Baquvvat tomirlarga ega zamonaviy özbek şeʼriyati hamon özining asl manbalaridan oziqlanib-boyib kelmoqda. Bugungi kunda çoğdoş şoirlarimiz ijodi alohida kitoblardan taşqari vaqtli naşrlar – “Şarq yulduzi”, “Tafakkur”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Kitob dunyosi” singari jurnal va gazetalar orqali öquvçilar eʼtiboriga havola etilayotir.
Sözsevarlar öz ijodi namunalarini sahifalarida körişga intiq kamsonli şunday jurnallardan biri “Yoşlik”dir. Uşbu jurnal garçi iqtisodiy jihatdan gullab-yaşnab ketmagan, aksinça, yaltiroq muqovali bozorbop naşrlarga qaraganda ança kamtar körinsa-da, özining asl maqsadiga sodiq qolaroq faoliyat yuritayotganini taʼkidlaş joiz. “Yoşlik”ning “Nazm”, “Birinçi uçraşuv”, “Nevarakulça” kabi ruknlari turfa janrlarda qalam tebratayotgan şeʼriyatimizning turli avlodiga mansub ijodkorlarga minbar bölmoqda. Jumladan, ötgan yili jurnal sahifalarida elga tanilgan, öz uslubini topgan-topayotgan şoirlar bilan birga endigina sözini qoğozga işona boşlagan navrasta ijodkorlarning ham asarlari eʼlon qilindi.
Söz zalvorini his qilgan odam uçun şeʼr teran mohiyat, köngilning yasama, soxta emas, rost sözidir. Zotan, qolipga tuşmaydigan tuyğular, ölçovga böy bermaydigan hislar ifodasigina çin şeʼr sanaladi. Binobarin, haqiqiy şoir sözni isrof etmaydi, uvolidan qörqadi, baayni qalamtaroşning işi uçun boltani işga solmaydi, yoş şoir Behzod Fazliddin satri bilan aytganda esa, “sözlasa sukutdan baland sözla”ydi. Jurnalda eʼlon qilingan uyğoq köngil manzaralari, maysadagi şudringday sof, gödakning kulgisidek tiniq tuyğular tasviri, goh oğriqli, gohida zavqli keçinmalar diagrammasi nozik aks etgan, tarovatli şeʼrlar mutolaasi buning tasdiğidir.
“Yoşlik”ning 2012-yildagi ilk sonida eʼlon qilingan Ikrom Otamurod şeʼrlari şoirning hamon dunyoni falsafiy anglaş, “kangul” kengliklarini öziga xos tarzda tasvirlaş yösiniga sodiqligini körsatdi.
Daryoday oqar içimda dard,
Dard içimda qurir daryoday.
Dardning oqişi va qurişi bir-biriga qançalik zid bölsa, iztirobda, qiynoqda qolgan qalb oğriqlarini ifodalaşda şunçalik uyqaşdir. Faqat avvalgi satrdagi dard azobning kölamini, ikkinçi qatordagisi azobning darajasini ifodalaydi. Söz maʼnolari tovlanişini teran his qilgan şoir tuyğularning zöriqqan manzarasini çiza biladi. Jumladan:
Qoyaday ösar içimda dard,
Dard içimda çökar qoyaday
yoki
Daraxtday yaşnar içimda dard,
Dard içimda çirir daraxtday
satrlarida “ösar”, “çökar”, “yaşnar”, “çirir” sözlari bir-birini rad etmaydi, balki dardning şakli haqidagi tasavvurlarni yanada boyitadi. Muallif esa kontrastlik orqali tasvirning yorqinroq bölişiga, xotiradan mahkamroq joy olişiga erişadi.
Şoirlarimiz ijodiga ser solib qaragan odam ularni bugun ijtimoiy muammolar taşvişidan köra insonning içini tirnayotgan qirindilar köproq qiynoqqa solayotganiga amin böladi. Insonning özi haqida öylaşi-fikr yuritişi özlikni topiş bobidagi ilk qadamdir. Zotan, “Özini tanigan Haqni taniydi” hadisiga muvofiq, odam dastlab özini taftiş qila bilmoği lozim. Şu maʼnoda ijodkorlarning bir zamonlardagiday “yaxşi odam qanday bölişi kerak”, “yomon odamni qay tarzda taniş mumkin”, “Vatanni neçoğlik sevmoq lozim” deganga öxşaş nasihatlardan yiroqlaşib, Insonni taniş, tuşuniş, anglaşga intilayotgani diqqatga molikdir. Albatta, ezgulik va yovuzlik, muhabbat va nafrat, Vatanni seviş, onani eʼzozlaş singari fazilatlar heç qaçon öz qimmatini yöqotmaydi (qolaversa, bularning heç biri şoir şaxsiyatidan yiroqda emas). Bu yerda gap, yaxşilikni yalanğoç taşviq qiladigan zöraki qofiyali bitiklardan köra ezgulikning köngildagi ifodasi tasviri taʼsirliroq va samaraliroqligi xususida bormoqda. Misol uçun, kutgani kelmayotgan, közlari eşikka tört bölib qadalgan odam iztirobini Muhayyo Rustam qizi (1-son) şunday tasvirlaydi:
Jimgina tikilar deraza,
Eşik hozir yiğlasa kerak
(közlarim teşib yubordi uni).
