– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n!
Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan daraxtlarga, söng tik tepalik yonbağridagi yolğizoyoq yölda çelakning oğirligidan zörğa odimlayotgan qöşni bolalarga qaradi. Şarqirab oqayotgan soyning toşloq sohili böylab yurgan nigohi nihoyat Beştut qişloğiga tuşdi-yu, tağin dardi yangilandi.
U öttiz beş yillik umri keçgan Beştutga hasad va nadomat aralaş boqar ekan, ota hovlisi u yoqda qolib, örtança akasining örniga – Yakkatepadagi uyga kuni qolganidan ökinar edi. Aslida-ku, Yakkatepa ham kişi havas qilsa arzigulik joy edi. Bundan uç yil burun ham soy boşidagi kiçik buloq Beştutga, biroz yuqorida joylaşgan katta çaşmaning suvi esa terak böyi baravar balandlikdagi toşariqdan Yakkatepagaça bemalol borar, ön-ön beş çoğli xonadondan ortgani esa u tiklagan molxonaning yonginasidan soyga enib ketardi. Şuning uçun ham otasi Turdi polvon uni bu yoqqa köçiraman, deganida köp ham dili oğrimagan, qaytanga, pul topaman deb şaharma-şahar, yurtma-yurt kezib keksa ota-onasini yolğizlatib qöyganidan uyalgan va köç-köronini öz ixtiyori bilan kötarib kelgandi. Ne kasofat urdiki, u köçgan yili kuzakda sel kelib, tepadagi buloqning özanini yuvib ketdi. Endi ğordan suvning şildiraşi eşitiladi-yu, özi körinmaydi, yomğir töxtaşi bilan tepa qişloqqa boradigan ariqning özani tars-tars yorilib ketadi. Şundoq ham lalmi ğallayu bahorgi yaylovdan boşqasiga yaramaydigan bu kenglikda yakkatepaliklar qöl çayişdan tortib içimlik suvigaça soydan taşib, kun köradigan bölib qolişdi.
Dilşod şular haqida öylar ekan, sinfdoş jörasi Anvarning gapi yodiga tuşdi:
– Özing öylab kör, pastga engan suvning yölini tösib böladimi, a? Sen nasos örnataman, qişloqqa suv çiqaraman, deysan. Lekin elning oğziga elak tutib bölarmidi?! Ming yil ötsayam, hamsoyalaring Oysifatning kasofati urib, nasosdan suv içadigan bölib qolgandik, deydi.
Dilşod şam yoruğida burqsiyotgan tutundanmi yoki Anvarning sözlarini tuşunmaganidami, yuzini tiriştirib, navbatdagi qadahni dast kötarar ekan:
– Tuşunmadim, nimaga xotinimning kasofati uradi, – dedi köngli ham yemakxona kabi qoronğilaşib.
– Lekin qoyilman senga! Bilib turib bilmaganga olasan-a?! Özingça mardlik qilaman deysan-da! …Polvon seni nima uçun badarğa qilganini butun xalq biladi-ku!.. Xotining har ikki kunda şaharlik begona erkakning maşinasida şunça yöldan yolğiz kelsa… Nima, Beştutning taksisiga öt tuşganmi, a? Bir balosi bölmasa…
Dilşod keyin nima bölganini eslay olmaydi. Ammo ertasiga çap qovoği şişib, aft-başarasi tirnalganidan kişi tanimas qiyofada uyğondi. U içidagi olovni öçiriş uçun sovuq çoyni yutoqib höplarkan, eşikdan köriniş bergan Oysifatga qarata qölidagi çoynakni uloqtirdi. Öşa kuni keçgaça er-xotinning janjali tinmadi. Axiyri Oysifat: “Qanday qasam iç desangiz, içayin! Ket, desangiz ketayin, lekin bunday nomaʼqulçilikni qilmaganman! Neça marta aytay, u uzoq qarindoşim böladi, ikki marta olib kelib qöydi. Şundayam tekinga emas, pulini sanab qöliga berganman!” – deb turib oldi.
U xotinining bu gaplaridan söng ne qilarini bilmay qoldi. Aslida, ayolidan şu vaqtgaça köngli töq edi. Hozir ham unga jon-jon deb işonişga tayyor. Ammo anavi malomat gaplardan söng uning qarşisida ikki yöl bor: yo Oysifatga işonib, bariga qöl siltab yaşaş yoki ajraşib, bolalarini özi bilan olib qoliş! Lekin har ikki holda ham farzandlariga jabr böladi. Illo, kun kelib bu miş-mişlar laʼnat tamğasiday ularning yuziga botsa, dodini kimga aytadi?! Dilşod şular haqida öylay-öylay, ğiybatlardan qoçib, heç kim tanimaydigan, bilmaydigan uzoq şaharga köçib qutuliş kerak, degan qarorga keldi.
