60 daqiqada öqiladi

2 530 marta körilgan

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Uluğbek Hamdam

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi.

Mavlono Rumiy

TUŞDAN OLDINGI VOQEA

Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi sirli-sehrli ovoz keldi. Baqirgan emas, şivirlagan ovoz! Lekin şundayki, men uni eşitdim. Eşitdimgina emas, unga tomon butun vujudim ila talpindim ham. Va hammasi, şu tobda siz quyida öqiydigan hammasi botinimda çaqmoqdek çaqib, yorişib paydo böldi…

ILK TUŞ

Şunday qilib, hammasi, içimiz va taşimizdagi “hammasi” avvalda bir nuqtada jamlangan emiş. Ammo bu şunday nuqta emişki, hozirgi ona zaminimizdan ming, million va hatto milliard çandon katta ekan. Ana öşa katta, ammo bitta nuqta kunlardan bir kun (aslida, u vaqtlarda kun va tun degan tuşunçaning özi bölmaganmiş…) iç-içidan qattiq portlabdi! Natijada nuqtaning sonsiz-hisobsiz parçalari atrofga soçilib ketibdi. Parçalarning ayrimlari borib yetgan joyiga ğuj bölib tuşibdi, ayrimlari esa koinot böylab tarqalibdi. Aslida, “joy” deganimiz ham, “koinot” deganimiz ham ana şu nuqtaning portlaşidan, uning içidan hosil bölgan böşliqdan bino bölibdi… Xullas, şu tarzda siz bilan biz körib, sezib, bilib turgan olam paydo bölganmiş. Kim biladi deysiz, balki sizu biz ham ana şu nuqtaning içida bölganmiz-u, portlaşdan söng sayyoramizga kelib qolgandirmiz. Balki portlaş bor-yöği közimiz öngida tortilgan parda bölib, haqiqiy sir uning ortida yaşirindir. Biz ham uning ortidan – olis-olislardan kelayotgandirmiz… Lekin hammasidan ham naqdi şuki, kurrayi zaminimiz öşa Buyuk Portlaşdan uçgan bir uçqun ekan. Nima bölgandayam, vaqti-soati yetib koinot, uning içida esa turli sayyoralar, jamodod, nabotot, hayvonot va odamiyzod paydo bölibdi. Axir, “Böl!” deya amr etilmaganmidi azalda!..

Körganim tuş ekanligini vaqtlar ötib, qayta-qayta tuş köravergaç, anglay boşladim. Birinçi safar esa men tuşimni hayotimning davomi deb öylabman. Ehtimol, qaçonlardir yana şunday öylaşga moyil bölarman, lekin hozir uni tuş, yaʼni naqd hayotimning bir soyasi deb bildim. Çunki tuşimda menga ayon bölgan voqelik öngimdagiga köp-da öxşamas edi. Xullas, men qaydadir, uzoq-uzoqlarda uçib yurgan ekanman. Aslida, uzoqlik şu tobda turgan joyimga nisbatandir, çunki öşa joyda ekanman, özimni uzoqda deb bilmas edim-da. Hodisa şundoq röbarömda – köz önggimda sodir bölibdi! Men voqea öçoğiga şu darajada yaqin ekanmanki, turib-turib, uning mendan taşqarida emas, yöq-yöq, balki men bilan birga, hatto mening botinimda röy berdi, deb öylab ketarkanman. “Botinim” deganim, nazarimda, miyamning içi bölsa kerak. Zotan, u yerda hali-hanuz ana şu ilk hodisaga öxşabroq ketadigan portlaşlar yuz berib turadi. Nimasini aytay? Hammasi biram murakkab va sirliki, baʼzan gapirgandan gapirmay jim turgan behroqmi, deb qolaman. Zero, tafakkurli zot sening sukutli holingga qarab turib, sen aytib bermoqçi bölganingdan köproqni anglab olişi mumkin, axir! Şoir aytgandek:

Men kuylasam, kuylarim xil-xil,

Men öylasam, öylarim xil-xil.

Jimliklarim rango rang mening,

Ovozlaring yetarmi sening?..

Mayli, şoirning jimligi öz yöliga. Qolaversa, sukutni töğri tuşunadigan ham – anqoning uruği. Yaxşisi, ota-bobolarimizning izidan yurib, özimni beminnat dastyor sözlarga topşirayki, bundan buyon mening menligim ana şu sirli sandiqçalarga omonat bölsin!..

KEYINGI TUŞ

Oradan bir hafta ötib, tağin bir tuş kördim. U avvalgi ğaroyib tuşning davomidek tuyuldi. Çunki çeksiz böşliq va unda soçilib yotgan milliardlab nuqtalar kirgandi tuşimga. Ular har xil ölçov va şamoyilda bölib, biri turfa ranglarda yaltillab tovlansa, boşqasi qorayib körinib turardi. Men esa… allaqanday kiçik bir parçaning bağrida qayoqqadir yaşin tezligida uçib borardim. Ehtimol, yöl, mening yölim ana şunday boşlangandir, deyman turib-turib hozir öngimda. Balki adaşayotgandirman, Katta Portlaşdan söng öşa ulkan nuqtadan uşalib ketgan va şu tobda içida men bölgan parçadagi sayru sayohatim bor-yöği navbatdagi safarimdir. Hozir men buni bilmayman, ammo umid qilamanki, qaçonlardir hammasini bilib olaman. Çunki men hammasini biliş, bilgaç esa yana Asl Vatanimga qaytiş uçun yölga çiqqanman-da…

Kişiki, tark ayladi öz aslini,

Qayta istar rözğorin vaslini…

Lekin çalğiş juda oson. Jimitdekkina bir sabab bilan ham inson yöldan adaşişi va buni heç qaçon özi bilmay yaşaşi mumkin…

KEYINGI TUŞNING DAVOMI

Xullas, men saman ot yangliğ minib olgan parça uzoq uçib, nihoyat, özidan ming, balki million karra katta boşqa bir parçaga kelib urildi. Bu ham yana bir portlaşni hosil qildi. Olam göyo çaqmoqlarga tölib ketdi, har tomonga son-sanoqsiz uçqunlar bilan birga men ismini sira bilmaydigan turfa xil çangu tözon kötarildi. Natijada katta parçaning bağri qaynay boşladi. U şunçalar uzoq qaynadiki, siz bilan bizning hozirgi tuşunçamizga köra oradan milliard yillar ötdi. Nihoyat, u sovidi. Oqibatda biz borib tuşgan joyda suyuqlik, yaʼni suv paydo böldi, suv!..

Yuzimga saçragan muzdek suv tomçilaridan çöçib uyğonib ketdim. Qarasam, otam menga jilmayib qarab turibdi. (Uning otam ekanligi botinimda yozilgan edi. Botinim esa, quloq ossam bas, hammasini menga şivirlab turardi). Otamning muddaosini sözsiz tuşundim: yölga tuşiş lozim, eşityapsizmi, YÖLga!

(Ha, şu yerga kelganda men közlarimni oçdim va özimni sayyoramiz quçoğidan topdim. U yerga qaçon va qay tarzda kelib qolganimni esa bilolmay qoldim…)

UÇINÇI TUŞ

Bir mahal qarasam, ufqlarga tutaşgan yölda otam bilan horğin odimlab borayotgan ekanmiz. Manzara öngimizdagini yodlarga solarmiş. Çanqabmiz, xuddi öngimizdagidek. Qarşimizda yastanib yotgan, boşi-keti körinmaydigan sahro çayqalib, közlarimizga katta-katta hovuzlar bölib körinar emiş. Tinkamiz qurigandan qurib, holdan toyib yiqilib qolgan paytlarimiz dam otam meni, dam men otamni suyab oldinga harakatlanar ekanmiz. Oldinda esa ummon bor emiş. Tavba, bu bilgi qayerdan kela qoldiykan? Özim ham bilmayman. Ammo u bor emiş. Şunisini bilarmişmiz. Uning borligiga qaratilgan umid bizni örnimizdan qalqib, kunduz kuni quyoşning omonsiz tiği ostida, keçasi suyak-suyakkaça ötib ketadigan yoqimsiz sovuq ostida, ahyon-ahyonda kötarilib turadigan, köz oçirmaydigan aççiq şamolda – çölu biyobonda yana va yana qadam taşlaşga undar emiş. Ertaklarda aytilganidek, yöl yuribmiz, yöl yursak ham möl yuribmiz. Nihoyat, közlangan manzil – ummonga yetib kelibmiz. Lekin çöllaganimizga qaramay, özimizni jimirlab turgan suvga urmabmiz, ajab, aksinça, sohilda töxtab, unga jimgina köz tikibmiz. Şu payt deng, ummon qaʼridan allaqanday guldiragan sas paydo bölibdiyu tobora biz tomonga yovuqlaşa boşlabdi. Ammo negadir hayiqmabmiz. Ortga tisarilmabmiz ham. Guldirak kuçaygandan kuçayib bizning quloq pardalarimizni yirtgudek kuçga tölganda, mavjlanib yotgan ummon kutilmaganda çayqalmakka tuşib, köz oldimizda hayratangiz manzara kökrak keribdi: olis-olislarda osmonöpar uy balandligida tölqin paydo bölibdiyu qirğoqqa, biz tomonga örmalab qolibdi. Mening nigohimni tölqin, uning uçlarida paydo böla boşlagan şakllar öziga tortibdi: qarab tursam, ular turli qiyofalarga kira boşlabdi. Aytişim joiz, men bu qiyofalarni ilgari sira körmagan edim. Ammo şunisi qiziqki, men ularga ism bera boşlabman. Mana, misol uçun, tölqindan bir parça ajralib çiqibdiyu allaqanday maxluq qiyofasiga kiribdi va men unga baliq deb nom beribman. Dam ötmay esa birdaniga baliqlar köpayib ketibdi, ularning ayrimlari hatto sekin-asta şaklu şamoyilini özgartirib, turli-tuman özga qiyofalarga aylanişibdi. Men baland-baland tölqinlar quçoğida sudraluvçi, örmalovçi, çopuvçi, yuruvçi, nihoyat, uçuvçi maxluqlarni idrokim ila ilğay boşlabman va ularning har biriga ism qöyibman: dinazavr, ixtiozavr, mamont, timsoh, ilon, eçkamar, örgimçak, ninaçi, fil, maymun, kaptar… Ularning orasida esimda yorqin saqlanib qolgani – otlar bölibdi. Oppoq otlar! Tölqinning oğzidagi köpikka öxşagan oydin otlar! Ular şunçalar gözal, şunçalar mahobatli ekanki, ummondan ajralib quruqlikka çopib çiqib ketayotganlarida irğib ustlariga minib olgilarim kelarmiş…

Keyin men odamlarni köribman. Juda köp odamlar paydo bölibdi tölqinlar quçoğida! Ular suvdan çiqişibdiyu qaldirğoçning bolalaridek (ha-ya, bu öxşatiş ham menga keyingi milliard yillardan meros. Çunki men odamlar suvdan çiqib ketayotgan öşa pallada qaldirğoçning bolalari tugul, katta bobosiyu katta momosini ham körmagan, binobarin, ular haqida heç narsa bilmas edim-da!) tizilişib bir yoqqa qarab yura ketişibdi. Şunda men otamga, otam menga qarabmiz. Içimizdagi taşnalik qonib, nimalarnidir tuşungandek bölibmiz. Ajab, vo-o, ajab!..

Şu yerga kelganda men uyğonib ketdim, uyğonib…

ZAMINDAN SAMOGA PARVOZ

Öşanda ilk bora uçoqqa ötirdim. Borliğimni allaqanday hayajon bosdi. Axir, men hozir quş misoli parvoz qilaman!.. Şundan yuragim taka-puka bölayotir. Ammo uni qölga olişim şart! Özimga özim: “Bu temir qanotlarda kunda dunyo böylab million-million odamlar safarga çiqadilar va eson-omon manzillariga yetib boradilar, bas, senga ham jin urmaydi, xotirjam böl!” deyman-u, baribir, tuğyonlarimni jilovlay olmay örnimda tipirçilayveraman. Aslida, men “bizga biron kor-hol böladi” deb qörqqanim yöq, aslo, balki “nimadir, hayotimda qandaydir yangoriş yuz beradi” deb hayajonlanar edim, xolos. Be-ye, nimalar deya valdirayapman özi? Axir, sizga bu haqda emas, butunlay özga narsa töğrisida gapirmoqçi edim-ku! “Men ne deyman-u, qöbizim ne deydi?” deganning holiga tuşib qolganimni-çi!

Maqsadga köçsam. Uçoq osmonu falakka kötarila boşlaganda men pastda qolib ketayotgan yerga razm solib hayratga tuşdim. Çunki u tobora kiçrayib, turlanib, tamomila özga qiyofaga kirayotgandi. Vaqt ötar, uçoq yana va yana yuqorilar, zamin esa tobora kiçrayib borar, bunga sayin botinimda ajib bir özgariş sodir bölardi. Hademay, bulutlar juda pastda qolib ketdi. Biz bulutlar ustida uça ketdik. Şunda… oh, şunda zaminning holini körsangiz edi! Yöq, adaşdim, körgansiz, albatta, endi tasavvur qilsangiz, tuşunsangiz, his qilsangiz edi!.. Zamin özining men bilgan salobatini, zalvorini birdaniga yöqotib qöydi! Eşityapsizmi, boy berdi! Mening bir inson sifatidagi taşvişlarim, dardlarim, rejalarim, quvonçu kadarlarim… barça-barçasi öşa zaminda, quyida qolib ketgan yerda qoim edi. Endi undan uzoqlaşganimiz sari ana şularning hammasi bir lahzada şundoq köz öngimda erib, bulutlarga qorişib ketsa böladimi?.. Meni band etgan borliq öylarim tubanlarda qolgan yer kurrasi yangliğ tobora kiçrayib, bitta nuqtaga aylanib borardi. Nuqtaning bölsa, nimayam qadri, ahamiyati bölardi?..

