Singlimning ikki yaşar nevarasi: “Menga qoğoz, qalam beringlar, nomimni yozaman”, – deb xarxaşa qiladi. Quvonib unga qoğoz, qalam tutqazamiz. U bölsa nuqul halqaça-halqaça aylanalarni çizadi.
– Bu sening nomingmi? – söraymiz undan.
– Ha, – deydi u. Bu – mening nomim.
Köçamizdagi aqli noqisroq bemor bola nuqul qölidagi bör bilan uylarning devoriga aylana-aylana şakllar soladi.
– Bu nimaning surati? – degan savolimizga, hozirjavoblik bilan beöxşov tirjayib deydi:
– Bu sening qorning…
– Osmonni, daraxtlarning suratini çizişni bilasanmi? – deya gapga tortamiz uni.
Qölidagi börni nimjon barmoqlarida qattiq siqqaniça qaltirab-qaltirab son-sanoqsiz aylanalarni bir nafasda çizib taşlaydi. Keyin esa bizga suratlarini şarhlaydi:
– Mana bu – osmon, bu – daraxt, bu – sen…
– Çizganlaringning hammasi bir xil-ku?!
Bu tanbehdan aqli noqis ösmirning jahli çiqadi:
– Özing bir xilsan, qara, mana bu kattasi – osmon, örtaçasi – daraxt, eng kiçkinasi – sen!
Uning könglidan möralab turgan telba hayot orzusini çöğlantirgim keladi:
– Eh, men xomkalla, tuşunmabman-da, sen zör çizar ekansan.
Aqli noqis ösmir şodlanadi:
– Hali körasan, dunyodagi eng katta rassom bölaman.
Uning aylana dunyodagi aylana orzulari tinimsiz çizayotgan şakllarining içini töldiradi.
Har kuni uyim oldidagi yöldan turli rusumdagi maşinalar ğildiraklarini aylantirib yelday uçib ötadi. Közlarimga oniy lahzada yalt-yult etgan ranglar qadalib qoladi. Çarxi davron esa heç malol bilmay tinimsiz aylanadi: ğijir-ğijir, ğijir-ğijir…
Ana şunda öylayman asl haqiqatning şakli haqida. U ham aylanamikan?! Aytaylik, tuğilganidan buyon boşi qora mehnatdan çiqmasa-da, kosasi oqarmagan Şodi dehqonning ketmoniday dumaloq yoki aylana…
….Öquvçiligimdan astronomiya faniga juda qiziqardim. Öqituvçimni bölar-bölmas savollarga kömib taşlardim. Ayniqsa, yer va osmonning tilsimini bilgim kelardi. Saboq söngida yana sörardim:
– Yer Quyoş atrofida aylansa, nega biz yiqilib ketmaymiz?
Muallim ham javob berişdan erinmasdi:
– Muayyan, tez aylanma harakat taʼsiri hatto bizga sezilmaydi ham.
Bu javob men uçun baribir mavhumligiça qolaverdi. Nazarimda osmon bilan Yer qayerdadir tutaşib ketgandek tuyulaverardi menga.
Bir kuni öqituvçim sinfimizdagi öyinqaroq Qodirning çözinçoq kallasiga işora qilib:
– Ona Yerimiz Qodirjonning boşiga öxşab ketadi, – dedi.
Butun sinf qahqaha otib kuldi. Bu kulgu sinfda aylana izlarini qoldirib, derazadan taşqariga çiqib ketdi, endi meni aylanalar ohanrabosi öziga tortardi. Göyo borliq aylanalarga töla, ular bilan sarxuşlanardi.
Kun ora uyimizga keladigan ammamning yagona erkalaşi bor edi:
– Özim aylanay, özim örgilay…
Ammamning erkalaşi boşimni aylantirib yuborar, mehrning aylana şaklda ekanligiga işontirardi meni.
Sal keyinroq Maşrabni sevib qoldim. Bu qadim şoirdan yangi köngil topdim. Ğazallarini öqiganimda nimagadir dumaloq-dumaloq köz yoşlarim kitob yuziga tomar va ular sariq aylana şaklini paydo etardi. Kitobning içidan esa Maşrabning fiğoni eşitilib turardi:
Ummonga agar qatrayi aşkim duri tomsa,
Malloh eli-yu donayi marjon çiday olmas.
