(Hikoya)
Umrining oxirgi daqiqasigaça bir oğiz söz demagan insonning ayni jon berar vaqtida tilga kirişi juda ğaroyib hol edi. Bu holat bir menga emas, balki uni tanigan, bilgan hatto eşitganlarning ham barçasini hayratlantirdi.
Öşa kuni na qöli, na oyoği va na közi qolgan bu bemor jon berar paytida tilga kirdi. U şunday baland ovoz bilan gapirdiki, jarrohlik xonasidagilarning barçasi muzxonaga taşlangan baliqday qotib qolişdi. Xayolimizni bir joyga jamlab, to özimizga kelgunimizça bemor allaqaçon uzilgandi. U nimalar deb gapirganini heç kim tuşunmadi. Ovozi çiqişi bilan göyo qaytarib bölmas bir ofat kelayotganday hamma özini yöqotib qöygandi. Neça yillik tajribasi bölgan boş jarroh ham bunday holatga birinçi bor duç kelişi bölsa kerak, azbaroyi hayajonga tuşib qolganidan oğzini kappa-kappa oçar, közlari soqqasidan çiqib ketgudek bölib, goh çapdan öngga, goh öngdan çapga aylanardi. Bu holni körib yordamçi şifokor, hamşira, farroş ayol, barçasi murda bilan işlari bölmay qoldi. Boş jarrohning atrofida gir aylanib, unga “birinçi yordam” taraddudiga tuşib ketişgandi. Men esa qölimdagi jarrohlik piçoğini mahkam tutgança murdaga qarab turardim. Uni birinçi marotaba körgan odam bu xonada turganlardan ham battarroq holatga tuşişi aniq edi. Uning taşqi tuzilişi inson qiyofasidan butunlay uzoqlaşib ketgandi. Murdaning bir paytlar öyib olingan közlari örnida terak pöstloğida paydo böladigan xolçalarga öxşaş çuqurçalar bor edi. Faqat ular gorizontal va ketma-ket joylaşganligi uçun uquvsiz haykaltaroş yasagan beöxşov yumuq közga öxşab ketar, ikki qöli va oyoqlari qirqib taşlanganligidan uning butun jussasi endigina tayyorlanib, örnatişga taxt qilingan byustni eslatardi. Oftob körmagan, sarğiştob yuziga qarab murda ança vaqtdan beri töşakka mixlanib qolganini biliş qiyin emasdi. Jussaga tikilib turarkanman, miyamga kelib qolgan savolga javob axtara boşladim. Nima uçun bunday böldi? Ha, bu savol birinçi marta xayolimga kelişi edi. Nega şu paytgaça kelmaganiga özimning ham aqlim yetmasdi. Axir uni ilk marotaba körganimdayoq yoki undan keyin ham şu savol tuğilişi mumkin edi-ku?
Bemorni birinçi bor körgan kunim işga kelganimga töqqiz oy bölgandi. Öşanda u ikki oyoği kesib taşlangan, nogironlar aravaçasida turardi. Rangi biroz siniqqan, biroq egnidagi zamonaviy köylak, soqolining qirtişlab olingani, soçining bir tarafga silliq qilib taralganligi, bilagidagi muskullarning börtib çiqib turişi buni bilintirmasdi. Qattiqroq razm solmasa deyarli sezilmasdi. Oyoqlaridan taşqari, boşqa barça aʼzolari soppa-soğ bölib köringani uçun unga unçalik eʼtibor bermagandim. Ammo işxonada kimdir bemorning tilsiz ekanligini aytganidan sönggina qiziqişim ortib, navbatçilikda qolgan kunim kasallik varaqasini körib çiqişga kirişdim. Oyoğining kesib taşlanişiga sabab bölgan taşxisdan fiğonim falakka çiqdi. Neça yillardan beri işlab, öz işining ustasi bölgan şifokorning qilgan işidan hayratda edim. Kasallik varaqasiga “varikoz” yozilgan bemor oyoğining kesib taşlanişi haqiqatdan ham ajablanarli edi. Bundan bir jahlim çiqsa, bir jarroh besabab bu işni qilmagandir, degan öy bilan uni oqlardim. Biroq haqiqat aytilmagan sözday mavhum edi. Bu sözni ayttiriş uçun esa men turli yöllarni öylab topardim. Biroq uddasidan çiqolmay xunobim oşardi.
