yoxud xalqona şeʼriyatga bir nazar
Özbek şeʼrxoni köp yillar davomida poetik sözning silliq, jarangdor, imkon qadar “adabiy” bölişiga obdon köniktirilgan edi. Milliy şeʼriyatga ilk bor Mirtemir domla tomonidan kiritilgan jonli sözlaşuv unsurlarini T. Sulaymon bir qadar kuçlantirdi. H. Xudoyberdiyeva, A. Suyun, R. Musurmon kabi şoirlar ijodida ifodaning xalqçilligi muayyanlaşdi. Lekin bu şoirlarning şeʼriyatida xalqning ruhiyatiga xos özgaçalikni berişga köproq eʼtibor qaratilar, ayrim ekzotik sözlarni hisobga olmaganda ifoda köproq darajada adabiy edi. Hayot Şodmon bilan Hol Muhammad Hasan şeʼriyatimizga işlov berilmagan, silliqlanmagan özbek sözining tabiiy stixiyasini olib kirdi. Adabiylaşmagan, grammatik qoidalarga muvofiq taraşlanmagan, xalq tafakkuri va ruhining ifodasi bölgan, ulus könglini bevosita his etiş, milliy xotirani yaşartiriş xususiyatiga ega bu şeʼriy sözlar adabiyotimizga özgaça bir epkin olib kirdi.
Öz ijodi bilan adabiyot ixlosmandlari eʼtirofini qozonib kelayotgan şoir Hol Muhammad Hasanning “Qadimiy qöşiq” töplami butunisiça ana şunday şeʼrlardan taşkil topgan. Asllik va betakrorlik har qanday badiiy yaratiqning sanʼatligini belgilaydigan muhim omillardandir. “Qadimiy qöşiq” kitobidagi köpçilik şeʼrlar asl milliy ildizga ega, qaytarilmas yaratiqlar ekani bilan ajralib turadi. Xalqona ruh va sözlaşuv tili şoir ijodiga şunçalar singişganki, hatto muxammas janrida bitilgan “Navröz” şeʼrida ham şeva sözlari möl-köl işlatiladi. “Qözigullar möğjasi musiçalar sirdoşimi, Boyçeçak kosasiga tomgan törğay köz yoşimi”, “Çuçmomo boşidin tuşdi sinib puşti köza” kabi ifodalar tarkibidagi aruz ölçamlariga tuşmaydigan “qözigul”, “möğja”, “törğay”, “çuçmomo”, “köza” kabi turkona sözlar yilboşini kutayotgan eliboy özbek turmuş tarzi va ruhiy olamining haqqoniy manzarasini çiziş imkonini bergan.
Hol Muhammad Hasan poetik tasvirga tortgan voqelik va inson feʼl-atvori, fazilatu illatlariga xolis yondaşadi. Şu bois şeʼrlarida tasvirlanayotgan kişi tabiatining qabul qilinişi duşvor yaşirin xususiyatlari, fitratining içkin jihatlari yorqin gavdalanişiga erişadi:
Farosatu fahmdan yöq darak,
Podakalla, tovuşqon yurak,
Kun keçirib yurgan jonsarak,
Har dodarni odam sanama.
Eliboy – çorvador özbek öz turmuş tarzidan kelib çiqib, farosatsiz kimsani “podakalla”, qörqoq kaslarni esa “tovuşqon yurak” ataydi. Topib qöllangani uçun ham ayni şu ikki söz obrazning mohiyatini oçiş va didaktik yönalişdagi şeʼr hissiyligini oşirişda qöl kelgan. Uşbu tasvirda odamlik va odamiylik bobidagi özbekça jaydari talab aks etgan. Odamning odam bölolmagani şoirni qiynaydi, ayni vaqtda, “Asli odam özi juda kam, Ikki oyoq bilan yursa ham”, – tarzida eliboylarga xos kenglik bilan dunyoning biri kamligini aytib, öqirmanga taskin berganday böladi.
