(Hikoya)
Kuzning iliq kunlaridan biri. Tong payti. Atrof-javonibda erta tongda yengilgina yoğib ötgan yomğirning yoqimli hidi. Saodat aya uyi derazasidan taşqarini tomoşa qilib turarkan, isqirtgina kiyingan, kir römoli ostida hurpayib va yiltillab körinib turgan soçlari kişining könglini behuzur qilar darajadagi löli xotinga közi tuşdi.
Saodat aya ziyoli, muallimaçilikdan nafaqaga çiqqan ayol edi. Şu löli-yu tilançilarga köp ham ixlos qilavermasdi. Oçiği, ularni yoqtirmaydi. Şu sababli ham uç-tört söm pulni derazadan taşlab, tilançidan qutulmoqçi böldi. Ammo löli xotin keskin boş çayqadi.
– Manga puling kerak emas, içkariga kirit, sani bir balodan asrab qolmoqçiman.
– Kerakmas, sadaqangni beraman, öşa yerdan qaytib ketaver.
– Uyingda duoyi bad bor! – dedi löli Saodat ayaning közlariga tik qarab.
– Qöy şu gaplaringni, men heç qanaqa duo-puoga işonmayman. Boşimni oğritma.
– Baçangni işi ham yaxşi emas-ku. Nimaga qöl ursa, çappa ketadi yoki bunga ham işonmaysanmi?
Bu gapdan onaizor esankirab qoldi. Axir umrida körmagan ayol öğlining işlari yaxşi emasligini qayoqdan bilişi mumkin? Öziyam şu kunlarda öğlini öylab rosa siqilib yurgan edi. Negadir keyingi ikki -uç yil içida öğlining işidan baraka qoçgan. Oxirgi oylarda maşinasi ham körinmay qoldi.
“Maşinang qani”, deb sörasa, “GAIga tuşib qoldim. Arest qilgan, stoyankada turibdi”, deb javob beradi. Ammo qaysi bir kuni dugonasi maşinani boşqa bir bola haydab yurganini aytib qoluvdi. Şularni öylab Saodat aya qöliga ilingan lattani boşiga tanğiganiça darvozani oçdi. Löli ayol “Bismillo” deb içkariga qadam qöydi. Şu “Bismillo” bilan Saodat ayaning barça şubha-yu gumonlarini tutunday tarqatib yubordi.
Endi u keluvçining yuziga jim termulib, har sözini ijro qilişga tayyor bölib qoldi. Ayolning gaplariga oğzini oçib quloq solib turdi. Xotin uzoq gapirdi. Özining hojatbarorligi haqida işonarli naqllar keltirib, hikoya qildi. Oqşom körgan tuşini ham çala-yarim işoralar bilan eslatib ötdi. U dedi-bu dedi, xullas, köndirdi. Uzoqdagi ammaning ijarada turib öqiydigan qizi suv quyib turadigan, löli xotin öqloği bilan körsatib turgan joyni Saodat aya belkurak bilan özi kavlaydigan böldi. Xotin kursiça ustiga qadimgi zanji poşşolarning xotinlariday kerilib, bemalol joylaşib oldi. Söng atrofga sinçkov-sinçkov nazar soldi. Hovli çetidagi bir tupgina tokning tagiga öqlovning uçini yönaltirib amr qildi:
– Mana şu yerni kavla!
Saodat aya belkurakni yerga urdi. Yer qattiq edi. Jiyan bölmiş oftobada suv taşib, quyib, yerni yumşatib turdi. Aya kavlayverdi.Terga tuşib ikki-uç joyni kavladi. Uzoq vaqtdan buyon parvariş körmagan tokning atrofini tomirlar qoplagan bölib, bu narsa işni yana-da oğirlaştirar edi. Aya terga tuşib ketdi. Ammo butun najot hozirgi topildiğiga boğliq ekanini his qilgani uçun ham berilib işlayverdi. Löli goh u joyni, goh bu joyni öqloği bilan turtib, uni tinmay işlaşga qistar, bu orada oğzi ham tinmas, faqat özigagina maʼlum bölgan Saodat ayaning duşmanlarini laʼnatlaşdan tinmas edi.