NUQTA

Sado keldi. Sado!… Men unga beixtiyor quloq solib qoldim, beixtiyor…

“Qurʼonning siri “Fotiha” surasida, “Fotiha”ning siri “Bismillo”da, “Bismillo”ning siri “Be” harfida, “Be” harfining siri ostidagi nuqtasida va men – inson öşa nuqtamen”… der edi sado…

KOVUŞ

Kuzatsam, ummondan ayrilib çiqqan izdihom bir tomonga oşiğiç ketib borayapti. Men esa, negadir çetda, tomoşabinga öxşab qarab turardim. Turdim-turdim-da, safga qöşilgim, oqimning içida bölgim kelganini his qildim va beixtiyor oldinga talpindim. Çunki men istaklarga tölib-toshib yurgandim. Öz holiça bu istaklar istakligiça qolar edi nazarimda. Xohişlarimning röyobga çiqmoği uçun odamlar daryosiga kirmoğim şart bölardi. Axir, men ilgariyam şu qatorda edim, buni yuragim aytib turibdi, faqat nima uçundir hozir kanorga çiqib, ularni kuzatyapman. Balki buning ham bir siru sinoati bordir, balki şunçaki bir tasodifdir, bilmadim. Xullas, har qança istasam ham sarpoyçan bölganim bois izdihomga qöşilolmay, bir joyda depsinib qolaverdim. Meni bu zaminga qadar keltirgan kovuşimni yeçib boşqasiga almaştirib olişim kerak edi. Eski kovuşni-ku yeçişga yeçibman, lekin yangisini topolmay halak edim. Faqat şundagina bu yerdagi hayotim boşlanar edi, yöqsa yöq…

Odamlar daryosi tölqinlanib röparamda oqib yotibdi. Bu daryoning na boşi körinadi va na adoği, ikkala tomoniyam ufqlarga tutaşib ketgan. Oqim çinakamiga oqim bölib, odamlarning şaklu şamoyili közga ilğanmas edi. Ammo ular şu yerda, oqimning içida, oqimni taşkil qilib turardilar. Ha, odamlar – oqim, oqim esa odamlar edi. Ularni men közlarim bilan körolmasdim, xuddi ular meni körolmaganlaridek. Çunki na ularda va na menda közlar bor edi. Közlar yöq edi-yu, ular meni, men esa ularni körar edik…

Bilib turibman, “közsiz qanday qilib köriş mumkin?” degan savol miyangizda aylana boşladi. Lekin bori, gapning pöstkallasi ham – şu. Bizlarda nafaqat köz, balki boş, kökrak, qöl, oyoq… xullasi kalom, heç qanday aʼzo, bir söz bilan deganda, tananing özi yöq edi. Ayni damda borliq narsani körar va his qilar edik. Bilanihoya, ana şu holimda oqimdan çetda qolib ketayotganim menga alam qilib turardi. “Nega, nima uçun men qolib ketyapman? Axir, hamma ketib borayapti-ku!..” deyman özimga özim. Çunki alam ham bekor joyda paydo bölgani yöq-da. Men öz mohiyatimni harakatda körar edim. Faqat harakatgina mening menligimni namoyon etar edi. Qolgan vaqt esa men mavjud edim-u, ammo bilinmas va körinmas holatda sobit turardim. Maqsadimga yetmoğim uçun menga harakat kerak, harakatlaniş uçun esa vosita – kovuş zarur edi. Nima uçunligini bilmayman. Balki bilarman ham. Bilimim qaydadir botinimda kömilib yotgan çiqar. (Xuddi şu tobdagi özimdek. Axir, men ham ayni çoğda yöqman, töğriroği, yöqdekman, aslida-çi, borman!) Faqat uni topib kelib sizning oldingizga qöygani fursatim yöq. Nazarimda kovuş bu – şakl edi, köriniş va biliniş şakli. Bas! Qolganini sizga bayon etolmayman. Çunki şu tobda uni, zaminbop kovuşimni darhol topişim lozim. Uni topsam, mengagina emas, sizga ham barçasi ayon bölar deyman özimça…

Şuning uçun ham hafsala bilan kovuşimni qidirişga tuşdim. Taqdir yorlaqab, uni topsam, daryodek oqib borayotgan mana şu odamlar nahriga birpasda qöşilib olaman. Buni bilib turibman. Keyin… keyin men öz yölimda davom etaman. Azaliy (balki qadimiydir…) yölimda… va yana… abadiy yölimda, ehtimol…

Voqean, kovuşni topib oqimga qöşiliş istagi özining haddi aʼlosiga yetganda murodimga qovuşdim. Özi hamişa şunaqa. Biron narsani astoydil va juda qattiq istadimmi, bas, u qarşimda paydo böladi yoki men uning qarşisida. Ohorli kovuşimni kiydimu özimni kördim: közlarimga (demak, avval-boşdanoq botiniy közlarim mavjud bölgan!) dastlab kovuş kiygan oyoqlarim çalindi. Keyin tizzalarim, belim, qöllarim, yelkalarimni kördim. Vo ajab, men navqiron yoşda edim! “Buni qayerdan bila qolding?” demoqçimisiz? Bilmasam, boya aytdim-ku, botinimga quloq tutsam, u yerda hamma savollarning javobi bor, deb. Faqat javobni har doim ham olabilmayman, u qandaydir sirli: maʼlum paytlardagina menga bağrini oçadi, qolgan vaqtlar esa dumini ham uşlatmaydi. Öylaşimça, javobni olmoğim uçun mening şu javobga tayyor va munosib holga kelmoğim zarur bölardi.

Uzun gapning qisqasi – jadal borib oqimga kirdim. Endi odamlar ham mening şaklu şamoyilimga öxşaş qiyofada menga körina boşlaşdi, xuddi men ularga köringanimdek. Özimni körib-tanişim bilan botinimda bir savolga duç keldim: men qayerdan keldimu nega keldim va qayga borayapman?..

KIRIŞ

Alqissa, yura-yura bir mahobatli imoratning qarşisidan çiqib qoldik. Uni imorat deb ham bölmasdi. Usti tim bilan yopilgan, haybati şu qadarki, qarşi tarafdagi ufqni tamomila tösib qöygan, son-sanoqsiz eşiklari bor bir möjizakor qurilma. Odamlar oqimi har qança katta bölmasin, ular sira bir-biriga xalal bermay öşa eşiklardan bemalol içkari kirib ketişayapti. Yaʼni, kiriş oldida töplanma hosil bölgani yöq. Men ham el qatori içkariladim. Bu yerda qurilmaning asosiy bölimiga ötiş oldi bir tayyorgarlik joyi bor ekan. Xuddi uyning kirişi – dahliz bor-ku, şunga öxşaş. Xullas, hamma şu dahlizga yetganda negadir kovuşini yeçib, bir çekkalik qöyib bölgaçgina yölida davom etayotgan edi. Hayron böldim va xayolimga “bu yer Xudoning uyi – ibodatgohmikan?” degan öy keldi. Keyin köpga ergaşib men ham arzanda kovuşimni yeçdim-da, yalangoyoq odamlar daryosiga şönğidim. Içkariga kirib bölgaç esa kovuşimni qaytarib berişdi, ajab…

Qayerga kirib qolganimni dabdurustdan ham, keyin ham tuzukroq fahmlay olmadim. Allaqanday taniş va ayni paytda begona joy. Xuddi siz bilan biz hozir biladiganimiz – bozorga öxşaydi. Körganlarimning biron yerida ğayritabiiylik yöq edi: odamlar guruh-guruh bölib röparasidan çiqqan rastalarga özlarini urişayotgandi. Yaʼni kim qaysi eşikdan kirgan bölsa, şu eşik qarşisida bir rasta joylaşgan ediki, istar-istamas şu yölakka oralab, közdan ğoyib bölişayotgandi.

Eşik va rasta boşlanmasi orasida bir çaqirimça joy bölib, rasta uçun hozirlik yeriga mengzardi. Şu masofani odimlab bosib borarkan, tağin odamlarni kuzata boşladim: kimi qöliga bolğa olar, kimi ketmon, kimi qop, kimi esa men ilgari heç körmaganim allaqanday matohga yopişardi. Yonimdagi rasta boşida esa joynamoz tarqatilayotganiga közim tuşdi. Uning narisida esa xuddi şu tarzda kip, zunnor, xoç va rang ulaşilayotgan ekan. Şunda öz qismatimga qiziqib yölagimga qaradim: oppoq soç-soqoli naq köksiga tuşadigan baroq qoşli möysafid qölida qoğozu qalam bilan menga qarab turardi. Şunda bildimki, men tuşgan yölning yölovçilari unçalik serob emaskan. Hayron bölib möysafidga yaqinlaşdim. Lekin negadir salomlaşmadik. Kelganimning özida salom bor bölgani kabi uning turişida alik mujassam emiş. U ösiq oq qoşlarining ostidan menga sinovçan nazar taşladi, bu bilan göyo “qani-çi, sening qölingdan nima kelarkin?” degandek böldi. Har holda, menga şunday tuyuldi. Balki u hammasini bilar. Yaʼni içkarining baland-pastini, unda bizni nimalar kutayotganini, boşimizga nelar tuşişini va yana biz nimalarga qodir ekanimizni… Tağin kim bilsin…

TITROQ

Donişmand qiyofali möysafidning qöllaridan qalamu qoğozni olarkan, botinimda bir titroq turdi va u zum ötmay butun vujudimga yoyildi. Titroq tim ostiga, öz çekimga tuşgan rastaga qarab borayotganimda ham sira bosilmadi. Qarang, u keyinroq ham – rastaga qadam qöyganimdayu uning benihoya keng va yana şunça rango rang manzillarini yöqlaganimda ham vujudimni tark etmadi. Şunda men ğayriixtiyoriy ravişda öşa titroqqa quloq berdim. Ajabo, uning öz ohangi bor bölib, bu ohang men bilgan biron boşqa ohangga öxşamasdi. Unda musiqiylik bilan mazmuniylik deymizmi, şunga öxşaş köp jihatlar qöşilib, uyğunlaşib ketgandi.

Ohang darhol meni öziga jalb etdi. Men uni yoqtirib qoldim. Xuddi şu ohangda sayohatim davomida körgan-keçirganlarimni möysafid tutqazgan qoğozga qitirlatib yoza boşladim. “Xöş, nimalarni körding?” – deysizmi. Aytay: men tuşgan rasta qolgan rastalardan xiyol teparoqda joylaşgan edi. Uning har kunjidan boşqa rastalar xuddi kaftdagidek yaqqol közga taşlanardi. Şuning uçun ketmon bilan rastaga kirgan nima qilyaptiyu kalkulyatorga öxşaş matohni kötargan kişi nima yumuş bilan band – hamma-hammasini körib-kuzatib borardim. Keyin körganlarimni muşohada qilib, saralab, içimdagi titroq ohangida qoğozga darj etardim. Yozganlarimni esa odamlar öqişar, ularni bir közgu bilib böyu bastlarini, aftu angorlarini obdon tomoşa qilişar, özaro nimalarnidir gaplaşişar, xulosalar çiqarişar, men tomonga minnatdor yoki norozi nigoh taşlaşardi.