Hol Muhammad Hasan özbek ruhiyatidagi öziga xosliklarni puxta biladi, ularni töla tasvirlaş uçun qanday söz, vosita va badiiy usullar qöllaş kerakligini intuitiv his qiladi. Suyganidan qölöromol olgan yigit holatining: “Yor römoling ğijim-a, Mayli, mendan ranjima, Ming yil endi mast etar, Qölim tiqsam qönjima” tarzidagi tasvirida şoirning şu bilgiçligi namoyon böladi. Kutilmaganda körinib qolişidan xavotirlanib oşiq qölöromolni çöntagi yoki qöyinga emas, etigi qönjiga soladi. Şunday qilinganda ham bexavotir bölinadi, ham qiz şaʼni ortiqça gap-sözdan asraladi. Zotan, dildorlik körsatib römolça beriş − köngli borlik alomati. Bu satrlarda millatimiz ahlini boşqalardan ajratib turadigan, jahoniy globallaşuv şaroitida ham öziga xos maʼnaviy qadriyatlar yaşovçanligini taʼminlaydigan maʼnaviy-maişiy omillar aks etgan.
Şoir H. M. Hasan inson ruhida keçadigan özgarişlarni juda işonarli, taʼsirli va heç kimga öxşamagan yösinda tasvirlay oladi:
Qalbim qolsa qarovsiz,
Ursam bağir toşlarga,
Sinsa qafas köz yumib
Bölib bersam quşlarga.
Poetik tasvir zamzamasi öqirmanni muvozanatdan çiqarar darajada: muhabbatga töla qalb suygili tomonidan qarovsiz qoldirildi, şu bois oşiq bağrini toşlarga urdi yoki oşiq qalbi bağritoşlarga urildi, bundan yurak parçalanib ketdi. Xalq ijodida azaldan quş – jon, yurak esa jon quşi saqlanadigan qafas ramzi bölib kelgan. Oşiq qafasdagi quşni emas, poralangan yuragini muhabbatdan bebahralarga ulaşib, boşqa quşlarni oziqlantirmoqçi, ularning yemagini muhabbat, manzilini visol, hayotini işqdan iborat qilmoqçi.
Hol Muhammad Hasanning şeʼrlarida yurtning betakror tabiati, baland toğlari, çeksiz daştlari, çeçaklarga töla qirlari, tuproqli köçalari, loysuvoq uylari, ularda yaşovçi tortinçoq qizlar va ğujurli yigitlar aks etadi. Şoir tasvir talabi bilan goh tabiatga odam orqali, goh odamga tabiat orqali nazar taşlaydi. Har ikki holda ham odam ruhiyati va özgaruvçan kayfiyatidagi oniy lahzalarni muhrlaşga intiladi:
Tun. Toğ töşi. Quşlar tinar.
Salqin-salqin yellar yelar.
Ming bir maysa muşkidan mast
Mayin-mayin hislar inar.
Bu satrlardagi “salqin-salqin”, “mayin-mayin” kabi qöşoq sözlar tasvir taʼsirçanligini oşiradi. Şeʼriy misralar natijasida öqirman havoning salqinligidan yengil junjikkanday böladi. Borliq uyquda, hatto quşlar ham tingan. Faqat “mayin-mayin hislar in”işi paronim tarzida qöllangan “yelayotgan yel”dan taşqari ham kimdir bedor, harakatda ekanini bildiradi. Bunday lahzada yel kabi bedor kim bölişi mumkin? Könglidan sevgi joy olgan oşiq-da! Bu uyğoq jonlarning har ikkisi-da sarxuş: şamol maysalar muşkidan, oşiq mayin hislar böyidan. Ikkisi ham öziga ne bölganini aniq bilmaydi, ammo köngil − farahli, yoruğ, yoqimli, şirin tuyğularga töla. Bu holatlarning sababi ayon, ammo oqibati qoronğu. Ne bölganda ham şu tuyğular:
Toşlar momiq, tiniq-tiniq,
Boliş misol boşing botar.
Quçoqlasang, sinib-sinib…
Bulut yonboşingda yotar – tarzidagi sezimlarga asos beradi. Sevgiga maskan köngil egasiga toşning momiqday tuyulişi, boşga toş emas, toşga boş botişi, bulutning sinib-sinib yonboşida yotişi heç gap emas. Bunday kayfiyatdagi oşiq imkoni çegara bilmaydi, uning qölidan kelmaydigan iş yöq. Şeʼrda toğ töşida yaşaydigan oşiq yigitning holati ham hayotiy realligi, ham kötarinki romantikasi bilan aks ettirilgan.