Jabrdiyda beka kavlaş işlari bilan butkul andarmon bölib, “hojatbaror” xotin allanenidir qazilgan tuproq qatiga taşlab yuborganini payqamay qoldi.
– Şoşma, şoşma! – deya tuyqus qiçqirib yubordi löli, kuyib-pişib tuproq ağdarişga tuşib ketgan Saodat ayani qölidagi öqloği bilan turtib, – mana bu tuproq uyumini yaxşilab titkila qani, xayolimda şu yoqqa ötib ketganday böldi.
Saodat aya öşa tuproq uyumini qöllari bilan titkilay boşladi. Nogoh irkit bir lattaga yumaloqlab öralgan, rosa loyga bulğangan narsa barmoqlariga ilindi. Topildiq ustidagi mato qaçondir oq surp bölganligini taxmin qiliş mumkin edi, xolos.
– Ana-a – dedi löli xotin ğolibona tirjayib, – aytmadimmi sanga uyingda duoyi bad bor, deb, mani aytganim keladi. Keladi mani aytganlarim. Baçangni işi ham yaxşi emas, dedim. Yaxşi emas, baçaginangni işlari. Beçora baçaginani aybi nima, gunohi nima? Körolmaganlaring borakan sani. Yaqinlaring ekan. Sani körolmaganidan, işi yurişmasin, deb qigan muni. Ölim bölsin, degan, – şu joyiga kelganda ayol gapirişdan töxtab, ötkir közlari bilan Saodat ayani sinçkov kuzata boşladi.
Saodat aya qölidagi tugunakni parişon holda siqimlaganiça, rangi öçib, boşidan aqli qoçib, gangib turardi.
– Buni qilganlar baçangni ölimini xohlayopti… – Manga saning puling kerak emas, pulni nima qilaman. Şunçaki sanga rahmim kelganidan yordam qilopman.
Bu gaplardan keyin löli xotin Saodat ayaning köziga naq Bibi Maryam bölib körina boşladi.
– Singiljon, nima qilay emasa?! Pul olmasangiz men sizni qanday rozi qilaman?
– Manga sani rozi qilganing kerak emas. Pirlarimni rozi qilsang böldi. Pirlarimning nazari töq, nazari pastlik qilmasdan qimmatroq kiyimliklaring bölsa, bir-ikki kiyimlik olib çiqa qol. Işimiz hali tugagani yöq. Man bir yöla sani uyingni ham ziyon-zahmatdan tozalab keta qolay.
Saodat aya qölidagi tugunakni jiyanga berib, özining har doim qulfloğlik turadigan uyçasiga kirdi. Yaşirib qöygan joyidan kalitni olib, sandiğini oçdi. Ikki kiyimlik qimmatbaho materialni tanlab oldi. Bularni keliniga deb yiğayotgan edi. Ammo şu tobda köziga töy körinmadi. Şoşib taşqari çiqdi. Qöşqöllab “hojatbaror”ning qöliga tutqazdi.
Ayol matoni olib, oşkora bepisandlik bilan yonidagi çirkin törvasi ustiga taşladi. Qayrilib ham qaramadi. Quvonganini ham, norozi bölganini ham bildirmadi. Mömiyorang yuzlariga uluğvor bir ifoda qalqib çiqqanday böldi. Harqalay Saodat ayaga şunday körindi.
– Endi şuni oç! – dedi jiyanning qölidagi tugunakka öqloği bilan işora qilib.