Bu fiğonning orasida dunyoning yuragi aylanma harakat qiladi: duk-duk, duk-duk… Bu yurakda esa besarhad, ismsiz ummon çayqaladi. Ismsiz ummon bir qatra aşk zarbida qon yangliğ qirmizi işq marjoniga qamaladi. Asir ummonni ozod aylamoqqa esa na had bor, na kuç.
Barça kuçu qudratni egallab olgan tiriklikning soati odamlar ustidan kulganiça hamon aylanadi. Aylanişi xuddi qaysidir manzilga şoşilib borayotgan masxarabozni eslatadi.
Dunyo olimlari ana şu hukmron soat izmida tinimsiz bong uradi:
– Fazodagi aylana qora tuynuk kun sayin kattalaşib borayapti. Yer sayyorasi xavf ostida…
Köngil fasllari qaʼridan ularga basma-bas Hazrat Navoiy hayqiradi:
Ön sakkiz ming olam oşubi agar boşindadur,
Ne ajab, çun sarvinozim, ön sakkiz yoşindadur.
Olis firoq yurtidan hayratlar keladi, hasratlar ketadi. Hayratlar ketadi, hasratlar keladi. Hammasi aylanaveradi, aylanaveradi. Ammo dilning sof manzilida ön sakkiz ming olam vaslining nuri misli qor ustiga tuşgan lahça çöğdek tutab yotadi.
– Qaçon? – degan egasiz savol aqli noqis ösmir çizgan aylana şaklda havoda muhrlanadi. Muhr kattalaşib Amudaryoga aylanadi. Undagi duosiragan oç girdoblar avliyoning yaşil joynamozini yutib yuboradi. Içkaridan esa Jaloliddinning begunoh gödaklari çinqiradi:
– Yaşagim kelayapti, dadajon!
Aylana girdob ularning ovozini öçiradi. Xuddi kunduzni öçirib, köngil derazasiga suykalgan tunday.
Aylanalar hadisini olgan islomşunos olim qoşlarini kerib viqor bilan uqtiradi:
– Jon harir aylana nur içindadur. Bu nur soat yangliğ aylanib uni qöriqlaydi.
Men öşa aylana nur içidagi jonimni hovuçlab undan sörayman:
– Yolğizning işqi jonni jizğanak etmaydimi?
– Şirk ketmang, aylana nurda Uning siymosi bor.
Demak, işq içra jonimiz mudom asirlikda ekan-da!
Şunday, şunday.
Eşitganmisiz, Hazrat aytganlar:
Hajrdan to notavon jonimni qutqardi ajal,
Ey, Navoiy, anglakim, jon birla minnatdorimni.
Eşitganimiz bor.
Söngra islomşunos olim özining aylana xayollari içida ğoyib böladi.
Men esa har kuni “qora tuynuklar” haqida öylayman, inson könglidagi “qora tuynuklar” haqida. Aslida fazodagi aylana qora tuynuklar inson qalbidagi kungura hasad-u iğvolar ğij-ğij qaynagan, özgalar baxtiyu omadini yutib yuboruvçi qora tuynukdan iqtibos emasmikan?!..
Nega biz har kuni dimoğimizda dunyoning almisoqdan qolgan nafs qöşiğini xirgoyi qilgança bozor tomonga şodmon ildamlaymiz. Köngildan köngil tomon boradigan yölimizni qaçon yöqotdik? Nega özgalarning baxtsizligidan quvonç topamiz, köz yoşlaridan olmos marjon yasab böynimizga taqamiz, özimizni köz-köz qilamiz, aylanamiz. Aylanib-aylanib jonning içiga qamalib olamiz…
Ana şunday oğir va heç kimga keragi yöq xayollar bilan Qorasuv anhori böyida aylanib yuraman. Yozning puşti şamollari köksimga urilişdan çöçib nuqul atrofimdan aylanadi.
“Eh, köksimga şamol tegsaydi”, – degan xörsiniq jonning atrofidagi nurni sindirib taşqariga otilib çiqadi. Men bu qaysar armonimni yupatmoqçi bölaman. Ammo u qadimdan qolgan tuzalmas kasallikday qonimning içiga kirib olib, girdob yangliğ aylanadi.
Tört tomonni bolalikni eslatguvçi, quşlarga hiyron keltirgan zoğçalar, qarğalarning xunuk ovozi töldiradi. Ularning ovozidan umidsizlikning, qahrning zamzamasini tuyasan. Bu ham yetmagandek bu bezbet quşlar sendan nimanidir taʼma qilgandek atrofingda girdikapalak bölib aylanişadi.