Adabiyot köpçilik körib turgan, ammo yaxşi tuşunolmagan, baʼzan tuşunsa-da oxirigaça izohlay olmaydigan holatu mohiyatni anglaş va anglatişga uriniş mahsulidir. Zotan, adabiyotning boş moyasi, yaraliş sababi va oqibati bölmiş inson − sirlarga boy murakkab tilsim. Çin şoirlik ana şu murakkab yaratiqning özi ham bilavermaydigan qaysidir jihatlarini kaşf qilişga intilişda belgi beradi. Hol Muhammad Hasanning köp şeʼrlarini şunday intilişning samarali natijasi deyiş mumkin. Şoir şeʼrlarini olamga eliboy özbek nazari bilan qaray olmaydigan öqirmanning qabul qilişi oson köçmaydi. Şoirning: “Ketdi yor omon-omon, Olovlanib, ollanib, Belida qirqta ilon, Soqçilikka yollanib” satrlaridagi “omon-omon” qöşoq sözini anglaşning özi öqirmandan muayyan ruhiy-maişiy xabardorlikni talab etadi.
Özbek tili sehrli, unda sözgina emas, har bir tovuş maʼno ifodalaydi. “Köklam” sözi asosida “kök” (osmon), “köklik”, “kökariş”, “kökat”, “kökalamzor” sözlarining maʼnolariga işora bölganidek, “qiz” sözida ham tabiiy ravişda qizillikka yönalim bor. Şu bois sollanib yurişi ayb sanalib, suvda yuzgandek tekis, mayin harakatlanişi lozim bölgan özbekning böyqizi begona nazardan, ayniqsa, oşiq qaraşidan “olovlanadi, ollanadi”. Dunyoda faqat özbekkina kiygan kiyimi bilan kiyinibgina qolmay, özining ijtimoiy-maişiy maqomini ham anglatadi. Qizil rangli kiyim − qizlarga maxsus. Qizni olovlantirayotgan qizil libos uning bolalikdan baloğatga ötgani, ammo hali egali bölmagani, boşi oçiqligini bildiradi. Ayni şu ifodada olovlaniş libosdangina emas, uyatçan şaxsiyat holati va suygan köngil haroratidan ekaniga ham işora bor. Qiz belidagi qirq ilon − qirqta qilib örilgan soç bu holatga berilgan urğu. Ularning yurganda harakatga kelib, ilonday bilanglaşi qizni qöriqlayotgan huşyor soqçi göyo.
Hol Muhammad Hasan milliy ildizni yaxşi biliş bilan çeklanmaydi, boşqalarni ham bundan bahramand qilişga urinadi. Uning bitiklaridagi “Yor boradi himillab”, “Holsiraydi kökayim”, “Oy oydini sutmikan-yey, Odamkömir ötmikan-yey”, “Jumurdaği moydan”, “Pişkak pişib kubidan”, “Karmak şimib ivigan”, “Toltoboqlarga qimron quy” kabi milliy-hududiy qimmatga ega tuşunça va şevaga xos sözlar közni quvontirib, diqqatni tortadigan ekzotik bezak sifatida emas, balki bugun amalda bölgan qadriyat tarzida qöllaniladi. Har bir odam aslida kimligini, teran etnik tomirlarini unutmasligini orzulagan şoir: “Bejama tarixingni, Bilib yur yöriğingni”, deb yozadi.
Harakat hayot mavjudligining azaliy va abadiy qonunidir. Agar harakat töxtasa, hayot töxtaydi, muvozanat buzilib, yer öz öqidan çiqadi.
Şoir insonlik qiyofasini yöqotib, tödaga, hatto, baʼzan podaga aylanib borayotgan odamlardan taşvişga tuşib, atrofdagilarni ğujursiz zotlardan ehtiyot bölişga çaqiradi. Eliboylarning tajribasiga tayanib, bunday kimsalarni tanib olsa böladi, deb işonadi şoir: “Betuturuq, zoti pastlarning Öng yelkasi qisiq hamişa”. Yelka kengligi − erlik belgisi. Qilmişi yovuzlarda esa erlik tuyğusi kamçil.