Kun bilan tun xuddi yil çiroqlaridek tinimsiz örnini bir-biriga böşatib berardi. Jumboq esa jumboqligiça qolaverdi. Unga bölgan qiziqişim sönib, bemor töğrisida öylamay qöydim. Marhumga öxşaş bemorlar köpçilikni taşkil qilganidan bölsa kerak, endi şifoxonaning “havo”siga örganib ketgandim. Lekin marhumçalik heç biri menda çuqur taassurot qoldirmagandi. U garçi gapirmasa-da, aytmoqçi bölgan gaplarini köl harakatlaridan yoki közlaridan öqib oliş qiyin emasdi. U doim tabassum bilan qarab turar va joni çekayotgan azoblarni sezdirib qöymaslikka urinardi. Biroq bemorning közlariga boqib, u bilan suhbatlaşiş jarayoni köpga çözilmadi. Yuragimdan otilib çiqişga uringan isyon boş jarrohning ötli qaraşlari oldida boş egib, sönayotgan çöğdek xiralaşib borardi. Boş jarroh bemorning közlarida “katarakta” bor, deya taşxis qöygan, ammo jarroh kataraktani emas, balki közning özini olib taşlaşni qaror qilgandi. Bu işga aralaşmayman deb boş tortolmadim. Göyo kimdir böğzimdan olib, “Gippokrat qasami”ni buzayapsan, deganday bölaverdi. Vaholanki, bemorning közlari soppa-soğ, biz esa ularni olib taşlaşimiz kerak. Qanday bedodlik, deya hayqirgim kelardi. Biroq bemorning bamaylixotir ötirişini körib şaştimdan tuşdim. Bemorni yomon körib ketdim ham. U esa biz aytgan narsalarni ikkilanmay bajarardi. Jarrohlik stoliga yotguniça uning közlarida hayot aks etib turdi. Faqat narkoz taʼsiridan söng yonib turgan közlar, bir lahza içida, hayotga töymay jon bergan murdaning közlariga öxşab qoldi. Ming-minglab tiriklarni “yorib”, könikib ketgan jarroh uçun söniq közlarni köçirib oliş odatiy hol edi. U xuddi kulçaça yasaş uçun xamirdan bir çimdim olgan novvoyday közlarni joyidan köçirib taşladi. Bemorning keyingi hayoti bundan-da ayançli bölişini bilib, sezib tursak-da, birontamiz gapirişga botinolmasdik. Mana şu lahzalarda tilsiz bemorga havasim kelib ketdi. Gapirolmaslik ham bir tarafdan baxt ekanligini anglab yetdim. Endi bemor közsiz, oyoqsiz yaşaşga mahkum etilgandi. Boş jarrohning “Endigi navbat qöliga”, deganida ham indamadim. Mendagi kuç-ğayrat yöqolib borayotgandek edi göyo. Ular nima desa, şunga könişga örganib qolgandim. Bemorlarning barçasi bir-biriga öxşaş bölganligi uçunmi, nazarimda, ularning ruhiyatiga singişib ketayotgandek edim. Bemor oyoğining kesilişi, közining öyib olinişi va navbat qölining ham kesiliş jarayonlari qisqa vaqtlar içida amalga oşirilayotgandek ediki, bularning barçasiga endilikda kundalik maşğulotni takrorlayotgandek behafsala qarardim.
Bemor qöli kesiladi degan kuni keçasi bilan uxlolmay çiqdim. Qöllarim qaqşab, göyoki mening qöllarim qirqiladiganday bosinqirab, uyğonib ketaverdim. Erta tongdan ğaşlik hukm sura boşlagan köngilga taskin beriş uçun çora topolmay, işga otlandim. Şifoxonada barça oyoqqa turgan, u tomondan bu tomonga zir yugurişardi. Bir neça muddat qöl-oyoği kişanlangan mahbusday qimir etmay turdim-da, keyin bemor yotadigan xonaga şoşildim. U xonada nogironlar aravaçasida ötirgança graffel bilan priborga nimalarnidir yozardi. Buni körib hayratga tuşdim. Bemor qaçonlardir “Brayel yozuvi”ni örgangan va hozir öşa ilmini amalda qöllayotgandi. Közi ojizlarning maxsus daftar-qalamini kim qaçon keltirib bergani yana bir jumboq edi. Şu lahzalarda men bu haqda öylamasdim. Öylaganim: gunglar alifbosini, brayel yozuvini qaçon örgana qoldi ekan? Axir u tuğilganidan buyon şifoxonadan köçaga çiqmagan bölsa. Buni menga qorovul aytib bergandi. “Bola çala tuğilgan, asrab qolişning iloji yöq”, degan xabarni eşitgan ota-onasi “Umidimiz sizdan” deya boş jarrohga çaqaloqni taşlab ketişgan ekan”, degandi öşanda qorovul. Şu ketganiça qaytib biror marotaba xabar olişmagan ekan. Aslida esa bola çala tuğilmagan. Faqat boş suyagi jussasiga nisbatan kattaroq bölgan. Nega bola tuğruqxonada emas, aynan mana şu şifoxonada tuğilgan, degan savol könglimga kelgandi öşanda. Biroq savol tuğilişi qançalar tabiiy bölsa, uning javobsiz qolişi ham şifoxonadagilar uçun şunçalar tabiiy edi. Işçilarning hammasi “programma”laştirilgan robotlarga öxşab boş jarrohning çizgan çiziğidan çiqmasdi. Boş jarroh ham öziça buyruq bermas, biz uçun mavhum bölgan kimningdir buyruğiga itoat qilardi.
