(Hikoya)
Quyoş ufqqa sekin boş qöydi. Oqşom salqinida qöylarning bir maromda ötlayotganini körib, köngli tinçigan Qodir bobo gilamdek töşalgan maysa ustiga yonboşladi. Atrofga çökkan sukunatni ahyon-ahyonda jonivorlarning maʼraşi, kakliklarning va har turli kuşlarning sayraşigina buzib turardi.
Oyoq tarafida yotgan itning nimanidir sezganday hurpayib olganiga eʼtibor ham qilmay, çol köklam havosidan töyib-töyib simirarkan xayolga çömdi.
Bundan beş yil burun uni xöjalik kattakonlari izzat-hurmat bilan nafaqaga kuzatişdi. Avval quvongan, keyin oradan bir hafta ötar-ötmas zerikkanidan yeru-kökka siğmay qolgan Qodir bobo idoraga kirib borganida, u uçraşmoqqa bel boğlagan rahbarlar iş bilan allaqayoqqa ketişgan ekan. Köngli sinib ortiga qaytdi. Ertasiga ham şunday böldi. Uçinçi kuni sabri çidamadi, oyoğiga etigini, egniga çakmonini ildi-yu, qadrdon yayloviga yöl oldi. Kattakonlarni ham şu yerda kördi.
– Şunday bölişini bilgandim, – dedi direktor xursandligini yaşirolmay. – Mana, uç-tört kun bölsayam, bola-çaqaning oldida böldingiz. Işga kirişing. Öz otaringizni beramiz. Bolalarning oldiga borib-kelişni ham esdan çiqarib qöymang. Tağin kampiringiz ustingizdan şikoyat yozib yurmasin-a?
Bugun bayram. Qodir bobo çöliği Abdurasulni qöyarda-qöymay uyiga jönatdi. Yangi uylangan, çillasini çiqarib yaylovga kelgan kuyov bola tuşmagur bolasini yöqotgan qöyga öxşab möltiraydi. Uyga borib kelay deyişga yuzi çidamaydi. Qodir bobo borib kel desa, uyalib közini olib qoçadi. Xayriyat, bugun köndi. Saharmardondan kök qaşqani minib jönab ketdi.
Itning irillaşi Qodir boboning xayolini böldi. Qöylar hurkib, gurra bir yerga töplandi. Butalar orasidan şiddat bilan otilib çiqqan jonivor özini suruvga urdi. Qöylar “duv” etdi-yu, tözğib ketdi.
“Böri!” – miyasidan yaşindek ötdi çöponning. It egasi yonidaligida şerlanib ketdi çoği, yovvoyi bir şijoat bilan yirtqiçga taşlanib qoldi. Lekin böri zum ötmay özini önglab olib itga hujum qildi. It va böri örtasida hayot-mamot jangi boşlandi. It raqibining duç kelgan joyiga oğiz solar, böri esa uning kekirdagidan olişga intilar edi. It oxirgi kuçini sarflab, yirtqiçning böynidan tişladi. Böri jon talvasasida itni siltab-siltab taşladi, ammo it yirtqiçning oyoqlari ostiga sudralib, toptalib qolsa ham tişlagan joyini qöyib yubormadi. Nihoyat, böri yiqildi. Tun yarmidan oqqanda Qodir bobo qöylarni bir yerga töpladi. Itni silab-siypab erkalatar ekan, qöllari şilimşiq qonga tegib seskanib ketdi. Itni kötarib, qulayroq yerga, xas-xaşak ustiga yotqizib, gulxan yoqdi. Suv isitib itning yaralarini yuvdi, yaktagidan yirtib, qon sizib turgan joylarini boğladi. Şundagina qorni oç qolganini, kasofat taşvişlari bois keçqurun tamaddi qilmaganini, itga ham non bermaganini esladi. Xurjundan non öroğliq dasturxonni oldi. Suvi qoçgan nonni ivitib, itning oldiga qöydi. Lekin it nonga qayrilib ham qaramadi. Böri yaralagan it öladi, ölmasayam sondan çiqadi, degan gap esiga tuşib çöponning yuragi açidi. Abdurasul kelsa, itni qişloqqa yubortirib, parvariş qildirişni, zarur bölsa, mol döxtiriga körsatişni öylab, öziga özi taskin berdi.
Ertasi kuni Abdurasul otini yörğalatib kelib qoldi. U keça şod-xandon jönatgan çöponning qoş-qovoğidan qor yoğayotganini körib, hayron qoldi. Xurjundan bayram sovğalarini olayotib, latta-puttalar bilan boğlab taşlangan itga közi tuşdi. Bir çetda böri yorib taşlagan sovliqning öligi qorayib körindi. Abdurasul çolni yolğiz taşlab uyga ketganiga puşaymon böldi.
– Öğlim, – dedi Qodir bobo Abdurasulga, – köp yillardan beri yaylovimizda böri yöq edi, xotirjam edik. Mana bu jonivor bölmasa, bilmadim, holimiz ne keçardi. Vahşiy bitta qöyning boşini yedi. Sen endi öğlim, itni olib qişloqqa qayt. Mol döxtirini topib gaplaş, keyin qöşoğizni ham ola kel. Kim biladi deysan, börilar bugun keçasi ham bizni tinç qöyişmas. Ha aytganday, mana bu yirtqiç terisini eltib kolxozga topşir.
Abdurasul şu ketganiça xuftonda qaytib keldi. Itni mol döxtiriga körsatib, dori-darmon qildirganini, keyin uydagilarga ikki-uç kun boğlab parvariş qilişni tayinlaganini aytib, çolga hisob berdi.
Tunda şitir etgan şarpadan ham uyqusi qoçgan Qodir bobo miltiğini yelkasiga osib, qöylar atrofini bir neça marta aylanib çiqdi.
Tongga yaqin qöylarning hurkib qoçgani eşitildi. Ikkala çöpon ham örinlaridan irğib turdilar. Bözarib turgan oyning ğira-şira yoruğida butalar oralab çöloqlanib kelayotgan böri közga taşlandi. Böri şoşmasdan, baʼzan töxtab-töxtab çöponlar yotoği tomon kelardi. Çol yerga yotib, yirtqiçni möljalga oldi. Şoşilib ustma-ust tepkini bosdi. Öq möljalga tekkandi. Böri munkib ketganiça örnidan turmadi.
Miltiğini qayta öqlab olgan Qodir bobo bilan Abdurasul “ölja” tomon yaqinlaşdilar. Qodir bobo oyoği ostida böri örnida özining vafodor iti yotganini körib, dong qotib qoldi. Joniqib itning boşini kötardi. Lekin it allaqaçon ölib bölgan edi.
Çol qölidagi miltiğini quloçkaşlab, çöl qöyniga uloqtirib yubordi. U yana itning ustiga engaşdi. Aççiq-aççiq yiğlayotgan çolning qoq suyak yelkalari silkinib-silkinib tuşmoqda edi.
Jumaqul QURBONOV
“Yoşlik”2012/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


