Toşkentning Beşoğoçidanman. Bu daha Börijari, anhorlari, mahobatli köpriklari, Tuproq qörğoni, maşhur köli, hovuzlari, gavjum bozori, tramvay izi örnatilgan toş köçalari, har bir hovlidan ötadigan ariqlari bilan yodimda qolgan. Uning mahalla, guzar, çoyxona, bekat, non, sabzavot, göşt dökonlarini unutib böladimi? A.Soljenitsinning “Saraton xastaliklari bölimi” qissasining boş qahramoni Pavel Rusanov ToşMI kasalxonasidan çiqib, tramvayda Çorsuga yöl oladi. Qaysidir bekatda qörada pişirilayotgan kabobni körib qoladi. Hamma yoqni kabob isi tutib ketgan. U tramvaydan tuşib qoladi. Bir six kabob, yarimta yopgan non olib çoyxonaga kiradi. Qaçon şu qissani öqisam, qissa qahramoni bizning “Çaqar”dagi çoyxonaga kirgan degan fikr ötaveradi xayolimdan. Mening mahallam “Çaqar”, dedim-u, sal xato ketganimni sezib qoldim. Bolaligim “Çaqar”da, Abulqosimxon madrasasi yonginasidagi, ona tomondan buvamning “Yangi mahalla”dagi hovlisida keçgan. Toşkent şahri bilan Toşkent viloyatini ulab turgan uzun, Börijar sathidan ança baland qilib qurilgan Simon köprikdan har kuni ötardim, Kiçik Çilonzordan Katta Çilonzorga borardim. Boğ hovlimiz hozirgi Çilonzor savdo markazi ortidagi 162-maktab örnida edi. Men boğ hovlida 1937-yilning çillaki çumak urayotgan pallasida tuğilgan ekanman. Yetti-sakkiz yoşimdan tomorqaga qarab, jöxori çopiq qilar, ekinlarga suv quyardim. 9-10 yoşimdan jamoa xöjaligida işlaganman. Onamga kömak berganman. Köp joyga köçganimiz, ança erta mehnatga könikkanim, – otasiz ösganimdan deb bilaman. Onam kolxozda işlab, meni va opamni oq yuvib, oq tarab östirganlar.
Katta Çilonzordagi 162-, “Çaqar” bilan Çorsu oraliğidagi 82-boşlanğiç, Beşoğoç markazidagi 90-töliqsiz örta maktabda öqiganman. Maktabni tugatgunimça: “Nega bizda qizlar öqimaydi?” deb öylab körmagan ekanman. Beşoğoç tumanidagi 90-, 34-, 45-, 82-maktablarda faqat öğil bolalar, 84-, 59-maktablarda faqat qizlar öqirdi. Öqituvçilarimizning aksariyati ham qizlar, ham bolalar maktabida dars berar, goho serjahl öqituvçilar:
– Senlarning bitta sinfingda dars bergandan qizlarning önta sinfida dars beriş oson, – deya nolib qolardi. 90-maktabda davomat yomon edi: yangi film qöyilsa, öquvçilar “gur-r” etib yonginamizdagi Navoiy kinoteatriga urib ketardi. Köklam keldimi, komsomol köli öziga çorlay boşlardi. Yoşlar kölida bolalar temir yöli bölardi. Uning boşliği, nazoratçisi, haydovçisi, bekat begi – hammasi maktab öquvçilari edi. Suv sporti tögaragi muntazam işlardi. Olmazor köçasida yoş texniklar stansiyasi faoliyat körsatar, köpçilik öquvçilar Markaziy kaşşoflar saroyidagi tögaraklarga qatnardi. Drama tögaragiga Mirsoat Usmonov (yozuvçi Erkin Usmonovning otasi – A.R.) yetakçi edi. Repertuarda Volodya Dubinin, Pavlik Morozov, xullas, şöro mafkurasiga xizmat qilgan bolalar haqidagi asarlar köp edi.