O, aylanalar, sizlar bunça köpsiz?!.. Nahotki bir umr sizlarning içingizda yaşasam, nahotki sizlarni yengib çiqib keta olmasam?!…
Atrofimdagi barça narsa dunyoning, tiriklikning aylanaligiga meni işontiradi. Şu nuqtada inson dunyoni tark etsa-da, yana qançadir muddatdan keyin özga bir inson ruhida hayotga aylanib kelişiga iqror bölaman.
Öz xayollarimga ğarq bölib surat yangliğ ötirar ekanman, qölimdan kimdir qattiq tortadi. Xuddi tubsiz quduq içidan sudralib çiqqanday özimga qaytaman. Şiringina qizaloq köksiga qöğirçoqni mahkam bosganiça közlarimga jovdirab qaraydi: “Xolajon, koptogim suvga tuşib ketdi. Olib bering”.
Birpas dovdirayman: “Qanaqa koptok?”
Qizaloq barmoğini bigiz qilib katta ariqda lopillab borayotgan koptokni körsatadi. Atrofga alanglab uzunroq xoda izlayman. Söngra dumalab-dumalab oqayotgan koptok ortidan yuguraman. Nihoyat koptokni suvdan çiqarib olib qizaloqqa tutqazaman.
Qizaloq xursand bölganiça qölimdan uşlaydi:
– Siz yaxşi xola ekansiz. Mening qöğirçoğim ham sizni yaxşi köradi. Hozir u sizga salom beradi.
Qizaloq qöğirçoğini egiltiradi, uning içidan böğiq ovozda. “Assalomu alaykum” degan tovuş çiqadi. Men qizaloqning patila soçlarini silab sörayman:
– Nega bu issiqda bir özing ariq böyida yuribsan? Oying urişmaydimi?
– Oyim Amerikadalar. Adam esa uyda uxlayaptilar. Oyim-çi, har oyda menga çiroyli öyinçoqlar yuboradilar. Mana bu qöğirçoq bilan koptokni ham ular jönatganlar.
Qizaloqning qölidagi men hozirgina suvdan qutqargan koptokka razm solib qarayman. Unda turli irqqa mansub odamlar surati aks etgan. Birdan şuurimda hammamiz ana şu aylana dumaloq koptok içidamiz, degan ğalati xayol aylanadi. Şu lahzada buyuk olimlarning çeksizlik haqidagi nazariyasi-yu, faylasuflarning barça falsafiy hikmatlari mana şu koptok oldida ojizlaşgandek tuyuladi…
Qizaloq yana qölimdan tortadi.
– Xolajon, xolajon, Amerikaga telefon qilişni bilasizmi?
– Yöq, bilmayman.
– Ana, qölingizda telefon bor-ku, öşandan oyijonim bilan gaplaşay. Adamga har kuni yalinaman, “kerak bölsa, oyingning özi qiladi”, – deb gaplaştirmaydi. Jon, xolajon, oyimni soğindim, bitta gaplaşay. Sizga salom beradigan qöğirçoğimni sovğa qilardim.
– Asal qizim, mening telefonim oddiy. Undan Amerikaga çiqib bölmaydi. Qolaversa, oyingning raqamini bilmayman-ku…
Qizaloq xomuş tortib qoladi. Uning közlarida soğinçning bahaybat soyasi quyuqlaşadi. Qarab turib yuragim açişadi. Dunyoning aylana yöllari oldida qölimdan heç narsa kelmasligiga, noçorligimga amin bölaman. Söng esa tiriklikning abadiy yolğoni –tassallisini işga solaman:
– Qizim, sen hozir uyingga bor. Ana, meni aytdi dersan. Oying, albatta, bugun senga qönğiroq qiladi.
– Siz qayerdan bilasiz? Oyimni taniysizmi?
– Yöq, tanimayman.
– Hozir sizga uning suratini körsataman. (Qizaloq yelkasida osilgan xaltaçadan oyisining suratini oladi). Köring, oyim juda çiroyli-ya.
Suratdan közlariga allaqanday mung çökkan yoşgina juvon boqib turar, uni qayerdadir körgandek bölaman.
– Ha, ha, çiroyli ekan oying. Qizim, bor endi uyingga. Bundan keyin ariq böyiga yolğiz çiqmagin, xöpmi? Suvning alvastisi böladi: u yoş bolalarni suvga tortib ketadi. Tuşundingmi?
– Bilaman, – oyim ham aytganlar. Endi bir özim çiqmayman. Faqat siz adamga aytib qöymang. Bölmasa meni urişadilar.