Çoyşab ingranadi, yostiq xörsinar,
Tört devor qilt etmas.
Jimlik çökkan uy.
…SÖZ YÖQ.
Bu örinda lirik qahramon deyarli eslanmayapti, uni nima iztirobga solayotgani ham izohlanmayapti, biroq qahramonning tevaragidagi narsa-buyumlar holati (jimgina tikilayotgan deraza, yiğlab yuborguday eşik, ingrayotgan çoyşab, xörsinayotgan yostiq, qilt etmas devor, jimlik çökkan uy) tufayli tasavvurimizda aniq-taʼsirçan manzara hosil bölmoqda. Çunki şoira öz holiça soğinç tuyğusiga daxldor heç qanday maʼno anglatmaydigan narsa-buyumlarga kutilmagan mazmun yuklay olgan.
Yoki yana bir şoiramiz Sayyora Salayevaning (4-son) “Yaşaşga örgatdi meni qayğular” tarzidagi iqrori baxt va baxtsizlik kabi tuşunçalar aslida “ellikka-ellik” tarzida teng taqsimlanmagani, fikrçan inson hayotida unisi bunisining içida va aksinça yaşaşini körsatadi. Sayyoraning “Tunlarim höl bölar, Har tongda quyoşga ilaman” yoki Munavvara Qurbonboyevaning (11/12-son) “Nafas olmay turar tegramda turmuş, Vaqtning oyoği şol, quloqlari kar”, Jumagul Suvonovaning (9-son) “Noilojlik içra iloj qidirib, Qayta töldirmoqçi bölaman dilni. Buning uçun avval yuvib, tozalab, Oftobda quritiş kerak köngilni” yoxud Behzod Fazliddinning (7/8-son) “Yillar oqib ketdi – yuzlari sölğin, Taʼmini yöqotgan tuyğular taxir” singari misralari yoş ijodkorlarning tuyğularni nozik idrok etişi, özgaça nazari borligidan dalolatdir.
Hazrat Alişer Navoiy haqiqiy oşiq-maʼşuqlik behad taʼsirçan, yolğon niqoblardan xoli, hissiyoti çöng, tuyğulari teran bölişini “Bölsa ikkimizning yuzimiz aksi suvda paydo, Ul suv qay taraf borsa, oçilgay guli raʼno” tarzida ifodalagan edi. Yaʼni, mahbubaning dilbar çehrasi va oşiqning ğamgin qiyofasi akslangan suvdan özgaça (maʼşuqa va oşiqqa mos!) gul – bir yaproği qizil, yana biri sariq bölgan raʼno guli oçilmoqda… Şoira Kumuş Ösarova ham (4-son) tevarakka boqib, boşqalar körayotgan, lekin payqamayotgan jihatlarni ilğaydi, ulardan maʼno topadi:
Men yomon tuş kördim. Öşa muhabbat
Uçuqdayin toshib çiqdi labimga.
yoki
Tuşimni aytsam gar oqar suvlarga,
Uçuqlardan toshib ketadi ariq…
Şarqona nazarga köra, bosinqirab uyğongan kişi tuşining röyobga çiqmasligini istab suvga köngil yoradi. Yuqoridagi şeʼrda javobsiz muhabbatdanmi yoxud bevafo yordanmi zada dil alamli sevgisining röyoga evrilişi, tuşga aylanib qolişini istamoqda. Biroq yurakni zabt etgan tuyğuni unutmoq osonmas, har eslanganda köngil behalovat böladi, kemtik qalb simillab oğriydi… Momolar ögitiga amal qilgan qiz tuşini suvga aytsa, iztirob “yuqib”, ariq ham “uçuqlardan toshib ketadi”…
Darhaqiqat, olam va odamni jism közi bilan emas, köngil közi orqali köradigan ijodkor boşqalar sezmagan qirralarni payqaşi, özgalar eşitmagan ohanglarni tinglaşi muqarrardir. Voqean, şu ohanglarni ilğagani uçun ham u ijodkordir. Azim Suyun “Qayga keldim” sarlavhali şeʼrida yozadi (2-son):
Közlarimda ohanglar oqar,
Taram-taram şoyi ohanglar.
Şomgi, tonggi oyli ohanglar,
Ohanglar yo afsungar ranglar?
Közlarimda ranglarmi oqar?
“Poetik mogikan” (professor Qozoqboy Yöldoşev taʼbiri)ning idroki öquvçini-da huşyor torttiradi, öziga, körayotganlariga eʼtiborliroq bölişga çorlaydi. Şeʼrni öqigan jurnalxon şunga amin böladiki, ehtimol, moddiy jismlarning yolğiz sirtiga boqişga odatlangan nigohining quvvatini yanada oşirsa – içdan çuqur nazar solsa, körayotganlari zamirida-ortida özga – jozibaliroq-sirliroq maʼnolar ham mavjuddir, balki asl haqiqat şundadir…
Şoiralarimizdan Xosiyat Bobomurodovaning “Bahor” şeʼri (3-son) tabiatga yovuq insonning keçinmalarini körsatişi jihatidan eʼtiborlidir.