Yana bir gap. Bolalarning bozorda savdo-sotiq qilişi qatʼiyan man qilingandi. Köpçilikning tirikçiligi Beşoğoç bozoridan ötardi. Aksariyat öquvçilar darsdan keyin bozorga çopar, ona, opasiga dastyorlik qilardi. Bozorçi bolalarni öqituvçilar tergayverar, ular esa bozordan qolmasdi.
Beşoğoçda özga millat vakillari köp edi. 90-maktabda ham özbek, ham ruslar öqirdi. 34-maktab rusça öqişga yönaltirilgandi. Uruş yillarida köçib kelgan oilalar köpayib ketdi. Abulqosim madrasasiga asosan mordavanlar joylaşdilar. Negadir madrasani “Kollektiv” deyiş udum bölgandi. Öşa paytda özbeklar uyini ijaraga berişni örgandilar. Erkak kvartirantlar erta bilan Çilonzor, Oqtepa, Zaxariq tomonlarga çiqib ketar, “Oyna tuzataman”, “Primus sozlayman”, – deya bot-bot ovoz berardilar. Ruslar bilan maktabda, mahallalarda birga yaşagan bolalar rus tiliga usta bölib ketdilar.
Maktabda özbek tili va adabiyotiga nisbatan rus tili va adabiyoti çuqur, qiziqarli öqitilardi. Asl millati özbek bölgan Asqar Ramazonov darsni qoyilmaqom qilib ötardi. “Ğilof bandasi”, “Amaldorning ölimi”, “Revizor” singarilarni dars sifatidamas, yakka artist teatridagiday ijro etardi. Yelena Pavlovna Kats hamma öquvçini ismi bilan çaqirar, erkalar, tanbeh berardi. Uning darsida kutilmagan, ğalati-ğalati çekinişlar bölardi. Mana, öqituvçi Puşkin biografiyasini sözlay turib, “ötlab” ketdi. Bir kuni Puşkinning otasi tarvuz olib kelibdi. Uni artib, surtib, stolning ustiga qöyibdi. Tabiiyki, bolalarning nafsi hakalak otib ketyapti. Ota beparvo. Bolalar tarvuzni kesişni iltimos qilişaveribdi.
– Tarvuzni kesaman. Kim şeʼr töqisa, öşanga birinçi karjni beraman, – depti ota. Hamma jim. Kiçkinagina Saşa dik etib stulga turib olibdi-da:
Moya puza
Xoçet arbuza, – depti.
Vaʼdaga binoan qip-qizil tarvuzning ilk karji bölajak şoirga tegibdi.
Ikkinçi voqea. Puşkinlarnikiga podşo taşrif buyuribdi. Zodagonlar, graf-u dvoryanlar zal böylab yurgan holda özaro suhbat qurişibdi. Bir mahal mehmonxonaga jingalak soçli bolakay öqday otilib kiribdi. Mehmonlarni körib mulzam bölibdi. Podşo bolakay yoniga kelib, jingalak soçlarini silabdi, qoraça yuz-köziga boqib:
– Ox, kakoy arabçonok, – depti. Tiyrak Saşa yalt etib podşoga qarabdi. Uning yuzlaridagi çeçak izlarini körib, darhol “qasd” olibdi:
Арабчонок, но не рябчонок.
Bola mehmonxonaga qanday otilib kirgan bölsa, şunday tezlik bilan çiqib ketibdi.
XX asrning 50-yillarida maktabni tugatgan, Oliy öquv yurtlarining ijtimoiy fakultetiga kirganlar, özbek tili va adabiyoti qatori, rus tili va adabiyotidan inşo yozar, oğzaki imtihon topşirardilar.
