Hazrat Alişer Navoiy ijodi bilan öquvçilik yillarimizda tanişgan edim. Biroq Navoiyni tuşuniş, uning betakror isteʼdodi qirralarini anglaş juda qiyin edi. Qolaversa, Navoiy asarlari talqini hukmron mafkura mezonlaridan çiqib ketişi mumkin emas edi. Şuning uçun ham sobiq ittifoq davrida nafaqat Navoiy asarlarini, balki mumtoz adabiyotimizni töğri anglaş imkoni yöq edi.
Navoiyni tuşuniş uçun esa muborak dinimiz taʼlimotlaridan, jumladan, tasavvuf ilmidan ham teran xabardor böliş talab etiladi. Maʼlumki, Alişer Navoiy davrida boşqa ilmlar qatori tasavvuf ilmi ham rivojlangan edi. Alişer Navoiy ham naqşbandiya tariqati soliklaridan biri hisoblanadi. Har bir ilmning öziga yaraşa atamalari bölganidek, tasavvufning ham öziga xos atamalari bölişi tabiiy. Ibn Sinoning sözlarini tuşuniş uçun tabobat atamalarini, Forobiyning fikrlarini ilğaş uçun falsafiy iboralarni, muhaddislarning sözlarini anglaş uçun hadis ilmi istilohlarini biliş lozim bölganidek, tasavvuf ahlining söz-iboralarini töğri tuşuniş uçun ham ularning öziga yaraşa atamalarini tuşuniş kerak böladi.
Masalan, «sahih» degan söz luğatda «soğlom, töğri», fiqh ilmida «töğri, xato emas», hadis ilmida «işonçli», sarf ilmida «illat harflardan xoli söz», tabiblarda «soğ-salomat» degan maʼnoda tuşuniladi. Binobarin, «sahih» sözini qaysi maʼnoda tuşuniş bu sözning qaysi ilmga oid kitobda kelayotganiga qarab belgilanadi. Yana bir misol uçun «vazn» sözini olaylik. Bu söz umumiy holatda «oğirlik» maʼnosini bildiradi. «Falon narsaning vazni falonça gramm», deganga öxşaş. Ammo bu söz şeʼriyatda kelsa, maʼlum ritmga ega böğinlar yiğindisi tuşuniladi. Sarfda, yaʼni morfologiyada esa bu atama sözlarning «fa», «ʼayn», «lam» muqobilidagi holatini ifodalaydi. «Vazn» sözining istilohiy maʼnolaridan bexabar odamdan «Navoiy» qaysi vaznda?» deb söralsa, heç narsani tuşunmasligi turgan gap. Sarf istilohidan xabardor kişigina bu savolga «faʼoliy vaznida», deb javob berişi mumkin. Aruz istilohlarini bilgan inson esa «faʼulun» vaznida deb javob qiladi.
Xuddi şuningdek, tasavvufga doir söz va asarlarni ham tasavvuf istilohlarisiz tuşuniş imkonsiz. Har bir ilmning atamalarini öşa ilmning mutaxassislaridan örganilganidek, tasavvuf ahlining istilohlarini ham öşalarning özlaridan örganiş kerak. Bu örinda taxmin bilan iş köriş yoki özboşimça «ijodiy» yondaşuv yaxşi emas.
Darhaqiqat, Navoiy asarlarini anglaş uçun ham turli islomiy atamalarni, xususan, tasavvufiy istilohlarni yoritgan asarlarni örganiş kerak. Tasavvuf ilmi ham, boşqa islomiy ilmlar kabi, Islomning ilk davrlarida alohida ilm sifatida şakllangan emas edi. Balki musulmonlar bilgan Qurʼon va Sunnat ilmlarining içida umumiy tarzda örganilardi. Vaqt ötişi bilan Qurʼon va Sunnatdan olingan ilmlar turli sohalarga ajralib, alohida-alohida ilm sifatida şakllana bordi. Har bir sohaning öziga yaraşa mutaxassislari yetişib çiqa boşladi. Şu qatori Islomda insonning axloqiga, qalbiga, ruhiy tarbiyasiga oid ilmlar ham bir töplam bölib ajralib çiqdi. Bu ilmga doir bilimlarni jamlab, alohida rivojlantiriş uçun maxsus ulamolar yetişib çiqdilar. Ular özlarining sahobayi kiromlar va tobeinlardan olgan ilmlari hamda hayotiy tajribalaridan kelib çiqqan bilimlarni alohida kitoblarga tuşirişga kirişişdi. Keyin bu ilmga «tasavvuf» deb nom berildi. Musulmonlar orasida uşbu ilmga alohida eʼtibor berilgan. Asosan qalbga doir ilmlar bilan şuğullanadigan, zamona fitnalaridan özini uzoqroqqa olib qoçadigan, toat-ibodat, taqvo va qalb islohiga hammadan ham köproq harakat qiladigan kişilar paydo böldi. Ana öşa kişilar «zohidlar», «obidlar», keyinroq «söfiylar» deb nom oldi.