“…Ketaman bu Sahroyi kabirdan… ketama-an-n!”
Dilşodning sönggi sözlari Turdi polvonga toşday oğir botdi. Polvon jussasini tik tutmoqçiday, orqadagi yostiqqa suyangança boşini kötarib, hamon deraza qarşisida turgan öğliga:
– Berman kel, – dedi.
Dilşod istamaygina onasining yoniga çökkalladi. Söng:
– Ota, töğrisiyam şu! Bu yerdan köçmasam bölmaydi, – dedi.
Heç bir gapdan xabari bölmagan polvon öğlining bu sözidan battar aççiqlanib:
– Şunça odam ne bölsa, sen ham şu! Suvni borsakelmasdan taşisang ham, qişloqdan bir qadam nari ketmaysan! Begona elda bolalaring kimning qöliga tikiladi-a? Topgan bahonang – suv, suv! Ana, soy tölib oqib yotibdi. Bir kunda ikki satil kötarib çiqsang, ölmaysan! Şahar körib, juda naziklaşib qolgan bölsang, enang ikkimiz taşib beramiz! – dedi. Şu bilan ota-bola örtasidagi muzokara nihoyasiga yetdi. Dilşod boşqa bir oğiz ham gapirmadi. Polvon buni öziça tuşunib, kampirini oldiga solib, uyiga jönadi. Ikki kun ötar-ötmas, Dilşod yana öşa pultopar işini axtarib, allaqaysi şaharga ravona böldi. U ketdi-yu, ortidan gap bolaladi: “Dilşod pul yiğayotgan emiş”, “U şahardan danğillama bir hovlining savdosini pişitib qöyganmiş…”.
Buni eşitgan polvon kelinini qistovga oldi. Ammo Oysifat: “Bilmadim, aniqmas”dan nariga ötmadi. Çol bundan biroz taskin ham topgan edi, tağin miş-mişlar battar avj oldi. Öşa ğiybatlar bilan aralaşib, kelini haqidagi gap-söz ham quloğiga yetdi. Şundan sönggina polvon Dilşodning nega “köçaman”ga tuşib qolganini fahmladi. Yakkatepaliklarning: “Bu gaplar rost bölmasa, şunça yildan buyon oqib yotgan buloğimizni sel olib ketarmidi? Polvonning kelini kelib, qişloğimizdan fayz ketdi”, degan gapi uning gardaniga çilvirday botdi. Bir köngli öşa şaharlik taksiçi bilan kelinini xumordan çiqqunça qamçilamoqçi ham böldi. Ammo bu tuhmat toşidan bölak narsa bölmasa, yuzi şuvut bölişidan çöçib, şaştidan qaytdi. Tağin soy boşidagi buloq yodiga tuşib, töriğining boşini öşa tomonga burdi.
Turdi polvon yilqini öz ixtiyoriga qöyib ketarkan, örgimçak töriga ilingan ölja yangliğ xotiralar girdobida qolgan edi. Huv öşanda, buloqni sel yuvib ketgan paytda polvon yakkatepaliklarni yiğib, qişloqqa suvni qay yösin qaytariş mumkinligi haqida gap taşlagan edi. Bunga har kim har turli söz aytsa-da, gap ravişi polvonning öziga borib taqalgan va suvni qaytariş imkonsizligi allaneçuk tuşkun bir ohangda aytilgan edi. Öşanda öğlining yon qöşnisi Rustam: “Ha, endi, polvon bobo, suvni pastga qaratib tortib ketgan bölsangiz, özingiz qaytarib berasiz-da! Lekin bu bizning qölimizdan keladigan iş emas. Ğorning çuqurligini borib kördingizmi?” degan edi. Turdi polvon esa bu gaplarni şunçaki hazil bilgandi. Endi öylab qarasa, Rustamning har bir sözida aççiq kinoya, kosa tagida nim kosa bor ekan. Turdi polvon öşa gaplarni eslar ekan: “Elning oldida bölarimça bölgan ekanman-ku!” der va yer yorilişini kutib ötirmayoq, tuproq tagini makon tutgisi kelib ketardi. Axir, oriyati toğdan baland bölgan kişi uçun bu kabi sözlar ölim bilan barobar emasmi?! Boz ustiga bir zamonlar Eşmat töqimçi qöşni ayolga yovqaraş qilgani uçun uni el oldida şarmisor qilib, bu yerlardan boş olib ketişiga sababçi bölgan ham Turdi polvon edi. Mana endi kelini… Örni kelsa toğni ham jildirişga qurbi yetadigan polvonning qaddi bu ğamdan dol böldi. U bir kunning özida yana yetmiş yoşni yaşab ötdi. Yillar ayovsiz çiziq tortgan yuzi ğamdan qorayib, soç-soqoli birdan oqargandek böldi. U Dilşodni farzandlarini yolğiz taşlab, oylab, yillab yöqolib ketgani uçun böralab sökar, xayolan öğlini ham, kelinini ham ölgudek qilib döpposlardi. Tağin Oysifatning bundayin telbalik qilişiga işonmas va şu çoqda yakkatepaliklarga qarata: “Köngillaring bir yutum suv bilan töladigan bölsa, çelaklab boşlaringdan quyganim bölsin!” derdi. Sirasini aytganda, polvonning köngli ğiybatparast va loqayd qişloqdoşlaridan ham, ular nafas olayotgan yoruğ oçundan ham sovib ketgandi.