Yana bir gap. Ötgan asrning 60-yillarigaça toşkentliklar tilida “Gubir boği” (“Gubernator boği” – A.R.) ança faol edi. Tramvay, trolleybus pattaçilari bekatni “Kirov parki” desalar ham, şaharliklar “Gubir boği”gaça borişlarini aytaverardilar. Komsomol kölidan ötib, Simon köprikning qişloq tomoniga ötişingiz bilan devor bilan öralgan, daraxtzor, bahaybat temir darvoza örnatilgan katta-katta dala hovlilar boşlanardi. Hozirgi Respublika Tez yordam ilmiy-tekşiriş Markazi ortida 100-150-yillik, baland-baland çinor monand öris daraxtlar bor. Gubernatorga maxsus boğ qurilgaç, amaldor rus zobitlariga Çilonzordan katta, bahavo, Börijar “nafasi urib” turgan boğ-hovlilar ajratilgan. XIX asrning 90-yillarida boşlangan bu tartibot Şöro zamonida, 70-yillargaça davom ettirildi. Çor Rossiyasi ham, Şöro hukumati ham rus zobit-amaldorlarini hamma yerda asrab-avaylardi…
Men öqigan 90-maktabning III-IV qavatlaridan Muqimiy teatri hovlisi, grim qilib olgan artistlar, rolini takrorlayotgan aktyorlar körinib turardi. Sinfdoşlarim piyoda yursa, Yoşlar köliga kirsa, Tohir, Alpomiş qöşiğini aytardi. 1952-yilda bölsa kerak, butun sinf “Otello”ni köriş uçun Hamza (hozirgi Milliy) teatrining yozgi binosiga borganmiz. Spektakl tungi ikkilarda tugagan. Hammamiz uyimizga poyu piyoda jönaganmiz.
Maktabimiz futbol maydoni bilan Ğafur Ğulomning Arpapoyadagi hovlisini bitta devor ajratib turardi. Negadir köpçiligimiz Ğafur Ğulomni “özimizniki” deb bilardik. Aksariyat öquvçilar Ğafur Ğulom bilan qöl berib körişgan, ozroqqina suhbatlaşişgan ham. Dongdor şoir maktabimizga bot-bot taşrif buyurardi. Öqituvçilarimiz orasida şoirning qadrdonlari ançagina edi. Qolaversa, Ğafur Ğulomning öğli Mirzouluğ maktabimizda öqirdi. Uning sinfdoşlaridan aksariyati, Uluğ aka singari maşhur olimlar bölib yetişgan. Ğafur Ğulomning “Oltin medal” şeʼrini öqisam, “u bizning maktab öquvçilariga bağişlangan”, – degan fikr keladi.
Men tramvay yöl ötadigan Beşoğoç köça, 164-uyda yaşaganman. Köçamizning öziga xos tarixi bor. XX asr boşlarida Beşoğoçdan könka (ot qöşilgan uzun vagon), 1913-yildan tramvay qatnay boşlagan. Har yili bahorda toş teruvçilar (köpinça armanilar) öz mahoratlarini körsatar, gözal, pişiq qilib toş yotqizardilar. Bu köçadan tramvay ham, maşina ham, briçka, qöqon arava ham yuraverardi. Goho ustiga saksovul, somon ortgan kiçik-kiçik tuya karvonlari ötardi. Çorsu bozoriga yöl olganlar şu köçadan borib qaytardilar. Beşoğoç köçasida tarix öqituvçimiz, 30-yillarda adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan, Hamid Olimjonning dösti Abdusalom Niyoziy, rus tili öqituvçimiz Qalandarov, Ğafur Ğulomning singlisi Bahri Ğulomova, jarroh Darvin Ğulomov, Hamid Olimjonning singlisi Muhabbat Olimjonova singari taniqli kişilar yaşardi.
Ösmirligimda Guliston bekatining Guliston köçasida yaşaydigan Muşarrafxon ayanikiga köp borardim. Oltmişlarni qoralab qolgan, baland böyli, adl qomatli, oq yuz, oq soçli aya nihoyatda fayzli edilar. Sanʼat, adabiyotni sevardilar.
– Mana bu, yonimdagi hovlida döstim Oybek yaşagan. Ana u hovlida bir neça yil Fitrat domla istiqomat qilganlar – deya hikoya qilib qolardilar aya. Ötkir Hoşimovning “Dunyoning işlari” qissasini öqigaç, Amma – men tanigan, suhbatlaşgan Muşarraf aya ekanligini bilib oldim. Aya Abulqosimxon töraning nabirasi, Hoşimxon töraning qizlari ekan. Ayaning hovlilari Abulqosimxon Eşon avlodlari uy-joylari qatorida edi. Ö.Hoşimovning otasi Ataulloxon – Muşarraf ayaning bir ota-onadan tuğilgan inilari edi.
