ha.

– Uxlab qolmadilarmi hali?

Baxtiyor Öktamning ovozini tanib, hangu-mang bölib qoldi: “Iya, uç kunda hal qilib qaytibdimi?”

Zum ötmay boloxona zinasi oğir-oğir ğijirlay boşladi. Baxtiyor beixtiyor örnidan turib ketdi.

– Salom berdik, janob rassom.

Hansiragan köyi içkariga boş suqqan Öktamning tovuşida, semiz aft-angorida norozilik, minnat-iddao salqib turardi.

– Keling, döstim.

– Ol, bu matohingni, – dedi Öktam pişqirib.

Şundagina Baxtiyor u qöltiqlab olgan narsaga eʼtibor berdi. Asar! Asar qaytib kelibdi! Ammo… ammo muallif negadir bundan xursand bölmadi. Taajjub-taşviş töla közlarini divanga özini harsillab taşlagan Öktamga tikdi.

– Nima gap? Nima böldi?

– Gör böldi, balo böldi… Opketar paytim bir közim tuşib özim ham öyladim-a, şunaqa jinniça narsani birov olarmikin dedim-a… esiz şunça mehnatim.

Öktam nadomat bilan boş çayqagan köyi yonidan sigaret çiqarib tutatdi. Bir-ikki bosib-bosib dud tortdi.

– Iltimos, sal tuşunarliroq…  – deb minğirladi Baxtiyor çaynalib.

– Öktam u tomonga bir çaqçayib oldi.

– Töğrisi, ötgan yili bir Georgiy degan daydi rassomni firmaga, qorovullikka yollagan edim. Kunlik yarim şişa vino evaziga. Öşa seni rosa maqtagandi, köklarga kötargandi. Şuning uçun işlaringga qiziqqandim, aniqroği, foyda keltirişiga yuz foiz işongandim…

Öktam boş çayqay-çayqay yana bosib-bosib dud tortdi.

– Toşkentga bordingmi özi? – deb ehtiyotkorona söradi Baxtiyor.

– Bordim! Şarmanda böldim! – tuyqus qiçqirib yubordi Öktam. – Narsangni kimga körsatsam, qah-qah urib kuladi. Bittasi, bu nima, vaksinami, deb söraydi. Bittasi viski tomçisimi bu, deb piqillaydi. Nima balo, poliklinikadan zakaz olib çizganmisan buni? Xullas, döstim bu asaringning xaridori yöq! Tuşundingmi, xaridor yöq buningga!

Baxtiyor çap qöltiği ostida taniş, juda taniş oğriq qözğalganini payqadi. Qöl yuborib öşa joyni sekin siypalagan böldi. Miyasiga esa Öktamning sönggi sözlari töqmoqdek urilardi: “Xaridori yöq, xaridori yöq!..”

Şu asno uning köz öngida yana Georgiy jonlandi. “Buni sota körma,” degan iltijosi quloqlari ostida jaranglab ötdi.

“Donişmand qariya! – Iztirob bilan öyladi u oğriqdan tirişib. – U bilgan, bu asarga talabgor topilmasligini Georgiy anglagan. Şuning uçun meni ogohlantirgan…”

Öktam divanga besaranjom yastangan köyi hanuz boş çayqab nimalarnidir çamalardi.

– Sen ham el qatori yalanğoç ayollarni çiz, toğ-boğ manzaralarini çiz, – deb minğirladi u xuddi öz-öziga gapirganday, – öşanaqa rasmlar moda ekan elita örtasida. Yaxşi ketadi. Ana, artistlarning portretini tayyorlab ber. Heç qursa, özlari uçun sotib olişadi. Bunaqa narsangning…

– Xaridori yöq, – deb piçirladi Baxtiyor siniq iljayib.

Öktam unga bir öqrayib qöydi. Söng çuqur tin oldi.

– Xullas, gap bunday, döstim. Bunaqa narsangga baʼzi bir çet ellik özingga öxşaş devonalar qiziqadi. Öşalarni poyla. Aldab-suldab yaxşigina pullaysan. Yöq, yaxşisi savdolaşgali özimni çaqir, yordam beraman. Xö-öş… endi-i… mening zaklad pulimni qaytarsang… Men aslida senga yaxşi bölsin deb…

Şu payt Baxtiyor ğalati bir tovuşda pixillab kuldi. Kula-kula divanning bir çetiga şilq etib ötirib qoldi. Öktam çöçib yoniga ögirildi.

– Ey, Baxti, ey… – dedi Öktam döstining bözday oqargan rang-röyidan xavotirlanib, – ey, hazillaşdim, pulni qaytarişing şart emas… Bizning biznesda bunday gap yöq..

Baxtiyor javob bermadi. Uning hovuz tubidagi kölmakday yiltillab turgan qoraçiğlari tuyqus xira tortdi. Sizib çiqqan bir tomçi yoş yonoğida turib qoldi.

Luqmon BÖRIXON

“Yoşlik”2012/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)