Polvon şunga öxşaş öylar bilan buloq boşiga qoziq qoqib, xurjundagi uzun arqonning bir uçini unga boğladi. Boşqa tomonini esa ğorga taşlab, arqonga osilgança pastga tuşdi. Polvon uning tubiga yetganda tizzasiga urib oqayotgan muzdek suvdan boşqasini his etmas, qoronğida köziga heç narsa körinmas edi. Odam burilib olişi muşkul bölgan torgina çuqurning çor tarafi toş bilan öralgan, suvning qayerdan çiqib, qay tomonga ketayotganini biliş muşkul edi. Umrining yetmişinçi dovonidan oşib ötgan çol sovuqdan dirdiragança dam qöli, dam oyoği bilan paypaslanib, suv oqib ketayotgan joyni axtarardi. Nihoyat, avval suv çiqayotgan, söng singib ketayotgan yerni topdi. Ğorning tubidan bir qariç tepa joydan suv qaynab çiqar, biroq odamning beliday keladigan yoriq uni yutib yuborayotgan edi. Polvon ğor tubidan toş axtarar ekan, yakkatepaliklarni ham, öğli Dilşodni ham koyiy boşladi. Axir, suv ketayotgan joy unçalik katta emas ekan. Ular bölsa körmay turib: “Suv bunday joyda pastga qarab ketdimi, oldini tösişning foydasi yöq”, degandi.
– Yo, tavba, – dedi polvon Dilşod bilan yuzma-yuz sözlaşayotganday, – bitta toş bilan bitadigan çuqurni deb şunday yerdan köçib ketaman, deysan-a?! Mana, endi uying tepasidan bir ariq suv oqib tursin-çi, köçib qayerga borarkansan!
Turdi polvon şunga öxşaş öylar içra qöliga ilaşgan toş bilan suvning yölni tösdi. Ammo toşning börtiği kötarib qoldimi, toşning tagidan suv ketişi töxtamadi. Polvon biroz engaşib, toşni oyoği bilan tepdi. Foydasi bölmadi. Tağin qattiqroq bir harakat qilgan edi, qöyayotgan tösiği baravar oyoği ham çuqurning narigi tarafiga ötib ketib, soni toş orasida siqilib qoldi. Turdi polvon oyoğini tortib olişga qançalik urinmasin, majoli yetmas, yoriqqa tösiq bölib qolganidan suv sathi kötarilib borar edi. Polvon boyagidan ham battar dir-dir qaltirar, şu barobarda peşonasidan aççiq ter quyilardi. Oyoğini çiqarib olişga behuda urinar, kimdir içkariga qarab tortayotganday edi. Ğor tepasida boğliq turgan ot esa xavfni oldindan payqagandek, yer tepsinib, qisqa-qisqa kişnar va qoziği atrofida tinimsiz aylanardi. Ğor esa suv bilan tölib borardi. Polvon borgan sari holsizlanar, hamon oyoğini tortib ololmay sarson edi. Nihoyat, zabonsiz jonivor bor quvvatini yiğib, old oyoqlarini havoda öynatgança siltab, arqonini uzdi-da, qişloq tomonga şiddat bilan yugurib ketdi. Töriqning şiddati vujudiga siğmasdi. Quloqlari orasidan vizillab ötayotgan sovuq şamol va hojasining ğami aralaş közyoşi şaşqator böldi. Yakkatepaning uç yildan buyon quruqşab yotgan toşariğida şildirab suv oqa boşladi.
Boboravşan ĞOZIDDINOV
1988-yili tuğilgan.
Hikoya va esselari markaziy naşrlarda eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