BOZOR

Ayniqsa, qop-qanor kötarib timga kirganlarning had-hisobi yöq edi. Yana-çi, ular egallagan maydon şu qadar möl-köl ediki, bir qaraşda dunyo şulardan iboratdek tuyulardi. Bu rasta öz içida turfa bölaklarga bölinib ham ketgandi: bir tomonda hayvonlarning qon silqib turgan kallalari osilgan göşt dökonlari, boşqa tomonda xilma-xil engil-boşlar ilingan tayyor kiyim-keçak rastalari, beri yoqda közni qamaştiradigan oltinu kumuş taqinçoqlar, nariroqda esa qandolatçilik peştaxtalari… eh-he-ye-ye, inson xayoliga kelişi mumkin bölgan nimaiki bor, bari sotiladigan, bari sotib olinadigan joylar şu yerda edi. Odamni aytmaysizmi, şunçalar tirbandki, daryo-daryo oqib kelayotganlarning deyarli hammasi özini şu yoqqa urişadi. Göyo u yerga kirmoq boru çiqmoq yöq. Simobdek qaynaydi-ya! Beixtiyor men ularni kuzata boşladim. Hatto anavi rastalarda yurgan kişilar ham şu yoqqa möralab-möralab qöyişadi, yölini topganlar esa boş suqib kelaverişadi. Çunki bu rastaning şovqiniyam naq olamni buzadi-da! Quloğing kar bölsayam közing bilan “eşitib” mahliyo bölaverasan göyo. Şundanmi, bu yerga odam zoti siğmay, rastalari kundan kun şişib, qöşni hududlar maydonini öziga qöşib-çatib, semirib borardi. Bu hol meni juda qiziqtirib qöydi. U yerga qarayverib özimning ham könglimda havas uyğonganini sezmay qopman, deng. Sezganimda esa men özimni kiyim-keçak rastasidan topdim. Avvaliga hayron böldim, keyin esa könikib ketgandek yoki könikib ketarman deb yuraverdim. Qarasam, u yer gavjum, qiziqarli va qulayroq çiqib qoldi. Mazali ovqatlar ham, turli-tuman engil-boşlar ham, sarjin-sarjin boyliklar, ot-ulovlar ham şu joyda ekan. Qizlarini aytmaysizmi, qizlarini! Naq joningizni oladi-ya! Yöq, ular olmaydi, balki şirin joningizni özingiz qöşqöllab topşirasiz-qöyasiz. Mana, nima uçun bozor rastalari bunçalar tiqilinç ekan…

OTA VA ONA

Oqimga kirib, uning ravişida birdaniga el qatori yurib ketiş muşkul çiqdi. Unga özimni urdimu birdan taqa-taq töxtadim. Çunki oqimni yorib botinga kirolmadim. Uning közga körinmas allaqanday pardasi bor ekanmi, xullas, zirhdek tösiq meni tutib qoldi. Şunda oqimning bağridan ikki kişi çiqib kelib ikki qöltiğimdan tutgança içkariga olib kirişdi. Ilgari ham mavjud edilar, lekin yangi şaklu şamoyilda ularni ilk bor körib turardim-da! Ozgina fursat ötib men ularning birini Ota, boşqasini esa Ona deb atay boşladim. Ular menga Inson deb nom berişdi, Inson! Umuman, men şu yerga, oqimga kirgaçgina özimga öxşagan zot vakillarini tanidim. Bu zot odamiyzod deb atalarkan hamda u ikki jinsga bölinarkan: otamga öxşaganlari erkak, onamga öxşaganlari esa ayol…

Oqim şiddatli edi. Agar ota-onam bölmaganda, tan olişim kerakki, men u izdihomda yaşab qololmasdim. Buni u paytlar bilmas, öylamas ham edim. Hammasini keyinçalik anglab yetdim. Çunki öşa siz bilgan kovuşni topib kiygaç, men, avvalo, insonning insonga bölgan mehru muhabbatini his qila boşladim. Buni dastavval otamu onamdan kördim. Öz holiça guvlanib-tölğonib oqib yotgan oqim, öylaymanki, meni huv taşqariga, öz bağridan çetga çiqarib taşlaydigan siyoqda edi. Lekin padarim va volidam bunga yöl qöymadi: har doim, har qanday vaziyatda yonimda metin qoyadek turdilar, yölning izğirinli şamollaridan meni qöridilar. Şundanmi, közimga kimki körinsa, hamma-hammasini yaxşi köra boşladim. Çunki vaqt ötgani sayin atrofimda ota-onamdan özga kişilar ham borligini, ular men bilan muloqotga kirişayotganligini körib-bilib turardim. Ular menga talpinganidek, men ham ularga qarab intilardim. Ayni damda, odamiyzod öz yölida saf-saf bölib yurib borardi. Tabiiyki, bizdan oldinda, bizdan orqada va biz bilan bir safda harakatlanayotganlar bor bölib, men avvalo ular bilan gaplaşdim.

MUTAKABBIR KIMSA, DÖST VA DUŞMAN

Nafsilamrini aytganda, old, yon va orqa qatorda borayotganlarning hammasi bir-birlariga judayam öxşaşib ketardi. Ayniqsa, uzoqroqdan boqilganda yölovçilar ikki tomçi suvdek biri boşqasiga mengzardi. Ularni tafovutlaş uçun esa yaqindan, judayam yaqindan turib qaraş kerakdek tuyulardi menga. Xuddi şunday, men avvaliga old, yon va orqa safdagilarni bir xil kördim, öxşaş bildim. Bora-bora esa ular bir-birlaridan naqadar farq qilişini ilğay boşladim. Nazarimda, hamma gap insoniyat ehtiyojiyu mana şu ehtiyojni qondirişga qaratilgan harakatlarda, harakatning mohiyatida edi. Keling, yaxşisi, öşa voqea-misolni aytib bera qolay. Şunda hammasi öz örniga tuşadi. Men sözbozlik qilişdan, siz esa unga toqat qilib eşitişdan xalos bölgaysiz. Maʼno esa tezdagina öz manziliga yetib oladi…

Yöl barçamizni toliqtirar edi. Şu bilan birga, umidlantirardi ham. Umidlantirmaganda bani başar unga bunçalar köngil qöymasdi, şartta kovuşni yeçib, oqimdan taşqariga çiqib ketardi, deb öylab qolaman goho. Çetda turgan holimni hali unutganim yöq. Odamlar daryosiga havas bilan boqqanlarim, ular yöl olgan manzilga termilib orziqqanlarim keçagidek esimda. Şuning uçun ham hamma jon-jahdi bilan yurişga, oldinga bosişga talpinardi. Bu harakatlar esa ehtiyoj degan tuşunçani paydo qilgandi. Bu tuşunçaning ibtidosi boru, intihosi yöqdek edi. Xullas, yöl yurgan odam çanqar, oçiqar, çarçab dam olgisi kelar edi. Mana şu kabi oddiy ehtiyojlar odamlarning orasiga nizo uruğini ekib, alaloqibatda bir-birlaridan ayirib taşlar ekan desam, dab-durustdan siz ham işonmassiz, balki. Lekin körganim, bilganim şu bölsa, netib sizga özga söz aytay?..

Yölda nima aziz – suv aziz! Nondan ham, oşdan ham öşa tabarruk böldi. Bas, öşanga navbatga turdik. Tabiiyki, vaziyat paydo qilgan taomilga köra old safdagilar bizdan oldin içişlari kerak, içişadi ham. Içib bölgaç esa negadir biz tomonga qarab qöyişadi. Şunçaki qaraşmaydi, yöq, ğalati qilib qaraşadi. Bu qaraşda men bilgan, men tanigan tuyğulardan birontasi ham bölmaydi. Menga taniş tuyğularning umumiy ismi mehr-muhabbat deb atalardi. Bu yerda esa u yöq edi. Allaqanday notaniş tuyğu edi bu. Ajab!..

Orqa safda kelayotganlar esa öz-özidan suvni bizdan söng içişlari kerak bölardi. Şuning uçun ularning xatti-harakatlarida boşqaça maʼnoni payqab qolardim. Yonimizdagilarning munosabatlarida bölsa otam bilan onamning menga bölgan mehrlariga öxşaş xayrixoh iliqlikni his qilardim. Şuning uçun ham bir kuni deng, ne bir maşmaşa bilan suv içib bölgaç, otam va onamning huzurlariga borib söradim.

– Ota, nima uçun bu uç guruhning bizga boqişlari uç xil?

– Çunki, bolam, ular bizning uç tomonimizda joylaşgan-da.

– Ona, ular kimlar?

– Oldindagilar mutakabbirlar deb ataladi, öğlim, – javob berdi onam meni bağriga olib, boşimni silarkan. – Çunki ular old safda joylaşganlari bois suvning ham, oşning ham avvali ularga tegadi. Şu kiçkina afzalligu qulaylik ularning burnini kötarib yuborgan. Ular kibrga yem bölgan qavm.

Ortdagilar esa duşmanlarimiz. Çunki suvni ulardan burun içganimiz bois bizni yomon körişadi. Yölda kasal-pasal bölib ölib ketişlarimizga ham rozi ular. Çunki şunday bölsa, ular bizning örnimizga kelib, oş va suvni biroz avval yeb-içib oliş imkoniga ega çiqişadi.

Yonimizdagilarning ismi esa döst bölib, ularning biz bilan talaşib-tortişadigan narsalari yöq. Oşga ham, suvga ham biz bilan bir vaqtda yetib kelişadi. Biz oç bölsak oç, töq bölsak töq bölişadi. Şuning uçun ham ular döstlarimizdir.

– Nima, old va ort safdagilar orasidan heç kim heç qaçon bizga döst bölmaydimi? Yoki biz bilan bir safda bölganlar-çi? Ulardan sira-sira duşmanlik çiqmaydimi? – Hayratim oşib söroqladim yana ularni.

– Qiyin savol, – dedi otam xörsinib, – inson maʼnan kuçli bölsa, u heç qaçon mayda manfaatlaru manfur tuyğularga yem bölmaydi. Bas, olddagilardan sening dösting bölgani kabi ortdagilar safidan ham habib hamişa topiladi. Faqat ular alohida, xos zotlar bölib, kişining qilgan işiyu köngliga, dilidagi niyatiga qarab munosabatda bölişadi. Aslo egallagan örniga, turgan safiga qarab emas. Endi xom sut emgan banda garçi safdoşing, qismatdoşing, zamondoşing bölsa ham, fitrati buzuq esa, sirtingga niş urişini qöymaydi.

Demak, birinçi javobimiz savolingga umumiy bir javob bölgan esa, ikkinçisini esa xususiyroq maʼnoda deb qabul qilgaysan.

Ota-onamning sözlari menga avvaliga qançalik ğalati tuyulmasin, bora-bora ularda jon borligini paysa-paysa tuşuna boşladim. Çunki javoblarning isboti şundoq köz öngimda har kun sodir bölib turardi: old qatordagilarning lazzat bilan suv içişini kuzatarkanman, hayratdan yoqalarimni uşlardim. Ayniqsa, menga tengqur yigitça közlarimga közini löq qilib, ustiga ustak, suvni lablaridan oqizib, şoşmasdan, uzoq vaqt çaynalib, ha-ha, suvni çaynab-çaynalib içişi, şu bilan vaqtni çözib, mening navbatimni orqaga surişga intilişi ğazabimni qözğar ediki, galdan galga uni, unga qöşib ota-onasini yoqtirmay qoldim. E, nimasini aytay, ular suvni özlari istagança tökib-soçib-çözib isteʼmol qilişlari yetmagandek, qöllaridagi mis piyolani qölimizga beriş örniga oyoğimiz ostiga uloqtirib yuborardi. Safdagilar – kattayu kiçik ilkini uzatgan köyi hayratdan toşdek qotib qolişardi. Oddiy insonlik burçini ado etiş baʼzilar uçun benihoya qiyin ekanligini körib turardim-u, buning asl sababini öz aqlim bilan sira tuşunib yetolmasdim. Tağin otamga murojaat qildim. Otam menga yaxşilik va yomonlik haqida rivoyat aytib berdi.

YAXŞILIK VA YOMONLIK

– Hammasi azalda bitilgan böladi, – deb gapini boşladi otam. – Olam olov, suv, tuproq va havodan tarkib topgan. Odam esa tuproqdan bor etilgan. Şunga qaramasdan, uning fitratida ham olamga xos unsurlar bir paytning özida aralaşib yaşaydi. Kişi baʼzan olov bölib özini ham özgani kuydirsa, baʼzan suvga dönib şu ötni öçiradi. Gohi tuproq yangliğ oyoqlar ostida hokisor yotsa, goho havodek osmonga kötariladi. Mana şunga köra ham bani odamning yarimi malagu yarimi şayton, yarimi yaxşilik tarafu yarimi yomonlikni bayroq qiladi. Inson deganimiz ana şu ikki buyuk qöşin beomon olişadigan maydondir, bolam.

– Nima uçun inson ana şu ikki qöşin, ikki kuçdan birini, yaxşilikni tanlay qolmaydi, ota?