Saodat aya bir paytlar oq surp bölgan, çirkin va çirik matoni olib oçdi: içidan zanglab ketgan qulf, sirtmoqça qilingan ip, tirnoq, tikangami, baliq qiltanoğigami öxşagan uçli, qattiqqina narsalar çiqdi. Odatda Saodat aya bu kabi narsalarni qöl bilan uşlaşga jirkanar, özini çetga tortardi, ammo hozir bolasining baxti garovda turgan bir lahzada uning jirkançoqligi çekingan, köziga heç narsa körinmaganidan bölsa kerak, haligi narsalarning har birini uşlab ezğilab körar, nimaligini bilmoqçi bölib, köziga yaqin olib kelar, tikilar va yana ezğilab, hidlab ham körardi. Turgan gapki sassiq, balçiqsimon badböydan boşqa narsani ilğamas, boşi yangi-yangi maʼlumotlardan qizib, karaxtlanib borardi.
Ayol bu topildiqlarining har biriga topqirlik bilan xuddi bu işlarni bamaslahat qilganday yoki qilinayotganida boşida turganday işonç bilan izoh va şarhlar berardi.
– Mana bu sirtmoqça böyniga tuşsun, ölub qolsun degan. Bu tikonaklarni baçaginangni köziga kirsun deb solgan. Tirnoqlani maʼnisi şuki, duşmanlaring palakatini sanga taşlab, tiş-tirnoği bilan sani va baçangni yölini tösopti. Qulfni baçaginangni işlarini boylagani duo öqitib qulflatgan. Enni san qulfni oçasan. Qulfni toşga urib oç. Şuni oçmasang baçaginangni yöli oçilmaydii.
Saodat aya timirskilanib borib toş topib keldi. Qulfni toşga urdi. Toşni qulfga urib kördi. Qulf zanglagan edi, oçilmadi. Yana va yana urinib, qölining barmoqlarini yara qildi, tirnoği açişdi. Ammo qulf oçilay demasdi. Uzoq unnadi, axiri, bölmadi.
– Singiljon, özingiz bir yölini qiling, şuni oçib bering, – deb yalina boşladi.
– Mayli-yu, – dedi löli xotin sal çözib, – man oçganim hisobga ötarmikin, – bir oz öylanib turgan bölib, şartta gapirdi, – Ötadi. Pirlarimni rozi qilsangiz ötadi. Uyingizda tillo uzuk bormi?
– Bor, aylanay, bor!
– Olib çiqing , – negadir “hojatbaror” uy bekasini endi sizlay boşlagan edi.
Saodat aya içkari kirib, taqilmay yotgan tilla uzuklaridan birini olib çiqdi. Ayolga berdi. Ayol tilla uzukni olib toş ustiga qöydi. Qulf bilan uzukni ura boşladi.
Saodat ayaning angrayib, tuşunmaganday qarab turganini körib izoh berdi:
– Buni sadqayi sari qilasiz, buning ham közi bor, duşmaningizni ham sizni körolmaydigon közi bor. Buni urib közini çiqarsak duşmaningizni ham közi çiqadu. Bunga açinmang, baçaginangizga açining, şuginaning boşidan sadqayi sar deng.
Löli xotin tinmay gapirgança goh toşni qulfga, goh qulfni toşga ura boşladi:
– Hhah! Körolmagan közginang otilib çiqsun, – deganiça toş ustidagi uzukka qulf bilan çunonam urdiki, uzukning közi otilib çiqib ketdi.
– Ana, közi çiqdi, közi çiqdi, – dedi xotin jazavaga tuşib, – ana enni duşmanlaringiz kör böladu. Şu başoratdan keyin ayol birdan Saodat ayaning böynidagi tilla zanjiriga çang soldi. Yöq, yulib olmadi. Şunçaki mahkam uşlab sekin tortdi. – Ana şuni fido qiling, ana şuni sadaqa qilsangiz, qulf oçiladi.
– Közim qiymaydi-da, singlim, – aya jon havlida xotinning qöllarini uşlab, barmoqlarini oçişga harakat qila boşladi.
“Hojatbaror” insof qildi, qöyib yubordi. Öziça tuşuniksiz tilda bir nima deb ğudrandi.