Maktabimiz joylaşgan Olmazor köçasi, Forobiy maktabi yonverida Olim Şarafiddinov, Vohid Zohidov, Hamid Ğulom, Aziz Abdurazzoq yaşardi. Ular qaysidir tomondan maktabimiz bilan aloqada bölganlar. Masalan, Olim Şarafiddinovning jiyani Pölat bizdan bir sinf quyida öqirdi. Uni hamma “Tom” deb atardi. “Tom toğaning kulbasi” qissasi tarjima qilingan yili tuğilgan jiyanini Olim Şarafiddinov domla “Tom” deb atay boşlagan ekan. Keyinçalik Tom – Pölat yetuk olim böldi, Texnika universitetida kafedrani boşqardi. (Uni Alloh rahmatiga olgan bölsin).
Xullas, kamina SAGU (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetiga bir-ikki asarni öqibginamas, adabiy muhit ruhini anglab kirib borganman.
Universitetga kelgunimça Ğafur Ğulom, Oybek, Hamid Olimjon singari özbek yozuvçilari asarlarini, L.Tolstoyning “Kavkaz asiri”, M.Şoloxovning “Don hikoyalari”ni, S.Ayniy, M.Avezov, Mehdi Husayn, A.Fadeyev, K.Simonov asarlarini yaxşi bilardim. “Tinç Don”ni maktabdaligimda öqiganman.
Universitetga kirişim bilan Hozirgi özbek adabiyoti yönalişini tanladim. 1955-yilda Oybekni 50 yillik yubileyida universitetda kördim. Odil Yoqubov, Ölmas Umarbekov, Aleksey Pyanov singarilar öşa paytda talaba bölsalar-da, adib sifatida tanilib qolgandilar. Tursun Sobirov, Laziz Qayumov, Ozod Şarafiddinov singari yoşlar zamonaviy adabiyotdan dars berganlar. Öqişga kirganimizda, dars berganlardan Ozod Şarafiddinov 26, Laziz Qayumov 24, Natan Mallayev 32, Şavkat Rahmatullayev 30, Muzaffar Xayrullayev 25, Siddiq Fuzailov 29, Yoqub Ğulomov 30 yoşda bölgan ekan. Biz ularni uluğ, katta yoşli ustozlar deb bilardik.
Keyinçalik özbek mumtoz adabiyoti yönalişidan ketmaganimga afsuslandim. Lekin içki bir sezgi Navoiy, Turdi, Gulxaniy, Nodira, Muqimiy, Furqat ijodi öta mafkuralaştirilgan holda ötilayotganini bildirib turardi. 70-yillargaça Navoiy devon, dostonlari “anʼanaviy kiriş”siz, XII, XIII boblardan boşlab bosilardi. Navoiyning Alloh, payğambar, salaflar, sözining örni haqidagi fikrlari tuşirib qoldirib “boşsiz” Navoiy talabalar hukmiga havola qilinardi.
Biz universitetga kirganimizda, masalan, Furqat nafasi şundoqqina sezilib turardi. U bilan suhbatlaşgan, ziyofatlaşgan kişilar köp edi. Lekin şunga qaramay, Furqatning “Tuf” radifli şeʼri tilga tuşgan, hatto darsliklarga kiritilgandi.
Furqatiy, boylarni hajvin qança yozsang şunça oz,
Rost erur bu sözlarim, billohki, yolğonlarga tuf!.
“Jonim mening” ham Furqat tomonidan aytiladi. Aslida “Tuf!” ham, “Oh kim, rahm aylamas…” ham Abduvahob Sayfiy qalamiga taalluqli bölib, Furqatni sotsiallaştiriş, xalqçillaştiriş maqsadida uning tilidan ayttirilgan edi. Bu jiddiy xatolikni bartaraf qilişda matnşunos Vahob Rahmonning hissasi katta böldi.
