10 daqiqada öqiladi

432 marta körilgan

Ifoda va ifodaviylik

* * *

Özbek adabiyotining yangiça tamoyillari, xususan, modernizm, postmodernizm kabi yönalişlar meni doim qiziqtirib kelgan. Qiziqişlarim kuçayib, şu mavzuda iş olib borarkanman, qölyozmalarimni öqib körgan ustozlarimdan biri: “Siz Faxriyordan qöşimça ravişda fazilat qidirmayapsizmi?” − deb qoldi. Könglim xijil böldi, maqolani tahririyatga olib boriş iştiyoqi bir qança muddatga sönib qolgandi öşanda.

Özingiz öylab köring, balki sizda ham bölgandir. Biror asar mutolaasiga kirişarkanmiz, undagi gözalliklar ijodkorga emas, özimizga tegişliday tuyulaveradi. Gohida “Buni hatto ijodkorning özi ham anglab yetmagan bölsa kerak” − deb ğururlanganimiz ham bor. Şu tariqa aksariyat öquvçi va munaqqidlar asardagi topilmani “özlaştiradi” yoki bu gözallikni zörma-zörakisiga çiqarib olingan degan xulosaga keladi.

Albatta, har birimiz öquvçi, ayni vaqtda kaşfiyotçi ham böla olamiz. Çunki ijodkor har doim ham asaridagi barça gözalliklarni körişga qodir emas. U yozganlarining baʼzi jihatlarini özi ham bilmasligi, kerak vaqtda tuşuntira olmasligi mumkin. Xuddi şunday öquvçi ham asardan aynan nimani olganini doim ham anglay bilmaydi.

Biz yuqorida bejizga “gözallik” sözini işlatmadik. Aytmoqçi bölganimiz, “gözallik” asarning ifodaviy-şakliy xususiyatiga taalluqli hodisa. Ammo “gözallik” ortida, albatta, kayfiyat mavjud. Biz asarni öqib zavqlanamiz, özimizni kaşfiyotçiday his qilamiz-u, asar ortidagi kayfiyatni unutib qöyamiz. Qöyingki, ijodkor özidagi kayfiyatni tafakkur etib ulgurmagan bölsin, lekin keçinma uniki-ku. Şunday ekan, çinakam sanʼat asarlaridan “kaşf” etganlarimiz ham bizniki böla oladimi?

* * *

Sanʼatkorning ijod jarayoni tuşga öxşab ketadi. Tuş esa judayam murakkab hodisa, murakkabligi şundaki, uning sinoatlarini ong bilan anglab bölmaydi. Tuş hayotda röy bermaydigan, baʼzan tasavvurga ham siğişi dargumon bölgan narsalarni körsatadi. Biz hayotda yeçimini topolmagan jumboqlar, yod olinmagan şeʼrlar, bilmagan tillar tuşda “real”laşişi mumkin… Tuşda keçuvçi hodisalar qaçonlardir eşitilgan, his qilingan va körilgan narsalarning inson ongi va qalbi tubida yotgan aksi ekanligini psixolog olimlar köp taʼkidlaşadi. Siz aslida eʼtibor qilmagan narsalar ham qaçonlardir sizning ruhingizga taʼsir etgan va şu taʼsirlaniş ongingizning qaysidir puçmoqlarida saqlanib qolgan bölişi mumkin.

Ijodda ham xuddi tuşdagiday holat voqe bölib, bu jarayonda sanʼatkor öz olamining tub-tubida yaşirinib yotgan, hali öziga ham notaniş sanalgan gözallikni beixtiyor dunyoga keltira boşlaydi. Aslida bu gözallik u hayotda körgan, eşitgan, his qilganlarining parçasi – obraz, uning kayfiyati, his-tuyğusini ifoda etuvçi vosita xolos. Şu maʼnoda, yaratilgan asar ijodkor uçun ham yangilik bölib, undan avvalo sanʼatkorning özi zavqlanadi:

Qor gulxani…

Biğillab qaynayotgan çovgum…

Böğotlarda hakkalab yurgan qiş…

Qor çaqmoği…

Etagi kuygan izğirin…

Qor böroni…

Öyin tuşayotgan ayol…

Çarx urib… Çarx urib…

Çarx urib…

                              (Abduvali Qutbiddin)

Heç ikkilanmay aytiş mumkinki, şeʼriy parça köpçilikning xayolida abstrakt, parokanda taassurotlarni qalaştirib yuboradi. Lekin men ularda muayyan tartib, assotsiatsiv boğliqlik mavjud degan bölardim. Psixologlar inson xarakterini baholaşda bir metoddan samarali foydalanadilar. Bunga köra, mutaxassis biror şakl yoxud suratni körsatib, sizda uyğongan ilk fikrni söraydi. Deylik, sizga qoşiqni körsatişdi, siz “ğurra” degan javobni berdingiz. Aniqroği siz emas, men şunday degan bölardim. Çunki bolaligimda ukamning boşimga pölat qoşiq bilan yaxşilab tuşirganini heçam unutolmayman. Aytmoqçimizki, asar tahlilida ham, avvalo, uning ortidagi kayfiyatni topiş zarur böladi. Şundagina “qoşiq” va “ğurra” uyğunligidagi gözallikni köradi kişi.