– Aslida, dunyoda faqat yaxşilikning hokim bölişi, faqat yoruğlikning mavjud bölişi mumkin emas. Insonlik dunyosida mavjud emas bunday bir tomonlamalik. Agar şunday bölsa, inson öz mavqeini tark etişiga töğri keladi. Çunki ezgulik va yovuzlik, tun bilan kun, muhabbatu nafratning doimo bor bölib, bölganda ham teng kuçlarga asoslangan holda mavjud bölişi inson mohiyatidan kelib çiqadi. Inson ana şunday teng kuçli qutblar orasidagi özligini namoyon eta bilsagina inson bölib yaşaydi. Xuddi atirgul uruğidan gul unib, nihoyatida barq urib oçilgani yangliğ, inson ham öz ildizidan boş kötarib çiqib, nihoyat qulf urib oçilib, mohiyatini namoyiş etadi. Bu özlik esa ana şu törtta unsurdan oziqlanadi. Magarkim, inson ana öşa unsurlarning birontasidan bahra olmay qöysa, demak, u biz bilgan safdan, insonlik safidan yuqori yo quyiga qarab ketadi, bolam. Bas, umring davomida insondan boşqa turlarga, xususan, hayvonot va nabotot olamiga ham tafakkur nigohingni taşlab tur, toki Yaratganning hikmati har yerda hoziru nozirdir…

Otam sözlardi, men esa xayolimda şeʼr yozardim. Men hatto şeʼr yozayotgan özimni körib turardim. Uning yoşi hozirgidek 9-10 larda emas, balki yigirma beşlarda edi. Özimga ham öxşar, ham öxşamasdi, lekin baribir, men uni içdagi savqitabiiy bir kuçga tayanib tanidim: u – men edim. U nimanidir tez-tez yozardi. Yozganlari esa mening avval dilimda, söng tilimda paydo bölardi…

Tilim şeʼr aytişdan tindi. Şu zahoti otamning taniş va qadrdon ovozi quloqlarim ostida jaranglay boşladi. Men ham töqqiz-ön yoşlarimga qaytdim:

– Ammo yana şu ham borki, – derdi otam, – özidagi olovlik va havolik unsurlari tazyiqini tizginlab, suvlikni meʼyorda tutib, tuproqlik xususiyatlari bilan yaşaşga imkon topganlar insonlikning oliy maqomi – avliyolik şohsupasigaça kötariladi. Aksinça, tuproğu suv unsurlarini pisand etmay, olov va havo unsurlariga zeb berganlar insonlik maqomidan pastga tuşib, hayvonlar bilan tenglaşib, kezi kelsa, ulardan-da pastroqqa qulaydilar. Fariştalarda nafs yöq. Ular aqldan iborat. Inçunin, botinlarida ğalayon, isyon bölmaydi. Mudom Yaratgan oldida itoatdadir. Inson içidagi nafs, hayvonlik sabab doimo özi bilan özi kuraşib yaşaşga mahkum. Kuraşda malaklik ğolib kelsa, inson martabasi haqiqiy fariştalarnikidan-da yuksak böladi, magar hayvonlik ustun çiqsa, hayvonning özidan-da tuban ketadi…

Rivoyatga köra fariştalar inson qalbidagi kirni tozalab taşlar ekan. Ammo şundayam qalbda yuqi qolarmiş. Eʼtibor bersang, şu yuqning öziyam odam bolasiga yetib ortar ekan. Inson bir umr kuraşmasa, şu yuq uni yomonga aylantirişga qodir. Şuning uçun ham içingdagi öşa qora kuçning yuqi bilan kunda kuraşmoğing lozim böladi, bolam. Yaxşi va yomon böliş insonning öz qölida. Ammo yaxşi bölişdan köra yomon böliş oson.

– Nega, ota?

– Hali vaqti-soati kelganda hammasini tuşunasan. Öşanda sen ulğayib yaşaydigan dunyoda yaxşilikni tarğib qilişadi, lekin odamlar yaxşi bölib ketişavermaydi. “Yaxşi tur, yaxşi yur, yaxşi gapir, yaxşi böl!..” degan gapni tuğilganingdan ölguninggaça eşitasan, lekin şundayam sen butunlay yaxşi bölib qolmaysan. Çunki sening tabiatingda ikkinçi tomoning-yomonliging hamişa özini namoyon qilib turadi. Aslida u – juda qudratli. Doimo boşiga urib turmasa, kuçayib ketadi-da, insonni öz yöriğiga yurgizib, xarob aylaydi. Şuning uçun ham bani odam yaxşi yöldoşlar bilan ezgu maqsadlar sari matonat ila yurmoği kerakki, oqibatda uning yaxşilikka yaqinligi ortsin.

Otamdan “yöldoşlar va maqsadlar” haqida ham söragim keldi. Ammo uning horğin yuziga qarab istagimdan voz keçdim. Yöl hammani toliqtirib borardi. Şuning uçun beixtiyor nigohimni atrofga oldim. Nazarimda söramoqçi bölgan savollarimning javoblari öşa yerda – tevarakda yurgandek böldi.

YÖLDOŞLAR VA MAQSADLAR

Qiziqsinib hamrohlarimga boqaman. Şaklu şamoyilda tafovut bölgani holda bir-birimizga öxşaşib ham ketamiz, deng. Hatto kiyib olgan kovuşlarimiz ham kunduzlari quyoş nurida va keçalari oy yoğdusida birdek yaltillaydi. Ammo biron kişi yalangoyoq emas. Şunday bölsa bormi, darhol safdan çiqib, körinmay qolarmiş. Yöl yurarkan, yöl çetida qançadan qança kovuşsiz turgan odamlarni his qilaman. Ular odamlar oqimiga qaragança öz navbatlarini kutişadi. Şunçaki kutişmaydi, yöq, kovuşlarini izlagan köyi, atrofga qaranib, bezovtalanib, şu bilan birga, umidlanib kutişadi. Tavba, “nega bunça yölga qiziqmasak?” deyman özimga özim. Axir, nima bor bu izdihomning içida? Qayerga ketayapmiz özi? Nega yöl yoqasida jimgina qolib ketişni heç kim istamaydi? Nima, u yerda qoliş – jazomi? Odamlar daryosidan qirğoqqa çiqib qolganki bor, bari biron gunoh işi uçun surgun qilinganmi? Özim ulkan nahrning naq örtasida oqib borayapman-u, negadir çetdagilarni, öz kovuşlarini qidirib yurganlarni öylayman, tavba…

Izdihomning rang-boşiga nazar solaman: turfa-turfa qiliq-qiyofa, turli-tuman xatti-harakat. Ayni çoğda, umumiylik ham mavjud: hamma bir tomonga odimlayapti, hatto örtalarida bahs-munozara qizib tursa ham belgilangan yoqqa harakatlanişdan çalğiş yöq. Qanday bahs deysizmi? Aytay: taraflarning biri “Biz qayerga ketyapmiz özi? Nega ketyapmiz?” desa, boşqasi “Qayerga ketayotganimizu nega ketayotganimizdan ham köra qayerdan kelayapmizu, nega kelayapmiz?” degan savol muhimroq, deydi. Çunki şu savolga javob topsak, qayerga borayotganimiz ham, nega borayotganimiz ham ayon bölarmiş. Şunda yana bir toifa odamlar “Bularning hammasi beʼmani gap-sözlar! Bunday tortişuvlardan naf yöq, yaxşisi, qanday ketayapmiz?” degan savolga javob topaylik”, deya çiranadi. Şunday qilinganda yöldagi holimiz yaxşilanib, borayotgan manzilimizga kötarinki ruhda kirib borar ekanmiz. Ularça, “qayerdan va qayerga emas, hatto nima uçun, nima maqsadda ham emas, balki qanday, qay şaroitda boriş muhim” ekan. “Çunki – deydi bu toifa insonlar, – keliş ham, ketiş ham insonning qölida emas, yölni qanday bosişgina uning öz ixtiyorida. Şunday bölgaç, biz ixtiyorimizdagi narsalar haqida qayğurişimiz kerak”.

Xullas, munoqaşalarning adoği yöq, ular har kuni vaqti-vaqti bilan yeru kökni tutib turadi. Ovozlaru baqir-çaqirlar uzoq-uzoqlarga ketib aks-sado beradi. Eʼtibor qilsam, ayni şu narsa odamlarga xuş yoqayotgandek tuyuldi. Çunki ularga bahsning natijasi emas, balki jarayoni xuş kelayotgandek edi. “Nega?” deysizmi? Çunki heç kim, tortişayotgan tomonlarning heç biri özining töla haq ekanligiga işonmasdi, nazarimda. Şuning uçun ham jonini jabborga berib bahslaşmasdi, aksinça, özining borligi va bor bölgandayam boşqalardan kam emasligini isbotlaş uçun talaşib-tortişaverardi. Buni qayerdan bildim, aytaymi? Mendan oldinroqda borayotgan xuşqomat yigit bilan yöl-yölakay qilgan suhbatlarimdan. U men bilan şeʼr tilida gaplaşar edi. Şuning uçun uni şoir deb atadim.

ŞOIR

U, ayniqsa, manavi şeʼriy iddaosini bot-bot takrorlar edikim, menga yod bölib ketdi:

Biz kelib ketguvçi tögarak jahon,

Na boşu maʼlumu na sönggi ayon.

Heç kimsa rostini aytib berolmas –

Biz qaydan keldigu keturmiz qayon?..

Odamlarni kuzatganim, ular bilan gaplaşganim sayin şoir hamdamimning daʼvolarida asos borligini payqay boşladim. Demak, qolganlar ham öz atrofidagilar bilan bölgan muloqotlardan ulgu olib şakllanar ekan-da, dedim bir kun kelib özimga özim. Modomiki şunday ekan, jamoa aytayotgan fikrda biryoqlamalik va muvaqqatlik mavjud. “Nega?” deysizmi. Çunki tuşunçalar bizni örab turgan tevarak – atrofdan olinadi-da! Atrof esa juda özgaruvçan. Bugungi atrof erta kelib ötmişga aylanar-da, qarşimizda, töğriroği, atrofimizda özga bir atrof paydo bölar edi, (ustiga ustak, biz yöldagi yölovçilar bölsak, bu degani şuki, tinimsiz-tinimsiz harakatlanar edik). Va biz özimiz istasak-da – istamasak-da, yangi atrofning tabiatidan, kayfiyatu holidan kelib çiqib söz aytar edik. Şunda ikki atrof qurşovida qolib aytilgan gaplar bir-biriga unçalik mos tuşmasdi. (“U öz davrining farzandi edi va şu davrga mos işlar qilib, söz aytdi” degan yozğiriqlarni hammamiz eşitganmiz, eslang. Men şuni hazm qilolmasdim. Men, mening, sizning, uning… barça-barçamizning aytgan gaplarimiz hamma davrlarga muvofiq tuşişini xohlardim…) Menga şunisi alam qilar edi. Men özakni qidirardim. Turlanmaydigan, özgarmaydigan asosim bölişini istardim. Lekin uşbu istagimning özi havoda muallaq osilib turgangan öxşardi, uning oyoq bosadigan joyi, özagi, poydevori yöq edi. Bundan esa alamim, xörligim ortar, nima qilişimni, dardimni kimga aytişimni bilmay tipirçilardim. Içim ulkan olov gurillab yonadigan mangu otaşgohga aylanib qolgandek tuyulardi. Bunga sayin esa hamrohim şeʼr öqir edi:

Bu borsa kelmas yöl – bu uzoq safar,

Qani, kim qaytibdi, sörasak xabar.

Asroru iltijo ayrilişida

Heç narsa qoldirma, qaytmaysan digar.

Yaşirmayman, uning bu turli şeʼrlari mening dardimga darmon bölib, oğrib turgan yaramga malham yangliğ bosilardi. Çunki şeʼrlar mening çorasiz holimning sözdagi suvratlari edi. Odam bir dard bilan oğriyvergani sayin öz dardiga boğlanib, unga köngil qöyib qolişini ilk bor öşanda his qilgandim. Şuning uçun ham döstimni “tağin ayt!” deya şeʼr öqişga undaganim undagan edi:

Bizga falak işi faqat taşviş, ğam,

Birini tiklasa, boşqasi barham,

Hali kelmaganlar bundan bexabar,

Xabar topib qolsa, kelmas edi ham.

Çindan ham men safarga otlanmasdan burun bu yerlarning holidan ğofil edim. Töğri, öşanda ham botinimga quloq tutsam, umumiy manzara ahvolidan menga xabar kelar edi. Nafsilamrini aytganda, şunday xabarlardan voqif ham edim. Lekin, baribir, köp narsa bu yerga kelgaçgina röyi-rost yuz bera boşladi. Odamga bilim boşqayu amal boşqa ögit berişini ham endi bilib olayotgan edim.

Mening holimni körib, şoir döstim norozilanar va, nazarimda, andak ozorlanardi ham. Söng döstona xayrixohlik bilan yana şeʼr aytardi.

Döstim çarxdan, uning mohiyatidan yaxşi boxabar edi. U, nazarimda, yölda tortişib kelayotgan odamlarning uçinçi toifasiga kirardi. Uni qay yerdan kelib, qay sori ketayotganimiz qiziqtirmasdi. Yöq, adaşdim çoği, qiziqtirişga qiziqtirardi ehtimol, ammo buni bilişning imkoni yöqligi vajidan ham dunyo hayotini may va yor ila xuş ötkazmoq kerak derdi:

Xayyom, içkilikdan kayf qilib, şod böl,

Bir dam gözal bilan öltirib, şod böl.

Jahonda har işning poyoni yöqlik,

Yöqligu borlikni bir bilib, şod böl.

Nima qilay, döstimga munosib javob berişga menda na bilim, na jurʼat va na boşqa rağbat bor edi. Inçunin, men oğziga talqon solgan kişidek jim kelardim. Gapirişni istardim, içim töla norozi kayfiyat edi, lekin… lekin döstimning isyonkorligi mening toatimdan kuçli edi şu tobda:

Men tuğildim, gardun kördimi foyda,

Ölsam, martabasi oşmoği qayda?

Heç kim tuşuntirib bera olmaydi

Kelişim-ketişim maʼnosi qayda?

