Keyingi paytlarda turli miş-mişlardan “ulamasoç” yasab, quroq qilib, sahifalarga “tikib” , söngra mahsulotini kiprik qoqmay özimniki deb ommaga taqdim etayotgan matbuot naşrlarining soni ortib bormoqda. Bunday naşrlar umumtarkibda ayriça ataladi: sariq matbuot.
Afsuski, matbuot sotiş şoxobçalarida ularga rastaning oldi berib qöyilgaç, bozori çaqqon bu turdagi gazetalar tafakkurimizga tobora singib boryapti. Göyo matbuot deganda ana şular tuşunilib qolmoqda. Bir qaraşda, buning heç bir ziyoni yöqday. Axir gazeta öqigan odam bilan öqimaganning farqi bor-ku. Qolaversa, gazeta mutolaa qilib turiş salohiyatni östiradi, dunyoqaraşni kengaytiradi, fikrni şakllantiradi. Şunday emasmi? Demak, gazetalarda kötarilayotgan mavzular öquvçi ongiga joylaşib, uning fikr-mulohazasiga taʼsir etadi.
Ana şunday xaridorgir naşrlardan birining reklamasi diqqatimni tortdi. Gazeta uzoqdan uçib kelib, teleekran peşonasida birdan varaqlana boşladi. Kadr ortidan “Falonçi xonim uçinçi bor turmuşga çiqdi”, “Şopmöylov va Tannozxonlar (ismlar özgartirildi) nega ajraşişmoqçi?”, “Qiyomat yaqinmi?”, “Qabrdan qaytgan ayol” va boşqa maqolalar obdon reklama qilindi. Reklama taʼsirida öşa gazetani sotib oldim. Unda maşhur ayol xonandalarimizdan birining navbatdagi turmuşi va nikoh keçasida bu safar qanday libosda çiqqani haqida “atrofliça” yozişibdi. Kelin libosining fasoni, unga qadalgan qimmatbaho toşlar, qomat böylab yopişib turgan mato va şunga öxşaş izohlar rosa serob. Jurnalist tomonidan ora-sira “kuladi”, “kulib qöyadi”, “öylanib” singari remarkalar muştariyni gazetaning keyingi sahifasini oçişga daʼvat etadi.
Navbatdagi sahifa oldingisidan ötsa-ötadiki, aslo kam emas. Butun boşli ikki sahifaning teng yarmi “photoshop” imkoniyatini namoyon etuvçi suratlar bilan band. Qolgan qismida el ardoğidagi taniqli bir oilaning hayoti yoritilgan. Sarlavhadan maʼlum bölişiça, ularning munosabati ajraşişgaça yetib kelgan. Materialni qayta-qayta öqidim. Kimning kim bilan ajraşmoqçi ekanini fahmlayolmay qolganimdan biror aniqlik toparman, degan öy bilan “jurnalist” tomonidan berilgan savollarga sinçiklab razm soldim. Suhbat orasida “Siz haqingizda turmuş örtoği bilan ajraşmoqçi degan miş-miş yuribdi” qabilida savol qistirib ötilgan. Javobi ham şunga yaraşa: “Bu miş-miş, xolos. Biz baxtli hayot keçirmoqdamiz…”
Maqola muallifi muştariylarga göyo taskin ulaşgan bölib, suhbatdoşiga yana yuzlanadi: “Umr yöldoşingiz bilan janjallaşganmisiz?” Savolga bamaylixotir javob beriladi: “Baʼzan tortişib turamiz…”
Şubhalana boşladim: reklama qilingan gazeta bu emasdi çoği, boşqa sonini sotib oldim, şekilli? Gazetani öqib körmagan, bor-yöği televizion taşviqotning öziga tayanganlar “…falon qöşiqçining oilasi buzilibdi” degan töxtamga kelişi heç gap emas.
Birgina savoldan sarlavha hosil qilib, mavzuni bu taxlit ovozayi jahon qiliş töğrimikan? Naşrning tez fursatda sotilişi va bundan közlanadigan moddiy manfaatdorlik hisobga olinsa, bu ehtimol, maqsadga muvofiqdir. Ammo suhbat tamoman boşqa mavzuda ekan-ku?!