Mayli, köp çalğimaylik-da, özimizning şeʼrga qaytaylik. Sizdan şeʼrning bundan ön beş yillar oldin yozilganiga eʼtibor qilişingizni sörayman. Çunki şeʼrni tuşunişda u yozilgan davr, ijtimoiy hayotni birrovga eslab ötiş maqsadga muvofiq böladi. Biz yuqorida aytganimiz kayfiyat ham davr bilan uzviy boğliq hodisadir. Özbek modernizmining “qaynagan” vaqti ötgan asrning 90-yillariga töğri keladi. Bunga sabab ijodkorlarni birlaştirgan bir xil kayfiyat va şu kayfiyatni taʼminlab turgan “ötiş davri” edi. Misol uçun keltirganimiz Abduvali Qutbiddinning “Tasavvur lahzalari” (asardan parça) şeʼri, Faxriyorning “Muçal yoşi”, “Yoziq” kabi dostonlari, Bahrom Rözimuhammad, Aziz Sayidning bir turkum şeʼrlari, Nazar Eşonqul va Uluğbek Hamdamning qissa va hikoyalari yaqin ötgan tarixning butun kayfiyatini akslantiradi.

Menimça, gap nima haqda borayotganini anglab ulgurdingiz. Şeʼriy parçadagi öziga xos ifoda (“Qor gulxani”, “Qor çaqmoği”, “Etagi kuygan izğirin”) uning ortida turgan subyekt ruhiyati mevasidir. Olamda faqat tartibsizlikni körayotgan ijodkorning tuşkun ruhi ğayrişuuriy tarzda öziga monand obrazlarni dunyoga keltirgan bölişi mumkin. Yoki bu mahoratli şoirning öquvçini-da öz kayfiyatiga yaqinlaştiriş maqsadida qöllagan usulida. Şunday ekan, har bir obrazda anglangan maʼnolarni qidiravermay, goho uning muayyan hol tasviri ekanligiga ham eʼtibor qiliş darkor. Aksinça, maʼni qidiruvçilarga “Tasavvur lahzalari” şeʼrini töla öqib çiqişni maslahat beraman…

Temirni qiziğida bos deganlariday, gap kelganda aytib qöysam. Baʼzilarning haligaça özbek modernizmi haqida eşitganlarida ensalari qotadi. Aslida öşa davr ijtimoiy-madaniy hayotida bilib-bilmay modernizm termini ostida birlaşgan ijodkorlar 90-yillar adabiy avlodini şakllantirib ulgurgan edi.    

* * *

Keling, bunday jiddiy mavzularga köpam töxtalmay, maqola avvalida boşlaganimiz, ifodaviy xususiyatlarga qaytamiz. Yuqorida şeʼriy parça misolida obrazning xuddi tuşdagiday quyilib kelişi mumkinligini aytib ötdik. Demak, badiiy obraz har doim ham tafakkur mahsuli emas, u baʼzan kayfiyatga monand, ğayri oddiy holatda tuğiladi. Bularni tuşuniş uçun ötgan asr avvalida falsafa va psixologiyada vujudga kelgan qaraşlarga murojaat etişning özi kifoya. 

Biz ilmiy asarlarda intuitsiya terminini köp uçratganmiz. Bu inson tafakkuridan taşqarida sodir böluvçi idrok, yaʼni içki bir tuyğu yordamida seziş, anglaş degani. XIX asr oxiri – XX asr boşlariga kelib faylasuflarning bu boradagi qaraşlari fanga intuitizm terminini olib kiradi. Falsafadagi bu yönalişning asosçilaridan biri fransiyalik A. Bergson intuitizmni obyekt va subyektning bevosita qöşilib ketişi, ular orasidagi ziddiyatning bartaraf etilişi deya talqin qilib, uni mantiqiy fikr va tafakkurga qarşi qöyadi. XX asr sanʼatida çuqur iz qoldirgan modernizmning ğoyaviy-psixologik asosçilari Zigmund Freyd va Karl Yung kabi faylasuflarning qaraşlari ham bevosita intuitsiya bilan aloqador.     