TOPILMA

Men yölda ketaturib, yarim quloç narida tuproqqa qorişib yotgan, lekin bir uçi xiyol kötarilib qolgan kitobgami-ye, daftargami közim tuşdi. Yaqinlaşib, bir tepgan edim – varaqlari şamolda hilpirab kitobga öxşab ketadigan qalin bir daftar şundoq röbarömda paydo böldi. Engaşib uni qölimga oldim, silkib, qumu tuproqdan tozalab qarasam, salmoqdor saxtiyon muqovasiga men tuşunadigan tilda katta-katta harflar bilan “TOMÇIDAN SADOLAR” deb yozilgan ekan. Içini oçib köz yugurtirsam, “Kundalik” usulida allanimalar bitilganiga guvoh böldim. Yöl yurayotgan edim, öqiy olmasdim, daftarni qöynimga tiqdimu yölda davom etdim. Nafas rostlaganda qararman, deb öyladim…

Nihoyat, yöl yurib çarçaganimni, çanqaganimni his qildim. Bir daraxtning yoniga kelganda töxtab, uning soyasiga boş suqdim. Daraxtdan ikki quloçça narida jildirab buloq oqib yotardi. Yotib olgan köyi buloqdan qonib-qonib içdim. Söng suvdonni tölatiş xayoli bilan qöynimga qöl solgan edim, idiş bilan birga haligi daftar çiqib keldi.

TOMÇIDAN SADOLAR

(ikki döst suhbati)

– Nima uçun yaralganmiz? – Söradi döst döstdan.

– Yaratganimizni anglaş uçun! – Javob berdi döst döstga.

– Uni anglaşdan insonga ne naf? Axir, hammasi baribir emasmi? Bilding nimayu bilmading nima? Farqi bormi? Oldinda ölim turibdi payt poylab. Butun bilganlaring jam bölib ham seni Azroilning çangalidan qutqarib ololmaydi. Bilim xaloskor emas. Qolaversa, insonning bilganlari ummondan bir tomçi, xolos.

– Bilişga intiliş, aslida, öz mohiyatimizga intilişdir! Najotimiz mohiyatimizda yaşirin.

Kel, yaxşisi, senga bir voqeani sözlab beray. Yaqinda dala hovliga borganda ayolim bilan kuni böyi tört qismdan iborat, fojealarga liq töla filmni tomoşa qildik. Kino tugagaç, qarasam, ayolim juda yomon holatga tuşib qolibdi. U desam ham yuzi yorişmadi, bu desam ham. Sira öziga kelolmasdi. Keç tuşib maşinada şaharga qaytayotganimizda ham holi zabun edi. Ança fursat ötib, ayolim menga mungli boqdi-da, kino personajlarining palid hayot tarziyu yovuzdan yovuz, tubandan tuban feʼllari yaratgan voqelik taʼsiridan çiqib ketolmayotganini aytdi. Ularning hayotlaridan, qilmişlaridan özimni topolmayapman, dedi. Öylab qarasam, ayolim özini ularning har biri örniga qöyib azob çekayotgan, “Ularning örnida men nima qilgan bölardim?” deya özini özi söroqlayotgan ekan. “Özgalar haqida qayğuriş, ularning hayot yöllarini kuzatiş, muşohada aylaş – yaxşi fazilat. Zero, bu tutum hayotdan dars olib, saboq çiqarişimizga yordam beradi. Lekin ularning barçasi uçun tinimsiz iztirob çekib, tazarru aylab bölmaydi, axir! Aks holda, Yaratganning hududiga daxl qilgan bölamiz. Bu esa mumkin emas. Gunoh ekanligi uçungina emas, insonning qölidan kelmaydigan iş bölganligi uçun ham mumkin emas. Hamma haqida qayğuriş Yaratganga maxsus. Yaratgan bizning har birimizga öz qismatimizdan bir boşpana bergan. Özgalarning çidab bölmas jirkanç taqdiriga köz tikişga töğri kelib qolganda, buni har doim ularning işiga aralaşişga çorlov deb qabul qilmaslik kerak. Insonning qölidan keladigan yumuşi böladi, kelmaydigani böladi. Kelmaydigan paytlarda körganlarimizdan saboq çiqarib, darhol öz boşpanamizdan najot topmoğimiz durust. Yöqsa, içimizdagi Inson deb atalgan töğri çiziq qarsillab sinib ketişi heç gapmas. Unutma, özga qismatlar qarşimizda faqat bir közgu. Biz ana öşa közguga suratimizni bir solib olamizu yana yölda, öz yölimizda davom etamiz. Azizam, sening, mening, bizning öz hayotimiz bor, kel, şunga qaytaylik. Hayvonligi hakalak otgan maxluqlar olamida hatto xayolan bölsa-da, uzoq qolib ketmaylik. Xudo bizga inʼom etgan hayotimizni, öz hayotimizni munosib yaşaylik…”

Men bu gaplarni kela-kelgunimizça ayolimga, uning titroq qöllarini tutgan köyi tuşuntirişga harakat qildim…

– Xöş, qissadan hissa nima?

– Nima bölardi – har bir inson, avvalo, öz hayotini Ilohiy nizomga töğrilab olişi, öz iymoni haqida boş qotirmoği joiz. Panoh öşa yerda. Taşqarida anavinday ekan, odamlar manavinday yaşamoqda, degan vaju korsonlar ortiga yaşirinib bölmaydi. Yaʼni najot taşqarida emas, içkarida! Boşpana ham. Biz har doim hamma uçun yaşay olmaymiz. Gohida öz hayotimizni eplasak ham, şuning özi katta gap! Bu – xudbinlik emas. Aslo! Suvda çökib ketayotgan şörlikka yordam qölini uzatiş uçun insonning öz oyoqlari zaminda mustahkam turmoği şart!

– Mayli, bunaqa mayda-çuydalarni qöyaylik-da, boş masala – Xudoga kelaylik. U bormi özi yoki yöq? Bor bölsa, qani? Bölsa, nega U dunyodagi xunrezliklarga, adolatsizliklarga, kasalliklarga befarq qarab turibdi? Insonni mazlum etib yana bir boşqa inson – zolimning oyoqlari ostiga uloqtirmoqda? Nima uçun yer yuzida yaxşiga kun yöq, yomonga esa ölim? Nega yomonning oşiği olçi? Yoki tomoşadan zavqlanadimi U? Balki Xudo deganimiz umuman yöqdir?..

– Unga şunçalar ehtiyojimiz borki, U bölmaganda insoniyat Xudoni öylab topgan bölardi.

– Nega?

– Çunki inson – mantiq farzandi. Uning mantiği har doim Yaratganga eltadi. Inson qayerda va qaçon yaşamasin, uning barça yöllari Öşa Qudratga, Allohga olib boradi. Bu yölsiz esa inson deganimiz parça-parça bölib soçilib ketadi.

– Sen bilan çiqişiş juda qiyin-da!

– Sen bilan ham…

– Qani payğambarlaring? Qani ularning hamma zamonlarga taalluqli taʼlimotlari? Nega ular bugunning talablariga javob berolmayapti? Nega odamlar yölsiz, çorasiz?! Aslida, hammasi heç! “Heçdan keldigu heçga boramiz” deganmidi sen suygan donişlardan biri. Bilasanmi, öşa odam yerdan kökka qadar haq!

– Katta maʼnoda olsak, ha, hammasi – qilayotgan işlarimizdan tortib aytayotgan gaplarimizgaça, qaçon, qayerda, boy yo kambağal bölib tuğilişimizdan boşlab qaçon, qayerda va neça yoşda ölim topişimizgaça, hamma-hammasi heçdir. Doimo eslaydiganimiz uluğlar – Arastu, Aflotun, Ibn Sino, Rumiy, Navoiy, Şekspir, Bayron, Puşkin, Eynşteynlar amalga oşirgan buyuk xizmatlar ham vaqti-soati kelib yöqlikka yuz buradi. Hatto payğambarlarning taʼlimotlari ham Alloh qörimasa, şamollarga sovrilib sob böladi. Ana, körmaysanmi, sönggisidan taşqari barça payğambarlarning ögitlari özgarib-turlanib ketgan. Lekin biz yerdagi hayotni bu nuqtayi nazardan turib baholay olmaymiz. Çunki oxirat deb atalgan sirli bir olam bor. Biz unga işonamiz. Işonişimiz kerak deb emas, balki şunday yaratilganimiz uçun işonamiz. Bas, bizning yaxşilik va yomonlik aro qaysi birini tanlaşimiz oxiratimizni hal qilib qöyadi. Demak, biz narsalar, voqea-hodisalarning mazmun-mohiyatiga faqat va faqat bu dunyoning toşu tarozilaridan turib qaray olmaymiz. Biz har doim ölimdan keyingi hayotni ham hisobga olib söz sözlaş va harakat qilişga mahkummiz. Zohiran qaraganda, heçdek tuyulgan öşa arzimas hayotimizda qilayotgan har bitta amalimiz alal-oqibatda boqiy hayotimiz yölini belgilab beradi…

– Hammasi, hatto şu aytganlaring ham bekorçi gaplar, aslida.

– Olam sen tasavvur qilgandan boşqa narsa emas sen uçun. Şunday ekan, avvalo, tasavvuringni poklaşga harakat qil!

– Har kuni ming turli tasavvur miyamni çulğab oladi. Qaysi biriga işonay, döst?

– Seni baxtli aylaganiga! Insoniy şaʼningga munosib ekaniga…

– Bas! Yölga tuşiş kerak, yölga! Tur örningdan, tur!

Ular qözğalişdi.

MENING RASTAM

Men tuşgan rastada ahvol raso emasdi: u yer taqir va taşlandiq joyga öxşardi. Odamlari siyrak, borlari ham allaqanday ğalati: birlari odamovi, gap qotib bölmaydi. Boşqalari esa şunçalik laqmaki, qoçgani bir kunj topolmay dovdiraysan, kişi. Öziga bino qöyganlarning aksariyati ham şu yerda jamuljam ekan. Ularni men yölda ozmi-köpmi tanib qolgandim. Rasta ahli kamsonli bölişiga qaramay, negadir özaro totuv emasdilar, hatto bir-birlarini yomon körişardiki, hayron qolardim. “Biz, axir, bu yerga bir kirdik, erta bir kun undan çiqib yana yölimizda davom etguvçi qavm bölsag-u, nega bular özlarini xunuk tutişadi, mangu qoladigandek muvaqqat hollariga bino qöyişadi?” derdim özimga özim. Çunki zaminning kovuşini kiygandan beri tuşunib qolganim şu ediki, bu yoruğ olam – vujud içra hayot degani ekan. Hayot esa harakat degani bölarkan. Öz navbatida, bu harakat deganimiz hamma narsaning joyini özgartirib turar, buning natijasida esa eski ketib yangi kelarkan. Yaʼni, dunyoga ustun böladigan na inson bor va na undan qoladigan biron amal. Hammasi özgarişu boşqa qiyofaga ötişga mahkum. Buni şoir döstim ham xöp ajoyib tarzda bayon etgan edi:

Öz erkingda emas, axir, erta kun,

Ertangni köp öylab bölma jigarxun.

Bu damni bekorga ketgazma aslo,

Bilib qöy, dunyoga bölmaysan ustun.

Faqat negadir mening rastamdagilar özlarini şugina oddiy haqiqat mağzini çaqolmayotgandek tutişardi. Aslida, ular boşqalarga örnak böladigan qavm edi. Qöllaridagi qalam şuni taqozo etardi. Ularning qarşisida şoir döstim közlarimga fariştadek körinar, bas, şuning uçun ham uni yaxşi körar edim. Çunki u dunyoi dunning uzun yölimizda bor-yöği ikki bekat orasidagi qisqa masofa ekanligini juda teran bilar, eng muhimi, bilganiga amal qilar, haşamu dabdabadan, kibru havodan, yumuşu taşvişdan yiroq may-u yorga muhabbat qöyib yaşardi. Faqat… faqat u şu ikki bekat orasidan taşqari haqida negadir öylagisi kelmasdi. Döstimga “Sen dangasasan!” desam, u “Sen esa xayolparastsan. Bölgandayam behuda xayollarni köp surasan. Demak, örtamizda farq yöq” derdi. “Nima qilay – derdim men yonib, – manşaʼimni bilişni istayman! Manzilimni ham”. U esa odatiga köra şeʼr aytardi:

Ey ongsiz, bilmaysan, bu olam heçdir,

Negizing şamoldir, bir tutam, heçdir.

Ikki yöqlik aro qolmiş borliging,

Atrofing yöqligu örta ham heçdir!

Men ham böş kelmasdim:

– Mening ozurda könglimga sening şeʼring ham heçdek böldi. Rahmat, döstim.

U esa yelkamga qoqib şeʼr öqişda davom etdi:

Qazo çavgonida koptokdek nuqul

Çapu öng yumala, dema: nomaʼqul.

Seni yumalaşga solgan kim bölsa,

U bilgay, U bilgay, U bilgay: ha, Ul!

– Ha, Ul biladi. Lekin insonni u mukarram etib yaratmadimi? Öz şaklu şamoyilida bino etmadimi? Şu bilan birga, Öz Zoti sifatlarini bor etib, bani odamni şu sifatlar mohiyatini bilişga undamadimi?.. – Şunday dedimu burilib ketmoqçi bölsam, şoir döstim tez harakat bilan qölimdan uşlab töxtatdi-da, qöynidan bir köza may çiqardi…

Öşa kuni şoir bilan birga könglimizga erk berdik: u kuylagan maydan töygunça simirdik, uning şeʼrlaridan tuşmaydigan dildorlar haqida şirin suhbatlarga toldik, uning, aynan uning ruboiylaridan hayqirib-hayqirib, yayrab-yayrab aytdik, yuraklarda qurum bosgan ğamlardan ozod böldik. Kuzatsam, öşa damlarda men bağoyat masʼud edim. Hatto döstimdan-da baxtliroq tuyuldim özimga. Qandoq yaxşi ekan, – deyman özimga özim, – biliş, anglaş yukidan xalos böliş. Xuddi yağrinidagi oğir xurjunlardan qutulgan otlardek osmonga sapçir ekan inson ruhi şunday paytlarda. Çunki yölni, u bilan boğliq butun taşvişlarni unutarkan u.