Qizaloqdagi maʼsumlik zavqimni keltiradi. Axir, uning dadasini tanimasam. Şunday bölsa-da, unga söz beraman:
– Yöq, heç qaçon aytmayman!
Qizaloq mening közlarimga bolalarça toza jilmayib boqadi-da, xayrlaşadi:
– Xayr, xolajon…
U ortiga qaray-qaray ketib qoladi. Endi saratonning quyoşi hölu-quruqni baravar kuydira boşlaydi: qölimni soyabon qilib unga tikilaman. Quyoş qizaloqning koptogiga öxşaş körinadi. U ham osmon ariğida lopillab turibdi. Bu olovli koptokda butun insoniyat qismatining surati muhrlangan. Oradan xiyol vaqt ötmay maʼsum suhbatdoşim qizaloqni soğinaman. Uning tabassumi naqadar toza, ruhingni yangilaydi.
Şu tobda bir şoiraning tabassumini eslayman. U har kuni Qöyliq bozoridan mardikor olib kelib işlatib, söng iş haqini bermay, qaqşatib jönatadigan tullakday tabassumini ayovsiz işlatadi. Uning yuzidagi tabassum tinimsiz aylanib çarçab ketadi. Közlarining içida esa jahannamning oloviday hasad alangasi porlab turadi. Har qanday suhbatdoşi bilan mardikor tabassum pardasi ortidan turib gaplaşadi. Suhbatdoşi ketişi bilan yuzidagi tabassum pardasini tilka-pora qilib, könglidagi tugunlarini köpaytirib, yonidagi odamga şipşiydi:
– Siz bilmaysiz-da, juda bölmağur odam bu!
Yonidagi odam unga hayratlanib qaraydi.
– Hozirgina uni köklarga çiqarib maqtadingiz. Siz zörsiz, dedingiz-ku…
– Soddamisiz, bu ham bir yöl-da. Özingiz ayting, adabiyot uçun nima qildi u?!
Yonidagi odam esa uni eşitgisi kelmay şart turadi-da, toza havolar tomon çiqib ketadi.
Tabassumni aylantiriş sanʼatini bu ayol kimdan örgandi ekan, deb öylab qolaman. Va, yana özimga-özim javob beraman:
– Aylanalardan!
Ariq böylarida hurpaygan yalpizlar saratonning bir nafaslik şabbodasida tebranib meni takrorlaydi: “Aylanalardan”.
Ariqdan sal narida, katta ajriqzor maydonda momaqaymoqlarning oq aylana sallalari intiho ohangida mavjlanadi. Baʼzilari bir puflam şamolda tözğib havolanib uçadi. Aylanalar ana şunday buziladi, deb öylayman ularga qarab. Ular minglab mitti odamçalar paraşyutda uçayotgandek taassurot uyğotadi menda. Ularni kuzata turib dimoğimga qayerdadir ğarq pişgan şotutning hidi uriladi. Bolaligimdan bu mevani yaxşi köraman. Şotutda qayğu aralaşgan quvonçning taʼmi bor. Uning taʼmini qömsab tamşanaman va tevarakka alanglab şotut daraxtini izlayman. Va, nihoyat ajriqzorning çetida qaddini ğoz tutib tikka ösgan şotut daraxtini köraman.
Endi hamma narsani unutib, behuda xayollarimni non uşoqlariday Qorasuv anhoriga oqizib, töğri şotut daraxti tomon boraman. Daraxtning bujur tanasida çumolilar bazm quradi. Qiziq, ular nimani bazm qilar ekan-a? Xudoning bergan kuni töplanib yoki birin-ketin bölib qayoqqadir borişadi. Baʼzan rangsiz hayotimdan telbalarça rang izlayotganimda ularga havasim keladi. Jimitgina bölsa-da, umidi katta ularning. Ammo, çumolilar ham ulkan aylanalar içida yaşaydi.
Obbo, yana puçdan-puç xayollarga berilayapman. Bas, yetar, deyman özimga-özim va quşlar tilida afsonaga aylangan, yurakning qoniday töq jigarrang bölib pişgan şotutlarga qöl çözaman. Oğzimda qayğu va şodlikning uyğun taʼmini his qilaman. Qayğu bilan şodlik bir-biriga yaqin. Ular ham bir-birining tevaragida aylanadi.