Insonning xayolot olami çeksiz, ayniqsa, sanʼatkor bu borada oddiy odamlarga qaraganda bir neça bor ustun turadi. Lekin sanʼatkor (inson) borliqni biliş mobaynida har doim ham körganlarini tafakkurida anglaşga harakat qilavermaydi, baʼzan u “körgan”larini qalbi bilan his etib qöya qoladi va ruhda şu hisning özigina saqlanadi. Biz biliş ehtiyojida olam bilan munosabat örnatarkanmiz, har birimizda tabiatning muayyan bir jabhasini köproq kuzatişga, his eta olişga moyillik, qobiliyat borligini köpam sezmaymiz. Ayni damda kuzatişimiz jarayonida tuygan taʼsirning şu moyillik natijasi ölaroq yuzaga kelayotganiga ahamiyat berib ötirmaymiz. Xuddi şunday sanʼatkor ifoda etayotgan hodisalar ham taʼkidlab ötganimiz moyillik bilan uzviy boğliq.

Fanda şunga öxşaş holatlar bilan sinesteziya ilmi şuğullanadi. Sinesteziya hissiy aʼzolarning bir vaqtda faoliyat olib borişi, olingan hisning qorişib ketişi demakdir. Yaʼni köz vositasida olingan informatsiya – taʼsir, nerv sistemasida boşqa bir sezgi organini harakatlantirib yuborişi mumkin. Amerikalik olim Melissoy Saens öz ilmiy faoliyatida baʼzi odamlarning kuçli eşitiş qobiliyati, köz bilan kuzatilayotgan harakatda muayyan tovuşlarni eşitiş imkoniyatini bera olişini asoslab beradi.  Yaʼni sinestetlar rangning hidini yoki tovuşlarning taʼmini seza oladilar. Olimlarning taʼkidlaşiça bir hisning assotsiativ holda boşqa bir hisni uyğotişiga rang, söz, hid, tovuş va taʼm vosita bölib, sinestet kişilar sanab ötganlarimizning qaysi biridan sezgirroq bölsa, u tabiatdagi hodisalarda şuni tuyib yuradi. Umuman, sinesteziya ozmi-köpmi har bir insonda mavjud. Köpçiligimiz töq sariq rangda issiqni, töq kök rangda sovuqni his qilamiz. Baʼzan söz ham odamda şunday hislarni uyğotişi mumkin.

Albatta, sinesteziya hodisasi badiiy obraz yaralişidagi murakkabliklar bilan ham uzviy boğliq. Şu sababdan ham hozirgi zamon sanʼatşunosligida badiiy sintez masalasini örganişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Yaʼni ijodkor asar yaratarkan, öz qobiliyatiga monand sinkretik obrazlarni dunyoga keltirişi ham mumkin. Deylik, musavvir ijod qilarkan, öz asariga poeziyani singdiradi, şoir esa ifodada tasviriylikka va musiqiylikka beriladi. Umuman, bu murakkablikda baʼzan ijodkor köngli hali özi bilmagan, anglab yetmagan, ammo his qilib ulgurgan olam hodisalariga tortib ketadi:

Qöğirçoq muştining soyasi

xalal bermasmikan

tundan ajralib çiqyapkan tongga

sadafi ham tuşib qolibdi

mana yaltiroq şabnam

tipratikan jimlik şaklida edi

ustiga olma qulamasidan avval

mana ignalik şovqin

yana köp narsani aytiş mumkin

xullasi kalom

(Bahrom Rözimuhammad)

Şeʼrni öqirkansiz, uzuq-yuluq, sirtdan qaraganda bir-biriga boğliq bölmagan metaforalar ketma-ketligini köra boşlaysiz. Ammo şeʼrni tuşunişda ham uning yoziliş tamoyillaridan kelib çiqilsa, yaʼni tasavvurga erk berilsa, “tartibsizlik”dagi muayyan assotsiativ boğliqlik körina boşlaydi: bu obrazlarni birlaştirib turuvçi umumiy vosita – tong otiş vaqti, yoruğlik va soya qarşiligi, şabnamning sadafga qiyoslanişi, tipratikanning ğujanak holati uning uxlayotganidan, tinçlikdan xabar berişi, olmaning tipratikan “igna”lari ustiga tuşib “ovoz”, “ignalik şovqin” çiqarişi va h.k. Lekin bularning bari anglanmagan ijodiy jarayon mahsuli sifatida namoyon bölmoqda.

* * *

Siz hozirgi tasviriy sanʼatdagi jarayonlarni kuzatib borasizmi? Agar kuzatsangiz, musavvir-ustaning ramkalarga solib qöyilgan turli mato va figuralariga, har xil şakldagi “laş-luş”larning uyumi, xullas, aql bovar qilmaydigan öziga xos “nimarsa”larga eʼtibor qaratganmisiz? Albatta, bular ham öz mualliflari taʼkid etayotganiday SANʼAT asari.  Demak, ular ham obrazli hodisa. Ammo bu obrazlilikni ham biz har doim badiiylikni tuşunişda tayanib kelayotgan nuqtayi nazar bilan his etib, tuşunib bölarmikan?.. Xuddi tasviriy sanʼatdagi kabi badiiy adabiyotda keçayotgan öziga xosliklarni-çi?