Bunday bölmasligi uçun nima qiliş kerak, umuman, maʼnaviy inqirozning oldini oliş, yöqolib borayotgan or tuyğusini tiklaş, şaʼn muqaddasligini muntazam yodda tutib yaşaş mumkinmi? Şoir bu imkonli, buning uçun “Ösib qizu ulingiz, Uzun bölsin qölingiz, Tutilmasin tilingiz” hamda “Or olarda quyilmas, tönmas, Qaynoq qoni bölsin yigitning” deb hisoblaydi.
Hol Muhammad Hasan şeʼrlari öqirmanni özbekning uluğligi, orini hayotidan ortiq bilişi, yuksak maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga tayanib yaşaşining boisi baland toğlar, şoşqin daryolar, çeksiz dalalar, bu maskanlardagi öziga xos udumlar emasmikan, balki tabiat öz bağridagi odamlar qalbini ham öziday uluğvor qilar deganga öxşaş öylarga toldiradi. Şoir şeʼrlarida yurt tabiati şunday suratlantiriladiki, öqirman ruhiyati tabiiy ravişda tozarganday böladi. Quyidagi tasvirga eʼtibor qiling:
Toğ töşida yotar suruv.
Oy ötovga botar. Suruv…
It huradi turi-ib-turib.
Heç narsani bölmas körib.
Bunday joydagi kişining özi ham, öylari ham tozaradi. Mayda gaplar, ötkinçi manfaatu ilinjlar ep körilmay qoladi. Yaşaşning maʼnisi bir umr intilingan qulaylik, haşamatdan emas, balki toza söz, toza öy, toza amaldan iborat ekani tuyiladi. Sukunat oğuşidagi toğ töşiga qöngan suruv, yuksaklikdagi ötov ortiga botib borayotgan oy, sukunat kuyini har zamonda xizmat yuzasidan buzib turgan it, qoronğidan heç narsani körib bölmasligi tasviri kişi hissiyotini bir neça çandon kuçaytirib yuboradi. Bunday şaroitga tuşgan yoki buni his etgan odam taşqi olamdan köra özini, öz könglini tekşirişga moyil böladi. Bu saodatga erişgan şaxs atrof-olamni tinglab, köribgina emas, tuyib köproq zavqlaniş mumkin va zarurligini anglab yetadi:
Qaro edi öşa tun
Soçlaringday tim-tim.
Oqardi bir kuy mahzun
Tegramizda lim-lim.
Şunda labing qotdi toş
Sizib ötdi qatra yoş
Çimirilar qalam qoş –
Qoq belidan sinar yoy.
Tim qaro tun aslida oşiqlar yöldoşi sanaladi. Xalq dostonlarida “Oşiqning fahmidir qoronği keça”, deyilişi bejiz emas. Tunda oşiq yor uyiga yaqinlaşib, könglidagi işq öti alangasini bir qadar bosişi mumkin. Özi uçun emas, boşqalar nazari uçun yaşaydigan özbek qizining şaʼni juda omonat bölgani bois kunduzi u tomonga yovuqlaşib ham bölmaydi. Qaro tunda esa oy va yulduzlardan bölak guvoh yöq. Balki qiz uyi derazasi oldida, ehtimol, yigitning yaqinidadir. Orziqib-orziqib kutilib, zörğa erişilgan bu fursatda söz ortiqça. Sözlaşiş missiyasi sözlarga emas, közlarga yuklangan. Közlar sözlaşadi, közlar orqali, hatto arazlaşib qoliş ham mumkin. Buning ustiga, atrofda mahzun musiqa lim-lim oqmoqda. Sirli bu holat omonat muvozanatni buzdi, dillarda yangrayotgan qadim qöşiq qoq avjida uzildi − “Qoq belidan sinar yoy”. Öziga-da daxldor mahzunlik qiz köziga yoş keltirdi, lablari qimtilib, qoşlari çimirildi. Qiz ketib qolişidan xavotirlangan yigit lablarida yolvoriş kezinadi: “Yor, yuragim yaroli, Kel, bir gurung quroli”. Bu satrlar zamiridagi adoqsiz iltijo, yalinç baxmalday mayin “yaroli” hamda “quroli” sözlariga joylangan.