Söfiylarning baʼzilarida özlaridagi ruhiy özgarişlar, maʼnaviy kamolot bosqiçlari, qalblarida hosil bölayotgan keçinmalarni sir tuta olmay, aytib yuboriş holatlari yuzaga keldi. Bunday botiniy holatlarni hammaga ham aytiş ravo bölmasligini bilgan baʼzi kişilar özlariga xos atamalarni öylab topişdi. Ular bu bilan öz keçinmalarini faqatgina özlariga öxşagan kişilar tuşunadigan tarzda bayon qilişni iroda qilişgan edi. Ular ana şu majoz yöli bilan ham özlaridagi holatni izhor qilişga va ayni paytda maxfiy tutişga erişdilar. Qalb dardini tökiş bilan birga riyodan ham saqlana oldilar. Özlariga ergaşganlar uçun ibrat yaratiş bilan bir vaqtda ularni inkor etuvçilardan özlarini tösa oldilar. Şu bilan birga, öşa his va keçinmalarni majoz bilan ifodalaşda öziga yaraşa zavq hamda baloğat va fasohatning namoyişi ham bor. Balki ularning ruhiy olamlarida röy berayotgan holatlarni jön söz bilan ifoda qilişning imkoni ham yöq edi. Abdurahmon Jomiyning aytişiça, bunday yölni birinçi bölib tutgan şaxs, Zunnun Misriy bölgan.
Har qanday murakkab va keng ilmning ham boşlaniş nuqtasi kiçik va sodda bölgani kabi, tasavvuf atamalari ham ilgarigi holatida unça köp bölmagan. Ammo vaqt ötişi bilan bu maydon ham kengayib ketdi. Tasavvufiy istilohlar ikki qismga: haqiqiy va majoziylarga bölindi. Haqiqiy maʼnodagi istilohlarga misol tariqasida «tavba», «riyo», «uzlat», «ixlos», «muhabbat» kabi sözlarni keltiriş mumkin. Majoziy istilohlar sirasiga ega «fano», «baqo», «işq», «hijron», «zulm», «ahdga vafo», «yor», «dildor» kabi sözlarni kiritiş mumkin. Avvalgi qismning aksari Qurʼon, Sunnat va salafi solihlarning sözlaridan olingan bölsa, keyingi qism atamalar, yuqorida aytib ötganimizdek, öz holatini ommadan yaşiriş maqsadida paydo bölgan.
«Söfiylar istilohi» deganda «söfiyning ilohiy visolga yetişiş yölida qilgan poklaniş, xulqlaniş va yetişişdan iborat uç bosqiçli ruhoniy safari asnosidagi zavqiy tajribalarini aks ettiruvçi tuşunçalarni ifodalovçi sözlar» nazarda tutiladi. Tasavvuf istilohlarining şakllanişi va boyib borişida Qurʼoni Karim, Sunnati nabaviyya, salafi solihlarning hikmatlari katta örin egallagan bölsa, şu bilan birga boşqa ilmlarning, jumladan, falsafaning ham taʼsiri katta bölgan. Söfiylarning istilohlari boşqa ilmlardagi istilohlardan şunisi bilan farq qiladiki, bu istilohlar muayyan bir maʼnoga boğlanib qolmay, bir neça irfoniy maʼnolarda işlatilişi mumkin. Ularning qaysi maʼnoda qöllanilganini atrofidagi boşqa sözlardan çiqarib olinadi. Masalan, «yor» deganda Alloh taoloni tuşuniş ham mumkin, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoki pirni tuşuniş ham mumkin. Şuningdek, ğaybiy muşohada nazarda tutilişi ham mumkin.