Ha, men mast edim. Sarxuşlik tilimni şunday biyron qilgan ediki, davradagilarga gal bermas, möjiza tufayli endigina zabon bitgan soqovdek betinim sayrar edim. Hatto döstim qolib, uning şeʼrlarini men aytar böldim.

Razm solsam, bu holim oşiqning sitamkor maʼşuqasiga öz sevgisini inkor qilib, uni yöq hisoblab huzurlanayotganiga öxşab ketardi. Boşqa nimayam qilardim, tuproqdan özga manzilni izlay-izlay toliqqan bölsam?..

Men şoirning iqrorlariga göyo könayotgan bir pallada döstim qalbida nihon dard yuzidagi pardani xiyol kötarib qöydi:

Yöqlikdan kelib, nopok böldik biz,

Şöxu quvnoq kelib, ğamnok böldik biz.

Közimiz töla yoş, yurakda olov,

Umr yelga ketdi ham xok böldik biz.

Doim may içib, köngilxuşlik qilib yaşaşni tarannum etib yuradigan, körinişidan özi ham şunday bölgan döstimning içida qat-qat dard toğlari borligini ilk bor sezib qolib, boşimdan oyoğimgaça titrab ketdim. Botinimni öşa titroq şiddat bilan yorib çiqdi va qölimdan jom yerga tuşib, çil-çil sindi, gulgun boda tuproqqa oqdi. Kelib döstimni mahkam quçoqlab oldim va şu köyi höngrab yiğlab yubordim. Tökilib-tökilib, ezilib-ezilib yiğladim. Bir pas ötib his qilsam, döstim ham mendan qolişmay köz yoş tökayotgan ekan. Vo dariğ, şunday sirkasi suv yuqtirmaydigan, xuşçaqçaq, xandon odam-a! Köringki, uning ham bağri dunyoyu uhroni bilmaslikdan tilka-pora bölib ketgan ekan. Ayni şu mavhumot şoirning-da hayotini lahza sayin oğulab boraru u şörlik butun zahri qotil alamini içiga yutar, alal-oqibat esa, yutilgan iztirob şeʼr bölib köksini yorib çiqar ekan. U ötkinçi dunyoni mensimagani yangliğ, undan aks-sado bölib qoğozga tuşgan şeʼrlarini ham sariq çaqaga olmasdi, nazarimda. Çunki şoir şeʼrlarini duç kelgan joyga yozib, taşlab ketaverar edi. Yana men baʼzan jöşib yod aytgan şeʼrini u yöqotib yo unutib qöygan çiqardi. Bu kimning şeʼri deb menga katta-katta közlarini tikib hayratlanar, öziniki ekanini bilgaç, közlaridan yoş çiqib yana hayron bölardi… Xullas, öşa kuni ikkalamiz bir-birimizga suyangan köyi töyib-töyib yiğlaşib oldik…

Lekin rastamdagilarning aksariyati bilan mening munosabatim bunday emasdi. Afsus, ularning dastidan bir kosa yovğon oşni ham ming bir zahmat bilan yer edim. Kiyimni-ku, söramay qöya qoling. Latta-puttani söramagandan keyin gözal jononlar haqida gap oçmay töğri qilasiz. Çunki ular faqat tuşlarimizga kirardi. Şundayam bizning derazamizdan bir neça farsah naridan xavotir töla nigohini şu tomonga tikib, körib qolmasmikan, kelib qolmasmikan, işqi tuşib, quruq gap-söz bilan boşimizni garang qilmasmikan, degan ming bir qörquv içra şoşib ötib ketişardi gözallar…

ĞOFILLAR

Yölda yana boşqa, judayam katta guruh kişilari bor edikim, ularning bundayin savollar bilan ziğirça işlari yöq edi. Ul zotlar ham özaro gaplaşişar, kulişar, baqirib-çaqirişardi. Ammo gap-sözlari beş qöldek ayon narsalar haqida borardi. Masalan, ular yölda daryodek oqib borayotgan odamlarning ismi şarifi, rangi röyi, semiz-oriqligi, gözal-xunukligi, yeb-içişi, kiyim-boşi, uy-joyi, nasl-nasabi va hokazolar töğrisida keça-kunduz valaqlaşardi. Ularning çuçmal gurunglariga quloq solganimda yuraklarim siqilib ketardi mening. Lekin quloqlarimni kesib taşlay olmayman: eşitişga majburman. Turib-turib esa öylab ketaman: “Bular kim özi, qanday toifaki, mayda-çuyda, ötkinçi narsalar ustida qizğin bahslaşib, kuçlarini, zehnlarini, vaqtlarini zoye ketkizişadi? Nega ularni mening fikru yodimni zabt etgan öylar – “Biz kimmiz, qayerdan kelyapmizu qayerga ketyapmiz, mohiyatimiz nimadan iborat?” degan savollar sira qiynamaydi?!..” Nazarimda, yölda borayotgan kimki bor, hammaning dardu kori asosan, şu haqda bölişi darkor edi. Axir, biz yöldamiz! Yöldagi odam yöl haqida, uning ibtidoyu intihosi, manzili borasida qayğurmoği kerak-ku! Yöqsa, yöl öz mohiyatini yöqotib qöymaydimi?!.. Lekin… lekin körmaysizmi bularni, göyo kelişib olişgandek, eng muhimidan “ğiq” etib oğiz oçişmaydi. Keraksiz, özlarining hollaridan juda-juda uzoq nimarsalar töğrisida soatlab, kunlab, oylab va hatto umrlab vaysaşadi. Nega, axir?..

Ammo u, şoir bor edi olamda! Öqtin-öqtin şamollar uning öktam ovozini quloğimga keltirib berar, bundan behad huzurlanardim. Kunlardan bir kun esa…

ŞEʼRDAN KÖNGLIM QOLDI…

Ana köring, özgaruvçan qalbning holini! Kutilmaganda, hammadan ajralib turadigan, samimiyati va isteʼdodi bilan eʼtiborimni eng köp tortgan hamrohimning şeʼrlarini yoqtirmay qoldim. Çunki men tinimsiz atrofga qarardim, közlarimni şu darajada katta oçib qarardimki, natijada şeʼrlar ifoda qilmagan yoki qilolmagan holatlarga röbarö kelardim. Men esa döstimning şeʼrlarida olam özining butun tovlanişlari bilan jo bölişini istardim. Atrofimning şeʼrda aks etmagan biron qirrasi qolmasligi kerak edi menga qolsa… Yölga, undagi odamlarga tikilganim, ularning kökragidan çiqayotgan ohu nolalariga quloq solganim sayin yana öşa laʼnati savollar boşimda ğujğon töplanib olişardi: men kimman? Qayerdan kelyapman va qay yerga ketyapman?.. Barçasini, borini oxirgi tomçisigaça bilişim kerak! – deya hayqirardim baʼzan unga, köpinça esa özimga özim. Şeʼrlar esa bunga qodir emasdi. Ular nari borsa, yöldagi tafakkur jangida yengilgan mağrur pahlavonning izhori dili edi, xolos. Bor-yöği şu… Menga esa, bu kamlik qilardi. Lekin, baribir, hamrohimga bir narsada haq va tan berardimki, u borini, nimani, qanday his qilsa, şunday aytayotgan edi. Boşqalarga öxşab taxmin va tasavvur qilmas, bekordan bekor işonmas va umidlanmas edi. Uni töğrisözligi, haroratli samimiyati uçun yaxşi körib qolgandim. Keyin ham u bilan juda köp oğir-yengil kunlarni birga boşdan keçirdik va şunda angladimki, u heç qaçon öz tabiatiga xiyonat qilmasdi. Riyo degan kalom yöq edi uning maʼnaviy luğatida. Döstimning eski atrofi yangi atrofga ulanib, boğlanib ketar edi. Yaʼni, kuni bitgan atrofning bir kunjidan eşik oçilardi-da şoir döstim yangisiga ötib olardi. Şunda eski va yangi atrofni bir-biriga ulagan eşik manguga oçiq qolaverar edi. Sarsor solsam, hamrohimning ortida qolgan qançadan qança atroflar bir-biriga birlaşib uzun va yaxlit atroflar zanjirini hosil qilibdi. Binobarin, hamrohimning zanjir avvalida aytgan gapi zanjirning keyingi xalqalarida aytganlari bilan uzviylik kasb etar edikim, bu jihat boşqa köpçilik şoirlarda ham, olimlarda ham yöq edi. Şunisi bilan u menga yoqardi. Binobarin, unga işonib suyaniş mumkin edi. Şoir bugun boşqayu ertaga boşqa emasdi. Uni har doim uzoqdan ham tanib oliş mumkin edi. Million-million odamlar orasidan uzoqdan ham körinib turar edi u. Özgarmasdi, turlanmasdi, jilvalanmasdi. Ha, mudom tuslanib turgan atrof bilan muqoyasa qilganda şoir hamrohimning qadri yana-da oşib ketardi…

Азал сиррин билолмасмиз на сену на мен,

Bu – jumboq, hal qilolmasmiz na senu na men.

Parda orqasida axir bu ğuvurimiz,

Parda ketaru qolmasmiz na senu na men.

Lekin… lekin, baribir, uning şeʼrlarida, bu şeʼrlarning qat-qatida ham öşa muvaqqatlik degan dahşatli maxluq olayotgan oğir nafasni sezib turardim. U mening içki quloqlarimga kelib urilardi. Hamrohimning butun yozganlari kovuşni kiyganidan keyingi ahvolini aks ettirardi. Ungaça bölgan hayotdan bahs etmasdi. Menga esa hammasi kerak edi. Men hammasidan voqif bölişni istar edim. Uning şeʼrlari dilimga yoqib, unga olam-olam huzur bağişlasa ham men ularga özimni topşirolmasdim. Ular mening uzun yölimda bir damlik hamdam edilar, xolos. Bu yöldagi muayyan bekat kayfiyati aks etgan edi ularda. Undan narisida men yana yolğiz qolardim, yaʼni bu şeʼrlarsiz, demoqçiman. Ular bölsa ham, yodimdan öçmasa ham, baribir, foydasi yöqdek tuyulardi. Yöq, foydasi yöqligi aniq edi. Çunki yölimning navbatdagi bekatlarida men özgaça hollarga tuşişimni avvaldan bilardim. Yöq, bilardim desam, oşirib yuborgan bölarman balki, his qilardim. Bu özgaça hollarda menga özgaça şeʼrlaru özgaça hikmatlar kerak bölardi. U hollarda döstimning şeʼrlarini ming zör berib öqiganim bilan içimdagi kayfiyatga hamohang jaranglamagandan keyin urinişlarim zoye ketardi… Şu tuyğu meni nari olib borib, beri opkela boşladi. Çunki men ruhiy bir tayançsiz qolgandim. Odamlar oqimida, hammaning qurşovida borayotgan esam-da, özimni kimsasiz, yolğiz his qilardim.

Men talay umrimni şu öy va şu his iskanjasida ötkazdim. Hamrohimning şeʼrlarini na yolğiz va na u bilan jörovoz bölib aytardim. Çunki eslatganimdek, ular menga taskin oromini bermay qöygandi… Nima qilay, tabiatim şunday: har qança gözal bölmasin, işonmasam, bitta ham misra aytolmayman, undan zavqlanolmayman!..

Öşanday keçayotgan kunlarning birida odamlar daryosi öz-özidan tölqinlanib, çayqala boşladi. Natijada bir maromda odimlab borayotgan safdoşlarimning örnilari almaşib ketdi. Men ham talotöpda surinib, qaysidir bir tomonga ötib qoldim. Alanglab qarasam, avvalgi hamrohlarim, jumladan, şoir döstim yonimda yöq edi. U ham çayqalma taʼsirida allabir burjga borib qolgan bölsa, ne tong! Yonimda – boşqa yöldoşlar. Ular ham el qatori, kovuşlari ham köpnikidek – yaltillaydi.