Matbuot olamiga bozor qonuniyatlari suqilib kirayotgan bir paytda ijod va tijorat bellaşuvi keskinlaşayotganini körib-kuzatib turibmiz. Hatto “sariq matbuot”ni xuş körmaydigan Fransiyada çop etilayotgan eng nufuzli gazeta – “Figaro” raqobatda mağlub bölmaslik uçun özining asrlar davomida şakllangan qiyofasini özgartirdi. Mazkur jarayon Parijning köhna gazetasini-da özgarişga majbur qilgan ekan, “tuyani şamol uçirsa, eçkini osmonda kör” deganlaridek, bundoqroq naşrlarning ahvolini tasavvur qilavering.
Matbuot naşrlarining aksariyati raqobat maydonida öz örnini saqlab qoliş, muştariylar köngliga yöl topiş maqsadida ming bir yölni öylab topişmoqda. Taʼkidlaş lozim, ular içida “zarqoğozga öralgan” sarlavhalar öşa gazeta tahririyatga ijobiy natija berayotgandir. Oddiy xabar yoki yangilik ham öquvçi eʼtiborini tortadigan sarlavha ostida çop etilsa, uning qiymati oşadi. Lekin bu gazetxonni “laqillatiş”ga asos bölmasligi kerak. Jimjimador nom ostida tuturuqsiz materiallarni eʼlon qiliş öquvçining vaqtini öğirlaşdan bölak narsa emas. Eng yomoni, ongu şuurini ham.
Şvetsiyaning jahonga maşhur “Metro” gazetasi prezidenti Pelle Tomberg öz kompaniyasining strategiyasini “fast-food”larga öxşatganida sira adaşmagandi. Çunki “sariq matbuot”dagi axboriy “fast-food” tiğiz paytda köçada isteʼmol qilinadigan yeguliklardan ham tezroq yoyiladi. Demak, odamlarga qandaydir maʼlumotlarni yetkazişda bosma naşrlarning ahamiyati ança yuqori. Ular öquvçilarni aniq, işonçli va tezkor ravişda yangilikdan xabardor qiladi. Masalaga şu jihatdan yondaşilsa, ommaviy axborot vositalarining har bir turida, ayniqsa, matbuot naşrlarida materialning maʼlum konsepsiya ustiga qurilişini oldindan çamalab qöyiş maqsadga muvofiqdir. Sarlavha tanlaş mahoratini şakllantiriş, uni mavzu doirasidan kelib çiqib qöllaş, sarlavhani xuddi tarvuz tanlagandek “çertib-çertib” körişda gap köp. Ammo yuqoridagi singari holatlarga egizak sanalgan “qozondagi oşmidi yo moşmidi” qabilidagi sarlavhalardan biroz istihola qilinsa, nur ustiga nur bölardi.
Deyarli barçamiz gazeta öqiymiz. Aytaylik, yuqoridagi tartibda iş körayotgan matbuot naşri 30 ming nusxada çop etiladi. Demak, gazeta örta hisobda şunça öquvçisiga ega. Tabiiyki, har bitta gazetxon “Falonçi xonim uçinçi bor turmuşga çiqdi!”, “Şopmöylov va Tannozxonlar nega ajraşişmoqçi?” singari xabarlarga jillaqursa bir marta köz qirini taşlaydi. Ularni tafakkuriga siğdirişga urinadi. Biroq “döpposlangan MIŞ”, “ajrashganMISH”, “ketib qolganMISH” formulasidagi materiallar miyamizda ziğirça bilim hosil qilsa, qaniydi.
Afsuski, mazkur alfozda faoliyat yuritayotgan naşrlar yagona emas. Ular önlab, yuzlab… Muammo şundaki, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalariga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgan ayni paytda sariq matbuot naşrlari hayotimizda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun kasb etuvçi gazetalardan ilgariroq borib öquvçining ongini töldirib qöymoqda. Bu holga esa panja orasidan qarab bölmaydi.
Mukarram OTAMURODOVA 1993-yilda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tavallud topgan. Hozirda Buxoro Davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi.
“Yoşlik”2013/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