Tasavvuf ahlining namoyondalaridan bölgan Alişer Navoiyning asarlari ham, tabiiyki, öşa istilohiy maʼnolar asosida talqin qilinişi şart. Aks holda, şunday uluğ şaxsiyatga til tekkizgan, uning omonatiga ham, tarixga ham, ilmga ham xiyonat qilgan bölamiz.
Tan olişimiz kerak, Navoiyning köpgina ğazallari şu paytgaça ayrim “navoiyşunos”larning şaxsiy tasavvurlari bilan, havoyi nafslariga muvofiq tarzda şarhlab kelindi. Bu şarhlarning aksari mavhum talqinlar, tuşunarsiz, gajakdor iboralar, hissiz taʼbir, taxminiy tasavvurlardan boşqa narsa emas. Buning ustiga, baʼzi bir jurʼatli qalamkaşlar ana şunday tasavvufiy ğazallarga muxammas boğlaşga ham qöl urişgan. Tabiiyki, natijada «qovunga qovoqni payvand qilgandek» bölgan. «Ilm har qanday murakkab narsani soddalaştirib beradi» degan qoidaga muvofiq, agar biz öşa irfoniy şeʼrlarni muallif nazarda tutgan istilohlar bilan tuşunişni yölga qöysak, özimizni ham qiynamaymiz, özgalarni ham adaştirmaymiz. Misol uçun, birgina baytni şarh qilib köraylik:
Tun oqşom keldi kulbam sori ul gulrux şitob aylab,
Xiromi surʼatidin gul uza haydin gulob aylab.
Nasriy bayoni: Tunda öşa gulyuzli yor kulbamga şitob bilan kirib keldi. Yurişi tezligidan gul yuzidan terlar gulob bölib quyilardi.
Maʼlumki, Alişer Navoiy uylanmay ötgan. Agar keçqurun Navoiyning huzuriga hamma ğaflatdalik paytda u kişining sevgan qizi kelgan bölsa, bu sir tutilişi kerak. Agar biz baytni mana şu qabilda, boşqaça qilib aytganda, «zamonaviy» tuşunadigan bölsak, bu bilan Navoiyga hurmatsizlik qilgan bölamiz. Navoiydek buyuk insonni qöying, har qanday özini hurmat qilgan odam ham, bunday iş röy bergan bölsa, uni boşqalardan yaşirişi turgan gap. Demak, Navoiy boşqa narsani közda tutgan. Navoiyning maqsadini tuşuniş uçun u kişining istilohlarini tuşunişga urinamiz. Keling, bu baytda işlatilgan sözlarni tasavvufiy istilohlar asosida şarh qilib köraylik. Bu borada Muhammad Aliy Tahonaviyning «Kaşşaf istilahat al-funun», Abdurrazzoq Koşoniyning «Istilahat as-Sufiyya», Doktor Rafiq Ajamning «Mavsuʼat mustalahat at-tasavvuf al-islamiy» asarlari bizlarga asos böladi:
Kulba – solikning qalbi; (solik tariqat yölini tanlagan şaxs)
Gulrux (gulyuz) – şuhud olami, yaʼni Alloh taoloning zotini muşohada qiliş holati.
Gul uza hay (yuzdan oqqan ter) – ğaybiy ilhom.
Endi uşbu izohlar asosida baytning nasriy bayonini köraylik: «Hamma yoqni jaholat zulmati qoplab turgan bir paytda, qalbimda Alloh taoloning zotini muşohada qiliş holati yuz berdi. Bu muşohada şu qadar tez röy berdiki, uning tezligidan menga ğaybiy ilhomlar hosil böldi».
Endi özingiz xolis öylab köring, Navoiyga nisbatan avvalgi uyatli maʼnoni iroda qiliş aqlga töğriroq keladimi yoki mana bu irfoniy maʼnolarnimi? Qaysi biri voqeʼlikka va mantiqqa töğri keladi?
Navoiy ahli junun zumrasiğa kirdi, Ilohiy,
Çu aylading ani Majnun, Özingni qil anga Laylo.
* * *
Tört unsur qaydidin to çiqmağaysen, nafʼ emas,
Osmoniy tört daftarni tutaykim yod bil.