SIRDOŞ

Könglimga yaqin boşqa bir yöldoşga duç kelgunimgaça oradan yana köp suvlar oqib ötdi. Nafsilamrini aytganda, ehtiyojimga qaramay, men undayin hamrohni maxsus qidirganim yöq edi. Yaratgan Egamga hamdki, Lafhi mahfuzda bitgan ekan – bir kuni men uni tanib qoldim. Taşqaridan hammaga öxşaş, ammo botini ğij-ğij maʼno edi uning. Öşa zot ila gaplaşa boşlaganimdan keyin köz öngimda insonlik deb atalgan olamga bir dariça oçilgandek böldi. Bu dariça uçun uluğ hamrohimdan haligaça minnatdor yuraman. U olam va odamni, ularning butun sirru sinoatlarini hayotdan, şundoq oyoqlarimiz ostidan olingan oddiy bir tamsillar vositasida şu çoqqaça heç kimda men uçratmagan soddadillik bilan tuşuntirar ediki, natijada aqlimning tişi ötmay kelayotgan juda köp mubhamliklar ustidagi qalin qora pardalar kötarilib ketar, dilim ham favqulotda yorişib yayrardi. U xuddi xayolimga öxşar, men bormoqçi bölgan hamma joyga mendan burun borib kelar, u yerdan xat-xabar keltirar edi. Yana uni quyoş nuriga çoğlardimki, yurayotgan yölu söqmoqlarimning eng teran puçmoqlarigaça yoritib, isitib turardi. “Biz qaydan keldigu keturmiz qayon?” desam, u mayingina jilmayib qöyar-u, indamas, javobni sukutimdan top, deganday beozor boqardi. Ammo keyin bilsam, u menga keragidan ortiq javob bergan ekan-u, men nodon uqmagan körinaman. Çunki uni söroqqa tutmagan damlarimda öz-özidan “men bir ojiz tomçi-yu, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi” deya takrorlagiç edi. Balki şu gapida men köp bora söraganu söraşga ulgurmagan barça söroqlarimga yaxlit bir javob yaşirindir… bilmasam… Men juda haqir edim, baʼzan yurişga madorim kelsa, baʼzan kelmas edi ham. Odamlar, izdihom, oqim, döstim, sevgilim… ular dam bordegu dam yöqdek bölib qolardilar. Içimda muayyanlik, davomiylik qoim emasdi göyo. Şunday paytda taşnaligimni muşohada qilaru ummon sari borayotganimni yodga olardim va hammasi-hammasi joyiga tuşardi, yana odamlarga yaxşilik qilişu yorimning qoşiga çopişni istab qolardim…

MAYDONDAGI BAHS

Xuddi rastalar singari yölning içida bir maydon bor edi. U ham odamlar yangliğ bir joyda turmas, tinmay köçib-harakatlanar edi. Vaqti-vaqti bilan maydonda bonglar urilib, noğoralar çalinardi-da hammani öz bağriga çorlar, hamma töplangaç esa, eʼlonlar öqilar, muhokamalar ötkazilardi. Xullas, öşa kuni ham noğoralar çalinib, bonglar urildi. Odamlar rastalarini taşlab maydonga oşiqişdi. Razm solsam, taşrifçilar har xil körinişda bölib, ularning rangu röyidan tortib, qiliq-qiyofalarigaça turfa-turfa edi. Nafsilamri, odamlarning şundayligini muqaddam ham bilar edim. Ammo bilganlari köz öngida qad rostlaganda allaqanday özga köylarga tuşar ekan, kişi.

Kutilmaganda bahsu munozara boşlanib ketdi. Gapning sirasi, munoqaşalar ilgari ham bölib turardi. Juda yaxşi eslayman: yölning avvalida – “Biz qaydan keldigu qayon boryapmiz?” deya tortişa-tortişa yölovçilar guruhlarga ajralib ketgandi. Xuddi şu taxlit, hozir ham maydonda töplanganlar özaro bahslaşa boşlaşdi. Kimdir öz rastasidan söz oçar, uni osmonu falaklarga kötarib maqtar, qolgan rastalarni iloji bölsa, yetti qavat yerning tagiga kiritib taşlasam, derdi. Böyinboğ taqib olgan xuşqomat kişi bölsa, zör berib: – Xudo yöq, u allaqaçon ölgan! – Derdi qarşisida turgan oqsoqolga. – Muqaddas kitob deganlaring bir neça tovlamaçining uydirmalaridan özga narsa emas. Odamlarning ularga ergaşişlarining asl sababi esa, jaholat! Ilm-fan rivoj topsa, din öz-özidan ortga çekinadi. Ana, tarixni titib kör, din va ilmdan qaysi biri yuksalgan bölsa, ikkinçisi albatta çökkan. Qayerdaki, ilm xor bölar ekan, öşa yerda din, xurofot avjga minadi.

– Din va ilmni bir-biriga qarşi qöyib xato ketyapsan, birodari aziz, – derdi oqsoqol, – ular bor-yöği ikki xil tafakkur yöli, xolos. Ularning har biri öz yölidan oğişmay töğri ketabersa, bilgilki, vaqti-soati kelib bitta manzilga boradi. Bu yakdillik esa Allohning borligi va birligiga işoradir.

– Safsata! Öşa kitobingda yozilgan u dunyo haqidagi gaplarning bari çöpçak! Jannatu dözax emiş! Nima degani bu? Tirik odamlarni öz yöliga yurgiziş uçun tanlangan hiylayu nayrangdan boşqa gap yöq bu yerda. Uşbu iddaolarning turli xil dinda turliça talqin qilinganining öziyoq ularning inson xayolida töqilgan bölmağur ertaklar ekanligiga yorqin dalil! Hayotning turgan-bitgani kulfatu ğurbatdan iborat bölgani holda, sal oğişsang, ölganingdan keyin seni yana jahannam olovi kutadi, deya qörqitadi nasroniyligu islom. Buddaviylari esa yaxşi bölguninggaça dunyoga qayta-qayta kelaverasan, mabodo, yomon yaşasang, kalamuş yo kuçuk qiyofasida takror tuğilasan, hayot deb atalgan sinovni boşidan ado etasan, deydi. Bu qanday gap böldi özi?! Nega insonni haqorat qilişadi ular? Heç qanaqa jannat ham, heç qanaqa dözax ham, heç qanaqa qayta tiriliş ham yöq, aslida! Umuman, ölimdan keyingi hayot haqida heç zot tayinli biron nima bilmaydi. Bölsa ham, hoynahoy, u sizning muqaddas kitoblaringizda yozilgandek emasdir.

– Tavba, deng, birodari aziz, tavba! – muxatobining gapini oğzidan oldi oqsoqol. – Nimalar deyapsiz? Bunaqada oxiratingiz kuyib ketadi-ku!..

– Insonning musulmon bölişi uçun yonida albatta bir kofir yöldoşi bölişi şart! – dedi yon tarafdan kimdir. – Xuşqomat kişi va oqsoqol burilib qaraşgandi, bir-birlariga çunon öxşab ketadigan, biri örta yoşlardagi, boşqasining siymosida keksalik alomatlari sezilib qolgan ikki kişiga közlari tuşdi. – Iymonning namoyon bölişi uçun kufr kerak! – Bu gaplarni taşrifçilarning yoşi uluğroği aytardi.

Xuşqomat kişi eʼtiroz bildirmoqqa oğiz juftlagan edi, örta yoşdagi taşrifçi qöl harakati bilan uni töxtatdi-da, sözladi:

Makkaga borayotgan odamlar garça bitta dinu bitta eʼtiqodda bölsalar ham yölda “meniki haq, seniki botil” deya tortişişdan özlarini tiyolmaydilar. Lekin muborak Makkaga kelgaç esa, muddaolari bir – Alloh ekanligini anglab jim böladilar.

– Safsata! – Deya qiçqirdi şunda xuşqomat. – Eşitmanglar bularni, xaloyiq! Bu odamlarning miyasi aynib qolgan! Yöl ularning esini kirdi-çiqdi qilib qöyibdi, hazar ulardan, hazar!..

– Uning gaplariga eʼtibor qilmanglar, muboraklar! – Oqsoqol kelib bir-biriga öxşab ketadigan ikki taşrifçining qöllarini oldi. – Xuş kelibsizlar! Marhamat, marhamat! – Oqsoqol ularni xuşqomatdan uzoqlatib, maydonning supasimon joyiga taklif qildi. Hammalari ötirişdi, birpasda atrofga odam töldi va uzun, maroqli suhbat boşlanib ketdi.

Şunday qilib, taşrifçilar yiğilganlarning aksarini lol qoldirib qança sözlasalar, yölovçilar ularni şunça miriqib tingladilar. Men ham köpning orasida bir tinglovçi edim. Razm solib, muboraklarning suhbatidan söng ayrim odamlarning sukut saqlab hamişagi munozaralariga çek qöyganliklarini, ayrimlarning esa göyo heç nima eşitmagandek, boyagi-boyagi boyxöjaning tayoği bölib olganliklarini kördim. Şunda angladimki, insonning kimligi uning qaysi rastadan ekanligiga judayam boğliq emas ekan. Kimlik, bu, avvalo, inson fitratiga ekilgan uruğ, söng şu uruğning qanday muhitda, qanday zamonda, kimlarning davrasida nimalarni körib-eşitib yurişi bilan belgilanar ekan. Bas, farroşlar rastasida çinakamiga oqil inson bölganidek, olimu fuzalolar rastasida ham uçiga çiqqan nodonlar tölib-toshib yotar ekan.

QALB – YAPROQ

Lekin yöl yöl ekan…

U tirik vujudga mengzarkan – mudom harakatda. Bu harakat esa mening örnimni almaştirib turardi. Joy almaşinişi natijasida esa mening tegram turlanib borardi. Şunga köra har qança istasam ham men dildoşu ruhdoşlarimning yonlarida mudom qololmas edim. Bir qarasam, döstimning, bir qarasam, duşmanimning, boşqa paytda boxabaru bexabarning, yana bir boşqa vaqt şoiru devonaning, dindoru dahriyning qarşisida paydo bölardim. Baayni, köz qoraçiğimda jilva topgan hadaf bilan boğliq tarzda boşqa-boşqa kayfiyatlar bağrimda niş urardi. Yaʼni qalbim holati bevosita közimga urinib turgan dunyo bilan çambarças boğliq ekan. Eskilar qalbni yaproqqa öxşatişgan edi. Yaproqki, daraxt şoxida, xiyol şabadada aylanib turadigan nozik xilqat. Juda topib aytilgan taşbeh. Lekin uning olamşumul muvaffaqiyati bilan birga andak nuqsoni ham bordek tuyuladi menga. Çunki yaproq bir joyda turadi. (Balki daraxtning nafas olişi uning harakatidir, töğrisini esa Alloh bilgiç!) Uning özgaruvçanligi şabadaning harakatiga boğliq. Inson qalbi esa mudom harakatda. U vujudning boşqa aʼzolari orqali yuradi. Çunonçi, oyoq, köz, quloq, burun, badan, til… kabi köriş va seziş aʼzolari qalb yöllari hisoblanadi. Mana şu yöllardan yurgan qalb turfa kayfiyatlarga tuşadi. Kayfiyatlarning almaşinişi esa qalbning hayot yöli bölarkan va biz uni ramziy qilib “mayin epkinda ham hilpirab, aylanib, özgarib turuvçi yaproq” der ekanmiz.

RUH VA QAFAS

Yölda bir kişi kuy çalar, çalgan sari odamlar uning atrofida va yana öz tegralarida gir aylanib raqsga tuşar, raqsga tuşgan sari esa bir-birlariga urilib-çalişib yiqilişar, söng yöl çetiga çiqib uloqişardi. Şunda men maşşoqning yoniga bordim.

– Nega bunday qilyapsan?

– Nima qilibman? – Qaradi u menga norozi ohangda.

– Nega odamlarni yöldan ozdiryapsan?

– Menmas, ularning özlari buni xohlaşyapti, – dedi maşşoq.

– Qanaqasiga ekan?

– Ana, qara, men bas qilsam, ular pul kötarib oldimga kelişayapti, – işora qildi şu tomonga biri kissa kavlab, boşqasi çangalida bir dasta pul tutgança oşiqayotgan raqqoslarni körsatib. Bir pasda maşşoqning oyoqlari osti har xil şakl va rangdagi aqçalarga tölib ketdi. – Menmas, – yana takrorladi maşşoq, – ularning özlari yöldan ozişni xohlaşmoqda. Buning uçun yana katta-katta haq tölaşga ham tayyor bu odamlaring. – Maşşoq çolğusini qöliga oldi. Tegrasida töplangan erkagu ayol, yoşu qari likanglab öynay ketişdi.

RIVOYAT

Azalda Tangri taolo inson tanasini loydan yasab, ruhga qarata “Kir şuning içiga!” deya amir etdi. Ruh tanaga qarab, unda öz erkini böğib qöyadigan qafasni kördi va “Yöq, men bu ğorning içiga kirmayman!” deya qatʼiy boş tortdi. Şunda Yaratgan fariştalarga “Kuy çaling!” deya buyurdi. Fariştalar çaldi. Hozirgina kirmayman deya böyin tovlab turgan ruh öyinga tuşa boşladi-da, qanday qilib tana deb atalgan ğor – “qafas”ning içiga kirib ketganini özi ham bilmay qoldi.