Yana bir narsaga afsuslanaman. Matyoqub Qöşjonov, Laziz Qayumov, Ozod Şarafiddinov, Salohiddin Mamajonov, Naim Karimov, Sobir Mirvaliyev, Baxtiyor Nazarov, Umarali Normatov, tabiiyki, özim ham Navoiy ijodi haqida yolçitibroq maqola yozmaganmiz. Erkin Vohidov, Ibrohim Ğafurov, Ibrohim Haqqulov, Sultonmurod Olimov singarilar mustaqil intilib, berilib Navoiy dunyosiga şönğib ketdilar. Aslida, adabiyotşunosni uzil-kesil sohalarga ajratib taşlaş notöğridir. Hozir aruzni, turkiy folklorni, jahon adabiyotini bilmaydigan çin talaba qolmayapti, hisobi.
Universitetda domlalar, ustozu şogirdlar aro aloqalar öziga xos edi. Fakultetimiz öqituvçilari yozgi dam olişni ham birgalikda ötkazardilar. Ozod Şarafiddinov, Begali Qosimov, Umarali Normatov va kamina “osmondagi şahar” – Xorogda, Vladivostokda, Kişinyovda, Ğilon qişloğida, Hazrati Başirda, Xonjizzada, Şalqonda birga bölganmiz. Ustozlarim O.Şarafiddinov, Ğ.Karimov, S.Dolimov, L.Qayumov singarilarning köp insoniy fazilatlari haqida gapirib berişim mumkin.
Hozirgaça ön uçta kitobim çop etildi. Men filolog va jurnalist talaba – bakalavr, magistrlarga dars beruvçi öqituvçi, adabiy-tanqidiy maqolalar yozadigan odamman. Qisqasi, badiiy adabiyotni ham yozma, ham oğzaki tarğib qilaman. Qança köp zurafo-adabiyotni his qiladigan, maʼnaviyati yuqori şogird yetiştirgan bölsam, şunça maqsadga erişgan bölaman. “Ilmi ğaribani qömsab…”, “Tanqid, talqin, baholaş”, “Isteʼdod va eʼtiqod”, “Betakror özlik” kitoblarim öqilyapti. Muhim haqiqatni aytaymi? Biz, mutaxassislar maşhur asarlarni bir martagina öqigan ekanmiz! Har bir zamon – maşhur asar uçun yangi rakurs, kuzatuv nuqtasi ekan. Qaysi asar haqida yozsam, uni qaytadan öqiyapman, zamon bilan boğliqligini köryapman. “Ötgan kunlar”, “Mehrobdan çayon”, “Qutluğ qon”, “Yulduzli tunlar”, “Diyonat” öşa özim bilgan asar-da”, – deydiganlar xato qiladi. Istiqlol közimizga yangi oynak taqdi. Şuurimiz, dunyoqaraşimiz özgardi. Avval yozilgan asarlarni yangiça nigoh bilan öqiş, hozirgi ilmiy-nazariy qaraşlar asosida tahlil qiliş zarur.
“Yoşlar adabiyotni öqimay qöydi”, “Ular yengil-yelpi yöllardan ketib qolmoqdalar” deyaverişdan köra öquvçilarni kitob öqişga örgatiş kerak. Menga qolsa, “filologiya, sanʼat, jurnalistika sohasini tanlaganlar kamida 3-4 ming satr şeʼr, nasriy parçalarni, monologu dialoglarni qiroat bilan öqib bersinlar”, – degan şartni qöygan bölardim. Rahmatli Vohid Abdullayev tirikliklarida, Samarqand Davlat universitetini boşqarganlarida deyarli barça ustozlar, talabalar minglab misralarni yoddan öqirdilar. Badiiy asar qança berilib, qunt bilan öqilsa, uning öziga xos jozibasi, mazasi çiqa boşlaydi. Men universitetda I kurs talabalariga “Hozirgi adabiy jarayon” kursidan dars beraman. Tilga tuşgan barça asarlarni öqib çiqişlarini talab qilaman. Talabalar öqigan asarlarini gapirib (oğzaki talqin qilib) beradilar.