Badiiy obraz – sanʼatkor hissiy olami bilan yöğrilgan taşbeh. Demak, uning birlamçi vazifasi insonga hissiy (estetik) taʼsir ötkaziş. Badiiy obrazning yaralişi muayyan bir taʼsirlanişning sababi ölaroq yuzaga kelib, bu taʼsirlaniş olamni biliş ehtiyojidagi sanʼatkor(inson)ning kuzatuvlari mobaynida yuzaga keladi. Sanʼatkor olamning maʼlum bir jabhasini obrazli ifoda etişga kirişarkan, bu jarayon zamirida metafora (öxşatiş) yotadi. Şunday ekan, obraz olamga (yoki uning bir bölagi sanʼatkorga) xos biror jihatning badiiy şaklidir. Tabiatdan olingan taʼsir maʼlum maʼnoda bu dunyodan, aniqroği, moddiyatdan taşqarida turadi. Agar şu taʼsirlanişni ifoda etişiga ehtiyoj tuğilsa, yaratilajak obraz ana şu tebranişni aks ettirişi şart. Odatda har bir metaforaning obyektiv yoki subyektiv ibtidosi körinib turadi. Ammo sanʼatkor özi va butun borliq mohiyatida şunday bir hislarni tuyişi mumkinki, bu hisni biz aytayotgan, asosida metafora yotuvçi obrazlilik bilan ifodalaş juda muşkul. Çunki, sanʼatkor obyektiv olam manzaralari bilan öz keçinmalari örtasida heç qanday öxşaşlikni topolmay qolişi ham mumkin. Şunda u keçinmalarini öz tasavvuridagi, ijodiy jarayon mahsuli ölaroq yaratgan olam mohiyati körinişlari asosida ifodalaşga urinadi. Ayni damda yuzaga kelgan obrazlilik ham özida metaforiklik xususiyatini saqlab qolgan bölsa-da, öxşatişga asos bölgan va öxşatilayotgan narsa faqat subyektning öziga tegişli hodisaga aylanib qoladi. Bunday obrazlilikda metaforaning ifodaviylikdagi ahamiyati özgarib, tabiatdan olingan taʼsir va hisning öz “köriniş”i asosiy planga çiqariladi. Şunda örganganimiz gözal taşbehlar unutilib, şeʼrdagi emotsiya ham bir munça sönişi mumkin. Ammo ifodaviylikning taʼsir kölami va hayratga soluvçi qudrati ortib ketadi:

(Törtburçak va şip-şiydam) boğlarga

qaytadi bahor

(uçta burçagi) bilan.

(Faxriyor)

Faxriyor şeʼriyatidan keltirganimiz kiçik parça yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlab turibdi. Huvillagan boğni tört burçakka, bahorni esa uç burçakka qiyoslaş, albatta, öziga xos metafora. Aslida bu maqola avvalida qoşiq va ğurrani taşbeh qilganimizday gap. Uni tuşunişda boğning tört burçak xususiyatlarini emas, balki şu obraz yaralguniga qadar boğ uyğotişi mumkin bölgan boşqa şakl – taʼsirni va ularning yakuniy şakl bilan assosiativ boğliqliklarini qidirgan maʼqul. Aytib ötganimiz tasviriy sanʼatdagi ifodani ham, keltirilgan şeʼriy misollardagi badiiylikni ham obraz yaralişidagi mana şu silsilalar asnosida tuşuniş kerak deb öylaymiz. Va yana taʼkidlaymiz, obrazli tafakkurning bunday jihatlari anglanadigan ijodiy jarayonga xos bölişi juda ham qiyin.

Ijodiy jarayon – murakkab hodisa.  Şu bilan birga uning natijasi ham anglab bölmas darajada sirli. Bu sirlilikda baʼzan sanʼatkorning özi uçun ham yangi, unga ham “notaniş”, “özim ham bilmayman” deyişga majbur etuvçi jihatlar talaygina topiladi. Ammo biz ifodaviylikda kaşf etgan gözalliklar, istaymizmi-yöqmi sanʼatkorga tegişli. Çunki biz badiiy olam bilan bilvosita, yaʼni ijodkor köngli orqaligina aloqa örnatamiz. 

Saʼdullo QURONOV 1989-yil Andijon tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (2006-2012 y.). Hozir “Şarq yulduzi” jurnalida işlab kelmoqda. Uning “Ifoda va ifodaviylik” nomli adabiy-ilmiy maqolalar töplami naşr etilgan.

“Yoşlik” 2013/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)