Şoir tabiat va inson bir butun, biri ikkinçisini töldiradi, tabiatning xususiyati insonga, odamning yaxşiyu yomonligi tabiatga taʼsir qiladi, deb hisoblaydi. Şu bois insonning eng nozik ruhiy holatlari, içkin tuyğulari, nihon sirlarini tabiat manzaralari orqali körsatişga intiladi. Yigitning tun böyi uxlamagani, asli qora közlari intizorlik torta-torta yanada qorayib ketganligi, uning holiga toniğ bölgan tun oşiq közlaridan qoralik söragani: “Tunlar siyoh tilaşdi-yey, Nigohlarim silaşdi-yey”, şaklida ifodalanadi. Şoir tundan murodi hosil bölmagan yigitning mahzun holatini “Holsiz tinglar kuylarni Tong” tarzida çizadi.
Muayyan asarlardagi har qanday tasvir, obraz ortida hamişa ijodkor şaxsi turadi. Oydin tun, oşiq yigit, çöng qoyalar, daryodil polvon, zohiran beparvo qizlar, abgor oşiq yigitlarning barçasi aslida Xol Muhammad Hasan “men”laridir. Har birida şoirning muayyan bir jihati aks etgan, ularni, qaysidir maʼnoda, şoirdan “urçigan” yaratiqlar deyiş mumkin. Şu bois ularning barçasiga insoniy şiddat va kayfiyat nuqsi urgan. Şoirning feʼliga xos çin belgilar yuqqan bitiklar öqirmanni yuksaltirib, maydaliklardan yiroqlatadi. Toza bir qöşiq singari köngilni poklab, xotirjam qiladi:
Huyyov, huyyov, huy quşlar,
Daydiblar ketsin darvişlar.
Huyyolarminan ovunib,
Uxlablar qolsin piş-pişlab.
Bu törtlikdagi bolasiga alla aytayotgan ota tasviri kişida havas uyğotadi. “Erkakning işimi şu?” qabilida lab burişdan özini tiyadi. Aksinça, otasining zalvorli allasi taʼsirida uning öziday keskir sözli va öktam bölib ulğayotgan bolakayga havas qiladi. Öqirmanda, balki, bola onasidan ayrilib qolgandir, degan öy paydo bölişi ham mumkin. Otaning: “Men-çi, közga çizib olib köpkarining suronin, Nayning mahzun nolasini köksim uzra quçoqlab” tarzidagi anduhli iqrori unda şunday fikr paydo bölişiga asos beradi.
Badiiy asar jozibasini mavzuning dolzarbligi ham, sözlarning jarangdorligi ham tayin etmaydi. Asarni jozibali qiladigan yagona va hal qiluvçi omil badiiy taʼsirçanlikdir. Hol Muhammad Hasan şeʼrlarida şu omil mavjud: qahramonlarning sezimlari yuqumli, içki qiyofasi esda qoladigan tarzda çizilgan, şu sabab öqirmanda jonli odamlar kabi taassurot uyğotadi. Şoir şeva sözlarini qöllaş orqali öqirman ruhini qözğaş, uning miya qobiqlarida mudrayotgan badiiy xotirani uyğotiş va ayni bir maʼnoning özigagina maxsus ifodasini berişga erişadi. Şoir sunʼiy şakl öyinlari va taşqaridan effektli körinadigan tasviriy zamzamalarga berilmaydi. Borliq va odam ruhiyatini xalq qadimdan qöllab kelgan obraz hamda ramzlar vositasida ifodalaş Hol Muhammad Hasan ijodiy uslubining boş belgisidir.
“Qadim qöşiq” kitobidagi köpçilik bitiklar şoir nurafşon dardlarining kökayidan joy olgan ota sözlar vositasidagi yoğduli ifodasidir. Umidbaxş ruhdagi bu şeʼrlar öqirmanni öyga toldiradi, ammo tuşkun öylar girdobiga botirmaydi, ruhini bezovta etadi, lekin ozurdajon qilmaydi. Odamga yengillik bağişlab, unda taxayyul va tafakkurga rağbat, yoruğ kunlarga işonç uyğotadi.
Qozoqboy YÖLDOŞ,
Muhayyo YÖLDOŞEVA
“Yoşlik”2012/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