Bunça nozik, mitti ğunçalar,
Qanday qilib oçilar, kular?
Balki uning jasoratini
Tölğoq tutgan onalar bilar.
Qirğoqlarga siğmay toşar suv,
Şivirlaydi yaşil yaproqlar.
Turnalarning qaytganin körib,
Vujudimga kirar titroqlar.
Tabiat yuragining dukurini dil-dilidan his etayotgan odam uçun har narsada ibrat bordir. Darhaqiqat, mitti ğunçalarning oçilişi – “köz yorişi” ikkinçi hayotni dunyoga keltirgan ona misol hayratli emasmi? Bejiz “turnalarning qaytganin körib” vujudida titroq sezmaydi qahramon: u tabiatga monand uyğonadi, yaşaydi.
Ötnafas şoir Şavkat Rahmon “Ölim birlaştirar begonalarni, odamlar bir yoqdan yiğila kelar, bir közdan tikilar “jabrlangan”ga, faqat bir yurakdan yiğilar kelar”, deya mamot masalasiga özgaça köz bilan qaragan edi. Abdusaid Köçimovning “Qismat” şeʼrida bu “jabrlaniş” yanada boşqaça talqin etiladi (5-son):
Qismat tirigida qilmadi vafo,
Mana, niyatiga bugun yetişdi:
Xaloyiq uyidan qabrgaça to,
Yelkada kötarib ketişdi.
“Yoşlik” jurnali “Birinçi uçraşuv”, “Nevaralkulça” ruknlari orqali ijodga endi kirib kelayotgan, şeʼriyat olamida tetapoya bölayotgan yoşlarimizning izlanişlariga ham imkon beradi. Katta yoşli ijodkorlarimizning qadami har xil bölgani singari ilk uçraşayotganimiz yoş şoir va şoiralarimizning ham odimi bir xil emas. Biri özini hayajonga solgan voqea-hodisani axborot yösinida bayon qilişga zör bersa, boşqasi qalbida sizayotgan keçinmalarni samimiy ifodalaşga urinadi.
Maysalarni erkalab yomğir,
Bağriga möl umidlar soldi.
Ona zamin körsatib borin,
Gözallikni kaftiga oldi.
(Sarvar Yusupov, 2-son)
Çindan ham, bahor kelganida uyğongan zamin bor davlatini namoyon qiladi – xuddi kaftida tutadi. Yomğirning maysalarni erkalaşi, bağriga möl umidlar solişi jaydari, ayni vaqtda hayotiy mantiqqa muvofiq tasvirlar hayajoni öquvçiga ham oson yuqadi… Yoki Isomiddin Pölatning “Ona” şeʼrida (2-son) volidasining qiyofasi huzurida yolvorayotgan farzand keçinmalari ifodalanadi. Onaning nurli çehrasidan bola qançalik halovat topsa, bolalik sabab özining onaga yetkazgan ozorlaridan şunçalik halovatsizlikka duçor böladi.
Senga termilaman,
Göyo poklanadi borliğim.
Közlaringga boqib,
Yuzlaringga boqib,
Soçlaringga…
Ohlaringga…
Ajinlaringga…
Boqqanimda, termilganimda,
Yuragimni oladi çaqib,
Jon-a!
Ona!
Afsuski, jurnalda eʼlon qilingan şeʼrlarning hammasini ham, ayniqsa, yoşlarning maşqlarini birdek takomiliga yetgan deb bölmaydi. Balandparvoz şiorlarni, hammaga maʼlum haqiqatlarni qofiyaga solsa şeʼr böladi deydiganlar yöq emas. Ularning bitganida aytilaverib siyqasi çiqqan gaplar nasihat maqomida takrorlanadi. Bunday bitiklar tuyğusizligi sabab öquvçining yuragiga yetib bormaydi, sukutdan yuksak bölmagani uçun ora yölda sarson qolib ketaveradi…
Aslida, şeʼrni izohlab bölmaydi. Yuqorida bayon etilganlar ham mutolaa söngidagi öy-fikrlar, şaxsiy mulohazalar, xolos. Qolaversa, kattagina jurnal yil böyi eʼlon qilgan nazmiy asarlar tahlilini bittagina maqola doirasiga siğdiriş ğoyatda muşkul iş. Biz esa, öquvçi sifatida şunga amin böldikki, yangi asr özbek şeʼriyati tobora boyib-ösib bormoqda.
Otabek SAFAROV 1985-yil Qaşqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti bakalavr bosqiçini, 2010-yili magistraturasini tamomlagan. Hozirda universitetning katta ilmiy xodim-izlanuvçisi. “Şukur Xolmirzayevning adabiy-tanqidiy qaraşlari” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.
“Yoşlik”2013/3
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