To hamşira qiz kelib, “Operatsiyaga tayyorlanar ekansiz”, demaguniça uni kuzatib turdim. Hamşira menga gapiriş mobaynida bemorning qölidagilarni tortib olib deraza tokçasiga itqitib yubordi-da, aravani itarib yölakka çiqdi. U bemorni jarrohlik xonasiga olib ketayotgan edi.
Meni yana xayollar çulğab oldi. Ular bemor aravasining ğildiraklariga osilib, jarrohlik xonasiga şoşilardi. Hozir bemorning qöli ham kesiladi. Keyin nima böladi? Keyin bemor bundan ham dahşatliroq holga tuşib qoladi. Nimalarnidir yozib, özini ovuntirib yaşayotgan bemor qölidan ham ayrilsa, hayotdan butunlay uzilib qoladi-ku! Bunga yöl qöymaslik kerak. Lekin qanday qilib? Şu payt köz öngimdagi devor, devordagi tibbiyotga oid suratlar, yölak, bularning barçasi suv solingan şaffof idiş ortidan qaragandek körina boşladi. Boşimni kimdir qattiq qisayotgandek tuyuldi. “Qon bosimim kötarilyapti”. Miyamdagi birinçi signal aniq va bexato taşxis edi. Biroz muddat heç narsani öylamaslikka tirişib, devorga suyanib turdim. Organizmim töliq özini tiklamagan bölsa-da, özimni ozroq yengil his qilgaç, jarrohlik xonasiga jönadim. Endi qarorim qatʼiy edi – bemor qölining kesilişiga yöl qöymayman! Şunça vaqt azob tortgani yetadi. Hayotimda heç bölmasa bir marotaba kimgadir yaxşilik qilay… Yöq, niyatim amalga oşmasligini sal fursatdan keyin angladim. Yetib borganimda jarrohlik xonasi taqa-taq berkitilgan edi. Operatsiyagaça hali çamasi ön daqiqaça bor, ammo eşik allaqaçon berk. Özim ham bu operatsiyaga qatnaşişim kerak-ku? Nima uçun bunday qilişdi? Hozir taajjublanib ötiradigan payt emas edi. Eşikni qattiq urib baqira ketdim: Oçinglar eşikni! Men kirişim kerak, oçing eşikni! Eşityapsizlarmi?!
Içkaridan hamşiraning ovozi keldi:
– Halal bermang. Kirişingizga ruxsat yöq. Boş jarroh şunday dedi.
– Haqqi yöq uning! Bemorning qölini kesişga haqqi yöq! Men kirişim kerak, oçing eşikni, – çinqirdim tomoğim qirilgudek bölib.
– Birovlarning taqdirini özgartirişga sening haqqing yöq. Iştirok etişing mumkin, xolos. – Endi yöğon ovoz keldi içkaridan. Bu boş jarroh edi.
Uning ovozini eşitib negadir böşaşib ketdim. Eşikka suyangança ötirib qoldim. Qiziq, ovoz quloğim ostida xuddi ninasi bir çiziqqa tuzib qolgan plastinkaday takrorlanardi: “Birovlarning taqdirini özgartirişga sening haqqing yöq. Iştirok etişing mumkin, xolos. Birovlarning taqdirini…” Şu zaylda jarrohlik xonasi oçilgunga qadar ötiribman. Boş jarrohning gapidan söng özimga kelib, örnimdan turdim. U yölak böylab ketar ekan:
– Uç oydan keyin tilini operatsiya qilamiz. Öşanisiga iştirok etişingiz mumkin. Tilda bizga notaniş, mayda pufakçalar paydo bölyapti, – dedi. Keyingi belgilangan sana bemorning oxirgi kuni ekanligini bu paytda bilmasdim.
* * *
Yöldaman. Qabristondan birga çiqqan şeriklarim mendan ança ilgarilab ketişibdi. Kimdir yelkamga qöl taşladi. Boş jarroh ekan. Gapirgim kelmadi, indamay ketaverdim. To uyimga olib boradigan yöl boşiga kelgunça şu zaylda yurdik. Boş jarroh men bilan xayrlaşa turib şunday dedi:
– Bu siz bilan sönggi körişişimiz bölsa kerak. Mening faoliyatim nihoyasiga yetdi. Endi qaytişim kerak.
– Qayoqqa? – söradim uning horğin yuziga tikilib.
U gapirmadi, faqat közlari bilan osmonni körsatdi.
Asliddin MUSTAFOYEV
“Yoşlik”2012/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