ADAŞIŞ

Öşanda kuçli şamol qöpib, çang-tözon yölimizni tamoman berkitib qöydiki, bir odim ham yurolmay qoldik. Izdihom ulkan karvon kabi taqa-taq töxtadi. Hammamiz bir-birimizning pinjimizga kirgan köyi jon saqlaşga tirişardik. (Bundayin manzaraga men yölda hali bot-bot duç kelaman. Nafaqat insonlar, balki hayvonlar ham köpgina balolardan najotni aynan bir-birlarining quçoğidan topişadi hali. Misol uçun, men köp yillar keyin uç-tört maymunning qahraton qişning böronlarida sovuqdan tarrakdek qotib qolmaslik uçun bir-birlarini mahkam açomlab, birining tana haroratidan ikkinçisi bahra topib tirik qolişlariga duç kelaman. Bular hali oldinda. Lekin maʼno nuqtayi nazaridan mavridi ayni dam bölgaç, men-da uni şu damda sizga ilinayapman. Zero, oqillar misollar röymoli ortida nozik aql sohiblari uçun hamişa hikmat yaşirin keladi, deyişadi. Hamda bu hikmat ularning öz hayotlariga işoralar bölar emiş). Hademay, quturgan şamol böronga aylanib, qaboqlar yumildi. Boşimiz uzra har nimalar çiyillab uçar, tuproğu mayda toşlar yuz-közlarimizga kelib urilar, botinimiz ham şunga monand titrab-qaqşardi. Kutilmaganda butun yöl bir tanu bir jon bölib nola çeka boşladi. Men hayron böldim. Çunki keçagina bu yölda neça odam bölsa, göyo hammasi boşqa-boşqa edi, endi esa yaxlit vujudga aylanib qoldi. Keçagina bitta yölda million-million yöl bor edi, men sezar edim, endi bölsa, bitta, yakkayu yagona! Men buni ham his qilar edim. Umuman, men öşa paytda köp narsaning siriga yetolmasam-da, iç-içimdan sezib turaverardim. Keyinçalik tuşunib yetganimda soliştirib qarasam, endi anglaganlarim huv bir vaqtlar his qilganimga uyğun çiqardi.

Nihoyat, bir neça kun davom etgan dovul tindi. Tindi, biroq bir-birlarining bağrida yerlarga qapişgan odamlar örnidan turişga turdiyu ortiq yurolmas edi. Çunki… çunki, ne yoziqki, ular qaboqlarini oçgani bilan közlari körmas bölib qolgandi. Laʼnati şamol, laʼnati çang-tözon! Men ham qaboqlarimni oçolmasdim: ularning içiga qum tölib, açişib oğrirdi. Hamma oh çekar, nima qilişini bilmay, turgan joyida maqsadsiz aylanar, paypaslanardi…

Men közimning içiga kirib olgan zulmatdan dahşatga tuşdim va qaboqlarimni kuç bilan yirib oçişga tirişdim. Şunda şiddat bilan bir çimdim nur oqib kirdi, ammo şu bir çimdim nur közim oynasini xuddi qirrador şişa yangliğ tilib ötgandek böldi. Men kuçli oğriqdan dodlab yiqildim va közlarimni jips yumib oldim. Söng “Ota-a-a!” deya baqirdim, ammo padari buzrukvorim javob bermadi, “Ona-a-a!” deya bözladim – volidamdan sado qaytmadi. Aftidan, dovul ularni allaqayoqlarga olib ketgandi, endi biz bir-birimizdan juda-juda olisda edik, ovozlarimiz bir-birimizga yetmaydigan darajada olisda edik. Qolaversa, közlariga qum tölgan boşqa odamlar ham bor kuçi bilan baqirib-çaqirişardiki, bu ovozlar ummonida heç kim heç kimni eşitmasligi tayin edi.

Ammo fursat ötar, odamlar şu hollariga ham könikişga yöl axtarişardi. Ha-ha, notöğri öqimadingiz, aynan könikişga! Bu, avvalambor, oğriq tufayli kökni tutayotgan nolayu fiğonlarning kamayganida, söng yöl odamlarining harakatga tuşganida namoyon böldi. Ammo bilasizmi, odamlar ilgarigidek töğri yöldan töğrigina ketişmadi, yöq, balki kimi öng tomonga, kimi çapga, kimi oldinga, kimi esa orqaga qarab, buning ustiga töda-töda bölib yurişa boşlaşdi. Şunda men bildimki, endi yöl öz maʼnosini yöqotib borayotir, ki hamma uçun umumiy bölgan bitta yöl endi son-sanoqsiz mayda söqmoqlarga bölinib ketayotgandi. Negadir yuragim ğaş tortdi. Azobiga qaramay, közlarimni yiribroq oçib, taniş bir çehra qidirdim, lekin nadomatlar bölsinkim, unday zot topilmasdi, hamma begona edi. Haş-paş degunça odamlar közlarini qisibroq yurişga moslaşib ham qoldi, hisob. Şunda ular avvalgidan çunon özgarib ketişdi. Juda tez özgarişdi. Bu begona başaralar, bu sovuq turqlar juda yomon işlarga qöl urişdi, ha, ilgari men bunaqasini körmagan, bilmagan va hatto eşitmagan edim ham. Ularning maraz qilmişlari xunukroqmi va yoki begona angorlari, bilmay qoldim. Nazarimda ular bir-biriga boğliq edi. Men onasini yöqotgan bötaloqdek goh u, goh bu tödaga ilinj bilan boş suqardim, suqardim-u, xiyol ötmay u yerlardan ura solib qoçardim. Panoh topmoqçi bölganim yangi tödada esa avvalgisidan-da jirkanç işlarga röbarö kelgaç, navbatdagisiga şataloq otib qolardim. Xullas, yöldan oğgan odamlar köz körib, quloq eşitmagan işlar bilan band edi desam, işonasiz-u, yana nimalarnidir aytib berişimni xohlab turaverasiz – bilaman. Şuning uçun ham yöldan çiqib ketgan ilk guruhga borganimda, ularning yolğon gapirişlariga duç kelgan edim. Yetti yoşdan yetmişgaça, ayolu erkak – hamma-hamma şu iş bilan maşğul edi. Öğillar otalarni, otalar onalarni, onalar qizlarni, qizlar otalarni kiprik qoqmay aldaşardi. Ularning orasida bir neça kunni bazör ötkazarkan, razm solsam, mening özim ham yolğonga moyil böla boşladim. Çunki aytayotgan gapimning qaysi biri rostu qaysisi yolğonligini farqlamay qoldim. Rosti yolğonga, yolğoni rostga öxşardi. Hammasini körib, tuşunib turardim, ammo özimni boşqara olmasdim göyo. Şunda men sönggi çorani qölladim: şartta u qavmdan boş olib ketdim. Ketib boşqasiga, katta yöldan adaşib-uloqib yurgan özga bir toifaga bordim. Çunki yana qayergayam borardim, deysiz. Odamlarning bari burungi yöldan çiqib ketişgan, u yöl yölovçisiz qolib, qayerlardadir bir ufqdan boşqa ufqqa tomon yastanib yotgan çiqar. Men uni közlab, uni qömsab, uni izlab yölga çiqdim. Yaxşi niyat bilan, orzu va istak bilan odim otdim u yerga. Nihoyat, olisda bir çiziq körindi. Yaqinroq bordim: odamlar bir tomondan ikkinçi yoqqa tomon harakatlanib borişardi. Quvonib ketganimni körsangiz edi!.. Ammo ne hasratki, yetib kelib qöşilganim bu yölning yölovçilari zulm bilan maşğul çiqdi. Bunda kuçli kuçsizni topib olib, ezgani ezgan, xörlagani xörlagan ekan. Şuytib kelib meni ham tutib olişdi, yangi kelganim bois ularga himoyasiz körindim çoği, darhol qöl-oyoğimni boğlab kaltaklay boşlaşdi. Men ohu fiğonning hamma tilida yalinib yolbordi hmamki, qani endi kor etsa. Men dodlaganim sari zolimlar zavqlanar, jöşar va ikki hissa harislik bilan savalaşda davom etişardi. Nihoyat, huşimni yöqotdimmi, bir mahal közimni oçsam, allaqanday şilimşiq va sassiq handaqda yotibman: aʼzoyi badanim qaqşab oğrir, taşnalikdan tomoğim qaqrab, lablarim quruqşab qiynardi. Boşimni şilta yerdan asta kötarib atrofimga razm soldim: menga öxşaganlar tölib yotardi. Kim boşini qon qotib qolgan tizzalari orasiga olib ötirar, kim oğriqdan u yonboşidan bunisiga ağdarilar, kimi boşqasining yarasini boğlar, kimi yana nima bilandir maşğulu barining tilida bitta nola: OZOD BÖLIŞ! Alqissa, dahşat edi körganlarim… Xayriyatki, yonimdagi mazlumlardan kimdir qöl-oyoğimni yeçib qöydi. Özimga kelib olgaç esa asta qözğaldim, avaylanib oyoq bosdim. Oğriyapti-yu, lekin yuriş mumkin. Bu degani men uçun faqat birgina maʼnoni anglatardi: qoçiş!..

TOĞ ÇÖQQILARIDAGI BITIKLAR

Bu yölning adoği yöq edi. Avvali bormidi uning? Buni bilganlar yölovçilarning orasidan yo topilar yo topilmas, mabodo topilsa, uning gapiga heç kim quloq osmas, çunki eşitganlariga işonmas edi. Axir, avvalning siridan voqif bölganlarning aksariyati yo jinnisifat va yo eng kamida devonasifat bölib qolişardi. Endi ul zot oxirdan ham xabardor bölsa-çi? Unda beçoraning holi nima keçadi?..

“Yo Olloyu yo Ollo,

Haq döst, yo Ollo!..”

Yolğon, soxta dunyolar

Yölimdan pöşt, yo Ollo!

Qalandarlar, darveşlar, soliklar, payğambarlarning neça-neçalari bu yöldan ötmadi deysiz. Hammalari hamrohu hamzamonlariga zimmalaridagi ögitlarni uqtirişdi, hanuz uqtirişadi. Lekin yölovçilarning hammalari ham ular aytgan yölda yurmas, ular öz bilganlaridan qolmas edi. Hu-u-uv anavi baland-baland çöqqilarni köryapsizmi? Ularga çiqişga rağbatingiz bormi? Bor esa, yuring, bir-birimizga dalda bölgança hammasini birgalikda tomoşa qilamiz, yuring! Qarang, çöqqilarning har biri alohida tarix, lekin ularning bari YÖL çiziğida, YÖL böylab joylaşgan, heç biri YÖLdan taşqarida emas va yoki YÖLdan çetga işora bermayapti. Yuring, bir boşdan ularga çiqib, hikoyalarini tinglaymiz…

ZARDUŞT BOBO

Hammaning boşini qovuştiriş uçun yaxlit, yagona eʼtiqod kerak edi. Şunda odamlar orasida bir çaqaloq tuğildi. Yiğlab emas, yöq, kulib dunyoga keldi u. Şuning özidayoq yangi tuğilgan gödakning duşmanlari paydo böldi. Ne emiş, u hamma qatori onadan biğillab yiğlab tuğilmaganmiş. Tavba, tavba… Şu-şu, uning hayotiga to öldirib yuborişgunça suiqasdlar bölaverdi-bölaverdi. Axiyri, köçmançilar tomonidan öldirildi ul zot. Ungaça esa u zimmasiga tuşgan işni ado qilib bölgandi. Bas, u yigitlik çoğidanoq örtaga çiqib, Axuramazda bizning Tangrimiz, anavi quyoş, muqaddas olov biz uçun hayot ramzi dedi. Dunyodan, hayotimizdan, yuraklarimizdan yovuzlikni quvib solamiz, uning örnini faqat va faqat yaxşilik egallaydi deb avvalo özi işondi, söng gaplariga özgalarni işontirdi. Zarduşt edi uning ismi. Yana uni uzoqdan Oltin yulduz ham deb ataşardi. Uni köpçilik yaxşi körib, ortidan ergaşdi. U başar ahlining ilk yirik muallimlaridan edi. Ögitini oğzaki aytardi, quloqlaringga quyib olinglar derdi, ki yozuv yöq edi u paytlar. Ergaşmaganlar ham öşança böldi. Zarduşt odamlarning hammasi bir, uning qaysi tabaqaga mansubligiyu, boy yo kambağalligi heç nimani bildirmaydi, insonning dilidagi öyi, tilidagi sözi va qölidagi işi ezgu va bir bölişi kerak. Şunisiga qarab u narigi dunyoda öz nasibasini oladi: yaxşi bölsa, yaxşisini, yomon esa, yomonini öradi, dedi. Yana u odamlarga ilk bora bizni Yaratgan Zot yakkayu yagonadir, deb aytdi.

Zarduşt yurgan joylarda tartib örnatila boşlagani mening eʼtiborimni tortdi. Ha-ha, u yurgan yöllarda, u barobar bölgan qavmlar orasida zulm va adolatsizlikka çek qöyilib, odamlar ahil va totuv yaşay boşladilar. Mening quvonçim had-hisobsiz edi… Ammo yöldan çiqib uloqib ketgan xaloyiqning ham sonu sanoği yöq edi. U kunçiqiş tomondan ğurubga qadar yoyilgan, bas, bu sarhadlar aro Zarduşt boboning qadamlari yetmagan qabilalar tölib-toshib yotardi. Men tağin haqsizlikka, istibdodga, kasallikka, keksalikka duç kelar va iç-içimdan ezilar edim.

(Davomi kelgusi sonda)

Uluğbek HAMDAM – 1968-yilda Andijon viloyatida tuğilgan. Toşkent Davlat universitetining filalogiya fakultetida tahsil olgan. “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” “Uzoqdagi Dilnura” kabi qator kitoblar muallifi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Kungaboqar

Keng dala, sokin şabada esmoqda. Atrofda odam böyi kungaboqarlar osmonga intilgança çözilib turibdi. Dala örtasida yam-yaşil yolğiz daraxt. Faqat şu daraxtning ostigina keng daladagi yagona soya joy. Şamolda…