– Buni manga bering demopman-ku, ğalçamisiz, muni siz qulfni ustiga qöying, man uray, oçilsun. Keyin yana özingizga oling.
Aftidan ayol pirlarini ham aldab, çuv tuşirişga qaror qilgan edi.
Saodat aya tilla zanjirini çor-noçor qulfning ustiga qöydi.
– Enni özingiz toş bilan uring.
Saodat aya tilla zanjirini ayab, kiçikroq toş bilan asta-asta ura boşladi. Xotin toşni uning qölidan yulqib olib, qattiq-qattiq urdi. Tilla zanjir paçaq böldi. “Hojatbaror” parvo qilmadi. Goh toşni qulfga, goh qulfni toşga urib jazava bilan uzoq sannadi: – Özginangga qaytsun, qilgan ilmi amaling baçaginangga ursun…
Şu joyiga kelganda Saodat aya çidab turolmadi, gapga aralaşdi:
– Jon singil! Öziga ursin, deng, balasiga heç nima qimasin. Maylimi, balasini aybi yöq-ku.
Xotin ola közlarini yana-da olaytirib, bir ğalati qaraş qildi. Heç nima demadi, qora va moyli yuzlarida şumgina tabassum jilvalanganday böldi. Buni Saodat aya ilğamadi. Ilğaydigan holatda emas edi u.
Nihoyat ayol qulfni oçdi. Saodat ayaga aytib, bir yap-yangi soçiq oldirdi. Qulfni, haligi aşqol-daşqollarni, paçaqlangan, közi urib çiqarilgan tilla uzukka qöşib, şu soçiqqa tugdi. Tugunni Saodat ayaning qöliga tutqazdi.
– Muni oy çiqmagan qoronğu keçada eski qabristonga eltib, oçiq mozorga taşlab kelasiz. Heç kim körmasligi kerak, bir özingiz borasiz. Birov körsa kor qilmaydi.
Saodat ayaning eti junjikib ketdi.
– Qörqaman-ku, qanday boraman keçasi?! Hatto dalaga çiqişga qörqaman, mozorga qanday boraman?
– Mayli, qörqsangiz, siz uçun man buni qilişim mumkin, manga işonsangiz, özim keçasi borib oçiq mozorga taşlab kela qolaman.
Ayol şularni aytib Saodat ayaning qölidagi paçaqlangan tilla zanjirga suqlanib qaradi.
Aya bu qaraşning maʼnosini angladi. Qölidagi tilla zanjirini mahkamroq siqimladi.
– Buni közim qiymaydi-da, – dedi mustar bir ahvolda.
Ayol şafqat qildi.
– Mayli, bermasangiz, ixtiyoringiz. Bersangiz yaxşi bölardi-ku. Bermasangiz ham maylingiz. Pirlarimni rozi qilsangiz, siz uçun buni ham man bajara qolaman.
Saodat aya tilla zanjiri yoniga qolganiga xursand bölib, uyidan yana ikki kiyimlik toza mato çiqarib “hojatbaror”ga berdi.
Löli xotin ketarkan, öğlingni falon guzardagi falon mullaga olib borib qaytarma öqitib taşlagin deb tayinladi va azayimxonning manzilini berdi. Söng, “çoy içib keting” degan taklifga ham parvo qilmay negadir şoşilinç jönab ketdi. Saodat aya katta köçagaça ergaşib çiqdi. Yana biror gap aytarmikan, deb oğzini poylab bordi. Biroq löli xotin negadir, bir oğiz ham gapirmasdan tez-tez yurib undan uzoqlaşdi.
Orif HOJI Çiroqçi tumanida tuğilgan. SamDUning filologiya fakultetini bitirgan. “Ozod ruh”, “Samarqand sayqali”, “Oppoqqina quşginam”, “Oq tulpor” kabi şeʼriy va nasriy kitoblar muallifi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Samarqand bölimi rahbari.
“Yoşlik”2013/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