Talabalar jahon adabiyotining maşhur asarlarini özbek yozuvçilarining yangi yaratmalari bilan qiyosan örganişlarini orzu qilaman. Yozuvçi dunyo adabiyoti miqyosida fikrlasa, ijod qilsa, yoşlar – talabalar unga intiladilar, özlarining orzu-mayoqiga aylantiradilar. Istiqbolda özbek adabiyoti özligini saqlagan, jahon adabiyotida muqim öringa ega bölgan beqiyos adabiyotga aylanadi.
Ötgan asrning 80-yillarida professor Ğulom Karimov ilmiy loyihasiga köra ÖzMU filologiya fakultetida XIX asr oxiri, XX asrning birinçi çoragidagi özbek jadid adabiyotini örganiş keng yölga qöyildi. Professor Begali Qosimov rahbarligida Milliy uyğoniş davri özbek adabiyoti kafedrasi iş boşladi. Respublika Oliy öquv yurtlari orasidagi bu ilk kafedra keng miqyosda ilmiy, taşkiliy işlarni yölga qöydi. Turkiy adabiyotlar bilan aloqa kengaytirildi. Toşkent, Qozon, Anqara, Simferopol, Istambul, Boku, Olma-Ota, Samarqandda ilmiy konferensiyalar ötkazildi. Turkiy adabiyot namoyandalari ensiklopediyasi, maşhur asarlar çop etildi. Talabalar M.Behbudiy, M.Abduraşidxonov, Çölpon, A.Qodiriy, M.Jumaboy, Fitrat, A.Avloniy, Elbek, Sidqiy Xondayliqiy, Yusuf Saryomiy, Karimbek Kamiy, Xislat, Tavallo, Şermuhammedovlar ijodini mukammal örgandilar. Ismoil Gaspirali ijodi keng örganila boşlandi.
Hozirgi paytda XX asrning 30-yillaridan to hozirgi kungaça bölgan özbek adabiyotini qunt bilan örganiş fursati yetdi. Menimça Oliy öquv yurtlarida “Özbek istiqlol adabiyoti”ni öqita boşlaş lozim.
Beş farzandim, tört nabiram oliy maʼlumotli. Kelinim – filolog, fan nomzodi. Bir nabiram til va adabiyot öqituvçisi. Xudoga şukur, bolalarim, nabiralarim adabiyotga qiziqadi, köp kitob öqiydi.
Ellik uç yil muqaddam auditoriyaga ilk bor öqituvçi sifatida qadam qöyganman. Hanuz auditoriyadan qadamimni, talabalardan könglimni uzganim yöq. Taxminan, yarim asrdan beri qölimdan qalam tuşgani yöq. Tarki odat – amri mahol, degan gap bor. Bundan keyin ham Xudo umr bersa, dars beraman, maqolalar yozaman, degan niyatdaman.
ADIB HAQIDA
1937-yil 1 iyulda tuğilgan. Örta maktabni, hozirgi ÖzMUning filologiya fakultetini bitirgaç, Qarşi Davlat pedinstitutida (1959-1968-yillar) öqituvçi bölgan. 1969-yildan hozirgi kungaça Özbekiston Milliy universitetida dotsent, dekan, kafedra professori vazifasida faoliyat olib bormoqda. 1966-yilda filologiya fanlari nomzodi, 2002-yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini oliş uçun dissertatsiya yoqlagan.
“Ilmi ğaribani qömsab…” (1998), “Istedod va eʼtiqod” (2000), “Atoqli adib” (2001), “Tanqid, talqin, baholaş” (2006), “Şarafli Şarafiddinovlar” (2006), “Badiiylik – bezavol yangilik” (2007), “Betakror özlik” (2009) asarlarining muallifi.
1979-yildan beri Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
“Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiyi” (2003), “Özbekiston Respublikasi fan arbobi” (2007-yil)
Serfarzand ota, sernevara bobo, serşogird ustoz.
“Yoşlik”2012/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