* * *
Beşa şerin gar zabun qilsang şijoatdin emas,
Nafs itin qilsang zabun, olamda yöq sendek şujö,
– degan insonga qaysi maʼno munosibroq?!
Yana bir misol. «Xazoyinul-maʼoniy»ning birinçi ğazalida Navoiy şunday deydi:
Ğayr naqşidin köngil jomida bölsa zangi ğam,
Yöqtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik ğamzudo.
Bu bayt ançagina ravşan.
Ğayr – Allohdan özga barça narsa.
Köngil jomi – qalb oyinasi, unda Alloh taoloning nuri tajalliy qiladi.
Ğam – moneʼlik, tösiq.
Soqiy – murşidi komil, insonlarga ruhiy tarbiya beruvçi ustoz.
Mayi vahdat – tavhid zavqi.
Endi baytni mazkur istilohlar asosida nasriy bayon qilib köramiz: «Ey murşid! Qalb oyinasida unga Alloh taolo tomonidan yetadigan nurning aks etişini tösadigan zang, yaʼni Allohdan boşqa biror narsaning naqşi – taʼsiri bölsa, tavhid zavqiçalik uni arituvçi, tozalovçi narsa – «ğamzudo» topilmaydi».
«Tavhid» deganda qalb tubidan Alloh taoloni barça jihatdan yagona, mutlaq tanho deb eʼtiqod qiliş, faqat Allohni rioya qiliş, faqat uni öylaş nazarda tutiladi.
Şuningdek, «vahdat mayi» deganda tavhid kalimasini ham tuşuniş mumkin. Hazrat Navoiy uning aytgan sözlarini maqsaddan buradigan, notöğri talqin qiladigan kişilar ham uning asarlarini öqib, taşviq qilişlari mumkinligini sezgani uçun devonining eng birinçi ğazalidayoq bu nuqtaga alohida tanbeh berib qöygan. «Aşraqat» deb boşlanuvçi uşbu ğazalida yana şunday bayt bor:
Sen gumon qilgandin özga jomu may mavjud erur,
Bilmayin nafy etma bu mayxona ahlin, zohido.
Maʼnosi: «Ey tasavvuf ahlining istilohlaridan bexabar zohirparast! Sen öylayotgan mast qiluvçi, aqlni ketkazuvçi, insonni xor qiluvçi şarob va öşa harom narsa quyiladigan idişdan boşqa ham şartli ravişda «jom» va «may» bor. Bu mayxonani – oriflarning botiniy olami vakillarini (yoki murşid xonaqosi ahlini) bilmasdan inkor qilib yurma!».
Xulosa qilib aytganda, Navoiyni tuşuniş uçun Navoiy bilgan va foydalangan bilimlarni, yaʼni Qurʼon, Sunnat, şariat, tariqat, tasavvuf va boşqa ilmlarni biliş, örganiş kerak böladi. Örganganda ham asl manbalardan örganiş darkor. Buning uçun, albatta, öşa davr Islom olamida ilmiy muomalada bölgan tillarni yaxşi özlaştirib, manbalarni begonalarning tarjima yoki tavsiflari asosida emas, asl holatida örganiş talab qilinadi. Binobarin, navoiyşunos bölişni istagan kişi avvalo islom olimi, tasavvuf bilimdoni bölişi, bu ilmlarni bilibgina qöymay, ularni öz hayotida tatbiq etib, zikr qilingan darajalarni özida joriy qilgan bölişi lozim. Şundagina u Navoiyni töla tuşungan, u kişining şaxsiyatini töğri anglagan, sözlarini yaxşi his qilgan böladi. Menimça, bugungi navoiyşunoslikning oldida turgan eng katta muammolardan biri şu bölsa, ajab emas.
Uluğ bobokalonimizning meroslarini töla va töğri tuşuniş hamda şunday talqin qiliş, bu oltin merosni haqiqiy, sof holatda keyingi avlodlarga yetkaziş bizning burçimizdir.
Husaynxon YAHYO 1981-yil Andijon şahrida tavallud topgan. 2008-yili Toşkent Islom institutini tamomlagan. Xalqaro va yurtimiz miqyosida ötkazilgan Qurʼon musobaqalari sovrindori.
“Yoşlik” 2013/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