Şotut daraxtiga qönib basma-bas qiçqirayotgan zağçalar şotut mevasiga qöşib ayni damda tiklagan xayoliy olamimni çöqilab, buzib taşlaşadi. Endi mening xayoliy olamim yozning harorati baland havosida parça-parça bölib suzib yuradi. Ruhim esa ajriqzor içidagi çumolilar oyoği ostiga tökilib ketadi. Nimagadir lohas tortib, ortimga qaytaman. Yöl böyi köksimdagi yurak Maşrabning ovozida xoniş qilib boradi:
Qatrayi aşkim agar tomsa yuzimga, Maşrabo,
Taşnalik vaqtida bilsang, rohati jon bölğusi.
Kelar ekanman uyimning röparasida yoz çillasining örtasida aylana-aylana gullarga çulğanib barq urgan ğalati daraxt ostida ötirgan aqli noqis ösmir meni köra solib yonimga yugurib keladi:
– Men zör narsalarni çizdim, körasanmi?
Uning mehrgami, daldagami muhtoj nigohlaridagi ilinjni söndirgim kelmaydi.
– Qani, qani, körsat–çi…
U oyoğidagi yirtiq şippagini sudrab, meni uyning ortidagi tekis asfaltlagan maydonçaga boşlaydi.
Maydonçaning yuzi sonsiz-sanoqsiz aylanalarga burkanib yotardi. Aylanalar içi esa kiçik-kiçik nuqtalar bilan bezatilgandi. Men qoyil qolganday boş çayqayman:
– Obbo, sen-ey, juda zör çizibsan-ku, aylanalar içidagi mana bular nima? (nuqtalarga işora qilaman)
– Bu aylana emas, yer. Uning içidagilar esa odamlar. Şuni ham bilmaysanmi?
U gapini tugatar-tugatmas qandaydir ayolning rahmdan ayro tuşgan ovozda qarğangani eşitiladi:
– Akrom, ha, böyinginang uzilgur, san ölmading, man qutulmadim. Nega qöşnilarning eşigiga çizasan. Yer yutgur! Qani, bu yoqqa kel-çi, hozir közingga körsataman!
Uzoqdan qölida xiviç uşlagan ayol körinadi. Bolaning közlaridagi hozirgina çaqnab turgan yovvoyi nur öçadi:
– Oyim kelayapti, hozir meni yana uradi.
U şunday deydi-yu, yugurib borib katta aylana içidagi ikki nuqtadan birini oyoğidagi eski şippak bilan işqalab öçiradi.
Hayron bölganimça undan sörayman:
– Nima qilayapsan?
– Onamni öçirib taşladim. Endi faqat dadam qoldi.
Bola keç kuzdagi daraxtda ilinib qolgan yaproqday qalt-qalt titraydi. Söngra öksinib yerga ötirib tizzalarini quçoqlab, yiğlaydi. Nigohim uning oyoqlaridagi kökarib qolgan kaltak zarblarining iziga tuşadi. Şu lahzada uni dunyodan qutqargim keladi. Bu istak aylanalarga siğmaydi. Bor ovozim bilan aylanalardan toshib qiçqiraman:
– Qoç, tezroq, qoç!
Bola mening ovozimdagi şiddatdan kuçlanadi va örnidan turib törtta tomonni bitta qilib yuguradi. Uning ortidan onasi halloslab chopadi.
Men esa bu aylanma dunyodan mehrning darvozasini izlayman. Ammo vaqtning şiddati men axtarayotgan manzilni xotiramda çirpirak qilib taşlaydi.
Mehribon Ona zamingina barça tösiqlarni yengib, toşbağir farzandlariga mehr-oqibat sörab quyoşning atrofidan aylanib-örgilişdan çarçamaydi.
Yana keskir öjarlik bilan aylanalarni buzib, ğaybning kengliklariga çiqqim keladi. Ammo aylana içida aylanalar köpayaveradi. Şu alfozda özim ham allaqanday aylanaga evrilayotganligimni his qilaman. Hayot daraxtining eng baland şoxida esa ruhning quşi abadiyat ovozida odamzot hali yetib bormagan tilda mastona sayraydi:
Muğ dayrida mast ölsa Navoiyni köringkim,
Bir olma kibi gumbadi minu bila öynar…
Halima Ahmedova
1961-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan. “Közimning tili”, “Tungi marvaridgullar”, “Erk dariçasi”, “Tiyramoh”, “Afsun”, “Umid soyasi”, “Nigoh qiblasi”, “Şafaq ibodati” singari kitoblari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


